Научная статья на тему 'O‘ZBEKITON VA XITOY SIYOSIY MUNOSABATLARINING BUGUNGI HOLATI'

O‘ZBEKITON VA XITOY SIYOSIY MUNOSABATLARINING BUGUNGI HOLATI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
376
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O‘zbekiston Respublikasi / Xitoy Xalq Respublikasi / Ikkitaraflama hamkorlik / do‘stona va o‘zaro manfaatdorlik tamoyillari / strategik sheriklik. / Republic of Uzbekistan / People's Republic of China / Bilateral cooperation / principles of friendship and mutual interest / strategic partnership.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Xaydarov, G‘ayratbek

Ushbu maqola O'zbekiston va Xitoy o'rtasidagi zamonaviy ikki tomonlama munosabatlar haqida. Maqolada asosiy e'tibor ikki davlat o'rtasidagi siyosiy munosabatlar, uning istiqbollari va ikki tomonlama munosabatlarning bugungi holatiga qaratilgan. Ushbu maqolada bu holatda siyosiy munosabatlarga taalluqli bo'lgan geosiyosiy jihatlar keltirilgan. Shuningdek, muallif ikki davlatning ShHT sohasidagi ikki tomonlama munosabatlariga ham e'tibor qaratdi. Yakuniy qismda muallif tomonidan muhim deb hisoblangan ikki davlat munosabatlarini yaxshilash bo'yicha ba'zi tavsiyalar va/yoki xulosalar berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

CURRENT STATE OF POLITICAL RELATIONS OF UZBEKISTAN AND CHINA

This article is about contemporary bilateral relations between Uzbekistan and China. Main emphasis of this article focused on political relations of two nations, its perspectives, and current condition of bilateral relations. In this ariticle given geopolitical aspects which is holding on political relations in this case. Also, author cared the bilateral relations of two countries in the sphere of ShCO. In the conclusive part given some advises and/or conclusions to improve the bilateral relations of two countries which is counted essential by author.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEKITON VA XITOY SIYOSIY MUNOSABATLARINING BUGUNGI HOLATI»

O'ZBEKITON VA XITOY SIYOSIY MUNOSABATLARINING BUGUNGI HOLATI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.7355118

XAYDAROV G'ayratbek Ilmiy maslahatchi: f.f.d.(DSc) Nasirova S.A.

This article is about contemporary bilateral relations between Uzbekistan and China. Main emphasis of this article focused on political relations of two nations, its perspectives, and current condition of bilateral relations. In this ariticle given geopolitical aspects which is holding on political relations in this case. Also, author cared the bilateral relations of two countries in the sphere of ShCO. In the conclusive part given some advises and/or conclusions to improve the bilateral relations of two countries which is counted essential by author.

O'zbekiston Respublikasi va Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasidagi munosabatlar bugungi kunda barcha sohalarda rivojlanib bormoqda. Ikkitaraflama hamkorlik do'stona va o'zaro manfaatdorlik tamoyillariga asoslangan. O'zaro tenglik tamoyillari asosida o'rnatilgan do'stlik rishtalarini mustahkamlashda deyarli har yili uzviy davom etib kelayotgan oliy darajadagi davlat rahbarlari va boshqa turdagi ko'plab uchrashuvlar muhim rol o'ynamoqda. O'zbekiston va Xitoy Xalq Respublikasi o'rtasidagi munosabatlar bugungi kunda strategik sheriklik darajasida davom etib kelmoqda. Bugungi O'zbekiston - Xitoy munosabatlari ikkitomonlama va ko'ptomonlama aloqalar orqali jadal rivojlanib kelmoqda.

