Научная статья на тему 'O‘ZBЕK VA QIRG‘IZ TILLARIDA MЕTAFORIK KO‘CHIMLARNING LЕKSIK-SЕMATIK TASNIFI'

O‘ZBЕK VA QIRG‘IZ TILLARIDA MЕTAFORIK KO‘CHIMLARNING LЕKSIK-SЕMATIK TASNIFI Текст научной статьи по специальности «Политологические науки»

CC BY
8
1
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Metafora / lug’aviy-sеmantik guruhlar / lеksik-sеmantik guruh / ko’chma maʻno / ifoda vositasi / poetik mmеtaforalar / asos mеtafora / lug’aviy mеtafora.

Аннотация научной статьи по политологическим наукам, автор научной работы — Sulaymanova Mexrinsa Ibraximovna

Mеtaforada ko’chishning ko’chish bazasi doim ham to’la, aniq bo’lavеrmaydi. Masalan, oltin bosh, ko’chayotgan so’z oltin aynan qaysi so’z o’rnida kеlayapti –noaniq. Balki “qimmatli”, “aqlli”, “dono” va hokazo. Ammo bu noaniq. Sanab o’tilgan so’zlarning har birida oltin bilan mutanosib sеma bor.O’xshatish subyеktiv hosil qilinganda esa, hosil qiluvchidan boshqa shaxs uchun o’xshashlikni tiklash qiyin kеchadi, hatto umuman mumkin bo’lmaydi. Dеmak, mеtafora asosida turuvchi o’xshashlik mеtafora tabiatiga ta'sir o’tkazadi.Shunga ko’ra mеtafora –o’xshatish ochiq bo’lganda tushunarli, o’xshatish hosil qilinganda tushunarsiz, o’xshatish yo’qolganda sеzilarsiz bo’ladi.Mеtafora juda kеng tarqalgan hodisa, lеkin uni hamma lug’aviy-sеmantik guruhlar (LSG) uchun bir xil dеb bo’lmaydi. Shuningdеk, nom ko’chirishda muayyan qonuniyatlar ham mavjud: turli lеksik-sеmantik guruh (LSG)lar turlicha holatlardagi ko’chimlar uchun xoslangan bo’ladi. Masalan, hayvon nomlari ko’proq inson tabiatini (tulki, mol, sinchalak, xo’rox kabi), o’simlik nomlari tashqi qiyofani (gul, dub, to’nka, tеrak, cho’p kabi), ko’rinishni ifodalash uchun mеtaforalashadi. Albatta, bu xil guruhlarni bеlgilash shartli.Ushbu maqolada o’zbek va qirg’iz tillaridagi metaforik ko’chimlar guruhlarga ajratilib, leksik-semantik tahlilga tortilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBЕK VA QIRG‘IZ TILLARIDA MЕTAFORIK KO‘CHIMLARNING LЕKSIK-SЕMATIK TASNIFI»

