Научная статья на тему '“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASINI “YОSHLAR VA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YILI” DAVLAT DASTURIDA TA’LIM ISLOHATLARI'

“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASINI “YОSHLAR VA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YILI” DAVLAT DASTURIDA TA’LIM ISLOHATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

25
11
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“O‘zbekiston – 2030” strategiyasi / “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” / Ta’lim tizimi islohatlari

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Alisher Keldiyevich Qodirov

“O‘zbekiston – 2030” strategiyasini “Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” da amalga oshirishga oid davlat dasturida ta’lim sohasida inson salohiyatini ro‘yobga chiqarishga qaratilgan ustuvor vazifalar, ularning mazmun-mohiyati, partiyaning nuqtai nazari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“O‘ZBEKISTON – 2030” STRATEGIYASINI “YОSHLAR VA BIZNESNI QO‘LLAB-QUVVATLASH YILI” DAVLAT DASTURIDA TA’LIM ISLOHATLARI»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

"O'ZBEKISTON - 2030" STRATEGIYASINI "YOSHLAR VA BIZNESNI

QO„LLAB-QUVVATLASH YILI" DAVLAT DASTURIDA TA'LIM

ISLOHATLARI

Alisher Keldiyevich Qodirov

O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi Markaziy kengashi raisi, pedagogika fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD)

ANNOTATSIYA

"O'zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" da amalga oshirishga oid davlat dasturida ta'lim sohasida inson salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan ustuvor vazifalar, ulaming mazmun-mohiyati, partiyaning nuqtai nazari yoritilgan.

Kalit so'zlar: "O'zbekiston - 2030" strategiyasi, "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili", Ta'lim tizimi islohatlari.

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohatlar ruhi xalqimizning kundalik hayotida ijobiy o'zgarishlarga erishish bo'yicha tizimli harakatlarni izchil davom ettirishni nazarda tutadi. "O'zbekiston - 2030" strategiyasini "YOshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" da amalga oshirishga oid davlat dasturida ham inson salohiyatini ro'yobga chiqarishga qaratilgan ustuvor vazifalariga alohida urg'u berilgan.

Albatta, mamlakatimizda myehnat resurslariga boy inson kapitaliga berilayotgan e'tibor, bu salohiyatdan inson va jamiyat rivoji, uning taraqqiyotiga yo'naltirish dolzarb vazifalarimizdan hisoblanadi.

Davlat dasturining e'tiborli jihati, unda oldingi davrlarda bo'lganidek umumiylikdan voz kechilgani, har bir vazifa, har bir band manzilli ahamiyat kasb etganligidir.

Ta'kidlash lozimki, ta'lim sohasidagi islohatlarda faol ishtirok ishtirok etib kelayotgan O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasi mazkur jarayonga "Inson o'zgarsa - jamiyat o'zgaradi" tamoyili asosida yondoshib kelmoqda.

Aynan, ta'lim va tarbiya inson salohiyatini ro'yobga chiqarishning asosi, yuqori malakali kadrlar tayyorlash uchun zamin sifatida e'tirof etish maqsadga muvofiqdir. Bugungi kunda mamlakatimizda 30 792 ta maktabgacha ta'lim tashkiloti, 10 284 tadan ortiq umumta'lim va ixtisoslashtirilgan maktablari hamda 200 tadan ortiq oliy ta'lim muassasalari faoliyati yo'lga qo'yilgan.

17-aprel, 2024

6

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

"YOshlar va biznesni qo'llab-quwatlash yili" da maktabgacha ta'limga bolalar qamrovini 76 foizga yetkazilishi rejalashtirilgan. Yana bir muhim jihati 6 yoshli bolalarni maktabga tayyorlashning qamrov darajasini 96 foizga yetkazilishi belgilangan. Besh-olti yil burun bog'chalarga qamrov 23-24 foizdan ko'rilayotgan sa'y-harakatlar evaziga 2023 yil oxirida 70 foizga yetkazildi. O'sishning shu tarzda davom etishi 2030 yilga borib bog'cha yoshidagi bolalarni maktabgacha ta'limga to'liq qamrab olish imkoniyatini yaratadi.

