Научная статья на тему 'POKISTON ISLOM RADIKALIZMI VA UNING AFG’ONISTONGA TA’SIRI'

POKISTON ISLOM RADIKALIZMI VA UNING AFG’ONISTONGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «История и археология»

CC BY
974
74
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Scientific progress
Область наук
Ключевые слова
Pokiston / radikal guruhlar / Toliblar / Afg’oniston. / Pakistan / radical groups / Taliban / Afghanistan.

Аннотация научной статьи по истории и археологии, автор научной работы — Ikrom Xudoybеrdiyеv

Ushbu maqolada Pokistondagi radikal guruhlar faoliyati va uning Afg’onistonga ta’siri masalalari tahlil qilingan. Maqolada Pokistondagi radikal guruhlar Afg’onistondagi beqaror vaziyatni yanada kuchaytirayotgan omillaridan biri sifatida baholab, tadqiq qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

ISLAMIC RADICALISM IN PAKISTAN AND ITS IMPACT ON AFGHANISTAN

This article analyzes the activities of radical groups in Pakistan and their impact on Afghanistan. The article examines radical groups in Pakistan as one of the factors exacerbating the instability in Afghanistan.

Текст научной работы на тему «POKISTON ISLOM RADIKALIZMI VA UNING AFG’ONISTONGA TA’SIRI»

POKISTON ISLOM RADIKALIZMI VA UNING AFG'ONISTONGA TA'SIRI

Ikrom Xudoyberdiyev

ToshDSHU magistranti

ANNOTASIYA

Ushbu maqolada Pokistondagi radikal guruhlar faoliyati va uning Afg'onistonga ta'siri masalalari tahlil qilingan. Maqolada Pokistondagi radikal guruhlar Afg'onistondagi beqaror vaziyatni yanada kuchaytirayotgan omillaridan biri sifatida baholab, tadqiq qilingan.

Kalit so'zlar: Pokiston, radikal guruhlar, Toliblar, Afg'oniston.

ISLAMIC RADICALISM IN PAKISTAN AND ITS IMPACT ON AFGHANISTAN

Ikrom Khudoyberdiev

Master of Tashkent State University of Oriental Studies

ABSTRACT

This article analyzes the activities of radical groups in Pakistan and their impact on Afghanistan. The article examines radical groups in Pakistan as one of the factors exacerbating the instability in Afghanistan.

Keywords: Pakistan, radical groups, Taliban, Afghanistan.

KIRISH

Bizga ma'lumki, Markaziy Osiyodagi islom radikalizmi globallashuv jarayonlarining bir qismi bo4ib qoldi. Uning chuqur ildiz va negizlarini bilmay turib, bu vaziyat qanday yuzaga kelganligini tushunish juda qiyin.

Maqolaning asosiy maqsadi, Markaziy Osiyo islom radikalizimining evolyutsiyasi va tug'ulishini yuzaga kelishida bir birlaridan uzoq masofada joylashganligiga qaramasdan xalqaro kuchlarning ta'siri, tashqi aloqalar va munosabatlarni tahlil qilishdan iborat. 2001-yil 11-sentabr voqealari bilan bog4iq holda islom radikalizmining tarixiy aspektlari ko'rib chiqiladigan bo'lsa, Pokiston islom radikalizmi va Afg'on jihodi namoyon bo'lishini ko'rishimiz mumkin.

Ilmiy maqola va adabiyotlarda (rus tilida nashr qilingan adabiyotlarda) Afg'oniston islom radikalizmida Pokistonning tutgan o'rni mavhum bo4ib ko'rinadi1. Voqealar nega bunday bolganligini aytish qiyin. SSSR va keyinchalik Rossiyadagi mavjud hukumat,

1 Исключением из этого правила является, пожалуй, книга генерала А.А.Ляховского, где приводятся высказывания М.Зия уль-Хака и неоднократно упоминается о действиях пакистанской агентуры против СССР и пришедших ему

