Научная статья на тему 'METAFORANING MOHIYATI VA TURLARI'

METAFORANING MOHIYATI VA TURLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
649
78
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metafora / metoforik birlik / semalar / lisoniy / sintagmatika / ekspressiv metafora. / metaphor / metaphoric unity / themes / linguistic / syntagmatic / expressive metaphor

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Mirzayeva, Dilshoda Ikromjonovna, Xojiyeva, Sevaraxon Dilshodjon Qizi

Ushbu maqola metaforaning mohiyati va turlari haqida batafsil ma’lumot beradi. Maqola metaforik so’zining izohli lug’ati bilan ham tanishtirib, o’zbek tilidagi bir nechta metaforik terminlarni tahlil qiladi. Va albatta, uning gaplarda qullanilishi, qo’llaniganda gaplarga qanday badiiy bo’yoqdorlik berganini ko’rib chiqamiz. Shuningdek, “metafora”ning aynan bizning madanyatdagi o’ziga xos xususiyatlarini va ma’nolarini yoritib o’tadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE NATURE AND TYPES OF METAPHOR

This article provides detailed information about the nature and types of metaphor. The article introduces the explanatory dictionary of the word metaphorical and analyzes several metaphorical terms in the Uzbek language. And, of course, we will see how it is used in sentences, what artistic color it gives to sentences when it is used. It also sheds light on the specific features and meanings of "metaphor" in our culture.

Текст научной работы на тему «METAFORANING MOHIYATI VA TURLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

METAFORANING MOHIYATI VA TURLARI

Mirzayeva Dilshoda Ikromjonovna

Farg'ona davlat universiteti Ingliz tili kafedrasi mudiri, f.f.d., dotsent

Xojiyeva Sevaraxon Dilshodjon qizi

Farg'ona davlat universiteti Lingvistika ( ingliz tili) mutaxassisligi magistranti sevara.xoiiyeva.95@mail.ru

Ushbu maqola metaforaning mohiyati va turlari haqida batafsil ma'lumot beradi. Maqola metaforik so'zining izohli lug'ati bilan ham tanishtirib, o'zbek tilidagi bir nechta metaforik terminlarni tahlil qiladi. Va albatta, uning gaplarda qullanilishi, qo'llaniganda gaplarga qanday badiiy bo'yoqdorlik berganini ko'rib chiqamiz. Shuningdek, "metafora"ning aynan bizning madanyatdagi o'ziga xos xususiyatlarini va ma 'nolarini yoritib o'tadi.

Kalitso'zlar: metafora, metoforikbirlik,semalar,lisoniy,sintagmatika, ekspressiv metafora.

This article provides detailed information about the nature and types of metaphor. The article introduces the explanatory dictionary of the word metaphorical and analyzes several metaphorical terms in the Uzbek language. And, of course, we will see how it is used in sentences, what artistic color it gives to sentences when it is used. It also sheds light on the specific features and meanings of "metaphor" in our culture.

Keywords: metaphor, metaphoric unity, themes, linguistic, syntagmatic, expressive metaphor

Metaforaga asosan uch guruhga ajratish mumkinligini ko'ramiz:

1. Metafora nom ko'chishning (deyarli) har qanday usuli (Arastu, E.Kassirer).

2. Metafora qisqargan o'xshatish (Potebnya va uning izdoshlari).

3. Metafora nom ko'chishning alohida bir turi (A.Vejbitskaya, N.D.Arutyunova va o'zbek tilshunoslari).

Metafora nom ko'chishi bilan bog'liq (ya'ni nom ko'chish turlaridan biri yoki hammasi) ekanligini shu soha bilan shug'ullanganlardan hech biri rad etmaydi, biroq nom ko'chish turlarini noto'g'ri talqin etish yoki, yanada to'g'rirog'i, e'tibordan

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

chetda qoldirish natijasida metafora nom ko'chish bilan aloqador bo'lmagan hodisalar (simvol, metamorfoza, ...) ham qamrab olinadi. Nom ko'chish deganda, odatda so'zlarning o'zaro munosabati natijasida semantik qurilishning o'zgarishi, semantik vazifalarning o'z so'z birikmasi a'zolari o'rtasida qayta taqsimoti, assotsiativ yoki sintagmatik qatorda munosabatda turuvchi til birliklarining o'zaro ta'sirlashuvi natijasida so'z birikmasi unsurlaridan biriga yangi ma'no berilishi tushuniladi. Demak, nom ko'chishi so'z birikmasi a'zolaridan birining assotsiativ yoki sintagmatik munosabatlar natijasida yangi semantik qurilish kasb etish ekan.

