Scientific Journal Impact Factor
MARKAZIY OSIYODA GEOMAFKURAVIY JARAYONLAR RIVOJLANISHINING AYRIM O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI
Ushbu maqolada bugungi kunda Markaziy Osiyodagi geomafkuraviy jarayonlarning rivojanishi holati, hususiyatlari va jarayonlarning qay yo'sinda kechayotgani va istiqbollarihaqida fikr mulohazalar, olimarning yondashuvlari va turli manbalardagi tahlillar keltirilgan. Shuningdek, bugungi davrdagi geomafkuraviy jarayonlarrivojlanishigata'sir qiluvchiomillar va bu sohadagi davlatlar o 'rtasidagi munosabatlarning o 'ziga xios jihatlari tadqiqi qilinadi. Maqola yakunida muallifning shxsiy nuqtai nazari va xulosalari keltiriladi.
Kalit so'zlar; geosiyosat, geomafkura, mafkura, mafkuraviy tizim, mafkuraviy jarayonlar, mafkuralar xilma-xilligi, strategiya.
SOME PECULIARITIES OF THE DEVELOPMENT OF GEO-IDEOLOGICAL PROCESSES IN CENTRAL ASIA
Avalova Gulshod Murodullaevna -
Senior Lecturer, Department of Social Sciences, TMI [email protected]
This article provides feedback on the current state of development, characteristics and prospects of geo-ideological processes in Central Asia, the scientist's approaches and analysis from various sources. It also examines the factors influencing the development of geo-ideological processes today and the specifics of the relationship between countries in this area. The article concludes with the author's personal views and conclusions.
Keywords; geopolitics, geo-ideology, ideology, ideological system, ideological processes, ideological diversity, strategy
Avalova Gulshod Murodullayevna
TMI "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi katta o'qituvchisi [email protected]
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
Scientific Journal Impact Factor
НЕКОТОРЫЕ ОСОБЕННОСТИ РАЗВИТИЯ ГЕОИДЕОЛОГИЧЕСКИХ ПРОЦЕССОВ В ЦЕНТРАЛЬНОЙ АЗИИ
В статье представлены отзывы о текущем состоянии развития, характеристиках и перспективах геоидеологических процессов в Центральной Азии, подходы и анализ ученых из различных источников. Также исследуются факторы, влияющие на развитие геоидеологических процессов сегодня, и особенности взаимоотношений между странами в этой сфере. Статья завершается личными взглядами и выводами автора.
Ключевые слова; геополитика, геоидеология, идеология, идеологическая система, идеологические процессы, идеологическое разнообразие, стратегия
Tarixan olib qaraydigan bo'lsak, Markaziy Osiyo ming yillardan beri ijtimoiy hayotning uyg'unigida yashayotgan xalqlar mintaqasi hisoblanadi. Bu hudud nafaqat tabiiy-geigrafik tuzilishi jihatidan qulay mintaqa, balki siyosiy-mafkuraviy nuqtai nazardan olib qaralganda ham dunyoning muhim nuqtalaridan biridir. Bu hududdagi davlatlar- O'zbekiston, Turkmaniston, Qozog'iston, Tojikiston, Qirg'izistondavlatlari o'rtasidagi amalga oshirilayotgan diplomatik munosabatlar bugungi kunda bu mintaqada geomafkuraviy jarayonlar yangi bosqichga ko'tarilayotanligiga guvohlik bradigan omildir. Aynan Markaziy Osiyo davlatlari