Научная статья на тему 'O’ZBEKISTON GEOSIYOSATIDA TRANSAFG’ON LOYIHALARI: MOZORI SHARIF-HIROT TEMIRYO’L LOYIHASI'

O’ZBEKISTON GEOSIYOSATIDA TRANSAFG’ON LOYIHALARI: MOZORI SHARIF-HIROT TEMIRYO’L LOYIHASI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
65
38
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Mozori Sharif-Hirot / transport-komunikatsiya / INSTC / tranzit savdo / moliyaviy masala / xavfsizlik muammosi / geosiyosiy raqobat / TAPI. / Mazar Sharif-Khirat / transport-communications / INSTC / transit trade / financial issue / security issue / geopolitical competition / TAPI.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — M. Ismatova

Ushbu maqolada Afg’onistonda sodir bo’layotgan g’oyat murakkab va chigal vaziyatga qaramasdan O’zbekiston va Afg’oniston o’rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar tobora rivojlanib borayotganligi va buning isboti sifatida ko’plab lohiyalarning amalga oshirilayotganligini ko’rishimiz mumkin. So’nggi paytlarda qo’shni Afg’oniston haqida yangiliklar juda ko’p uchramoqda. Hozirgi paytda bu masalaning aktualligi faqatgina u yerda notinchlik fonida yuz bermoqda. Ammo Afg’oniston bilan bog’liq shunday loyihalar borki, u yerdagi tinchlik nafaqat o’sha mamlakat uchun, balki qo’shni mamlakatlar uchun ham birdek muhim. Va ushbu maqolada Afg’oniston bilan bog’liq temiryo’l loyihasi muhokama etilgan. Maqolada aynan “Mozori SharifHirot” temiryo’l loyihasining ahamiyati chuqur tahlil ostiga olingan. Hozirgi paytda soha mutaxassislari tomonidan mazkur loyihaning strategik ahamiyati hamda istiqbollari yuzasidan fikr-mulohazalar va bahslar qizg’in muhokama qilinmoqda. Va ushbu loyihaning dolzarbligi yuzasidan keng ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

TRANSAFGAN PROJECTS IN THE GEOPOLITICS OF UZBEKISTAN: MAZORI SHARIF-KHIROT RAILWAY PROJECT

In this article, we see that trade and economic relations between Uzbekistan and Afghanistan are developing more and more, despite the extremely difficult and confusing situation in Afghanistan, and as proof of this, many projects are being implemented. There has been a lot of news lately about neighboring Afghanistan. Currently, this issue is relevant only against the backdrop of unrest there. But there are projects related to Afghanistan, where peace is important not only for this country, but also for neighboring countries. And this article discusses the Afghanistan-related railway project. The article deeply analyzes the significance of the Mazar-i-Sharif-Herat railway project. At the moment, experts in this field are actively discussing opinions and disputes about the strategic importance and prospects of this project. And a lot of work is being done on the relevance of this project.

Текст научной работы на тему «O’ZBEKISTON GEOSIYOSATIDA TRANSAFG’ON LOYIHALARI: MOZORI SHARIF-HIROT TEMIRYO’L LOYIHASI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O'ZBEKISTON GEOSIYOSATIDA TRANSAFG'ON LOYIHALARI: MOZORI SHARIF-HIROT TEMIRYO'L LOYIHASI Ismatova Madinabonu Murod qizi

Toshkent Davlat Sharqshunoslik Universiteti 2-kurs talabasi https://doi. org/10.5281/zenodo. 7440175 Annatatsiya. Ushbu maqolada Afg'onistonda sodir bo'layotgan g'oyat murakkab va chigal vaziyatga qaramasdan O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasidagi savdo-iqtisodiy aloqalar tobora rivojlanib borayotganligi va buning isboti sifatida ko'plab lohiyalarning amalga oshirilayotganligini ko'rishimiz mumkin. So'nggi paytlarda qo'shni Afg'oniston haqida yangiliklar juda ko'p uchramoqda. Hozirgi paytda bu masalaning aktualligi faqatgina u yerda notinchlik fonida yuz bermoqda. Ammo Afg'oniston bilan bog'liq shunday loyihalar borki, u yerdagi tinchlik nafaqat o'sha mamlakat uchun, balki qo'shni mamlakatlar uchun ham birdek muhim. Va ushbu maqolada Afg'oniston bilan bog'liq temiryo'l loyihasi muhokama etilgan. Maqolada aynan "Mozori Sharif- Hirot" temiryo'l loyihasining ahamiyati chuqur tahlil ostiga olingan. Hozirgi paytda soha mutaxassislari tomonidan mazkur loyihaning strategik ahamiyati hamda istiqbollari yuzasidan fikr-mulohazalar va bahslar qizg'in muhokama qilinmoqda. Va ushbu loyihaning dolzarbligi yuzasidan keng ishlar amalga oshirib kelinmoqda.

