Научная статья на тему '“O„ZBЕKISTON – 2030” STRATЕGIYASINING RЕSPUBLIKA TA‟LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI AHAMIYATI'

“O„ZBЕKISTON – 2030” STRATЕGIYASINING RЕSPUBLIKA TA‟LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

3
4
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“O'zbekiston – 2030” strategiyasi / islohotlar / ta'lim tizimi / sport / tadbirkorlik va biznes / moddiy rag'batlantirish / “Besh tashabbus olimpiadasi” / “Ibrat farzandlari” / “Zakovat” / “Ustoz” va “Qizlar akademiyasi” platformalari.

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Muxabbat Samandarovna Xamidova

Mazkur maqola “O'zbekiston – 2030” strategiyasining mamlakatimizda mavjud ta'lim tizimini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berishga qaratilgan. Maqolada, “O'zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo'llabquvvatlash yili”da amalga oshirishga oid masalalar, xususan, axborot texnologiyalari dasturchilarini tayyorlash, chet tillarni o'qitishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy qilish, kam ta'minlangan oilalar farzandlarini kasb-hunarga yo'naltirish, yoshlar o'rtasida fan olmpiadalari, musobaqalarni uyushtirish, yangi zamonaviy ta'lim muassasalari va platformalarini ishga tushirishga qaratilgan chora-tadbirlarning huquqiy asoslari sharhlab berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“O„ZBЕKISTON – 2030” STRATЕGIYASINING RЕSPUBLIKA TA‟LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI AHAMIYATI»

Tashkent State University of Economics

"O'ZBEKISTON - 2030" STRATEGIYASINING RESPUBLIKA TA'LIM TIZIMINI TAKOMILLASHTIRISHDAGI AHAMIYATI

Muxabbat Samandarovna Xamidova

O'zbekiston Milliy universiteti professori v.b., t.f.d.

ANNOTATSIYA

Mazkur maqola "O'zbekiston - 2030" strategiyasining mamlakatimizda mavjud ta'lim tizimini rivojlantirishdagi ahamiyatini ochib berishga qaratilgan. Maqolada, "O'zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid masalalar, xususan, axborot texnologiyalari dasturchilarini tayyorlash, chet tillarni o'qitishning zamonaviy usullarini amaliyotga joriy qilish, kam ta'minlangan oilalar farzandlarini kasb-hunarga yo'naltirish, yoshlar o'rtasida fan olmpiadalari, musobaqalarni uyushtirish, yangi zamonaviy ta'lim muassasalari va platformalarini ishga tushirishga qaratilgan chora-tadbirlarning huquqiy asoslari sharhlab berilgan.

Kalit so'zlar: "O'zbekiston - 2030" strategiyasi, islohotlar, ta'lim tizimi, sport, tadbirkorlik va biznes, moddiy rag'batlantirish, "Besh tashabbus olimpiadasi", "Ibrat farzandlari", "Zakovat", "Ustoz" va "Qizlar akademiyasi" platformalari.

Mustaqillik yillarida O'zbekiston Respublikasida davlat boshqaruv tizimi va jamiyatning barcha sohalarida tub islohotlar o'tkazildi. Hukumat tomonidan alohida e'tibor qaratilgan sohalardan biri ta'lim tizimi bo'lib, bu borada qator tadbirlar bosqichma-bosqich amalga oshirildi. Istiqlolning dastlabki yillaridayoq qabul qilingan "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni hamda uning asosida amaliyotga joriy etilgan "Kadrlar tayyorlash davlat Dasturi"ning bosqichma-bosqich amalga oshirilishi, bu borada olib borilgan tizimli chora-tadbirlar natijasida jamiyatning turli sohalarida kuzatilgan yutuq va kamchiliklar shular jumlasidandir [12]. Ushbu chora-tadbirlarni davom ettirish, sohalar rivojini jadallashtirish maqsadida qabul qilingan Prezident farmonlari va hukumat qarorlari fikrimizga dalil bo'ladi.

