BOLALAR ADABIYOTIDA DOSTONCHILIK AN'ANALARI Abdinabiyeva Shahina Shavkat qizi
Nizomiy nomidagi TDPU Maxsus pedagogika xa inklyuziv ta'lim fakulteti 2-bosqich talabasi
https://doi.org/10.5281/zenodo.10801585 Annotatsiya. Ushbu maqolada bolalar adabiyotida dostonchilik an'analari, xalq ijodiyotida tutgan o'rni, tarixi, dostonchilikda kuylab kelinayotgan mardlik, jasorat, or- nomus, afsonalar, bolalar ma'naviyatida shakllanib kelayotgan milliy g'urur,iftixor, vatanparvarlik, milliyligimiz, qadriyatlarimiz tariximizning kechinmalari kabi ezgu illatlar batafsil bayon etilgan.
Kalit so'zlar: Bolalar adabiyoti, dostonchilik an'analari, milliy qadriyat, o'quv qo'llanma, she'riyat, asarlar, baxshichilik, "RAVSHAN", "KUNTUG'MISH", "GO'RO'G'LI", "ALPOMISH", "QUTADG'UBILIG".
Bolalar adabiyoti bu maktabgacha yoshdagi bolalar va boshlang'ich ta'lim o'quvchilari va qolaversa hozirgi zamon o'smir yoshlari uchun yaratilgan badiiy, ilmiy qo'llanmadir.Bolalar adabiyotida albatta davlat ta'lim standartiga asoslangan xolda bolalarning Yoshi , bilish salohiyati, ijtimoiy kelib chiqishi, katta hamiyat kasb etadi. Chunki har bitta o'quv qo'llanma , darslik nashr etilar ekan unga ko'ra bolaning Yoshi albatta hisobga olinadi .chunki kelgusida yaratilgan darslik bolaning bilish faoliyatida qanday ahamiyatga ega, tushinarliligi, sinfiga mosligi bilan farqlanadi. Buning yaqqol namunasi sifatida endigina birinchi sinfga qadam qo'ygan bolani olib qaraylik uning Yoshi, darslar tizimi, tashkil etilishi, o'quv qo'llanmalar tizimi ham to'la qonli davlat ta'lim standartlariga mos.O'quv qo'llanmalarda ham maktabgacha yoshdagi bolalarda adbiyot obrazlari faqat yaxshilik va yomonlik go'yalari bilan singdirilgan bo'lsa, boshlang'ich sinflarda bir muncha murakkabroq , o'smirlar adabiyotida esa murakkab ruhiyatlar ifodalanadi. Bu kabi badiiy adabiyot, dostonchilik an'analari , she'riyat, asarlar bolalarni nafaqat kitobxon barkamol yosh avlodlarni ham milliy g'urur ruhida tarbiyalaydi.Zero har bir doston , asarlarga nazar tashlar ekanmiz undagi tarixiy voqealar, vatanparvarlik g'oyalari, milliy qadriyat, urf-odatlar, o'tmishimizdagi kechinmalar, adolat, haqiqat timsollari, batafsil bayon etilganligiga guvoh bo'lish shubhasizdir. Adabiyotimiz na'munasi bo'lmish sarxisob tez aytishlar, maqollar, topishmoq, ertak, afsona, masal kabi xalq og'zaki ijodi o'zining boy merosi va tarixiga ega bo'lib dastlabgi ijod namunalar hisoblanadi. Yozma adbiyotlarimizdan Pandnoma, ma'vizatnoma, nasihatnoma, axloq kitoblari ham bundan mustasno emas desak mubolag'a bo'lamaydi.Yana shunday ij od namunalari borki asrlar osha barhayot ular tarjima vositasi orqali bolalar adabiyotida mavjud. Bu bizning tilimizning boyligi, mavqeyining yuksakligining yana bir karra isbotidir. Ma'lumot o'rnida aytadigan bo'lsak bolalar adabiyotining shakllanishi deyarli barcha xalqlarda asosan ma'rifatparvarlik, harakatiga borib taqaladi. Jumladan o'zbek bolalar adabiyotining yuksalishi ham 19-asr 2-yarmi -20 asr boshlaridagi ma'rifatparvarlik harakati yutuqlaridir. Saidrasul Aziziy, Munavvarqori, Abdulla Avloniy, Hamza, Behbudiy va boshqa ma'rifatparvar insonlarning "Yangi usul"dagi