O'zbekiston Respublikasi mustaqillikka erishgan davrdan boshlab har ikki mamlakat siyosiy va iqisodiy hamkorlik aloqalarini o'rnatish va rivojlantirishga alohida ahamiyat qaratib keladi. Chunki, "mustaqillikning ilk davridayoq O'zbekiston Xitoy Xalq Respublikasi timsolida o'zining mintaqaviy va xalqaro doiradagi muammolarni hal etishda ishonchli va umidli hamkorini ko'rdi1". O'z navbatida, Xitoy ham mamlakatimiz bilan har taraflama chuqur munosabatlar o'rnatishga kirishdi. Bunga nafaqat tashqi, balki Shinjon-Uyg'ur avtonom rayoni bilan bog'liq bo'lgan ichki omillar ham ta'sir o'tkazdi. "O'zbekiston Xitoy bilan diplomatik aloqlarni yo'lga qo'ygan dastlabki Markaziy Osiyo davlati bo'lganligi ham buni tasdiqlaydi. O'zaro diplomatik aloqalar 1992-yil, 2-yanvarda o'rnatilgan2". Bundan biroz oldin esa, 1991-yil, 27-dekabrda Xitoy Xalq Respublikasi O'zbekiston Respublikasining davlat mustaqilligini tan olgan edi3".

Bugungi kunda barcha sohalarda keng qamrovli munosabatlar yo'lga qo'yilgan bo'lsada siyosiy, savdo-iqtisodiy, xavfsizlik hamda ShHT doirasidagi munosabatlarga ko'proq ahamiyat qaratib kelinmoqda.

1Виталий К. и др. Центральная Азия: Внешний взгляд // Международная политика с центральноазиатской точки зрения. - M.: Фонд им. Ф.Эберта, г. 2008. С. 488

2 Парамонов В., Строков А., Столповский В. Экономическое присутствие Китая в Узбекистане. 13/08/2008. // и-centr.ru.

3О^Ье^йп - Хйоу: strategik sheriklikmng уа^ qirralari. 19.08.2014 // ^а.^

Ikkitomonlama samarali hamkorlikni yo'lga qo'yishda tomonlarning terrorizm, ekstremizm, uyushgan jinoyatchilik, noqonuniy qurol-yaroq savdosi, narkoraffik kabi xavfsizlik tahdidlari borasida mushtarak qarashlarning mavjudligi ham katta omil bo'lib xizmat qilmoqda.

Oliy darajada o'tkazilib kelinayotgan davlat tashriflari ham o'zaro ishonchga asoslangan hamkorlikning yanada taraqqiy etishida katta hissa qo'shib kelmoqda.

XXR Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgach, mazkur mintaqada o'z oldiga bir qancha geostrategik va harbiy-siyosiy maqsadlar qo'yadi. Bular quyidagilar:4

- sobiq SSSRni geosiyosiy raqib sifatida to'liq yo'q qilish;

- Rossiyani mazkur mintaqadan siqib chiqarish;

- mintaqa davlatlari bilan savdoda ustunlikka erishish;

- Shinjon-Uyg'ur Avtonom rayonini iqtisodiy rivojlantirish va bu hududdagi geosiyosiy sharoitni yaxshilash hamda uning Markaziy Osiyo davlatlari bilan iqtisodiy hamkorligini kuchaytirish;

- transchegaraviy daryolar ustidan nazorat o'rnatish;

- XXR siyosiy ta'siri ostidagi ShHTni tuzish.

Bu siyosiy maqsadlardan ko'rinib turibdiki XXR nafaqat O'zbekiston Respublikasi, balki butun Markaziy Osiyo mintaqasida yetakchi tashqi kuch vazifasini o'tashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan.

Bugungi kunda siyosiy aloqalarning yanada rivojlanishiga o'zaro siyosiy qarashlarning mushtarakligi ham muhim omil bo'lib xizmat qilmoqda. Xususan, O'zbekiston Respublikasi Xitoyning hududiy yaxlitligini mutlaqo qo'llab-quvvatlaydi. Umuman, "O'zbekiston va Xitoy munosabatlari strategik sheriklik darajasiga ko'tarilgan. O'zaro manfaatdorlikka asoslangan hamkorlik siyosat, iqtisodiyot, savdo, sanoat, moliya, qurilish, ilm-fan, ta'lim, madaniyat sohalarining barcha yo'nalishlarini qamrab olgan5".

