Научная статья на тему 'O`ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLARNING O`RGANILISHI JARAYONLARI'

O`ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLARNING O`RGANILISHI JARAYONLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2714
368
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
frazeologizmlar / O‘zbek tilining frazeologik lug‘ati / Sh.Rahmatullayev / K.Bozorboyev / Sh.Shorahmedov / B.Yo`ldoshev. / phraseologisms / phraseological dictionary of the Uzbek language / Sh.Rakhmatullayev / K.Bozorboyev / Sh.Shorahmedov / B.Yoldoshev.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — M. Qodirova

Ushbu maqolada siz o`zbek tilshunosligida frazeologizmlar tuzilishi, ularning o`rganilganlik darajasi bilan bir qatorda frazeologizmlarning tilimizdagi ahamiyati haqida kengroq ma’lumotlarga ega bo`lasiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PROCESSES OF STUDYING PHRASEOLOGISMS IN UZBEK LINGUISTICS

In this article, you will get more information about the structure of phraseology in Uzbek linguistics, the level of their study, as well as the importance of phraseology in our language.

Текст научной работы на тему «O`ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLARNING O`RGANILISHI JARAYONLARI»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

O ZBEK TILSHUNOSLIGIDA FRAZEOLOGIZMLARNING O RGANILISHI

JARAYONLARI Qodirova Mohinurxon Saydullo qizi

QDPI Ta'lim va tarbiya nazariyasi o'qitish metodikasi (Boshlangich ta'lim) yo'nalishi 2-kurs

magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7436721

Annotatsiya. Ushbu maqolada siz o'zbek tilshunosligida frazeologizmlar tuzilishi, ularning o'rganilganlik darajasi bilan bir qatorda frazeologizmlarning tilimizdagi ahamiyati haqida kengroq ma'lumotlarga ega bo'lasiz.

Kalit so'zlar: frazeologizmlar, O'zbek tilining frazeologik lug'ati, Sh.Rahmatullayev, K.Bozorboyev, Sh.Shorahmedov, B.Yo'ldoshev.

ПРОЦЕССЫ ИЗУЧЕНИЯ ФРАЗЕОЛОГИЗМОВ В УЗБЕКСКОМ ЯЗЫКОЗЫНИИ

Аннотация: В этой статье вы получите больше информации о структуре фразеологии в узбекском языкознании, уровне их изучения, а также значении фразеологии в нашем языке.

Ключевые слова: фразеологизмы, фразеологический словарь узбекского языка, Ш.Рахматуллаев, К.Бозорбоев, Ш.Шорахмедов, Б.Йолдошев.

PROCESSES OF STUDYING PHRASEOLOGISMS IN UZBEK LINGUISTICS

Abstract. In this article, you will get more information about the structure of phraseology in Uzbek linguistics, the level of their study, as well as the importance of phraseology in our language.

Keywords: phraseologisms, phraseological dictionary of the Uzbek language, Sh.Rakhmatullayev, K.Bozorboyev, Sh.Shorahmedov, B.Yoldoshev.

KIRISH

O'zbek tili tarixan juda boy til hisoblangan, lekin sobiq Sovet davlati davrida tilimizning avvalgi salobati va ko'lami ancha zaiflashib qoldi. Shunga qaramasdan, 1989-yil 21-oktabr kuni o'zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi tilimizning qudratini yanada mustahkamlashga yordam berdi. 1991-yil 31-avgust kuni O'zbekiston Respublikasi mustaqilligining e'lon qilinishi bilan o'zbek tilimiz tarixida yangi sahifa ochildi. Mustaqillik yillarida tilimizning istiqboli va uning mohiyati haqida juda ko'plab ilmiy ishlar, monografiyalar va o'quv qo'llanmalar yaratildi. Bu borada eng katta qadam sifatida O'zbekiston Respublikasi Prezidentining 2016 yil 13 mayda e'lon qilingan "Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat O'zbek tili va adabiyoti universitetini tashkil etish to'g'risida"gi farmonini misol sifatida keltirib o'tish mumkin. O'zbek tilining qollanishida frazeologizmlar ya'ni iboralar juda ham katta rol o ynaydi. Kishilarning nutq jarayonida turli frazeologizmlar qo'llashi uning badiiy kitoblarni ko'p mutolaa qilishidan dalolat beradi. Ayni vaqtda esa tilimiz o'zida ko'plab iboralarni jam qilganligi bilan boshqa tillardan ajralib turadi.