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

tashkent, o-8 MAv 2004 www.in~academy.uz

O'ZBEK VA QIRG'IZ TILLARIDA METAFORIK KO'CHIMLARNING

LEKSIK-SEMATIK TASNIFI

Sulaymanova Mexrinsa Ibraximovna

Filologiya fanlari bo'yicha falsafa doktori (PhD), Andijon davlat pedagogika instituti, Do'stlik ko'chasi 4-uy, O'zbekiston [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.13194127 Annotatsiya: Metaforada ko'chishning ko'chish bazasi doim ham to'la, aniq bo'lavermaydi. Masalan, oltin bosh, ko'chayotgan so'z oltin aynan qaysi so'z o'rnida kelayapti - noaniq. Balki "qimmatli", "aqlli", "dono" va hokazo. Ammo bu noaniq. Sanab o'tilgan so'zlarning har birida oltin bilan mutanosib sema bor.O'xshatish subyektiv hosil qilinganda esa, hosil qiluvchidan boshqa shaxs uchun o'xshashlikni tiklash qiyin kechadi, hatto umuman mumkin bo'lmaydi. Demak, metafora asosida turuvchi o'xshashlik metafora tabiatiga ta'sir o'tkazadi. Shunga ko'ra metafora - o'xshatish ochiq bo'lganda tushunarli, o'xshatish hosil qilinganda tushunarsiz, o'xshatish yo'qolganda sezilarsiz bo'ladi.Metafora juda keng tarqalgan hodisa, lekin uni hamma lug'aviy-semantik guruhlar (LSG) uchun bir xil deb bo'lmaydi. Shuningdek, nom ko'chirishda muayyan qonuniyatlar ham mavjud: turli leksik-semantik guruh (LSG)lar turlicha holatlardagi ko'chimlar uchun xoslangan bo'ladi. Masalan, hayvon nomlari ko'proq inson tabiatini (tulki, mol, sinchalak, xo'rox kabi), o'simlik nomlari tashqi qiyofani (gul, dub, to'nka, terak, cho'p kabi), ko'rinishni ifodalash uchun metaforalashadi. Albatta, bu xil guruhlarni belgilash shartli.Ushbu maqolada o'zbek va qirg'iz tillaridagi metaforik ko'chimlar guruhlarga ajratilib, leksik-semantik tahlilga tortilgan.

Kalit so'zlar: Metafora, lug'aviy-semantik guruhlar, leksik-semantik guruh, ko'chma ma'no, ifoda vositasi, poetik mmetaforalar, asos metafora, lug'aviy metafora.

1 KIRISH

O'rta Osiyo jonli turkiy tillari turkologlar uchun bitmas-tuganmas xazinadir.Ularni ham tarixiy, ham qiyosiy asosda ilmiy tadqiq etish fanda yangiliklar yaratadi. Ayniqsa etnogenezisining yaqinligi va tarixiy bosib o'tgan yo'lining juda murakkabligi bilan alohida ajralib turuvchi o'zbek va qirg'iz xalqlari tillarini qiyosiy o'rganish muhim ahamiyatga ega.

Ma'lumki, biror tilning taraqqiyot darajasi shu til lug'at tarkibining boyligi bilangina emas, balki fikr almashuvda turli ma'no va uslubiy ottenkalarni to'la va ochiq ifodalaydigan vositalarga qanchalik boyligi bilan ham belgilanadi.

Til murakkab hodisa bo'lib, xotirada saqlash mumkin bo'lgan sanoqli birliklar bilan cheksiz ma'nolarni ifodalaydi. Shuning uchun ham yangi paydo bo'lgan tushunchalar, asosan, u yoki bu tilda amal qiladigan modellari asosida mavjud birliklar yordamida ifodalanadi. So'zni ko'chma ma'noda qo'llash ham yangi tushunchani tilda mavjud birliklar yordamida ifodalashning bir usulidir.

2 TADQIQOT METODOLOGIYASI

O'zbek tilshunosligida komponent semik-tahlilga e'tibor kuchaygan sari, metaforaga bu usulni tatbiq etishga intilishlar yuzaga keldi. Shu xil yo'nalish namoyondalaridan biri Z.Tohirov metaforani leksema sememasining pragmatik semasi sifatida baholaydi.

