Научная статья на тему 'MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO MINTAQALARARO XAVFSIZLIGIDA AFG‘ON OMILI'

MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO MINTAQALARARO XAVFSIZLIGIDA AFG‘ON OMILI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
321
63
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“Shimoliy Alyans” / Durand chizig‘i / “UNODC” / Tolibon / Markaziy va Janubiy osiyo / afg’onlararo muzokaralar / “Mustaqil Pushtuniston” / “Northern Alliance” / Durand line / “UNODC” / Taliban / Central and South Asia / inter-Afghan negotiations / “Independent Pashtunistan”.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Xudoyorov, Hamidillo Xayrullo O‘g‘li

Bugungi kunda Afgʻoniston zaminida davom etayotgan notinch vaziyat natijasida jafokash afgʻon xalqi azob-uqubatlarni boshidan kechirmoqda. Afgʻonistonda yuz berayotgan notinch vaziyatni hal etishdan manfaatdor boʻlgan tomonlar yoki aksincha bunday vaziyatni davom etishidan manfaatdor boʻlgan kuchlar ham mavjud. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida, Afgʻonistonning geografik joylashuviga koʻra ham Janubiy Osiyo ham Markaziy Osiyo mintaqasining xavfsizlik va rivojlanish istiqbolida shuningdek, ikki mintaqaning bir-biri bilan bogʻlanishida koʻprik vazifasini oʻtashi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE AFGHANI FACTOR IN THE INTER-REGIONAL SECURITY OF CENTRAL AND SOUTH ASIA

Today, as a result of the ongoing unrest in Afghanistan, the poor Afghan people are suffering. There are parties who are interested in resolving the turbulent situation in Afghanistan, or on the contrary, there are forces who are interested in the continuation of such a situation. One of the main reasons for this is that due to the geographical location of Afghanistan, South Asia is also important in terms of security and development of the Central Asian region, as well as acting as a bridge between the two regions.

Текст научной работы на тему «MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO MINTAQALARARO XAVFSIZLIGIDA AFG‘ON OMILI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

MARKAZIY VA JANUBIY OSIYO MINTAQALARARO XAVFSIZLIGIDA

AFG'ON OMILI

Xudoyorov Hamidillo Xayrullo o'g'li

Xalqaro munosabatlar va jahon siyosati yo'nalishi 1-kurs magistranti

Bugungi kunda Afg'oniston zaminida davom etayotgan notinch vaziyat natijasida jafokash afg'on xalqi azob-uqubatlarni boshidan kechirmoqda. Afg'onistonda yuz berayotgan notinch vaziyatni hal etishdan manfaatdor bo'lgan tomonlar yoki aksincha bunday vaziyatni davom etishidan manfaatdor bo'lgan kuchlar ham mavjud. Buning asosiy sabablaridan biri sifatida, Afg'onistonning geografik joylashuviga ko 'ra ham Janubiy Osiyo ham Markaziy Osiyo mintaqasining xavfsizlik va rivojlanish istiqbolida shuningdek, ikki mintaqaning bir-biri bilan bog 'lanishida ko 'prik vazifasini o'tashi bilan muhim ahamiyat kasb etadi.

Kalit so'zlar: "Shimoliy Alyans", Durand chizig'i, "UNODC", Tolibon, Markaziy va Janubiy osiyo, afg 'onlararo muzokaralar, "Mustaqil Pushtuniston "

Today, as a result of the ongoing unrest in Afghanistan, the poor Afghan people are suffering. There are parties who are interested in resolving the turbulent situation in Afghanistan, or on the contrary, there are forces who are interested in the continuation of such a situation. One of the main reasons for this is that due to the geographical location of Afghanistan, South Asia is also important in terms of security and development of the Central Asian region, as well as acting as a bridge between the two regions.

Keywords: "Northern Alliance ", Durand line, "UNODC", Taliban, Central and South Asia, inter-Afghan negotiations, "Independent Pashtunistan ".

