Научная статья на тему 'O‘ZBEKISTON KELAJAGI — SOG‘LOM VA BARKAMOL AVLOD QO‘LIDA.'

O‘ZBEKISTON KELAJAGI — SOG‘LOM VA BARKAMOL AVLOD QO‘LIDA. Текст научной статьи по специальности «Философия, этика, религиоведение»

CC BY
40
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Milliy an’ana / qadryat / vatan / istiqbolli kelajak / “Yoshlarga oid davlat siyosati” / Yangi O’zbekiston / “Taraqqiyot strategiyasi”. / National tradition / value / homeland / promising future / "State policy on youth" / New Uzbekistan / "Strategy of development".

Аннотация научной статьи по философии, этике, религиоведению, автор научной работы — Jumaboyev, Olimjon Sharof O‘g‘li, Axmedov, Jalol Tursunmuradovich

Maqolada bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan shart sharoitlar, ularning ilim olishi, kasb hunar egallashi, vatanga bo’lgan mehr-muhabbat va sadoqat bilan, milliy an’ana va qadryatlarimiz asosida vatanimizning istiqbolli kelajagi uchun jon kuydiradigan shaxs sifatida o’sib ulg’ayishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so’z boradi. Jumladan yaqin yillarda joriy etilgan «Yoshlarga oid davlat siyosati to‘g‘risida»gi Qonun, Prezident Shavkat Mirziyoevning “Yangi O‘zbekiston”ning 2022-2026 yillarga mo‘ljallangan «Taraqqiyot Strategiyasi»ni amalga oshirishga yo’naltirilgan bir qator muammolarning samarali yechimini topish choralari to’g’risida ham keltirib o’tilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE FUTURE OF UZBEKISTAN IS IN THE HANDS OF A HEALTHY AND PROFESSIONAL GENERATION.

In the article, the conditions created for young people today, for them to learn, acquire a profession, grow up with love and loyalty to the motherland, on the basis of our national traditions and values, as a person who will burn his soul for the promising future of our country. opportunities are discussed. In particular, the Law "On State Policy Regarding Youth" introduced in recent years, effective implementation of President Shavkat Mirziyoyev's "Development Strategy" for 2022-2026 of "New Uzbekistan" measures to find a solution are also mentioned

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKISTON KELAJAGI — SOG‘LOM VA BARKAMOL AVLOD QO‘LIDA.»

O'ZBEKISTON KELAJAGI — SOG'LOM VA BARKAMOL AVLOD

QO'LIDA.

d https://doi.org/10.5281/zenodo.11643114

Jumaboyev Olimjon Sharof o'g'li

Jizzax politexnika instituti Qurilish materiallari va kimyoviy texnologiyalari fakulteti 3-bosqich talabasi

"Adolat" SDP Jizzax viloyat hududiy partiya tashkiloti

"Adolat" SDP matbuot kotibi +998(97) 524 44 54 Jumaboyevolimj oon@gmail .com Axmedov Jalol Tursunmuradovich Jizzax politexnika instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi

"Tomirlarida buyuk bobolarining qoni oqayotgan yoshlarimiz ulug' ajdodlarimizning munosib vorislari bo'lishi, ular kabi ulkan maqsadlar sari intilib yashashi va yuksak marralarga erishishi uchun barcha shart-sharoitlarni yaratishimiz zarur"

Sh.M.Mirziyoyev

ANNOTATSIYA

Maqolada bugungi kunda yoshlarga yaratilayotgan shart sharoitlar, ularning ilim olishi, kasb hunar egallashi, vatanga bo 'lgan mehr-muhabbat va sadoqat bilan, milliy an 'ana va qadryatlarimiz asosida vatanimizning istiqbolli kelajagi uchun jon kuydiradigan shaxs sifatida o'sib ulg'ayishlari uchun yaratilayotgan imkoniyatlar haqida so'z boradi. Jumladan yaqin yillarda joriy etilgan «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi Qonun, Prezident Shavkat Mirziyoevning "Yangi O'zbekiston"ning 2022-2026 yillarga mo'ljallangan «Taraqqiyot Strategiyasi»ni amalga oshirishga yo'naltirilgan bir qator muammolarning samarali yechimini topish choralari to 'g 'risida ham keltirib o 'tilgan

Tayanch so'zlar: Milliy an'ana, qadryat, vatan, istiqbolli kelajak, "Yoshlarga oid davlat siyosati ", Yangi O 'zbekiston, "Taraqqiyot strategiyasi ".

ANNOTATION

In the article, the conditions created for young people today, for them to learn, acquire a profession, grow up with love and loyalty to the motherland, on the basis of our national traditions and values, as a person who will burn his soul for the promising future of our country. opportunities are discussed. In particular, the Law "On State Policy Regarding Youth" introduced in recent years, effective

implementation of President Shavkat Mirziyoyev's "Development Strategy" for 20222026 of "New Uzbekistan" measures to find a solution are also mentioned

Key words: National tradition, value, homeland, promising future, "State policy on youth", New Uzbekistan, "Strategy of development".

