0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
O'ZBEKISTON GEOSIYOSATI: NAZARIY ASOSLAR (INFOGRAFIK TAHLIL ASOSIDA) Saydullayev Oybek G'ayratjon o'g'li
Toshkent Davlat Sharqshunoslik universiteti 3-kurs talabasi https://doi.org/10.5281/zenodo.10142280
Annotatsiya. Ushbu maqola O'zbekiston geosiyosati mazmuni va uning dunyo geosiyosatining ajralmas qismi ekanligi haqidagi baszi ilmiy munozaralarni o'rganishga bag'ishlangan. Turli yondashuvlarga qaramay, maqolaning maqsadi O'zbekiston geosiyosatining asl mazmuni, ustuvor yo'nalishlarini va uning Yevroosiyo geosiyosati yadrosi sifatidagi ro'lini aniqlashdan iborat.
Kalit so'zlar: heartland, Markaziy Osiyo, geografik determenizm, sharq darvozasi, mintaqaviy yetakchilik, mintaqaviy xavfsizlik, yadro qurolidan xoli hudud, jo'g'rofiy-siyosiy qiziqish, Afg'oniston omili.
Kirish
Dunyo xalqaro munosabatlar tizimida SSSR ning qulashi jahon geosiyosatida katta burilishlarni yasadi, yangi davlatlar paydo bo'ldi,bu jarayon muhim geosiyosiy makonda yani Yevroosiyonig yuragi bo'lgan Markaziy Osiyoda yuz berdi. Oksford universiteti professori Xelford J. Makkinderning "Heartlend" nazariyasiga ko'ra, Markaziy Osiyo Yevroosiyoning yuragi va dunyo geosiyosiy maydonida muhim ahamiyatga ega bo'lgan geosiyosiy makon sifatida qaraladi.Markaziy Osiyoning yuragi esa bevosita O'zbekistondir, bu haqda tadqiqotchi "Sirojov quyidagicha ta'rif beradi "Malumki, geosiyosatdagi mavjud "hartlend" nazariyasiga ko'ra Markaziy Osiyo yer yuzi, mintaqalarning geosiyosiy yadrosi yoki markazi hisoblanadi. Markaziy Osiyoning hartlendi, geosiyosiy yadrosi esa O'zbekistondir "( O Sirojov 2016, b. 129. ) Shu nuqtai nazardan O'zbekiston poytaxti Toshkentga "Sharq darvozasi" deb tarif berishgan. Muhim geosiyosiy makonda joylashgan O'zbekiston tashqi siyosatining eng ustuvor yo'nalishi ham aynan Markaziy Osiyo va Afg'oniston. O'zbekiston prezidenti "Shavkat Mirziyoyev bayon ertgan fikrda "O'zbekiston bugungi kunda o'zining tashqi siyosatida Markaziy Osiyo mintaqasiga ustuvor ahamiyat qaratmoqda . Bu har tomonlama chuqur o'ylab tanlangan yo'ldir. Markaziy Osiyoning qoq markazida joylashgan O'zbekiston ushbu mintaqa barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo'shnichilik hududiga aylanishdan manfaatdordir". ( Sh.Mirziyoyev 2018, T - O'zbekiston b. 248.)
Turli mezonlarga ko'ra O'zbekiston joylashgan hudud mintaqa uchun kata geosiyosiy ahamiyatga ega.Uning qoq markazida joylashib qolgan to'rt davlatlar bilan bevosita chegaradosh bo'lgan yagona davlat.Mintaqada qabul qilingan yirik geosiyosiy qarorlarni O'zbekistonsiz tasavvur etib bo'lmaydi.Markaziy Osiyo shunday geosiyosiy makonki,unga jahondagi eng yirik kuchlar doimo u bilan bog'lanish payida bo'ladi,Markaziy Osiyo ular uchun muhim (savdo,iqtisodiy,transport) karidor bo'la oladi. Markaziy Osiyoning boshqa davlatlaridan farqli O'zbekiston yirik kuch markazlarining bevosita tasiridan tabiiy muhofazalangan.O'zbekiston mintaqada |Rassiya, Xitoy, Eron singari kuch markazlari bilan bevosita chegaraga ega emas .Bu O'zbekiston zimmasiga mintaqada kuchlar muvozanati va o'zaro ichki barqarorlikni taminlash masuliyatini yuklaydi.O'zbekiston mintaqa xavfsizligi borasida "Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli hudud to'g'risidagi shartnomani (Semipalatinsk, 2006- yil 8-sentabr ) imzolagan . O'zbekiston -Rossiya, Xitoy, Pokiston va Hindiston kabi yadro quroliga ega bo'lgan davlatlar markazida joylashgan.