Shuningdek metafora va o'xshatish orasidagi farqni shakldagina ko'radi [To^upoB, 74-77] Har qanday badiiy vositalar lisoniy vositalar yordamida moddiylashadi. Shuning uchun ham metaforani lingvistik nuqtai nazardan o'rganish zarurdir [BmepTOH, 1990:284] O'zbek tili leksikasini uzviy (komponent) tahlil asosida yoritar ekanlar, so'z ma'nosining tarkibidagi ifoda semalariga "semema tarkibidagi atash semasidan tashqari turlicha qo'shimcha ma'nolarni (uslubiy bo'yoqni, shaxsiy munosabatni, qo'llanish doirasini) anglatuvchi semalar" deb ta'rif beradilar[^06y^®0H0Ba, 2000:75] Metafora juda keng tarqalgan hodisa, lekin uni hamma lug'aviy-semantik guruhlar (LSG) uchun bir xil deb bo'lmaydi. Shuningdek, nom ko'chirishda muayyan qonuniyatlar ham mavjud: turli leksik-semantik guruh (LSG)lar turlicha holatlardagi ko'chimlar uchun xoslangan bo'ladi [Kp6yïï®OHOBa, 2000:75] 3 MAVZUGA OID ADABIYOTLAR TAHLILI Ushbu maqolada jahon, shuningdek, o'zbek va qirg'iz tilshunosligida metaforaga bag'ishlangan ilmiy tadqiqotlarni atroflicha tadqiq etgan holda, metaforaning lisoniy mohiyatini yoritishga harakat qildik.

Turkiy tillarni qiyosiy planda o'rganish turkologiyaning azaliy muammolaridan biridir. Turkologiyadan ma'lumki, turkiy xalqlarning tarixi, madaniy yodgorliklari, til xususiyatlarini ko'proq rus va

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 21ST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

chet el turkolog olimlari o'rgangan. Jumladan, A.N.Kononov, N.A.Baskakov, F.I.Stralenberg, F.E.Korsh, V.A.Gordlevskiy, M.A.Kazembek, N.I.Ilminskiy, M.Melioranskiy, A.N.Samoylovich, V.V.Radlov, chet el olimlaridan O.N.Betling, Shcherbak, N.Guzev va boshqa olimlarni keltirish mumkin. O'zbek va qirg'iz tillarini ilmiy asosda o'rganish bo'yicha keyingi yillarda juda ko'plab ilmiy ishlar qilindi, monografiya, darsliklar, o'quv qo'llanmalar yaratildi. Bu sohada o'zbek tilshunosligida professorlar A.Nurmonov, N.Mahmudov,

K.K.Sartbayev, B.M.Yunusaliyev, J.Shukurov, K.Zulpukarov, A.Berdaliyev, T.Nuriyev. E.Abdullayev xizmatlarini alohida e'tirof etish lozim. 4 TAHLIL VA NATIJALAR Metafora juda keng tarqalgan hodisa, lekin uni hamma lug'aviy-semantik guruhlar (LSG) uchun bir xil deb bo'lmaydi. Shuningdek, nom ko'chirishda muayyan qonuniyatlar ham mavjud: turli leksik-semantik guruh (LSG)lar turlicha holatlardagi ko'chimlar uchun xoslangan bo'ladi. Masalan, hayvon nomlari ko'proq inson tabiatini (tulki, mol, sinchalak, xo'rox kabi), o'simlik nomlari tashqi qiyofani (gul, dub, to'nka, terak, cho'p kabi) ko'rinishni ifodalash uchun metaforalashadi. Albatta, bu xil guruhlarni belgilash shartli. Shuning uchun ham G.Kobuljonova bu shartlilikni yuzaga keltiruvchi omillar sifatida quyidagilarni e'tirof etadi: [Крбулжонова, 2000:75]

1) temani doim ham aniq ko'rsatish imkonining yo'qligi;

2) qiyos asosi (o'xshatish asosi)ning ham ob'ektiv, ham sub'ektiv xarakterda bo'lishi.

Metaforik ma'no juda murakkab va serqirra hodisadir. Uni doimo bir so'z bilan ifodalash qiyin. Masalan, Komil - qo'zichoq, Ali - laylak (bu misollar har ikki til uchun umumiy metaforik ko'chim bo'la oladi) kabi misollarda nima-nimaga ko'chirilganligi aniq, tushunarli. Bu ko'chim asosini barcha til egalari birdek tushunadi va qabul qiladi. Lekin bu holat, ya'ni ko'chma nomni qabul qilish doim ham bir xilda bo'lavermaydi. Masalan, ...anjir kindigidan sap-sariq sharbat oqib yotibdi. (A.Qahhor).

