Научная статья на тему 'HINDIY TILIDAN FRAZEOLOGIZMLAR TARJIMASIDA VARIANTLILIK'

HINDIY TILIDAN FRAZEOLOGIZMLAR TARJIMASIDA VARIANTLILIK Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
76
5
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ibora / maqol / matal va idiomalar / frazeologizmlar / Bolanatx Tivari / Pratibxa Agarval / Omprakash Gupta / Ramchandra Varma / phrase / proverb / language and idioms / phraseologisms / Bolanath Tiwari / Pratibha Agarwal / Omprakash Gupta / Ramchandra Varma

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Xodjayeva, Nilufar

Hozirgi kunda Hindiston tilshunosligida ham ibora, maqol, matal va idiomalarni tarjima qilinishga doir aniq bir tizim mavjud emasligi mazkur mavzuda tadqiqot olib borishga turtki bo‘ldi. Hindistonda frazeologizmlar mavzusida bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Hind tadqiqotchilaridan Bolanatx Tivari, Pratibxa Agarval, Omprakash Gupta, Ramchandra Varmalar nomlarini zikr etib o‘tish o‘rinli. Hindiy tili frazeologiyasining o‘rganilganlik darajasiga to‘xtaladigan bo‘lsak, “Ramdaxin Mishra हिंदी मुहावरे” (1924), Baxadur Chand लोकतियाँ और मुहावरे (1932), Jambunatxan हिंदी मुहावरकोश (1935), Ar.Ji Shiraxindi हिंदी मुहावरकोश (1936), Brahmasvarup Dindar Sharma हिंदी मुहावरे (1938), Ambikaprasad Vajpay हिंदुसतानी मुहावरे (1940), Balmukand Arsh Malsiyani मुहावरे और कहावतें (1957), Pratibxa Agarval हिंदी मुहावरे (1969), Bolanatx Tivari हिंदी मुहावरकोश (1984)” [1,12-13], kabilarning asarlari juda muhim manba hisoblanadi. Frazeologizmlar tarjimasiga doir ma’lumotlar bir qancha ikki tillik lug‘atlarda ham o‘z aksini topgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VARIATION IN THE TRANSLATION OF PHRASEOLOGISMS FROM HINDI

The lack of a clear system for the translation of phrases, proverbs, proverbs and idioms in Indian linguistics at the present time prompted research on this topic. A number of studies have been conducted in India on the subject of phraseologisms. It is worth mentioning the names of Indian researchers Bolanath Tiwari, Pratibha Agarwal, Omprakash Gupta, Ramchandra Varma. If we talk about the level of study of Hindi phraseology, "Ramdahin Mishra hindī muhāvarē" (1924), Bahadur Chand lōkatiyām̐ aura muhāvarē (1932), Jambunathan hindī muhāvarakōśa (1935), Ar.Ji Shirahindi hindī muhāvarakōśa (1936), Brahmaswarup Dindar Sharma hindī muhāvarē (1938), Ambikaprasad Vajpay hindusatānī muhāvarē (1940), Balmukand Arsh Malsiya muhāvarē aura kahāvatēṁ (1957), Pratibha Agarwal hindī muhāvarē (1969), Bolanath Tiwari hindī muhāvarakōśa (1984)” [1,12-13] , etc.'s works are a very important source. Information on the translation of phraseology is reflected in several bilingual dictionaries.

Текст научной работы на тему «HINDIY TILIDAN FRAZEOLOGIZMLAR TARJIMASIDA VARIANTLILIK»

HINDIY TILIDAN FRAZEOLOGIZMLAR TARJIMASIDA

VARIANTLILIK

d https://doi.org/10.24412/2181-1784-2022-28-212-216

PhD. Nilufar XODJAYEVA,

TDSHU dotsenti, kafedra mudiri

Hozirgi kunda Hindiston tilshunosligida ham ibora, maqol, matal va idiomalarni tarjima qilinishga doir aniq bir tizim mavjud emasligi mazkur mavzuda tadqiqot olib borishga turtki bo'ldi. Hindistonda frazeologizmlar mavzusida bir qator tadqiqotlar olib borilgan. Hind tadqiqotchilaridan Bolanatx Tivari, Pratibxa Agarval, Omprakash Gupta, Ramchandra Varmalar nomlarini zikr etib o'tish o'rinli. Hindiy tili frazeologiyasining