Pokiston davlatini o'ziga raqib sifatida qabul qilmagan. Shuningdek, Pokiston Rossiya nuqtai nazaridan faqatgina Janubiy Osiyo mintaqasida ta'sir doirasiga ega davlat sifatida qaralgan.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Pokiston hokimiyatiga harbiylarning kelishi, hududda islomlashtirish jarayonlari o'tkazilishiga qaramasdan, Moskva uchun Pokiston mo'tadil musulmon rejimi o'rnatilgan davlat sifatida gavdalanadi va Islomobod bilan yaxshi diplomatik munosabatlar saqlab qolingan va iqtisodiy sohada aloqalar davom ettirilgan. Afg'onistonda jangavor harakatlar davom etayotgan bir vaqta, SSSR Pokistonga 400 mln. dollardan ortiq imtiyozli kreditlar berish bilan birga, Karachidagi juda katta metallurgiya kombinati qurilishiga yordam berdi . SSSR rahbariyati Pokistonni tarixiy jarayonlar va voqealarning qurboni sifatida bilib, Pokistonga nisbatan dushman kayfiyatida ekanligini sezdirmadi. Afg'onistondagi jihod harakatlarini tashqaridan qo'llab-quvvatlovchilar jumladan, AQSh, Saudiya Arabistoni, Xitoy va boshqa tashqi kuchlar Pokiston hududidan "samarali" foydalangan edilar.

Bunday maqsadlar kesishgan munosabatlarda, iqtisodiy jihatdan yetarlicha salohiyatga ega bolgan juftlik bilan munosabatlarni buzishdan saqlanish, Pokistonni xalqaro maydonda yirik va uzoq muddatga mo'ljallangan o'yinda ishtirok etuvchi mustaqil ishtirokchi sifatida baholash maqsadga muvofiq edi. Ayni vaqtda, Pokiston afg'on jihodining tashkilotchisi va ruhlantiruvchisi sifatida ahamiyati juda katta edi. Bundan tashqari, ushbu maqolada Pokistonning davlat sifatida to'g'ridan-to'g'ri roli va mamlakatni boshqaradigan doiralar tomonidan qo'llab-quvvatlanganligi, aniq va yashirin rag'batlantirilgan islomiy radikal kuchlarning harakatlari ochib berilganligi muhim ahamiyat kasb etadi.

"Islomni harbiylashtirish" jarayoni, 1977-yil yozida Muhammad Ziyo ul-Haq boshchiligidagi Pokistonda qurolli kuchlar hokimiyat tepasiga kelganidan keyin paydo bo'ldi. Lekin bu jarayon taxminan 1974-yildan boshlab, Z.A.Bxutto boshqaruvi davrida shakllana boshlagan. O'sha vaqtlarda hukumat islomga yo'naltirilgan ichki va tashqi siyosatni amaliyotda qo'llashni boshlagan edi. Bu borada ahamiyatli jihati shuki, diniy radikallarning talablariga mos ravishda, g'arblashgan "g'ayri islomiy" Ahmadiya sektasini e'lon qilish to'g'risidagi qarori va Laxordagi musulmon davlatlari liderlarining ikkinchi konferensiyasini yuqori targ'ibot-tashviqot bilan tantanali tarzda o'tkazishdan iborat bo'ldi.

на смену режимов в центральноазиатских республиках. См.: Ляховский А. А. Трагедия и доблесть Афгана. - М.: Аскана, 1995.

2 Яковлев А. Д. Особенности экономического развития и внешнеэкономические связи Пакистана. Рукопись кандидатской диссертации. М.,1999, с. 108.

1975-yildan boshlab Pokiston-Afg'oniston islom yo'lagi shakllana boshladi. Shu vaqtda Afg'oniston hukumati Panjsher darasida uyushtiriladigan qo'zg'olonni fosh qilishdi. Shuningdek, asosiy hukumatga qarshi kuchlar va muxolif tashkilotlarning rahbarlari jumladan, Gulbiddin Hikmatyor, Burhoniddin Rabboniy, Ahmad Shox Masud Pokiston hududiga o'tib ketdilar. Keyinchalik ma'lum bo'lishicha, Pokistonda ular

"5

maxsus xizmat yo'riqchilari rahbarligida harbiy tayyorgarlikdan o'tishgan .

