O'ZBEK XALQ MUMTOZ MUSIQASI TARIXIGA BIR NAZAR
Sh.Qurbonova
O'zbekiston davlat san'at va madaniyat institutining Farg'ona mintaqaviy filiali
Annotatsiya: Ushbu maqolada O'zbek xalq mumtoz musiqasi tarixi va taraqqiyot bosqichlari haqida ma'lumot berilgan.
Kalit so'zlar: mumtoz musiqa, folklor, maqom, alla, yalla, lapar, terma, qo'shiq, aytishuv
A LOOK AT THE HISTORY OF UZBEK FOLK CLASSICAL MUSIC
Sh.Kurbanova
Fergana regional branch of Uzbekistan State Institute of Art and Culture
Abstract: This article provides information about the history and stages of development of Uzbek folk classical music.
Keywords: classical music, folklore, status, alla, yalla, lapar, terma, song, saying
Dunyodagi har bir xalqning, millatning borligidan darak beruvchi omil - bu uning tilidir. Uning buyukligini ifodalovchi mezon esa- bu ma'naviyati hisoblanadi. Shunday ekan, ma'naviyatning asosiy tarmoqlaridan biri musiqa hisoblanishi barchaga ayon. Musiqa dunyosi juda keng va barcha sohalarga teng daxldor ekanligi bilan boshqa sohalardan tubdan farq qiladi. Musiqa dunyosi insoniyatning hayoti, yashash tarzi, faoliyati, mehnati, qadriyati, an'anasini mujassam etuvchi vosita sifatida ham ahamiyatlidir. Shu bois musiqa o'zining badiiy va estetik imkoniyatlariga egaligi bilan xarakterlanadi.
Dunyodagi har bir xalq o'zining qadimiy tarixiga ega bo'lgan musiqiy an'analariga egadir. Shular qatorida o'zbek musiqasi ham juda qadimiy va o'ziga xos an'analariga egadir. O'zbek musiqasi azaldan ikki ulkan yo'nalishda shakllanib, asrlar osha rivojlanib kelgan. Birinchi yo'nalish, bu xalq hayotiy voqe'liklari bilan bog'liq bo'lgan folklor musiqasidir. Insoniyatning kundalik hayoti, mehnati va faoliyatini in'ikos etuvchi musiqadir. Folklor musiqasining asosiy mezonlari marosimlar va voqe'liklar bilan bog'liq bo'lib, to'rtta yo'nalishdan iboratdir.
Bular:
1. Bolalar musiqasi.
2. Mehnat qo'shiqlari.
3. Marosim qo'shiqlari.
4. Diniy qo'shiqlar.
ncTTni^^H] 423 ISSN 2181-063X/Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
Amaliyotda har bir yo'nalishga xos va voqe'lik bilan bog'liq bo'lgan janrlar vujudga kelganki, ular asrlar davomida xalqlar milliy an'analarida yuzaga kelgan. Bular - alla, yalla, lapar, terma, qo'shiq, aytishuv kabi janrlardir. Xalq folklor musiqasining asosiy xususitlaridan biri: folklor musiqasini xalq yaratadi, xalq tomonidan ijro etiladi va tinglanadi. Lekin folklor musiqasining ham bilimdon ijrochilari bo'Iib, xalq orasida ular laparchi, yallachi kabi nomlar bilan atalib kelinadi. Folklor musiqasining ijrosida va ijodida muayyan janrlar tarkibiga asoslangan erkinlik xususiyatlari mavjuddir. Musiqiy namunalaming shakl jihatidan soddaligi, barmoq vazniga xos she'riy matnlarga asoslanishi va unchalik katta bo'lmagan diapazon doirasida ijro etilishi bilan xarakterlanadi.
Ikkinchi yo'nalish mumtoz musiqadir. Mumtoz musiqa namunalari, har tomonlama mukammallik kasb etishi bilan folklor musiqasidan farq qiiadi. Mumtoz musiqa alohida yaratuvchisi, ya'ni bilimdon bastakori tomonidan ijod etiladi. Bilimli va mohir sozanda yoki xonandalar tomonidan ijro etiladi. Asosan aruz vazniga xos bo'lgan so'z matnlariga asoslab va muayyan shaklda yaratiladi. O'zbek xalq mumtoz musiqasi o'zining mukammalligi va murakkabligi bilan boshqa xalqlar orasida alohida o'ringa egadir. Mumtoz musiqaning eng yirik shakli maqomlardir.