o'rganilganlik darajasiga to'xtaladigan bo'lsak, "Ramdaxin Mishra fff ^f/M" (1924), Baxadur Chand r/l^id^i qf/M (1932), Jambunatxan fff qfM<°bl?r (1935), Ar.Ji Shiraxindi fff qff/MTWtw (1936), Brahmasvarup Dindar Sharma fffqf/M (1938), Ambikaprasad Vajpay f^HdlJ} qf/M (1940), Balmukand Arsh Malsiyani qf/M 3 fMf (1957), Pratibxa Agarval ff fM (1969), Bolanatx Tivari ff qfMKvlw (1984)" [1,12-13], kabilarning asarlari juda muhim manba hisoblanadi. Frazeologizmlar tarjimasiga doir ma'lumotlar bir qancha ikki tillik lug'atlarda ham o'z aksini topgan.

O'zbek tilshunosligi frazeologizm deganda faqatgina iboralarni nazarda tutsa, o'zbek tarjimashunosligi frazeologizmlar tarjimasini tadqiqi [2, 89 ] ibora bilan bir qatorda maqol, matal va ideomalarni ham qamrab oladi. Sababi tarjimashunoslikda ibora barobarida maqol, matal va ideomalarni tarjimasi hamda ekspressivlik darajasini yetkazib berish birdek murakkab hisoblanadi. Shu qatorda, yuqoridagilarni tarjima qilish usullari ham birdir.

"Frazeologik birikmalarni oddiy so'z birikmalaridan ajratishning to'rt asosiy belgisi:

- frazeologik birikmalarning ma'lum bir model asosida yasalmasligi;

- ko'chma ma'noda ishlatilishi;

- turg'unligi;

ikki yoki ko'p mustaqil so'zlardan yasalishi"[3,62]. Iboralar tarjimasining eng maqbul usuli ekvivalentini topib tarjima qilish hisoblanadi.

^t^" it i^il TT+ TT T^iT |l [4,24] Ushbu jumlaning tarjimasi: Jahling doim burning uchida turadi [5, 50].

Hindiy tilidagi ^fa TT+ TT T^TT o'zbek tilidagi "jahl burun uchida turmoq" iborasini ekvivalenti hisoblanadi. Ikki tilda ham "jahlning tezligi"ni ifodalovchi bir xil ibora borligi xalqlar turmush sharoitlari, urf-odatlari va mantiqiy mushohadalaridagi mushtaraklik, bog'liqlik mavjudligini belgilaydi. Ha ikki tilda ham "jahl" bilan bog'liq turli vaziyat va holatlarni ifoda etuvchi iboralar mavjudki, ular variant yohud sinonimlik xususiyatini o'zida aks ettiradi.

Bu o'rinda bir qancha iborlarni kuzatish mumkin, masalan: ^tT" ^Tt t fT^T ftTT - o'zidan chiqib ketmoq, i^tf t ^TT ftT t f^TT -burnidan tutun chiqmoq, ^Ti ^fMT - tishini ko'rsatmoq,

R+MH! - jahli chiqmoq, 33TT - yonib ketmoq, fTTT-

qizarib ketmoq, ^3TT- g'azabi qaynamoq, ^TT f^TT - g'azabi

qaynamoq, iTTTT - ko'zi kosasidan chiqmoq, fM ffïï^TT - tepa sochi tikka bo'lmoq, ftw^T ^TTT- tutab ketmoq, ^^TT - qizarib ketmoq, ftTT, ^faT, dHdHI ^^T " -yuzi

qizarib ketmoq", "bo'zarmoq". Yuqorida berilgan "jahl"ni ifodalovchi hindiy tilidagi iboralar o'zaro sinonim hisoblanadi lekin bularni orasida

33TT, ftTT, ^T, d^dm ^^T [6]

iboralari o'zaro variant sifatida qo'llanilishi "lovullab ketmoq", "yuzi qizarib ketmoq" ma'nolarini anglatadi.

