Научная статья на тему 'NATO VA ISAFNING AFG'ONISTONDAGI FAOLIYATIGA QISQACHA NAZAR'

NATO VA ISAFNING AFG'ONISTONDAGI FAOLIYATIGA QISQACHA NAZAR Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

232
55
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Afg’oniston / xavfsizlik / NATO / ISAF / Xalqaro xavsizlik kuchlari / harbiy qo’shin / Afg’on milliy armiyasi / aksilterroristik operatsiyalar / Afghanistan / security / NATO / ISAF / International Security Force / Military army / Afghan National Army / counterterrorism operations

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Norqo'chqarov Xushvaqt Eshnazarovich, Mansurov Ulug'bek Jumayevich

Maqolada 2001-yilda AQSh va dunyoning boshqa davlatlarida yuz bergan terroristik harakatlar va xunrezliklarni amalga oshirgan “Al-Qoida” terroristik tashkiloti va “Tolibon” harakati rejimiga qarshi Xalqaro xavfsizlikni saqlashga yordam beruvchi kuchlar – International Security Assistance Force (ISAF) va Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) harbiy qo’shinlarining Afg’onistondagi aksilterroristik operatsiyalari va ularning natijalari, olib borgan faoliyati va Afg’on milliy armiyasi hamda politsiyasini shakillantirish uchun amalga oshirgan sayi-harakatlar haqidagi ma’lumotlar yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

A BRIEF OVERVIEW OF NATO AND ISAF IN AFGHANISTAN

The article discusses the anti-terrorist operations of the International Security Assistance Force (ISAF) and NATO forces in Afghanistan against the terrorist organization Al-Qaeda and the Taliban regime, which carried out terrorist acts and bloodshed in the United States and other countries in 2001 and their results, activities, and efforts to form the Afghan National Army and Police.

Текст научной работы на тему «NATO VA ISAFNING AFG'ONISTONDAGI FAOLIYATIGA QISQACHA NAZAR»

NATO VA ISAFNING AFG'ONISTONDAGI FAOLIYATIGA QISQACHA

NAZAR

Xushvaqt Eshnazarovich Norqo'chqarov

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali katta o'qituvchisi

Ulug'bek Jumayevich Mansurov

Toshkent davlat agrar universiteti Termiz filiali o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Maqolada 2001-yilda AQSh va dunyoning boshqa davlatlarida yuz bergan terroristik harakatlar va xunrezliklarni amalga oshirgan "Al-Qoida" terroristik tashkiloti va "Tolibon" harakati rejimiga qarshi Xalqaro xavfsizlikni saqlashga yordam beruvchi kuchlar - International Security Assistance Force (ISAF) va Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) harbiy qo'shinlarining Afg'onistondagi aksilterroristik operatsiyalari va ularning natijalari, olib borgan faoliyati va Afg'on milliy armiyasi hamda politsiyasini shakillantirish uchun amalga oshirgan sayi-harakatlar haqidagi ma'lumotlar yoritilgan.

Kalit so'zlar: Afg'oniston, xavfsizlik, NATO, ISAF, Xalqaro xavsizlik kuchlari, harbiy qo'shin, Afg'on milliy armiyasi, aksilterroristik operatsiyalar.

A BRIEF OVERVIEW OF NATO AND ISAF IN AFGHANISTAN

Khushvakt Eshnazarovich Norkuchkarov

senior teacher Termez branch of Tashkent State Agrarian University.

Ulugbek Jumaevich Mansurov

-teacher of Termez branch of Tashkent State Agrarian University.

ABSTRACT

The article discusses the anti-terrorist operations of the International Security Assistance Force (ISAF) and NATO forces in Afghanistan against the terrorist organization Al-Qaeda and the Taliban regime, which carried out terrorist acts and bloodshed in the United States and other countries in 2001 and their results, activities, and efforts to form the Afghan National Army and Police.

Keywords: Afghanistan, security, NATO, ISAF, International Security Force, Military army, Afghan National Army, counterterrorism operations.