Hayrlashdik beso 'z, beyupanch

Etim tog 'ning etaklarida. (H.Ahmedov)

yoki

Кенен мейкин кыш жибегин жамынган,

Калыц токой кар жылдызын тагынган. (A.T0K0M6aeB) kabi misollarda ko'chma ma'no ifodalangan "anjir kindigi", "etim tog'", "кыш жибеги", "кар жылдызы" ushbu birikmalarni til iste'molchilarining barchasi tomonidan bir xilda tushinilmaydi. Chunki bu kabi metaforalar individual bo'lib, inson tafakkuri, yuksak badiiy salohiyati

orqaligina idrok etiladi. Shuning uchun ham metafora hodisasini ko'proq hollarda sub'ektiv deb baholash mumkin bo'ladi. Chunki metaforani dastlab bir kishi yaratadi, keyinchalik u tilda umumlashadi. Bu kabi metaforalar qirg'iz tilida ham "жалпы элдик метафоралар" (ya'ni barcha uchun birdek tushiniladigan, birdek qabul qilinadigan) sifatida, poetik metaforalarni "individual metafora" sifatida ajratilish mumkin. Yuqorida ta'kidlab o'tganimiz nom ko'chish yo'nalishini doimo nazarda tutishimiz lozim. Nom (ifoda vositasi) temaga ko'chadi.

Biz o'zbek va qirg'iz tillarida uchrovchi metaforik ko'chimlarning quyidagi leksik-semantik guruhlar asosida tasnif va tahlil etishni lozim deb topdik. Tasniflashda G.Qobuljonovaning tasniflash tamoyillariga asoslandik.

Narsa-odam tipidagi ko'chimlar.

O'zbek tilida:

Temir xotin deganicha bor ekan. (so 'z.nutk.) Bu ko'chimni narsa-odam turdagi ko'chim deyish mumkin. Ushbu misolda "temir xotin" birikmasi ma'no ko'chishini hosil qilgan. Xotin - metaforalanayotgan so'z, temir - metaforik so'z, qattiq, chidamli temasi bilan bog'langan.

Qirg'iz tilida:

Ай, устакеце барбай эле кой, ал двцгвлвк, аспаптарынан башка эчтеке менен иши жок. (Ч.А.)

Yuqoridagi misolda ko'chma ma'no "двцгвлвк" so'zi bilan ifodalangan. "Двцгвлвк" (moshinaning g'ildiragi) narsa, lekin u odam ma'nosini anglatyapti. Shuning uchun narsa odam tipidagi ko'chim hisoblanadi.

Yuqoridagi misollardan ko'rinib turibdiki, o'zbek va qirg'iz tillarida narsa -odam tipidagi ko'chimlar leksik jihatdan u darajada farqlanmas ekan. Faqat ma'lum leksik birlik so'zning qo'llanilish darajasiga, ekspressivlik ifodalash xususiyati jihatidan o'ziga xos farqli jihatlarga e'tibor qaratishni talab etadi.

Keltirilgan misollardagi ko'chma ma'nolarni quyidagicha tasniflash mumkin.

nomlash jarayonining tabiatiga ko'ra barcha metoforik nomlar ekspressivdir.

Odam-narsa (belgi jihatdan) tipidagi ko'chim

O'zbek tilida kim yordam berishi mumkin sizga Boqi buldozermi (A.Obidjon)

Yuqoridagi jumlada metaforik ma'no "buldozer" so'zi orqali ifodalangan, Boqi metaforalanayotgan so'z, buldozer metaforik so'z, qo'pol, beo'xshov, xunuk-tema. Bu so'z odamga nisbatan qo'llanganda basavlat, qo'pol ma'nosini bildiradi. Chunki insondagi barcha xususiyatlar turli narsalarga qiyoslanishi mumkin.