itT f%T ^IdH^ + ^T ^ tTtf^T ^ Tf^f, ^ mt

TT +T f%F+Tt ^Tl [4,93] jumlasining tarjimasi: Uchinchi kuni Pratapchandrning kitoblari, kiyim-kechaklari va boshqa lash-lushlari ham yetib keldi, bu o'lganining ustiga tepgan bilan baravar edi [7, 21]. O'zbek tilida ^Tt TT +T f%F+Tt iborasining "yaraga tuz sepmoq"

ekvivalenti mavjud biroq, tarjimon qahramonning ruhiy holatini hisobga olgan va ushbu jumla tarjimasida "o'lganining ustiga tepgan" muqobil ibora qo'llagan. Hindiy tilida f%F+TTT [8, 210] -"tuz sepmoq", ^Tt

213

TT +T ^t TT f%F+TT, -"yaraga tuz sepmoq", ^t

t ^TTT- "yarani tuzga to'ldirmoq" iborasining variant sifatida

qo'llash mumkin. Shuningdek, ushbu ma'noni ifoda etuvchi TT TtT-^"MM i - "yaraga qalampir surtmoq" iborasi ham mavjud bo'lib sinonim sifatida qo'llash mumkin.

Tt^ T^TT M^Tl[4,65] Tarjimasi: Yo'lingizga

qarayverib ko'zlarim teshildi-ku [5, 85]. WTtTT [8,25] iborasi "ko'zning qotib qolishi"ni anglatadi, aslida WTTTT so'zi "toshdek qotib qolish" ma'nosini beradi. Hindiy tilida "kutish"ni anglatadigan yana bir iTt ^Mi -"kozlar jovdiramoq" iborasi mavjud. Asliyatdagi ta'sirchanlikni saqlab qolish maqsadida tarjimon ekvivalent qilib "ko'zlarim teshildi-ku" iborasini qo'llagan. O'zbek tilida "ko'zlari to'rt bo'lmoq" muqobil iborasi ham mavjud bo'lib, unga variant sifatida "ikki ko'zi to'rt bo'lmoq"ni qo'llash mumkin. Hindiy tilidagi T^TtTT , iTt ^TTT, WTT M^t - "ko'zi qotib qolmoq" iborasi o'zaro variant sifatida qo'llaniladi.

Asliyatda qo'llanilgan frazeologik birlikka ekvivalent frazeologizm topilmagan taqdirda, ko'p hollarda muqobili yordamida tarjima qilinadi. Ma'no va uslubiy vazifa jihatlaridan mos ikki til frazeologik birliklari qator hollarda o'zaro farq qiladilar va bunday frazeologik birliklar o'zaro muqobillik munosabatida bo'ladi. Moddiy jihatdan farq qiladigan bunday muqobil variantlarning paydo bo'lishi har bir xalq vakilining muayyan fikrni obrazli yoki hissiy-ta'sirchan tarzda ifoda etishda o'z turmush tushunchalari, urf-odatlari, milliy-falsafiy qarashlari va o'ziga xos ruhiyatidan kelib chiqishi bilan izohlanadi.

Muqobil variantlar tarjimada bir-birlarini bemalol almashtiraveradi. Chunki mazkur birliklar tarkiblarida ularning o'zaro almashinuvlariga xalal beradigan milliy xususiyatli so'zlar uchramaydi. Ammo tarjimonlar goho o'z tillarida mavjud imkoniyatdan unumli foydalana olmasdan, ifodaning noadekvat talqiniga yo'l qo'yadilar.

^iTT t^T ^T f+ + TtTt tT M^t [4,64] Tarjimasi: Buni eshitib, Kamlacharanning tarvuzi qo'ltig'idan tushdi [5,84].

Asliyatda berilgan ^T iborasini so'zma so'z "buvisi o'lib qoldi" tarzida tarjima qilinsa ma'no anglashilmaydi. "Juda ko'p frazeologizmlar borki, ular hijjalab tarjima qilinsa, bema'ni so'z uyumlari hosil bo'ladi, holos" [9, 262]. Aslida yuqorida keltirilgan

^T - "tarvuzi

qo'ltig'idan tushmoq" iborasi barobarida "xafsala pir bulmoq" muqobilini ham qo'llash mumkin edi.