Pokiston va Afg'oniston o'rtasidagi transport chegaralaridagi noqonuniy aloqalar kuchayib, 1976-77 yillarda Pokistondagi radikal beluj qabila vakillari Afg'oniston hududlariga kirdi va ushbu hududda o'zlarining bazalarini qurdilar. 1979-yil aprel oyida Z. A. Bxuttoning qatl etilishidan so'ng, bosh vazirning tarafdorlari va iste'foga chiqarilganlar Afg'onistondagi Pokiston muhojirlariga qo'shilishdi. Kobulda Zulfiqor Ali Bxuttoning Ziyo ul-Haqga qarshi yangi kommunistik hukumat niqobi ostidagi yashirin tashkiloti tuzildi. Tashkilot rahbari Murtazo Bhutto edi. (Murtazo va uning akasi Shoh Navaz afg'on ayollariga uylangan). Ba'zi bir Pokiston so'l harakat vakillari Kobuldagi hokimiyat uchun kurashda qatnashib, H. Amin hukmronligida qamoqqa olindi.

MUHOKAMA

1978-yil apreldagi Savr inqilobidan so'ng, Pokiston va Afg'oniston chegaralarida turli xil noqonuniy aloqalar kuchayib ketishi, 1979-yil bayram arafasida sovet harbiy qo'shinlarining kiritilishi, yangi Afg'oniston ichki va tashqi siyosatiga katta ta'sir ko'rsatdi. 1980-yilda afg'on oppozitsiyasining asosiy kuchlari Pokistonda ochiqchasiga joylashdilar. Pokiston hukumati sovetlarning qarshiligiga duch kelmaslik uchun, harbiy harakatlarga aralashishni istamadi. Shuningdek, shimoldan kelgan tahdid Pokiston uchun "sahna ortida" turishida qulay vaziyatni yaratdi. Bunday holat Pokiston uchun har tomonlama foydali edi.

Birinchidan, siyosiy va diplomatik. Pokiston janubiy tomonda "agressiv sovet kommunizmi" ning rivojlanishi bilan keng xalqaro koalitsiya kurashining markaziy elementiga aylandi.

Ikkinchidan, Pokiston Afg'onistondagi urush fonida nisbatan tinch, tartibli va g'arbga moyil bo'lgan holda, hukumatda harakatda bo'lgan guruhlar uning ortida oqlangandek ko'rinar edi. Pokiston harbiy hukumati islom qadriyatlariga sodiqligi musulmon dunyosidagi obro'sini oshirdi.

Uchinchidan, moddiy va moliyaviy. Pokiston 1980-yillarning boshlaridan, Afg'oniston bilan chegaradosh hududlarda ko'plab lagerlarda yashagan afg'on jihod jangchilari (mujohidlar) va ularning oilalariga qurol-yarog', dori-darmon va oziq-ovqat

3 Davis A. How the Taliban became a military force - W.Maley ed. Fundamentalism Reborn? Afghanistan and the Taliban. Lahore: Vanguard Books, 1998, с. 44.

yetkazib berdi. Afg'onistondagi mujohidlar uchun yetkazilishi kerak bo'lgan qurollar Pokiston qurolli kuchlarining zaxiralarini to ldirilishi natijasida, qurollarning bir qismi Afg'onistonga yetib ham bormadi.

Pokiston katta moddiy boyliklar yetkazib berishda asosiy kuch edi. Ba'zi ma'lumotlarga ko'ra, 1980-yillarning oxiriga qadar Afg'onistondagi jihodchilar uchun Pokiston orqali kamida 3,5 milliard AQSh dollari ajratilgan4. Ushbu ko'rsatilgan mablag', katta amaldorlar, turli tashkiliy va vositachilik vazifasini bajaradigan xususiy korxonalar hisobiga to'g'ri keladi.

