Научная статья на тему 'O’ZBEK XALQI DURDONALARI'

O’ZBEK XALQI DURDONALARI Текст научной статьи по специальности «Гуманитарные науки»

CC BY
27
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
O’mgak / lo’mboz / shoti / narvon / shapaloqxona / cho’ponaldarg’ich / pechgir / mashoq / kaft / kift / ovraz / frazeologizm / turg’un birikma. / Omgak / lomboz / shoti / narvan / shapalokkhana / khoponaldargich / pechgir / mashakh / kaft / kift / ovraz / phraseologism / stable combination.

Аннотация научной статьи по Гуманитарные науки, автор научной работы — Qodirova Barno Qodirjon Qizi

Ushbu maqolada o’zbek xalqining turli hududlarida faqatgina o’sha hudud aholisigagina tushunarli bo’lgan shevaga oid so’zlar haqida ma’lumotlar aks ettirilgan. Bir hududda ishlatiluvchi bir so’z yon qishloqda boshqa bir ma’noni anglatishi yoki umuman qo’llanilmasligi ham mumkin. Xalqimiz durdonalari bo’lmish shevaga xos so’zlar tilimizning ichki boyish manbaalaridan biri hisoblanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

MASTERPIECES OF THE UZBEK PEOPLE

This article contains information about the dialect words in different regions of the Uzbek people that are understandable only to the residents of that region. A word used in one region may have a different meaning in a neighboring village or may not be used at all. Dialectic words, which are masterpieces of our people, are one of the sources of inner richness of our language.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK XALQI DURDONALARI»

é

ш

ARTICLE

MASTERPIECES OF THE UZBEK PEOPLE Kadirova Barno Kadirjon kizi

Ministry of Higher Education, Science and Innovation of the Republic of Uzbekistan, teacher of native language and literary science of Vocational School No. 1, Torakorgan District, Department of Higher Education, Science and Innovations of Namangan Region https://doi.org/10.5281/zenodo.11381736

ABSTRACT

Received: 22th May 2024 Accepted: 28th May 2024 Online: 29th May 2024

KEYWORDS Omgak, lomboz, shoti, narvan, shapalokkhana, khoponaldargich, pechgir, mashakh, kaft, kift, ovraz, phraseologism, stable combination.

This article contains information about the dialect words in different regions of the Uzbek people that are understandable only to the residents of that region. A word used in one region may have a different meaning in a neighboring village or may not be used at all. Dialectic words, which are masterpieces of our people, are one of the sources of inner richness of our language.

ШЕДЕВРЫ УЗБЕКСКОГО НАРОДА Qodirova Barno Qodirjon qizi

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi To'raqo'rg'on tuman 1-son kasb-hunar maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11381736

ARTICLE INFO

ABSTRACT

Received: 22th May 2024 Accepted: 28th May 2024 Online: 29th May 2024 KEYWORDS

Омгак, ломбоз, шоти, нарван, шапалокхана, хопоналдаргич, печгир, машах, кафт, кифт, овраз, фразеологизм, устойчивое сочетание.

В данной статье собраны сведения о диалектных словах в разных регионах узбекского народа, понятных только жителям этого региона. Слово, употребляемое в одном регионе, может иметь другое значение в соседнем селе или вообще не использоваться. Диалектические слова, являющиеся шедеврами нашего народа, являются одним из источников внутреннего богатства нашего языка.

O'ZBEK XALQI DURDONALARI

Qodirova Barno Qodirjon qizi

O'zbekiston Respublikasi Oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar vazirligi Namangan viloyati oliy ta'lim, fan va innovatsiyalar boshqarmasi To'raqo'rg'on tuman 1-son kasb-hunar maktabi ona tili va adabiyot fani o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.11381736 ARTICLE INFO ABSTRACT

Received: 22th May 2024 Accepted: 28th May 2024 Online: 29th May 2024

Ushbu maqolada o'zbek xalqining turli hududlarida faqatgina o'sha hudud aholisigagina tushunarli bo'lgan shevaga oid so'zlar haqida ma'lumotlar aks ettirilgan. Bir hududda ishlatiluvchi bir so'z yon qishloqda boshqa bir ma'noni anglatishi yoki umuman qo'llanilmasligi ham mumkin. Xalqimiz durdonalari bo'lmish shevaga xos so'zlar tilimizning ichki boyish manbaalaridan biri hisoblanadi.

