Научная статья на тему 'JANRLAR MUNOSABATIDA MUVOFIQLASHUV HODISASI'

JANRLAR MUNOSABATIDA MUVOFIQLASHUV HODISASI Текст научной статьи по специальности «Естественные и точные науки»

CC BY
439
28
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
“To‘maris” afsonasi bilan “Oysuluv”dostoni munosabatlarida ko‘rinsa / qiz yoki biron odamni ajdar / dev yoki ayiqqa berish motivini “Rustamxon” / “Shirin va Shakar” kabi dostonlar / xalq ertaklari

Аннотация научной статьи по естественным и точным наукам, автор научной работы — Oxunjon Eshqulovich Tursunqulov

Folklorning epik janr namunalari orasidagi nisbatan murakkab syujet-kompozitsiyasiga ega bo‘lgan dostonlarda syujet chizig‘idagi voqea va hodisalarni yana ham ta’sirchan yoritish, tinglovchiga doston qahramonlariga nisbatan e’tibor qaratishda ertak janri tabiatiga xos an’anaviy elementlar pragmatik transformatsiya qilinganligini “Malika ayyor”, “Og‘a Yunusning olib qochilishi” va shu tipdagi misollarda kuzatish mumkin.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «JANRLAR MUNOSABATIDA MUVOFIQLASHUV HODISASI»

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

JANRLAR MUNOSABATIDA MUVOFIQLASHUV HODISASI

Oxunjon Eshqulovich Tursunqulov

O'zDSMI " Milliy qo'shiqchilik" kafedrasi o'qituvchisi

ANNOTATSIYA

Folklorning epik janr namunalari orasidagi nisbatan murakkab syujet-kompozitsiyasiga ega bo'lgan dostonlarda syujet chizig'idagi voqea va hodisalarni yana ham ta'sirchan yoritish, tinglovchiga doston qahramonlariga nisbatan e'tibor qaratishda ertak janri tabiatiga xos an'anaviy elementlar pragmatik transformatsiya qilinganligini "Malika ayyor", "Og'a Yunusning olib qochilishi" va shu tipdagi misollarda kuzatish mumkin.

Kalit so'zlar: "To'maris" afsonasi bilan "Oysuluv"dostoni munosabatlarida ko'rinsa, qiz yoki biron odamni ajdar, dev yoki ayiqqa berish motivini "Rustamxon", "Shirin va Shakar" kabi dostonlar, xalq ertaklari

O'zbek folklori janrlar tizimida dunyoning boshqa etnoslari og'zaki ijodi namunalarining ta'siri borligi folklorshunoslar tomonidan ham ilmiy tasdiqlangan. Demak, o'zbek folklori janrlar tizimi tarkibi yuzaga kelishi uchun faqat shu joyda istiqomat qiladigan etnos og'zaki ijodi an'analarigina rol o'ynamay, balki bir jug'rofiy mintaqada tarixan tarkib topgan joy va asrlar mobaynida iqtisodiy, madaniy va siyosiy aloqalarda rivojlanib kelgan turli millat, elat va qabilalar tomonidan yaratilgan folklor asarlari ta'siri ham mavjuddir. O'zbek xalq og'zaki ijodi qadriyatlari tarkibida Eron, Afg'oniston, Hindiston, Arabiston kabi mamlakatlar folklorlari bilan birga kichik Osiyo, Markaziy Sibir, Mongoliya kabi mintaqalar xalqlari folklori ta'sirini "Alpomish", "Go'ro'g'li" turkumi dostonlari kabi dostonlar va ertak, naql,maqol, topishmoq janr namunalari misolida kuzatish mumkin. Bunday aloqalarning muayyan bir xalq og'zaki ijodidagi ko'rinishini shartli holda pragmatik transformatsiya munosabatlari deydigan bo'lsak, maqsadga muvofiq bo'ladi. Masalan, o'tmishdagi qahramon ayollarni ideallashtiruvchi folklor namunalari syujetning pragmatik transformatsiyasi "To'maris" afsonasi bilan "Oysuluv"dostoni munosabatlarida ko'rinsa, qiz yoki biron odamni ajdar, dev yoki ayiqqa berish motivini " Rustamxon", "Shirin va Shakar" kabi dostonlar, xalq ertaklari syujet voqealarida uchratamiz.