o'zbek maktablari, talabalari uchun yaratgan elikka yaqin alifbo va o'qish kitoblari o'zbek bolalar adabiyotining tom ma'nodagi yorqin namunalari hisoblanadi. Dunyodagi ayrim xalqlar o'zining tarixiga oid yirik hajmdagi katta muhim voqea bayon etiladigan janrlar bor. Biz o'zbeklarda bu janr "doston" deb atalad. Badiiy adabiyotimizda asosan ikki usulda yaratilgan dostonlar bor. Birinchisi, asrlar davomida xalq og'zaki ijodida baxshilar tomonidan og'zaki tarzda kuylab kelingan dostonlar. Ikkinchisi, yozma shaklda shoirlar tomonidan ijod qilingan dostonlar. "Alpomish", Go'ro'g'li turkumidagi "Go'ro'g'lining tug'ilishi", "Malikai Ayyor", "Ravshan", "Kuntug'mish", "Rustamxon" kabilar og'zaki dostonlar
namunalaridir. Yusuf Xos Hojibning "Qutadg'u bilig", Haydar Xorazmiyning "Gul va Navro'z", Navoiyning "Hayratul abror", "Farhod va Shirin", "Layli va Majnun" kabi asarlar esa yozma adabiyotdagi dostonlar hisoblanadi. Shuning uchun yozma adabiyotidagi dostonlarni og'zakidan ajratish lozim bo'ladi. Og'zaki ijoddagi doston bir qator tarkibiy qismlardan tashkil topadi. Professor M. Saidov ularni she'riy va nasriy parchalardan iborat matndan, musiqadan, doston aytuvchining hofizlik san'atidan va soz cherta bilishdan iborat, deb qayd etadi. Shu bilan birga, doston haqida to'liq tasavvur hosil qilish uchun baxshining bevosita tnglovchilar davrasida qaynab (ilhomga kirib) doston ijro etishga guvoh bo'lish ham muhimdir. Demak, doston bo'lishi uchun baxshining tinglovchi bilan jonli muloqatini ham tarkibiy qismlardan biri sifatida baholash mumkin.
Dostonni baxshilar kuylaydilar. qadimgi zamonlarda "baxshi" xalqona usullar bilan bemorni davolovchi tabib, ayrim hududlarda ustoz ma'nolarini anglatgan. Bugungi kunda bu so'z, asosan, xalq dostonlarini kuylaydigan san'atkorni bildiradi. Baxshi soz chertganda sozanda, she'riy parchalarni kuyga solib aytganda xonandadir.shuningdek parchalarni bir zumda to'qib ketadigan shoir dostondagi nasriy parchalarni yoddan o'qiyotganda badiiy so'z ustasi hamdir. Shoirtabiat baxshi hech qachon dostonni bir xil, ya'ni o'zgarishsiz ijro etmaydi. Professor Hodi Zarifovning ta'kidlashlaricha, burung'urlik Amin baxshi "Alpomish" dostonini uch oy davomida tinglovchilarini sira zeriktirmay kuylagan ekan. Endi yozda yoki kuzda boshlangan doston kuzda yoki qishda nihoyasiga yetishini tasavvur qilaylik. Bir fasl muddatda doston ijro etgan baxshi biron kitobga qaramasdan shuncha gapni va she'riy parchalarni qaerdan topgan? O'sha nusxadagi dostonning hajmi qanday bo'lgan? Uch oy zeriktirmay ijro etish uchun naqadar yuksak mahorat egasi bo'lishi kerak o'sha baxshi? Bu savollarga beriladigan har bir javob o'zbek dostonchiligining beqiyos imkoniyatlarini qayta-qayta takrorlaydi, xolos. Baxshi doston aytar ekan, "Alpomish" dostonida Alpomish gapirganida, Alpomish mardligini, Barchin so'zlaganida go'zal qizning yuzini ko'z oldimizda gavdalantiradi. Shuning uchun doston kechalari har bir tinglovchi uchun katta bayram bo'lgan. Bu kechalarda odamlar o'rtasidagi hamma ginaxonliklar unutilgan, turmush tashvishlari chekingan. Yoshu qarilar, erkak-ayollarning butun xayoli dostondagi voqealar bilan band bo'lgan.
