Научная статья на тему 'FITRAT DRAMALARIDAGI FRAZEMALARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI'

FITRAT DRAMALARIDAGI FRAZEMALARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
531
66
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Fitrat / drama / frazema / lingvokulturologiya / madaniyat.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Malika Bekiyeva

Ushbu maqolada Fitrat dramalaridagi frazemalarning lingvokulturologik xususiyatlari haqida so`z yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «FITRAT DRAMALARIDAGI FRAZEMALARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI»

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-472-481

FITRAT DRAMALARIDAGI FRAZEMALARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI

Malika Bekiyeva

Andijon davlat universiteti, mustaqil tadqiqotchi E-mail: malikaxoniamoldinovna@gmail.com

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Fitrat dramalaridagi frazemalarning lingvokulturologik xususiyatlari haqida so'z yuritilgan.

Kalit so'zlar: Fitrat, drama, frazema, lingvokulturologiya, madaniyat.

KIRISH

Til o'zi mansub bo'lgan millatning madaniy olamini, xarakter-xususiyatini ham namoyon etib turuvchi bir omil ekanligini yuqorida tilga olgan edik. Til va madaniyat orasidagi ayni shu munosabatni tekshirib tadqiq etish ham bugungi kun tilshunosligining muhim masalalaridan sanaladi. Ma'lum millat vakillariga yoxud jamiyat a'zolariga xos bo'lgan urf-odat, rasm-rusum, xarakter-xususiyat hamda madaniyati bilan bogliq boshqa bir jihatlarning til birliklarida sezilib turishi kabi masalarni lingvokulturologiya tekshiradi. Lingvokulturologiya bu - tilshunoslikning bir sohasi. Manbalarda Maslova fan sifatida e'tirof etiladi. Lingvokulturologiya XIX asrning 90-yillarida vujudga kelgan. Lingvokulturologiya ma'lum millatga oid o'ziga xos madaniyatning ,umumun olganda, xos xususiyatlarning tilda aks etishidir.

Lingvokulturologiya alohida ijtimoiy guruhlar, xalqlar yoki madaniy aloqalar davrini til bilan bog'liq holda o'rganadi.

Har bir millatning o'zligini namoyon etadigan, yuksalish jarayoni va mavjudligini bildirib turuvchi omil bu uning milliy tilidir. Kasevichning fikriga qaraganda, til bu millatning oynasidir.

Lingvokulturologik ahamiyat kasb eta oluvchi o'ziga xos birliklardan biri bu frazemalardir. Frazemalar turg'un birikmalar hisoblanib, ularda ma'lum bir xalqning o'ziga xos dunyosi va qiyofasi obrazli tarzda namoyon bo'ladi. Frazeologizmlar tarkibidagi biror so'zi bilan yoxud anglatayotgan ma'nosi bilan o'zi mavjud til tegishli bolgan millat haqida milly-madaniy axborot beradi.

Xalq tilida mavjud iboralar shu xalqning fe'l-atvorini, urf-odatlarini, mentaliteti hamda o'ziga xos tabiati, xarakter, xususiyatlarini ham o'zida aks ettirib turadi.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-472-481

Xalq maqollari shu xalqning ma'naviyatini, madaniyatini,asriy tajribalari asosida kelib chiqargan xulosalarini lo'nda va ixcham holda ifoda etadi. Shunday xalq maqollari ham borki, ularda aynan mana shu xalqning ruhi aynan seziladi. Undagi obrazli ifoda, xulosa yoki fikr o'zi mansub bo'lgan xalqqa aynan mos bo'lib, uni bevosita tilda aks etgan shu xalqning tilda aks etgan yuzi deyish ham mumkin.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

O'zbek xalqi azaldan mehnatsevar , matonatli, tanti va samimiy, saxiy va halol, bolajon va mehmondo'stlik va iymonlilik singari ko'plab ezgu fazilatlarni o'z ma'naviyatida jamlagan xalq. Bu haqida yurtboshimiz shunday ta'kidlaganlar: "Shuni mamnuniyat qayd etish lozimki, ezgu fazilat va intilishlar xalqimizning qon-qoni va suyak-suyagiga singib ketgan". Mana shunday ezgu va insoniy fazilatlar xalqimiz og'zaki ijodi namunalarida, shuningdek, tilda mavjud frazemalar, tasviriy ifodalar, ko'chma ma'noda qo'llaniluvchi so'zlar va boshqa birliklarda ham namoyon boladi. O'zbek xalq maqollarida ham shundaylari talaygina.