Transformatsiyaning pragmatik tipi deganda faqat boshqa xalqlar folklori elementlari o'zlashtirib yuborish deb tushunilmasligi kerak. Bunday holat o'zbek folklori janrlararo munosabatda ham mavjud. Ijtimoiy-maishiy turmush talabi bilan yuzaga kelgan real hayotiy masalaning yanada qulay ifoda yo'li bilan folklor an'anasiga ko'ra tasvirlanishida bu tip muhim ahamiyat kasb etadi. Milliy chegaralash yuzaga Uzbekistan www.scientificprogress.uz Page 104

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

kelmasdan oldin nomoddiy-madaniy merosga oid og'zaki ijod madaniyatiga mansub qadimiy yodgorliklar hozirgi Markaziy Osiyo deb ataluvchi o'lka xalqlari uchun mushtarak hisoblangan. O'zbek xalq og'ziki ijodi deb nisbat beriladigan folklor merosi tarkibida boshqa xalqlar og'zaki ijodi elementlari azaldan shu xalqnikidek qabul qilishini tarixiy-folkloriy jarayonning tabiiy kechganligi va unda transformatsiya hodisasining an'anaga muvofiq sodir bo'lganligini ko'rsatadi. Bundan tashqari, ijtimoiy-iqtisodiy, tarixiy doimiy rivojlanib turishi e'tiborga olinsa, faqat bir geografik chegara doirasidagi xalq va elatlar orasida o'zaro aloqalardan tashqari, boshqa mamlakatlar bilan olib borilgan mutassil iqtisodiy, madaniy va savdo aloqalari ham folklor janrlari munosabatlari rivojiga o'z ta'sirini ko'rsatgan. Sharqiy Sibirda yashaydigan turkiy xalqlar og'zaki ijododagi o'zbek folklorlariga xos tipik xususiyatlarning hanuz saqlanib qolayotganini genetik ildizi umumiy, diniy e'tiqodlari turli xalqlar folklori tarixiy rivojlanish jarayonlarining ham ildizi qadimiyligidan darak beradi. Islom dini yetib bormagan va shamanlik e'tiqodlari hamon saqlanib qolgan turkiy xalqlar folklor janrlariga xos juda ko'p xususiyatlar hozirgi O'zbekistonning Jizzax, Samarqand, Qashqadaryo. Surxandaryo va Xorazm kabi viloyatlardagi Islom dini e'tiqodlari zaif rivojlangan joylar aholisi jonli ijrosidagi turli og'zaki ijod namunalaridan ham saqlanib qolganligini sezish mumkin. Buni chorvachilik, ovchilik va turli uy hayvonlari, parranda, hashoratlarni muqaddaslashtirish kulturalari ham tasdiqlaydi.

Folklorning epik janr namunalari orasidagi nisbatan murakkab syujet-kompozitsiyasiga ega bo'lgan dostonlarda syujet chizig'idagi voqea va hodisalarni yana ham ta'sirchan yoritish, tinglovchiga doston qahramonlariga nisbatan e'tibor qaratishda ertak janri tabiatiga xos an'anaviy elementlar pragmatik transformatsiya qilinganligini "Malika ayyor", "Og'a Yunusning olib qochilishi" va shu tipdagi misollarda kuzatish mumkin. Mazkur dostonlar janr xususiyatlarining shakllanishida ertakka xos tilsim, uydirma va mubolag'a, aniq maqsad sari yo'naltirilgan. Ya'ni doston qahramoni zimmasiga yuklatilgan g'oyaviy-estetik vazifaning yanada ta'sirchan bo'lishiga yordam beradi.