KEYWORDS

O'mgak, lo'mboz, shoti, narvon, shapaloqxona, cho'ponaldarg'ich, pechgir, mashoq, kaft, kift, ovraz, frazeologizm, turg'un birikma.

Har bir hududning o'ziga xos urf-odatlari, an'analari bo'lganidek, so'zlashuvda ham o'ziga xosliklarni ko'rishimiz mumkin. Bunga misol qilib shevaga xos so'zlarni olishimiz mumkin. Respublikamizning viloyat, tuman, qishloq, mahallalarida bir-biriga o'xshash yoki bir-birini takrorlamaydigan so'zlarni uchratamiz. Statistika ma'lumotlariga ko'ra dunyoda 3-7ming oralig'ida til mavjud bo'lsa ,ular tashqi va ichki manbalar asosida boyib boradi. Tashqi manba bu chetdan so'z qabul qilish bo'lib, qo'shni mamlakatlar bilan olib borilayotgan ijtimoiy-siyosiy aloqalar, fan-texnika rivoji, qishloq xo'jaligi, madaniyat, sport va boshqa bir qator sohalar orqali tilimizga kirib kelayotgan so'zlar hisoblanadi. Bu so'zlar o'z holicha yoki qo'shimchalar yordamida yangi so'z yasalib aloqaga kiritiladi. Masalan iqtisod sohasida ko'proq uchraydigan marketing so'zidan marketolog tarzidagi yangi shaxs otining hosil bo'lishi . Endi ichki manba asosida boyishi haqida gapiradigan bo'lsak, o'z ichida buni ham 2 usul bilan amalga oshiriladi.

l.So'z yasalishi.

2.Shevalardan so'z olish.

Tilimizda so'z yasovchi qo'shimchalardan eng faoli bu "-chi" yasovchisi hisoblanadi. Sodda tub holdagi narsa otlaridan shaxs oti yasovchi qo'shimchalar sirasiga kiradi. Masalan kompyuter+chi=kompyuterchi tarzida.

Bu ichki manba asosida boyishning samarali usuli hisoblanadi. Turkiy tilning asoschisi bo'lmish Alisher Navoiy ham o'zlarining "Muhokamat ul-lug'atayn" asarlarida "-chi" qo'shimchasini eng faol qo'shimcha sifatida alohida ta'kidlab o'tganlar.

Endi shevadan so'zlar olish masalasiga to'xtalsak. Shevada qo'llaniladigan barcha so'zlar ham adabiy tilga qabul qilinib, ommaga singib ketavermaydi. Yurtimizning har jabhasida turlicha sheva so'zlari o'sha hududdagina foydalaniladi. Oddiygina bir mahallada ishlatiladigan so'z narigi mahallada boshqa tarzda qo'llanilishi mumkin.

Shevaga xos so'z deb ma'lum bir hududdagina qo'llanadigan, o'sha hududdagina tushunarli bo'lgan so'zlarga aytiladi.

Shevalardan, asosan, so'zlshuv uslubida, badiiy asarlarning jonli va o'qishli, kitobxon qalbiga yetib boradigan qilib yaratish maqsadida foydalaniladi. Bunday misollarni ko'proq qishloqdagi oddiy va sodda, mehnatkash, or-nomusli, diyonatli insonlarni tasvirlaydigan Tog'ay Murod, O'lmas Umarbekov, Shukur Xolmirzayevning "O'n sakkizga kirmagan kim bor" qissasida quyidagi shevaga xos so'zlarni ko'rishimiz mumkin: o'mgak, manglay, to'ychiq,

é

kissa, lo'mboz, shapaloqxona, cho'ponaldarg'ich, peshgir, mashoq, garden, bo'g'ot, tovushqon, raxna, uzatib chiqmoq, xanik.

Shevalardan foydalanish uslub jihatdan qo'llanish doirasi cheklangan. So'zlashuv uslubi, badiiy uslubda keng qo'llaniladi. Rasmiy, ilmiy, uslublarda qo'llanilishi chegaralangan, publisistika, ya'ni radio, televedeniyalarda ham qo'llanish holatlari uchraydi. Xorazm shevasida "pichoq"ni "pakki", Toshkent, Namanganda "tomchi"ni "chakki",Toshkentda "g'o'ra"ni "dovuchcha", "shoti"ni "narvon","karavat"ni "suri","paqir"ni "chelak" deb yuritishadi.

