Научная статья на тему 'XITOY TILIDA IBORALAR'

XITOY TILIDA IBORALAR Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
251
25
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
IBORALAR / OBRAZLI IFODALAR / KO'CHMA MA'NO / MILLAT MADANIYATINING KO'ZGUSI / METAFORA

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Tojiboyev I.O.

Har bir millatning, tilning o`ziga xos ko`chma ma’nolariga ega bo`lgan iboralari, frazalari, metaforada aks etgan birliklari bo`ladi. Bu tilning qay darajada boy ekanligidan dalolat berib turadi. Ushbu maqolada ham Xitoy tilidagi eng mashhur iboralarning umumiy izohi hamda O`zbek tili bilan qiyosiy jihatlari o`rganildi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

EXPRESSIONS IN CHINESE

Each nation, language has its own expressions, phrases, units of metaphor, which have their own figurative meanings. This is an indication of how rich the language is. This article also provides an overview of the most popular phrases in Chinese and their comparisons with Uzbek.

Текст научной работы на тему «XITOY TILIDA IBORALAR»

Tojiboyev I. O. talabasi

Samarqand davlat chet tillar instituti XITOY TILIDA IBORALAR

Annotatsiya: Har bir millatning, tilning o^ziga xos ko^chma ma'nolariga ega bolgan iboralari, frazalari, metaforada aks etgan birliklari boladi. Bu tilning qay darajada boy ekanligidan dalolat berib turadi. Ushbu maqolada ham Xitoy tilidagi eng mashhur iboralarning umumiy izohi hamda O^zbek tili bilan qiyosiyjihatlari o^rganildi.

Kalit so^zlar: Mi(Chengyu), iboralar, obrazli ifodalar, ko^chma ma'no, millat madaniyatiningko^zgusi, metafora.

Tojiboyev I.O. student

Samarkand State Institute of Foreign Languages EXPRESSIONS IN CHINESE

Annotation: Each nation, language has its own expressions, phrases, units of metaphor, which have their own figurative meanings. This is an indication of how rich the language is. This article also provides an overview of the most popular phrases in Chinese and their comparisons with Uzbek.

Keywords: Mi (Chengyu), phrases, figurative expressions, figurative meaning, a mirror of the nation's culture, metaphor.

^in (Chengyu) - bu xitoycha ibora ma'nosini anglatadi. Chengyu odatda

Xitoy tarixi va afsonalaridagi hikoya, voqea yoki personajni nazarda tutadi. Xitoy tilida iboralarning qollanilishi ozbek tilidagidek anchagina keng. Iboralar fikrni togridan togri emas, balki, fikrlab mulohaza qilishga orgatadi.

^in (Chengyu) - ananaviy xitoy madaniyatining asosiy xususiyatlaridan biri bolib, ular malum bir mano ifodalovchi qatiy tuzilishga va qatiy fikrga ega bo lib, ular bir butun bo lib, bitta ma noni ifodalaydi hamda jumlada qollaniladi va mavzu, obekt, atributiv va boshqa komponentlarni oz ichiga oladi. Iboralarning katta qismi qadim zamonlardan meros bolib, u mazmun yoki ishorani ifodalaydi. Bazi iboralar shunchaki kichik jumlalardir.

Xitoy tilidagi ^in (Chengyu) hamda ozbek tilidagi iboralarning qollanilishi, umumiy oxshashliklari deyarli bir xil. Ozbek tilida frazeologik iboralar oz manodoshlari bolmish sozlarga nisbatan, manoni kuchli darajada ifodalaydi hamda ularda obrazlilikni yorqin aks ettiradi. Frazeologik iboralar

turmushdagi turli voqea-hodisalarga guvoh bo lish, kishilarning xilma-xil harakat-holatlariga baho berish, tajribalarini umumlashtirish asosida xalq chiqargan aniq-tiniq xulosalarning o ziga xos obrazli ifodalaridir. Ularning o ziga xos jihati ular gap holatida yoki so z birikmasi holatida qo llaniladi, ammo ular leksik birliklarga ajratilmaydi, yani manoviy butunlikni hosil qiladi va saqlab qoladi. Ular gapda bitta birlik sifatida qollaniladi.