Xalqning umumiy dunyoqarashi va axloqiy-didaktik qarashlarini bayon etishda afsona, rivoyat, ertak va doston kabi epik turga xos janrlarning folklor san'ati darajasiga ko'tarishda transfotmatsiya muhim rol o'naydi. Chunki insonning tafakkur va ong faoliyati rivojlangan sari pragmatik tushunchalar ham o'zgarib, o'zining asl mohiyatini real borliq talabiga moslab boraveradi. Xalq o'g'zaki ijodidagi tarixiy-folkloriy jarayon janrlar tizimi takomilini ta'minlashda transformatsiyaning pragmatik turiga nisbatan o'z talablarini qo'yaveradi. "Ayoz"ertagi syujet voqealari chizig'ida turli folklori janr namunalariga xos elementlar pragmatik transformatsiya qilinganligini kuzatish mumkin. Qadimgi odamlar uchun ideal hisoblangan ayrim mifologik obrazlar, fantaziya asosida

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

yuzaga kelgan tasavvurlar vaqt o'tishi bilan o'zining dastlabki funksiyasini yo'qotib, folklorning shartli timsollariga aylanadi. "Ravshan" dostonidagi Maston kampir tasviri ana shu fikr nuqtai nazardan muhimdir. "Ravshanbek qarasa, bir kampir: o'zi qashqa kampir,... Beli bukrayib qolgan, qulog'i tikrayib qolgan, bachchag'arning go'shti qochib qolgan, bo'yinlari tirishgan, hamma yeri qurishgan, iyaklari burishgan, kallasi gov savatday, qopadigan itday, balki bahaybat boytepaday kampir" degan tasvir boshqa dostonlarda ham aynan bo'lmasada uchraydi. Bu hodisa o'zbek sehrli ertaklari uchun tipik xususiyat bo'lgan yalmog'iz kampir obrazining transformatsiyasiga uchragan shaklga misol bo'la oladi. "Olmos botir", "Zar kokilli yigit" singari sehrli ertaklarda yalmog'iz kampirning xalq nasriga xos tipik obrazlari yaratilgan. Mifologik obrazlar tarixiy-folkloriy jarayon rivojida o'zining dastlabki mohiyatini xalq dostonlarida o'zgartirilganini "Malika ayyor", "Avazxon", "Dalli", "Balagardon"va boshqa dostonlari syujet voqealari chizig'ida ko'ramiz. Umuman, insoniyat san'atning birlamchi shakli bo'lgan poetik ramzlar ilk bor folklor namunalarida yaratilgan.1 Ramzlar keyinchalik odamzod tafakkur taraqqiyotiga yordam beruvchi ko'plab, g'oyalarning yuzaga kelishida rol o'ynaydi. O'tmish avlodlarning hayotiy tajribalarida sinovdan o'tib, yillar davomida sayqal topgan folklor janrlarining turg'un holatga kelishi, og'zaki ijod sn'ati darajasiga yetishib murakkab qonuniyatlar bilan bog'liqdir.

Ma'lumki, har bir xalq foklori taraqqiyotidagi janrlar tizimi tarkibini tashqi etuvchi turli shakldagi namunalar inson hayoti, dunyoqarashi, orzu-umidi va turmush tarzining u yoki bu tomonlarini badiiy-g'oyaviy estetik jihatdan ta'sirchan ifodalashdek maqsadga yo'naltirgan. Shu jihatdan qaraganda, ayrim janrga mansub asarlarning xalq orasida boshqalarga nisbatan ommaviy xarakter kasb etishi ham bunday janr namunalari tarkibiga boshqa janrlarga xos poetik xususiyatlarning tarixiy sharoit taqazosi bilan transformatsiyalashganidir.

Masalan, "O'zbek xalq ertaklari" 1-2 tomlarida joy olgan ertaklar mavzusi, timsollari, ularda ilgari surilgan g'oyaviy-estetik masalalar, xalq axloqiy, etik qarashi va boshqa ma'naviyatga dahldor o'rinlar fikrimiz dalili bo'la oladi. Bu fikrni afsona, rivoyat, naql, doston janrlari to'g'risida ham aytish mumkin. Chunonchi, "Go'ro'g'lining tug'ilishi" dostonidagi qirq chiltonlar nasihati xalq donishmandligining go'zal namunalari sifatida dostonga yana ham ibratli g'oyaviy kuch bag'ishlangan va xalq Go'ro'g'liga aytilgan bu dono nasihat va o'g'itlarni xuddi o'ziga bayon etilganidek qabul qiladi.

