Научная статья на тему 'O‘ZBEK XALQINING MILLIY TARAQQIYoTINI BELGILAB BERUVChI HAMDA JAMIYaTNI YaGONA MAQSAD ATROFIDA JIPSLAShTIRUVChI VA SAFARBAR QILUVChI STRATEGIK YO‘L'

O‘ZBEK XALQINING MILLIY TARAQQIYoTINI BELGILAB BERUVChI HAMDA JAMIYaTNI YaGONA MAQSAD ATROFIDA JIPSLAShTIRUVChI VA SAFARBAR QILUVChI STRATEGIK YO‘L Текст научной статьи по специальности «Науки об образовании»

0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Strategiya / islohot / geosiyosiy maydon / mafkuraviy tuzilmalar / ta'lim tizimi / bag'rikenglik / muruvvat / himmat / saxovatpeshalik / daxldorlik / oliyjanoblik / odamiylik / mexr-oqibat / axloqiy qadriyatlar.

Аннотация научной статьи по наукам об образовании, автор научной работы — Oybek Rasulovich Rashidov

Mazkur maqolada “O'zbekiston – 2030” strategiyasi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mazmun-mohiyati hususida ba'zi fikrlar keltirilgan. Muallif maqolada “O'zbekiston – 2030” strategiyasini o'zbek xalqining kelajak taraqqiyotini belgilab beruvchi, jamiyatni yagona maqsad atrofida jipslashtiruvchi hamda safarbar qiluvchi muhim vazifalar yig'indisi ekanligiga e'tibor qaratgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK XALQINING MILLIY TARAQQIYoTINI BELGILAB BERUVChI HAMDA JAMIYaTNI YaGONA MAQSAD ATROFIDA JIPSLAShTIRUVChI VA SAFARBAR QILUVChI STRATEGIK YO‘L»

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

O'ZBEK XALQINING MILLIY TARAQQIYoTINI BELGILAB BERUVChI HAMDA JAMIYaTNI YaGONA MAQSAD ATROFIDA JIPSLAShTIRUVChI VA SAFARBAR QILUVChI STRATEGIK YO'L

Oybek Rasulovich Rashidov

Toshkent davlat iqtisodiyot universiteti, "Ijtimoiy fanlar" kafedrasi professori, tarix fanlari doktori (DSc)

ANNOTATSIYA

Mazkur maqolada "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Farmonining mazmun-mohiyati hususida ba'zi fikrlar keltirilgan. Muallif maqolada "O'zbekiston - 2030" strategiyasini o'zbek xalqining kelajak taraqqiyotini belgilab beruvchi, jamiyatni yagona maqsad atrofida jipslashtiruvchi hamda safarbar qiluvchi muhim vazifalar yig'indisi ekanligiga e'tibor qaratgan.

Kalit so'zlar: Strategiya, islohot, geosiyosiy maydon, mafkuraviy tuzilmalar, ta'lim tizimi, bag'rikenglik, muruvvat, himmat, saxovatpeshalik, daxldorlik, oliyjanoblik, odamiylik, mexr-oqibat, axloqiy qadriyatlar.

O'zbekistonda islohotlar samaradorligini tubdan oshirish, davlat va jamiyatning har tomonlama va jadal rivojlanishini ta'minlash uchun shart-sharoitlar yaratish, mamlakatni modernizatsiya qilish va hayotning barcha sohalarini erkinlashtirish maqsadida respublika prezidenti Sh.Mirziyoyev tashabbusi bilan, 2017-2021 yillarga mo'ljallangan Harakatlar strategiyasi, 2022-2026 yillarga mo'ljallangan Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi hamda "O'zbekiston - 2030" strategiyalari hayotga tadbiq etildi. Mazkur strategiyalar aniq maqsadlarni amalga oshirishda muhim vazifalarni o'zida belgilab olganligi hamda islohotlarning uzviyligi va davomiyligini O'zbekiston Respublikasi Prezidenti Sh.Mirziyoyev shunday izohlaydi: "Odamlar biz boshlagan yangilanish jarayonlariga katta ishonch bilan qarayotgani, ularning samarasini tezroq ko'rishni istayotganini hisobga olib, xalqparvar islohotlarimizning uzviyligini va davomiyligini ta'minlash maqsadida kelgusi faoliyatimizda "Harakatlar strategiyasidan - Taraqqiyot strategiyasi sari" degan tamoyil asosiy mezon etib belgilandi" [1].