Kalit so'zlar: Mozori Sharif-Hirot, transport-komunikatsiya, INSTC, tranzit savdo, moliyaviy masala, xavfsizlik muammosi, geosiyosiy raqobat, TAPI.

ПРОЕКТЫ ТРАНСАФГАН В ГЕОПОЛИТИКЕ УЗБЕКИСТАНА: ПРОЕКТ ЖЕЛЕЗНОЙ ДОРОГИ МАЗОРИ ШАРИФ-ХИРОТ Аннотация. В данной статье мы видим, что торгово-экономические отношения между Узбекистаном и Афганистаном все больше и больше развиваются, несмотря на чрезвычайно сложную и запутанную ситуацию в Афганистане, и как доказательство этого реализуются многие проекты. В последнее время много новостей о соседнем Афганистане. В настоящее время этот вопрос актуален только на фоне беспорядков там. Но есть проекты, связанные с Афганистаном, где мир важен не только для этой страны, но и для соседних стран. И в этой статье обсуждается железнодорожный проект, связанный с Афганистаном. В статье глубоко анализируется значение железнодорожного проекта «Мазари Шариф-Герат». В настоящий момент специалисты в данной области активно обсуждают мнения и споры о стратегической важности и перспективности этого проекта. И ведется большая работа по актуальности этого проекта.

Ключевые слова: Мазари Шариф-Хират, транспорт-коммуникации, INSTC, транзитная торговля, финансовый вопрос, вопрос безопасности, геополитическая конкуренция, ТАПИ.

TRANSAFGAN PROJECTS IN THE GEOPOLITICS OF UZBEKISTAN: MAZORI

SHARIF-KHIROT RAILWAY PROJECT

Abstract. In this article, we see that trade and economic relations between Uzbekistan and Afghanistan are developing more and more, despite the extremely difficult and confusing situation in Afghanistan, and as proof of this, many projects are being implemented. There has been a lot of news lately about neighboring Afghanistan. Currently, this issue is relevant only against the backdrop of unrest there. But there are projects related to Afghanistan, where peace is important not only for this country, but also for neighboring countries. And this article

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

discusses the Afghanistan-related railway project. The article deeply analyzes the significance of the Mazar-i-Sharif-Herat railway project. At the moment, experts in this field are actively discussing opinions and disputes about the strategic importance and prospects of this project. And a lot of work is being done on the relevance of this project.

Keywords: Mazar Sharif-Khirat, transport-communications, INSTC, transit trade, financial issue, security issue, geopolitical competition, TAPI.