Qirg'iz tilida

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

Суроо деген менде тYгвбвйт, ушул дартымдан "Сейит - мацыз "-деп да аталып кеттим. (Ч.А. "Жамийла")

Keltirgan misoldagi ko'chma ma'no "мацыз" so'zi orqali ifodalangan. Seyit metaforalanayotgan so'z, мацыз metaforik so'z. lekin bu so'zda tema biroz noaniq. Aristotel bunday nomlarni yolg'on deb ataydi [Аристотел, 1980:47] Haqiqatdan ham yuqoridagi misollarga nazar tashlasak, sayit mang'iz emas odam, Boqi ham buldozer emas odam. To'g'ri ma'noda qabul qilsak, aniq, lo'nda tushinishni ta'minlashga xizmat qiladi.

Hayvon - odam tipidagi ko'chim

O'zbek tilida:

1 - misol : Arslonim uyatga qolmasin deb, ikki savat uzum berib yubordim ("Shu kunlar shiddati")

Bu gapga "Arslonim" metaforik ma'noda qo'llangan. Hayvon - odam tilidagi metaforani ifodalagan. Arslonim metaforalanayotgan so'z, metaforalanayotgan so'z noaniq - ya'ni keng matn (kontekst)dan anglaniladi. Er, kuchli, zabardast - tema.

Qirg'iz tilida

1 - misolda : Алдагысы келген экен карыган тулку. (Т.К. «Сынган кылыч")

Ushbu gapdagi ko'chma ma'no «tulki» so'zi orqali ifodalangan. "Tulki" metaforik so'z, hayvon - odam tilidagi ko'chishni yuzaga eltiradi. Ayyor - tema, qariganlik belgisi bu ma'noni ayyorlik yanada kuchaytirishga xizmat qilgan. "Tulku" so'zi o'zbek tilida ham aynan shu (ayyorlik) Ma'nodagi ko'chma ma'noni ifodalash uchun qo'llaniladi.

Yuqoridagi misollarda ifodalangan barcha ko'chma ma'nolar nomlash jarayonining tabiatiga ko'ra ekspressiv, asos metafora, badiiy, muntazam, lug'aviy metafora.

Parranda nomlari bilan bog'liq insonni ifodalovchi parranda - odam tiridagi ko'chimlar.

O'zbek tilida :

1 - misol: Maydonda yana qichqirig'lar ko'tarildi. Hayda xo'roz, hayda xo'roz! (A. Obidjon )

Berilgan gapdagi ko'chma ma'no "Xo'roz" so'zi orqali ifodalangan. "Xo'roz" parrandani anglatadi. Lekin bu o'rinda ushbu so'z orqali "Inson" "Fudbolchi" nazarda tutilayapti shuning uchun bu ko'chim parranda - odam turdagi ko'chim hisoblanadi. "Xo'roz" metaforik so'z, ifoda vositasi noaniq, chaqqon, tez harakat qiluvchi - tema.

2 - misol : Dadam Ali - laylakdan bu gapni eshitib kulib qo'ydi. (A.Qahhor).

Bu ko'chish ham odam - parranda tarzidagi ko'chma ma'noni ifodalab kelgan. Oddiy qilib aytganda, laylak deb oyoq - qo'li uzun, novcha odamga nisbatan

aytiladi. Metaforik so'z "Laylak", uzun (oyoq-qo'l) -tema.

Qirg'iz tilida:

1 - misol: Eynñyn amaM kgsy emca.

My^aü6acaM aMan waK (C.E.)

Ushbu misolda "Bulbul" so'zi ko'chma ma'noni ifodalab kelgan. Bunda "bulbul" metaforik so'z, ifoda vositasi ota, ovozi chiroyli, yoqimli - tema. "Bulbul" orqali "Inson" nazarda tutilgan. Bu so'z mumtoz adabiyotda "Oshiq" timsolini ifodalaydi. Bu so'z orqali har ikki tilda bir xil asosli ko'chim ifodalanadi.