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
Geografik determinizm omili
Bu "O'zbekistonning strategik yo'laklarga olib chiquvchi tranzit chorrahada joylashganligida ko'rinadi. O'zbekiston Yevropani Osiyo, Markaziy Osiyoni Janubiy Osiyo,Uzoq Sharqni Yaqin Sharq bilan bog'lash mumkin bo'lgan transport - kammunikatsiya yo'laklarining muhim halqasidir. Tabiiy jihatdan har tomonlama yopiq bo'lganiga qaramay O'zbekiston xalqaro Sharq-G'arb, Shimol-Janub, transport yo'llaridagi geografik joylashuvi unga xalqaro transport tarmog'ining zaruriy qismi bo'lishida katta imkoniyatni taqdim etadi" ( S.Bo'ronov 2021, T-O'zbekiston b.28)
Qadimda ham Buyuk Ipak yo'lining asosiy yo'nalishlari O'zbekiston hududlaridan o'tgan. Bugungi kunda Xitoyning "Bir makon - bir yo'l" ( One Belt, One Road ) loyihasi O'zbekistonning tranzit chorrahada joylashgan mamlakat sifatida geosiyosiy obro'sini oshirmoqda.
Demografik omil
O'zbekiston Markaziy Osiyodagi eng ko'p aholiga ega davlat, bugungi kunda O'zbekiston aholisi 36 - million nafardan oshgan. Bu ko'rsatgich Markaziy Osiyo umumiy aholisining yarmini tashkil etadi.Ekspertlar O'zbekiston aholising nafaqat Markaziy Osiyoda balki MDH makonida ham o'sib borayotganini aytib o'tgan va postsovet makonida Rassiyadan keyingi ikkinchi o'ringa chiqib olishini taxmin qilishgan. Tadqiqitchi Sh.Fayziyev bu borada muhim jihatga e'tibor qaratishga undaydi " O'z geosiyosiy o'rnidan kelib chiqqan holda O'zbekiston oldingi eng muhim strategik vazifa millatlarning barqaror o'sishi va rivojlanishiga sharoitlar yaratish maqsadi o'laroq, shuningdek, O'rta Osiyo mintaqasida ulkan barqarorlashtiruvchi omil sifatida o'z demografik potensialidan oqilona foydalanishdir. Geosiyosiy sharoitda davlatning demografik tarkibiy qismlari nafaqat mintaqaviy doirada, balki yana ham kengroq - o'zgaruvchan xalqaro munosabatlarning global tizimi nuqtayi nazaridan ko'rib chiqilishi lozim" (Sh.Fayziyev 1999, s.58.)
Yana bir etiborli tomoni O'zbekiston Markaziy Osiyoda aholisi eng ko'p millatli davlat hisoblanadi.
O'zbekiston demografik salohiyatining yana bir jihati, O'zbekiston mintaqa davlatlaridan farqli ravishda bir xil gegamon aholi tarkibiga ega,ya'ni aholining 85 % titul millat vakillari tashkil etadi. Umuman olganda O'zbeklar Maekaziy Osiyodagi eng ko'p sonli millat hisoblanadi.