Epik folklor namunalari tarixiy va struktral-ommaviy xarakterdagi epik janrlarga mansub asarlar syujeti, poetik vositalari mukammaligini ular tarkibiga uzoq tarixiy rivojlanish davomida qo'shiqlar, termalar, aforizmlar asta-sekin uyg'unlashib borganligi

1 "Xam; эртакflарн" C.A^HMOB 1998 HH^

2."roKcaK -MaiHaBHHT eHrurnwac Kyn" H.KapuMOB 2008 HH^

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

bilan izohlash mumkin. Masalan, "Opa-singillar" nomli ertak tarkibidagi yetim bolaning opasi ramzidagi qushchaning qo'shig'i xalq orasidagi o'gaylikni ifodalaydigan bu tipdagi motivga juda ham monand kelib, bu qo'shiq mazkur ertak strukturasida sematik transformatsiyalangan. Yoki "Quyosh yerning pahlavoni" nomli ertak syujeti chizig'idagi "Yigitning ishi mardlik", "Belida belbog'i bormi yigitning", "Xamir uchidan patir" kabi xalq orasida mavjud aforistik aytimlar, qadimdan saqlanib qolgan hayvonot olami bilan bog'liq zoomorfik afsona, an'anaviy yozuvlik timsoli hisoblangan makkor kampir va yumor bilan sug'orilgan ko'salar kabi boshqa xalq nasriga xos o'rinlar mazkur ertakka sun'iy kiritilmay, muayyan tarixiy sharoit taqazosi bilan tabiiy moslashib ketadi. Chunki bu ertaklardagi Tong guli, Quyosh yerining pahlavoni kabi yorug'lik yaxshilik timsollari hamda syujet voqealari zanjirifagi mifik tasavvurlar bilan bog'liq epizodlarga qarab, ular transformatsiya hodisasi natijasida yaxshilik, kamtarlik va poetik aks hurlik g'oyasi bilan yaxlit ertakka aylangiligini ko'ramiz.

Janrlar munosabatidagi genetik aloqadorlik, bir janr tabiatiga xos struktural-tipik xususiyatlarining o'zga folklor namunasida kelishi, o'z vazifasini keyinroq shakllangan boshqa janrlar tarkibiga singib borganligini tasdiqlaydi. Bu holatni XX asr oxirlariga kelib, o'zbek xalqi etnomadaniyatida yuzaga kelgan folklor-etnografik jamoalari, Janubiy O'zbekiston va Xorazm dostonchilik maktablari an'anasi o'zagida faoliyat ko'rsatayotgan baxshi-shoirlar misolida ham asoslash mumkin.

O'zbek folklorshunosligining yetuk olimlaridan biri akademik To'ra Mirzayev: "Folklor an'analari hech qachon barham topmaydi. U har bir davr, zamon talabiga mos davom etadi. Folklor-etnografik jamoalar olib borayotgan faoliyat, o'zbek baxshichilik san'ati an'analarining yosh ijrochilari jonli an'analarning, yosh ijrochilarni jonli ijroda yaratilayotgan xalq an'analari, paremiologik janr namunalari ana shunday axborot texnologiyalari yuksalgan paytdagi ko'rinishidir"- deganlarida haq edilar.

Boshqa ijtimoiy ong shakllari singari folklor inson badiiy tafakkuri rivojlanishi bilan birga og'zaki san'atning bu turi o'ziga xos ichki rivojlanishi bilan birga og'zaki san'atning bu turi o'ziga xos ichki rivojlanish qonuniyatlariga ega bu xalq ozg'zaki so'z san'atiga xos janrlararo munosabat hodisasidir. Folklor janrlari tizimi nisbatan ommaviy xarakterdagi ertak janri tarkibida nisbatan qadimgi davrlar odamlari tasavvurlari va qarashlari bilan birga og'zaki ijod an'analari doirasida boshqa janrlarga xos tipik transformatsiyalanganligini kuzatish mumkin. Masalan, "Pahlavon Rustam" nomli o'zbek xalq ertagidagi Devsafid mifik tasavvurlarning g'oyaviy badiiy jihatlari ertakka moslashishga misol bo'la oladi. "Devning 3 ta boshi bo'lib, bir boshi odam boshiga, bir boshi ilon boshiga o'xshar ekan. Uning sevimli go'shti odam go'shti", deb devga berilgan ta'rifda qadimgi odamlar mifik tasavvuridagi dev, ajdarho, odam go'shtini iste'mol qiluvchi yozuv demon timsollari tarixiy-folkloriy jarayonning keying bosqichlarida yaratilgan ertak syujeti tuguni uchun xizmat qilgan. Mazkur ertak syujeti