o'rtasidagi geomafkuraviy munosabatlar va jarayonlarga, bugungi kunda bu mintaqa davlatlarining yaqin strategik hamkori bo'lgan Rossiya va Xitoy davatlari ham muhim ta'sir ko'rsatmoqda. Strategik hamkor davlatlardan biri bo'lgan yuqoridagi Xitoy xalq respublikasi tomonidan ilgari surilayotgan 3 ta qitada 60 ga yaqin davlatni hamkorlik uchun birlashtirishni nazarda tutuvchi "Bir makon-bir yo'l" loyihasi nafaqat iqtisodiy sohani balki ijtimoiy soha shu njumladan mafkuraviy, ta'limiy va boshqa sohalarni ham qamraboladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI
Markaziy Osiyo davlatlarining geomafkuraviy jarayonlarini boshqa bir mintaqadfagi bir nechta davlatlardagi bir-biriga o'xshash jihatlarini solishtirib
197
Авалова Гульшод Муродуллаевна -
Старший преподаватель кафедры социальных наук ТМИ
АННОТАЦИЯ
KIRISH
Scientific Journal Impact Factor
ko'radigan bo'lsak, Markaziy Osiyo davlatlarida umumiy o'xshashlik ko'zga tashlanadi. Albatta buning obektiv va subektiv sabablari bor. CHunki, birinchidan 90-yillarda mustaqillikka erishishdagi qiyinchiliklarni boshdan kechirish,O'z demokratik yo'lini tanlab olish va bu yo'lda bozor munosabatlarini o'rnatish, mustaqil davlat sifatida siyopsiy institutlarni shakllantirish, fuqarolarning ongi va tafakkurida mustabid tuzumdan qolgan sarqt g'oyalardan xalos qilish uchun miliy g'oya va mafkurani shakllantirish va uning ta'sirchan mexanizmlarini o'ylab toppish masalalari va muammolariga echim toppish - bu davlatlarning davr nuqtai nazaridan gardaniga tushgan o'sha davrning dolzarb masalalari bo'lgan. Demak, Markaziy Osiyoda mafkuraviy jarayonlar tushunchasi bu hududdagi davlatlarning ming yillardan beri sinalgan hamkorligi asosida tashllangan va davlatlar o'z fuqarolarini ongi va tafakkurini demokratik rivojlanishga tomon qaratayotgan bir davrdagi munosabatlarni ifodalab, o'ida mintaqa mamlakatlaridagi mafuraviy munosabatlarning umumiy o'ziga xos jihatlarini ifodalaydi[1].
Markaziy Osiyo davlatlari bitta mintaqada jolashgani uchun, bu davlatlarning o'zaro munosabati, xususan qo'shni davlatlarga bo'lgan munosabati va davlatlarning oldilariga qo'ygan maqsadlarining umumiyligi, mintaqadagi mamlakatlar o'rtasidagi bugun mavjud bo'lgan strategik sheriklik bilan bo'gliq loyihalar va dasturlar, ularni amalga oshirish, mamlakatlar o'rtasida munosabatlarda eng muhim geomafkuraviy maqsad bo'lgan mintaqani har tomonlamna rivojlantirish masalasi ustiga quri lgan. Albatta, Markaziy Osiyo mamlakatlari mafkuraviy munosabatlarining tutash nuqtalari juda ko'p, sababi, bir tomondan mintaqa davlatlari ko'p yillardan beri yaqin munosabatlarornatib yashab kelayotganligi bo'lsa, boshqa tomondab, bugungi dunyoda kechayotgan globallashuv jarayoni bu mamlakatlarni nafaqat uzoq mintaqalardagi davlatlar bilan bakli, eng avvalo ushbu umumiylik kasb etuvchi minaqa davlatlarini uyaqinlashtirib bormoqda. Ma'naviy, madaniy jihatdan, umumiy dinga egaligi, urf-odat an'ana va bayramlarining o'xshash va aynan bir xilo eanligi, ushbu