о
O'ZBEK VA XITOY TILLARIDA INSON TANA A'ZOLARINI BILDIRUVCHI FRAZEOLOGIZMLARNING KOMPONENT TAHLILI
d https://doi.org/10.5281/zenodo.10364250
Dilshodjon KHIKMATOV,
TDIU O'zbek va xorijiy tillarni o'qitish markazi xitoy tili o'qituvchisi
Toshkent, O'zbekiston Tel: +998 97 477-90-97 Email: [email protected], [email protected]
Annotatsiya. "O'zbek va xitoy tillarida inson tana a'zolarini bildiruvchi frozeologizmlarning component tahlili" mazkur maqolada xitoy tilidagi frazeologizmlar obyekti hisoblanib uni componentlarga ajratib tahlil qilish mqsad qilib olindi. Shunga ko'ra, mazkur maqolada o'zbek va xitoy tillari frazeologizmlarining shakllanish tamoyillarini tadqiqi va ularni solishtirib o 'rganish, tahlil qilish hamda o 'quv uslubida qay yo 'sinda o 'rgatish kabi muammolariga yechim topish maqsad qilib olindi. Maqolada xitoy tilida inson tana a'zolari bilan bog'liq Mia [chengyU] larning o'zbek tilidagi muqobil o'rindoshi solishtirish orqali ko'rsatilib o'tildi.
Kalit so'zlar: Mia [chengyU], turg'un birikmalar, frazeologiyalar, ekvivalent, xitoy maqollari, somatik leksikogologiya, somatizmlar, iboralar, matal, maqol.
Аннотатция. В данной статье «Компонентный анализ фразеологизмов, обозначающих части тела человека в узбекском и китайском языках» рассматривается и анализируется объект фразеологизмов в китайском языке путем разделения его на компоненты. Соответственно, целью данной статьи является исследование принципов формирования узбекской и китайской фразеологии и поиск решения проблем их сравнительного изучения, анализа, а также методов их преподавания в образовательной методике. В статье для сравнения показан узбекский эквивалент чэн юй, относящийся к частям человеческого тела в китайском языке.
Ключевые слова: чэнъю, устойчивые соединения, фразеология, эквивалент, китайские пословицы, соматическая лексикология, соматизмы, выражения, язык, пословица.
Abstract. In this article "Component Analysis of Phraseologisms Denoting Human Body Parts in the Uzbek and Chinese Languages", the object of phraseologisms in the Chinese language is considered and analyzed by dividing it into components. Accordingly, the aim of this article is to research the principles of formation of Uzbek and Chinese phraseology and to find a solution to the problems of their comparative study, analysis, and how to teach them in the educational method. In the article, the Uzbek equivalent of Mia [chengyU] related to human body parts in Chinese language was shown by comparison.
Key words: M i [chéngyu], stable compounds, phraseology, equivalent, Chinese proverbs, somatic lexicology, somatisms, expressions, language, proverb.
O'zbek tili iboralarga juda boy til hisoblanadi. Iboralarning ko'pligi nafaqat tilimizning boyligini, balki xalqimizning turmush tarzi, kundalik hayoti, nutq madaniyatidagi o'ziga xos hususiyatlarini ham ko'rsatib turadi. Ibora — tilimizning lug'at tarkibini tashkil etuvchi birliklardan biridir. Ular ikki va undan ortiq so'zning ko'chgan ma'nolari asosida tarkib topgan lug'aviy birlik bo'lib xuddi so'z kabi lug'aviy ma'noni anglatadi. Masalan, xamirdan qil sug'urganday iborasi, "osonlik bilan" , "qiyinchiliksiz " ma'nosini, ko'ngil bermoq iborasi "sevmoq" ma'nosini, qo'y og'zidan cho'p olmagan iborasi "yuvosh" ma'nosini bildiradi.1 Xuddi so'z kabi yaxlit bir ma'noni anglatadigan bunday til birligi frazeologik birlik yoki frazeologizm deyiladi.