KIRISH

XX asrning so'nggi choragida boshlangan Afg'onistondagi fuqarolar urushi ushbu asrning 90-yillariga kelib yanada ayanchliroq ko'rinish oldi. Etnik, diniy va hududiy qurolli guruhlar o'rtasida hokimiyatni egallash uchun o'zaro janglar olib borilayotgan bir paytda o'zlarini "tolibon"lar deb atagan yana bir yangi guruh paydo bo'ldi. Mamlakatdagi beqarorlik va parokandalikdan, mujohidlar guruhlarining bir-biriga dushmanlik kayfiyatida ekanligidan foydalangan tolibonlar qisqa fursatda mamlakatning katta qismini qo'lga kiritdilar. Ular o'zlari egallab olgan hududlarda diniy-fundamentalistik asosdagi Islom Amirligini tuzganligini e'lon qilishdi. Afg'onistondagi hokimiyat uchun kurashlar, o'zaro qurolli janglar mamlakatning siyosiy, ijtimoiy va iqtisodiy ahvolini butunlay izdan chiqarib yubordi. Bu jarayonlarning barchasi afg'on xalqining hayotini va turmish-tarzini qiyin va og'ir ahvolga keltirib qo'ydi. Afg'onistonning ko'plab fuqarolari o'z uylarini tashlab mamlakatdan chiqib ketishga majbur bo'ldi. Tolibonlarning tobaro katta kuchga aylanib borishi butun mintaqa mamlakatlari va xalqaro hamjamiyat uchun muammoli bir vaziyatni yuzaga keltirdi.

Afg'onistondagi mavjud jarayonlar natijasida vujudga kelgan vaziyat birinchi

prezidentimiz I.A.Karimov ta'kidlaganlaridek, - "..... Afg'onistondagi tanglikning

chuqurligi va keskinligini, uning mintaqaviy va dunyo miqyosidagi jo'g'rofiy-siyosiy jarayonlarga ta'sirini e'tiborga olib, bu fojeaning ko'lami va xavfi jihatidan hozirgi dunyoning eng katta mintaqaviy mojarolari jumlasiga kiritish mumkin"[1,B.2] -bo'lgan bir holatda edi. Ko'p vaqt o'tmasdan, Afg'onistondagi vaziyatning izdan chiqishi va tolibonlar rejimining qaror topishi butun dunyo mamlakatlari uchun naqadar katta xavf ekanligini ko'rsatib berdi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Xalqaro xavsizlikka ko'maklashuvchi harbiy kuchlarning xususan, ISAF va NATO kabi harbiy tuzulmalarning Afg'oniston hududidagi faoliyati haqida, ushbu kuch tuzulmalarining mamalakatda amalga oshirgan antiterroristik faoliyati haqida xorij adabiyotlarida va matbuotida ham yurtimizda faoliyat olib borayotgan tarixchi, siyosatchi va jurnalistlarining ham doimiy diqqat-markazida bo'lib kelmoqda. Harbiy tuzulmalarning Afg'onistondagi faoliyatiga G'arb[3],[4],[5] va Rossiya[6] mutaxassislarining qarash va tahlillarida farqlar mavud albatta. Biz maqolani yoritishda har ikkala mintaqa mutaxassislarining fikrlarini tahliliy jihatdan o'rganib, ma'lumotlardan foydalandik. Shuningdek, yon qo'shnimiz sifatida bizning mutaxassislarimiz[7] ham ilmiy-tahliliy jihatdan ushbu masalada o'z fikrlarini bildirib, ularning faoliyatiga tahliliy baho berib keloqdalar. Hamda yurtimizdagi ko'plab

ommaviy axborot vositalari va rasmiy ijtimoiy tarmoqlar[2],[8],[9]da ham tahliliy materiallar berib borilmoqda. Ushbu maqola yuqorida keltirilgan barcha mutaxassislar ma'lumotlarini qiyosiy tahlil qilgan holda yoritildi.

NATIJALAR

2001-yilning 11-sentabr sanasida "al-Qoida" diniy ekstremistik tashkiloti AQShning Nyu-York, Vashington shaharlarida terrorchilik harakatini amalga oshirgan edi. Mazkur larzaga keltiruvchi akt esa AQSh tarixidagi eng qonli va eng fojiaviy voqealardan biri sifatida tarixda qoldi. Natijada, o'sha paytda AQShning prezidenti bo'lgan kichik Jorj Bush xalqaro hamjamiyatning ko'magida BMT nizomining VII bobi 51-moddasidan kelib chiqqan holda Usoma bin Lodin boshchiligidagi " al-Qoida" diniy ekstremist tashkilotini va Afg'onistondagi "Tolibon" harakatiga qarshi urush boshlaydi. Rasmiy Pentagon 11-sentabr voqealaridan so'ng Afg'onistonga qarshi urushga kirar ekan, o'zining asosiy uch maqsadini e'lon qildi. Bu maqsad esa quyidagilardan iborat edi. Avvalo, "al-Qoida" islomiy jangarilari rahbarlarini sud mahkamasiga tortish, keyin Afg'onistonda "Tolibon" harakati rejimiga ayovsiz zarba berish va nihoyada butun Afg'onistonni "Tolibon" jangari harakati zulmidan oz od qilishni maqsad qilib qo'ydi[2].