Pokiston radikal islomiy tashkilotlarining faoliyati haqida alohida to'xtalib o'tish kerak. Pokistonda islom radikalizmining vujudga kelishi va evolyutsiyasi chuqur tarixiy ildizlarga ega. Pokistonda 1977-yildagi parlament saylovida Z.A.Bxutto boshchiligidagi hukumat tuzulishi, lekin 9 ta muxolifatchi partiyadan tuzilgan Pokiston milliy alyansi saylov natijalarini tan olmaganligi mamlakatdagi siyosiy va iqtisodiy beqarorlikni keltirib chiqardi. Saylovlardan keyin kuzatilgan ichki siyosiy inqiroz islomiy partiyalarning pozitsiyalarini mustahkamlashga yordam berdi. 1977-yil iyul oyida Ziyo ul-Haq tomonidan harbiy kuchlar hokimiyatni qo'lga kiritganidan keyin, islomlashtirish dasturi arab dunyosidagi davlatlar e'tirofida har tomonlama qo'llab-quvvatlandi. Bu vaqtga kelib, "Islom jamiyati'' tashkiloti o'zining pozitsiyasini mustahkamlab olgan edi.

Afg'on jihodining 1980-1989-yillarida sovet harbiylariga qarshi asosiy kuch bo'lib diniy partiyalarning harakati muhim ro'l o'ynadi. Birinchi bo'lib Afg'onistonda "Al-Badr" harbiy tashkiloti tuzildi. Ushbu tashkilot afg'on mujohidlari rahbarlari bilan aloqa qilishda, Pokiston maxsus xizmati va Xizmatlar aro razvedka boshqarmasiga yaqindan yordam berdi. "Islom jamiyati" tashkiloti Gulbiddin Hikmatyor boshchiligidagi "Hezbi islomiy" bilan aloqalarni o'rnatdi. Natijada, Kobuldagi kommunistlar va Sovet qo'shinlariga qarshi kurashish uchun yuborilgan moddiy bazalarning ko'p qismini Gulbiddin Hikmatyor tomoniga yo'naltirildi5. Birinchi navbatda Pokiston harbiy hukumati musulmon ulamolarni hukumatga yaqinlashishini xohlashmas edi. Islomiy dastur yuqoridan o'rnatilishi, afg'on jihodi va mintaqaviy vaziyatga katta ta'sir ko'rsatdi.

Hukumatning bu harakatlari islomchilar safida raqobat va kelishmovchilikni kuchaytirdi. Uzoq yillar davomida shakllanib kelayotgan radikal islomning bir nechta asosiy yo'nalishlari yuzaga keldi. Bundan tashqari, "Islom jamiyati" ulamolariga nisbatan qaltis munosabatlar, 1980-yillar o'rtalarida Islomobod va Saudiya Arabistoni munosabatlarining sovuqlashishiga olib keldi. Natijada, Pokistonning Markaziy

4 Harrison S.S. South Asia and the US: A Chance for a Fresh Start // Current History, March 1992, c. 96-97.

5 Yousaf M. and Adkin M. Afghanistan - The Bear Trap. The Defeat of a Superpower. Barnsley: Leo Cooper, 2001, c. 105.

Osiyoga ta'siri kuchayishi va Eron bilan ma'lum bir maqsadlarda birga harakat qilishi kuzatildi. Lekin SSSRning parchalanib ketishi, Afg'oniston ustidan nazoratni pasayishi va Tehron bilan raqobatni kuchayishiga olib keldi.