Kirish. Bizga ma'lumki, Afg'oniston uzoq yillardan buyon notinchlik hukm surayotgan mamlakatdir. U yerda tinchlik o'rnatish, iqtisodiy kamol toptirish nafaqat Afg'oniston uchun, qolaversa, butun mintaqa malakatlari uchun dolzarb muammolardan biridir. Afg'onistonning bevosita O'zbekiston bilan chegaradoshligi xavfsizlik masalasida O'zbekiston bilan uni bevosita bog'lagan. Ma'lumki, Afg'oniston bevosita O'zbekiston orqali Markaziy Osiya mamlakatlari bilan bog'langan. Bu esa Afg'onistonda O'zbekistonning roli qanchalar yuqori ekanligini ko'rsatadi. So'nggi yillarda O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasida iliq munosabatlar hukm surmoqda. Bu ikki mamlakat o'rtasida ko'plab kelishuvlar amalga oshirilmoqda. Bu kelishuvlardan ko'zlangan asosiy vazifalar shulardan iborat, avvalo, Afg'onistonda tinchlik o'rnatish, iqtisodiy rivojlantirish, tabiiy qazilma boyliklar imkoniyatlarini kengaytirish, fan-ta'lim sohasiga o'zgartirishlar kirinish, uni bugungi xalqaro talablar normalariga moslash, afg'on xalqi farovonligini ta'minlashdan iboratdir.. Bu borada amalga oshirilayotgan ikki tomonlama kelishuvlar bugungi kunda tobora rivojlanib bormoqda. Kelajakda amalga oshirilishi kutilayotgan rejalarning ham ko'zda tutilgan aniq o'z maqsad va vazifalari mavjudd ir. Ushbu ko'zlangan eng katta maqsadlardan biri bu temiryo'l loyihasidir. 2017-yil dekabr oyida umumiy qiymati 500 mln dollardan ziyod bo'lgan, 40 dan ortiq hujjat imzolandi. Ular orasida "Mozori Sharif-Hirot" temir yo'lini qurish bo'yicha imzolangan kelishuv strategik ahamiyatga ega. O'zbekiston Davlat statistika qo'mitasining ma'lumotiga ko'ra 2017-2020-yillar davomida eksport miqdori sezilarli darajada o'sib bormoqda.

Afg'oniston tarixiy rivojlanishning o'ziga xos xususiyatlari tufayli temiryo'l mavjud bo'lmagan mamlaktlar qatoriga kiradi. Shu bilan birga, mamlakat Yevroosiyoning makrohududlari o'rtasida asosiy maydonni egallaydi. Markaziy Osiyo davlatlari uchun bu zaminni rivojlantirishga qiziqish jahon bozoriga chiqish zarurati, shuningdek, uning tranzit salohiyatidan foydalangan holda qo'shimcha moliyaviy imtiyozlar olish istagi bilan izohlanadi. Shunday ekan, O'zbekiston iqtisodiy salohiyati va ayniqsa, geografik joylashuvi tufayli O'zbekistondan Afg'onistonga temiryo'lning mavjudligi, Afg'oniston bilan aloqa qilishda mintaqa faoli hisoblanadi. Turkmaniston va Tojikistonning faolligi ancha past, buning sababi Afg'oniston bilan chegara qismi, asosan, rivojlanmagan viloyatlarga to'g'ri keladi.

Transafg'on loyihalarining aksariyati Afg'onistonga uchta qo'shni davlat: Eron, Pokiston, O'zbekiston tomonidan boshqariladi. Ular orasidagi raqobat, shuningdek, boshqa tashqi davlatlarning harakati har bir loyihaning reallik darajasini belgilaydi. O'zbekiston portlarga kirishga muhtoj, Eron va Pokiston ushbu savdo nuqtasini ta'minlashdan manfaatdor. O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasida tashqi savdo aylanmasi 2017-yil va 2020-yillar oralig'ida sezilarli darajada o'sib borgan. Buni, umumiy savdo aylanmasi 2017-yilda 617,8 mln. dollar, 2018-yilda 604,6 mln. dollar, 2019-yilda 618,0 mln. dollarni tashkil etganligida ko'rishimiz mumkin. Undan tashqari, O'zbekistonning Afg'onistondagi elchisi Yodgorx'oja Shodmonovning ma'lum qilishicha koronavirus pandemiyasi sharoitiga qaramasdan 2020-yilda o'zaro savdo aylanmasi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

775 mln. dollarga yetgan . Ta'kidlab o'tish joizki, O'zbekistonning Afg'oniston bilan tashqi savdo aylanmasi qo'shni davlatlar orasida so'nggi yillarda eng yuqori reytingni egallab kelmoqda. Afg'oniston Milliy statistika va axborot boshqarmasining 2019-yil hisobotida 2017-2018-yillarda O'zbekiston Afg'oniston importi bo'yicha yuqori beshlikdan o'rin egallagan . Afg'onistonning asosiy savdo hamkorlari unga qo'shni bo'lgan davlatlar guruhi ekanligi hamda bu borada O'zbekistonning faol tashqi iqtisodiy siyosati hisobga olinsa, shuningdek, mazkur savdo aloqalari "Mozori Sharif-Hirot" temir yo'li orqali birlashtirilsa, nafaqat Afg'onistonning iqtisodiy tiklanishi tezlashadi, balki butun mintaqaning dunyo bozoriga chiqish va ulkan tranzit salohiyati keng ro'yobga chiqarish uchun yangi imkoniyatlar eshigi ochiladi. Qolaversa, ushbu loyiha Afg'onistondagi barcha siyosiy kuchlar, ayniqsa, asosiy muxolif kuch bo'lmish "Tolibon" harakatining siyosiy rahbarlari ham bunday infratuzilma loyihalariga o'z qiziqishini bildirayotgani "Mozori Sharif-Hirot" temir yo'l loyihasi istiqbolda Afg'oniston barqarorligi uchun zamin hozirlashi mumkinligini anglatadi.