AQSHdagi ushbu voqealar va dunyoning boshqa mintaqalarida yuz bergan xunrezliklardan so'ng Birlashgan Millatlar Tashkiloti Xavsizlik Kengashining 2001-yil 20-dekabridagi № 1386-sonli qaroriga asosan Xalqaro xavfsizlikni saqlashga yordam beruvchi kuchlar - International Security Assistance Force (ISAF) 2003 -yildan beri Shimoliy Atlantika Shartnomasi Tashkiloti (NATO) boshchiligida Afg' onistonga kiritildi hamda, tolibonlar va boshqa terrorchi guruhlarga qarshi kurashish uchun bir qancha aksilterroristik operatsiyalar olib bordi.

NATO va ISAF kuchlarining 2003-yil 11-avgustida kiritilgan dastlabki qismlarining asosiy vazifasi poytaxt Kobul va uning atrofini qo'riqlashdan iborat edi. 2003-yil dekabrida General Jeymis Jones rahbarligida yana bir qism qo'shinlar Qunduz provinsiyasiga joylashdi. Oradan olti oy o'tgach, ya'ni 2004-yilning iyunida NATOning Istambulda o'tkazilgan hukumat va davlat boshliqlari sammitida Afg'onistonning Mozor-i Sharif, Maymana, Fayzobod va Bag'lon provinsiyalariga ham kuchlarni joylashtirish to'g'risida qaror qabul qilindi. 2004-yil oktabriga kelib NATO boshchiligidagi ISAF kuchlari umumiy hududi 3600 kvadrat kilometr bo'lgan to'qqizta provinsiyaga joylashtirildi. 2005-yil fevralida NATO va ISAF kuchlari Afg'onistonning g'arbiy provinsiyalarning ba'zi qisimlariga ham joylashtirildi. 2006 -yil mayida bu kuchlarning bir qismi Hirot va Farah provinsiyalariga ham o'rnashdilar. Shu yilning sentabrida ular mamlakat g'arbidagi Chohcharon, Gor provinsiyasi

markaziga va Qal'a-i Navning bir qismiga joylashtirildi. Bu paytga kelib NATO va ISAF kuchlari Afg'onistonning 50 % dan ko'proq qismiga joylashtirilgan edi[3].

Xalqaro xavsizlik kuchlarining eng katta antiterroristik operatsiyalaridan biri ham huddi shu 2006-yilning 31-iyulida Afg'onistonning olti provinsiyasi: Daykundi, Gilmand, Qandahor, Nimruz, Uruzgon va Zabulda bir vaqtda olib borildi. 2008-yil 10-oktabrda Budapeshtda NATO va ISAFning Afg'onistondagi faoliyati yuzasidan hisobot yig'ilishi bo'lib o'tdi. Bu yig'ilishda o'tgan davr moboynida mamlakatda olib borilgan qo'shma aksilterroristik operatsiyalar va ularning natijalari, hamda Bonn konfirensiyasiga muvofiq Afg'oniston milliy armiyasini shakillantirish uchun qilinayotgan sayi-harakatlar va boshqa masalalar ko'rib chiqildi [4].

MUHOKAMA

Afg'onistondagi NATO va ISAF kuchlarining faoliyatiga president Hamid Karzay ma'muriyati va koalitsiya bo'yicha AQShning bir nechta hamkorlarida Vashingtonga nisbatan norozilikni vujudga keltirgan edi. Xususan, amerikaliklar Afg'oniston giyohvand moddalarini ishlab chiqarish va yetkazib berish bilan faol kurash olib borishdan bosh tortmoqdalar, bunda ular islom ekstremistlarini yo'q qilish bo'yicha vazifalarni bajarayotganliklarini e'lon qilyaptilar, giyohvandlik moddalari bilan kurash esa, Buyuk Britaniya zimmasida ekanligini ta'kidlanoqdalar. Ammo aynan AQSh narkobiznes bilan kurashning juda boy tajribasiga (masalan, Kolumbiyada) hamda zaruriy texnik va moliyaviy imkoniyatlarga ega. Ammo aytish lozimki, o'sha paytda prezident Hamid Karzayning qat'iy iltimosiga ko'ra, AQSh mazkur muammoni hal qilish uchun o'z harakatlarini boshlab yuborgan edi[5, B.72].

