SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
O'ZBEK XALQ DOSTONLARIDA EPIK FORMULALAR TASNIFI
Djurakulova Gulnoza Shavkatovna,
O'zbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universiteti
dotsent v.b. (PhD), dj urakulovagulnoza5 @gmail .com
Ushbu maqola folklor janrlarining, ayniqsa, xalq dostonlarining o'ziga xos xususiyati bo 'lgan an 'anaviy epik formulalar tadqiqiga bag 'ishlanadi. Maqolada an 'anaviy takrolar sohasida shu paytgacha qilingan ishlar umumlashtirildi hamda ushbu masala echimi yo'lida keyingi qadam tashlandi. Tadqiqot ishida epik formulalarning doston janrida paydo bo'lish sabablari va qonuniyatlari o'rganib chiqilib, tahlil qilindi. Matnda takror qoliplarini ko 'rsatish mumkin bo 'lgan umumiy belgilar ajratib ko'rsatildi. Maqola muallifi epos kuylovchilarning ko'p asrlik an'anasi asosida yuzaga kelgan epik formulalar xalqning ma'naviy merosi, madaniyatning yaqqol namunasi degan xulosaga keladi. Bu formulalar madaniyatning yaqqol namunasi bo 'lishi bilan birga ma 'lum bir qonuniyat vazifasini ham o 'taydi.
Kalit so'zlar: folklor, epik formulalar, epos, doston, an'ana, takror, qolip, baxshi.
Данная научная статья посвящена изучению традиционных эпических формул, которые являются характерной чертой фольклорных жанров, особенно народного эпоса. В статье подводятся итоги проделанной к настоящему времени работы в области эпических формул и делается следующий шаг к решению этой проблемы. В исследовательской работе изучены и проанализированы причины и закономерности появления традиционных повторов в эпическом жанре. Выделены общие символы, которые могут указывать на повторяющиеся шаблоны в тексте. Автор статьи приходит к выводу, что узоры, созданные на основе многовековой традиции певцов эпоса, являются духовным наследием народа, ярким образцом культуры. Эти закономерности являются ярким примером культуры, а также служат определенным законом.
Ключевые слова: фольклор, эпос, эпическая формула, традиция, повторение, образец, эпический певец.
ANNOTATSIYA
АННОТАЦИЯ
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
KIRISH
Folklordagi an'anaviylik og'zakilik asosida yashaydi va saqlanadi. An'ana qandaydir noma'lum turg'unlik emas, balki davomiylik, ketma-ketlik, izchillik natijasida rivojlanadigan taraqqiyot bosqichi va bu bosqichda nomoyon bo'luvchi barqarorlikdir. An'anaviylik ana shu murakkab jarayonda kechuvchi doimiy o'sish va harakatdagi og'zaki tarixiy-adabiy holatning o'ziga xos shakli hisoblanadi. Individuallik esa an'anaviylik doirasida amal qiluvchi xalq ijrochiligiga xos eposda namoyon bo'luvchi badiiy uslubning bosh belgisi xisoblanadi. An'anaviylik va individuallikning o'zaro bog'liqligi, aloqasi hamda folklor qonuniyatlariga mos ravishda yuzaga chiqishi kabi xususiyatlar barcha tadqiqotchilar tomonidan etarlicha e'tirof etilgan.
Baxshi epik an'analarni saqlovchi, ajdodlardan kelayotgan bu epik merosni ustoz baxshilardan qabul qilib doston kuylari, ijro yo'llari, mazmun mohiyatini an'ana doirasida kelajak avlod vakillariga etkazuvchi, ayni jarayonda, ijodkor ijrochi sifatida epik an'ana doirasida dostonga ijodiy sayqal beruvchi ijrochi san'atkor sanaladi. Baxshi epos namunalarini an'anaviy yo'lda kuylar ekan unga epik bilim va epik xotira tayanch bo'ladi. Baxshi xalq dostonlarini kuylashida epik bilim va epik xotira asosida xalq dostonlari strukturasining tayanchi bo'lmish an'anaviy epik formular, ijro yo'llari, doston nag'malarini holat va vaziyatga mos ravishda qayta ijro etuvchi ijrochi hisoblanadi.