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=22257

voqealarida qadimgi grek mifalogiyasida Odessiya eposiga xos bir epizod ham mavjud. Ya'ni Devsafidga yemish uchun Nodirshoh boshliq barcha aholini olti oylik yo'lga aldab kelgan ikki dev, ularni ulkan g'orga qamab, og'zini katta tosh bilan berkitib qo'yishi va har kuni ikkitadan semiz odamni Devsafid yeyishi epizodi ham "Pahlavon Rustam" ertagi syujet voqealari transformatsiyalangan. Mazkur ertakda "Birovning yurtida shoh bo'lgandan ko'ra, o'zingning yurtingda gado bo'l" maqoli ham ertak tarkibida mavjud. Bunday holat faqat ertak janriga aloqador bo'lmay, epik mazmun ifodalaydigan boshqa janrlar strukturasi uchun ham tipikdir. Masalan, naql struktural-tipologik jihatdan boshqa janrlar bilan qiyoslanar ekan, uning syujeti va motivlariga xalq paremlari shu darajada singib ketganligidan, ularning birinchisini ikkinchisizsiz aslo tasavvur qilib bo'lmaydi. Chunonchi, xalq orasida ommaviylashgan "Nima eksang shuni olasan" tipiga mansub naqllaridan birini olib ko'raylik. Odatda, bu naql ijro vaziyatiga qarab, turlicha usulda bayon qilinadi. U qanday vaziyatda ijro etilmasin, asosiy maqsad insonga yaxshilik qilish, muruvvat ko'rsatish va aql yuritib, bajarilgan ishning oxiri xayrli tugashiga ishora qilinishi bu naqlning mohiyatini belgilaydi. Mazkur naqlga o'xshash o'zbek xalq ertagi janriga mansub namuna sifatida chop qilingan bir variantda, ushbu naql quyidagicha talqin etilgan. Ya'ni bir cholning kampiri vafot etib, yolg'iz o'g'li bilan yesir qolganligi, ota o'glini ikki yildan keyin uylantirish, uyga tushgan kelinning berahm, molparast, axloqsizligi va oxir oqibatda, yaramas kelinning keksa ota ahvolidan xabar olmay, o'g'liga o'z otasini yo'qotish talabini qo'yishi, turmush g'alvalaridan toqati toq o'g'lining otani bir tashlandiq joyga qo'yib kelishi uchun uni opichlab yo'lga tushishi va nihoyat, "Bir tomoni jarlikdan iborat tog' cho'qqisiga yetib, bir toshning ustiga o'tkazib qo'yishi" ota shu toshda o'tirar ekan, o'g'ildan xafa bo'lish o'rniga kulib qo'yishi, otaning kulganiga ajablangan o'g'il otasidan: "Otajon, nega kuyabsiz?", deb so'rashi, ota bu kulguning sirini avvaliga yetmagani, o'g'il oyog'ini tirab turib olgach: "Men bu yerga olib kelishingdan maqsad -tashlab ketish. Buni men bilib turibman. Xotining shunga seni majbur qilganini ham bilaman. Lekin, men xafa emasman. Chunki men ham oyingning gapiga kirib, otamni xuddi shu xarsangtosh ustiga tashlab ketkan edim. Qaytar dunyo ekan",- deb javob beribdi. "O'gil: "Nima eksang shuni olar ekansan",- deb, keksa otaning xo'rlanganligiga pushaymon bo'lib, uni uyiga olib qaytishi voqeasi bayon qilingan. Xalq maqolining o'ziga xos shahri sifatida berilgan ushbu naqlning xalq og'zaki jonli muloqotlarida yana o'nlab variantlari mavjud.