2009-yil martida NATO va ISAF o'zining 2011-2014-yillarda Afg'onistondagi Xalqaro kuchlarning faoliyatini nazarda tutuvchi yangi strategiyasini e'lon qildi. Yangi strategiyaga ko'ra ularning soni 2011-yilning bahorida taxminan 100 ming nafarga yetishini ko'zda tutardi. Ayni vaqtda NATO va ISAF harbiy bo'linmalari oldida keyinchalik Afg'oniston qurolli kuchlari sonini ko'paytirib, uni 320 ming kishiga yetkazishdek vazifa qo'yilgan edi. O'sh paytdagi Pentagon rahbari Robert Geyts ma'lumotlariga ko'ra Xalqaro kaolitsion kuchlar 2011 -yil yozi o'rtalariga borib 150 ming nafardan iborat afg'on armiyasini tuzish nazarda tutilgan bo'lsa, shu yil oktyabriga borib askar va ofitserlar sonini 172 mingga yetkazish ko'zlangan edi[6, B.21-33].

NATO va ISAF mamlakatlari provinsiyalarni tiklash bo'yicha 5 ta brigada shakllantirishga tayyor ekanligini e'lon qildi. Xalqaro xavsizlikni saqlovchi kuchlar yangi shakllantiriliyotgan Afg'on milliy armiyasi bilan birgalikda 2011 -yil boshlaridan 2013-yil yozigacha mamlakatdagi terroristik guruhlarga qarshi bir qancha

aksilterroristik operatsiyalar olib borishdi. Bu operatsiyalar Afg'on milliy armiyasining ham bugungi qarshilik ko'rsatish va mamlakatni himoya qilish darajasini ko'rsatib berdi[3].

2012-yildagi ma'lumotlarga ko'ra, AQSh yetakchiligida "Tolibon" jangarilariga qarshi harakatda Singapur, Mo'g'uliston, Tonga, Buyuk Britaniya, Germaniya, Italiya, Salvador kabi mamlakatlarning 120 mingdan ortiq harbiy kuchlari ishtirok etdi[2].

2015-yilgi holatga ko'ra NATO qo'shinlari joylashgan hudud mamlakatning 85% ini tashkil etadi. Reja asosiga ko'ra ittifoqning Afgonistondagi ustunligi quyidagilarni o'z ichiga oladi:

- Afg'on hukumatiga mamlakatning barcha hududida nazorat o'rnatishda ko'mak berish;

- Ittifoq qo'shinlarining tartib va xavsizlikni o'rnatish majburiyatini olgan hududlarda Afg'on harbiy strukturasi bilan birga ish olib borish;

- Afg'on miliy armiyasini qo'llab quvvatlash va jangga bo'lgan shaylikni kuchaytirish;

- Afg'on hukumatining noqonuniy qismlarini qurolsizlantirishga qaratilgan dasturni qo'llb-quvvatlash va boshqalar[7, B.151-152].

Afg'onistondagi Ittifoq kuchlarining faoliyat muddati 2003-yil avgustidan 2014-yil dekabrigacha ekanligi ma'lum qilingan va bu davr oralig'ida NATO va ISAF qo'shinlari tarkibida 51 davlatdan 130 ming harbiylar qatnashdi. Xalqaro xavsizlik kuchlari tarkibidagi ko'pchilik davlatlar o'z askarlarini belgilangan muddatda mamlakatdan olib chiqib ketgan bo'lsada, Afg'onistondagi murakkab vaziyatni hisobga olgan holda hamda Afg'on milliy armiyasini shakillantirishni oxiriga yetkazish uchun 2017-yilgacha AQSh va unga ittifoqchi bir necha davlat qo'shinlari qolishi ma'lum qilingan edi. 2018-yilda esa NATO rahbari Yyens Stoltenberg alyansning nojangovar missiyasi sonini 18 mingga yetkazishini aytib o'tgandi. NATOning "Qat'iy ko'mak" missiyasi Afg'onistonda 2015-yil 1-yanvardan beri faoliyat yuritib kelmoqda edi. NATO va Afg'oniston o'rtasidagi kelishuvga ko'ra, 2018-yil boshlarida Afg'onistonda NATOning 12 mingga yaqin harbiysi bor bo'lib, ularning vazifalariga Afg'oniston kuch tuzilmalarini o'qitish va ularga maslahat berish kiritilgan. Missiya nojangovar deb e'lon qilingan[8]. Ammo hozirgi kunda ham ushbu kuch tuzulmalari Afg'onistonda qolib, afg'on harbiylarini o'qitish va maslahat berishda davom etmoqda. AQSh prezidenti Donald Tramp kuni kecha Afg'oniston va Iroqdagi harbiylarni keskin qisqartirishini aytib o'tdi. Xususan, 2021-yil yanvar oyining o'rtalariga kelib Afg'onistondagi AQSh qo'shinlarining sonini 4500 nafardan 2500 nafargacha kamaytirmoqchi ekanligi haqda Pentagon ma'lum qildi. Mudofaa vaziri vazifasini bajaruvchi Kristofer Millerning so'zlariga ko'ra, ushbu rejalar 15 -

yanvaga qadar amalga oshiriladi. Biroq, president Donald Trampning qarori AQShning NATO bo'yicha ittifoqdoshlari, shuningdek, Kongressdagi yuqori darajadagi respublikachilar va demokratlarning tanqidiga sabab bo'ldi. Ularning fikriga ko'ra, ushbu harakat Tolibon bilan tinchlik muzokaralari jarayoniga salbiy ta'sir ko'rsatishini ta'kidlamoqdalar[9].