Ma'lumki, ta'lim sohasida amalga oshirilayotgan amaliy tadbirlar turli sohalar rivojini jadallashtirishda muhim ahamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan holda, mamlakatimizda so'nggi yillarda yoshlarni jahon standartlari darajasida o'qitish, bu borada mavjud kamchiliklarni bartaraf etish maqsadida bir qator chora-tadbirlarni amalga oshirish davom etmoqda. O'zbekiston Respublikasi "Ta'lim to'g'risida"gi Qonunining xalq muhokamasiga qo'yilgani, uning bildirilgan taklif hamda

37

https://tsue.uz/

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

mulohazalarni e'tiborga olgan holda yangi tahrirda qayta qabul qilingani, 2023 yilda "O'zbekiston - 2030" strategiyasining ishlab chiqilishi, shu qonun hujjatlari doirasida yangi chora-tadbirlarning amaliyotga tadbiq etilayotgani shular jumlasidandir[3-5]. 2024 yil "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili", deb e'lon qilinishi ham mamlakatimizda ta'lim tizimida amalga oshirilayotgan tadbirlarni yanada keng ko'lamda qayta ko'rib chiqilishiga sabab bo'ldi.

Shu munosabat bilan, O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston -2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi" to'g'risidagi PF-37-sonli Farmoni yuqorida tilga olingan masalalar rivojini ta'minlashda katta ahamiyatga egadir[6]. "O'zbekiston -2030" strategiyasida belgilangan keng ko'lamli islohotlar 2024 yilda amalga oshirishi, xalqimizning kundalik hayotida ijobiy o'zgarishlarga erishishi bo'yicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirishga bag'ishlangani bilan muhimdir. Farmonda respublika ta'lim tizimini takomillashtirish, xususan, mavjud imkoniyatlardan foydalangan holda yangi o'quv maskanlari, o'quv markazlarini tashkil etish, ta'lim tizimini jahon standartlariga moslashtirish, yoshlar o'rtasida turli xil musobaqalar uyushtirish va hatto dam olish maskanlarida ham ta'lim olishni yo'lga qo'yish asnosida aholining kam ta'minlangan qismini ijtimoiy himoya qilishga alohida e'tibor qaratilgan.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi" to'g'risidagi PF-37-sonli Farmonda keltirilishicha, 2024 yil 1 martdan boshlab alohida ishlash talab etiladigan, shuningdek, iste'dodli va iqtidorli yoshlar mahallalarda yoshlar bilan ishlash masalalarini muvofiqlashtirish bo'yicha respublika komissiyasi qarori bilan "Yoshlar balansi" asosida vazirlik va idoralar, mahalliy ijro etuvchi hokimiyat organlari, davlat ishtirokidagi korxona va tashkilotlar hamda oliy ta'lim tashkilotlari rahbarlariga biriktirilgan. Unda, mazkur rahbarlar har oyda kamida bir marotaba o'zlariga biriktirilgan yoshlar bilan uchrashib, ularning muammolarini hal qilish va salohiyatini yuzaga chiqarish, ularni talab yuqori bo'lgan kasb-hunarga o'qitish orqali bandligini ta'minlashi, huquqiy ongi va madaniyatini yuksaltirishga har tomonlama ko'maklashib borishi bilan bog'liq amaliy choralar ko'rilishi ta'kidlab o'tilgan.

Farmonda alohida ko'rsatib o'tilgan masalalardan yana biri, yoshlarning salohiyati, iste'dodi va tashabbuslarini to'laqonli ro'yobga chiqarish maqsadida "Besh tashabbus olimpiadasi" doirasida mahalla, ta'lim muassasalari, korxona va tashkilotlar tizimida mukofot jamg'armasi 600 million so'm miqdorida bo'lgan xorijiy tillar "Ibrat farzandlari" bo'yicha tanlovlar, kibersport musobaqalari va

38

https://tsue.uz/

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

"Zakovat" intellektual o'yinlari yuqori saviyada tashkil etilishiga e'tibor qaratilganidir.

Hozirgi kunda nafaqat respublikamiz, balki butun dunyoda keng ommalashgan va zamon talabi ortib borayotgan sohalardan biri bu - axborot texnologiyalari sohasidir. Farmonda mazkur soha mutaxassislarini rag'batlantirish hamda yoshlar o'rtasida shu kasbga bo'lgan qiziqishni yanada kuchaytirish maqsadida "Har bir mahalladan ikki nafar dasturchi" dasturining ilgari surilgan. Ushbu bandning bajarilishida respublikamizda istiqomat qilayotgan aholining kam ta'minlangan qismi, imkoniyati cheklangan oilalarda tarbiyalanayotgan yoshlarni o'qiti sh, moddiy hamda ma'naviy rag'batlantirish, ularni talab katta bo'lgan sohalarga yo'naltirish hamda ta'lim harajatlarini davlat budjetidan qoplab berilishiga alohida e'tibor qaratilgan. Buning natijasida hozirda mahallalarda yoshlar yetakchilari tomonidan mahalla faollari ishtirokida axborot texnologiyalari va kompyuter dasturlash sohasiga qiziquvchi yoshlar aniqlanib, ularni ingliz va boshqa xorijiy tillarga o'qitish hamda sertifikatlar olishini tashkil etish, sertifikat olgan yoshlar to'g'risida ma'lumotlarni Raqamli texnologiyalar vazirligining maxsus axborot tizimiga kiritib borishni amaliyotga joriy qilish ishlari boshlab yuborildi. Shuningdek, Raqamli texnologiyalar vazirligi, Kambag'allikni qisqartirish va bandlik vazirligi tomonidan maxsus axborot tizimiga kiritilgan yoshlarni IT sohasida faoliyat yuritayotgan tashkilotlarga yo'naltirish va ishga joylashtirishga ko'maklashish choralari ko'rilishi belgilandi[6].