Masalan, "Mehnatning tagi rohat" maqolini olaylik. Ushbu maqolda ham mehnatkash xalqimizning tugal xulosasi, ya'ni inson yaxshi, farovon hayotga mehnat bilan erishadi, degan fikri o'z aksini topgan. Xalqning asriy tajribalari asosida yaratilgan bunday maqollar o'zbek xalqining xarakter-xususiyati va fe'l-atvorini yaqqol ko'rsatadi. Shunday maqollar singari frazemalar ham borki, ular ham aynan o'zbek xalqining jonli tilida mavjud bo'lib, xalqimiz mentaliteti va o'ziga xosligini namoyon qilib turadi. "O'zga yurtda sultom bolguncha, oz yurtingda cho'pon bo'l". Ayni shu maqolning o'zida ham xalqimizga xos ona vatanga sadoqat, tug'ilib osgan joyga muhabbat kabi tushunchalar boy korsatib turibdi. "Mehmon otangday ulug'" uchgina so'zdan iborat ushbu maqolda mehmondo'st va tanti o'zbek butun samimiyligi oqko'ngilligi bilan o'zini namoyon etib turibdi. Bunday maqollarni yana ko'plab keltirish mumkin.

O'zbek tili leksikasida mavjud frazemalarning deyarli hammasi lingvokulturologik xususiyatga ega. Chunki masalan, qo'li ochiq frazemasi saxiy ma'nosida qo'llanuvchi belgi bildiruvchi frazema bo'lib, aynan tanti va mehmondo'st, hojatbaror xalqimizning vakillariga nisbatan ishlatiladi. Yoxud "Do'ppisini osmonga otmoq" iborasini oladigan bo'lsak, uning aytilishi va eshitilishiyoq ko'z o'ngimizda o'zbek xalqini va uning samimiy, sodda, tanti bir vakilining xushchaqchoq qiyofasini gavdalantiradi. Sh. Rahmatullayevning izohli frazeologik lug'atida "Juda xursand bo'lmoq", "Quvonmoq" deya izohlangan bu iborada o'zbek milliy bosh kiyimi - do'ppi so'zining kelishi frazemada, ya'ni tilning

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-472-481

bitta birligida millatga xos bir omil o'zini sezdirib turadi.

"Kuragi yer ko'rmagan" iborasi ham kurashchi polvonlarga nisbatan ishlatiladigan bo'lib, bu ham lingvokulturologik ahamiyatga ega iboralardan hisoblanadi. Shuningdek, "Qo'ygani joy topolmadi" iborasining qo'llanishi ham xalqimizga xos bo'lgan mehmondo'stlik, o'zgani hurmat-izzat qilishsamimiylik va tantilik singari insoniy fazilatlarni harakat holatda borttirib korsatib turadi. Bu kabi xalqimiz jonli tilida mavjud bo'lgan ko'plab iboralar,frazemalar o'zbek xalqiga xos bo'lgan madaniy olamni lisonda namoyon etadi

"Qo'y o'gzidan cho'p olmagan" - nihoyat darajada beozor, mo'min "iborasi fe'l-atvor bildiruvchi frazema bo'lib, yuvosh, xushfe'l insonlarga nisbatan ishlatiladi. Bu frazemaning ham lingvokulturologik ahamiyati mavjud. Bunda ham shaklan, ham mazmunan xalqimiz madaniyati va ma'naviyatiga xos belgilar mavjud.Xalqimiz turmush tarzida azaldan chorvadorlik ishi muhim o'rin tutgan. Iborada aynan yuvosh jonivor qo'y obrazining keltirilganligi ham mana shu omilga bog'liq. Cho'p obrazi ham xalq og'zaki ijodi namunalarida juda ko'p uchraydigan predmet sanaladi.