Hokimiyatni o'z qo'llariga olib, mamlakatdagi ijtimoiy, siyosiy va iqtisodiy hayotning turli jabhalarini islomlashtirishga qaratilgan tashkilot musulmon firqalari va oqim tarafdorlari o'rtasida bo'linishni keltirib chiqardi. Birinchidan, sunniylar va shialar o'rtasidagi bo'linish yuzaga keldi. Hukumat rasmiylarining ixtiyoriy musulmon soliqlarini (zakot va ushr) yig'ib olishning yagona qoidalarini joriy qilishga urinishi shia jamoasining keskin qarshiligiga duch keldi va 1980-yilda o'zining Tehrik Nyafaz-e fiqh-e-jafariya (Jaffariyni tashkil etish harakati,) tashkil qilinishiga olib keldi. Natijada, harbiylar shialarning asosiy talablarini qondirishga kelishishdi.

Ular asosan an'anaviylikka va puritanizmga asoslangan "Jamiyat-e ulama-e-Islom" (islom ulamo jamiyati) katta diniy partiyasi edi. Ushbu partiyaning mafkuraviy ustuni 1867-yilda Hindiston shimolidagi Deoband shahrida tashkil etilgan maktab ulamolarning ta'limotlariga asoslangan edi6. Deoband purintanizmi shialarga nisbatan tanqidiy munosabat, an'analarga sodiqlikda ko'rinadi. 1980-yilarning birinchi yarmida Deoband dindorlarining nazorati ostidagi masjid va madrasalar (diniy maktablar) ko'payib bordi. Shu bilan birga, Deoband harbiy tashkilotlari shakllanadi, birinchi navbatda "Sipohi Sahoba Pokiston" (SSP), (Pokiston payg'ambar jangchilari), keyinchalik "Lashkar-e Djangvi" (asoschisi H.N. Djangvi ) nomli armiya paydo bo'ladi. Ekstremist sunniylarning harakatlariga javoban shialar ham radikallashib bordi. Masalan, birinchi navbatda "Sipah-e Muhammad" (Payg'ambarning jangchilari) paydo bo'ldi. Bundan tashqari, Axmad Rizo Xon boshchiligida Hindiston shimolida vujudga kelgan "Barelvi" harakati mavjud edi. Ushbu harakat Pokiston hududida "Pokiston ulamolar jamiyati" deb nomlangan tashkilotga aylandi. 90-yillarga kelib "Sunniylar harakati" kabi harbiy tashkilotlarning tashkil etilishini ko'rishimiz mumkin. Deoband va Barelviya maktablarining ulamolari o'rtasidagi qonli to'qnashuvlar 80-yillarning o'rtalaridan buyon qishloq va kichik shaharlarda kuzatilgan.

Hukumat tepasiga harbiylar kelgach, yillar davomida shakllanib va o'z mavqeyini mustahkamlagan Vahobiylar harakati ta'siri kuchayib bordi. Shuni aytish lozimki, bu oqimning Saudiyadagi Vahobiylar bilan bog'liqligi mavjud emas. Ushbu harakat XIX asr o'rtalarida shimoliy Hindistonda vujudga kelgan, Ahl-e Hadis harakati nomi bilan atalgan bo'lib, 60-yillarda Pokistonning Panjob va Lahor shaharlarida yuzaga keldi. 1980-yillarga kelib bu turdagi oqimlar orasida Davat-val-Irshad tashkiloti bu yo'nalishda yetakchi o'rinni egalladi. Ushbu tashkilot Lahor Texnologiya Universiteti

6 Metcalf B.D. Islamic Revival in British India: Deoband, 1860-1900. Princeton, Princeton University Press, 1982, c. 87263.

professori Hafiz Sayed va uning "Lashkar-e Taiba" ("Tinchlik armiyasi") harbiy guruhi

7

tomonidan boshqarilgan .