2023 yil 11 sentyabrda "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni imzolandi. Mazkur farmonda "O'zbekiston - 2030" strategiyasini amalga oshirish va uning maqsadli

17-aprel, 2024

41

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

ko'rsatkichlariga erishish uchun barcha davlat organlari va tashkilotiari faoliyatida eng ustuvor vazifa etib belgilangani hamda bu bo'yicha tegishli mas'ullarga aniq vazifalar yuklatilganligi keltirib o'tilgan. Jahon miqyosida ro'y berayotgan globallashuv sharoitida milliy etnik nizolar, mojarolar, xavf-xatar va tahdidlar, qurolli bosqinlar, harbiy to'qnashuvlar hamda g'oyaviy-mafkuraviy kurashlar tobora keskinlashib bormoqda. Inson manfaatlariga zid bo'lgan mafkuraviy tuzilmalarga barham berish hamda geosiyosiy maydonni o'z ta'sir doirasiga olishga urinayotgan buzg'unchi g'oyalarga qarshi kurashish maqsadida har bir davlat o'zining milliy mafkurasi va taraqqiyot strategiyasiga ega bo'lishi ayni zarurat hisoblanadi.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasida 5 ta asosiy g'oya ko'rsatilgan bo'lib, "Aholi talablariga va xalqaro standartlarga to'liq javob beradigan ta'lim, tibbiyot va ijtimoiy himoya tizimini tashkil qilish" deb nomlangan ikkinchisi g'oyat muhim hisoblanadi. Bugungi kunda jamiyatning barcha qatlami, ilg'or ziyolilari, olimlari, yoshlari hayotbaxsh g'oya Yangi O'zbekistonni barpo etish atrofida jipslashgani hech kimga sir emas.

Ilm-fan, zamonaviy va uzluksiz ta'lim tizimini takomillashtirish hamda ta'limda davlat-xususiy sheriklik imkoniyatlarini yanada kengaytirish borasida sezilarli o'zgarishlar amalga oshmoqda. "O'zbekiston - 2030" strategiyasida bolalarni maktabgacha ta'lim va tayyorlov guruhlari bilan to'liq qamrab olish, davlat maktabgacha ta'lim tashkilotlarini 100 foiz kompyuter sinfi bilan ta'minlash orqali tarbiyalanuvchilarda boshlang'ich kompyuter savodxonligi ko'nikmalarini shakllantiri, 100 foiz maktabgacha ta'lim tashkilotlarini toza ichimlik suvi va zamonaviy sanitariya-gigiena infratuzilmasi bilan ta'minlash belgilangan.

Mazkur strategiyada umumiy o'rta ta'lim tizimida "Ta'lim uchun qulay muhit" dasturini amalga oshirish va tizimini yangi bosqichga olib chiqish maqsadida olis va chekka hududlarda joylashgan 715 umumiy o'rta ta'lim muassasalari o'quvchilar uchun bepul avtobuslari yo'lga qo'yish, 700 ga yaqin nomdagi yangi darsliklar, mashq daftarlari, pedagoglar uchun metodik qo'llanmalar va mobil ilovalar yaratish, yangi avlod darsliklari asosida planshetlar uchun 1000 ta multimedia dasturlari yaratish ko'zda tutilgan [2].

Keyingi yildan boshlang'ich sinflarda xalqaro tajriba asosida yangi o'quv dasturi joriy qilinadi. Yuqori sinflarda o'qitiladigan fanlar 16 tadan 11 taga kamaytirilib, dasturlarning fanlararo va sinflararo integratsiyasi ta'minlanadi. Bunda 11 ta majburiy va 2 ta tanlov fani tadbiq etiladi. Xalqaro tajribada ta'limning Finlandiya tajribasi keng o'rganilmoqda. O'quvchiga beriladigan haftalik yuklama, Yevropaning boshqa davlatlari bilan taqqoslaganda, past: 1 va 2-sinflarda minimal

17-aprel, 2024

42

Tashkent State University of Economics

Uzbekistan - 2030 Strategy:

yuklama 20 soatni tashkil etadi va katta sinflarda 27 soatgacha ko'payadi (taqqoslash uchun: O'zbekistonda bu yuklama xaftasiga 22 soatdan 34 soatgacha yetadi).

Quvonarlisi shundaki, "O'zbekiston - 2030" strategiyasida umumiy o'rta ta'lim tizimida faoliyat olib borayotgan 1000 nafar pedagog xodimlar chet mamlakatlarda malaka oshirish va stajirovkaga yuborilishi belgilangan bo'lib, bu ilg'or xorijiy davlatlar tajribasini amaliyotda qo'llashga keng yo'l ochadi. Maktablarimizda qog'ozbozlikni kamaytirish, elektron kundalikning yuritilishi va ta'limni raqamlashtirish hamda bepul darsliklar va tushlik berilishning yo'lga qo'yilishi sohadagi ijobiy o'zgarishlar sirasiga kiradi.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasida oliy ta'lim bilan qamrovni kengaytirish, oliy ma'lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirish maqsadida "Top-500"ga kiradigan xorijiy universitetlar bilan hamkorlikda kamida 50 ta qo'shma ta'lim dasturlari asosida "ikki diplomli tizim" ni joriy etilish hamda fundamental tadqiqotlarni zamon talablaridan kelib chiqib yangi yo'nalishlar bilan boyitish maqsadida til va adabiyot, tarix, arxeologiya, madaniyat va san'at yo'nalishlaridagi ilmiy dasturlar uchun 2 trillion so'm ajratish belgilangan. Fundamental tadqiqotlarga yo'naltirilgan ushbu mablag'lar kelajakda yurtimiz ilm-fani rivojiga, ijtimoiy-iqtisodiy va madaniy hayotining taraqqiy etishiga muhim omil bo'lib xizmat qiladi.