Iboralar tilimizning lugat tarkibini tashkil etuvchi birliklardan hisoblanadi. Ular ikki va undan ortiq sozning kochgan manolari asosida tarkib topgan lug aviy birlik bo lib, xuddi so z kabi lug aviy ma noni anglatadi. Masalan, xamirdan qil sug'urganday iborasi, "osonlik bilan", "qiymchiliksiz" ma'nosini, ko'ngil bermoq iborasi "sevmoq" ma'nosini, qo'y ogzidan chop olmagan iborasi "yuvosh" ma'nosini bildiradi. [1 76]

Xitoy iboralari (ttffl®)

Chéngyû

Yànyû (ifig);

Xiëhouyû (Ift^®)

Kabilar bilan bir qatorda frazeologiyaga guruhini tashkil etadi. Iboralar millat madaniyatining kozgusidir. U ozida millatning dunyoqarashi va ruhiy holatini aks ettiradi. Iboralarning manosini tatqiq etish orqali osha millatining dunyoqarashi va ruhiy holatiga organishimiz, ular haqida xabardor bolishimiz mumkin. Yuqorida aytilganidek, iboralar frazeologiyaning bir bolimi hisoblanib, hozirgi zamon xitoy tilining eng muhim til birligi sanaladi. Iboralar xitoy xalqining kundalik hayotiga singib ketgan deb bemalol aytishimiz mumkin, ulardan foydalanishning turmushdagi orni beqiyosdir. Iboralar nafaqat ta'sirli va jonli bolishidan tashqari gapning asl mohiyatini, yumoristik ma nolarni ham ifodalab keladi. Iboralarning uslubiy hamda umumiy imkoniyatlari, qo llanilish doirasi nihoyatda katta va keng. Iboralardan o z ornida foydalanish nutqning ifodaliligini, obrazliligini oshiradi.

Xitoy tilini o rganish jarayonida, ko pglab iboralarga duch kelamiz.

Masalan: RR^^T" - ko'zga qadalgan mixdek; eng yomon ko'radigan odami),

Zuankongzi (aybini qidirmoq; fursatdan foydalanmoq), "M&M"

Erbianfeng (bu quloqdan kirib, u quloqdan chiqib ketmoq; quloq solmaslik yoki gapiga kirmaslik) kabi iboralarga kozimiz tushib turadi. Endi quyida ularga misollar va ularning tahlilini yoritib otamiz.

Endi bir tarixiy iboraga nazar tashlaymiz, Loumâjiâo iborasini

iyeroglif asl manosida tarjima qilganda, "ot ozi bilmagan holda taqasini ko'rsatib qo'yibdi" (^^Pif^^HSftJSSi) degan manoni ifodalaydi. Iboraning asl mohiyatiga qaraydigan bolsak, ushbu iborada ot emas balki odam

nazarda tutilmoqda. Bu iboraninng kelib chiqish tarixi qadimgi sulolalardan bo' lgan Tang sulolasi davriga tegishli.

Qadimda bayram otkazilayotgan mahallarida odamlar xitoy afsonalaridagi dumi molning dumiga, tuyog'i esa otning tuyog'iga o'xshaydigan bir shoxli hayvonni tasvirlash uchun eshak yoki otni bezatib olib chiqishar, shu usul bilan afsonaviy hayvonni korsatishmoqchi bo lishardi, lekin ot yoki eshakning tuyog'ini bezatish qiyin masala bo'lgani bois, ularning aldovlari

ochilib qoladi. Shunday o'yinning orqasidan degan ibora kelib chiqdi.

Bu iboraning ozbek tilidagi ekvivalenti ham mavjud. Bu iborani "Kasalni yashirsang, istimasi oshkor qiladi", yoki "tanganing misi chiqdi" kabi iboralarga tenglashtirishimiz mumkin. Ya'ni nimanidir yashirgan bilan qachondir haqiqat baribir biror kuni oshkor boladi. Shundan kelib chiqqan holda, ozbek tiliga ochilib qolmoq, oshkoralanib qolmoq, bilinib qolmoq, bilintirib qoymoq deb tarjima qilsak boladi. Shunday iboralarning tarixini organish orqali millatning urf-odat, ananalari kirib borib, insonning dunyoqarashi kengayib boraveradi.

il^û xiè tiân xiè di - Uzoq vaqtdan beri kutib yurgan ish, va nihoyat

amalga oshganda ishlatiladigan ibora hisoblanadi. Bu iborani ozimizga "xudoga shukur" deb tarjima qilsak togriroq boladi. Bular esa odatda xursandchilik ohangiga ega boladi.

Xiètiânxièdi, zhè châng dàyù zongsuàn tingle, bùràn wânshàng qù tïyùchàng kàn qiú ke jiù máfanle.

Xudoga shukur, bu kuchli yomg'ir nihoyat to'xtadi, aks holda kechasi o'yinni tomosha qilish uchun stadionga borish qiyin bo'lardi.

^^^^ / mâmâhûhû- bo'ladi, ortacha ma'nolarida ishlatiladi.

Bu, odatda, xitoy tili kursini o'tayotgan har bir kishi o'rganadi, chunki undan foydalanish juda oson. Buni W^À, 3PM3PM (Hái keyï, Nàlï nâlï) bilan tenglashtirsak maqsadga muvofiq boladi.