Ibora — frazema frazeologik birlik sifatida tilshunoslikning frazeologiya bo'limida o'rganiladi. Ibora tuzilishiga ko'ra ya'ni birdan ortiq so'zdan tashkil topishi bilan so'z birikmasi yoki gapga o'xshab ketsa ham, nutq birligi sanalgan bunday birliklardan tamoman farq qiladi va lug'aviy birlik sifatida ko'p jihatdan so'zlarga yaqin turadi. So'zlarga xos bo'lgan juda ko'p xususiyatlar iboralarga ham xosdir. Iboraning tarkibidagi so'zlar esa o'z leksik ma'nosi bilan qatnashmaydi, ma'nosini yo'qotgan bo'ladi. Ba'zan ibora so'z birikmasi bilan shaklan teng kelib qolishi mumkin. Bunday holatda ibora turg'un birikma sifatida erkin birikma bilan omonimik holatda bo'ladi. Buni biz quyidagi misollarni keltirishimiz orqali qiyoslashimiz mumkin. Masalan: 1. Nima uchun bu haqiqatdan ko'z yumasiz? (Sharof Rashidov) 2. Ahmadjon atrofda birdan chang, to'zon bo'lganligi sababli ko'zini yumdi. Birinchi gapda "ko'z yummoq" ibora bo'lib, "voz kechmoq ma'nosida ", ikkinchi gapda o'z ma'nosida kelgan. Ba'zi iboralar tuzilishi jihatdan gap shaklida ham bo'ladi. Lekin ular nutqda gapning bir bo'lagi vazifasida keladi va hammasi bitta so'roqqa javob bo'lib, gap tarkibidagi so'zlar kabi alohida-alohida so'roqqa javob bo'lmaydi. Bundan ko'rinib turibdiki iboralar lug'aviy birlik bo'lgani uchun xuddi so'zlar kabi gapda biror bo'lak vazifasida keladi.
"Qosh qo'yaman deb ko'z chiqaradigan bunday hodisalar... hali ham onda-sonda ro'y berib turadi".
Frazeologizm - Ko'p tillarning yuzaga chiqishida juda katta rol o'ynaydi. Tilning yuzaga kelishdagi ifodalanishida muhum omil hisoblangan frazeologizmnin ko'p tarmoqlari mavjud bo'lib undan eng muhumi tana a'zolari bilan bogliq frazeologizm hisoblanadi. Frazeologizmlarda inson va hayvonlaning ichki organlari bilan bog'liq frazeologizmlar xitoy tilida juda muhum ahamiyat kasb etadi.
Ichki tana a'zolari bir yoki bir necha asosiy funksialarni bajaradi. Masalan : Yurak - nasosga o'xshab ishlaydi va qon aylanish qon xaydash vazifasini bajaradi u orqali quyilayotgan barcha qon tana azolari bo'ylab tarqaladi. O'pka esa ishlash jarayonida o'ziga kislarod olib , uglekislarod gazini ishlab chiqaradi. Shuni aytib o'tish joizki xitoy tili somatik raqamlar va madaniy mayishi raqamlar bilan
1 M. Asqarova, R. Yunusov, M. Yo'ldoshev, D. Muhamedova. O'zbek tili praktikumi. Toshkent. "Iqtisod-Moliya", 2006 yil. 76-bet.
chambarchas bog'liq. Masalan: 5 xil unsur, 5 xil tam, 5 xil ruh shular jumlasidandur. Mazkur misollar xitoy madaniyatining ajralmas bo'lagi hisoblanib bugungi kunga qadar saqlanib qolganligini e'tirof etmog'miz joizdur. Shu kabi inson ichki organlari ham frazeologizm mavzusida juda keng ko'lamni qamrab oladi. Tana a'zolari bilan bogliq frazeologizmlar " xitoy medetsinasi" tufayli aynan tilda juda keng tarqalgan.