Afg'onistondagi doimiy tusga aylangan konfliktlarning yechimi hamda milliy birlik masalalarining dolzarbligi bugungi o'z yechimini topmay kelayotgan, o'z chegarasidan tashqari, mintaqa doirasida o'z ta'sirini saqlab qolayotgan masalalarda ko'rinmoqda. Muhim ichki muammolar bilan bir qatorda, Afg'onistondagi beqarorlik omili Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalari ichidagi va mintaqalararo o'zaro aloqalarni mustahkamlashga salbiy ta'sir ko'rsatmoqda. Ammo, ko'p yillik tajriba shuni ko'rsatadiki, Afg'oniston masalasida har ikki mintaqa davlatlari tomonidan haddan tashqari sek'yuritizasiyalangan (faqat xavfsizlik masalalariga yo'naltirilgan) tashqi siyosat yo'nalishini olib borish Markaziy Osiyo va Janubiy Osiyo davlatlari manfaatlari uchun konstruktiv natijalarni bera olmaydi.

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Maqsad va vazifalar: Maqolaning maqsadi Afg'on omilining Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqalaridagi xavfsizligida tutgan roli hamda xavfsizlikni ta'minlashdagi rolini ochib berishdan iborat. Maqsaddan kelib chiqqan holda, ikkala mintaqa tomonidan amalga oshirilgan sa'y-harakatlarni va ishlarni tahlil qilish va xulosalar berish, huquqiy asoslari, hamkorlikning siyosiy jihatlarini asoslash vazifalar sifatida belgilab olindi.

Usullar: Maqolada tarixiylik, tizimli-mantiqiy, kontent va qiyosiy usullardan foydalanildi.

Natija va mulohaza:

Afg'oniston muammosini desek'yuritizasiya qilish (faqat xavfsizlik masalalari bilan bog'lashdan chetlashish), sobiq AIRni kesib o'tadigan va Markaziy Osiyo hamda Janubiy Osiyo mintaqalarini bog'laydigan muhim infratuzilma loyihalarini rejalashtirish va amalga oshirish Kaspiy dengizidan Hind okeanigacha bo'lgan keng mintaqani siyosiy, madaniy-gumanitar va ijtimoiy-iqtisodiy integratsiyasiga turtki bo'lishi mumkin.

Markaziy va Janubiy Osiyoda barqaror rivojlanish istiqbollari qo'shni Afg'onistonda tinchlik o'rnatilishi bilan chambarchas bog'liqdir. Barqaror, kutilmaydigan harakatlarni amalga oshirmaydigan va jadal rivojlanayotgan Afg'oniston Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi muhim ko'prik, shuningdek zamonaviy sharoitlarda tarixiy Ipak Yo'lini tiklashda muhim rol'o'ynashi mumkin. Shu bilan birga, Markaziy va Janubiy Osiyo davlatlarining Afg'oniston mojarosini hal qilishdagi imkoniyatlarini real baholash, ushbu mamlakatda tinchlik o'rnatish va keng qamrovli mintaqalararo hamkorlikni yo'lga qo'yish muhimdir.

Markaziy va Janubiy Osiyo o'rtasidagi aloqalarni rivojlantirishni cheklaydigan bir qator jiddiy muammolarning mavjudligi bu ikki mintaqani integratsiya qilish va Afg'onistonda murosali tinchlikni o'rnatish maqsadida nostandart yechimlarni ishlab chiqish uchun mashaqqatli yo'lni bosib o'tish zarurligini ko'rsatib turibdi.

Afg'onistonda Pushtunlar eng yirik, uzoq tarixga hamda hokimiyatda katta mavqega ega etnik guruh sifatida nafaqat Afg'onistondagi eng qadimiy, eng katta guruh hisoblanadi, balki butun dunyoda ham eng yirik etnik guruhlardan biri sifatida ma'lum. Ayni patda, Afg'oniston aholisi o'ttiz to'qqiz yarim million bo'lib, umumiy aholining 42% ni pushtunlar tashkil etadi. Pushtunlar eng yirik etnik guruh, afg'on jimayatining bir bo'lagi sifatida mamlakatning ijtimoiysiyosiy hayotida muhim o'rin tutadi. Pushtunlarning aksariyati sunniylar va ularning ijtimoiy hayoti yozlimagan "Pushtunvali" shonsharaf kodeksiga asoslangan. Pushtunlar oddiy odamlarga qo'shilib hayot kechirishni istamaydilar, aksincha, qabilalarga ko'proq ahamiyat berishadi. Ularda uzoq yillardan beri mustaqil davlat "Mustaqil