Harbiy qudrat va mintaqaviy xavfsizlik omili
Harbiy jihatdan ham O'zbekiston mintaqada yetakchidir. Global harbiy qudrat indeksining 2023 - yil malumotlariga ko'ra O'zbekiston dunyoda 140 dan ortiq davlat orasidan 62 - o'rinni, Osiyoda 45 davlat orasidan 22 - o'rinni egallab, Markaziy Osiyo davlatlari orasida esa eng qudratlisi dep topilgan. Bu malumotga ko'ra O'zbekistonning faol qo'shinlari 50 ming kishini tashkil etib, jangovor tanklari 420 ta, samolyotlarni umumiy soni 194 ta, (shundan 60 tasi jangovor samolyotlar ), vertolyotlar umumiy soni 89 ta (shundan 33 tasi hujumkor). (Globalfirepower. 2023, Military Strength Ranking)
O'zbekiston mintaqadagi davlatlar orasida o'zining mustaqil harbiy salohiyatini namoyon eta oladi va mintaqaga tashqi kuchlarning harbiy ta'sirini kamaytirishda milliy va huquqiy asosga ega bo'lgan "mudofaa doktarinasi" ga ega
-boshqa davlatlarga qarshi harbiy kuch ishhlatmaslik, bunday harbiy tajovuzning oldini olish va uni da fetish hollari mustasno;
-Xavfsizlikning bo'linmasligi, o'z xavfsizligini boshqa davlatlar xavfsizligi hisobiga mustahkamlashga yo'l qo'yilmasligi
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
-boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, ehtimol tutilgan nizolarni tinch yo'l bilan hal etish
-harbiy - siyosiy bloklarda ishtirok etmaslik, har qanday davlatlar aro tuzilmadan, agar u harbiy - siyosiy blok etib o'zgartirilsa, chiqib ketish huquqini o'zida saqlab qoladi.
-mudofaaning yetarli darajada bo'lishi;
- harbiy qurilishning zamonaviy harbiy mojarolar xusu- siyatiga monand bo'lishi;
- yadroviy va boshqa turdagi ommaviy qirg'in qurolini ishlab chiqarish, olish, saqlash, tarqatish va joylashtirishdan voz kechish;
Markaziy Osiyoda yadro qurolidan xoli zona to'g'risidagi shartnoma prinsiplariga sodiqlik;
o'z hududida chet el harbiy bazalari va obyektlarining joylashtirilishiga yo'l qo'ymaslik;
Qurolli Kuchlarning xorijdagi tinchlik o'rnatish bilan bog'liq operatsiyalarda va harbiy mojarolarda ishtirok etmasligi.
O'zbekiston uzoq yillar davomida mintaqaviy xavfsizlikka tahdid tug'diruvchi terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalar savdosi singari omillarga qarshi munosib kurash olib bordi va mintaqaviy xavfsizlikning kafolati ekanligini amalda namoyon qildi." Ch. Ko'charov monografik tadqiqotida bu masala xususida quyidagicha fikrlarni uchratish mumkin: "O'zbekis- ton Markaziy Osiyo mintaqasidagi xalqaro munosabatlarda geosiyosiy muhim o'ringa ega. Uning tashqi siyosati mintaqada shakllanayotgan xavfsizlik tizimini yaratishda yetakchi hisoblanadi. Albatta, mintaqaning boshqa davlatlarini ham umumiy xavfsizlikdagi ta'sirini past baholash xato bo'lur edi. Lekin jahonning yetakchi salohiyatli davlatlarining ushbu mintaqadagi manfaatlarini muvozanatga solib turishda mintaqa ichidagi davlatlar har xil darajada imkoniyatlarga ega". (Ch.Ko'charov 2008, T- O'zbekiston, b.47 )
Markaziy Osiyo davlatlari orasida faqat O'zbekiston 90-yillarning boshlarida boshlangan Afg'oniston va Tojikistondagi fuqarolar urushidan mintaqaga kelishi mumkin bo'lgan xavfga qarshi geografik va harbiy qalqon bajardi. XXI asr boshlarida Markaziy Osiyo mintaqaviy xavfsizlik tizimida vujudga kelgan o'zgarishlar natijasi o'laroq 2004-yilda ShHT Aksilterror tuzilmasining Toshkentda tashkil etilishi ham bu fikrni amalda tasdiqlaydi. milliy va mintaqaviy xavfsizlikni ta'minlashda O'zbekiston xavfsizlik tashkilotlarining roli va o'rni katta.