Hindiy tilida

^T fbuvisi o'lib qoldi^ iborasinga variant sifatida 4K W ^mi (buvisini sog'inmoq) iborasini ham qo'llash mumkin. Ushbu ma'noni ifodalovchi ff^d fKHI, ¿tïïT ^t tôïïi, fT^" ¿t kabi iboralar ham mavjud bo'lib havsala pir bo'lishini ifodalaydi. ¿tïïT (qo'l yuvmoq), ^t tsïïT (qo'lini yuvib

o'tirmoq), fT^" ¿t (qo'lini yuvib olmoq) iboralari o'zaro

variantlilikni tashkil etib, o'zbek tiliga "qo'lini yuvib qo'ltig'iga urmoq" shaklida tarjima qilish mumkin.

fT^f dtd ^ [4,63]. Tarjimasi: Kapalagi uchib ketdi.[5,78] Ushbu misoldagi fT^" % dtd ^TïïT so'zma-so'z tarjimasi "qo'lidan to'tilari uchib ketmoq" bo'lib, o'zbek tilidagi muqobili bilan tarjima qilingan. Faqatgina hindiy tilida assotsiatsiya "to'ti", o'zbek tilida esa "kapalak". "Bir-biriga ma'no va uslubiy jihatlaridan mos qator frazeologik ekvivalentlar leksik tarkib jihatdan bir, goho ikki komponentga farq qiladi. Bu, asosan, turli xalqlar vakillarining hayot voqea-hodisalariga o'ziga xos tarzda yondashishlari, o'z tasavvurlari doirasida fikr yuritishlari bilan bog'liq bo'lib, ko'pgina narsa va hodisalar ular lafzida turlicha mazmun va ramziy ma'no kasb etadi" [10, 190].

Hindiy tilida ushbu iboraga sinonim sifatida ft^T ^TïïT ^WïïT, f^HI, ffTïï dTf ^ïïT, ^MI [8] qo'llanilishi mumkin,

Ona tili bilan qurollangan tarjimon, odatda, lug'aviy ekvivalentlikdan ko'ra uyg'unlikka ko'proq e'tibor bergani holda, badiiy matning estetik xususiyatini qayta yaratadi.

Asliyatda mantiqiy-erkin ma'nodagi so'zlar yordamida bayon etilgan fikr tarjima tilida har xil lug'aviy ma'noga ega til vositalari - asliyatdagi vositaga moddiy jihatdan yaqin hamda undan leksik tarkibi farq qiladigan til birliklari yordamida ifoda etiladi.

Tarjima jarayonida iboralarning sinonimi yohud variantini qo'llanilishi ko'p uchraydi. Kontekstual ma'noga tayangan tarjimon, mazmunga ko'ra asliyatdagi ma'noni to'liq ifodalaydigan ibora variantini qo'llaydi

Tarjimashunoslikda iboralar tarjimasi uch usulga asoslanadi, iboralarning ekvivalent va muqobillarini topib tarjima qilish sermahsul hisoblanadi.

Foydalanilgan adabiyotlar ro'yxati:

1. Sharqshunoslar anjumani. Ilmiy to'plam - Toshkent: ToshDShI, 2011.

2. Ochilov E. Badiiy tarjima masalalari - Toshkent: ToshDShI, 2014.

3. Badiiy tarjimaning aktual masalalari - Toshkent: Fan, 1977.

4. ^ЧФ?, T^iWTTi, ^г,

5. Premchand. Sevgi in'omi //Jahon adabiyoti, 2009, 2-son.

6. Xodjayeva N. Hindiycha-o'zbekcha, o'zbekcha-hindiycha iboralar lug'ati (iB^l

даск1Фк|) - Toshkent, 2015.

7. Premchand. Sevgi in'omi //Jahon adabiyoti, 2009, 3-son.

8. ^ТТ Ч^ШТ^", Ч^РТГ ^fTit, ^W/

9. Salomov G'. Til va tarjima - Toshkent: Fan, 1966.

10. Musaev Q. Tarjima nazariyasi asoslari - Toshkent: Fan, 2005.

11. Usmanova, S. R., & Ismatullayeva, N. R. (2020). Expression Of Lacunas In Comparative Study Of Kinship Terms In Chinese And Uzbek Languages. Solid State Technology, 63(6), 4974-4985.

12. Shoira, U. (2018). The use of modern educational technologies in teaching foreign languages (on the example of English). Образовательный процесс, (1 (3)), 29-32.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.