Ta'kidlash lozimki, davlatning ta'lim va tarbiya sohasidagi bosh maqsadi faqat bolalarni qamrab olish emas, balki ta'limning barcha bo'g'inlarida sifatli ta'lim va tarbiya tizimini yaratishdir. Bu ta'lim sohasida xususiy sektorning ulushini kuchaytirish orqali erishiladi.

Dasturda qariyb 1400 ta davlat-xususiy sheriklik asosidagi va oilaviy maktabgacha ta'lim tashkilotlari tashkil etilishi belgilab berilgan. Xususiy bog'chalarning ko'payishi raqobat muhitining yaratilishida muhim omil hisoblanadi. Raqobat esa tarbiya va ta'lim sifatiga ijobiy ta'sir etishi tabiiy holdir.

Xususiy sektorning ulushini umumiy o'rta, oliy ta'limda ham oshirish rejalari belgilanganligini ta'kidlab o'tish zarur. Aytaylik, umumiy o'rta ta'limni rivojlantirish uchun xususiy sektorni keng jalb etish doirasida joriy yil oxirigacha nodavlat umumta'lim tashkilotlari sonini 470 taga yetkazish rejalashtirilgan bo'lsa, nodavlat va respublikada faoliyat olib borayotgan xorijiy oliy ta'lim tashkilotlarida davlat grantlari bo'yicha kadrlar tayyorlash o'rnini 1200 taga yetkazish, ya'ni amaldagidan 20 foizga oshirish ko'zda tutilmoqda.

Davlat dasturining yana bir e'tiborli jihati - umumiiy o'rta ta'lim tizimida "Ta'lim uchun qulay muhit" dasturini amalga oshirish doirasida yil yakuniga qadar 518 ta maktab rekonstruksiya qilinishi, 30 ta yangi maktab qurilishi rejalashtirilgan.

Umumta'lim maktablaridagi 2 200 dona ma'nan eskirgan kompyuter sinflari yangilanadi, o'quv-laboratoriya xonalarini zarur o'quv jihozlari bilan ta'minlash darajasi oshiriladi, birlamchi sport jihozlari va milliy cholg'u asboblari bilan ta'minlash choralari ko'riladi.

Biz uchun davlat dasturining yana bir e'tiborli jihati shundan iboratki, umumiy o'rta ta'lim muassasalarida o'quvchilarni umuminsoniy va milliy qadriyatlar, vatanparvarlik ruhida tarbiyalashga urg'u berilmoqda. Xususan, 131 nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, o'qituvchi metodika kitoblari yaratiladi.

Bolalarda kommunikativ ko'nikmalar, tanqidiy va kreativ fikrlash, hamkorlikda ishlash, tadqiqotchilik qobiliyatlarini rivojlantirishga qaratilgan "soft skila" ko'nikmalarining maktab ta'lim tizimiga kirib kelishiga qaratilgan sa'y-

17-aprel, 2024

7

Tashkent State University of Economics

O'zbekiston - 2030 strategiyasi: inson salohiyatini ro'yobga chiqarish imkoniyatlari Uzbekistan - 2030 Strategy: Opportunities to Realize Human Potential

harakatlarni faqat va faqat qo'llab-quvvatlaymiz. Shunday ta'lim-tarbiya topgan bolalargina mamlakatimiz kelajagi, ishonchi va olg'a yurituvchi kuchi bo'lib yetishadi.