Har bir ko'zlangan maqsadning ijobiy tomonlari bilan bir qatorda albatta, ular tomon olib borilayotgan yo'lda bir qator muammolarga ham duch kelinadi. Shunday ekan, ushbu loyihaning ham amalga oshishida turli muammolar mavjuddir. Bir qator tahlilchilarning Afg'onistonning kelajagi to'g'risidagi analizlaridan kelib chiqib, ushbu loyihaga ham shunday nigoh bilan qarashadi.

Birinchi asosiy muammolardan biri bu temir yo'l qurilishi bo'yicha to'liq yakuniga yetkazilmagan moliyaviy masalalar muammosidir. Ushbu loyihaga O'zbekiston 500 mln. dollar mablag' ajratishga tayyor ammo ushb loyihaning umumiy qiymati Afg'oniston tomoidan 1,8 mlrd. dollar etib baholangan .

Ikkinchi muammo sifatida bu Afg'onistonda hali to'la ta'minlanmagan va kafolatsiz xavfsizlik muammosidir. "Tolibon" harakati va ayrim terrorchi guruhlar tomonidan temir yo'lning qurilishiga monelik ko'rsatilishi mumkin. Bu ehtimoldan holi emas albatta. 2019-yilning dastlabki oylaridan boshlab, "Tolibon" harakatining Afg'onistonning shimolliy viloyatlariga harakatining kuchayganligi va ko'plab hududlarning uning nazorati ostiga o'tganligi va bu hududlarning barchasi "Mozori Sharif-Hirot" temir yo'li liniyasida joylashgan. BMT bosh kotibining 2019-yil fevral oyi Xavfsizlik Kengashida qilgan hisobotida ham ushbu harakatning shimoldagi faollashuvini tasdiqlaydi va aynan ushbu omil ham muammoning qanchalar dolzarb ekanligini ko'rsatib beradi . Undan tashqari, Afg'onistonning janubida o'rnashib olgan "ISHID" terrorchi guruhining mamlakatning shimoliy Jauzjon viloyatida ham hozir bo'lishiga oid taxminlar o'z tasdig'ini topgan. BMTning 2019-yil Xavfsizlik Kengashi tahliliy hisobotida ushbu yilda "ISHID" va "Tolibon" o'rtasida to'qnashuv sodir bo'lganligini va "ISHID" jangarilarining shimoldagi bir qismi "Tolibon"ga hayrixoh ekanligini aytishiga qaramay rasmiy manbalarda Jauzjon viloyati terrorchi guruhdan tozalanganligi to'g'risida ma'lumotlar tarqalgan. Aynan ushbu masala temir yo'l qurilishiga va uning istiqboliga ham o'z ta'sirini o'tkazmay qolmaydi. Chunki ma'lumki, har bir loyihaning amalga oshirilishida avvalo, xavfsizlik masalasi bosh muammo sifatida qaraladi.

Ushbu "Mozori Sharif-Hirot" temir yo'l loyihasining umumiy uzunligi 657 km bo'lib, u Markaziy Osiyo davlatlarini Afg'onistonning Mozori-Sharif-Jauzjon-Faryob-Bodg'is-Hirot viloyatlari orqali Fors ko'rfazi va Janubiy Osiyo bilan bog'laydigan temir yo'l koridorining uzviy qismi hisoblanadi . Strategik imkoniyatlar xususida Afg'oniston sobiq Moliya vaziri Iklil Hakimiy ham to'xtalar ekan, tovarlarni har bir konteyneri uchun O'zbekistonga to'langan 2,500

