Научная статья на тему 'TURK VA O‘ZBEK TILLARIDA MA’NOSI FARQLI BO‘LGAN IBORALAR VA ULARNI TARJIMA QILISH MASALALARI'

TURK VA O‘ZBEK TILLARIDA MA’NOSI FARQLI BO‘LGAN IBORALAR VA ULARNI TARJIMA QILISH MASALALARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
13
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologik iboralar / aldoqchi so‘zlar / izohli lug’at / tahlil / ta’rif / ifoda. / phraseological expressions / false words / Dictionary / analysis / definition / expression.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Aminova, Lolaxon

Ushbu maqola turk va o‘zbek tillaridagi aytilishi o‘xshash lekin ma’nosi farqli bo‘lgan iboralarning tarjima qilish masalalariga bag’ishlangan. Maqolada turk tilidagi to‘rt, beshta ibora haqida fikr yuritilgan. Bunda iboralarning izohli lug’atdagi ma’nolari ochiqlanib misollar yordamida tahlil qilingan. Turk tilidagi iboralarni o‘zbek tiliga to‘g’ri o‘rish masalasi maqolaning asosiy mazmunini tashkil qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSIONS WITH DIFFERENT MEANINGS IN TURKISH AND UZBEKI AND PROBLEMS OF THEIR TRANSLATION

This article is devoted to the translation of phrases in Turkish and Uzbek with similar pronunciation but different meanings. The article talks about four five phrases. It reveals the meanings of expressions using an explanatory dictionary and analyzes them with the help of examples. The main point of the article is the importance of correctly translating phrases from Turkish into Uzbek.

Текст научной работы на тему «TURK VA O‘ZBEK TILLARIDA MA’NOSI FARQLI BO‘LGAN IBORALAR VA ULARNI TARJIMA QILISH MASALALARI»

о

TURK VA O'ZBEK TILLARIDA MA'NOSI FARQLI BO'LGAN IBORALAR VA ULARNI TARJIMA QILISH MASALALARI

d https://doi.org/10.5281/zenodo.10364575

Filol.f.n. Lolaxon AMINOVA,

TDSHU dotsenti. Toshkent, O'zbekiston Tel: 97 761 65 56; E-mail: lolahonim@mail .ru

Annotatsiya: Ushbu maqola turk va o'zbek tillaridagi aytilishi o 'xshash lekin ma'nosi farqli bo'lgan iboralarning tarjima qilish masalalariga bag'ishlangan. Maqolada turk tilidagi to'rt, beshta ibora haqida fikr yuritilgan. Bunda iboralarning izohli lug'atdagi ma'nolari ochiqlanib misollar yordamida tahlil qilingan. Turk tilidagi iboralarni o'zbek tiliga to 'g 'ri o 'rish masalasi maqolaning asosiy mazmunini tashkil qiladi.

Kalit so'zlar: frazeologik iboralar, aldoqchi so'zlar, izohli lug'at, tahlil, ta'rif, ifoda.

Аннотация: Эта статья посвящается переводу фраз в турецком и узбекском языках со схожим произношением, но разным значением. В статье говорится о четырех пяти фразах. В нем раскрыты значения выражений с помощью толкового словаря и анализировались с помощью примеров. Основной смысл статьи значение правильного перевода фраз с турецкого на узбекский.

Ключевые слова: фразеологические выражения, лживые слова, толковый словарь, анализ, определение, выражения

Annotation: This article is devoted to the translation of phrases in Turkish and Uzbek with similar pronunciation but different meanings. The article talks about four five phrases. It reveals the meanings of expressions using an explanatory dictionary and analyzes them with the help of examples. The main point of the article is the importance of correctly translating phrases from Turkish into Uzbek.

Keywords: phraseological expressions, false words, Dictionary, analysis, definition , expression.

Turk va o'zbek tillari qanchalik bir-biriga yaqin, qanchalik bir-biriga o'xshash bo'lmasin, ularning juda ko'p farqli tomonlari, o'quvchini adashtirishi mumkin bo'lgan juda ko'p jihatlari bor. Ayni shunday murakkab jihatlar bu ikki tilni ham qiyosiy ham alohida tadqiq qilinishi lozimligini ko'rsatadi.

Tilni biz ummonga o'xshatamiz. Darhaqiqat, har bir til dengiz misoli jilolanadi. Dengizning har bir tomchisi kabi tilning ham o'ziga xos xususiyatlari juda ko'pdir.