TADQIQOT MATERIALLARI VA METODOLOGIYASI

Mustaqillik davrida tilimizning frazeologik boyligini to'la qamrab oluvchi turli xil izohli lug'atlar, so'zliklar yaratishga alohida ahamiyat berib kelinmoqda. Masalan, Sh.Rahmatullayevning «O'zbek tilining frazeologik lug'ati» (1992), M.Sodiqovaning "Qisqacha ruscha o'zbekcha barqaror iboralar lug'ati" (1994), Mahmud Sattorning "O'zbekning gapi qiziq" (1994), B.Yo'ldoshev, K.Bozorboyevning "O'zbek tilining frazeologik lug'ati" (so'zlik, 1998),

1617

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Sh.Shomaqsudov, Sh.Shorahmedovlarning "Ma'nolar mahzani" (2001) singari leksikografik asarlarni shular jumlasiga kiritishimiz mumkin.

1992 yilda Sh.Rahmatullayev tomonidan nashr etilgan "Ozbek tilida fe'l frazemalarining bog'lashuvi" nomli monografiyasi ushbu sohada yaratilgan dastlabki tadqiqot natijlaridan biri hisoblanadi. Unda frazeologizmlarning semantik strukturasiga alohida ta'rif berilgan bo'lib, ularni ozaro darajasiga qarab izohlab bergan. Masalan, ta'bi hira, dili siyoh, bag'ri qon iboralari umumiy ma'noda bir xillikni kasb etadi. Lekin ularning ozaro ma'no darajasining kuchliligi yoki pastligiga qarab farqlash mumkin. Ya'ni ular umumiy ma'noda bitta "xafalik" ma'nosini ifodalaydi, ammo ta'bi hira iborasi bir oz degan ma'noda qollansa, undan yuqoriroq daraja uchun dili siyoh iborasi ishlatiladi. Eng yuqori bosqich ma'nosida bag'ri qon iborasi ishlatiladi. Sh.Rahmatullayev oz monografiyasida bu iboralarga nisbatan quyidagicha fikr bildirgan: "...ta'b/i/ xira frazemasi "kayfiyati bir oz yomon holatda" ma'nosini anglatsa, dil/i/ siyoh frazemasi "ruhiyati yomon" ma'nosini, bag'r/i/ qon frazemasi esa "g'am-alam, iztirob bilan to'lib-toshgan" ma'nosini anglatadi. Ma'nodagi bu qadar katta farqlanish yuqoridagi uch frazema o'zaro sinonim emasligini ko'rsatadi. Asli ma'nodagi bunday farqlanishni "emotsiyaning kuchli-kuchsiz darajada kechishi" semasi deb emas, balki "ma'no gradatsiyasi" semasi deb nomlash to'g'riroq".

Frazeologizmlar mavzusi faqatgina lug'atlar, monografiya chiqarish yoki o'quv qollanmalar chiqarish bilan cheklanib qolgani yoq. Ushbu mavzu doirasida bir qator nomzodlik dissertatsiyalari yozilgan. Masalan, Boltayeva Barno Isakulovna tomonidan 2019-yilda "Ozbek tili frazeologik birliklarining transformatsiyasi (semantik-pragmatik tahlil)" mavzusida filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktorligini olish uchun dissertatsiyasi yoqlandi. Ushbu dissertatsiyaning ilmiy yangili sifatida frazeologik birliklarning semantik, grammatik va funksional tranformatsiyasiga alohida-alohida to'xtalib o'tilganligini, ularning tarkibiy tuzilishining kengayishi izohlanganligini, shunigdek, frazeologik birliklardagi tarkibiy kiritmalarni o'rganib, ulardagi ma'nolarning rivojlantirilish turlarini aniqlaganligini, zamonaviy frazeologik birikmalar paydo bo lishi va iboralarning zamonaviylashuvini ochib berganligini alohida ta'kidlab o'tish mumkin. Tadqiqot natijalari asosida B.I.Boltayeva tomonidan "Frazeologik birliklarning semantik-pragmatik tadqiqi" nomli monografiya, shuningdek, umumiy orta ta'lim boshlang'ich sinf o quvchilari uchun foydalanishga mo ljallangan izohli, rasmli "Ozbekcha - Ruscha -Inglizcha iboralar lug'ati" tayyorlanib nashrdan chiqarilgan.