Xususiy mulkka nisbatan munosabat ijtimoiy-iqtisodiy bosqichlarda alohida ahamiyatga ega ekanligiga ko'pgina epik mazmun va murakkab syujet asosida qurilgan ertak, doston singari janrlar uchun tipologik ahamiyat kasb etadi. Xususan, farzandsizlik, o'g'il farzanga muhtojlik, kenja farzandni ideallashtirish, o'gaylik kabi motivlar ertak va doston janrlari syujet voqealari boshlamasi uchun tugun b o'lib xizmat

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

qilishi ana shunday tipologik yaqinlikdan darak beradi. Mana shunday o'zaro yaqinlik munosabatlarining yuzaga kelishi tasodif emas. Buni tarixiy-folkloriy jarayonda sodir bo'luvchi ijtimoiy-maishiy hayot hodisalarining janrlar munosabatida transformatsiya hodisasi natijasi, deb qaramoq maqsadga muvofiq bo'ladi. Motivlar orasidagi umumiy va o'xshash jihatlar, ularning xalq og'zaki ijodi an'analari qonuniyatlariga muvofiq nisbatan keyinroq shakllangan doston janriga ertak motivlarining o'tishi hodisasi faqat bu ikki janr orasida mavjud bo'lgan xalq nasri janrlariga oid elementlarning ertak va dostonlar syujet chiqiqlaridagi o'rinlar ham tasdiqlaydi. Masalan, "Qora mushkul ot", "Mohistara", "Zar kokilli yigit", "Ozodchehra" kabi o'zbek xalq ertaklari janriga mansub namunalarning syujet voqealarini tugunini bepushtlik, farzandga muhtojlik motivlari tashkil qiladi. Folklor janrlari o'rtasidagi o'zaro munosabatlarining tarixiy-folkloriy rivojlanishi, ular orasidagi tabiiy transformatsiyalasnish hodisasining bu jarayon uchun o'ziga xos harakatlanuvchi kuch rolini bajarishiga birgina farzandsizlik motivi misol bo'la oladi. Motivlar masalasidagi mana shu tadrijiy takomilning o'ziyoq janrlar orasidagi tarixiy-folkloriy jarayon dinamik rivojida janrlarning o'zaro bir-biri bilan bog'lanish va aloqa munosabatlari ahamiyatini ko'rsatishda muhim fakt bo'lib xizmat qiladi. Xalq og'zaki ijodo janrlari taraqqiyoti, unda biror janrning rivojlanishi va o'ziga xos spetsefik xususiyatlari yuzaga kelishida transformatsiya hodisasining turli holatlariga ham bog'liq. Shunday janrlar borki, ular o'z umrini asta-sekin tugatib, muhim dastlabki struktural-tipik xususiyatga xos jihatlarini o'zidan keying nisbatan ahamiyati foydali janrga singdiradi. Bunday holatni tarixiy, toponimik, kosmogonik, antropomorfik, etiologik tipdagi hanuz aytib kelinayotgan afsona, rivoyatlarning iste'dodli xalq baxshi-shoirlari, ertakchilari qissago'ylar ijrosida ertak, doston kabi janrlar tarkibiga uyg'unlashtirishi misolida kuzatish mumkin. Chunonchi, Qashqadaryo, Surxandaryo, Samarqand viloyatlaridagi istiqomat qiluvchi aholi o'rtasida aytib kelinayotgan aforistik janr namunalari va marosim folklori janrlarining xalq baxshilari kuylagan dostonlar syujetidan o'rin olganligi olganligi fikrimiz dalilidir. Masalan, Sherobod an'anaviy dostonchiligi maktabi vakillari Qodir baxshi, Abduqahhor baxshilar tomonidan ijro etilgan dostonlar strukturasida xalq orasidagi mashhur afsona, rivoyat va naqllar syujeti, motivlari trasnformatsiya qilingan o'rinlar mavjud.