Dostonlar hajm jihatdan chegaralanmaydi. Doston ijrosi ham ba'zan soatlab, ba'zan kunlab davom etgan. Bunda doston mazmuni, baxshining mahorat darajasi muhim hisoblangan. O'zbekistonda xalq dostonlari Samarqand, Qashqadaryo,Surxondaryo, Buxoro, Xorazm, Namangan viloyatlarida va Qoraqalpog'iston muxtor respublikasida ijro etiladi. Ijrochi baxshilar do'mbira, tor, dutor chertib, qo'biz tortib doston aytadilar. Ijro usuliga ko'ra o'zbeklarda Samarqand, Xorazm, Farg'ona (Namangan) dostonchilik an'analari mavjud bo'lib, Samarqandda ichki bo'g'iz ovozda, Xorazmda ochiq qo'shiq aytish yo'li bilan, Namanganda ochiq, ammo, musiqa asbobiga mos holda kuylanadi.
Samarqand dostonchiligida hajm jihatidan katta dostonlar nasrdan va epik she'rlardan iborat bo'ladi. Xorazm dostonchiligida dostonlar nasriy parchalardan va lirik she'rlardan iborat bo'ladi. Bu dostonlarning hajmi katta bo'lmaydi. Namanganda ham dostonlarning hajmi kichik, ammo ularning matnlari Samarqand dostonchiligi kabi nasrdan va epik she'riy parchalardan tashkil topadi.
Samarqand dostonchiligi an'anasiga mansub "Ravshan" dostonidan nasriy parcha keltiraylik:
"Oq qiz shunday qiz edi: oti Oqqiz, Zulxumorga naq qiz. Oqqiz o'zi oq qiz, o'zi to'lgan sog' qiz o'rta bo'yli chog' qiz, o'ynagani bog' qiz, uyquchi emas sog' qiz, eri yo'q o'zi- toq qiz, ko'p
kalandimog' qiz, yaxshi-tekis bo'z bolani ko'rsa, esi yo'q-axmoq qiz, qora ko'z, bodomqovoq qiz, sinli-siyoq qiz, o'zi semiz-turishi yog' qiz; o'yinga qulayroq qiz, to'g'ri ishga bo'layroq qiz, o'zi anqov olayroq qiz, tanasi to'sh qo'ygan keng qiz, sarg'isi do'ng qiz, urushqoq emas- jo'n qiz, a'zosi bari teng qiz..."
Endi she'riy parchalarga diqqat qiling:
"Chu deb otin uradi. Oyog'ini tiradi. Suvsiz cho'lda g'irko'k ot,
Irg'ib, sakrab boradi. Suvsiz cho'lda mard Hasan, Qattiq qistab boradi.
Obro' ber, deb yo'llarda Hasan ketib boradi".
Shuningdek, Samarqand dostonchiligiga oid she'riy parchalarda lirik mazmundagi o'rinlar ham uchraydi:
Paydo bo'ldim, ikki gavhar donadan,
Parvoz qilib uchdim manzilxonadan, O'lim uchun g'am yemayman, bo'yingdan.