Dasturda pedagog kadrlarning maqomini oshirish, ularning bilimi va malakasini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirishga qaratilgan maqsadlar mamlakatimizda ta'lim va tarbiya sifatini oshirishda muhim jarayonlardan hisoblanadi. Xususan, "El-yurt umidi" jamg'armasi ko'magida davlat maktablarining 100 nafar pedagogi xorijda malaka oshirishi yoki stajirovkada bo'lishi rejalashtirilgan bo'lib, bu o'z navbatida xorij tajribasining respublikamiz bo'ylab keng tarqalishiga zamin yaratadi.

Bu borada professional ta'limga berilayotgan e'tibor e'tirofga molik. Professional ta'limda kadrlarning tarkibiy sifatini yaxshilash maqsadida xorij tajribasi asosida malaka oshirish dasturlarini to'liq yangilash haqidagi g'oyani qo'llab-quvvatlash lozim. Masafaviy yoki aralash malaka oshirish kurslariga o'tish, elektron platformaga joylashtirish zamonaviy texnik va texnologogik imkoniyatlardan to'liq foydalanishga asoslangan. Shu yerda xorijda keng qo'llaniladigan "O'zi o'zining malakasini oshirish" tizimi ham bizning mamlakatimiz uchun istiqbolli ekanligini qayd etib o'tish zarurati mavjud.

Pedagoglarni ishga qabul qilish jarayonini xalqaro standartlarga muvofiqlashtirish doirasida bog'chalarda tarbiyachi-pedagog kadrlarni psixologik metodika va testlar orqali saralash mexanizmlarini ishlab chiqish va joriy etish bola tarbiyasida uning mustaqil, o'z fikriga ega, qo'rqmas bo'lib o'sishida muhim ahamiyatga ega. Albatta, ota-ona bolaning bog'chada kun davomida tarbiyachining qosh-qovog'iga qarab miq etmasdan o'tirishini, boshida kaltak sinib qolishi mumkinligidan qo'rqib yashaydigan shaxs bo'lib voyaga yetishini qabul qilolmaydi.

Kadrlar salohiyati haqida to'xtalganda, biz har bir hududda pedagogika institutlari tashkil etilishi, pedagog kadrlar tayyorlash faqat kunduzgi ta'lim shaklida amalga oshirilishining yo'lga qo'yilishi ta'lim-tarbiya sifatini yangi bosqichga olib chiqadi, deb hisoblaymiz.

Bo'lajak pedagog kadrlar tashkiliy-boshqaruv ko'nikmalariga ega bo'lishlari, ta'lim, mehnat huquqlari bilan bog'liq normativ-huquqiy bilimlari chuqur o'rganishlari, muammoli vaziyatlarda huquqni qo'llash amaliyotidan tajriba orttirishlari, odob-axloq qoidalariga amal qilish, bunda rahbar va o'qituvchi, o'qituvchi va o'quvchi munosabatlari psixologiyasidan ma'ruzalar tinglashi, amaliy mashg'ulotlar o'tashi pedagogika institutlarining birlamchi vazifalaridan bo'lishi lozimdir.

8

17-aprel, 2024

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

OpportunitiesJoReaHzeHuma^Potentia^

Ta'lim sifati haqida so'z yuritilganda, davlat dasturida maktablarda darslarni o'z vaqtida va yuqori saviyada o'tkazilishi, darslarning asossiz qoldirilishi, dars jadvallariga amal qilinishi qat'iy ta'minlash choralari e'tiborga olinishi e'tiborga molik va, ta'kidlash lozimki, bu kabi choralar dasturlarda e'tiborga olinmagan. Bugun tegishli huquq-tartibot organlarining ta'lim muassasalaridagi faoliyati ta'lim sifatiga sezilarli ta'sir etmoqda.

Xuddi shuningdek, oliy ta'limda professor-o'qituvchilarning reytingini yuritish, bunda xorij tajribasidan unumli foydalanishga qaratilgan takliflarning davlat dasturiga kiritilishi ta'lim sifatini oshirish borasida oldimizda turgan vazifalar ko'lamini belgilab beradi.