Endi Namangan va Toshkent shevalaridagi farqni ko'radigan bo'lsak, bizda ya'ni To'raqo'rg'on tumanida "karavat" issiq kunlarda dam olishga mo'ljallangan, taxta va temirdan yasaladigan, o'zbek milliy choyxonalariga ko'rk bag'ishlovchi jihoz. "Suri" esa To'raqo'rg'on shevasida tokni tepaga tarash uchun mo'ljallangan, uni ham avvallari yog'ochdan hozirda esa temirdan tayyorlanadi. Mana ko'radigan bo'lsak, turli shevalarda bu so'zlar bir xil ma'noda ishlatiladi, ammo hududlar bo'yicha o'rganganimizda turli ma'nolarni anglatishini bilib oldik. Toshkentda "narvon" deb ishlatiluvchi To'raqo'rg'onda "shoti" so'zi tumanimizdagi Katta Qurama qishlog'ida "chiqong'ich" nomi bilan iste'molda ekan. Chiqong'ich balandlikka chiqish uchun maxsus tayyorlangan moslama. Umuman olganda, tilimiz juda ham boy til hisoblanadi. Negaki, bir so'zning bir necha ma'nolari mavjud.So'zlarni o'rganadigan bo'lsak,bizning tumanda "ucha" degan so'z qo'llanilmaydi. Ammo, Namangan viloyatining boshqa bir, ya'ni Chortoq tumanida "yelka"ni xuddi shu "ucha" nomi bilan atashadi. "Alpomish" dostonidan bizga ma'lumki, "yelka"ni "kift" atamasi berilgan. Xalqimizda esa "Onangni kiftingda ko'tarsang, singlingni kaftingda ko'tar" degan mashhur maqol ham bor. "Yelka" va "kift" so'zlarining ma'nosi "O'zbek tilining izohli lug'ati"da biroz farqlanar ekan."Yelka" inson tanasining orqa qismi, ya'ni belgacha bo'lgan qismi."Kift" esa ikki kurakning orasi ma'nosini anglatadi.Demak, "yelka" butun, "kift" esa bo'lak, qism ma'nolarida qo'llaniladi.

"O'n sakkizga kirmagan kim bor" asarida qo'llanilgan so'zlarning ma'nosini tumanimiz shevasi bilan solishtiradigan bo'lsak, masalan "kissa" so'zi bizda "cho'ntak" sifatida qo'llaniladi.

"Bo'g'ot" so'zi esa bizda "tarnov" "sumalak' so'zini shakldosh deb olishimiz mumkin, negaki bir o'rindaa "sumalak" o'zbek milliy taomi, bahor faslida tayyorlanadi, yana bir o'rinda esa "sumalak" bizning shevamizdagi "chuldir-chumak" so'ziga to'g'ri keladi. Asarda keltirilganidek: "Bo'g'otda sumalak sindi".

"Manglay" bizda "peshana", "mashoq" so'zi bizda "boshoq", "uzatib chiqmoq" fe'li bizda "kuzatib chiqmoq", "tovushqon" esa "quyon" tarzida keltirilgan. Masalan: "Tovushqon"! Muallim, tovushqon! Qichqirib keldi bolalardan biri". "O'n sakkizga kirmagan kim bor".

"Cho'ponaldirg'ich" asarda qush nomi sifatida qo'llanilgan. Masalan: Toshlarga yopishib yuruvchi cho'ponaldirg'ich qushidan bo'lak hech narsa yo'q edi.

Shevaga xos so'zlardan yana biri bu asarda keltirilgan "xanik" ko'p joylarda bu so'z "ovraz" ma'nosida ishlatiladi. "Ovraz" bu har bir o'zbekning xonadonida uchraydigan dahlizning kirish qismida joylashgan suv, ya'ni obni tashqariga tortish vazifasini bajargan. Hozirgi kundagi kanalizatsiya tizimiga to'g'ri keladi. Bu so'z fonetik o'zgarishga uchragan bo'lishi mumkin, ya'ni "ob-suv" ma'nosini bildirgan, iste'molda esa "ovraz" tarzida talaffuz etiladi va shunday foydalaniladi. "Xanik" so'zi asarda quyidagicha qo'llanilgan: "Toshoyna

é

yonida sochini naridan-beri tarab, eshikdan mo'raladi, tezgina dahlizga chiqib burchakdagi xanikda yuz-qo'lini yuvdi".

"Raxna" bizning shevamizda "tuynuk" shaklida qo'llaniladi. Masalan: Umida raxnaga ro'para keldi-yu, haligina kechirgan o'ylari yana g'uvetib boshiga kirdi.