1980-yillar Pokistonda radikal islomning ta'siri sezilarli darajada kuchaygan edi. Jumladan, Pokistonning ichki va tashqi siyosatida, Afg'onistonda, Kashmirda shuningdek, Afg'onistonning harbiy ishlariga aralashish, SSSRning eng muhim yo'nalishi bo'lib qoldi. Afg'onistonning harbiy harakatlarini kuchaytirish SSSR tomonidan qo'llab quvvatlandi. Shunday bir vaziyatda Ziyo ul-Haq tomonidan olib borilgan siyosat natijasida Pokiston va Saudiya Arabistoni o'rtasidagi munosabatlar sovuqlashdi. Ikki mamlakat o'rtasidagi munosabatlarning yomonlashuviga asosiy sabablar ko'rsatilmagan. Ushbu jarayonlar 1980-yillarning ikkinchi yarmida Pokiston

о

bilan Eron aloqalarining yaxshilanishiga olib keldi . Natijada 1985-yilda "Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti" qaytadan o'z faoliyatini boshladi9. SSSRning Afg'onistondagi harbiy harakatlari davom etayotgan bir vaqtda, Tehron va Islomobodning yaqinlashuvi, SSSRning Afg'onistondagi yuritayotgan siyosatiga katta ta'sir ko'rsatar edi. Chunki, SSSRni Afg'onistondan siqib chiqarish, Tehron va Islomobodning yaqinlashuviga bog'liq edi. Bu davrda Eronda millionlab qochqinlar va muqaddas musulmon urushi nomi ostida Kobulga qarshi kurashayotgan shia tashkilotlarining markazlari mavjud bo'lgan.

Pokiston va Eron o'rtasida SSSRning Afg'onistonga shimoliy tomonidan kirib kelishi doirasida strategik rejalariga ham ega edi. Pokiston Afg'oniston hududlarni islom qonunlari ostida boshqariladigan hududga aylantirishni nazarda tutgan bo'lib, Pokiston va Hindiston o'rtasida kelishmovchiliklar yuzaga kelgan holda, ushbu rejalar Pokiston uchun ahamyatli hisoblanar edi. Ziyo ul-Haqning nazarda tutgan qarashlari Eronning siyosiy va diniy rahbari Oyatillo Humayniyning qarashlarida zid emas edi. Lekin 1988 va 1989 yillarda ushbu ikki davlat arboblarining hayotdan ko'z yumushi, ikki musulmon davlatlar orasidagi olib borilayaotgan say-harakatlarni murakkablashtirib yubordi.

Shu bilan birga, Pokiston va Eron o'rtasidagi munosabatlarni yaqinlashishiga ta'sir qiluvchi omillar ham bor edi. Bunday omillarga misol qilib, kutilmaganda SSSR yordami bilan hukumat tepasiga kelgan Najibulloni ko'rishimiz mumkin. Najibullo 1992-yil bahorigacha hukumatni boshqardi. Bir tomondan Islomobod va ikkinchi

7 Об индийском ваххабизме, его отличиях от аравийского и истории движения Ахл-е хадис в Пакистане см.: Милославский Г.В. Ваххабизм в идеологии и политике мусульманских стран // Ислам и политика. - М.: Крафт+ИВ РАН, 2001, с. 76-80.

8 Автору приходилось уже указывать на эти обстоятельства. См.: Белокреницкий В.Я., Москаленко В.Н., Шаумян Т. Л. Южная Азия в современном политическом мире. Взгляд из Москвы. N.Y.: The Edwin Mellen Press, 2001, с. 136-137; Белокреницкий В.Я., Москаленко В.Н., Шаумян Т.Л. Южная Азия в мировой политике. - М.: Международные отношения, 2003, с. 117.

9 "Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti" 1964-yilda Eron, Pokiston va Turkiya tomonidan "Mintaqaviy Hamkorlik Rivojlantirish" nomi bilan tuzilgan. Keyin 1970-yillarda ichki mintaqaviy savdo susayib ketgani uchun o'z faoliyatini to'xtatgan. 1985-yilda "Iqtisodiy Hamkorlik Tashkiloti" nomi bilan qaytadan o'z faoliyatini boshladi.