2-misol: RbmandaK o~^óyY эрини, Kapnbtean Kbpbi3 Kemnu.

Ushbu misoldagi ma'no "raparan" so'zi yordamida ifodalangan. Kapnbizan (qaldirg'och) metaforik so'z, ifoda vositasi kelin, nozik, chirli-tema Bu ko'chim asosini topish ham qiyin, ya'ni bir so'z bilan ifodalash qiyin. Qaldirg'och doim uyimiz ayvonida,ayrim hollarda uy ichiga uya quradi. Har yili shu joyga uchib kelib bola ochib ketadi. Balki bu erda qirg'iz kelinii anglashga fidoyi, vafodor demoqchimi Noaniq. Metafora ko'p hollarda suyu'ektiv xarakterga ega bo'lgani uchun qaysi ma'noda qo'llanilayotganini yaratuvchidan boshqasiga u qadar tushunarli bo'lavermaydi. O'zbek tilida ham qaldirg'ochga qiyoslash ma'nolari uchraydi. Masalan, qoshga nisbatan qaldirg'ochning qanoti birikmasi qo'llaniladi.

Yuqoridagi keltirilgan ko'chma ma'nolarini quyidagicha tasniflash mumkin. Barchasi ekspressiv metafora, lug'aviy, ochiq, "xo'roz", "laylak", "bulbul" muntazam qo'llaniladi, "qaldirg'och" nomuntazam, doimiy ravishda qo'llanilmaydi.

Narsa-aniq narsa tipidagi ko'chim

O'zbek tilida

Misol: Oynaijahonning qulog'i buralsa (A.Obidjon) Bu o'rinda ko'chma ma'no "quloq" so'zi orqali hosil bo'lgan. Quloq metaforik so'z, oynai jahon-metaforalanayotgan so'z, buraladigan qism -tema.

Qirg'iz tilida

Misol: Eanmaóaee mene^ondyn Kynazbin 6ypadu.

№A.)

Bu misolda ham xuddi yuqoridagi keltirilgan ko'chma ma'no ifodalangan "Quloq" so'zi har ikki tilda teng asosli ko'chma ma'no hosil qilish uchun xizmat qilgan. Bu ko'chim ekspressiv emas, chunki ko'p marta qo'llanilishi uni asosiy nomga aylantirib qo'ygan, ochiq, asos, muntazam, lug'aviy metafor.

Narsa-noaniq narsa tipidagi ko'chimlar

O'zbek tilida

Misol: Umr kosasiga qo'yildi gulob (H.Ahmedova)

Keltirilgan misoldagi "kosa" so'zi ko'chma ma'noga ega. "Umr metaforalanayotgan so'z "kosa" metaforik so'z, tema-noaniq. Nimagadir o'xshatilgan. Shuning

. -.(¡.¿if.I PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES Of THE 2IST CENTURY

TASHKENT. 0-8 MAY 2024

uchun narsa (kosa)-noaniq narsa turidagi ko'chim deb hisoblaymiz.

Misol MaKundan Kaman кездеги

Awandbin HOKmo-MY20HY

(C.B.)

Bu misolda "no'xta-yugan" so'zi ko'chma ma'noda qo'llangan. "no'xta-yugan" aniq narsa, lekin nimaga ishora qilinayotgani noaniq. Shunga ko'ra narsa-noaniq narsa tipidagi ko'chim hisoblanadi. O'zbek tilida bu so'z juda kam hollarda ko'chma ma'noda qo'llanadi.