"Childirmasiga oyoq tashlamoq" degan ibora ham borki, bu ibora "nog'arasiga o'ynamoq" frazemasiga sinonim bo'ladi. Yana uning o'rnida "Yo'rig'iga yo'rg'alamoq" iborasini ham qo'llash mumkin, bularning hammasi aytganlarini so'zsiz bajarishni bildiradi. Kimningdir izmi, yo'l-yo'rig'i bilan ish ko'roshi ma'nosini anglatadi.

"Senga kim qo'yibdi birovning chirmandasiga o'ynashni" . Bu o'rinda childirma degan cholg'u asbobi ham frazemaning somasi hisoblanib,xalqimiz san'atiga xos bo'lgan cholg'u asbobi bo'lib, frazemaning linvokulturologik xususiyatini to'la aks ettirgan. "Terisiga somon tiqqan" iborasi ham azaldan dehqonchilik, chorvachilik bilan shug'ullangan xalqimizning turmush tarziga bevosita xosdir.

Qattiq azoblamoq, qiynamoq ma'nosida qo'llanuvchi bu iborada aynan somon detalining ishtirok etishi iboraning xalqchil ruhini namoyon qiladi.

"Og'ziga tolqon solmoq" - mutlaqo gapirmaslik, "To'ydan oldin nog'ora chalmoq" - bajarilmagan holat yoki harakatni ovoza qilmoq, "Chuchvarani xom sanamoq" - xato o'ylamoq, "Osmondan chalpak kutmoq" - beg'am bo'lmoq, dangasalik qilmoq, "Qirq marta o'lchab kesmoq" - o'ylab ish qilmoq, "Qora terga botmoq" - "haddan tashqari zo'r berish natijasida mo 'l- ko'l terlamoq"1, "Sufra qoqdi" - eng so'nggi, "Ko'ngliga zig'ir yog'day urmoq" - bezor bo'lmoq, "Kindigi kesilgan" - tug'ilgan, "Kindik qoni tomgan" - tug'ilgan, "Ikki dunyoda ham" - hech

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-472-481

qachon, "Izzat nafsiga tegmoq" - kamsitadigan so'z aytmoq, "To'nini teskari kiymoq" - fikridan qaytmoq, "Zuvalasi pishiq" - a'zoyi badani chiniqqan, "Do'ppisi yarimta" - beparvo, beg'am, "do'ppisi tor kelmoq" - ilijsiz, imkonsiz qolmoq. Bunday iboralarng ba'zilari tarkibidagi so'zlari bilan, ba'zilari anglatayotgan ma'nosi bilan ham lingvokulturologik xususiyatga ega bo'lgan frazemalarga yaqqol misol bo'ladi. Bular tarkibidagi so'z va uning ma'nosi jihatidan ham aynan xalqimiz madaniyati va turmush tarziga xos, xalqchil bir tushunchalarni o'zida ifodalagan. Bunday iboralar tilimizda juda ko'plab uchraganligi holida, ularni og'zaki va yozma qo'llanishi nutqning jozibasini bo'yoqdor va obrazliligini ta'min etadi. Iboralar ko'pincha so'zlashuv uslubi va badiiy uslubga xos bo'lib, kinoya va qochiriqlarga boy bo'ladi. Ko'chma ma'noda keluvchi bu birliklarda yuqorida ta'kidlaganimizdek, o'zi tegishli bo'lgan til birliklariga oid xususiyatlar madaniy jihatdan ko'rinib turadi. Iboralar nafaqat xalq jonli tilida ishlatiladi, balki badiiy asarlarda ham muallif va qahramonlar tilidan qo'llaniladi. Bu esa muallif badiiy niyatini ochib berishga xizmat qiladi. Bu jarayon badiiy asarlar paydo bo'lgan davrlardanoq mavjud bo'lgan. "Frazeologizm ifoda vositasi sifatida qaralganda Arastuga borib taqaladi".