xalqlarning paydo bo'lishi va rivojalnishida tarixiy ildizlarning birligibu davlatlarning yaqin munosabatlarining yana bir muhim omilidir.Ushbu yuqoridagi omillarning barcahsi Markaziy Osiyo mamlakatlarining g'oyaviy-mafkuraviy qarashlarida o'z o'rnini topgan va topib kelmoqda. SHuning uchun bu davlatlarning bir-birigayaqin qo'shnichilik munosabatida bo'lishi va bir-birlarini strategic sherik sifatida ko'rib barqaror munosabatlar tashkil etishi minrtaqadagi geomafkuraviy jarayonlarni tizimli tahlil etishga undaydi. Nima uchun geomafkuraviy jihatdan bir-biriga qarshi bo'lgan,bir-birini inkor qiladigan mafkuraviy qarashlarga mintaqa davlatlari siyosiy hayotida biz duch kelmaymiz. CHunki, mafkuraviy jightdan
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
davlatlar umuminsoniy qadriyatlar bilan bog'liq holsa, yaxshi qo'shnichilik taomili asosida tyashab kelayotganligi va tashqi siyosatda tinchlikni asosiy omil sifatida ko'rib, o'zaro aloqalar olib borayotganligi mintaqa davlarlarining barqarorligining ham asosiy sabablaridandir. Aynan, bugungi O'zbekiston taraqqiyotining yangi bosqichida Markaziy Osiyo mamlakatlari o'rtasidagi munosabatlardagi barqarorlikni ta'minlash tashqi siyosatimiz va va mamlakatimizning strategik rivojlanishida muhim ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Tarixiylik nuqtai nazaridan olibqaraydigan bo'lsak, bu yuqoriad keltirgan jarayonlarimiz tizimli ravihda o'sib borayotgani rivojlanib kelayotganini va bu munosabatlarni yaxslit birtizim sifatida oladigan bo'lsak uning elementlarining o'zar aloqadorligini ko'rishimiz mumkin.mintaqaning umumiy tarixi bizga mamlakatlarning geomafkuraviy jihatdan mushtarak nuqtalarini topib olishimizga bevosita yordam beradi. Mamlakatlarning bir-birlari bilan bo'lgan munosabatarda g'yaviyjihatdan mushtarak qarsh va ayni vaqtda yoshlar tarbiyasi siyosiy-huquqiy ongning o'stirish, mintaqaga xavf solib turgan xavfni tizimli yondashuv va hamkorlik asosida echim topish munosabatlarni bosh belgilovci nuqtasi sifatida tahlilo qilinadi. Globalizatsiyaning muhim tarkibiy qismi - regionalizatsiya uniorqaga qaytmaydigan jarayon ekanligini namoyish etmoqda. iqtisodiyot va savdo-sotiqni rivojlantirish maqsadini ko'zlagan mintaqaviy xalqaro tuzilmalar shakllanmoqda va rivojlanmokda.Bugungi kunda kapitallar va savdoning katta qismi bir nechayirik mintaqaviy integratsion tuzilmalar - EI, NAFTA, ASEAN va boshqalar qo'lida jamlangandir. Ular ko'p taraflamasiyosiy munosabatlarni rivojlantirish, xavfsizlik va boshqa sohalardagi hamkorlik masalalarini bahamjihat hal qilish uchun ham zamin yaratmoqdalar. Markaziy Osiyo mamlakatlari ham bu jarayondan chetda qolmasdan, o'z mintaqaviy tashkilotini rivojlantirishga harakat qilmoqdalar. SHu o'rinda bir savol tug'iladi: Markaziy Osiyo davlatlari jahonda ro'y berayotgan rivojlanish jarayonlarini qabul qilishga qay darajada tayyorlar? Markaziy Osiyo xalqlari globalizatsiya sohasida to'plagan tajribaning ildizlari uzoq o'tmishga borib taqaladi.