A:

B)

AP Ifè / rùxiângsuisù - Rimda bo'lganingizda, rimliklar kabi yashang. Ift^S "APIfè" o

Dàole yïgè guôjiâ kâishï youdiân er bù xiguàn. Wo zhongguó péngyou shuo de, nï yïnggâi shiying women de shenghuó wénhuà, wénxué, zongzhï yïjù huà "rùxiângsuisù".

Biror bir mamlakatga borganda, u yerga moslashish biroz mushkul. Mening xitoylik do'stim aytganidek: "Siz bizning hayot madaniyatimizga,

adabiyotimizga moslashishingiz kerak, qisqasi Xitoyda xitoylilarday yashashingiz kerak".

Bu iborani ozbek tilidagi "Kimning aravasiga chiqsang, o'shaning qo'shig'ini aytasan" iborasi bilan qiyoslash mumkin. Ya'ni qayerda bo'lsak, o' sha yerning madaniyatiga, urf-odatlariga, hayotiga moslashishimiz kerak.

—5—Щ / yïshi'èrniâo - bitta tosh bilan ikkita qushni o'ldirish

O'zbek tilida ham deyarli aynan ushbu ibora ma'nosini ifodalaydigan, shaklan ham deyarli bir xil bo'lgan ibora mavjud. O'zbek tilida bu "Bir o'q bilan ikkita quyonni mo'ljallamoq" iborasi bilan qo'llaniladi. Ya'ni uddaburon odamga nisbatan, fursatdan yaxshi foydalanganda, bir harakatda ikki va undan ortiq vazifani bir paytda bajarishga nisbatan ishlatiladi. Ikki tilda ham qo'llanilish doirasi bir xil.

Щ^ШШШ Sän gè chou pijiàng, ding gè zhûgéliàng - Bu ibora xitoy tilida ko'pchilikning donoligi bir kishining aqlidan ustundir yoki ko'p kishining aql bir kishinikidan yaxshiroqdir deb tarjima qilinadi. O'zbek tilida ham aynan o'zining ekvivalenti mavjud.

Va nihoyat xitoy tilida juda ko'p qo'llaniladigan mashxur iboraga nazar

tashlaymiz. "^Ш^Ш^ЁШХ" Bù dào changchéng fei hâohàn - Bu ibora hech

qachon buyuk devorga bormagan odam qahramon emasligini, qahramon bo'lolmasligini anglatadi. Bu iboraning kelib chiqishi haqida bir qancha taxmin va fikrlar mavjud. Ba'zi joylarda Buyuk Devor o'sha paytlardagi Qizil Armiyaning borar joyi yoki Qizil Armiya maqsadining metaforasidir. Ya'ni Buyuk devorga etib bormasak, biz haqiqiy erkaklar emasmiz derya qo'llangan degan fikrlar ham bor. Buyuk devor Xitoy xalqining ruhi uchun metafora bo'lishi ham mumkin. Buyuk devorning asl vazifasi - himoya qilish. Xitoyliklarga tajovuz emas, tinchlik yoqadi. Xitoyliklarning nazarida bu sabr-matonat belgisi ham bo'lishi mumkin. Yoki bu ko'rinishda bo'lishi ham mumkin. Agar siz Buyuk devorga bormasangiz, siz haqiqiy odam emassiz-Agar siz xitoyliklarning ruhini bilmasangiz, siz haqiqiy xitoy emassiz. Buyuk devor nafaqat Xitoy mo'jizasi, balki insoniyat mo'jizasi hamdir. Bu jumlaning umumiy tushunchasi quyidagicha: Buyuk devorni ko'rish kerak (agar siz Pekinga kelsangiz, lekin Buyuk devorni ziyorat qilmasangiz, siz haqiqiy odam emasligingiz kabi afsuslanasiz.) Qisqasi, Buyuk devor ko'p ma'noga ega, chunki Buyuk devor xitoylar ruhining metaforasi bo'lishi mumkin.

Xitoyliklar o'z tili va tarixi bilan faxrlanishadi, iboralari esa Xitoyning mashhur madaniyatida juda katta ahamiyatga ega ekanligidan dalolat beradi desak mubolag'a bo'lmaydi.

Adabiyotlar:

1. M. Asqarova, R. Yunusov, M. Yo"ldoshev, D. Muhamedova. O"zbek tili praktikumi. Toshkent. "Iqtisod-Moliya", 2006 yil.

2. 500 Common Chinese Proverbs andColloquial Expressions an annotated frequency dictionary. Liwei Jiao and Benjamin M. Stone, 2017

3. Wang, Lei. Forthcoming 2010. 1,000 Idioms for Chinese Learners. Peking University Press, Beijing, China.

4. Wing Huen. 1997. Best Chinese Idioms (Vol. 3). Hai Feng Publishing Co., Hong Kong, China.

5. https://www.travelchinacheaper.com/

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.