To'raqo'rg'on tumani Axsi qishlog'i aholisi so'zlarni talaffuz qilishda ko'proq "o"ni "a" tarzida, "g"ni esa "g'" tarzida talaffuz etishi bilan boshqa qishloqlardan ajralib turadi. Masalan: "olib kelmoq" fe'lini "apkemoq", "qayerga?" so'roq olmoshini esa "qayga, qayg'a"tarzida talaffuz etilish hollari ko'p uchraydi. "Nega?" so'roq olmoshini "nimaga, nimonga, nimong'a?" shaklida talaffuz etiladi. Bu esa adabiy til me'yorlarining buzilishiga olib keladi. Shevalardagi so'zlar tilimizning ichki manbaasi sifatida boyishiga xizmat qilar, ammo shevalardagi talaffuzdagi g'alizlik holatlari tilimiz qoidalari tilimiz qoidalarini buzishga yo'l qo'ymasligimiz darkor. Xalqimizning ma'naviy va moddiy merosini avlodlarga yetkazuvchi, xalqning ko'zgusi, millatning ruhi bu tildir, ha ona tilimiz. Shunday ekan doimo unga hurmatda bo'lmog'imiz darkor. "Tilga e'tibor - xalqqa e'tibor" ramzidir.

Frazeologizmlar

Ikki va undan ortiq so'zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, ma'nosi odatda bir so'zga, ba'zan so'z birikmasiga teng keladigan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi, ko'chma ma'noli (turg'un) birikma ibora yoki frazeologizm deyiladi. Frazeologizmlar "frazeologiya" sohasida o'rganiladi. O'zbek frazeologiyasi Sh. Rahmatullayev, A.Mamatov, B.Yo'ldashevlar tomonidan chuqur tadqiq etilgan.

Frazeologizmlarni ham xuddi shevadagi so'zlar kabi qo'llanish doirasi chegaralangan bo'lib, adabiy tilning badiiy va so'zlashuv uslubida keng qo'llaniladi va nutqni ta'sirchan, ibrazli ifodalashga xizmat qiladi.Masalan: "Tomdan tarasha tushganday" iborasi "to'satdan" holat ravishiga teng keladi, ba'zan bu so'z hududlarda "to'sindan" shaklida muomilada bo'ladi.

"Jigarini ezmoq" - "do'pposlamoq" ma'nosida ishlatiladi. Bu yerda jigar so'zini yaxlit tarzda olganimizda biologik jihatdan jigar bu - inson tanasidagi ichki a'zo. Ko'chma ma'noda esa jigar "qon - qarindosh" ma'nosida ishlatiladi.

"Do'ppisini osmonga otmoq" iborasi juda ham ko'p qo'llaniladi. Buning ma'nosi "xursand bo'lmoq, baxtiyor bo'lmoq" ma'nosida keladi.

"Fe'li keng bo'lmoq" "yuragi keng, beg'am" ma'nosida.Masalan: Nihoyat Muslima buvi: "Fe'li keng ekan" deb o'yladi va kuyovi ma'qul tushdi unga.

"Chakkasiga sanchmoq" bunda "chakka" so'zi inson boshining yonbosh qismini anglatadi. "Chakkasiga sanchmoq" ko'proq birovni "masxara qilish", ayrim vaqtlarda "zarda qilish" holatlarida ishlatiladi. Masalan: Yo'q - yo'q, - dedi Umida. - Yo'q. - Ko'rsatkich barmog'ini chakkasiga sanchib, labini tishladi va tezgina burilib uyga kirdi. "Sh. Xolmirzayev".

"Yo'qni yondirmoq" bu "muhayyo qilmoq,topmoq,tayyorlamoq" fe'llariga to'g'ri keluvchi ibora hisoblanadi. Masalan: Ha, - Qo'ziboy chol shunday deb ularnikiga borgan mahallari, hatto tongotar mahalda ham yo'qni yondirishlarini esladi.

"Oyog'ini qo'liga olib chopmoq" buning ma'nosi "shoshilmoq, tez harakatlanmoq" so'zlariga to'g'ri keladi. Asl ma'nosida esa hech qachon oyoqni qo'lga olib harakatlanib bo'lmaydi, bu tamoman ko'chma ma'nodagi ibora hisoblanadi. Tilimizning imkoniyatlari keng,

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

naqadar boy til ekanligini iboralarning bir - biriga sinonim, antonim, omonim tarzda ham qo'llanishidan ham ko'rishimiz mumkin.