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

Pushtuniston" ni barpo etish g'yasi mavjud. "Mustaqil Pushtuniston" davlatini tuzish rasmiy islomobod uchun ulkan tahdid sifatida ko'riladi. Chunki ehtimoliy pushtunlarning davlatini tuzilishi Pokistonning hududiy yahlidligiga putr yetkazadi. Shu sababli ham davlat barpo etishga bo'lgan harakatning oldini olish nafaqat Afg'oniston siyosiy jarayonlarida, balki Pokiston siyosatining bosh mavzusiga aylandi. Ta'kidlash joizki, bu yerda pushtunlarning o'z taqdirini o'zi belgilash huquqidan foydalanishi, Islomobodning esa davlatning hududiy yaxlitligi tamoyilini asos qilib olishi bosh muammolardan biri hisoblanadi. Afg'on siyosiy sahnasida afg'on pushtunlarining pokistonlik pushtunlarni qo'llab-quvvatlashining kuchayishi va AQSh kuchlarini Afg'onistonning xavfsizlik kuchlari, iqtisodiy sohasi va Lo'ya Jirgada pushtun vakillarining o'rnini oshirishi boshqa etnik guruhlar munosabatida o'zgarishlarni vujudga keltirdi . Shu tariqa 2001 -yildan 2020-yilgacha bo'lgan davrda etnoslararo munosabatlarni ichki siyosiy vaziyatni beqarorlashtiruvchi omil sifatida asosiy rolni o'ynashidan aynan unda istiqomat qiluvchi millatlar emas, balki ushbu millatlar orasida adovatni "eksport" qiluvchi tashqi kuchlar manfaatdor ekanligini ko'rish mumkin.Ushbu to'siqlar so'nggi yillarda Afg'oniston va Pokiston o'rtasidagi o'zaro savdo-sotiqqa va Janubiy hamda Markaziy Osiyo o'rtasidagi mintaqaviy savdo-sotiqqa salbiy ta'sir ko'rsatdi. Masalan, Afg'oniston va Pokiston o'rtasidagi savdo hajmi 2017-yildagi 1,5 milliard dollardan 2018-yilda 1 milliard dollargacha qisqardi va hozirgi kunda Janubiy va Markaziy Osiyo o'rtasidagi savdo hajmida ham rivojlantirish ko'rsatkichlari kutilgan darajada emas.Afg'oniston- Eron orqali Janubiy Osiyo mintaqasi davlatlari, xususan Hindiston bilan to'g'ridan-to'g'ri savdo aloqalariga kirishish imkoniyatini mavjud ekanligi. (Hindiston tomoni bugungi kunda Eronning Chobahor porti bilan Afg'onistonning Hajigak hududiga bog'lash maqsadida 900 km temir yo'l qurish taklifini bermoqda .

Shunigdek, Markaziy va Janubiy Osiyo mintaqaviy xavfsizligig eng katta tahdid soluvchi omillardan biri bu Afg'onistondan kirib keladigan narkotik moddlar savdosidir. Narkotrafik savdosi shubhasiz har ikki mintaqada xavfsizlikka rahna soluvchi eng jiddiy va o'ta xavfli bo'lgan omildir. Birlashgan Millatlar tashkiloti tomonidan olib borilgan o'rganishlar natijasida berilgan statistikaga ko'ra Afg'onistondagi giyohvand moddalar savdosi beqarorlik va notinchlikning asosiy sabablaridan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining Giyohvand moddalar va jinoyatchilik bo'yicha boshqarmasi (UNODC) 2016-yilgi hisobotiga ko'ra, noqonuniy afg'on afyun iqtisodiyotining taxminiy qiymati taxminan 2,8 milliard dollarni tashkil etadi , bu Afg'oniston umumiy YalMning 13 foizini tashkil qiladi. Afg'onistondagi giyohvand moddalar savdosi pul bilan bog'liq bo'lib, bu biznesga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