Xitoy tilida [wuzangliufu] - tananing ichki a'zolari yo'sinda bir
muhum atama mavjud. Bu basharriyat va nabodotning eng muhum ichki organlari hisoblanadi (muhum 5 azo yurak, buyurak, jigar , o'pka va o't qopi; 6 zich organ yo'gon va ingichka ichak, taloq, oshqazon, siydik pufagi va ot pufag). Xitoy tilida tarqalgan frazeologizmlarning asosiy tarmogi ham aynan shu ichki azolari bilan bog'liq.
Quyida ichki a'zolar bilan bo'liq xitoy tilidagi frazeologizmlarni tasniflab ularni tahlil va tarjima qilib berishni lozim deb topdildi.
[ hui chang jiu zhuan ] - Biror narsadan ko'ngli to'lmaslik, bezovtlikni bildiradi : O'zbek tiliga mazkur ibora ko'ngli g'ash, yuragi notinch deb tarjima qilinadi. Mazkur iborada xitoy iyeroglifidan ® ya'ni ichak ma'nosini anglatuvchi iyeroglif bilan ifodalanmoqda. O'zbek tilida esa bu manoni inson ichki organlaridan yurak bilan ko'rsatilib o'tilmoqda.
MM^Jtt [ sou chang gua du ] - Bu so'zning ma'nosi ham biror narsadan kuchli bezovtalanishni va o'sha narsa haqida o'ylashni bildiradi. O'zbek tiliga bu ibora "ichini it kemirdi deb tarjima qiladi" qizigi shundaki mazkur ibora o'zbek tiliga qolipday mos tushgan. Chunki xitoy tilida ham ichak iyeroglifi o'zbek tilida ham ich so'zi ishlatilib uyg'unlik kasb etgan.
[ xiao du ji chang ] - Mazkur ibora ijirg'ilanib ezmalanib gapiriladigan kalta fahm insonlar uchun ishlatiladi. O'zbek tilida bu iborani biz "achchiq ichakdek cho'zilma, mayda gaplik qilma, maydalashma" deb yuritamiz. Bu yerda ham biz uyg'unlikni kuzatishimiz mumkin. Masalan: xitoy iyeroglifi M va o'zbek tilidagi achchiq ichak so'zlari o'zaro mos kelgan.
ff [gan] mazkur iyeroglif xitoy tilida jigar degan ma'noni anglatadi. ^^fftK [da dong gan huo] - Biror narsadan juda ham jaxli chiqish g'azablanish degan ma'noni anglatadi. O'zbek tiliga bu iboraning muqobil versiasi "g'azabdan burnidan o't chiqdi, ko'zlari qonga to'ldi degan ma'noni anglatadi. Mazkur chengyuda xitoy iyerogliflaridan ff [gan] ya'ni jigar ma'nosini anglatuvchi iyeroglif ishlatilmoqda. O'zbek tilida esa qon, ko'z, burun singari tana a'zolari va ichki unsurlar ishlatilmoqda.
ff®^^ [gan chang cun duan] - Mazkur ibora o'zbek tiliga shu qadar mos tushganki undagi ff iyeroglifi o'zbek tiliga ham jigar sifatida tarjima qilinib " Bag'ri qon, Jigar bag'ri qon" degan ma'noni anglatadi.
ffM^^ [gan dan ju lie] - Bu yerdagi ibora ya'ni chengyu biror narsadan qattiq qo'rqqanda ishlatiladigan ibora hisoblanadi. Agar to'gridan to'g'ri tarjima
qiladigan bo'lsak jigari va o't puffagi yorildi degan tarjima chiqadi. Lekin buning o'zbek tilidagi muqobil o'rindoshi "yuragi yorildi" iborasi hisoblanadi. Bu iborada xitoy tilidagi "jigar" so'zi o'rniga o'zbek tilida "yurak" so'zi ishlatilmoqda.