Yozuvchi tili va frazeologiyasiga bag'ishlangan ishlarda yangidan ijod qilingan ayrim iboralar keltirilsa ham, lekin yozuvchining ibora yaratishdagi texnikasi tilda frazeologik iboralarning vujudga kelish yo'llari, badiiy-estetik va stilistil qiymati maxsus tekshirilmaydi. Vaholanki, busiz yozuvchi tili va uslubining o'ziga xos xususiyatlarini to'la ochib berish mumkin emas.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Tilda, shu jumladan, badiiy adabiyot tilida frazeologik iboralarning vujudga kelishini to'g'ri tushunish uchun bir-biridan keskin farqlanuvchi ikki hodisani alihida-alohida tekshirib ko'rish lozim. Ulardan biri erkin so'z birikmalarining frazeologik iboralar sifatida turg'unlashuvini keltirib chiqaradigan ichki til qonuniyatlari bo'lsa, ikkinchisi, tilga aloqasi bo'lmagan har xil ekstralingvistik faktorlarning ta'siridir.

Frazeologik birliklarning paydo bo'lishini o'rganishda deb yozadi A.P.Xazanovich, ularni keltirib chiqaradigan til vositalari, til protsessorlari, iboralarning shakllanish texnikasi) bilan bir qatorda sirtqi hodisalarni ya'ni frazeologik birlik vujudga keladigan sohalar: kasb-hunar va ijtimoiy muhitni turlicha hayot sharoitlarini ham tekshirish lozim. Chunki har xil tipdagi frazeologik birliklarning shakllanishida bu ikki faktorning salmogi turlichadir.

Masalaning bu taxlitda qo'yilishi ayrim iboralarning vujudga kelishida ishtirok

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 I Issue 3 I March, 2022 I SJIFactor: 5,965 I UIF: 7,6 I Google Scholar I www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-472-481

etmas ekan,degan fikmi anglatmaydi,albatta. Шг qanday iboraning, frazeologik birlikning vujudga kelishida sirtqi omilning ta'siri bo'ladi. Bundan kelib chiqadiki,iboraning vujudga kelishida tashqi muhit omil boladi va ayni shu muhit yoki sharait xususiyati iborada aks etadi. Badiiy asaráa frazemaning qoTlanilishi esa tasvir etilayotgan muhitning va obrazlarning haqqoniy ifodasini ta'minlaydi. Shuningdek, asarda aks etayotgan qahramon hamda u mansub bo'lgan jamiyat,umuman, millatning madaniy hayotini yoгqin va obrazli chizishiga muhim vosita bo'ladi. Bu esa iboralar lingvokulturologik ahamiyatining badiiy asaráa yuzaga chiqishidiг.

Fitrat qalamiga mansub dгamalaгda ham ibora^ lingvokultuгologik ahamiyat kasb etgan bo'lib, bular orqali xalqimiz madaniyatiga oid tushunchlar o'z ifodasini topgan. Zero, har bir iborada ma'lum bir millat suvrati chiziladi. Jumladan, "Arslon" dramasida lingvokulturologik ahamiyat kasb etuvchi ko'plab frazemalarga duch kelishimiz mumkin.

Noraola. Kel, Oynuqsa, tuzukligi boimi? (Kasalning talvasasiga qarab qolg'andan keyin og'ziga suv tomizadir) Bechora Tursun opamiz rahmatig'a qovushadir chog'i. Ushbu o'rinda qo'llangan "rahmatig'a qovushmoq" iborasi "o'lmoq" fe'li o'rnida ishlatilgan bo'lib, xalqimizga xos bo'lgan e'tiqodi butunlik, xudojo'ylik xislatlarini namoyon qilish bilan birga, qo'pol eshitiluvchi, aytilganda inson ruhiyatiga yomon ta'sir qiluvchi so'zlarni aytmaslik, ularning o'rnida taskin beruvchi so'zlarni aytish kabi odatlarni ham ko'rsatib turibdi. Chunki inson "ko'ngliga qarash", "yuz-ko'zini o'ylab" ish tutish, xushmuomalalik aynan xalqimizga xos fazi^^^a^^.