Bir armonim, yolg'iz edim enamdan. Ma'lum bo'ladiki, Samarqand dostonchiligida nasr badiiy jihatdan nazm bilan tenglasha oladi. Saj'dan iborat Oqqiz ta'rifida o'nlab qofiyalangan so'zlar uchraydi. Ular orasida hazil, kulgili o'rinlar ham bor. Demak, nasrda badiiy mukammallikka erishilgan. She'riy parchalar esa ikki xil bo'lar ekan. Ko'pincha ularda voqea bayon etiladi: otda chopish, , savol-javoblar, ziyofat tasviri va hakozolar. Ammo ichki his-tuyg'u ifodalangan o'rinlar ham uchraydi: ro'y bergan voqeaga munosabat, ba'zan shodlik, ba'zan o'kinch kabilar. Xorazm dostonlarida holat boshqacharoq. Bu dostonlarda voqeaning bayoni, ro'y bergan hodisa tafsiloti faqat nasrda ifodalanadi. She'riy parchalarda esa lirik his-tuyg'ular aks etadi. "Oshiq g'arib va Shohsanam" dostoniga murojaat qilaylik:
"Shohsanam" G'aribni birdan ko'radi-yu, yana ko'zdan yo'qotib, qayerga ketganini bilmay
qoladi:
Uchirdim shunqor qushimni, Hech bir yerda qarori yo'q.
Vo hasrato, mahvoshimning, To yetguncha qarori yo'q". "Ravshan" dostonidan olingan parcha bilan "Oshiq G'arib va Shohsanam"dan olinganini solishtirsak, nasr va she'rdagi farq aniq ko'rinadi. Endi Namangan dostonchiligi an'anasiga oid "Zamonbek"dan olingan bir parcha keltiraylik:
"Go'ro'g'li yigitlarining g'ayrati kelib, o'tday tutashib , Shodmon polvon degan yigit Mamaniyoz orqasidan quvib turgan joyi ekan:
"Ko'ring Shodmon polvon ishini, Uni-buni deganiga qo'ymaydi, Bora qolib turvayidan ushlaydi, Taqimini bir ko'tarib tashlaydi". Namunaning shakli va mazmunidan ma'lum bo'ladiki, nasrda ham, nazmda ham qahramonlar harakatining bayoni o'z ifodasini bir xil topgan. Shunday qilib, xalq dostonlari alohida mahorat bilan kuylangan markazlar shu hudud nomi bilan maktab sifatida
atalgan. "Hozirgi kunda o'zbek folklorshunosligida Bulung'ur, Qo'rg'on, Shahrisabz, Qamay, Sherobod, janubiy Tojikiston, Xorazm kabi poetik dostonchilik maktablari-baxshilik san'atining ajoyib markazlari aniqlangan". Shulardan Fozil Yo'ldosh o'g'li mansub bo'lgan Bulung'ir dostonchilik maktabida ko'proq qahramonlik dostonlari badiiy jihatdan mukammal tarzda kuylangan. Bir necha versiya, o'nlab variantlar yaratilgan "Alpomish" qahramonlik dostonining Qo'ng'irot versiyasidagi eng oliy va badiiy barkamol namuna sifatida Fozil Yo'ldosh o'g'li variantining qabul qilinishi bejiz emas. Professor Hodi Zarifov qayd etgan Amin baxshi ham shu maktab vakili edi. Bu maktab shuhratiga qadimda Muhammad shoir, Sultonmurod Suyar, Rahimbulbul kabi baxshilar o'z ijodlari va ijrolari bilan munosib hissa qo'shganlar. Ular "Alpomish", "Oysuluv", "Hasanxon", "Chambil qamali" kabi dostonlarni alohida mahorat bilan ijro etganlar.
Samarqand dostonchiligida nom taratgan yana bir maktab Qo'rg'on dostonchiligi deb ataladi. Ergash shoirlarning ajdod va avlodlari shu maktab vakillari hisoblanadi. Avvalgi sahifalarda qayd etilganidek, bu maktab sohiblari dostonlarni muhabbatli qilib aytganlar. Qo'rg'on maktabida boshqalardan farqli o'laroq Sulton kampir, Tilla kampir ismli ayollar ham baxshilik san'atini egallaganlar ulardan tashqari, Yodgor, Bo'ron baxshi, Jassoq baxshi, Po'lkan shoirlar ijodi shu maktabda shakllangan usul bilan rivojlangan. "Go'ro'g'lining tug'ilishi", "Ravshan", "Kuntug'mish", "Dalli" dostonlarni ijro etish aynan shu maktab vakillariga xos edi. Yana bir maktab Shahrisabz nomi bilan yuritiladi. Bu maktabda Xidir shoir, Ernazar shoir, Abdulla shoir kabi ijodkor baxshilar yetishib chiqqan. Bu maktabda Go'ro'g'li turkumiga oid dostonlar, ayniqsa, "Malikai Ayyor" dostoni keng tarqalgan edi.