ko'plab davlat va nodavlat sub'ektlari jalb qilingan. Afg'on afyunining umumiy qiymati taxminan 61 milliard dollarni tashkil qiladi . Daromadning katta qismi urush lordlari, narkotrafiklar, transmilliy tarqatuvchilar va jangarilarga tushadi. Bu Afg'onistondagi jangari guruhlarni moliyalashtirishning asosiy manbalaridan biridir. Birlashgan Millatlar Tashkilotining 2012-yildagi hisobotiga ko'ra, afg'on toliblari har yili giyohvand moddalar savdosi, soliqqa tortish va tovlamachilikdan 400 million dollardan ortiq daromad olgan. Afg'onistondagi jangarilar hech qachon mablag' tanqisligini oldini oladi, bu esa ularga o'z terrorchilik faoliyatini to'xtovsiz amalga oshirish imkonini bergan. Bundan tashqari, mintaqaviy barqarorlik ta'minlash va xavfsizlikni o'rnatish uchun avvalo, Afg'oniston barqaror bo'lmog'li lozim. Shundagina bunut mintaqa xavfsiz bo'ladi.

Mintaqada va Afg'onistonda tinchlik bo'lishi uchun Pokiston va Afg'onistonning yaqinlashuvi hal qiluvchi ahamiyatga ega. Islomobod va Kobul chegarasi narkotik moddalar savdosi, qurol-yarog' kontrabandasi, noqonuniy savdo va jangarilarning harakatlanishi uchun ishlatiladi. Ikkalasi ham davlatlar o'zaro kelishmovchiliklarni yengib o'tishlari, chegara nizolarini hal qilishlari, chegara xavfsizligini ta'minlashlari va mintaqaviy aloqa va hamkorlik uchun birgalikda harakat qilishlari keraktalab etiladi.

Fors ko'rfazi va Markaziy Osiyo mintaqalari bilan bir vaqtda chegaradosh bo'lgan Janubiy Osiyo xavfsizlik chetida joylashgan Afg'oniston izolyator rolini o'ynashda davom etmoqda. Afg'oniston muammosi Janubiy Osiyo xavfsizlik dinamikasining o'zagida emas. Hindiston va Pokistonning Afg'onistondagi manfaatlari, birinchi navbatda, o'zlarining xavfsizlik intilishlari va ishonchsizlik tashvishlarining aksidir. Bir tomondan, ular bir-birining ta'sirini tekshirish, Afg'oniston tuprog'ida bilvosita va noan'anaviy taktikalar bilan bo'lsa-da, o'zlarining proksi urushini davom ettirish mantiqiy asosiga tayanadi. Pokiston uchun Afg'onistonga ta'sir qilish xavfsizlikning zaruriy sharti, Hindistonga qarshi strategik chuqurlikni saqlab qolish, Durand chizig'ining ochilishiga yo'l qo'ymaslik, Pushtunlarning birlashgan Pashtunistonga intilishlarini yo'q qilish, shuningdek, AQSh bilan iqtisodiy va harbiy hamkorlikni rivojlantirish imkoniyati sifatida ko'riladi. Hindiston uchun Afg'onistondagi iqtisodiy ta'sir mamlakatdagi jamoatchilik fikrini Pokistonga qarshi qaratib, mintaqadagi giyohvandlik va fundamental islom xavfidan o'zini izolyatsiya qilish bilan birga, uni mintaqadagi asosiy donor sifatida tan olish imkonini beradi .

Afg'oniston ikkita imperiya va ikkita mintaqani ajratib turuvchi davlatga aylandi. Rossiya imperiyasining Sovet Ittifoqi sifatida qayta tuzilishi, shuningdek, Britaniya Hindistoni o'rnida mustaqil davlatlarning shakllanishi kabi omillar va