O'zbek folklori janrlar tizimi kichik epik janrga mansub namunalarining hammasi ham boshqa janrlar tarkibiga osonlikcha transformatsiyalanavermaydi. Xalq kundalik turmush kechirishi bilan bog'liq axloqiy-ma'naviy qarashlarini aks ettirgan ibratli afsona, rivoyat, naqllar, shuningdek, ayrim joy nomalari borki, ular bunday xususiyatdan mustasnodir. Xalq orasida qadimdan avaylab-asrab kelinayotgan aziz-avliyolar, tarixiy shaxslarga bag'ishlangan afsona va rivoyatlar boshqa janrlar tarkibida kam uchrashi bilan xarakterlanadi. Tarixiy shaxslar insoniyat nazdidagi xizmatlari alohida ahamiyat va faktik xarakter kasb etgani tufayli muqaddaslashtirilgan holda

SCIENTIFIC PROGRESS VOLUME 4 I ISSUE 1 I 2023 _ISSN: 2181-1601

Scientific Journal Impact Factor (SJIF 2022=5.016) Passport: http://sjifactor.com/passport.php?id=222ff7

saqlanadi, ya'ni an'anaga qat'iy rioya etiladi. Shuning uchun ayrim folklor asarlari tarkibiga kirib qolgan tarixiy shaxslar, muqaddas kishilar nomi tarixiy-folkloriy jarayonning ertak, afsona, naql yoki dostonlarga sun'iy moslashtirish orqali yuzaga kelgan deyish mumkin. Bundan tashqari, muqaddas Islom dini ta'limoti bilan bog'liq afsona, rivoyatlar, ertak va dostonlarda uchraydigan aziz insonlar nomlari, ularning insoniyat manfaatlari yo'lidagi xizmatlari tasvirlangan o'rinlar transformatsiyalashgan taqdirda ham tarixiy shaxslar faoliyatiga taalluqli o'rinlar azaldan xalq jonli ijrosida aytib kelinayotgan asl mohiyati saqlab qolingan tarzda transformatsiyalanadi. Bunga misol qilib, "Go'ro'g'li" turkum dostonlaridagi Qirq Chilton, Hizir buva kabilar bilan bog'liq epizodlarni ko'rsatish lozim.

Tarixiy-folkloriy jarayonda sharoit taqazosi bilan shakllanib, keyinroq rivojlanib, o'z vazifasini ado etgan ayrim janrlar bilan bir qatorda , ijtimoiy ishlab chiqarish munosabatlari yanada murakkablashib, insoniyatning ma'naviy-estetik stimullarga nisbatan ehtiyoji orta boshlagan davrlar hayotni yanada keng va atroflicha badiiy-g'oyaviy ifodalashga xizmat qiluvchi janrlar ommalashadi. Nisbatan keyinroq paydo bo'lgan ayrim epik (doston, tarixiy qo'shiq, dramatik og'zaki darama, askiya singari) turlar etnomadaniyat sahnasiga kirib kelishi transformatsiya hodisasining o'ziga xos rolini atroflicha tadqiq etish imkonini beradi. Bu esa tarixiy-folkloriy jarayon doimiy rivojini va o'zbek xalq og'zaki ijododa janrlar tizimi tarkibida o'zagrishlar yuzaga kelishini ko'rsatuvchi muhim dalil hisoblanadi. Tarixiy-folkloriy jarayonda janrlarning motiv, syujet va poetik vositalariga ko'ra o'zaro funksional munosabati shartli ravishta muvofiqlashuv deyiladi. Bu ko'proq ijro va badiha jarayonida namoyon bo'ladi. Muvofiqlashning eng yorqin ko'rinishi folklor asarlari ijro jarayonida o'zi tomonidan tinglovchi yoki tomoshabinlar tarkibi hisobiga olinishi orqali bir janr namunasidagi motiv yoki syujet voqeasi yoki uning vazifasini ikkinchi janr tarkibiga an'anasini buzmasdan singdirilishidir. Masalan, "Alpomish" dostoni syujet voqeasiga xalq hikmatli so'zi-paremlarning muvofiqlashganligini:

Davlat qo'nsa bir chivinning boshiga, Semurg' qushlar salom berar qoshiga, Ot chopsa, gumburlar tog'ning darasi, Urushda bilinar mardning sarasi.

ADABIYOTLAR RO'YXATI

1. "Халк эртаклари" С.Алимов 1998 йил

2. "Юксак -маънавият енгилмас куч" И.Каримов 2008 йил

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.