Tarixiy omillar
O'zbekiston tarixi buyuk sivilizatsiyalar va imperiyalar tarixidir. O'tmishda O'zbekistonning Samarqand, Buxoro, Xiva, Shahrisabz, Toshkent va boshqa shaharlari qa- dimiy Markaziy Osiyo hududlarining siyosiy, savdo-iqtisodiy, madaniy-ma'rifiy rivojlanish markazi bo'lgan. Taniqli siyo- satshunos " Z.Bjezinskiy ham O'zbekistonning mazkur tarixiy nufuziga alohida urg'u berib, shunday yozgan edi: "Amaliy jihatdan O'zbekiston O'rta Osiyoda mintaqaviy yyetakchilik roliga asosiy da'vogar hisoblanadi. O'zbekiston siyosiy elitasi atayin yangi davlatni din, astronomiya va san'at ilmini o'rganish uchun mashhur mintaqaviy markazi Samarqand bo'lgan Temurning ulkan O'rta asrlar imperiyasi vorislari, deb. atamoqda. Bu jihat zamonaviy O'zbekistonda qo'shnilari bilan taqqoslaganda tarixiy vorislik va diniy missiyani chuqur his etishni mustahkamlaydi".(Z. Bjezinskiy, 2019, s. 226-227 ).
" Tadqiqotchi D.Muitov 1999-yil "Ijtimoiy fikr. Inson huquqlari" jurnalida chop etilgan maqolasida O'zbekiston geosiyosatini tarixiy tajriba asosida siyosiy tahlil etish va shu orqali uning geosiyosiy xususiyatlarini o'rganish ma'qul ekanligiga quyidagicha izoh beradi: "...O'zbekistonning geopolitik xususiyatini siyosiy- tarixiy tahlil qilish orqali davlatlar va ittifoqchilikning, hududiy-geografik siyosatning o'zaro aloqadorligini anglatuvchi ma'lum bir
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
ilmiy xulosalarga kelish mumkin. Xalqaro maydonda geopolitik g'oyaning elementlari nafaqat buyuk davlatlar rejalarida, shu bilan birga mintaqadagi davlatlarning siyosatida, o'z milliy chegaralaridan uzoq bo'lgan hududlarda strategik va iqtisodiy nazorat o'rnatishdagi raqobatida ham aks etayotganligini ta'kidlash zarur. Shundan kelib chiqib, O'zbekistonning geopolitik va geostrategik xususiyatlari naqadar murakkabliklarga to'qnash ekanligini aytish bilan birga uni o'rganish uchun metodologik manba sifatida siyosatshunoslik, falsafa, tarix va boshqa ijtimoiy fanlarning yutuqlarini mujassam etgan siyosiy jarayonlarga xarakteristika beruvchi sistemali-strukturaviy uslubdan foydalanish vaqti kelganligini ta'kidlash joiz". (D.Muitov 1999, s.52-54 ) O'zbekistonning shonli tarixi uning mintaqa kelajagi uchun ham muhim mavqeyini anglash imkonini beradi.
Savdo-iqtisodiy imkoniyatlar va tabiiy-xomashyo resurslari
Mintaqaning iqtisodiy rivojlanishi jarayonlarida O'zbekiston yetakchi davlatlardan biri. Markaziy Osiyoda eng ko'p aholi va qulay geostrategik joylashuvga ega bo'lgan O'zbe- kiston mintaqaning eng katta bozori hisoblanadi. Bu bilan aytish mumkinki, O'zbekiston bozori butun Markaziy Osiyo bozori darvozasidir.