Xalq og'zaki ijodi namunalarini saqlab, kuylab, keyingi avlodga etkazuvchi "xalq donishmandlari"ning ijtimoiy va adabiy jarayondagi o'rni haqida Jirmunskiy: "Turli xalq eposlari o'rtasidagi o'xshashlik u yoki bu ijro elementlarining tashqi tasodifiyligi bilan chegaralanmaydi, u chuqurroq va kengroq xarakterga ega bo'lib, mohiyatan epik ijodni adabiyot rivojlanishining ma'lum bir bosqichi sifatida tavsiflovchi tashqi va ichki belgilarning butun kompleksi, ya'ni eposning umumiy g'oyaviy mazmuni, xalq qaxramonlarini idealizatsiya qiluvchi epik motiv va syujetlar doirasi, obraz tiplari va harakat vaziyatlari, janr tarkibi va evolyutsiyasi, epik uslubning o'ziga xos xususiyatlari, formulalar - takrorlar, doimiy "bezak beruvchi" epitet va o'xshatishlar, nihoyat epik asarlarning yashash tarzi, ijro etilishi va etkazilishi, xalq kuychisi, professional yoki yarim professional ijrochi(aeda yoki rapsoda, jongler yoki shpilman, ashuga yoki baxshi)ning ijtimoiy mavqei bilan belgilanadi"1 deydi.
Baxshilarning ijodiy laboratoriyasi bilan tanishish, folklorshunoslar tomonidan olib borilgan tadqiqotlarni o'rganish asosida xalq dostonlarini yodlash, xotirada
1 Jirmunskiy V. Narodntiy geroicheskiy epos. Sravnitelno-istoricheskie ocherki GIXL. Moskva-Leningrad: 1962. -S.12.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
saqlash va keyingi avlodga uzatish jarayoni folklorshunoslami doimiy qiziqtirgan mavzu sanaladi.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR
Epos poetikasida epik formulalar masalasini o'rganishga XIX asr oxiri XX asr boshlaridan buyon e'tibor berilmoqda. G'arb folklorshunosligida og'zaki ijod nazariyasining rivojlantirilishi, asosan, M.Perri va A.B.Lord2 nomlari bilan bog'liq. Gomer ijodini o'rganar ekan, M.Perri birinchi bor "formula" atamasini qo'llab, bugun barcha bir ovozdan ma'qullaydigan xulosa - Gomer og'zaki ijod vakili, epik shoir bo'lgan, degan xulosaga keladi. O'zining nazariyasini tasdiqlash maqsadida M.Perri zamonaviy, bugun ham iste'molda bo'lgan yugoslav dostonchilarining og'zaki ijodiga murojaat qiladi. Ular "Og'zaki ijodning asosiy birligi so'z emas, formuladir" degan qat'iy xulosani ilgari suradi. Lord va uning izdoshlari uslubiy vosita (klishe), poetik tasvir, tavsif, narratsiya va h.k.larning barcha unsurlarini umumlashtiradigan va qat'iylashtiradigan vosita sifatida formula tushunchasining folklor-shunosikda chuqur o'rnashishiga o'z hissalarini qo'shdilar.
Shu bilan bir qatorda, epik asarlaridagi epik formulalar ustida turli tadqiqot usullarida K.Rayxl, P.Uxov, V.Propp, B.Putilov, T.Illarionova, Yu.Bultakov, N.Efremov, L.Xayrnurova, O.Egorova, kabi bir qancha olimlar izlanishlar olib bordilar. Ular orasida taniqli rus folklorshunosi B.N.Putilovning "Epik ijrochilik" deb nomlangan ishi mavzuga keng rakursda e'tibor berilganligi, o'zbek dostonchiligiga ham alohida to'xtalganligi bilan ajralib turadi.