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

o'zgarishlar aloqalarning tiklanishiga olib kelmadi, natijada Janubiy Osiyoning geosiyosiy bo'linishi sodir bo'ldi. Afg'onistondagi 40 yil oldin boshlangan mojaro ma'lum darajada bu mamlakatning o'zaro yiroqlashishiga olib keldi. Aynan shu davrdan boshlab Afg'oniston Markaziy va Janubiy Osiyoni ajratib turuvchi to'siq bo'lib xizmat qilmoqda. Ayni paytda, Markaziy Osiyoda mustaqil davlatlarining shakllanishi o'zaro manfaatli aloqalarning qayta tiklanishiga va mintaqalararo munosabatlarning qaytadan yangi bosqichda ko'tarilishiga olib keldi. Ma'lumki Markaziy Osiyo Respublikalari okeanlardan uzilib qolgan ya'ni dengizga chiqish imkoni yo'q, janubiy yo'nalish geografik jihatdan dengiz portlariga eng qisqa va aniq yo'l hisoblanadi. Lekin bu masala yuzasidan Markaziy Osiyoda ko'plab murakkab muammolar mavjud bo'lib, bu asosan Afg'oniston bilan, undagi tolibon harakati bilan bog'liqdir.Markaziy Osiyoning xavfsizligi Afg'onistondagi xavfsizlik bilan chambarchas bog'liq ekanligini boshqa davlatlar ham ta'kidlab kelmoqda. AQShning Bosh generali AQSh harbiy havo kuchlari Markaziy qo'mondonligi qo'mondoni, general-mayor Jefri L.Xarijian fevral oyida Toshkent shahriga tashrif buyurgan edi. "Tashrif davomida AQShning Bosh generali so'zlariga ko'ra, AQSh va Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi hamkorlik Afg'onistondagi tinchlik va mintaqaviy xavfsizlikning kalitidir" degan edi. O'zbekiston Respublikasi tashqi siyosati maqsadlaridan kelib chiqqan holda, o'zaro munosabatlarda tenglik, boshqa davlatlarning ichki ishlariga aralashmaslik, o'zaro manfaatli va teng huquqli hamkorlikni rivojlantirish, mintaqada va butun jahon miqyosida tinchlik, xavfsizlik va barqarorlikni ta'minlash maqsadida, Afg'onistonda uzoq yillardan buyon davom etib kelayotgan urushni tinch yo'l bilan hal etish tarafdoridir.Afg'onistonda davom etayotgan ziddiyatli voqea-hodisalar dunyo ahli e'tiborida bo'lib Afg'onistonda xalqaro terrorchi guruhlar sonining kengayishi, zo'ravonlik va qon to'kishlar, narkobiznesning barham topmayotgani - bularning barchasi mamlakatdagi vaziyatni jahon jamoatchiligi tomonidan inkor etilishiga yo'l qo'yib bo'lmasligini ko'rsatmoqda.

Tolibon Afg'onistonda 2021-yil 15-avgustdan beri hukmronlik qilgan bo'lsa-da, bugungi kunda mamlakatda noaniqlik va terrorchilik tahdidlari saqlanib qolmoqda. Chunki Tolibon tomonidan tayinlangan hukumat haligacha hech bir davlat tomonidan tan olinmagan. Qolaversa, mintaqada davlatlar va turli guruhlar o'rtasidagi ziddiyatlar sezilarli darajada kamaygan bo'lsa-da, terrorchilik tashkilotlari mavjud bo'lishda davom etmoqda . Shuningdek, afg'onshunos ekspert Indua Saksenatolliblarning hokimiyatni qo'lga olishining mintaqa xavfsizligiga ta'sirini quyidagicha izohlaydi: "Afg'oniston fuqarolik hukumatining qulashi butun Janubiy Osiyo uchun jiddiy oqibatlarga olib kelishi mumkin. Tolibonning qayta tiklanishi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

butun mintaqada aqidaparast mafkura va fundamentalizmni qayta ishga tushiradi va Janubi-Sharqiy Osiyo mintaqasiga ham tarqalishi mumkin. Tolibon mintaqadagi Al-Qoida va boshqa terrorchi guruhlar bilan aloqalarini qayta tiklashi mumkin. Yangi rejim Pokiston, Hindiston, Bangladesh, Shri-Lanka, Maldiv orollari va Myanmadagi radikal unsurlar va separatistik guruhlar uchun toza havo va ko'payish uchun zamin yaratadi hamda mintaqalarning musulmon aholisi orasida o'zining radikal Deobandi ta'sirini eksport qilishi mumkin. Tolibon Pokiston fundamentalistlari bilan yaqin munosabatlarga ega - bu Tolibonga mintaqada diniy mafkuralarini yoyishga yordam beradi. Mintaqaviy etnik guruhlar o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik va Janubiy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi g'ovakli chegaralar Tolibonning fundamentalistik mafkurasiga kirib borishi va tarqalishi uchun qulay bo'lar edi .