Britaniyaning nufuzli "The Economist" jurnali 2019-yilda O'zbekistonni "Yil mamlakati" ( www.economist.com 2019.)deb tan olgani ham bu boradagi o'ziga xos e'tirofdir. Jahon bankining global iqtisodiy istiqbollarga oid "2020-yil yanvar oyidagi hisobotida O'zbekiston Sharqiy Yevropa va Markaziy Osiyo davlatlari orasida yalpi ichki mahsulot o'sish sur'atlari bo'yicha eng yuqori ko'rsatkich 2020-yilda 5,7%, 2021- 2022 yillarda 6% o'sishi taxmin qilinadi" (Global Economic Prospects 2020, p.83. ) O'zbekistonda tabiiy-xomashyo resurslarining geostra- tegik jihatdan ulkan zaxirasi mavjud, 3000 ta foydali qazilma konlari aniqlangan bo'lib, ularning 1100 tasi qazib olishga tayyor, 50 tasi asl, 41 tasi rangli, nodir, radioaktiv va qora metallar, 187 tasi yoqilg'i-energetika, 19 tasi kon-kimyo, 45 tasi konchilik xomashyosi, shuningdek, qurilish materiallari, yer osti suvlari va boshqa foydali qazilma konlaridan iborat. O'zbekiston yer osti boyliklari istiqboli juda ulkan. O'zbekiston hududining faqat 20% maydonida geologik razvedka ishlari olib borilgan. Jumladan, O'zbekistonda sanoat ahamiyatiga ega 86 ta neft konlari ochilgan bo'lib, ulardan 36 tasi neft, 24 tasi neft-gaz va gaz-neft, 26 tasi neft-gaz kondensat konlari toifasiga kiradi. Aniqlangan oltin zaxiralari bo'yicha respublika jahonda to'rtinchi, qazib olish darajasi bo'yicha to'qqizinchi o'rinda. O'zbekistonlik geologlar tomonidan Yevroosiyoda yirik hisoblangan shtokverk tipli koni (Muruntov) topilgan. O'zbekiston misning razvedka qilingan zaxirasi va qazib olish bo'yicha Markaziy Markaziy Osiyo mamlakatlarida yyetakchidir. Mis konlarining 12% Janubiy Tyanshan, 80% O'rta Tyanshan va 8% Hisor burmali sistemasiga to'g'ri keladi."Uran zaxirasi bo'yicha esa O'zbekiston jahonda 7-8-o'rinlarni zabt etgan " ( O'zbekiston milliy ensiklopediyasi 2006,2 - jild b.17-19. )
Respublikamizda foydali qazilmalarning qolgan turlari bo'yicha ham ulkan boyliklar mavjud. Bu Respublika geoiqtisodiy salohiyati mezonlaridan biridir. Shu bilan birgalikda O'zbekiston iqtisodiy salohiyatini belgilab beradigan sohalar qishloq xo'jaligi, yengil sanoat, mashinasozlik, turizm va mehnat salohiyati bo'yicha mintaqada yetakchi nufuzga ega." Biroq bir qator obyektiv omillarga ko'ra O'zbekiston iqtisodiy salohiyati o'z imkoniyatlari va salohiyatini to'liq namoyon eta olmayapti. Geografik jihatdan jahon dengiz portlari va yo'laklariga chiqishning murakkab ekanligi, demografik o'sish sharoitida mehnat bozorida raqobatning kuchayishi, ishchi o'rinlari, suv resurslari muammosi va boshqa bir necha omillar O'zbekistonning makroiqtisodiy rivojlanish jarayonlariga o'z ta'sirini ko'rsatmoqda. Serhosil va unumdor yerlar, yer osti qazilmalari va boshqa shu singari iqtisodiy ustunliklar qatorida O'zbekistonning oraliqda
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
joylashgani mam- lakat uchun qiyinchiliklar tug'dirishi, mahsulotlar yetishtirish, ular eksporti, uning ta'minoti, asosan, qo'shni davlatlar nazoratida qolishiga olib keladi".( Sh.Ramazonov, 2012,b.77. ) O'zbekiston zaminida mavjud bo'lgan tabiiy-xomashyo boyliklarining qazib olinmagan zaxiralari, mintaqaviy istiqbolli yirik loyihalar, mintaqalararo transport infrastrukturasi, turizm va hokazo ustuvor jihatlar hisobga olinadigan bo'lsa, mamlakat mintaqaning geoiqtisodiy markaziga aylanish salohiyatini anglash qiyin emas.