Bugungi kunda o'tkazilayotgangan islohotlar o'zining samarasini berayotgani, o'qituvchi maqomining jamiyat oldida tiklanayotgani, soha hodimlarining oylik maoshlarini oshirilayotgani, universitet va institutlarga akademik va moliyaviy erkinliklar berilayotgani ta'lim tizimidagi tub o'zgarishlar hisoblanadi.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasida sog'liqni saqlash borada aholining o'rtacha umr davomiyligini 78 yoshga yetkazish, tibbiyotga yo'naltirilgan mablag'lar hajmini 2 barabarga oshirish, Onkologiya, yurak-qon tomir, diabet va nafas yo'llari kasalliklari bo'yicha erta o'limni 2,5 baravarga kamaytirish, tibbiy yordamga muhtoj aholining 70 foiz murojaatlarini birlamchi bo'g'inning o'zida hal etishga erishish belgilangan. Shuningdek, onalar va bolalar o'limini qisqartirish, sog'lom bolalikni ta'minlash maqsadida homiladorlik aniqlangan vaqtdan boshlab tug'ruqdan so'ng 42 kun ichida ayollar, go'daklar va besh yoshgacha bolalar orasidagi o'limni 2 barobarga kamaytirish, tug'ruq o'rinlari sonini 35 foizga oshirish hamda bolalar orasidagi yuqumli va yuqumli bo'lmagan kasalliklarni 20 foizga qisqartirish erishish marralari ko'rsatilgan [3].

Davlatimizning insonparvarligi va bag'rikengligiga birinchi navbatda 2023 yilning "Insonga e'tibor va sifatli ta'lim yili" deb nomlanishiga qarab baho berish mumkin. Davlatimiz o'zining imkoniyatlariga mos hajmda o'z fuqarolarining ma'lum

17-aprel, 2024

43

Tashkent State University of Economics

darajadagi turmush darajasini ta'minlash, ularning moddiy va ma'naviy ehtiyojlarini qondirishini o'z zimmasiga oladi. Shu bilan birga har bir yurt fuqarosi jamiyat a'zosi sifatida mavjud hayotiy imkoniyatlardan bahramand bo'lish xuquqiga ega bo'lmoqda. Ammo hayotda insonlar har xil jismoniy, moddiy, ijtimoiy, ma'naviy extiyoj va manfaatlarini to'la qonli qondirish holatidan maxrum bo'lishi mumkin. Bular qatoriga nogiron, sihatligi va ruhiy kasaliligi tufayli normal hayot baxtidan mahrum, moddiy jihatdan muxtoj, yolg'izligi tufayli qarovchisi yo'q, yordamga intiq yurtdoshlarimiz borligi sir emas.

"O'zbekiston - 2030" strategiyasida nogironlari bo'lgan shaxslarni qo'llab-quvvatlash bo'yicha yangi tizimni hamda ular uchun qulay va maqbul muhitni yaratish maqsad qilingan. Bunda nogironligi bo'lgan muhtoj shaxslarning sifatli va zamonaviy protez-ortopediya buyumlari bilan ta'minlash darajasini 100 foizga yetkazish, ularning bandligini 2 barobarga oshirish, "To'siqsiz turizm" dasturi doirasida har bir viloyatdan yiliga 1000 nafardan nogironligi bo'lgan shaxslarning Samarqand, Buxoro va Xivaga bepul sayohatlarini tashkil qilish vazifalari belgilangan.

Yurtimizda xalqimiz milliy xususiyatlariga xos bo'lgan boqiy fazilatlardan bag'rikenglik, muruvvat, himmat, saxovatpeshalik, daxldorlik, oliyjanoblik, odamiylik, mexr-oqibat, g'amxo'rlikni aks ettiruvchi axloqiy qadriyatlar keng quloch yozib boraveradi. Davlatimiz rahbari Sh.Mirziyoyev ta'biri bilan aytganda "O'zimiz o'zimizga xiyonat qilmasak, o'zimiz o'zimizni aldamasak, halol-pok bo'lib mehnat qilsak, ko'zlagan barcha marralarimizga albatta yetamiz" [4]. Demak, yangilangan bosh qomusimizga, qonunlarga va adolatga, hamda ijtimoiy va axloqiy qadriyatlarga so'zsiz rioya qilinsa, "O'zbekiston - 2030" strategiyasida belgilangan barcha maqsadlarga to'la-to'kis erishiladi.

REFERENCES

1. Sh. Mirziyoyev. Yangi O'zbekiston taraqqiyot strategiyasi. Uchinchi nashri. -Toshkent: "O'zbekiston", 2022.-B.10.

2. "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni / https://lex.uz/ru/docs/6600413

3. "O'zbekiston - 2030" strategiyasi to'g'risidagi O'zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni / https://lex.uz/ru/docs/6600413

4. Sh.Mirziyoyev. Xalqimizning roziligi bizning faoliyatimizga berilgan eng oliy bahodir. 2-Jild. - Toshkent: "O'zbekiston", 2018.-B.146.

44

17-aprel, 2024

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.