АННОТАЦИЯ

В статье рассматриваются условия, созданные сегодня для молодежи, чтобы она могла учиться, приобретать профессию, расти с любовью и верностью к Родине, на основе наших национальных традиций и ценностей, как человек, который будет гореть душой за обсуждаются перспективные возможности нашей страны. В частности, упоминаются принятый в последние годы Закон «О государственной политике в отношении молодежи», эффективная реализация «Стратегии развития» Президента Шавката Мирзиёева на 2022-2026 годы, меры «Нового Узбекистана» по поиску решения.

Ключевые слова: Национальная традиция, ценности, Родина, перспективное будущее, «Государственная молодежная политика», Новый Узбекистан, «Стратегия развития».

KIRISH

Tarixiy tajriba shundan dalolat beradiki, har qanday davlatning jadal rivojlanishi, muayyan yutuqlarga erishishi, xalqning farovon bo'lishi o'sha davlatda yoshlar ta'lim-tarbiyasi va ularning kelajagiga beriladigan e'tibor darajasiga bevosita bog'liq. Shundan kelib chiqqan xolda bugungi kunda O'zbekistonda yoshlar masalasi davlat siyosatining eng ustuvor yo'nalishlaridan biriga aylandi.

Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning O'zbekiston Respublikasi Prezidenti sifatida birinchi imzolagan qonun hujjati - bu 2016 yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi Qonun ekanligi katta mazmun-mohiyat kasb etadi. Binobarin, aholisining yarmidan ko'prog'i yoshlardan iborat bo'lgan mamlakatda yoshlarga oid davlat siyosatini izchil amalga oshirish, yosh avlodni har tomonlama yetuk va barkamol, intellektual salohiyatli, o'z qat'iy pozisiyasiga ega, yurtda amalga oshirilayotgan islohotlarga befarq bo'lmagan, yurtning ertangi munosib kelajagi uchun daxldorlikka tayyor, maqsadga intiluvchan, serg'ayrat, vatanparvar, sadoqatli, komil shaxslar sifatida tarbiyalash O'zbekistonni dunyoning eng rivojlangan davlatlari safidan o'rin olishining muhim omili ekanini davlatimiz rahbari va hukumat chuqur anglab yetgan.

ASOSIY QISM

Bugungi kunda mamlakatimizda yoshlar uchun yaratilayotgan sharoit va imkoniyatlar ko'lami judda katta. Zamonaviy ilm-fan va kasb-hunarlarni puxta egallagan, mustaqil fikrlaydigan, o'z xalqi va yurtiga fidoyi, ajdodlarimiz

me'roslarini davom ettirishga qodir bo'lgan, har tomonlama sog'lom va barkamol avlodni yengib bo'lmaydi. Sababi o'z maqsadlariga yetishda dadil va doim yangilik sari intiluvchi yoshlar bizning faxrimiz va g'ururimizdir. Ular bizga yangi shijoat va iftixor bag'ishlaydi.

Shuningdek, Prezidentimiz 2018 yil 28 dekabr kuni Oliy Majlisga Murojaatnomasida ham ta'kidlaganidek, "Oldimizga qo'ygan ulkan vazifalarni amalga oshirishda biz uchun kuch-qudrat manbai bo'ladigan milliy g'oyani rivojlantirishimiz zarur. Milliy o'zligimizni anglash uchun Vatanimizning qadimiy va boy tarixini o'rganish, bu borada ilmiy-tadqiqot ishlarini jonlantirish, gumanitar soha olimlarini har tomonlama qo'llab-quvvatlashimiz lozim" Davlatimiz rahbarining ushbu so'zlarida o'tmishga berilgan baho, albatta xolisona, eng muhimi, turli mafkuraviy qarashlardan holi bo'lishi, xalqimizning boy tarixi, erishgan yutuqlarini bo'rttirish yoki kamsitishga hech kimning haqqi yo'qligi haqida yosh avlod qalbiga singdirish vazifasi belgilab berildi.

Jamiyatni izchil rivojlantirish uchun, ayniksa, bugungi kunda ta'lim qanchalik katta axamiyat kasb etayotganiga hammamiz guvoh bo'lib turibmiz. Avvalgi renessanslar saboqlarini tahlil qiladigan bo'lsak, ular kelib chiqishining birinchi sababi fan, adabiyot, madaniyat, san'atga qaratilgan katta e'tibor ekanini kurishimiz mumkin. Va buning zamirida albatta, fanga, ta'limga intilish yotgan. Shundan kelib chiqib, bugungi eng katta vazifamiz ham ta'lim tizimini zamonaviy tamoyillar asosida isloh qilishdan iborat.