"Bek yigit sening boshingga davlat qushi qo'ngan"2. "boshiga davlat qushi qo'nishi" iborasi omadi kelmoq, baxti chopmoq iboralariga sinonim bo'lib, "davlat qushi" haqidagi rivoyat va afsonalar ham mavjud. Humo qushi afsonalarda o'zbek xalqi uchun muqaddas hisoblanib, baxt va omad ramzi sanaladi. Mana shunga ishora tarzida bu iborada davlat qushi obrazi ramziy ma'no tashiydi.

Xalqimizda "Tuzini yegan" degan ibora mavjud. Uning zmirida yaxshilik ko'rganlik mazmuni yotadi. Bu ibora xalq maqollarida ham uchraydi. Jumladan, "Bir kun tuz totgan joyingga qirq kun salom berib o't" Bu maqoldagi tuz totish birikmasi bfr qancha ma'nolarni yuzaga chiqargan: Yaxshilik ko'rgan kishingga doim hurmatda bo'.Yana shunday ibora ham bor: "tuzini yeb tuzlig'iga tupurmoq" Bu ibora yaxshilik ko'rib, yaxshiligini unutgan, vijdonsiz insonlarga nisbatan ishlatiladi. Bu ibora salbiy ma'noda qo'llanilgan bo'lib, ushbu iborada ifoda etilgan harakat-holat

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-472-481

xalqimiz ma'naviyatiga yot bo'lib, frazema mazmunidan kelib chiquvchi harakat-holat qattiq qoralanadi. Xuddi shuningdek, biz o'rganayotgan, bevosita diqqatimiz qaratilgan Fitrat dramalarida ham bu ibora ishtirok etgan o'rinlar uchraydi.

Imom. Aylanay, qo'rqmayman-u, biroq ko'rib qolsalar, tuzlarini ko'p yeganmiz, yaxshi bo'lmaydir.

Zaynab. Tinch o'tira bering.kelmaydilarda,ko'rmaydilar-da!

Imom. Hay, sadag'angiz ketay,berirak kelsangizchi, juda uzoq o'tiribsiz-ku.(Zaynab nozlanib imomga yaqinroq o'tiradir.) Bay, bay, bay bu kun judayam ofat

"5

bo'libsiz. Xudo yomon ko'zdan asrasin.(duo o'qib dam soladir.)

"Arslon"dramasidan olingan ushbu parchada "tuzini yemoq" iborasidan tashqari "sadag'angiz ketay" va shuningdek, "yomon ko'zdan asrasin " iboralari ham lingvokulturologik ma'no tashuvchi frazemalardir. Ayni "yomon ko'zdan asrasin " birligi xalqimizda mavjud bo'lgan "ko'z tegishi" tushunchasi bilan bog'liq desak, xato bo'lmaydi.

"Ter to'kamiz ishlaymizda, yashaymiz" ,,Arslon" dramasidan olingan ushbu parchada ter to'kmoq iborasi astoydil mehnat qilish ma'nosida qo'llaniladi. Peshona teri bilan halol mehnat evaziga turmush o'tkazish xalqimizga oid bir o'ziga xoslikdir. Azaldan mehnatkash va jonkuyar xalqimiz tinimsiz harakat va halol mehnat bilan kun kechirib kelgan. Mana shu halol mehnatdan topilgan luqma bilan farzandlarini voyaga yetkazgan. Umuman olganda ter to'kmoq iborasi ham o'zbek xalqiga xos bir xususiyatni lisonda ifoda etgan desak xato bolmaydi.

Zolimlar dastidan ming dod

Bo'tadek bo'zlar gulizor4 Bu o'rinda ,,bo'tadek bo'zlamoq" iborasi keltirilgan bo'lib ,uning ham lingvokulturologik xususiyatini aytib o'tishni joiz topdik. Bo'ta bu tuyaning bolasi ma'nosini anglatadi. Ma'lumki tuya ham xalqimiz turmush tarzida alohida o'ringa ega bo'lgan jonivor hisoblanib undan transport vositasi sifatida foydalanishgan. Xalqlarni o'zaro aloqalarida katta foyda bergan. Olis safarlarga yo'lga chiqishganda ,uning ustiga yuk ortilgan . Mana shunday chog'da tuyalarning emizikli bolalari ya'ni bo'taloqlari qorin g'amida onasining orqasidan zor bo'lib qarab borishgan. Mana shu holatga nisbatan xalq tilida "bo'tadek bo'zlamoq" iborasi vujudga kelgan. Bu ibora intizor bo'lib yo'liga ko'z tutish ma'nosida qo'llaniladi. Aynan Vose' qozg'oloni dramasida ham qo'zg'alon boshlig'i Vose'ning qizi Gulzorga nisbatan ishlatilgan. Otasi amir odamlari tomonidan qatl etilganda otasini qidirib borgan qiz zor yig'lab turgandagi ruhiy holat ,, bo'tadek bo'zlamoq" iborasi orqali ifoda etilgan. Bunda ham xalqimiz turmush tarzida chorvachilik , umuman