So'nggi 20 yil ichida Afg'oniston-Pokiston (Af-Pak) qo'shilish joyi global miqyosdagi eng xavfli joylardan biri bo'lib, mintaqadagi terroristik guruhlar uchun xavfsiz boshpana va inkubator ekanligini isbotladi. Global tinchlik indeksi Afg'onistonni so'nggi to'rt yil ichida eng beqaror va xavfli davlat deb baholadi. "Tolibon" boshqaruvining qaytishi va tashkilotning Af-Pak mintaqasidagi jangari guruhlarni qo'llab-quvvatlashi Janubiy Osiyo mintaqasini katta xavf ostiga qo'yadi va zo'ravonlik va qo'rquvning kuchayishiga yo'l ochadi. Tashkilotning hokimiyatga qaytishi tufayli yuzaga kelgan gumanitar inqiroz yana bir tashvish uyg'otadi, buni Kobul aeroportida davom etayotgan vaziyat ko'rsatib turibdi, mamlakatni tark etish istagida bo'lgan va qo'shni davlatlarga xavfsiz yo'l izlayotgan odamlar to'lib ketgan.

Shu o'rinda ta'kidlash joizki, G'arb Afg'oniston va Markaziy Osiyoga nisbatan noto'g'ri hisob-kitob qilgandek. Chunki AQSh Osiyoning qoq markazida Xitoy va Rossiya Afg'onistondan to'satdan chiqib ketganda ularni cheklab qo'yadigan tahdid va betartiblik markazini yaratishni rejalashtirayotgani haqida gap bordi. Biroq, Rossiya-Ukraina urushi va Tayvan inqirozidan keyin mintaqaviy kuchlar muvozanati o'zgardi. Shunday qilib, Yevropa Rossiyadan energiya olishni to'xtatdi va Markaziy Osiyoga yuzlandi. G'arbiy kapital Hindistonga ustunlik bera boshladi. Shunday qilib, Afg'onistondan kelayotgan tahdidlar G'arb manfaatlariga zarar yetkazadi, chunki ular Markaziy Osiyo mamlakatlari va Hindistonga salbiy ta'sir ko'rsatadi. Boshqacha aytganda, G'arb Afg'onistonda o'ziga zarar keltiruvchi siyosat olib bormoqda, deb taxmin qilish mumkin.

Bevosita, Markaziy Osiyo mintaqasida ham tinchlik bo'lishi uchun Afg'oniston tomonida barqarorlik hukm surishi kerak. Chunki, Afg'oniston bevosita MO davlatlari: O'zbekiston, Tojikiston va Turkmaniston bilan to'g'ridan to'g'ri chegaraga ega ekanligi, shuningdek o'xshash madaniyat, tarix va bir-biriga yaqin xalqlar ekaligi ham ikki tomonning umumiylikka yaqinlashtiradi. Bugungi kunga