Narpay dostonchiligi maktabi ham bir qator baxshilari va dostonlari bilan o'zbek eposi rivojiga hissa qo'shgan. Narpay dostonchiligida Rajab shoirning tarbiyasida bo'lgan Islom shoir, Nurmon Abduvoy o'g'li nomlari alohida hurmat bilan tilga olinadi. Islom shoir o'z ijodida Qo'rg'on va Shahrisabz maktablari an'analarini uyg'unlashtira oldi.
Bu maktab vakillari ko'proq "Orzugul", "Sohibqiron", "Gulmiraxon" kabi dostonlari ijro etishgan. Shernazar Beknazar o'g'li, Umir Safar o'g'li, Ahmad baxshi kabi ijodkorlar esa Sherobod dostonchilik maktabiga mansub san'atkor edilar. Ular ijodida ham Go'ro'g'li turkumi dostonlari alohida o'rin tutadi. Bu maktab vakillari ayniqsa, "Malla savdogar", "Ollonazar Olchinbek" dostonlarini badiiy jihatdan mukammal ijro etganlar.Xalq dostonlari yurtimizning turli hududlarida turlicha ijro etilishi, ijro usullariga, voqealar sharhiga ko'ra, hatto, bir viloyatning o'zida ayrim-ayrim maktablarga ega bo'lishidan tashqari mazmuniga ham bir necha turlarda tasniflanadi. Taniqli olimlardan v. M. Jirmunskiy, H. T. Zarifov, M. Saidov, T. Mirzaev, B. Sarimsoqovlarning kuzatishlaricha, xalq dostonlarini turlarga bo'lishda ko'proq ularning mazmuni, qahramonlarning fe'l-atvoriga e'tibor qilish ma'qul. Ammo nomlari tilga olingan olimlarning har biri amalga oshirgan tasnif ma'lum darajada bir-biridan farq qilishiga qaramay, ularni quyidagicha nomlash mumkin: 1. Qahramonlik dostonlari ("Alpomish").
2. Ishqiy-romantik dostonlar ("Ravshan", "Kuntug'mish").
3. Jangnoma dostonlari ("Yakka Ahmad").
4. Kitobiy dostonlar ("Sayyod va Hamro", "Oshiq g'arib va Shohsanam").
5. Tarixiy ("Oysuluv").
Darhaqiqat bugungi kunda oilada boshlang'ich sinf o'quvchilarini ma'naviy -axloqiy jihatdan tarbiyalash masalasi ,nafaqat bizning respublikamizda balki butun jahonning dolzarb mavzusi sifatida qaralmoqda. Yosh avlodlarning ota-bobosi kim ekanligi, avlod-ajdodlari, xalqini,
millatini tanish, o'z xalqi tarixini chuqur anglab yetish, millatidan faxrlanish kabi g'oyalarni singdirish eng muhim vazifalardan biridir.Boshlang'ich ta'lim jarayonida ta'lim- tarbiya ishlarini samarali olib boorish bugungi kunning dolzarb vazifalaridan biridir.
REFERENCES
1. KARIMOV.I.A. "barkamol avlod orzusi". "sharq" nashriyoti. Toshkent.1999y 13-bet.
2. KARIMOVI.A. "yuksak ma'naviyat -yengilmas kuch",ma'naviyat,toshkent, 2008y.
3. Abduqudusov O.A. va b,"zamonaviy pedagogik va axborot texnologiyalari" toshkent 2011y
4. QORABOYEV U. " BADIIY OMMAVIY TADBIRLAR" ,O'QITUVCHI TOSHKENT 1986Y.