[zhong gan yi dan] - Mazkur ibora munosabatlarning qanchalik yaqinliligini bildiradi. Misol uchun o'zbek tilidagi bir maqolga juda mos tushadi. "uzoqdagi qarindoshdan yaqindagi qo'shni yaxshi". Lekin o'zbek tilida ham mazkur iboraning "tananing ichki a'zolari" bilan ko'rsatilgan muqobil o'rindo shi mavjud. " Uzoqdagi jigardan yaqindagi o'pka yaxshi" singri variantlari ham mavjud.
^M-^h [ chi dan zhong xin ] mazkur ibora sadoqat, sodiqlikni ifoda etuvchi chengyu hisoblanadi. Uni o'zbek tiliga tarjima qiladigan bo'lsak: "yuragi bilan qattiq ishonish, sodiqlik qilish" degan manolarni anglatadi. Bu yerda "jigar" iyeroglifi o'rnini "yurak", "qalb" singari so'zlar egallamoqda.
M [ dan ] mazkur iyeroglifning ma'nosi "o't puffagi" degan ma'nolarni anglatadi. Yuqorida ko'rib o'tganimizdek, tananing ichki a'zolari bir chengyu tarkibida birga kelish hususiyatlariga egadir. Biz yuqorida jigar, ichak singari iyerogliflar bilan keladigan chengyularni tahlil qilgan bo'ldik lekin undagi M ya'ni o't puffagi iyeroglifiga u qadar ahamiyat berib to'xtalib o'tmadik. Quyida mazkur iyeroglifga urg'uv bergan holda chengyularni tahlil qilib chiqamiz.
M^^:^ [ dan da bao tian ] - Mazkur iyeroglif haddan tashqari jo'shqin bo'lish, mard jasur bo'lish ma'nolariga ham to'g'ri keladi. O'zbek tilidagi huddi shu iboraning mos o'rindoshi "dov yurak" hisoblanadi. Bu iborada "o't puffagi" o'rniga o'zbek tilida "yurak" so'zi ishlatilgan.
[ dan da xin xi ] - Ushbu iboraning ma'nosi jasur, ammo ehtiyotkorlikni ham o'zida mujassam etgan degan ma'noni anglatadi. O'zbek tilidagi muqonbil variant esa "uddaburon, suvni ko'rmay kiyim yechmaydigan, olg'ir" ma'nolari bilan berish mumkin.
M'Mni, [ dan xiao ru shu ] - Ushbu iboraning ma'nosi shundan iboratkiy: qo'rqoqlikni biror hayvon yuragi chalik kichkina ekanligini anglatib, ta'kidlab keladi. To'gridan tog'ri tarjima qiladigan bo'lsak sichqon yurak degan ma'noni beradi. Xitoyliklar orasida sichqon qo'rqoq hayvon hisoblanadi. O'zbeklar orasida esa bu ma'no quyonga ko'chadi va mazkur iboraning o'zbek tilidagi tarjimasi "quyon yurak" hisoblanadi.
^^M^ [ xin jing dan zhan ] - Iborasi qo'rquvdan qaltirash degan ma'noni anglatadi va mazkur ibora o'zbek tiliga "qo'rquvdan oyog'i qaltiradi, ichi muzladi, o'pkasi tushub qoldi, yuragi tushub qoldi" degan ma'nolarni anglatadi. Mazkur iborada "o't puffagi, yurak" iyeroglifik so'zlari o'rniga o'zbek tilida qo'l, oyoq, ich,o'pka, yurak" so'zlari ishlatildi.