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-472-481

tuyaning ham o'rni mavjud bo'lgani haqida xabar beradi. Miroxurboshi Saiddan qay biring Vose, Vose. Men. Miroxurboshi . Nega nonko'rlik qilding? Ma'lumki non va tuz xalqimiz qadriyatlarida muqaddas hisoblanadi. Non rizq va ro'zimizdir. Nonni har doim muqaddas hisoblab, ezozlab kelamiz. Non ham non ushog'i ham non" degan maqol ham mavjud bo'lib ,bu maqolda bir parcha non, hatto uning ushog'ini ham ehtiyot qilishga chorlash mazmuni yotadi. Bunday maqollarni ko'plab keltirish mumkin. Bu haqda rivoyatlar ham bor. Tuyaning ustida non yeb ketayotgan badavlat bir insonning qoTidan non ushog'i to'kilib ketadi. Tuyadan tushib xar qancha urunmasin o'sha mitti urvoqni topolmaydi. Shundan keyin ushoq tushgan joy atrofini mustahkam qo'rg'on bilan o'rattiradi. Ko'rinib turganidek ,non xalqimizda nihoyatda qadrlanadi va e'zozlanadi. Shunday ekan nonga nisbatan noshkurlik qilish qafiy qoralanadi. „nonko'rlik qilmoq" iborasi ham shu nuqtai nazardan kelib chiqqan bo'lib , yaxshiliklarni unutish , nohaqlik yoki xiyonat qilish ma'nosida ishlatilib salbiy bir mazmunni anglatadi. Va „nonko'rlik qilmoq" fe'l frazemasida ifodalangan harakat, holat uning bajaruvchisiga nisbatan o'ta salbiy yondashiladi va bu qattiq qoralanadi.

Mir (Bekjonga) Mirzaga ayt,amlokdor nomiga xat bitsin."mamlakat ahvolidan doimo xabardor bo'lub tursunlar, toki biron kor hol yuz bermasun",- deb tayinlasin. Janobi oliy haqiga xiyonat qilishni man etsun. Kimki bo'y so'nmasa,zindonga tashlansin!

XULOSA

So'z boyligimizda "haqiga xiyonat qilish" iborasi mavjud bo'lib uning bo'lishli shaklda qo'llanilishi salbiy o'rinda, shuningdek, u anglatgan tushuncha qattiq qoralangan holatda yuzaga chiqadi. Azaldan poklik,halollikni ulug'lagan, peshona teri bilan hayot kechirishni odat qilgan xalqimiz turmush tarzida birovning haqiga xiyonat qilish eng yomon holat va illatlardan hisoblanadi va qattiq qoralanadi.

"Vose' qo'zg'oloni" dramasidan olingan mazkur parchada ham ushbu iboraning qo'llanilishi til va ma'naviyat aloqasini yuzaga chiqargan,bizningcha. Muallifning mahorati shundaki, asarda qahramonlar tilidan xalqimiz madaniy dunyosini va o'ziga xos xususiyatlarini namoyon etuvchi frazemalardan foydalangani holda, nafaqat asar badiiyatini va o'qishliligini ta'minlagan. Shuningdek, tilimizning betakror jozibasi va keng imkoniyatlarini ochib berish bilan birga yuksak ma'naviyatli, beqiyos insoniy fazilatlarga ega xalqimizning qiyofasini ko'rsatib bergan.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-472-481

REFERENCES

1. Маслова О. Лингвокултология.-М.,2010.