Turk tili darslarining boshidanoq, uning bamisoli to'lqinlanib turgan dengizga o'xshashligini aytamiz. Til o'rganishning ilk kunlari dengizning sayoz yeriga o'xshash oson bo'ladi, lekin suzishni bilmasa u g'arq qilganidek, tilni ham chuqur o'rganmasa unda ham "g'arq" bo'lish turgan gap.

Turk tilidagi juda ko'p so'zlar yozilishi va o'qilishi jihatidan o'zbek tiliga o'xshashdir. Bularning bir qancha qismi ma'no jihatidan o'zbek tili bilan bir xil bo'lsada, juda ko'p qismining ma'nosi umuman farqlidir. Bunday so'zlarni "aldoqchi so'zlar" deb ham ataladi. Turk tili bo'yicha mutaxassis, olim, Berdaq Yusuf shunday so'zlar bo'yicha alohida lug'at tayyorlab, uni "aldoqchi so'zlar lug'ati" deb nomlagan.[ 2.] Shunday so'zlar bilan bir qatorda aytilishi bir, ma'nosi farqli bo'lgan iboralar ham talaygina. Ushbu kichik tadqiqotimiz ham aynan ma'nosi jihatidan bir-biriga o'xshamaydigan iboralar haqidadir.

Har bir tilning bebaho duru gavharlari bo'lmish iboralarning o'zi ham bir olamdir. Hozirgi kunda ikki tildagi iboralarni juda ko'p jihatdan o'rganishga e'tibor kuchayib bormoqda. Chunki iboralar hoh yozma nutqda hoh og'zaki nutqda bo'lsin, tilning go'zalligini ko'rsatib beruvchi omil hisoblanib, ma'noni yetkazib berishda katta ahamiyat kasb etadi. Shu nuqtai nazardan qaraganda ikki tilda ham o'ziga xos, ajoyib iboralar mavjud bo'lsada, yuqoridagi aldoqchi so'zlar kabi, aytilishi b ir , lekin ma'nosi farqli bo'lgan iboralar ham ko'pdir.Ushbu maqolamizda iboralarning ayni shu jihatiga e'tibor qaratmoqchimiz.

"Ma'lumki, frazeologizmlar nutq ta'sirini kuchaytiruvchi va insonlar tomonidan o'zlashtirilib, ularning ongiga chuqur singib ketgan so'zlar sifatida xalqning urf-odati, an'analari, madaniyati va tarixini o'zida yaqqol aks ettirib, adabiy tilning keng ifoda imkoniyatlarini o'zida namoyon qiluvchi leksik vositalar hisoblangan birliklar sifatida inson hayotining barcha sohalarini qamrab olgan"[3, 3.]

Turk tilida shunday iboralar borki, huddi o'zbek tilidagi iboraga o'xshaydi. Iborani tashkil qiluvchi so'zlari ham bir xil. Lekin ularning ma'nosiga va qo'llanish darajasiga kelsak umuman farqlidir. Shunday iboralardan biri "Sogukkanli" dir. Bu iboraning aytilishi ham yozilishi ham o'zbek tilidagi "sovuqqon" iborasiga o'xshaydi. Bu ikki ibora bir xil talaffuz qilinib, quloqqa ham bir xil eshitiladi. Bu iboralar ikki tilda ham insonning xususiyatini, fe'l-atvorini tasvirlash uchun qo'llaniladi. Lekin bu iboralarning tarjimadagi ma'nosi umuman boshqacha. O'zbek tilidagi "sovuqqon" iborasi salbiy ma'no kasb etib, insonning har qanday sohaga befarqligi, e'tiborsizligi, odamlarga nisbatan kirishimsiz, muomalasiz kabi ma'nolarni anglatadi. Bunday fe'l -atvorli kishilar jamiyatda xush qarshilanmaydi. Turk tilidagi "sogukkanli" iborasi ham insonning fe'l-atvorini tasvirlash uchun ifodalansada, bu ibora ijobiy ma'noda qo'llaniladi. Turk tilidagi izohli lug'atda bu ibora quyidagicha izohlangan:

"Sogukkanli - kolayca öfke, tela§, heyecane kapilmayan, serin kanli" [ 4, 571.]

Tarjimasi: Sovuqqonli - osonlikcha g'azablanmaydigan, havotirga, hayajonga tez berilmaydigan, sovuq qonli.