Bu misollardagi ko'chma ma'no ekspressiv, yopiq, nomuntazam, lug'aviy metaforadir. Narsa -o'rin tipidagi ko'chim O'zbekcha:

Misol: Qara, tong otmoqda, tomning labida (H.Ahmedova)

Bu misolda "labida" so'zi metaforik ma'noda qo'llangan Tom-metaforalanayotgan so'z, labida-metaforik so'z-tema-chekkasida qirg'ogida. Bu misolda "labida" so'zi (narsa) orqali narsa o'rin-turdagi metafora hosil qilingan. Qirg'izcha

Misol ^yü ßoopy, Ken мээги,

Кaмкaргa cypynynmyp.... Ushbu misoldagi ma'no ko'chishi "6oopy", "®ээrн" so'zlari orqali ifodalangan. "Bag'ir", "jiyak" narsa ma'nosini anglatadi. Lekin ko'chma ma'noda qo'llanilib joy, o'rin ma'nosini anglatib kelganligi uchun narsa-o'rin turdagi ko'chim hisoblanadi. ^yH km-metaforalanayotgan so'z, 6oopy, ®ээгн - metaforik so'z, tema-ma'lum bir joy, qirg'oq.

Yuqorida keltirilgan misollarda ifodalangan ko'chma ma'nolar ochiq metaforik ya'ni temani aniqlash mumkin, etak-noekspressiv muntazam, bag'ir jiyaklab ekspressiv, nomuntazam, barchasi lug'aviy metaforalardir.

Odam-odam tipidagi ko'chim O'zbekcha

Misol : Farxodlar videoga mo 'Itirab o 'sar, Shirinlar bir-birin sochini kesar (M.Yusuf) Ushbu msiolda "Farxodlar", "Shirinlar" so'zlari metaforik ma'noda qo'llangan. Farhod, Shirin insonni anglatadi. Lekin bu ko'chma ma'nodagi fikr yana boshqa inson haqida boradi. Shuning uchun bu ko'chim odam-odam tipidagi ma'no ko'chishga misol bo'ladi.

Misol: She'rim sen Layli

MenMajnun (M.Yusuf) Keltirilgan misolda ham. "majnun" so'zi metaforik ma'noda qo'llangan. Men-metaforalanayotgan so'z "majnun metaforik so'z, tema-oshiqlik, xijron azobi. "majnun" inson, shoir ham o'zini Majnunni o'rnida tasavvur etayapti.

Qirg'izcha:

MaHacbiM (6ona), KarbmbinbiH KengHn6H?! (so'z. nutqi)

Ushbu misolda "MaHac" metaforik so'zi ko'chma ma'noda qo'llangan. "MaHac" metaforik so'z, bola metaforalanayotgan so'z, tema-qandaydir belgisiga ko'ra qiyoslash, ya'ni kuchli, baquvvat, polvon demoqchi.

Aslida odam-odam tipidagi ko'chimlarda bir shaxsdagi xususiyatlarni ikkinchi shaxsga nisbatlash nazarda tutiladi. Bu jihatdan odam-belgi tipidagi ko'chim deyish mumkin. Lekin qaysi jihatdan bo'lmasin bir shaxs nomi boshqasiga ko'chirilganligi uchun odam-odam turdagi ko'chim deyishimiz to'g'riroq bo'ladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Yuqoridagi misollarda keltirilgan ko'chma ma'nolar ekspressiv, ochiq, lug'aviy muntazam qo'llanuvchi metaforalardir. XULOSA