[ wen feng sang dan ] - Bu ibora ham qo'rquv bilan bog'liq bo'lib, uning o'zbek tilidagi tarjimasi "eshitiboq aqli boshidan uchdi" degan ma'noni anglatadi . Mazkur iborda "o't puffagi" o'rniga "es,hush,aql" so'zlarini ishlatishimiz mumkin.
chi dan zhong xin ] - Mazkur ibora sadoqat, sodiqlikni ifoda etuvchi chengyu hisoblanadi. Uni o'zbek tiliga tarjima qiladigan bo'lsak: "yuragi bilan qattiq ishonish, sodiqlik qilish" degan ma'nolarni anglatadi. Bu yerda "jigar" iyeroglifi o'rnini "yurak", "qalb" singari so'zlar egallamoqda.
[ dan zhan xin jing ] - Ushbu ibora o'zini juda ehtiyot qilish, asrab qolish, asrab qochiq qolsh degan ma'nolarni bildiradi va bu iborada ham M va ^ iyerogliflari kelgan. Mazkur iboraning o'zbek tilidagi versiasi "jonini hovuchlamoq" degan ma'noni bildiradi. Bu yerda "o't puffagi va yurak" iyerogliflarini ma'nosini o'zbek tilida "jon, yurak" so'zlariga mengzash mumkin.
ëh^^M [wo xin chang dan] - Mazkur ibora: kelajakdagi barcha yutuq g'alabalari uchun jonini xatarga qo'yib bo'lsada tavakkal qilish degan ma'noni anglatadi. Mazkur iboraning o'zbek tilidagi mubobil variant "jonini garovga tikish" degan ma'noni anglatadi.
^ [xin] xitoy tilida bu iyeroglif yurak degan ma'noni anglatadi. Quyida mazkur iyeroglif bilan bog'liq bo'lgan iboralarni tahlil qilib chiqamiz.
[meixin meifei] - Ushbu ibora befarqlik, beparvolik, parvoyi falak degan ma'noni bildiradi. O'zbek tilidagi muqobi o'rindoshi esa "suv bossa to'pig'iga chiqmas" degan ma'noni anglatadi. Ushbu iborad inson tana a'zolaridan "yurak" ishlatilmoqda. O'zbek tilida esa "to'piq" so'zi ishlatildi.
[ shu xin lang fei ] - Mazkur ibora biror narsadan norozi bo'lish jaxli chiqish ma'nolarini bildiradi. Ushbu iboraning o'zbek tilidagi variant " jaxli chiqganidan burnini jiyirdi" singari bo'ladi. Bundan tashqari bu chengyuda hayvonhar ham berilgan bo'lib. Xayvonlarga xos jaxildorlikni kuchaytirish ma'nosini anglatgan.
[ lang xin gou fei ] - Mazkur ibora shavqatsiz, qattol, vahshiy degan ma'nolarni anglatadi. Ushbu iborada ham hayvon ichki a'zolariga murojatni ko'rishimiz mumkin. ^ bori ^ yurak ma'nolarini ifodalaydi. Bilamizkiy bo'rilar vaxshiy, qattol hayvon hisoblanadilar. Ushbu iborada "bo'ridek vaxshiy, bo'ridek qattol" ma'nosi anglashilmoqda. Mazkur iboraning o'zbek tilidagi variyanti " bo'ridek qon xor" deb tarjima qilinadi. Yurak iyeroglifini to'ldirish uchun o'zbek tilida qon so'zi ishlatilmoqda.
[ si xin lie fei ] - Mazkur ibora xafa bo'lish, mahzun bo'lish kabi ma'noni anglatadi. Ushbu ibora o'zbek tiliga qolipday tushgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Uning o'zbek tilidagi muqobil versiasi "qalbi singan, ko'ngli yarim, yuragi yarimta" deb yuritiladi.
№ [ fei ] mazkur iyeroglif o'pka degan ma'noni anglatadi. Ushbu iyeroglif bilan kelgan chengyularni quyida tahlil qilib ko'rsatdik.