Lug'atda izohlanganidek, "sogukkanli" deya ta'riflangan inson har qanday noxush vaziyatda, asablar tarang bo'lib turgan vaqtda ham tezgina qizishib ketmaydigan, jaxl otiga minib g'azablanmaydigan, aksincha, shunday asabiy bir vaziyatda ham o'zini vazmin tutib, o'ylab ish qiladigan insonlar uchun qo'llaniladi. Turk jamiyatida "sogukkanli" deya ta'riflangan insonlar xush qarshilanadi. "Helâl olsun, ne soguk kanli davrandi". [6.] Tarjimasi: "E qoyil e, qanday bosiqlik bilan munosabatda bo'ldi" "O çok sogukkanli bir insandi, hiç bir zaman panige kapilmazdi" [6.] Tarjimasi: U juda og'ir-bosiq inson edi, hech bir vaqt vahimaga tushmasdi" Yuqoridagi misollardan ko'rinib turganidek, birgina "sogukkanli", "sovuqqon" iborasining o'ziyoq bir xil aytilsada uning tom ma'nosini o'rganib, to'g'ri tarjima qilinmasa noto'ri tushunchalarga olib keladi.

Turk va o'zbek tillarida aytilishi bir ammo ma'nosi farqli bo'lgan iboralardan yana biri "gonul koymak" dir. "Gonul koymak" iborasini o'zbek tiliga so'zma-so'z o'girilsa "ko'ngil qoymoq" iborasiga aynan, birga-bir o'xshaydi. "Ko'ngil qo'ymoq" iborasi o'zbek tilida qiz va yigit o'rtasida yoki ayol va erkak o'rtasidagi mehr qo'ymoq, bir - birini yoqtirmoq, sevib qolmoq yoki boshqa bir jonsiz narsalarga nisbatan ham yaxshi ko'rmoq ma'nolarini ifodalaydi. Ushbu iboraning turk tilidagi ma'nosi esa umuman boshqachadir. Turk tilidagi iboralarning izohli lug'atida shunday ta'rif berilgan:

"Gonul koymak"- 1) Birisine alinmak, kirilmak, gucenmek. 2) Biriyle tum iletiçimi kesmek. 3) (Halk agzinda) Birisine a§ik olmak, gonul vermek deyiminin yerine kullanilir. [6.]

Tarjimasi: "Gonul koymak" - 1) Biror bir kishidan hafa bo'lmoq, dili og'rimoq, ko'ngli qolmoq. 2) Biror bir kishi bilan o'rtadagi aloqani uzish. 3) (xalq og'zaki ijodida, so'zlashuvda) Biror kishiga oshiq bo'lmoq, ko'ngil bermoq iborasining o'rniga ishlatiladi.

Lug'atdagi izohlarga ko'ra turk tilidagi "Gonul koymak" iborasi, o'zbek tilidan farqli o'laroq, biror kishidan xafa bo'lish, dili og'rish kabi ma'nolarni ifodalaydi. "Kendisinden defalarca ozur dilememe ragmen bana hala gonul koyuyor". [6.] Tarjimasi: "Undan necha marotaba uzr so'rashimga qaramay, mendan haligacha hafa".

"Uç gunluk dunyada kimse eski dostlarina gonul koymamali" [6.] Tarjimasi: "Uch kunlik dunyoda hech kim qadrdon do'stlaridan hafa bo'lmasligi kerak"

Yuqoridagi misollarda ko'rib turganimizdek "gönül koymak" iborasining ham tom ma'nosini o'rganib qo'llanilmasa, noto'g'ri tarjimalarga yo'l qo'yiladi va yanglish fikr-mulohazalarga olib keladi.

"Gönül koymak" iborasining lug'atda keltirilgan ikkinchi ma'nosi, yani "Biror kishi bilan o'rtadagi aloqani uzish" ma'nosiga to'xtaladigan bo'lsak, ibora ishlatilingan konteksdagi oldingi va keyingi gaplarning ma'nosiga qarab tarjima qilinishi to'g'ri bo'ladi. Ushbu iboraning uchinchi ma'nosida: "xalq og'zaki ijodida, so'zlashuvda, biror kishiga oshiq bo'lmoq, "ko'ngil bermoq" iborasining o'rnida qo'llaniladi" deya ochiqlangan.

"Seni sevdim, sana gönül koydum". [6.]

Tarjimasi:

Seni sevdim, senga ko'ngil qo'ydim.

Yuqoridagi misollarda ko'rganimizdek iboraning uchinchi ma'nosida o'zbek tilidagi "ko'ngil qo'ymoq" iborasiga mos tushyapti. Bu ham bo'lsa xalq og'zaki ijodi namunalarida, badiiy asarlarda ko'proq uchraydi. Bu esa o'zbek va turk tilining ildizi, negizi birligidan dalolat beradi. Zamon o'tgan sari tilda ham bir qancha o'zgarishlar ro'y berib, so'zlarning asl ma'nolardan uzoqlashish, nafaqat uzoqlashish balki umuman teskari ma'nolarga kelib qolishi ham kuzatiladi.