tomondan Tehron qo'llab - quvvatlangan raqiblar o'rtasida qarama-qarshiliklarda Najibulloning to'liq kuchi namoyon bo'lmadi. Sovuq urushning so'ngi bosqichida AQSh va Pokistonning Afg'oniston doirasidagi maqsadlari bilan bog'liq kelishmovchiliklari, Moskva va Vashington o'rtasidagi munosabatlarning yaqinlashuviga olib keldi. Shu bilan birga AQSh Afg'onistonda erishilgan natijalarga qaramasdan, Markaziy Osiyodagi vaziyat beqaror bo'lishi, radikal islom guruhlarining Afg'onistonda o'z pozitsiyalarini mustahkamlashi va Eron, Pokiston va Arab davlatlaridan olinadigan yordam hisobiga kuchayib ketishidan qo'rqdi. Shuningdek, 1990-yil oktyabr oyida Vashington tomonidan Islomobodga ko'rsatilayotgan harbiy-iqtisodiy yordamning to'xtatilishi Pokiston jamiyati va harbiylari orasida AQSh hukumatiga qarshi kayfiyatining o'sishiga olib keldi. Ushbu harakatlar orqali AQSh ma'muryati Pokiston havo kuchlariga F-16 rusumdagi samolyotlarni yetkazib berishdan bosh tortdi va AQShning Janubiy Osiyo hududidagi olib borilayotgan harakatlari Hindiston uchun foydaliroq edi.

Afg'onistondagi tugallanmagan jihod, Yaqin Sharqdagi inqiroz, va SSSR parchalanishi davrida Pokiston Markaziy Osiyodagi vaziyatga katta ta'sir ko'rsatdi. Ushbu jarayonlarda Pokiston maxfiy xizmati (ISI) muhim ahamiyat kasb etadi. Keyinchalik, Pokiston maxfiy xizmati vakillari Burhoniddin Rabboniy va Ahmad Shox Masud bilan uchrashib, Kobuldagi rejimni beqarorlashtirish va Markaziy Osiyoda xususan, Tojikistonda muxolifatdagi islomiy kuchlarni qo'llab-quvvatlashni rejalashtirganlar10. Yuqoridagi rejalar 1992-yilga kelib o'zining yuqori darajasiga erishdi. Masalan, Afg'onistonda Najibulloh rejimining qulashi, mujohidlarning hokimiyat tepasiga kelishi, Peshavorda Pokiston manfaatlariga xizmat qiluvchi Sebg'atullo Mujaddadiy boshchiligida vaqtinchalik hukumatning tashkil topishi, Tojikistonda mavjud hukumat ag'darilib, islomiy muxolifat hokimiyat uchun kurashda dastlabki g'alabalarni qo'lga kiritdi11.

NATIJA

1992-yilda Rossiya tashqi ishlar vaziri A.V. Kozirov Kobulga kelib, Moskvaning Afg'onistondagi harbiy harakatlari va strategiyasi yuzasidan axborotlar almashdi. Ammo yil oxiriga kelib, Afg'onistondagi vaziyat Pokiston foydasiga hal bo'lmadi. Islomobodning qarshilik ko'rsatishiga qaramay, yangi saylangan Afg'onistonning vaqtinchalik prezidenti Burhoniddin Rabboniy dekabr oyida o'z vakolatlarining muddatini uzaytirdi. Pokistonning Markaziy Osiyoda islomni yuqori ko'tarish va

10 Ляховский А. А. Трагедия и доблесть Афгана, с. 637-639.

11 В мае 1992 г. в Душанбе утвердилось правительство национального примирения; ряд его членов, в том числе заместитель премьер-министра Д.Усмон, представлял Исламскую партию возрождения Таджикистана. См.: Олимова С., Олимов М. Исламская партия возрождения в межтаджикском конфликте и его урегулировании // Центральная Азия и Кавказ, 2001, № 1, с. 135.

mintaqadagi mavqeini islomiy kuchlar yordamida mustahkamlashga urinishida turli

1 9

to ' siqlarga duch keldi .