TADQIQOT NATIJALARI

Bekmurod Yoldoshev tomonidan 1993-yilda "Hozirgi ozbek adabiy tilida frazeologik birliklarning funksional-uslubiy xususiyatlari" mavzusida filologiya fanlari doktori ilmiy darajasini olish uchun dissertatsiya yoqlangan. Ushbu dissertasiyada frazeologik birliklarning paydo bo lishi, uning ahamiyati, sovet davrida qay darajada o'rganilganligi, shu jumladan uni o'rganish qaysi davrlarni oz ichiga olishi haqida keng tushunchalar berib borilgan. B.Yoldoshev dissertasiyasida frazeologizm fani tarixini xronologik jihatdan quyidagi 3 davrga bo'lish mumkinligi aytib o'tgan:

1)Birinchi davr: XVIII asr ortalaridan to XX asr 30-yillarigacha;

2)Ikkinchi davr: XX asrning 30-50-yillarigacha;

3)Uchinchi davr: XX asr 60-yillaridan to mustaqillikning dastlabki davrigacha bo'lgan muddatni oz ichiga oladi.

1618

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

G.M.Adashulloyeva tomonidan filologiya fan bo'yicha bo'yicha falsafa doktori darajasini olish uchun 2018-yilda "Tojik va o'zbek tillarida shaxs xususiyatini ifodalovchi frazeologizmlarning qiyosiy-tipologik tahlili" mavzusida dissertatsiya himoya qilingan. Ilmiy tadqiqotda tojik va o'zbek tillaridagi frazeologik birliklar shaklining murakkabligi, semantikaning butunligi, frazeologik birliklarning o'zaro yaqinligi va farqli jihatlari, qo'shimcha ravishda o'zaro omonimlik xususiyatlari haqida ilmiy fikrlar yuritilgan. Ushbu ilmiy ishda ilgari surilgan ma'lumotlardan 2017 yilda "O'zbekiston" milliy teleradiokompaniyasi tomonidan efirga uzatilgan "Ranginkamon" nomli tojik tilida olib boriladigan ko'rsatuvcni tayyorlashda foydalanilganligini alohida ta'kidlab o'tish joizdir. Tadqiqot natijalari asosida jami 8 ta ilmiy-amaliy anjumanda muallif o'z ma'ruzalari bilan ishtirok etgan.

Frazeologizmlar mavzusidagi yana bir ilmiy ishlardan biri Sh.A.Ganiyeva tomonidan 2017-yilda himoya qilingan bo'lib, u "O'zbek frazeologizmlarining strukturasi (shakliy va mazmuniy modellashtirish)" deb nomlanadi. Yana bir shu mavzuga yaqin dissertatsiyalardan biri M.Y.Vafoyeva tomonidan "O'zbek tilida frazeologik sinonimlar va ularning struktural-semantik tahlili" mavzusidagi 2009-yilda Toshkentda O'zbekiston Respublikasi fanlar akademiyasi Alisher Navoiy nomidagi Til va adabiyot institutida filologiya fanlari nomzodi ilmiy darajasini olish uchun himoya qilingan. M.Y.Vafoyeva ilmiy tadqiqotni tayyorlash jarayonida asosiy tadqiqot manbai sifatida o'zbek adabiyotining yorqin vakillari hisoblanmish Abdulla Qodiriy, Cho'lpon, Abdulla Qahhhor, Said Ahmad, Pirimqul Qodirov, Tohir Malik, O'tkir Hoshimovlarning asarlaridan foydalangan. Dissertatsiyaning ilmiy yangiliklari sifatida o'zbek tilidagi sinonimiya hodisasining eng tarqalish sabablari, shuningdek, frazeologik sinonimiya hodisasining tilshunoslikda o'rganilishi o'z munosabatlarini bildirib o'tgan. Shu bilan birgalikda o'zbek tilining publitsistik va badiiy uslublariga oid bo'lgan matnlar tarkibidagi frazeologik sinonimlarga mansub misollar to'plangan va alohida tartib bo'yicha joylashtirilgan.

M.Xoliqovaning nomzodlik ishida ham bir qator yangiliklar ilgari surilgan bo'lib, unda til va tafakkur, dunyoning til kartinasi kabi muammolarga oid hozirgi zamon tilshunosligidagi mavjud konsepsiya va qarashlar uzviy holda tahlil qilib berilgan. Mazkur ishda rus va o'zbek farzeologiyasi misolida ilk bor frazeologizmlarning milliy semantikasi, milliy-madaniy, geografik, tarixiy va etnografik omillarning frazeologizmlarning semantikasiga qay darajada ta'sir qilishi o'rganilgan.