Intellektual, madaniy-ma'rifiy salohiyat va milliy-mintaqaviy g'oyalar
O'zbekiston jahon ilm-fani va madaniy-ma'rifiy taraqqi- yotiga ulkan hissa qo'shgan ulkan intellektual salohiyat zaminidir. Shuningdek, mamlakatimiz islom olami va boshqa dinlarning sivilizatsiya beshiklaridan biri sanaladi" Markaziy Osiyoda qachondir mavjud bo'lgan va davlatchilik, fan, madaniyat rivojlanishida sezilarli iz qoldirgan barcha asosiy davlat tuzilmalarining poytaxtlari hozirgi O'zbekiston hududida joylashgan. Samarqand, Buxoro, Xiva, Qo'qon va Toshkent madaniyatlarining sivilizatsion ta'siri o'tmishda mamlakat hududidan tashqarida ham juda kuchli bo'lgan. Bu shaharlar uzoq vaqtlar davomida Markaziy Osiyoda va Yevroosiyoning boshqa joylarida islom talimoti, ilohiyoti va diniy rahbarlarining markazi bo'lib kelgan" (S.Safoyev 2005,b.31.)
Afg'oniston omili
Afg'oniston omilini ham kiritmaslikning imkoni yo'q. O'zbekiston geosiyosati Afg'oniston omili hisobiga yanada kengayadi va bu omil mamlakat tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan birini egallaydi. O'z navbatida, Respublikamiz Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalarini Afg'oniston orqali o'zaro bog'lashga qaratilgan strategik maqsad va vazifalarni amalga oshirishga intilmoqda.Umuman keltirilgan dalillar O'zbekistonning mustaqil geosiyosiy qarorlar qabul qilishdagi yuqori potensialini belgilab beradi. "Markaziy Osiyoda jo'g'rofiy-siyosiy jihatdan markaziy o'rin tutgan O'zbekiston kuchlar tengligi va muvozanatini ta'minlash, strategik muhim bo'lgan ushbu mintaqada hamkorlikka mustahkam zamin yaratish jarayonida sezilarli rol o'ynash uchun hamma imkoniyatlarga ega" ( I.Karimov 1997, T -O'zbekiston,b.228. ) Mazkur asoslar tufayli yirik kuch markazlari ham O'zbekistonning mintaqa- dagi geosiyosiy potensialini hisobga olishi va uni munosib baholashi lozim bo'ladi. Afg'oniston omili O'zbekiston Geosiyosatida ustuvor bo'lib, mamlakat geografik, tarixiy, savdo-iqtisodiy, etnik, lisoniy, diniy-madaniy omillarga ko'ra Markaziy Osiyoning uzviy qismidir. O'zbekiston geosiyosatining alohida ajralib turuvchi xususiyati shundaki, mamlakatimiz geosiyosiy imkoniyatlari parallel ravishda bir qator muammolarni ham o'zida ifodalaydi. Masalan, O'zbekiston "double landlocked" davlat ekani, aholi sonining ko'payishi qo'shimcha yangi ish o'rinlari yaratish zaruriyatini taqozo etishi, terrorizm, ekstremizm, narkotik moddalar savdosi va geosiyosiy raqobat xatarlari, Orol muammosi, jumladan, transchegaraviy suv resurslaridan oqilona foydalanish va boshqa dolzarb masalalar O'zbe- kistonni Markaziy Osiyodagi geosiyosatning salbiy tenden-siyalari markazida ekanligini ham aks ettiradi.
Afg'oniston dunyo yetakchiligiga davogar davlatlar geosiyosiy diqqat markazida bo'lib kelgan, bu O'zbekiston geosiyosati fonida ham katta o'rin egallaydi, bu O'zbekiston tashqi siyosatining ustuvor yo'nalishlaridan biri ekanligida va O'zbekiston xalqaro transport yo'lagining 60% qismi Markaziy Osiyo va Afg'oniston tranzit yo'llaridan o'tishidan bilinadi,bundan tashqari Afg'oniston tarixida Britaniya, SSSR va AQSH kabi davlatlar amalga oshirmagan ulkan bunyodkorlik ishlarini boshlab berdi. O'zbekiston Afg'onistonga poyezdlar qatnovini yo'lga qo'ygan davlat sifatida maydonga chiqdi. Bu uning O'zbekiston bilan bevosita chegaraga ega ekanligidir.