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

kelib Afg'onistonda etnik tojiklar, o'zbeklar, turkmanlar, qirg'izlar va qazoqlar istiqomat qilib keladi. Shu sababli ham u yerda sodir bo'lgan har qanday voqea va xodisa bevosita beshta davlatga ham o'z ta'sirini o'tkazmasdan qolmaydi. Misol uchun, Afg'onisto va Tojikiston o'rtasidagi munosabatlarda Afg'onistonda istiqomat qiladiga tojiklar juda muhim rol o'ynaydi. "Tolibon" harakati vakillari e'lon qilingan vaqtinchalik hukumat tarkibida Afg'oniston tojiklari uchun hukumatdan faqat uchta o'rin berilishi mamlakatdagi ikkinchi eng katta etnik guruhi hisoblanib, mamlakat aholisining 25%ini tashkil etadi. Ular asosan Afg'onistonning shimoli-janubiy viloyatlarida yashashadi va dariy hamda tojik tillarida so'zlashishadi. Afg'oniston tojiklari pushtunlar bilan siyosiy hokimiyatda boshqaruvni qo'lga olish borasida o'zaro raqobat olib borgan etnik guruh hisoblanadi . Xususan, toliblar tomonidan hokimiyatni qo'lga kiritgan dastlabki davrida (1996-2001-yillar) boshqa etnik gurhlar singari Afg'oniston tojiklariga nisbatan ham o'ta keskin munosabatda bo'ladi. Shu sababli tojiklar toliblarning asosiy raqobatchisi bo'lgan "Shimoliy Alyans"ning harbiy-siyosiy kuchlarining asosini tashkil qilgan. "Shimoliy Alyans" Afg'oniston shimoli-sharqidagi Panjshir vodiysida faoliyat olib bordi. Nyu-York va Vashingtondagi 11-sentabr hujumlaridan keyin "Shimoliy Alyans" AQShning Afg'onistondagi asosiy ittifoqchisi bo'lib xizmat qilgan va 2001-yilning kuzida toliblarni mag'lub etishda muhim rol o'ynagan.

Bugungi kunda "Tolibon" hokimiyatni ikkinchi marotaba egallab olganidan so'ng eksi adovat yana avj oldi. Bu safargi pashtun-tojik etnik guruhlari o'rtasidagi konflikt Dushanbe rasmiy hukumati tomonidan toliblarning olib borayotgan sa'y-harakatlarini keskin tanqid qilinishi mojaroning ancha keskin ekanligidan dalolat beradi. Afg'oniston bilan 1300 kilometrlik chegara yaqinida Rossiya boshchiligidagi Kollektiv Xavfsizlik Shartnomasi Tashkiloti (KXShT) a'zolari qo'shinlari bilan birgalikda harbiy mashg'ulotlar o'tkazilishidan asosiy ko'zlangan maqsad ham toliblar bilan kelib chiqishi mumkin bo'lgan ehtimoliy mojaroga tayyor turish va Afg'oniston tojiklarinini qo'llab-quvvatlashidan dalolat beradi.

O'z navbatida, "Tolibon" harakati vakillari ham Afg'onistonning Markaziy Osiyo davlatlari bilan chegarasi bo'ylab taxminan 4000 jangchini joylashtirganligi ham garchi "Tolibon" harakati rasmiylari bu harakat mintaqa barqarorligiga hissa qo'shishini ta'kidlashsa-da ikki tomonlama munosabatlarning jiddiy ekanligini ko'rsatib qo'ydi. Toliblarning Afg'onistonning shimoli-sharqidagi Badaxshon va Taxor viloyatlarida "Lashkar-e Mansuri" nomi bilan tanilgan xudkush-terrorchilar batalyonlarini ham joylashtirgani Tojikistondagi xavotirlarni kuchaytirdi .

Ko'rinib turibdiki, Afg'onistonda tinchlik va barqarorlikni ta'minlash Markaziy va Janubiy Osiyo uchun hal qiluvchi ahamiyatga ega. Chunki