Zero, bugun katta umid, orzu-maqsadlar bilan Vatan taraqqiyotiga hissa qo'shish maqsadida belini mahkam bog'lab maydonga chiqayotgan shijoatli yoshlarimizni qo'llab-quvvatlash barchamizning burchimizdir. Bu borada Jizzax politexnika instituti "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi qoshida "Yosh tarixchilar", "Yosh faylasuflar","Iste'dodli yoshlar klubi" tashkil etilgan. Unda institutda tahsil olayotgan iqtidorli yoshlarning faoliyati o'rganilib, qo'llab-quvvatlanadi, turli tanlovlar doirasida ularning siyosiy savodxonligi rivojlantiriladi. Ayniqsa, "Siz qonunni bilasizmi?", "Zukko kitobxon"va "Konstitusiya bilimdoni" ko'rik-tanlovining tashkil etilganligi unda ishtirok etgan mingdan ortiq yoshlarimizning huquqiy ta'lim-tarbiyasini oshirib, eng muhimi, siyosiy jarayonlarda faol ishtirokini ta'minladi.

Birgina so'nggi yillarda institutimizda Prezident, Islom Karimov va Beruniy nomidagi stipendiantlarning safi tobora ko'payib borayotganligi fikrimizning yaqqol misolidir.

Taraqqiyot strategiyasida ham yoshlarni har tomonlama qo'llab-quvvatlash, yosh avlodning huquq va erkinliklarini himoya qilish tizimini tubdan qayta shakllantirish, eng dolzarb muammolarini samarali hal qilish, ularga har tomonlama yordam ko'rsatish masalalariga e'tibor qaratilgan. Yoshlar tashkilotlari faoliyati

samaradorligini oshirish, yoshlarning uy-joy va maishiy sharoitlarini yaxshilash, davlat hokimiyati va boshqaruvi organlari rahbarlari tomonidan yoshlar bilan ochiq va doimiy muloqot o'tkazish bo'yicha chora-tadbirlarni qo'llab-quvvatlash tarafdori ekanligi qayd etilgan.

Taraqqiyot strategiyasining ustuvor vazifasi sifatida yoshlarning huquq, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish, ularni milliy va umuminsoniy qadriyatlarni hurmat qilish ruhida tarbiyalash, ularning tafakkurida mustaqillik, milliy o'zini-o'zi anglash, Vatanga muhabbat va uning taqdiriga daxldorlik hissi, fidokorlik kabi tuyg'ularni uyg'otish va yoshlarni turli mafkuraviy tahdidlardan chegaralash singari aniq vazifalar belgilab berilgan. Bu esa yangi avlodning zamon bilan hamnafas yashashida, Vatanga bo'lgan mehrini oshirishda, o'zini anglashiga imkon beradi. Dasturda belgilangan har bir maqsad va vazifada yangi avlodni tarbiyalash va ularga sifatli ta'lim berish g'oyasi asosiy o'rin olgan.

XULOSA

Ta'lim sohasida o'quv muassasalarini qurish, rekonstruksiya qilish, kapital ta'mirlash borasidagi izchil ishlar davom ettirilmoqda. Ayniqsa, moddiy-texnik bazaning yangilanganligi, zamonaviy axborot kommunikatsiya texnologiyalari bilan ta'minlanganligi yoshlarimiz uchun imkoniyatlarni kengaytirdi. Ammo bu borada oldimizda hali qilinishi kerak bo'lgan ishlar talaygina. Jamoamiz tizimda uchrab turadigan muammolarni hal etish, ularning amaliy yechimini topishni maqsad qilib qo'yganekan, o'z "Yo'l xaritasi" da ayni mana shu maqsad yo'lida qilinishi kerak bo'lgan aniq vazifalarni belgilab olgan.

Shubhasiz, jismoniy va ma'naviy jihatdan sog'lom avlod bizning eng katta boyligimiz ekanligini inobatga olgan holda, zamonaviy bilim va tafakkurga, sog'lom dunyoqarashga ega, rivojlangan davlatlardagi tengdoshlari bilan barcha jabhalarda bellashishga tayyor, ko'zi yonib turadigan navqiron avlodimiz katta ishonch bilan hayotga dadil kirib kelayotgani barchamizni quvontiradi. Shuning uchun ham ana shu quvonchning bardavomligi yo'lida mas'uliyatni his etgan holda yoshlarning intellektual salohiyatini rivojlantirishga alohida e'tibor qaratamiz. Zero, O'zbekiston kelajagi — sog'lom va barkamol avlod qo'lidadir.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. 2016 yil 14 sentyabrdagi «Yoshlarga oid davlat siyosati to'g'risida»gi Qonuni.

2. 28.01.2022 yildagi PF-60-sonli 2022 — 2026-yillarga mo'ljallangan yangi O'zbekistonning taraqqiyot strategiyasi

3. O'zbekiston Prezidenti Sh.Mirziyoevning BMT Bosh Assambleyasining 75-sessiyasidagi nutqi // https://president.uz/uz/lists/view/3851.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezident Shavkat Mirziyoevning Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 2020 yil 29 dekabrt // https://www.youtube.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.