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
"Hozirda O'zbekiston milliy manfaatlarni hisobga olgan holda, Afg'oniston bilan aloqalar rivojlanishini qo'llab-quvvatlamoqda va ular tomonidan rivojlanish bo'yicha tanlangan yo'lni hurmat qiladi. Shu tariqa, O'zbekiston qo'shnisidagi ichki nizolarga aralashib qolish yoki har qanday harakatlarni qo'llab-quvvatlash borasida betaraf bo'lib qolmoqda. O'zbekiston mazkur mamlakatda tinchlikni va tanazzulga yuz tutgan iqtisodiyotni tiklashga oid turli tashabbuslar va loyihalarni qo'llab-quvvatlamoqda. 2011 yilda ishga tushirilgan «Xayraton-Mazari-Sharif» temir yo'li liniyasi mintaqaning kelgusi hayotida muhim o'ringa ega bo'ldi, chunki ushbu yo'nalish Markaziy Osiyo davlatlarining dengiz portlariga chiqishida muhim bo'g'im hisoblanadi. So'nggi 50 yil ichida Orol dengizining hajmi 8 barobarga, suv hajmi esa 13 barobarga qisqardi. Bunda vaziyatni yanada keskinlashtiradigan xatar mavjud, chunki Qirg'iziston va Tojikiston Rog'un GES (balandligi 335 m.) va Qambarota GES (275 m.) kabi gidroelektrstansiyalari qurilganligi ikkala to'g'onning ishlatilishi ayniqsa ekinlar o'sishi davrida Amudaryo va Sirdaryoga suv oqimini sezilarli ravishda kamaytiradi va qurg'oqchilikka sabab bo'ladi. O'zbekiston o'z manfaatlaridan kelib chiqqan holda, ko'p asrlik mustaqil va teng masofadagi tashqi siyosatni yuritishga qaror qildi. Natijada Toshkent mintaqadagi barqarorlik kafolatiga aylandi. Yel va AQSh mintaqada o'zaro munosabatlarning qo'shma maydonini yaratishga urinmoqda. Bu maydon Markaziy Osiyoning 19-asrda bo'lgani kabi Katta o'yin kurashi arenasiga aylanishiga yo'l qo'ymaydi. G'arbning mintaqa ishlarida O'zbekistonning strategik ahamiyatini hisobga olishiga to'g'ri keladi. Markaziy Osiyoda xavfsizlik borasidagi tahdidlarni bartaraf qilishning eng oqilona yo'li davlatlar va ularning mintaqaviy integrallashuvini mustahkamlashdir. Buning asosida kafolati va markazi O'zbekiston bo'lgan mintaqa barqarorligini ta'minlovchi birlashmani yaratish yotadi. Chunki, istalgan hudud, jumladan Markaziy Osiyoda geosiyosiy vakuum hosil bo'lgan taqdirda, boshqa davlatlarning aralashuvi ehtimoli o'sib boradi va bu butun mintaqadagi barqarorlikka salbiy ta'sir qiladi" (A.Xaykalovich -2019 ).