2. Фитрат, Абдурауф. Танланган асарлар. III жилд. -Т.: Маънавият, 2003. 179-bet

3. Рахматуллаев Ш. Узбек тилининг изошли фразеологик лугати.- Т.: Укитувчи, 1978. 291-bet

4. Жамолдиновна, Б. M. (2020). Лингвокультурологические научные направления и интерпретация языка и культуры в современной лингвистике. Вестник Приамурского государственного университета им. Шолом-Алейхема, (3 (40)), 104-115.

5. Bekiyeva, M. J. K. (2022). DEVELOPMENT OF LINGUOCULTUROLOGY AND INTERPRETATION OF LANGUAGE AND CULTURE IN MODERN LINGUISTICS. Central Asian Research Journal for Interdisciplinary Studies (CARJIS), 2(1), 93-102.

6. Oblanazarovna, S. N. (2022). Psycholinguistics One of The Modern Branches of Linguistics. Eurasian Journal of Learning and Academic Teaching, 4, 277-280.

7. Bekiyeva, M. J. Q. (2022). Frazeologiya bo'limining mustaqil fan bo'lib shakllanishi. Science and Education, 3(1), 393-399.

8. Jamoldinovna, B. M. (2020). Lingvokulturologiyaning tadqiqot obyеkti, р^ше^, maqsadi va vazifalari. Интернаука, 18(147 часть 3), 69.

9. Bekiyeva, M. J. Q. (2022). FRAZEOLOGIK BIRLIKLAR OBRAZLILIK VA EMOTSIONAL-EKSPRESSIVLIKNI YUZAGA KELTIRUVCHI ENG MUHIM VOSITA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 2(1), 650-655.

10. Sattarova Nargiza Oblanazarovna. 92022/1/310. LINGUISTIC VIEWS OF WOMEN'S COMMUNICATION Academicia Globe: Inderscience Research, 83-88

11. Tojiboeva, M., Sattarova, N., & Qanoatova, N. (2021). TRADITION IN ABDULLA AVLONI'S POETRY. TRADITION,, 7(11).

12. Sattarova Nargiza Oblanazarovna. (2022) QO'LLANISH DARAJASI CHEGARALANGAN SOZLAR VA ULARNING O'ZIGA XOS XUSUSIYATLARI. Интернаука, 79-82.

13. Sattarova Nargiza Oblanazarovna (2021) «MODERN SCIENTIFIC CHALLENGES AND TRENDS» POLAND, 169-177.

14. BEKIYEVA, M. (2020). Bekiyeva Malika FRAZEOLOGIZMLARNI O'RGANISH-INTERAKTIV USULLARNING BIRI SIFATIDA. Архив исследований, 7-7.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-472-481

15. BEKIYEVA, M. (2020). Bekiyeva Malika TILSHUNOSLIKDA FRAZEOLOGIK BIRLIKLARNING O „RGANILISHI VA FRAZEOLOGIK TADQIQOT YO „NALISHLARI. Архив исследований, 7-7.

16. Okbayeva, N. (2021). INNOVATIVE APPROACH TO SOLVING COMBINATIC ELEMENTS AND SOME PROBLEMS OF NEWTON BINOMY IN SCHOOL MATHEMATICS COURSE. Central Asian Problems of Modern Science and Education, 2021(1), 67-76.

17. Окбоева, Н. У. (2019). О решении уравнений температурно-стратифицированных течений рекуррентно операторным методом.

In Информационные технологии и математическое моделирование (ИТММ-2019) (pp. 295-300).

18. Окбоева, Н. У., & Тухтаев, Э. Э. (2019). О применении матричного анализа к решению экономических задач воспроизводства. In Информационные технологии и математическое моделирование (ИТММ-2019) (pp. 301-304).

19. Бабажанов, Ю., Окбаева, Н., & Бабажанова, И. (2019). МЕТОД ОПРЕДЕЛЕНИЯ КОЭФФИЦИЕНТА ЭФФЕКТИВНОСТИ ГАЗОПРОВОДА. In Актуальные проблемы математики и информатики: теория, методика, практика (pp. 58-59).