MUHOKAMA

Frazeologizmlar ya'ni iboralarga ta'sir ko'rsatuchi omillardan yana bir bu tarjima adabiyot hisoblanadi. Turli tillarda va turli xalqlarga mansub asarlarni o'zbek tiliga tarjima qilishda ayrim frazeologizmlar ma'lum ma'noda o'zgarishga uchrashi mumkin, shuning uchun ham frazeologizmni tarjima qilish katta mahurat talab etadi. Iboralarni to'g'ridan-to'g'ri tarjima qilish ma'noning buzilishiga olib keladi. Ushbu muammolarni o'rganishda ilk katta qadam Sh.Abdullayev tomonidan tashlandi. U T.Qayipberganovning "Qoraqalpoqnoma", "Qoraqalpoq dostoni" asarlarining o'zbekcha tarjimasida frazeologizmlarning umumiy va o'ziga xos xususiyatlarini o'rganib chiqdi. Tadqiqot ishida frazeologizmlarning ekvivalent hamda variantlar bilan tarjima qilish usullari, iboralarni to'g'ridan-to'gri shaklda so'z bilan berish uning tarjima shakliga qay darajada ta'sir etishi, shu bilan birgalikda ushbu usullar asarning ma'no mazmuniga qanday o'zgartirish kiritishi mumkinligi ko'rsatib berilgan. Eng muhim jihati shundaki tadqiqot ishida turg'un birikmalarning tarjimon tomonidan tushurib qoldirilishi natijasida asarda yuzaga

1619

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kelgan tushunmovchiliklar, yozuvchi maqsadining tushinilmay qolishi, hamda asarda ayrim frazeologizmlarning noto'g'ri tarjima qilinganligi haqida ham fikrlar bildirilgan.

XULOSA

Ushbu ilmiy maqoladan shuni xulosa qilish mumkinki, ozbek tilining naqadar keng kolamli ekanligi va boyligini isbotlovchi asosiy korsatkichlardan biri bu frazeologizmlardir. Frazeologizmlar va frazeologik birliklarning oziga xosligini isbotlovchi koplab ilmiy ishlar, monografiyalar, o'quv qollanmalar, darsliklar yaratilgan bo'lishiga qaramasdan hali ushbu sohada qilinishi zarur bo'lgan ilmiy-amaliy ishlar va yechilishi kerak bo'lgan koplab muammolar mavjud. Kelgusida ushbu yo'nalishda bajariladigan dissertatsiyalarning ham salmog'ining ortib borishi ham frazeologizmlar yo'nalishida yangi bosqichni boshlab beradi debocha bolishi shubhasizdir.

REFERENCES

1. O'zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to'plami, 2016-y., 20-son, 222-modda; 2017-y., 20-son, 371-modda; Qonunchilik ma'lumotlari milliy bazasi, 05.04.2022-y., 09/22/153/0266-son

2. M.F.Qoshnazarova. "Frazemalarda antisemiya" bitiruv malakaviy ishi. Toshkent. 2009. 5-bet.

3. Рах,матуллаев Ш. Лексема ва фразема маъносини компонент тах,лилнинг баъзи натижалари // Узбек тили ва аджабиёти. 1986. № 3. - Б. 19-20; Рах,матуллаев Ш. Узбек тилида феъл фраземаларнинг боглашуви.

4. B.I.Boltayeva. "Ozbek tili frazeologik birliklarining transformatsiyasi (semantik-pragmatik tahlil)". Samarqand. 2019. 128-bet. Dis-2019/56-37

5. B.Yoldoshev. "Hozirgi ozbek adabiy tilida frazeologik birliklarning funksional-uslubiy xususiyatlari". Toshkent. 1993. 297-bet. Dis-1220/1993

6. G.M.Adashulloyeva. "Tojik va ozbek tillarida shaxs xususiyatini ifodalovchi frazeologizmlarning qiyosiy-tipologik tahlili". Samarqand. 2018. 146-bet. Dis-353/2018

7. Ozbekiston Milliy teleradiokompaniyasi "O'zbekiston" telekanali DUKning 2017-yil 21-dekabrdagi 02-12-2136-son ma'lumotnomasi.

8. Sh.A.Ganiyeva. "Ozbek frazeologizmlarining strukturasi (shakliy va mazmuniy modellashtirish)". 2017. Avtoreferat. 50-bet. ARYu-521.

9. M.Y.Vafoyeva. "Ozbek tilida frazeologik sinonimlar va ularning struktural-semantik tahlili". Toshkent. 2009. 127-bet. Dis-378/2010.

10. Халикова М.К. Фразеология как форма отражения национального менталитета в языковой картине (на материале русского и узбекского языков). АКД. - Ташкент, 1999. - 26 с.

11. Абдуллаев Ш.Д. Таржима асарларда фразеологизмлар семантикаси (ТДайипбергенов асарларининг узбекча таржимаси асосида). НДА. - Тошкент: 2006. - 21 б

1620

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.