Shunday iboralardan yana biri turk tilidagi "gögüs germek" iborasidir. Ushbu iborani o'zbek tiliga so'zma-so'z o'girilsa "ko'krak kermoq" deya tarjima qilinadi. Ne ajabki, o'zbek tilida ham "ko'krak kermoq" iborasi mavjud. Endi esa turk tilidagi ushbu iboraning izohli lug'atdagi ma'nolarini ko'rib o'tamiz.

"Gögüs germek" - bir zorluga dayanmak, kar§i koymak, üstesinden gelmek, zorluklari a§mak. [6.]

Tarjimasi:

"Gögüs germek" - biror qiyinchilikka chidamoq, qiyinchilikka qarshi qalqon bo'lib turib bermoq, qiyinchiliklarni yengib o'tish.

Iboraning lug'atdagi ma'nosidan ko'rinib turibdiki, turk tilidagi "gögüs germek" iborasi hayotda uchragan qiyinchilikka berdosh berish va qiyinchiliklarni yengib o'tish ma'nolarida qo'llanilar ekan.

"Bugüne kadar bütün zorluklara bir aile olarak birlikte gögüs germeyi baçardik."

[6.]

Tarjimasi:

"Shu kungacha butun qiyinchiliklarga bir oila bo'lib bardosh berishni uddaladik".

"Yillarca bu hastaliga gögüs germiçti." [6.]

Tarjimasi:

"Yillar davomida bu kasallikka chidab kelgandi."

Yuqoridagi misollardan turk tilidagi "gögüs germek" iborasining tom ma'nosi kunday ravshan bo'ldi. Lekin o'zbek tilida ayni iboraning o'zginasi bo'lgan "ko'krak kermoq" ning ma'nosi tubdan farq qilmoqda. O'zbek tilidagi "ko'krak kermoq" iborasi faxrlanmoq, mag'rurlanmoq kabi ma'nolarni o'z ichiga mujassamlashtirgan. Jasorat ko'rsatib yoki biror bir ishni qoyilmaqom uddalab, faxr tuyg'usi bilan ko'krak kerish mumkin. Ota-onalar farzandlarini muvaffaqqiyatini ko'rib faxrlanganda "ko'krak kerib" yuribdilar, deya qo'llash mumkin.

Yuqoridagi fikrlarni ta'kidlab shuni aytish mumkinki, bu ikki tildagi o'xshash iboralarning tom ma'nosini, o'ziga xos xususiyatini yaxshi anglab yetilmasa, yoki so'zma-so'z o'girib qo'yilsa matnda tushunarsizliklar yuzaga kelishi mumkin.

Navbatdagi tahlil qilmoqchi bo'lgan iboramiz, turk tilidagi "ilk göz agrisi" iborasidir. Ushbu iboraning ham o'zbek tilida o'xshash shakli bor, ya'ni "ko'z og'rig'i" O'zbek tilidagi "ko'z og'rigi" iborasi ko'proq so'zlashuvda, badiiy matnlarda ko'p uchraydi. O'zbek tilida ko'z og'rig'i iborasi yengil dardlarni ifodalash uchun qo'llaniladi. Ya'ni, og'ir bo'lmagan, yengil og'riq bilan o'tib ketadigan dardlar uchun "ko'z og'rig'iday gap" deb qo'yiladi. Lekin turk tilidagi "göz agrisi" iborasi o'zbek tilidagidan tubdan farq qilib, og'riq, dard ma'nolaridan ancha uzoqdir. Turk tilidagi "ilk göz agrisi" iborasining izohli lug'atdagi ma'nolarini ko'rib chiqamiz.

"Ilk göz agrisi"- 1) Ilk dogan çocuk. 2) Bir kimsenin a§ik oldugu, sevdigi ilk insani, ilk a§ki. [6.] Tarjimasi:

"Ilk göz agrisi" - 1) Birinchi tug'ilgan farzand. 2) Bir insonning sevgan ilk insoni, birinchi muhabbati.

Ushbu lug'atdagi izohlarga ko'ra turk tilidagi "Ilk göz agrisi" iborasi ota-onaning birinchi tug'ilgan farzandi uchun yoki ilk sevgan insoni, birinchi muhabbatini atash uchun qo'llaniladigan ibora ekan.