^À№JJ [ gan ren fei fu ] - Iborasi o'zbek tiliga qalbining eng tubiga tegish, eng nozik nuqtaga tegib qalbini yumshatish degan ma'noni anglatadi. Juda tasirli narsalarga nisbatan ishlatiladi. Uni o'zbek tiliga yanada chiroyli tarjima qiladigan bo'lsak "yuragini chertib o'tish, qalbini yumshatish degan ma'noni bildiradi".
Mazkur iborada ishlatilgan o'pka № iyeroglifi o'rniga o'zbek tilida yurak qalb so'zlari ishlatildi.
[ ru jian fei gan ] - Iborasi qalbida kimnidir juda aniq ko'rish, o'sha insonning joyi o'zining qalbida deb his qilish degan ma'noni anglatadi va o'sha insonga bo'lgan muhabbat tushuniladi. Mazkur iboraning o'zbek tilidagi o'rndoshi " biror kimsasiz nafas ham ololmaslik" bo'ladi. Eng qizig'i o'pkaning vazigfasi nafas olish bo'lsa bu yerda ham aynan o'sha nafas olmoq ma'nosi bilan bersak bo'ladi va tarjima jarayonida chiroyli tarjima qo'lga kiritiladi.
Pf [wei] oshqozon degan ma'noni anglatuvchi iyeroglif hisoblanib. Tarkibida Pf iyeroglifi mavjud bo'lgan iboralar talaygina. Biz ulardan bir nechtasini quyida tahlil qildik.
gua chang xi wei ] - Iborasi o'tmishdagi xatolarni qat'iyat bilan tuzatish degan ma'noni anglatadi. Mazkur ma'noni o'zbek tilida muqobil versiasi "tab tortmaslik" hisoblanadi.
pfPA^ [ wei kou da kai] - Mazkur ibora o'zbek tiliga "ishtaxsi karnay" deb tarjima qilinadi. Oshqazonning funksiasi ovqat hazm qilish hisoblanib agar ishtaxa bo'lmasa ovqat yeyilinmaydi. Mazkur ibora o'zbek tiliga juda mos tushgan. Mazkur ibora ko'zi, nafsi och shaxsiyatlarga nisbatan ishlatiladi.
0 [ pi ] xitoy tilidagi mazkur iyeroglif taloq degan ma'noni anglatadi. Taloqning vazifasi zahira qon to'plash hisoblanadi.
[ qin ren xin pi] - Ushbu iboradan anglashilingan ma'no ko'ngli to'lib fikri teranlashish degan jumla tushuniladi. O'zbek tilida " qalbi hayajonga to'lish, te'ran fikirlash" deb tarjima qilinadi.
Nafaqat xitoy tilida balki o'zbek tilida ham inson ichki tana a'zolari bilan bog'liq juda ko'p frazeologizmlarni uchratishimiz mumkin.
Masalan:
O'pkasi to'lmoq - biror narsadan qattiq xafa bo'lish, yig'lagudek bo'lishni ifodalab keladi.
Yuragi shuv etmoq - biro narsadan qattiq qo'rqish, ko'ngli be'zovta bo'lishni bildiradi.
O'pkasini qo'ltiqlab olmoq - biror yerga qattiq shoshilib ketishni ifodalaydi.
Pul jigardan bo'lgan - mazkur ibora qizg'anchiqlik va pulga rujuv qo'yishni bildiradi.
Yuragidan urmoq - kimnidur qattiq yoqtirib sevib qolishni anglatadi.
Ichagi uzulmoq - biror narsadan ko'ngli shod bo'lib juda ko'p kulishni bildiradi.
Ich etini yeyish - mazkur ibora biror narsadan qattiq siqilib, ko'ngli g'ash bo'lishni ifodalaydi.
Yuragi yonmoq - ushbu ibora esa qattiq sarosimaga tushub qolib nima qilshni bilmaydigan vaziyatlarda ishlatiladi.
Ichini kuydirmoq - bu ibora esa birorkimga qandaydir narsani yoki vaziyatni maqtanib, o'sha insonni havasi yoki hasadini keltirishni ifodalaydi.