XULOSA

Xulosa qilib aytishimiz mumkinki, o'tgan vaqt davomida ISAF va NATO harbiy kuchlarining Afg'onistondagi harbiy harakatlari natijasida mamlakatda va butun dunyoga xavf solib turgan "Al-Qoida" diniy ekstremistik tashkilotini kuchsizlantirib, uning rahnamolarini yo'q qilishga erisha olgan bo'lsada, ammo doimiy markaziy hokimyatga intiluvchi "Tolibon" harakati rejimiga to'liq barham bera olmadi, hatto oxirgi yillarda ushbu harakat yanada faollashib, ma' lum yutuqlarga ham erishganligini guvohiga aylanmoqdamiz. Bunga misol sifatida dunyoning turli mintaqalarida Afg'onistondagi mavjud vaziyatni tartibga solish va hal etish maqsadida ulardan vakillar taklif etilib, tinchlik kelishuviga erishishga harakat qilmoqdalar. Xususan, oxirgi Qatar poytaxti Doxadagi kelishuv ular uchun ancha foydali bo'lganligini hamda dunyo hamjamiyati ushbu harakatni terroristik aktlarni amalga oshiruvchi harakat rejimidan ko'ra rasmiy hokimyatga intiluvchi harakat sifatida qabul qilayotganini ko'rishimiz mumkin. Xalqaro harbiy kuchlarning Afg'onistondagi faoliyatining eng samarali jihati harbiy harakatlardan so'ng, mamlakatda rasmiy hukumatning shakllanishi uchun imkoniyat yaratib berildi va bu jarayon uchun butun dunyo hamjamiyati o'z e'tiborini qaratdi, mamlakatda xalq hayoti va turmush tarzini yaxshilash hamda iqtisodiyotni tiklash uchun donar davlatlar jalb qilindi, shuningdek, Afg'on milliy armiyasi va politsiyasini shakllantirishda muhim o'rin egalladi.

REFERENCES

1. Karimov I.A. Security and stability in a lump sum. - Full 6. - T.: Uzbekistan, 1998.

- P.- 38. In the 21st century of Uzbekistan: a threat to security, conditions of stability and guarantees of progress. - T.: Uzbekistan, 1997. - P.- 12.

2. Civil War, which became an international war. October 7-the date of the beginning of the international military operation in Afghanistan. 07.10.2020. https://daryo.uz/2020/10/07/xalqaro-urushga-aylangan-fuqarolik-urushi-7-oktabr-afgonistonda-xalqaro-harbiy-operatsiya-boshlanga-sana/

3. ISAF's mission in Afghanistan (2001-2014). Last updated: 13 Jan. 2015.

4. Robb, Jonjo. Analysing NATO's Role in Afghanistan. // Aberystwyth University,

- Febral 8, 2015.

5. UK operations in Afghanistan // House of Commons Defence Select Committee. -London: The Stationary Office, 2007. - P. 72.

6. Korgun V. G. Withdrawal of US/NATO troops from Afghanistan: problems and challenges. Afghanistan and Pakistan: current state and prospects of development / / (based on the materials of the workshop held at the center for the study of the Middle East of the Russian Academy of Sciences on April 2, 2012). - Moscow, 2012. - P. 2133.

7. Sh.N. Nishonboyev. Report this website Activities of the Republic of Uzbekistan within the framework of international organizations in solving the problem of Afghanistan. // Historical processes of foreign Eastern countries and actual problems of their study. Collection of materials of scientific practical conference on the scale of the ministry (Tashkent 2015 29-th may). - P.- 151-155.

8. NATO increases the number of its troops in Afghanistan to 18 thousand. 15.03.2018. https ://kun.uz/uz/41444115 ?q=%2Fuz%2F41444115

9. The US wants to drastically reduce the number of troops in Afghanistan and Iraq. 18.11.2020. https://uzreport.news/world/aqsh-afg-oniston-va-iroqdagi-harbiylar-sonini-keskin-qisqartirmoqchi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.