Maqomlar O'zbekistonnirig uch vohasida mavjud bo'lib, Buxoroda "Shashmaqom", Xorazmda "Xorazm maqomlari", Farg'ona vodiysida "Farg'ona-Toshkent maqom yo'llari" deb yuritiladi. Bundan tashqari, maqomlar yoilarida yaratilgan, shaklan va ijroviy xususiyatlari doirasi maqomlarga xos bo'lgan "Suvora"lar, Katta ashula, Sumay maqom yo'llari, dutor maqomlari hamda cholg'u yo'llari mavjuddir. Mumtoz musiqaning shaklan muqimligi, qonunqoidalarga egaligi, talqin uslublarining mavjudligi uning murakkabligidan dalolat beradi. Maqomlami ijro etish uchun maxsus tayyorgarlik, bilim va albatta keng diapazonli ovozga ega boiish lozimdir. Maqomlar, odatda bir necha yillar davomida hamda ustoz-shogird qabilidagi ta'lim asosida o'zlashtiriladi. Maqomlami - "sifatsiz ijro etish - deb yozadi maqomdon olim I.Rajabov - maqom yo'llari haqida noto'g'ri tasavvur qoldirishi mumkin"1 Bu mumtoz musiqa merosimizning asrlar osha o'z badiiy va estetik imkoniyatlari saqlab kelishining asosini bildiradi. Shu bilan birga qayd etish lozimki, "Maqom yo'llari ijrosi uchun hofizda keng diapozon, yoqimli ovoz va yuksak aytish texnikasi bo'lishi shart."2 O'zbek musiqasining ijodiyoti yillar davomida turli janrlar bilan boyib kelgan.
XX asrga kelib, bastakorlik an'analariga xos va jahon musiqa ijodiyoti namunalariga mos kompozitorlik ijodiyoti kirib keldi. Bu albatta o'zining yangidan-yangi janrlari, ulami yaratish va ijro etish qonuniyatlari bilan bog'liqdir. Kompozitorlik ijodiyoti bilan birga o'zbek musiqasiga yevropa musiqiy an'analarida mavjud bo'lgan opera, balet, simfoniya, kamer musiqa, cholg'u musiqa kabi bir qator janrlarda ijod
1 I.Rajabov. "Maqomlar masalasiga doir"
2 Shu manba. 269 b.
T.: 1963 y. 268 b.
424
ISSN 2181-063X / Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)
etish an'anasi kirib keldi.O'tgan asr davomida bu an'ana o'zbek musiqiy hayotida o'z o'mini topdi. O'zbek kompozitorlik maktabi shakllandi, yetuk kompozitoriar tarbiyalanib samarali ijod etdilar. Olamshumul ahamiyatga ega boigan musiqiy asarlar yaratdilar. Bu jarayon ham o'ziga xos shakllanish va rivojlanish bosqichlarini o'taganini qayd etish lozimdir. Chunki, bu an'ana avvalo rus musiqashunos va kompozitorlari tomonidan boshlab berildi, so'ngra milliy an'analami saqlash maqsadida, bastakorlar bilan kompozitorlaming hamkorlik davri ham o'z mevasini berdi. 1930-yillaming oxiridan o'zbek kompozitorlik ijodiyoti o'zini ko'rsata boshladi va tez orada kompozitorlaming yangi avlodi tarbiyalandi. Eng muhimi kompozitorlikning barcha janrlarida o'zbekona ohanglarga ega boigan milliy ruhdagi asarlar yaratilib, jahon sahnalarida o'zini namoyon etib kelmoqda.
Ushbu fan bo'yicha talabalar mukammal ravishda musiqiy san'atning tarixiy taraqqiyot jarayoni, Vatanimizning musiqiy hayoti, bastakorlar va kompozitorlami yillar davomida, musiqiy san'atning turli janr va shakllarida yaratgan asarlari, ijrochi namoyandalar ijodiy faoliyatlari, bosqichma-bosqich rivojlanish jarayoni, ijodkorlami noyob asarlariga tahlil qilish borasidagi bilim va ko'nikmalariga ega bo'ladilar.
Musiqa sohasida ta'lim olayotgan har bir sozanda, xonanda va ijodkorlar o'z musiqa an'analarini bilib olishlari musiqa taraqiyoti uchun xizmat qiiadi. Zero, xalq musiqasi, bu hayot manbai, ijod manbai, ruh ozug'i, millat ko'zgusidir.
Foydalanilgan adabiyotlar
1. I.Rajabov. "Maqomlar masalasiga doir". Т.: 1963 у
2. Матякубов О.Р. Узбекская классическая музыка. -Ташкент.
3. Джумаев А. Трактат о музыке Мухаммада Нишапури - ранний источник по системе 12 парда: история изучения, проблемы датировки и атрибуции. // Иран-наме. №4, 2013.
425
ISSN 2181-063X I Impact Factor 4.047 (SJIF 2021)