O'zbek folklorshunosligida ham bu borada ancha ishlar amalga oshirilgan. O'zbek xalq dostonlarida epik formulalar haqida V.Jirmunskiy, X.Zarifov dastlabki fikrlar aytgan bo'lsalar, T.Mirzaev, J.Eshonqulov, S. Mirzaeva, Sh.Maxmadiev, Z.Eshonovalarning tadqiqotlarida ushbu mavzuga tegishli muhim fikr-mulohazalar bayon etilgan.
O'zbek xalq dostonlarida ot obrazi doimiy ishtirok etuvchi muhim obrazlar sirasiga kiradi. Xalq dostonlarida ot obrazining haqidagi ilk qimmatli fikrlar H.Zarifov, A.Tilovovning tadqiqotlarida keltiriladi. Ammo bu ilmiy asarlarning mavzu va maqsad yo'nalishi o'zbek xalq dostonlarida ot obrazi bilan bog'liq epik formulalar hamda ularning badiiyatini tadqiq etish bo'lmagani sababli biz nazarda tutgan muammolarni hal qilishda etarli deb bo'lmaydi.
2 Parry M. The Making of Homeric Verse. The collected papers of Milman Parry. Oxf.,1971.;Lord A.B. Skazitel. -M.:VOSTOChNAYa LITERATURA. 1994.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
NATIJALAR
Epik formula bir necha avlod vakillari ishtirok etgan murakkab jamoaviy ijod jarayoni namunasi sifatida ma'noviy yaxlit, turli ijrochilar tomonidan turfa syujetli asarlarda takror sifatida doimiy qo'llanadigan poetik shakllardir. Epik formulalar bir so'z, bir necha so'z, bir misra, bir necha misra yoki bir necha bandlardan iborat bo'lishi mumkin. T. Mirzaev "Xalq baxshilarining epik repertuari" asarida ustoz baxshining shogirdlariga xalq dostonlarini o'rgatish jarayoni haqida so'z yuritganda quyidagi fikrlarni keltirib o'tadi: "Dastlab termalar, dostonlardagi an'anaviy misralar, umumiy o'rinlar (epik klishelar), ya'ni ba'zi bir jo'z'iy o'zgarishlar bilan ko'pchilik dostonlarda takrorlanadigan parchalar (qahramonga nasixat, uni kuzatuv, qaxramonlarning uchrashuvlaridagi savol-javoblari, qaxramonlarning portretlari, otni egarlash, ot ta'rifi, otda safar, jang tasviri, boshlanma, tugallanma, voqealarni bir-biriga bog'lovchi tasvirlar kabi) yodlatilgan. So'ng ayrim olingan bir doston, keyinroq esa ustoz repertuaridagi barcha asarlar o'rgatilgan. Ayrim olingan bir dostonga xos an'anaviy formula va epik klishelar bo'lganidek, barcha dostonlarga tegishli traditsion uslub elementlari ham mavjud bo'lgan"3. Baxshichilik an'analari asosida doston o'zlashtirish jarayonida epik formulalar muhim ahamiyat kasb etadi. Zero, "yozma adabiyotning o'z qonuniyatlari mavjud, u ana shu qonuniyatlarga asoslanib rivoj topadi. Og'zaki ijodning esa qonuniyati bitta bu epik formulaga asoslanganlik. Bu ijodning og'zakiligi va an'anaviyligini ta'minlaydi. Epik formula bu eposning qurilmasi, suyagidir"4
Epik asarlarda ijrochilik texnikasi nuqtai nazaridan formulalardan foydalanish tamoyillari, formulalarning o'rni va roli, an'anaviylik va improvizatsiya o'rtasidagi nisbat va hajm jihatini inobatga olib formulalarni quyidagicha tasnifladik:
1. Kichik epik formulalar
2. O'rta epik formulalar.
3. Katta epik formulalar.
MUHOKAMA
Kichik epik formulalar o'xshatish, istiora (metafora), epitet (sifatlash), mubolag'a, jonlantirish, perefraza, ramz, kabi badiiy san'atni ifodalovchi hajm jihatidan kichikroq, bir yoki bir necha so'zdan iborat epik formulalar sanaladi. Bunday unsurlar badiiy san'atlar sifatida keng o'rganilgan bo'lsada, epik formula sifatida tadqiq etilmagan. Ayrim badiiy san'atlarning takror va takror barqaror holatda dostonlarda qo'llanilishi ularni epik formulalar sirasiga kirgizishimizga sabab
3 Mirzaev T. Xalq baxshilarining epik repertuari. - T.: Fan, 1979.- B.35.
4 Eshonqulov J. Epos va uni tadqiq etish masalalari. O'zbek Folklorshunosligi masalalari, VII kitob.-T.:O'z.RFA "Fan"nashriyoti. 2018.- B.139.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
bo'ldi. Fikrimizning tasdig'i sifatida quyidagilarni misol qilib ko'rsatishimiz mumkin. Masalan: "Xazon bo'lgan gulga o'xshab" - o'xshatish, "nazarkarda G'irot", "badbaxt dev", "nor kesar olmos" - epitet, "Quralay ko'z", " tog'ning qorasi" - metafora (istiora); "Ot chopilar baland-pastda"-metonimiya, "Tog'larni otib yuborgan" -mubolag'a, "Uzunli-qisqali to'n" - sinekdoxa, tog'. ot, bog', gul -ramziy obrazlari -kabi she'riy san'atlar epik formula sifatida o'zbek xalq dostonlarida juda ko'p qo'llaniladi. Shu o'rinda eng qadimiy, doimiy, hozirga qadar yangilanib turuvchi ingliz tilidagi umumiy ensiklopediya - Britannika ensiklopediyasidan havola keltirmoqchimiz. Unda keltirilgan epik formulalar haqidagi ta'rifda epitetlar epik formulalarning eng yorqin misoli sifatida keltiriladi "Epik formulalar - og'zaki epik she'riyatga xos bo'lgan, til va mavzu konvensiyasi5, ba'zan yozma shaklga ko'chadi. Eng yorqin epik formulalar - bu "barqaror epitetlar", stereotipik tavsiflovchi iboralar bo'lib, ular she'riy satrning turli joylarida qo'llanilib, vaznga mos ravishda o'zgarishi mumkin. Ushbu standart iboralar ikki funksiyani bajaradi: ijrochiga voqeani kuylashni engillik tug'diradi va tinglovchilar unga ergashishni osonlashtiradi"6.
O'rta epik formulalar xalq og'zaki ijodi janrlarida qo'llanishiga ko'ra kengroq takrorlanuvchi bir yoki bir necha misradan iborat barqaror she'riy misralardir. "Asar mazmuni bilan u yoki bu darajada bog'langan, ayrim hollarda aforizmlilik xususiyatiga ega bo'lgan bunday misralar bandning boshida, ba'zida o'rtasida kelib, aytuvchining to'xtovsiz improvizatsiya qilishiga imkon beradi, unga quyilib kelayotgan fikr oqimini mohirlik bilan tezroq bayon qilishiga engillik tug'diradi. Banddagi boshqa misralar bilan qofiyada mahkam bog'langan bunday qaytariqlar dostonchining so'z topishiga bir oz fursat yaratib, keyingi misralarni tezlik bilan ijod qilishiga sharoit hozirlaydi"7
Xalq baxshilari Butun bir asar yaratishdek ajoyib san'atni egallash uchun, baxshi ma'lum bir texnik priyomlarni qo'llaydi. U epik xotirasidagi an'anaviy epik formulalar to'plamidan foydalanadi va ushbu formulalarni ijrochi yashin tezligida yagona ipga tiza oladi. Shunday ekan, xalq og'zaki epik ijodining asosiy birligi so'z emas, formuladir. Doston baxshi uchun yod olingan, xotirada saqlangan, matn emas: ijro jarayonida u yoddan o'qilmaydi, epik xotiradagi formulalar asosida yangitdan yaratiladi. Baxshilar epik formulardan foydalanayotganda yangi ma'lumot, voqeani bayon etishga bir lahza bo'lsada ruhiy tayyorgarlik ko'radi. Ular katta epik