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

dollar miqdordagi tranzit ulushi 1,250 dollarga qisqartirilgani kelajakda Afg'onistonga O'zbekiston orqali Osiyo davlatlari va Rossiyaga temir yo'l orqali bog'lanish imkoniyati ekanligini tasdiqlaydi . Afg'oniston mutaxassislari mazkur loyihaning O'zbekiston uchun ham strategik o'rnini yuqori baholashmoqda. Xususan, Afg'oniston Savdo va sanoat vazirligi Tranzit boshqarma sobiq rahbari Yahyo Axloqiy so'zlariga ko'ra O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasidagi savdo-tranzit aloqalari ikki davlat foydasiga rivojlanmoqda. Mozori Sharif-Hirot temir yo'liga O'zbekiston investitsiyasining kirib kelishi bilan O'zbekiston tovarlarini osonlik bilan Eronga va hattoki, Erondan Fors ko'rfazi mamlakatlariga olib o'tishga imkon yaratiladi . Istiqbolda O'zbekistonni Eron portlariga to'g'ridan-to'g'ri olib chiqishi va O'zbekiston, Afg'oniston, Eron, Qirg'iziston va Xitoy o'rtasida savdo munosabatlarning kengayishiga sharoit yaratadi.

"Mozori Sharif-Hirot" temir yo'l loyihasi yo'nalishlarida katta geosiyosiy raqobat mavjud. Bunday raqobat Afg'onistonda tashqi kuchlarning o'z manfaatlari doirasida ichki kuchlarga ko'rsatadigan moliyaviy, harbiy, mafkuraviy va boshqa yordamlari natijasidir. Mahalliy olima S.Adilxodjayeva Afg'oniston shimoliy viloyatlarida "ishidchi"larning paydo bo'lishi sabablari geosiyosiy omil bilan bevosita bog'liq ekanini quyidagicha izohlaydi: "Toliblarni Saudiya Arabistonining bir qator kuchlari moliyalashtirmoqda. "Islom davlati" guruhi esa Turkmanistondan Janubiy va Janubi-Sharqiy Osiyoga gaz quvuri o'tkazilishiga butunlay qarshi bo'lgan Qatar gaz biznes vakillari tomonidan moliyalashtirilmoqda, chunki aynan ular Pokiston, Hindiston va Xitoyga gaz eksport qilishda asosiy ta'minotchilardir. Bu vakillar "TAPI" gaz quvuri qurilish loyihasidan manfaatdor emas, boisi bu loyiha ularning yuqorida keltirilgan davlatlarga gaz eksport qilish monopoliyasidagi yetakchiligiga barham beradi".

Bunday geosiyosiy raqobat sharoitida ayni temir yo'l o'tadigan Afg'oniston hududlarini qamrab oladi.

Ikkinchi geosiyosiy omil "Mozori Sharif-Hirot" loyihasining Eron bilan bog'liq jihatidir. Istiqbolda Eronga bog'lanadigan temir yo'l uning mintaqaviy raqobatchisi AQSH manfaatlariga to'g'ri kelmasligi mumkin. Mazkur temir yo'l ishga tushadigan bo'lsa, Saudiya Arabistoni va AQSH Eronning Afg'onistonda ta'siri ortishi, o'z navbatida, eron, Markaziy Osiyo, Rossiya va Xitoy geosiyosiy halqasining vujudga kelishidan tashvishlanadi.

Jumladan, O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyevning AQShga uyushtirgan rasmiy tashrifi chog'ida AQSh sobiq prezidenti Donald Tramp O'zbekiston tomonidan rejalashtirilayotgan temir yo'l va infratuzilma loyihalarini amalga oshirishga siyosiy va konsultativ ko'mak ko'rsatish taklifini ma'lum qilgan edi. Qo'shma Shtatlarning temir yo'l va boshqa infratuzilma loyihalariga siyosiy va konsultativ ko'mak ko'rsatish taklifi bejiz emas . Shuningdek, AQSh, Afg'oniston va O'zbekiston o'rtasida imzolangan uch tomonlama Qo'shma bayonotda "Mozori Sharif- Hirot-Bahromcha" temir yo'lini qurish imkoniyatlari muhokama etilgani ham diqqatga molikdir.