Xulosa
Xulosa qilib aytganda O'zbekistonning ilmiy asoslarga ega bo'lgan qulay geografik joylashuvi uning geosiyosatining asosini tashkil etadi. Qulay geografik joylashuv Geosiyosatning muxim omillaridan biridir, bu borada Napaleon Bonapart quyidagi fikrni keltirgan "Mamlakatning geografik joylashuvi uning tashqi siyosatini belgilovchi muxim omildir". Doimo O'zbekiston geosiyosati va tashqi siyosatining asosiy fonida Markaziy Osiyo va Afg'oniston mintaqalari bo'lishi kerak, chunki O'zbekiston bu mintaqalarni tutashtiruvchi oliy bo'g'indir va O'zbekiston uchun bu mintaqalarning xavfsizligi va barkamolligi nihoyatda muxim, chunki Markaziy Osiyo va Afg'oniston xavfsizligi bevosita O'zbekiston xavfsizligi ularning istiqboli O'zbekiston istiqbolidir. O'zbekiston Markaziy Osiyo va Afg'onistonda o'z geosiyosiy manfaatlarini qondira olmasa, jahon geosiyosatida bir shaklda o'z o'rnini yoqotadi deb o'ylayman, shuning uchun O'zbekiston bu mintaqalarda dunyo siyosiy maydonidagi yirik figuralar tasirini jilovlab turishi zarur. Markaziy Osiyo, Afg'oniston bu kabi mintaqalarda Xitoy, Rassiya, AQSH ta'sirini oshib ketishiga yo'l qo'ymaslik ko'proq O'zbekiston zimmasida dep o'ylayman, chunki O'zbekiston mintaqada liderlikka davo qiluvchi davlatlardan biridir. Bu makon, Markaziy Osiyo va afg'oniston hududlari doim dunyo siyosiy maydonidagi yirik figuralar etiborini tortib kelgan va bundan keyin ham shunday bo'lib qoladi dep o'ylayman. Shunday ekan O'zbekiston o'z milliy manfaatlaridan kelib chiqib aqilli yo'ldan borishi lozim, bu mintaqa siyosiy fonida bir tomonga uzoqroq borishlikdan ko'ra barcha yirik siyosiy o'yinchilar bilan normal, mo'tadil aloqada bo'lishligi kerak deb bilaman.
0 n 0 Q IMPROVING UZBEKISTAN'S POSITION IN INTERNATIONAL RATINGS L U L O AND INDEXES: THEORY, PRACTICE, AND STRATEGY
REFERENCES
1. Сирожов О. Марказий Осиё минтакасида хамкорлик жараёнлари. - T.:O'zbekiston, 2016-Б.129
2. Мирзиёев Ш.М. Халкимизнинг розилиги бизнинг фаолиятимизга берилган энг олий баходир. - Т.: Узбекистан, 2018. - Б.248.
3. S.Bo'ronov . O'zbekiston Geosiyosati - T.: O'zbekiston, 2021. - B.28.
4. Файзиев Ш. Геополитика Узбекистана: ракурс (О населении "количественном и "качественном") // Ижтиомий фикр. Инсон хукуклари. 1999. № 3-4(7-8). - С.58.
5. 2023 Military Strength Ranking // Globalfirepower. https: www.globalfirepower.com/countries-listing.asp; 2023 Uzbekistan Military Strength //Globalfirepower. https://www.global firepower.com/country-military-strength -detail.asp country_id=Uzbekistan
6. Кучаров Ч. Марказий Осиёнинг минтакавий интеграцион жараёни муаммолари (гео-сиёсий тахлил тажрибаси). - Т.: Фан, 2008. - Б.47.
7. Бжезинский 3. Великая шахматная доска. [пер. с анг. О. Уральской]. - Москва.: Издателсьство АСТ, 2019. - С. 226-227.
8. Муитов Д. Узбекистон геополитикаси: утмиш, бугун ва эртага // Ижтиомий фикр. Инсон хукуклари. 1999. № 1-2 (5-6). - С.52-54.
9. https://www.economist.com/leaders/2019/12/21/which-nation-improved-the-most-in-2019
10. Global Economic Prospects: Slow Grows, Policy Challenges. (A World Bank Group Flagship Report). January 2020. - P.83.
11. Batafsil qarang: Узбекистон миллий энциклопедияси. 12-жилд. Тахрир хайъати А.Азизхужаев, Б.Алимов, М.Аминов ва б. - Т.: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2006.-Б.17-19.
12. Узбекистон геосиёсати. Укув кулланма. (Таржимон - Ш. Рамазонов) -Т.: ЖИДУ,
1. 2012-Б.77.
13. Сафоев С.С. Марказий Осиёдаги геосиёсат. - Т.: ЖИДУ, 2005. - Б.31.
14. Каримов И.А. Узбекистон XXI аср бусагасида: хавфсизликка тахдид, баркарорлик шартлари ва тараккиёт кафолатлари. -Т.:Узбекистон, 1997. - Б.228.
15. AIXAI Xaykalovich - Мамлакат иктисодий хавфсизлигини ..., 2019 - ejournal.tsue.uz