Xulosa. Ushbu maqolani yozish davomida inson tana a'zolari bilan bog'liq frazeologizmlarning xitoy tilidagi chengyular va o'zbek tilidagi iboralar bilan solishtirib chuqur o'rganish va ularni mohiyatini yoritib berishga harakat qilindi. Dastlabki yo'naltiruvchi manba sifatida shu mavzu yuzasidan ish olib borgan ustozlarning ko'plab maqolalarini o'rgandildi. Xulosa sifatida shuni aytish mumkinki, inson tana a'zolari bilan bog'liq frazeologizmlar ham xalqning tabiatiga dahldor keng qo'llaniladigan iboralar ekanligi aniqlandi. Nutqda qo'llaniluvchiuvchi frazeologizmlar ma'lum bir xalqning o'zigagina tegishli his hayajonni ifodalovchi, kontekst mazmunini kuchaytiruvchi, suhbat rangdorligini oshiruvchi, ta'kidlab o'tuvchi keng qo'llaniladigan nutq vosita bo'lishi mumkin degan xulosaga kelindi. Xitoy tili xususiyatlarini o'rganganda o'quvchilar mana shu jihatlarni ham e'tiborga olib qo'yslar, foydadan holi bo'lmaydi. Shuningdek mashxur voqealiklar yoki asarlardagi so'zlar, jumlalar vaqtlar o'tib keng qo'llaniladigan frazeologizmlarga aylanishi mumkin degn xulosaga kelindi. Xitoy va o'zbek tillarida inson tana a'zolari bilan bog'liq frazeologizmlardan foydalanish sabablari va vaziyatlari ham turlicha ekan. Lekin nutq vaziyatiga mos frazeologik birlikni o'z o'rniga qo'yib foydalanish notiqning mahorati bilan belgilanar ekan. Inson tana a'zolari bilan bog'liq frazeologik birliklar tarkibini kuzatar ekanmiz, ular bir necha komponentlardan va iyerogliflardan tashkil topganligini guvvohi bo'ldik. Shunisi ahamiyatliki, xitoy tilida ham o'zbek tilidaham tana a'zolaridan bosh so'zi va iyeroglifi hamda insonning ichki organlaridan yurak jigar o'pka bilan bog'liq frazeologizmlar juda ham ko'p. Ular kontekstdan ajratilganda, boshqa bir ma'noni anglatadi. Shuning uchun bunday frazeologizmlarni qo'llanishini kontekst doirasida o'rganish ma'qul.
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Mamatov A.E. O'zbek tili frazeologizmlarining shakllanishi masalalari. -T.: 1999. -380 b.
2. Rahmatullaev Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati.-Toshkent «O'qituvchi» 1978. -298 b.
3. Akimov T., Kiraubayev J. Xitoycha-o'zbekcha-ruscha frazeologik lug'at. - T.: Fan va texnologiyalar markazining bosmaxonasi, 2002.
4. Sh. Rahmatullayev. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati.
5. Rahmatullayev. Sh. O'zbek tilining izohli frazeologik lug'ati" / "O'qituvchi" nashriyoti, T.1978-yil.
6. ochilov o. «^mïm^mimmm : xs^itt
2011. Li Yamey, Ozodjon Ochilov. "O'zbekcha - xitoycha, xitoycha - O'zbekcha maqol, matal va iboralar lug'ati", Pekin "Xalq" nashriyoti, 2011. -251 b.
7. (OXMM^^Àzrnm -ib^m^bA^ftltt 1997.p.-48
8. Suy Selyang. "Xitoy tilidagi maqol, matallar va xitoyliklar ruhiyati", Pekin «Til va madaniyat universiteti» nashriyoti, 1997. B. -48
9. p.-107
Karimova, M. K. S. D., & Ismatullayeva, N. R. (2023). Translation issues of
phraseological units in simultaneous translation. Current research journal of philological sciences, -/(09), 24-28.