Aytaylik, oliy ta'lim muassasalarini dunyoning eng nufuzli "TOP -1 000" oliy ta'lim tashkilotlari reytingiga kirishi, ta'lim dasturlarini xalqaro akkreditatsiyadan o'tkazish masalalari malakali kadrlar tayyorlash tizimini shakllantirishda dolzarb bo'lib turibdi. Biz tayyorlayotgan kadrlar yoki biz beradigan diplomlar xorijiy mamlakatlarda tan olinishi mamlakatimiz ta'lim tizimining dunyodagi nufuzi va mavqeini belgilab berishi barobarida bizning yoshlarimizning xorijda faoliyat yuritishiga imkoniyatlar yaratadi.

Shundan kelib chiqib, davlat dasturida ta'lim tizimini xalqaro mehnat bozoridagi o'zgarishlar e'tiborga olinishi belgilab qo'yilgan. Sirasini aytganda, bu katta qadam. Dunyo mehnat bozoridagi talab va takliflarni e'tiborga olgan holda kadrlar tayyorlashga kirishish talab etilmoqda.

Darhaqiqat, birinchi navbatda, malakali kadrlar tayyorlashning zamonaviy ta'lim yo'nalishlarini tashkil etish zarurati mavjud. Misol uchun, bio-muhandislik, nano-texnologiya, IT injiniring, urbanistika, yashil energetika kabi istiqbolli yangi mutaxassisliklarga o'qitishni yo'lga qo'yish muhim. Buning tegishli infratuzilma yaratish, o'quv-uslubiy ta'minot, o'qitadigan mutaxassislar tayyorlash, xorijiy mutaxassislarni jalb etish masalalari dolzarb hisoblanadi.

Dunyoning rivojlangan, iqtisodi baquvvat mamlakatlari mehnat resurslarimizni jalb etishi katta imkoniyatlar yaratadi. Muhandislik sohalariga bo'lgan e'tiborni kuchaytirish, mexotronika, rabototexnika, qurilish va boshqa sohalarga bo'lgan talab xorijda yuqori ekanligi barobarida o'zimizda, ichki mehnat bozorimizda ham talab yuqoriligini ta'kidlash lozim.

Shu nuqtai nazardan dasturda alohida band bilan til o'rganishga vazifalar belgilab berilganligi e'tirofli. E'tibor qiling, 7,5 ming nafar yoshlar zamonaviy kasblarga o'qitilishi, 6 ming nafar yoshlarning chet tillari bo'yicha imtihon xarajatlari qoplab berilishi ko'zda tutilgan.

17-aprel, 2024

9

Tashkent State University of Economics

Biz har qanday soha kabi ta'lim jarayoni ham doimiy nazoratda bo'lishi lozimligini ta'kidlaymiz. Parlament nazorati shakllaridan unumli foydalanish, jamoatchilik nazoratini yanada kuchaytirish ta'lim islohatlarini mantiqiyligini ta'minlashda muhim ahamiyatga ega.

Bir so'z bilan aytganda, "O'zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" da ta'lim tizimini yangi bosqichga olib chiqishga qaratilgan dolzarb manzilli vazifalar belgilab berilgan, ularning ijrosi yoshlarimizga o'z salohiyatlarini ro'yobga chiqarish imkoniyatlarini yaratadi. Yaratilayotgan imkoniyatlardan foydalanish har birimiz uchun kelajagimizni yaratishning asosi bo'lib xizmat qiladi.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni (PF-17, 2024 yil, 21 fevral) "O'zbekiston - 2030" strategiyasini "Yoshlar yili va biznesni qo'llab-quvvatlash yili" da amalga oshirishga oid davlat dasturi to'g'risida.

2. O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining 2020-2024 yillarga mo'ljallangan saylovoldi dasturi. 2019 yil 1 noyabrda O'zbekiston "Milliy tiklanish" demokratik partiyasining VI S'yezdida tasdiqlangan.

10

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.