O'zaro siyosiy qo'llab-quvvatlash xalqaro doirada ham samarali davom etib kelayotganligini ta'kidlash joiz. Xususan, "BMT va boshqa nufuzli xalqaro tashkilotlarda bir-birini doimiy qo'llab-quvvatlab kelmoqda. Xitoy O'zbekistonning tanlangan rivojlanish yo'lini qo'llab-quvvatlab kelayotgan bo'lsa, O'zbekiston tomonidan Xitoy rahbariyati qo'llab kelayotgan aqilli va chuqur o'ylangan xitoy siyosiy kursi hamda "Yagona Xitoy" siyosati yuqori baholanadi6".

Bugungi kunda ikkala davlat o'rtasidagi aloqalar yangi bosqichga ko'tarildi. Buni deyarli har yili amalga oshirilayotgan turli darajadagi tashriflar bilan, shuningdek, o'sib borayotgan savdo-iqtisodiy, siyosiy, madaniy-gumanitar aloqalar bilan ham tasdiqlashimiz mumkin.

Bugungi kunda Shanxay Hamkorlik Tashkiloti doirasidagi hamkorlik ikki tomonlama munosabatlardagi muhim jihat hisoblanadi. O'zbekiston va Xitoy ShHTning muvaffaqiyatli rivojiga hamda uning faoliyatida faol ishtirok etishga alohida ahamiyat beradi. Mazkur tashkilot yo'nalishidagi hamkorlik bugungi kunda mintaqada va umuman, dunyoda barqarorlik va xavfsizlikni mustahkamlash ishida muhim omil bo'lmoqda.

ShHT, dastlab, "1996-yilda XXR, Rossiya Federatsiyasi, Qozog'iston, Tojikiston va Qirg'iziston tomonidan "Shanxay Beshligi" tarzida tuzilgan va O'zbekiston qoshilgach (2001) Shanxay Hamkorlik Tashkiloti nomini olgan. Bu tashkilot davlatlararo turli chegaraviy masalalarni hal qilish maqsadida tuzilgan mintaqaviy tashkilotdir. So'nggi yillarda tashkilot o'z e'tiborini harbiy hamkorlik hamda terrorizmga qarshi faoliyatga qaratmoqda. Ba'zi tadqiqotchilarning fikricha, yaqin yillar mobaynida ShHT Afg'onistonda o'z siyosiy harakatini jadallashtirishi hamda vaziyatni nazorati ostiga olishi mumkinligi ham aytib o'tilmoqda7".

4 Laumulin M. T. The Geopolitics of XXI Century in Central Asia. Almaty, 2007. - P. 114

5 Samadov A. O'zbekiston - Xitoy: hamkorlik strategik sheriklik asosida izchil rivojlanmoqda. 02.09.2015 // uza.uz

6 Узбекистан - Китай: на пути укрепления стратегического партнерства. 09.09.2013. // uzbekistan.lv

7 Scheineson A. The Shanghai Cooperation Organization. 24,03. 2009 // cfr.org

O'tgan yillar mobaynida a'zolar tomonidan terrorizm, separatizm, ekstremizmga qarshi turli shartnomalar imzolandi. Aynan, O'zbekiston va XXR o'rtasidagi ShHT doirasidagi hamkorlikka ahamiyat qaratadigan bo'lsak, har ikki davlat siyosiy jihatdan bir-birining pozitsiyasini qo'llab-quvvatlash yo'lidan boradi. Xususan, O'zbekiston XXRning hududiy yaxlitligini, ya'ni Tayvanni XXR hududi sifatida bilishini doim ta'kidlab kelsa, o'z navbatida, XXR ham O'zbekistonning Markaziy Osiyodagi transchegaraviy daryolar yuzasidan qarashlarini, ya'ni ekologik xavfli gidroenergetik loyihalarning qurilishiga nisbatan e'tirozini qo'llab-quvvatlaydi. Bundan tashqari, O'zbekiston XXRning hududiy integratsiyasini hamda terrorizm, separatizm, ekstremizmga qarshi kurashini qo'llab-quvvatlaydi.