"Sen ilk a§kim, ilk gözagrimsin, dünyalara degiçmem seni" [6.] "Sen ilk sevgim, birinchi muhabbatimsan, hech narsaga almashmayman seni." "ílk gözagrim, diyerek annem abimi çok çimartti" [6.] "To'ng'ich farzandim, deb onam akamni juda taltaytirib yubordi". "ílk gözagrim, gençlik açkimi aniden görünce ne yapacagimi bilemedim". [6.] "Birinchi muhabbatim, yoshlikdagi sevgilimni to'satdan ko'rgach nima qilishimni bilmay qoldim". "Ilk göz agrisi" iborasining paydo bo'lish tarixi ham bor ekan. Qadimda askarlik xizmati va urushlar uzoq vaqt davom etgani uchun Onado'lining har bir joyidan eng kamida uch, besh yilga xizmatga, urushga ketgan yigitlar, erkaklar bo'lgan ekan. Bu askarlarning uyida qolgan onalari, singillari, turmush o'rtoqlari, qayliqlari va sevgililari qon yig'lab qolishar ekan. Bu bechora ayollar, vatanini, millatini, dinini himoya qilish uchun kurashayotgan mard erlari

bilan g'ururlanar ekanlar, lekin ayni damda yig'lamay, ko'z yoshi to'kmay ham kunlari o'tmasmish. Ba'zan oshkora, bazan pinhona yig'lagan yosh qiz va kelinchaklarning ko'z yoshlari qurib, ko'zlari og'riy boshlagan ekan. Har qancha yig'lasalarda yorlaridan darak yoq emish. Shunda chorasiz bir-birlari bilan gaplashayotganlarida, o'sha zamonning hayo va ibosi natijasi o'laroq "sening sevgiling, ering" deyishga or qilib, "Mening ko'z og'rigimdan maktub kelmadi, senikidan habar bormi"- deya so'rashar ekan. Shu shu bo'lib ilk sevgan yori, birinchi muhabbati uchun "Ilk goz agrisi" iborasini qo'llash odatga aylanib qolgan ekan.Iboralar borasida yana shuni aytish mumkinki, turk tilidagi har bir iboraning o'zbek tilidagi aynan o'xshash shakli bo'lmasligi tabiiy. Lekin ba'zi vaqtlarda turk tilidagi iboralarni o'zbek tilidagi muqobilini to'g'ri topa olmay yoki ma'nosini yaxs hi tushunib yetmay, ularni so'zma-so'z o'girib qo'yish vaziyatlari ham ko'p uchraydi. Bu xatolarga ko'pincha film va seriallar tarjimasida duch kelamiz. Misol uchun, turk tilidagi "onun ipiyle kuyuya inilmez" iborasi mavjud bo'lib, uni o'zbek tiliga so'zma -so'z o'girsak, "uning ipi bilan quduqqa tushib bo'lmaydi" degan gapga to'g'ri keladi. Ko'p seriallarda shu ibora aynan shunday, so'zma-so'z tarjima qilingan holatlarga duch kelganmiz. Vaholangki, u o'rinda "ip" ha "quduq" ham yo'q. Turk tilidagi ushbu iboraning asl ma'nosi esa "unga ishonch yo'q" degan ma'noni anglatadi. Tarjimadagi shu kabi xatolar istar filmlar tarjimasida, istar badiiy adabiyot tarjimalarida bo'lsin ma'noning o'zgarib ketishiga, noto'g'ri fikrga olib keladi. Shuning uchun iboralarning asl ma'nosini va uning qo'llanish darajasini yaxshi anglab yetib, keyingina ulardan foydalansak maqsadga muvofiq bo'lar edi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Aksoy O. Atasozleri va Deyimler sozlügü. Istanbul, înkilap Yayinevi.- 1994.

2. Berdak, Y. Turkcha - o'zbekcha «aldoqchi» so'zlar lug'ati. Tûrkçe-Ozbekçe Sesteç Kelimeler Sozlügü. Toshkent: "Yangi asr avlodi" nashriyoti. 2009.

3. Hamidov X. X. Turk frazeologiya masalalari. -Toshkent: TDSHI. 2019 y.

4. O'zbekcha-turkcha, turkcha-o'zbekcha izohli lug'at. - Toshkent: 1997.

5. Büyük Tûrkçe-Rusça Sozlük. - Moskva: "Russkiy yazik", 1977

6. www.tûrkçe deyimler sozlügü. Cümle ve ornekleri.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.