TADQIQOT METODOLOGIYASI
Hozirgi Markaziy Osiyo hududida qadimgi jahon dinlari - zardushtiylik va
buddizm vujudga kelgan. Hind sivilizatsiyasining vedalar madaniyati ham Markaziy
Osiyo xalqlari tarixida o'chmas iz qoldirgan. Movarounnahr (Amudaryo va Sirdaryo
oralig'idagi davlat) tarixan turli sivilizatsiyalar, madaniy megamintaqalar, jahon
dinlari o'zaro aloqa qilgan markaz, o'tmishda Yevrosiyoning asosiy transport, savdo
va kommunikatsiya tarmog'i - Buyuk ipak yo'lining markazi bo'lgan. U orqali
nafaqat uzluksiz tovar ayirboshlash, balki shu bilan birga bilimlar, g'oyalar, ma'naviy
199
Oriental Renaissance: Innovative, R VOLUME 1 | ISSUE 11
educational, natural and social sciences 0 ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor SJIF 2021: 5.423
kashfiyotlar bilan o'zaro boyitish ro'y bergan. Movarounnahr islom sivilizatsiyasining taraqqiy etishida ham olamshumul rol o'ynagan. Bu sivilizatsiyaning rivojlanish tarixida globalizatsiyaning hozirgi bosqichiga xos bo'lgan integratsiya jarayonlari kuzatilgan. Nafsilambrini aytganda, islom sivilizatsiyasi o'z ruhiga ko'ra doim global xususiyatga ega bo'lgan. Islom dini Atlantikadan Hind okeaniga qadar cho'zilgan ulkan hududda qaror topganidan so'ng bu erda umumiy qonun-qoidalar bilan tartibga solinadigan yagona iqtisodiy, savdo va madaniy-axborot maydoni vujudga kelgan.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Markaziy Osiyoning hozirgi davlatlari, shu jumladan O'zbekiston hududida joylashgan davlat tuzilmalari bu maydonda etakchi rol o'ynaganlar. Bu o'zining ulkan saltanati hududida savdo sohasida barcha to'siqlarni bartaraf etgan Amir Temur hamda Temuriylar sulolasi davrida ayniqsa yorqin namoyon bo'lgan. Temuriylar davrida Movarounnahr butun musulmon dunyosining umume'tirof etilgan ilmiy, madaniy va ma'naviy markaziga aylandi. Muntazam xalqaro muloqot va sivilizatsiyalararo aloqa xalq mentalitetining diniy bag'rikenglik, boshqa xalqlar va madaniyatlarning dunyoqarashi va erishgan yutuqlarini o'zlashtirishga tayyorlik kabi o'ziga xos jihatlari shakllanishiga ko'maklashdi. SHu nuqtai nazardan Markaziy Osiyo xalqlari keng xalqaro hamkorlikda, globalizatsiya jarayonlarida ishtirok etishga moyillik va alohida salohiyatga egadir. Lekin globalizatsiya jarayonlari jadallashgan davrda ular jahon hamjamiyatiga qo'shilishda bir qancha o'ziga xos qiyinchiliklarga duch keldilar. Markaziy Osiyoda yangi mustaqil davlatlar tashkil topishi va jahon xo'jalik aloqalariga ularning qo'shilishi globalizatsiya misli ko'rilmagan sur'at kasb etgan paytda ro'y berdi. Bu holat jamiyat va iqtisodiyot hayot faoliyati institutlari nisbatan barqaror bo'lgan boshqa mamlakatlar uchun ham jiddiy muammolar tug'dirdi. Boz ustiga, mintaqa davlatlari iqtisodiy munosabatlarning mutlaqo yangi prinsiplariga moslashishlariga to'g'ri keldi. Oldin yo'lga qo'yilgan xo'jalik aloqalarining uzilishi bu davlatlarni bir-biri va boshqa davlatlar bilan tashqi aloqalarni jahon bozoridagi keskin raqobat sharoitlarida butunlay boshidan o'rnatishga majbur qildi. Markaziy Osiyo yangi davlatlarining jahon iqtisodiyotiga qo'shilishini ular mustaqillikni qo'lga kiritgan paytdagi noqulay iqtisodiy shart-sharoitlar ham ancha qiyinlashtirdi. Markaziy Osiyodagi sobiq sovet respublikalari umumittifoq xo'jalik kompleksiga ayniqsa uzviy bog'langan va jahon iqtisodiyotiga kamroq darajada ochiq edi SHunday qilib, Evrosiyoning markazida, Z.Bjezinskiy ta'biri bilan aytganda, «beqarorlik yoyi»da dunyo miqyosidagi olamshumul