20. Окбоева, Н. (2018). УРАВНЕНИЕ ЛАПЛАСА И ГАРМОНИЧЕСКИЕ ФУНКЦИИ. In Фундаментальные научные исследования (pp. 63-66).

21. Urakovna, O. N. (2022). MODELING MATHEMATICAL COMPETENCE BACHELOR-FUTURE MATHEMATICS TEACHER. Academicia Globe: Inderscience Research, 3(02), 197-203.

22. Saxibdjanovna, N. M. (2022). Special Requirements For Textile Production On Exporting To The European Market. Eurasian Scientific Herald, 5, 56-60.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

23. Окбааева, Н. У. (2021). ОБУЧЕНИЕ МАТЕМАТИЧЕСКОМУ МОДЕЛИРОВАНИЮ СТУДЕНТОВ НА ПРИМЕРЕ ИССЛЕДОВАНИЯ ВОДНЫХ РЕСУРСОВ. МАТЕМАТИЧЕСКИЕ МОДЕЛИ ГУМАНИТАРНЫХ, ЕСТЕСТВЕННОНАУЧНЫХ ПРОЦЕССОВ: ПРОБЛЕМЫ, РЕШЕНИЯ, ПЕРСПЕКТИВЫ, 114-117.

24. Choriyev, B. B. (2021). Bolalar musiqa va san'at maktablari hamda umumiy o'rta ta'lim muassasalari integratsiyasini ta'minlashning nazariy asoslari. Zamonaviy ta'lim va tarbiya: muammolar, yechimlar va rivojlanish istiqbollari, 416-422.

25. Choriyev, B. B. (2021). Umumiy o'rta ta'lim maktablarida musiqa madaniyati darslarining mazmuni hamda kompetentlik darajasi. Ta'lim va innovatsion tadqiqotlar, 108-111.

Central Asian Research Journal For Interdisciplinary Studies (CARJIS)

ISSN (online): 2181-2454 Volume 2 | Issue 3 | March, 2022 | SJIFactor: 5,965 | UIF: 7,6 | Google Scholar | www.carjis.org

DOI: 10.24412/2181-2454-2022-3-472-481

26. Choriyev, B. B. (2021). Umumiy o'rta ta'lim muassasalarida musiqa madaniyati darslari samaradorligi oshirishdagi kamchiliklar va muammolar. Raqamli iqtisodiyot sharoitida fan, ta'lim, madaniyat sohalarida innovatsion texnologiyalarni rivojlantirishda xotin-qizlarning o'rni, 471-475.

27. Okbayeva, N. U., & Shoimova, B. S. (2021). Tor tebranish tenglamasi uchun chegaraviy masalada kasr tartibli differensial operator qatnashgan siljishli masala. Matematik fizika va matematik modellashtirishning zamonaviy muammolari, 351-354.

28. Okbayeva, N. U. (2021). Application of mathematical modeling in school courses (natural) subjects. Actual problems of modern science, education and training, 22-25.

29. Мадиханова, Н. С. (2021). СРАВНИТЕЛЬНЫЙ АНАЛИЗ И ВНЕДРЕНИЕ МЕЖДУНАРОДНЫХ СТАНДАРТОВ В ШВЕЙНО-ТРИКОТАЖНОЕ ПРОИЗВОДСТВО. Universum: технические науки, (11-3 (92)), 51-54.

30. Тожиев, Ф. И., Мухаревский, А. А., Жураев, Б. Н., & Юсупов, Ш. А. (2014). КОМПЛЕКСНЫЙ МЕТОД КОРРЕКЦИИ ВРОЖДЁННЫХ ПОРОКОВ ЧЕЛЮСТНО-ЛИЦЕВОЙ ОБЛАСТИ У ДЕТЕЙ. AКТУАЛЬНЫЕ ВОПРОСЫ СОВРЕМЕННОЙ МЕДИЦИНЫ И ФАРМАЦИИ, 292-294.

31. Xuseynovna, K. S. A. (2022). Optimization of the Diagnosis and Treatment of Oral Epulis Based on Morphological and Cytological Analysis. Texas Journal of Medical Science, 6, 24-26.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.