Birinchidan, bugungi kunda AQShning Afg'oniston siyosatida "AfPak" strategiyasi "AfCentAsia" strategiyasi bilan o'zgarib bormoqda. Misol uchun, 2019-yil dekabr oyida "O'zbekiston-AQSh-Afg'oniston" uch tomonlama formatidagi ilk uchrashuvni o'tkazilishi va unda O'zbekiston va Afg'oniston o'rtasida savdo hamda tranzit hamkorlik, C5+1 formatiga Afg'onistonni ham jalb etish masalalari muhokama etilishi o'z-o'zidan "AfCentAsia" strategiyasi mahsuli hisoblanadi.

Ikkinchidan, hozirgi Afg'onistonda geosiyosiy ta'siri yuqori va hal qiluvchi rol o'ynaydigan AQSh uchun Mozori Sharif-Hirot loyihasi Eronga geosiyosiy bosim o'tkazish

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

dastagiga aylanishi ssenariysi ham mavjud. Bunda Eron tranzit yuklari turli vositalar va yo'llar bilan to'siqqa uchrashi va shu orqali mamlakt iqtisodiyotiga jiddiy zarar yetkazilishi mumkin.

Uchinchi ssenariy- Markaziy va Janubiy Osiyoni Afg'oniston orqali o'zaro bog'lash ssenariysi. Bunda Markaziy Osiyo davlatlari, ayniqsa, O'zbekistonning Afg'onistondagi transport-tranzit, energetika va boshqa loyihalari Oq uy tomonidan moliyalashtiriladi. Markaziy Osiyo mintaqasining Rossiya va Xitoyga bo'lgan iqtisodiy bog'liqliklari kamayadi va oqibatda ushbu yirik davlatlarning mintaqadagi ta'sir kuchiga putur yetkaziladi. Boshqacha aytganda, AQSh "Katta Markaziy Osiyo" geosiyosiy xaritasi orqali O'zbekistonga "Mozori Sharif-Hirot" loyihasiga muqobil variantlarni taklif etishi mumkin bo'ladi.

Xulosa qilib shuni aytadigan bo'lsak, ushbu "Mozori Sharif-Hirot" temir yo'l loyihasining guvohi bo'lganimizdek kuchli tomonlari, loyihaning ishtirokchi bo'lgan davlatlariga samarali foyda keltiradigan jihatlari juda ko'pdir. Ushbu loyihani amalga oshishidan manfaatdor davlatlarning kuchli strategiyasi turadi ushbu koridorning zamirida. Ammo shuni ham inobatga olishimiz kerakki, ko'rib turganimizdek ushbu loyihaning zid tomonlari ham mavjud. Ushbu zid tomonlarni bartaraf etishga qaratilgan bir qator chora-tadbirlarning mavjudligiga qaramay ammo oxirgi natijasi noma'lum bo'lgan sabablar mavjuddir. Ushbu loyihaning natijasida qo'lga kiritiladigan bir qator imkoniyatlarning mavjudligi, loyihadan manfaatdor davlatlarning milliy manfaatlariga to'laqonli mos kelishini ko'rishimiz mumkin. "Mozori Sharif-Hirot" temir yo'l loyihasining amalga oshishida bir qator tahdidlar ham mavjudligi bizga maqoladan ma'lumdir. Ushbu omillarni hisobga olgan holda tahlil qilishga harakat qilindi.

REFERENCES

1. S.Bo'ronov "O'zbekiston geosiyosati"

2. S. Bo'ronov "Afg'onistonda tinchlik barqarorlik o'rnatish jarayonida O'zbekiston geosiyosati"

3. https://uza.uz/oz/posts/termiz-hayraton-mozori-sharif-temir-yo-li-qanday-maqsadlarga-24-03-2018

4. https://aznuruz.wordpress.com/2012/04/18/markaziy-osiyo-va-orta-sharq-mintaqalarida-xalqaro-tranzit-korridorini-tashkil-qilish-istiqbollari-eron-afgoniston-va-turkiya-transport-logistika-tizimi-tahlili/

5. https://xs.uz/uz/post/tinchlik-va-khavfsizlikni-taminlash-jolida-amalij-saj-harakatlar

6. https://review.uz/uz/post/ozbekiston-afgoniston-iqtisodiyotini-tiklash-va-rivojlantirishga-afgon-xalqining-turmushini-yaxshilashga-katta-hissa-qoshmoqda

7. https ://railway.uz/uz/gazhk/i storiya/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.