Frazemalar shakl va ma'no xususiyatiga ko'ra quyidagi turlarga bo'linadi:

1.Frazeologik sinonimlar;

2.Frazeologik antonimlar;

3.Frazeologik omonimlar.

Bir xil ma'noga ega ma'no nozikligi, uslubiy bo'yog'I, va boshqa jihatlariga ko'ra farqlanuvchi birliklar - frazeologik sinonimlar hisoblanadi.

"Og'zi ochilib qolmoq" - "hayratlanmoq" so'ziga teng bo'lsa, "qotib qolmoq" bu ham "hayratlanmoq" ma'no jihatdan shu so'zga teng bo'ladi.

Ma'no jihatdan bir - birini rad etuvchi birlik frazeologik antonimlar deyiladi. Masalan "Do'ppisini osmonga otmoq" bu "baxtli, xursand bo'lmoq" ma'nolarida bo'lsa, "Yurak -bag'ri xun" "xafa,ezilgan" ma'nolarida ishlatiladi va birikmalarda antonimlik xususiyati mavjud."Dong qotmoq" ya'ni "qattiq uxlamoq", "Qush uyqu" esa "kam uxlash" ma'nosida zidlik hosil qiladi.

Talaffuzi va yozilishi bir xil, ma'nosi har xil bo'lgan birliklar - frazeologik omonimlar deyiladi. Masalan: "Boshiga chiqmoq" iborasi "erkalanib ketmoq" ma'nosida va haqiqatdan ham "boshiga chiqmoq" ma'nosida qo'llaniladi. Masalan: "Sattor xotiniga qattiq turmagani uchun, uning "boshiga chiqib oldi".

"Hadichaning yelkasida o'rmalayotgan chumoli sal o'tmay uning "boshiga chiqib oldi".

Frazeologizmlar bir butun holatda, yaxlit bir so'roqqa javob bo'ladi va gapda bir gap bo'lagi vazifasida keladi.

Masalan: "Xalimaning xursandchilikdan yuragi yorila yozdi".

Bu yerda Xalima qaratqich aniqlovchi vazifasini bajaryapdi, ya'ni kimning yuragi so'rog'iga javob bo'lyapdi. Xursandchilikdan - nima sababdan? sabab holi, yuragi yorila yozdi - yaxlit tarzda nima bo'ldi? so'rog'iga javob bo'ladi va kesim vazifasida keladi.

Frazeologizmlar ko'chma ma'no ifodalashi, gapda butunicha bir sintaktik vazifada qo'llanishiga ko'ra oddiy so'zlardan farqlanadi.

"Ko'ngli aynimoq" iborasi mashhur. Bu biz ham o'z ma'nosida, ham ko'chma ma'noda qo'llaymiz. Masalan: "Feruzani Tohirning gapirgan jirkanch gaplaridan ko'ngli aynib ketdi". "Zaynab xonasining iflosligini ko'rib ko'ngli aynib ketdi".

"Boshi qorong'u bo'lmoq" - buni ham ikki xil ma'noda qo'llashimiz mumkin. Masalan: "Ravzaxon aya nabiralarini ko'rib, senlarga boshim qorong'u edi deb urishib berdi". Qo'shni kelin Iroda boshi qorong'u shekilli, ko'rinishi rangpar edi'.

"Ko'zi uchmoq" iborasi ham xalq iste'molida o'z va ko'chma ma'nolariga ega. Masalan: "Ra'noning Baxtiyorga ko'zi uchib turgandek, darrov yetib keldi". "Malika erta tongdan xushxabar eshitishini sezgandek, tinmay ko'zlari uchardi"

Nutqimizning ta'sirchan va jozibali chiqishi uchun ibora, maqol, matal, hikmatli so'zlardan keng foydalanamiz. Ularning barchasi tilimizda qo'llashga tayyor holda shakllangan. Ammo, ular ma'no jihatdan bir - biridan farqlanadi. Xususan, iboralar nutq jarayonida kinoya, qistirma ma'nolarini bo'rttirib beradi va tinglovchiga tez ta'sir qiladi.

EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz

Iboralar ham, maqollar singari xalq tmonidan yaratiladi, muallifi aynan bir shaxs emas, balki xalqimizning hayot tajribalari asosida yaratiladi va asrlar davomida shakllanib keladi.

References:

1. Alisher Navoiyning "Muhokamat ul-lug'atayn" asari.

2. Shukur Xolmirzayevning "O'n sakkizga kirmagan kim bor" qissasi.

3. Shavkat Rahmatullayevning "O'zbek tili frazeologizmlari" asari.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.