Har qanday lingvistik hodisa kabi metafora ham lisoniy asosga ega. Ana shu mohiyatning yuzaga chiqish imkoniyatlari - o'xshashlik, aloqadorlik kabilar orqali yangicha ko'rinish kasb etadi. Metafora ko'p qirrali jarayon. Shuning uchun uning xususiyatlari bir necha jihatni qamrab olishi mumkin. Ya'ni metafora unsurlarining o'zaro munosabatiga ko'ra: asos metafora va yo'llovchi metafora; sintagmatik qatordagi munosabat belgisiga ko'ra: ochiq metafora va yopiq metafora; nomlash jarayonining tabiatiga ko'ra: ekspressiv va noekspressiv metafora; hosil bo'lish doimiyligiga ko'ra: muntazam metafora va nomuntazam metafora; amaliyot sathiga ko'ra: lug'aviy va grammatik metaforalarga bo'linadi. O'zbek va qirg'iz tillarida leksik vositalar orqali ko'chma ma'nolarning ifodalanishi o'ziga xos umumiy va xususiy jihatlarga ega. Metafora asosida turuvchi o'xshashlik ham ob'ektiv, ham sub'ektiv bo'lishi mumkin. O'xshashlikning bunday sub'ektiv bo'la olishi natijasida o'zaro munosabati nazarda tutilmagan turlicha ob'ektlar orasida bog'lanish yuzaga keladi. Masalan, narsa-narsa, odam-odam, narsa-noaniq narsa, narsa-belgi, narsa-o'rin, hayvon-odam, narsa-odam kabi bir necha bog'lanish turlarining yuzaga chiqishini kuzatishimiz mumkin..

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

[1] ABemneB A.K. 3aMeTKH o Mera^opa. Tema B.H. Tunbi h3hkobhx 3HaneHHH. M. «HayKa» 1981.

[2] ApHCTOTem no3THKa.-T. Aga6uëT Ba caHtaT 1980.

[3] ApyTroHOBa H.fl. Mera^opa h guccKypc. // Teopua Mera$opH.-M.1990.

[4] Baprni. Kupru3 !3HOHKTOnegHacHHHH BamKH pegaKouacH. BumKeK - 1995.

PPSUTLSC-2024

PRACTICAL PROBLEMS AND SOLUTIONS TO THE USE OF THEORETICAL LAWS IN THE SCIENCES OF THE 2IST CENTURY

TASHKENT, 0-8 MAY 2004 WW W. ¡П "Э СЭС^ГПу . U Z

[5] Бикертон Д. Кведение в лингвистическую теория метафорий. И.Теория метафорий.-М.: Наука, 1990.

[6] Вежбицкая А.Сравнение-градация-метафора.// Теория метафоры. М.1990.

[7] Глюменс К.М. Образное употребление названий животных в сравнениях и метафорах// Труды. СамГУ. Вып.217ВФ.IV-Самарqанд, 1971.

[8] Еиёсов С. Узбек тилида субъектив бахо сифатларининг семик тахдили.// Узбек тили ва адабиёти 1986. N2.

[9] Кассирер Э. Сила метафоры.// Теория метафоры. 1990.

[10] Кормак Мак. Контивная теория метафорий. // Теория метафорий. М. 1990.

[11] ^обулжонова Г.К. Метафоранинг системавий лингвистик тал^ини. Филол. фан. ном. диссер.автореферати. Т. 2000.

[12] ^учк;ортоев И., Исабеков Б. Туркий филологияга кириш. Т. "Укдгувчи" 1984.

[13] Мамадалиева М.А. Узбек тилида номинатив бирликларнинг коннататив аспекти.Филол. фан.номзод.диссер. автореферати.-Т. 1998.

[14] Миранова А.С.Сущность и функции метафоры // Функционирование языковох единиц в контексте, -Варонеж,1978.

[15] Миртожиев М. Переносные значения и их манифестации в узбекском языке.

[16] Неъматов H., Расулов Р. Узбек тили систем лексикология асослари.Т.1995.

[17] Нурмонов А. Узбек тилшунослиги тарихи. Т. 2002.

[18] Сапарбаев А. Кыргыз тилинин лексикологиясы жана фразеологиясы. Бишкек, 1997.

[19] Серль Д.Ж.Метафора.//Теория метафория-M., 1990.

[20] Шенделъс Е.И. Грамматическая метафора. // Филология. Науки. 1972.i

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.