5 To'plam, kelishuv, mezon.
6 www.britannica.com/art/epic-formula
7Mirzaev T. "Alpomish" dostoning o'zbek variantlari. - Toshkent: Fan, 1968.- 141.b
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
formulalarning butun bir to'plamini yodida saqlaydilar va ularni o'mi bilan mohirona qo'llaydilar.Epik formulalar mavjudligi aytuvchiga ijro paytida syujet ipiga munchoqlar tergandek asarni tuzish imkoniyatini beradi.
Epik formula epos tarkibidagi voqealar, holatlar, o'y-kechinma va mulohazalarning universal ko'rinishda doimiy takrorlanib keluvchi an'anaviy, barqaror qonuniyat holatiga kelgan ifodali ko'rinishi, shakl va epik matnni qayta tuzish imkonini beruvchi vositadir. Epik formula bir necha avlod vakillari ishtirok etgan murakkab jamoaviy ijod jarayoni namunasi sifatida ma'noviy yaxlit, turli ijrochilar tomonidan turfa syujetli asarlarda takror sifatida doimiy qo'llanadigan poetik shakllardir. Epik formulalar bir so'z, bir necha so'z, bir misra, bir necha misra yoki bir necha bandlardan iborat bo'lishi mumkin. Ular doston voqealariga, epik bayonga jonlilik beradi, kuchli emotsional ta'sirchanlik bag'ishlaydi. Ayni paytda epik formulalar qahramonlarning nozik ruhiy kechinmalarini tinglovchilarga yuqtirishda o'ziga xos kalit va eposda yaratilayotgan va qo'llanilayotgan dunyoqarashni ifoda etish usuli vazifasini o'taydi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES) Kitoblar
1. Eshonqulov J. Epos va uni tadqiq etish masalalari. O'zbek Folklorshunosligi masalalari, VII kitob.-T.:O'z.RFA "Fan"nashriyoti. 2018.- bet 139.
2. Mirzaev T. "Alpomish" dostoning o'zbek variantlari. - Toshkent: Fan, 1968. -bet - 141.
3. Mirzaev T. Xalq baxshilarining epik repertuari. - T.: Fan, 1979.- bet 35.
4. Parry M. The Making of Homeric Verse. The collected papers of Milman Parry. Oxf.,1971.
5. Жирмунский В. Народный героический эпос. Сравнително-исторические очерки ГИХЛ. Москва-Ленинград: 1962. - С.12.
6. Лорд А.Б. Сказител. -М.:Восточная литература. 1994. Vebsayt
www.britannica.com/art/epic-formula
7. Djurakulova, G. (2022). THE ROLE OF EPIC TRADITIONS IN SINGING FOLK EPICS. International Journal of Early Childhood Special Education, 14(6).
8. Djurakulova, G. S. (2019). Uzbek folklore traditions and his presence. Научные горизонты, (8), 3-7.
9. Djurakulova, G. S. (2020). Epic formulas associated with the horse in the Uzbek folk epic. ISJ Theoretical & Applied Science, 12(92), 207-210.
SJIF 2024 = 7.404 / ASI Factor = 1.7
10. Shavkatovna, D. G. (2024). Traditional Repetitions are a Main Feature of the Epic. Miasto Przyszlosci, 45, 298-301.
11. Джуракулова, Г. Ш. (2023, March). ОПИСАТЕЛЬНЫЕ МОМЕНТЫ В УЗБЕКСКОМ НАРОДНОМ ЭПОСЕ. In INTERNATIONAL SCIENTIFIC AND PRACTICAL CONFERENCE" THE TIME OF SCIENTIFIC PROGRESS" (Vol. 2, No. 3, pp. 92-97).