Mazkur Farmon asosida qabul qilingan "O'zbekiston - 2030" strategiyasi dasturda, "Yoshlar daftari" jamg'armasi mablag'larini yoshlarni chet tillar va kasb-hunarga o'qitish maqsadlariga yo'naltirish, ularni zamonaviy kasblarga o'qitish bo'yicha "Ustoz" maxsus platformasini ishga tushirish, dastlabki bosqichda mazkur platforma orqali 250 ming nafar yoshlarni qamrab olish rejalashtirilgan. Shuningdek, yosh xotin-qizlarni tadbirkorlik, marketing, grafik-dizayn kabi zamonaviy kasblarga o'rgatish uchun "Qizlar akademiyasi" platformasi ishga tushirish, bu orqali ular uchun turli tanlov, loyihalar, o'quv oromgohlari, stajirovkalar tashkil etish masalasi alohida e'tibor qaratilgan. Dastur doirasida 7500 nafar yoshlarning zamonaviy kasblarga o'qitilishi hamda xalqaro imtihon tizimlarida chet tillari bo'yicha yuqori ball olgan 6 ming nafar yoshlarning imtihon xarajatlari qoplab berilishi rejalashtirilgan. Mazkur chora-tadbirlarni amalga oshirishda kam ta'minlangan va imkoniyati cheklangan oilalar farzandlariga imtiyoz berishga alohida e'tibor qaratilgan.

Bundan tashqari, dasturda Respublikamizda faoliyat olib borayotgan Prezident va ixtisoslashtirilgan maktablarga o'quvchilarni tanlab olish masalasiga doir bandlar

39

https://tsue.uz/

^_17-aprel,_2024_

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

Tashkent State University of Economics

ham o'rin olgan bo'lib, unga ko'ra tanlov tizimi qo'shimcha 1000 ta umumiy o'rta ta'lim muassasalarida joriy qilinishiga ko'rsatma berilgan. Shuningdek, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'qitiladigan fanlar amaliy mashg'ulotlari ulushini 60 foizgacha oshirish masalasi ilgari surilgan bo'lib, bu o'quvchilarni ta'lim olishdagi faolliklarini oshirishda muhimdir.

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlab o'tish joizki, "O'zbekiston - 2030" strategiyasi "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"ni amalga oshirishga oid davlat dasturi" to'g'risidagi PF-37-sonli Farmoni bugungi kunda respublikamizda mavjud ta'lim tizimini takomillashtirish, sport va tadbirkorlik sohalarini rivojlantirish borasida amalga oshirilishi zarur bo'lgan chora-tadbirlarni kechiktirmay bajarilishini ta'minlab beruvchi huquqiy-me'yoriy hujjatdir. Mazkur Farmonda keltirilgan masalalarning bajarilishi bo'yicha qat'iy sanalar belgilangani, mas'ullar tayinlangani hamda hukumat tomonidan qat'iy nazoratga olingani tegishli sohalarda ijobiy natija berishining kafolati ta'minlanganidan dalolat beradi.

REFERENCES

1. "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. O'RQ-XII-636-son. 02.07.1992.

2. Kadrlar tayyorlash Milliy dasturi. 463-I-son. 29.08.1997.

3. "Ta'lim to'g'risida"gi O'zbekiston Respublikasi Qonuni. O'RQ-637-son. 23.09.2020.

4. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risida"gi Farmoni. PF-158-son. 11.09.2023 y.

5. "O'zbekiston - 2030" strategiyasi. O'zR. PF-158-son Farmoniga 1-ilova. 11.09.2023 y.

6. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining "O'zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili"da amalga oshirishga oid davlat dasturi" to'g'risida"gi Farmoni. PF-37-son. 21.02.2024.

40

https://tsue.uz/

17-aprel, 2024

Respublika ilmiy-amaliy konferensiyasi

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.