Birinchidan, mahalliy aholining siyosiy ongi va madanyati bu jarayonlar uchun yetarli darajada shart-sharoitning mavjud emasligi, Bundan tashqari milliy g'oya faqatgina Moskvani Markaziy Osiyo davlatlaridan ajratish orqali millatni saqlab qolish kabi g'oyalarga tayangan edi.

Ikkinchidan, Pokistonning Afg'onistonda yagona hukmron bo'lishini va Markaziy Osiyoda yetakchil mustaqil o'yinchi sifatida kirib kelishini xohlamagan Eron muholifati mavjudligi.

Uchinchidan, Pokistonning 1993-yildagi ichki siyosiy inqiroz, unga xalqaro munosabatlar tizimida AQSh tomonidan e'tiborning susayishi va Pokistonning yarim izoliyatsiyaga kelib qolishi.

XULOSA

Xulosa qilib aytganda, Afg'oniston va Markaziy Osiyo hududida Islom radikalizmi rivojlanishi va Markaziy Osiyo hududlariga tarqalish jarayonini qo'llab-quvvatlovchi jumladan AQSh, Saudiya Arabistoni, Xitoy va boshqa tashqi kuchlarning hissalari juda katta. Ushbu xalqaro va uzoq muddatga mo'ljallangan o'yinda Pokistonning ishtiroki muhim hisoblanib, bir vaqtning o'zida vositachi vazifasini bajarganligi va o'z manfaatlari yo'lida Afg'onistondagi siyosiy jarayonlardan unumli foydalanganligini ko'rishimiz mumkin. Albatta, Afg'onistondagi ichki va betartib siyosiy vaziyat ham, tashqi kuchlarning Afg'oniston hududidan foydalanishga qulay sharoit yaratib bergan. Islom radikalizmining tarqalishi va unga qarshi olib borilayotgan say harakatlar hozirgi kungacha bahsli bo'lib qolmoqda.

REFERENCES

1. Ляховский А. А. Трагедия и доблесть Афгана. - М.: Аскана, 1995.

2. Яковлев А.Д. Особенности экономического развития и внешнеэкономические связи Пакистана. Рукопись кандидатской диссертации. М.,1999.

3. Davis A. How the Taliban became a military force - W.Maley ed. Fundamentalism Reborn? Afghanistan and the Taliban. Lahore: Vanguard Books, 1998.

12 Одна из попыток вмешаться в ход гражданской войны в Таджикистане была предпринята, по сведениям генерала Ляховского, почерпнутым из агентурных данных, в конце января 1993 г. В Пешаваре прошло совещание представителей мусульманских стран, в том числе, очевидно, Ирана, на котором были рассмотрены меры по оказанию помощи «таджикским братьям» в их «священной войне» и принято решение во главе таджикских боевых отрядов ставить афганцев, обладающих опытом партизанской войны против 113 советской армии. Таджикским исламистам, кроме того, выделялись значительные материальные средства. См.: Ляховский А.А. Трагедия и доблесть Афгана, с. 640.

4. Harrison S.S. South Asia and the US: A Chance for a Fresh Start // Current History, March 1992.

5. Yousaf M. and Adkin M. Afghanistan - The Bear Trap. The Defeat of a Superpower. Barnsley: Leo Cooper, 2001.

6. Metcalf B.D. Islamic Revival in British India: Deoband, 1860-1900. Princeton, Princeton University Press, 1982.

7. Милославский Г.В. Ваххабизм в идеологии и политике мусульманских стран // Ислам и политика. - М.: Крафт+ИВ РАН, 2001.

8. Белокреницкий В.Я., Москаленко В.Н., Шаумян Т.Л. Южная Азия в современном политическом мире. Взгляд из Москвы. N.Y.: The Edwin Mellen Press, 2001.

9. Белокреницкий В.Я., Москаленко В.Н., Шаумян Т.Л. Южная Азия в мировой политике. - М.: Международные отношения, 2003.

10. Олимова С., Олимов М. Исламская партия возрождения в межтаджикском конфликте и его урегулировании // Центральная Азия и Кавказ, 2001, № 1, с. 135.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.