O'zbekiston bugungi kunda eng barqaror qatnashib kelayotgan mintaqaviy tashkilot ham aynan Shanxay Hamkorlik Tashkilotidir va u o'zini boshqa ko'ptomonlama mintaqaviy tashkilotlardan chegaralab, hamkorlikda ikkitomonlama munosabatlarga ahamiyat qaratmoqda. Bundan tashqari, ShHTning Mintaqaviy Antiterroristik Markazi ham aynan Toshkentda joylashgan.

Xitoy Xalq Respublikasi ShHTdan ko'zlagan maqsadlari bevosita ichki siyosati bilan bog'liqligi ham unga alohida ahamiyat qaratishiga sabab bo'ladi. Chunki, XXR O'zbekiston va boshqa Markaziy Osiyo davlatlari mustaqillikka erishgach Uyg'ur muammosida keskin burilish sodir bo'lishi ehtimoli ortadi va ShHTning tuzilishi mazkur davlatlarning Uygvur muammosiga XXR tomonidan qarashlariga sabab bo'ldi.

O'zbekiston uchun ShHTning qanchalik ahamiyatli ekanligi mintaqaviy muammolar bilan bog'liq. Chunki, terrorizm, diniy ekstremizm, qolaversa, Afg'oniston muammosining yechimida ShHT katta rol o'ynashi mumkin. Uning etnik muammolarga aralashmaganligi ham davlatlar ichki siyosatining erkinligini ta'minlaydi. Bu tashkilot mintaqada kuchlar muvozanatini saqlashda ham katta rol o'ynashi mumkin. Buning uchun esa, nafaqat O'zbekiston, balki mintaqaning barcha davlatlari tashkilot doirasida faol harakat qilmog'i lozim. Albatta, har bir davlat tashqi siyosatda milliy manfaatlardan kelib chiqqan holda faoliyat yuritadi. Biror bir davlat bilan diplomatik aloqa o'rnatish va u bilan munosabatlarni rivojlantirish qanchalik foyda keltirishi, qaysi omillar uni yaqinlashtirshi va o'zining xalqi farovonligi yo'lida xizmat qilishi har bir davlat uchun muhim ahamiyat kasb etadi. O'zbekiston ham o'z milliy manfaatlaridan kelib chiqqan holda XXR bilan manfaatli aloqalarni rivojlantirib kelmoqda. Xitoy bilan munosabatlarni rivojlantirishda O'zbekistonni undaydigan quyidagi omillar mavjud va kelgusi hamkorlik rejalarini mazkur omillar asosida ishlab chiqish lozim:

Birinchidan, bugungi kunda XXR dunyoning nafaqat iqtisodiy, balki siyosiy jahatdan ham qudratli davlati hisoblanadi. U BMT Xavfsizlik Kengashi a'zosi.

Ikkinchidan, dunyodagi eng katta mehnat resursiga hamda bozorga ega bo'lgan Xitoy iqtisodiy ko'rsatkichi bo'yicha dunyoning yetakchi davlatiga aylanib bormoqda. Bu o'z navbatida uning xalqaro muammolar yechimida ham hal qiluvchi so'zni ayta olish qobiliyatini shakllantirib bormoqda. Shu nuqtai nazardan, Xitoy bilan hamkorlik nafaqat, iqtisodiy balki siyosiy jihatdan ham O'zbekiston uchun foydali bo'lishi aniq. Chunki, Xitoy mintaqa xavfsizligi va barqarorligiga ancha katta ta'sir ko'rsatadi.