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

mintaqalararo loyihalarda Afg'oniston muhim o'rin tutishi ma'lum. Mintaqaviy xavfsizlik va barqarorlik hayotiy ahamiyatga ega, ayniqsa, turli loyihalar energiya va koridorlarga asoslangan. Bundan tashqari, Afg'oniston Osiyo va Yevroosiyo taraqqiyotiga ta'sir ko'rsatadigan davlatdir. Markaziy Osiyo va Hindiston yevropaliklar uchun muhim tortishish markazlari sifatida paydo bo'layotgan bo'lsa-da, bu tahdidlar Yevropaga ham zarar yetkazishi haqida bahslashish mumkin. Natijada, Afg'onistondagi manba bilan ziddiyatning asosiy manbalari xorijiy aktyorlarning aralashuvi, mintaqaviy ta'sirni yaratish g'oyasi va bu yo'nalishdagi siyosatdir. Ko'rib chiqilayotgan vaziyat iqtisodiy qiyinchiliklarga va rivojlanishga xizmat qiladigan loyihalarning oldini olishga olib keladi. Bundan tashqari, diniy va etnik o'ziga xoslikni suiiste'mol qilish terrorchilik tashkilotlari uchun qulay sharoit yaratadi. Bularning barchasi mintaqaviy loyihalarni amalga oshirish va barqarorlikni ta'minlashga to'sqinlik qilmoqda. Bir so'z bilan aytganda, Qo'shma Shtatlar Afg'onistonni tark etib, butun Osiyo qit'asi, ayniqsa, Markaziy va Janubiy Osiyo taraqqiyotiga putur yetkazmoqchi, mintaqadagi beqarorlik o'chog'ini qoldirmoqchi bo'ldi, deb hisoblar edi. Biroq Rossiya-Ukraina urushi yordamida AQSh Yevroosiyoga salbiy ta'sir ko'rsatadigan markaz yaratishga harakat qilgani aniq. Shu bois Afg'onistonda xavfsizlikni ta'minlash butun mintaqa va mintaqaviy loyihalar, jumladan, Yevroosiyo uchun muhim ahamiyatga ega.

Xulosa sifatida ta'kidlash joizki, Afg'oniston Janubiy Osiyo va Markaziy Osiyoning mintaqalararo aloqadorligi uchun kalit hisoblanadi. Afg'onistonning mintaqadagi markaziy mavqei va xavfsizlik bilan bog'liq vaziyat bu ikki mintaqa o'rtasidagi kelajakdagi hamkorlik va rivojlanishni belgilab beradi. Hozirda asosiy muammo Afg'onistondagi beqarorlik va notinchlik bo'lib, uni imkon qadar tezroq hal qilish zarur. Afg'oniston Tolibon harakatining qayta tiklanishi va mintaqadagi xavfsizlik dinamikasining o'zgarishi Afg'onistondagi xavfsizlik muammolarini yengish uchun ko'p qirrali strategiyani talab qiladi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Rhea Abraham. Politics of ethnicity in Afghanistan: Understanding the Pashtuns and the minor ethnic groups // Defence and diplomacy Journal Vol. 2 No. 2 2013 (January - March). - P. 79.

2. Bo'ronov S.M. "Mozori Sharif-Hirot" va "Mozori Sharif-Kobul-Peshovar" temir yo'l loyixalari SWOT tahlili. Mizo Ulug'bek nomidagi O'zbekiston Milliy universteti ilmiy jurnali. - T., 2020. - B. 74.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(6), June, 2023

3. "World Drug Report-2016" United Nations Office On Drugs and Crime. https://www.unodc.org/doc/wdr2016/WORLD_DRUG_REPORT_2016_web.pdf. -P. 26.

4. "The Global Afghan Opium Trade: A Threat Assessment" July 2011, United Nations Office On Drugs and Crime, https: //www.unodc. org/documents/data-and

5. Shahrbanou Tadjbakhsh. South Asia and Afghanistan: The Robust India-Pakistan Rivalry. Peace Research Institute Oslo (PRIO). 2011. -P. 1.

6. "Foreign Ministry Spokesperson Wang Wenbin's Regular Press Conference on December. (13.12.2022). Ministry of Foreing Affairs of the People's Republic of China,https://www.fmprc.gov.cn/mfa_eng/xwfw_665399/s2510 _665401/202212/t20221213_10990010.html, (Aarao6pa^eHHa: 18.01.2023).

7. Indu Saxena. Afghan Crisis: A Harbinger of Instability in South Asia ( 19.8.2021). https: //www.airuniversity.af. edu/JIPA/Display/Article/2739673/afghan-crisis-a-harbinger-of-instability-in-south asia/

8. Abdurahmonov O.N. Afg'oniston pushtunlari. TDShU, - T.: 2021. -B. 11.

9. Abubakar Siddique. Hostilities Grow Between Taliban And Tajikistan Amid Border Closure, Truck Seizures. (May 19, 2022). https://www.rferl.org/aMghanistan-taliban-tajikistan-border-truck-seizures/31858508.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.