o'zgarishlar davrida vujudga kelgan mintaqa mamlakatlari o'z mustaqil taraqqiyot
200
Scientific Journal Impact Factor
yo'lining dastlabki bosqichida katta sinovlardan o'tishlariga to'g'ri keldi[3]. Globalizatsiya talablariga javob berish uchun ular bir paytning o'zida uch muhim ichki vazifani hal qilishlari - o'z davlatchiligini barpo etishlari, mustabid ijtimoiy tizim o'rniga dunyoviy demokratiya qurishlari, buyruqbozlikka asoslangan iqtisodiyot o'rnida bozor iqtisodiyotini shakllantirishlari lozim edi. Mohiyatan inqilobiy bo'lgan bu tub o'zgarishlar bosqichidan Markaziy Osiyoning barcha davlatlari ham shikastsiz o'ta olmadi. Lekin XXI boshiga kelib ularning barchasi jahon miqyosidagi jarayonlarda o'z o'rnini izlayotgan mustaqil davlatlar sifatida qaror topdi. Mintaqaviy integratsiyaning va jahon iqtisodiy jarayonlarida yanada faolroq ishtirok etishning zarurligi Markaziy Osiyo mamlakatlarida umumiy e'tirof etilgan. Lekin bunga bir qancha muhim omillar monelik qilib turibdi. Ularning asosiysi - Markaziy Osiyoning geografik jihatdan berkligi, ya'ni anklavligidir. Markaziy Osiyo mintaqasi mamlakatlari mustaqillikka erishganidan so'ng, o'z yo'lini tanlab olish va bu yo'lni tanlashda mintaqa xususiyatalridan kelib chiqib, rivojlanish strategiyasini belgilash masalash bu davlatlarning umumiy jihatdan oldida turgan asosiy, dolzarb masala edi. Mamlakatni rivojalntirish bilan bog'liq yondashuvlarni o'sha yani yangi mustaqillikka erishilgan davr nuqtai nazaridan taxlil qilsak mushtarak va tutash nuqtalarning ko'pligini ko'ramiz. Mafkuraviy jihardan mamlakatlarning bir-biridan keskin farqi va bu jarayondagi destrkutivjihatlari bor holatlar mamlakatlar mafkuraviy jarayonlarida ko'zga tashlanmaydi. Bu mamlakatlarning umumiy maqsad sari etaklovchi, umumiy qarashlarning tizimli tahlil qilish Markaziy osiyo mamlakatlarini tizimli rivojlanishida xizmat qiladi. Mamlakatlarning o'zaro munosabatlari, yaqin qo'shnichilik aloqalari, barcha sohadagi o'zaromuloqot o'z navbatida bu mintaqa davlatarining geomafkuraviy munosabatlari , aloqalari va jarayonlarini tizim sifatida o'rganish zaruriyatini keltirib chiqaradi[4]. Markaziy Osiyoning barcha davlatlari bilan umumiy chegaraga ega O'zbekiston, shubhasiz, mintaqani barqarorlik, izchil taraqqiyot va yaxshi qo'shnichilik hududiga aylantirishdan manfaatdor.
Mamlakatimiz taraqqiyotining chegaralarimiz xavfsizligidan tortib suv resurslarini oqilona taqsimlashgacha bo'lgan barcha muhim hayotiy masalalarini hal etish mintaqamiz bilan chambarchas bog'liq. Iqtisodiy jihatdan taraqqiy etgan, xavfsizligi ta'minlangan Markaziy Osiyo O'zbekiston uchun eng asosiy maqsaddir. Transport-kommunikatsiya va energetika sohalaridagi yirik mintaqaviy loyihalarni qo'shni mamlakatlar bilan faol hamkorlik qilmasdan, ularning yuksak darajada integratsiyalashuvini ta'minlamasdan amalga oshirib bo'lmaydi. Bundan tashqari, Markaziy Osiyo nafaqat geografik va geosiyosiy, balki qadriyatlari
Scientific Journal Impact Factor