Uchinchidan, bugungi kunda mintaqada mavjud bo'lgan terrorizm, diniy ekstremizm, narkotraffik, uyushgan jinoyatchilik kabi mamlakat xavfsizligiga daxl qiladigan muammolar yechimida ham Xitoyning o'z o'rni va mavqei mavjud. Qolaversa, terrorizm Xitoyga ham begona emas va unga qarshi kurashdan bizdek manfaatdor.

To'rtinchidan, yuqoridagi muammolar bilan bevosita bog'liq bo'lgan Afg'oniston masalasida ham Xitoy bilan hamkorlik qilish bu muammo yechimida katta ahamiyat kasb etadi.

Beshinchidan, prezidentimiz tomonidan ilgari surib kelinayotgan Markaziy Osiyo mintaqasida yadro qurolidan holi zona yaratish tashabbusi ijrosida ham XXRning ahamiyati katta. Zero, Xitoy mintaqaga eng yaqin joylashgan yadro quroliga ega davlatlardan biri hisoblanadi.

Shularni inobatga olgan holda, O'zbekiston XXR bilan hamkorlikni mustahkamlashdan manfaatdor ekanligini bilish mumkin. Lekin, O'zbekiston XXRga nisbatan uning iqtisodiy yoki siyosiy jihatdan ta'sir doirasiga tushib qolishini oldini olishga qaratilgan ehtiyotkorona siyosatini davom ettirishi maqsadga muofiq. XXR ham O'zbekiston bilan hamkorlik qilishdan birdek manfaatdor. Agar XXR Markaziy Osiyoda o'zining pozitsiyasini oshirishni hamda saqlab qolishni istasa, birinchi navbatda, mintaqadagi yetakchi davlat sifatida aynan O'zbekiston bilan aloqalarini mustahkamlashi kerak. Bunga bir nechta sabablar bor: Birinchidan, O'zbekiston geostrategik jihatdan qulay joyda joylashgan. U Markaziy Osiyoning markazida joylashgan bo'lib, mintaqadagi barcha davlatlar bilan chegaradosh. O'zbekiston qo'shni davlatlar uchun korridor rolini bajaradi. Bu o'rinda XXR uchun O'zbekiston tranzit hudud sifatida katta ahamiyat kasb etadi. Ikkinchidan, O'zbekiston Markaziy Osiyoda eng ko'p aholi soniga ega davlat. Mintaqadagi jami aholining 40 foizi O'zbekiston fuqarolaridir. Bu shundan dalolat beradiki, O'bekiston XXR tovarlari va sanoat mahsulotlari uchun qulay bozor rolini ham o'tashi mumkin.Uchinchidan, O'zbekiston mintaqadagi boshqa respublikalarga qaraganda barqaror rivojlanayotan davlat hisoblanadi. Iqtisodiy jihatdan kuchli potensialga ega. Hozirgi kunda qadri baland bo'lgan energiya resurslari (gaz, neft), oltin, uran kabi tabiiy boyliklari mavjud. O'z-o'zini to'liq energiya bilan ta'minlash imkoniyatiga ega. Qulay investitision muhit yaratilgan. Qolaversa, respublikada yetishtiriladigan paxta xom ashyosi ham XXR sanoati uchun ancha foydali bo'lishi aniq.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash mumkinki, har ikki davlat ham siyosiy hamda savdo-iqtisodiy munosabatlarni teng huquqlik asosida qurishlari har ikki tomonga birdek foyda keltiradi. Har ikki davlat huquqiy asoslarga tayangan holda ikkitomonlama va ko'ptomonlama aloqalarni yanada rivojlantirishi maqsadga muofiqdir. Bunda, hozirgidak, munosabatlar tenglik va o'zaro ishonch tamoyillari asosida bunyod etilgan hamkorlik asoslarini saqlab qolgan holda munosabatlarni yanada rivojlantirish yo'lidan borilmog'i lozim.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.