mushtarak yagona madaniy makondir. Mintaqada istiqomat qilayotgan xalqlarni umumiy ma'naviy qadriyatlar va o'tmish, o'xshash milliy an'ana va urf-odatlar, asrlar davomida shakllangan mentalitet birlashtirib turadi. Ushbu mushtaraklik mintaqaviy hamkorlik uchun mustahkam va ishonchli poydevordir. O'zbekiston rahbariyatining umumiy rivojlanish va taraqqiyot yo'lida Markaziy Osiyoning barcha mamlakatlarini o'zaro yaqinlashtirishga qaratilgan tashabbuslari BMTning asosiy maqsad va vazifalariga hamohang ekanini qayd etish lozim. BMT Bosh kotibi A.Guterrishning 2017-yil iyun oyida Markaziy Osiyoga tashrifi tashkilot mintaqadagi hamkorlikni qo'llab-quvvatlayotganining yaqqol ifodasi bo'ldi. SHu bilan birga, BMT rezident-koordinatori, BMT Taraqqiyot dasturining mamlakatimizdagi doimiy vakili X.Freyzer O'zbekistonda qabul qilingan 2017-2021-yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi va unga muvofiq qo'shni mamlakatlar bilan aloqalarni mustahkamlash bo'yicha amalga oshirilayotgan tashqi siyosat kelgusida nafaqat O'zbekistonning, balki butun Markaziy Osiyoning yanada farovonlashuvi va barqaror rivojlanishining kafolati ekanini ta'kidladi. SHu munosabat bilan BMT O'zbekistonning mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlash yo'lidagi sa'y-harakatlarini to'liq qo'llab-quvvatlaydi. EXHTning Toshkent shahridagi loyihalari koordinatori vazifasini bajaruvchi X.Im ta'kidlaganidek, Markaziy Osiyo mamlakatlari va diplomatik korpusning yuqori martabali vakillari ishtirok etgani xalqaro hamjamiyatda rasmiy Toshkentning Markaziy Osiyoda o'zaro hamkorlikni mustahkamlash bo'yicha olib borayotgan mintaqaviy siyosatiga qiziqish ortib borayotganidan dalolat beradi. Hozirgi vaqtda, asosiy e'tibor O'zbekistonning yangi mintaqaviy siyosati Markaziy Osiyodagi siyosiy muhitni tubdan o'zgartirish, samarali mintaqaviy hamkorlik uchun mustahkam asos yaratganiga qaratilmoqda.
Xulosa qilib aytganda, Markzaiy Osiyo dunyoning muhim geostrategik nuqtalaridan biri hisoblanadi va bu yerdagi geosiyosiy jarayonlar zamonaviy davrda dunyo siyosiy manzarasida katta ahamiyatga ega bo'lib bormoqda. Bu bir tomondan Markaziy Osiyo mamlakatlarining iqtisodiy jihatdan rivojlanib borayotganligi bilan bog'liq bo'lsa yana boshqa tomondan bu hududdagi davlatlarning dunyo siyosiy, madaniy m va boshqa sohalarda dunyoga tobora integratsiyalashib borayotgani bilan bog'liq. Aymam Markaziy Osiyo davlatlari ichidagi O'zbekistondaham geomafkuraviy jarayonlarning rivojlanishi va taraqqiy etib borishida barqarorlik kuzatilmoqda va bu barqarorlik mamlakatimizni taraqqiyotiing yagi bochiga chiqib olishida xizmat qiladi.
XULOSA
Scientific Journal Impact Factor
REFERENCES
1. Safoev S. Markaziy Osiyodagi geosiyosat, - T .: 2005, 41-b
2. Safoev S. Markaziy Osiyodagi geosiyosat, - T .: 2005, 47-b
3. Нартов.Н.А, Геополитика, -М.: Унити 2000, 45-стр
4. Мухаев.Р.Р, Основу политологии, -М.: Дрофа , 1996, 17-стр
5. Khujanova T. Special proficiency-the provision of youth protection //Scientific researches for development future. - 2019. - С. 50-52.
https://tsue.scienceweb.uz/index.php/archive/article/download/3901/2989/#page=51
6. Khujanova T. Problems of perfect protection of the younggeneration in globalization processes //Science and practice: a new level of integration in the modern world. - 2019. - С. 15-18.
7. ugli Sapayev V. O. et al. THE ACTUALITY OF IMPROVEMENT IN RURAL SOCIAL STANDARD OF LIVING IN UZBEKISTAN //Scientific Bulletin of Namangan State University. - 2020. - Т. 2. - №. 11. - С. 147-151.
8. Sardor K., Valisher S. INSON ONGI MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA //Academic research in educational sciences. - 2020. - №. 4.
9. Kutlimurodov S., Sapayev V. INSON ONGI-MILLIY G'OYA TIZIMI ELEMENTI SIFATIDA.
10. V Sapaev, A Madrakhimov, The transformation of social conciousness and intelligence of rural population on social life of Uzbekistan, Norwegian Journal of Development of the International Science, 54-56.