Komponent tahlil nazariyasisiz metaforaga yondoshish metaforani sof nutqiy tasodifiy hodisa sifatida ko'rsatadi. Biroq nutqiy hodisalarning hammasida ham lisoniy asoslar mavjud va mana shu asoslarni biz komponent tahlil etish natijasida qo'lga kiritamiz. Metaforik ma'no nutqiy hosila bo'lsa-da, u lisoniy imkoniyat va qonuniyatlarga tayanadi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Ma'noviy qurilishda bu semalarning, asosan ifoda semalarining bo'rttirilishi darajasiga ko'ra so'zlar ichki ifodali (ingred konnotatsiyali) so'zlarga, (chunonchi, qiblagoh, padar, volida, tashrif buyurmoq) va mo'tadil ifodali (atrend konnotatsiyali) so'zlarga (ota-ona, kelmoq, qizil, yetim) bo'linadi. Ichki ifodali so'zlarda uslubiy bo'yoq so'zning ma'noviy tarkibida bo'ladi. Mo'tadil ifodali so'zlarda uslubiy bo'yoq mo''tadil befarq bo'ladi va nutqda ko'chma okkazional qo'llanishda hosil bo'lishi mumkin. Shuning uchun ichki ifodali so'zdan nominativ semalar ajratilsa, ichki lisoniy uslubiy ma'no qoladi. So'zlarning ma'noviy tuzilishini har taraflama o'rganish shuni ko'rsatadiki, leksemaning ma'noviy tarkibi atash va ifodalash semalari bilan cheklanmaydi. Leksemalarda, ayniqsa, jamiyat a'zolari orasida keng qo'llanadigan, muhim ahamiyat kasb etadigan narsa, buyum, belgi, harakat, holatlarni ifodalovchi leksemalarda atash va ifoda semalaridan tashqari qo'shimcha yoki ijtimoiy shartlangan semalar ham mavjud. Bu semalar ma'lum bir narsa - buyum, belgi - xususiyat, harakat - holat shu jamiyat a'zolari orasida qanday yodosh (assotsiativ) qo'shimcha ma'lumotlarga aloqadorligi bilan bog'lanadi. Chunonchi, o'zbek tilida —qo'y - mo''tadil ifodali so'z bo'lib, uy hayvonlarining bir turini atab, nomlab keladi. Lekin shu bilan birga, bu so'zda yuvoshlik go'llik, semalari ham mavjudki, bular qo'shimcha ijtimoiy shartlangan semalar sifatida qaralishi kerak. Yoki sariq rang - o'zbeklarda xastalik, zaiflik, ayriliq belgisi. Metaforik ma'no denotativ ma'no semalari va qo'shimcha ma'no semalari asosida yaratiladi. Qo'shimcha ma'no hosil qilish qonuniyati va usuli birdan amal qiladi. Ma'lumki, so'zning ma'nosi nutqiy hosilalar - so'z birikmalari va gaplar tarkibida voqelanadi. Shunga ko'ra, to'g'ri (uzual) qo'llanishda leksemaning bizning ongimizdagi

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

ma'noviy qurilishi nutqiy voqelanishidagi ma'nosiga semalar jihatidan mutanosib bo'ladi. Chunonchi, oltin - nodir ma'dan, oltin soat, oltin uzuk.

1. Obyektiv yoki subyektiv borliqdagi narsalar orasida (keng ma'noda) o'xshashlik.

2. Shu o'xshashlikning lisoniy aksi bo'lgan mutanosib semalar.

3. Narsalardan birining nomi nutqiy sharoit uchun yo'qligi.

Ana shu unsurlar ta'minlaganda, nomning metaforik ko'chishi yuzaga keladi. Demak, - Metafora - obyektiv (yoki subyektiv) borliqdagi o'xshashlikning lisoniy aksi bo'lmish mutanosib semalar asosida bir narsa nomining ikkinchi bir narsa nomi o'rnida qo'llanishill. Metaforani nom ko'chishining boshqa usullaridan farqlovchi —obyektiv va subyektiv o'xshashlikl ka asoslanish belgisi bir qarashda juda yaqqoldek tuyulsa-da, uning nazar mohiyatiga nazar tashlash bu ancha murakkab hodisa ekanligini ko'rsatadi. Bu ikki omil bilan belgilanadi.

1. Metaforada ko'chimning ko'chish bazasi doim ham to'la, aniq bo'lavermaydi. Masalan, oltin bosh, ko'chayotgan so'z —oltinll aynan qaysi so'z o'rinda kelayapti - noaniq.

2. Balki qimmatli, aqlli, dono va hokazo so'zlardir. Ammo bu noaniq. Sanab o'tilgan so'zlarning har birida —oltin bilan mutanosib sema bor.

Metaforik ko'chayotgan nom va uning bazasi (ko'chish o'rni) orasidagi munosabatlar turli-tuman bo'lishi mumkin.

Metafora gapiruvchining quyidagi ehtiyojlaridan kelib chiqadi. —...birinchidan, bir narsani nomlash, ikkinchidan, nomlanganda ham nomning —gapiradigan bo'lish zaruriyati. Bu yerda nomlash atamasi ostida bir-biridan mohiyatan farq qiluvchi ikki xil hodisa nazarda tutiladi:

1. Nomsiz narsani nomlash.

2. Nomli narsaga qayta nom berish (ikkilamchi nominatsiya).

Nomsiz narsani nomlash zaruriyatini tushuntirib o'tirishga hojat yo'q. Chunki nom inson bilimi faoliyatining eng zaruriy uzvidir. Ammo ikkilamchi nomlash zaruriyati nimadan kelib chiqadi? Bu zaruriyat mavjud bo'lgan nom so'zlovchi nuqtai nazaridan ayni nutqiy sharoitni ta'minlay olmay qolganda yuzaga keladi. Ikkilamchi nomlash quyidagi jihatlari bilan ahamiyatlidir.

Metaforani tanish: Matnda uchragan hukm uning obyektiv borliqdagi bilimlari asosidagi hukmlardan farq qila boshlasa, bu uning qandaydir ko'chimni uchratganidan darak beradi.

Valixon so'fi - muloyim supurgi ... Valixon so'fi - odam, binobarin, u supurgi bo'la olmaydi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

Qayta qurish. Bu jumboq (odamni supurgiga tenglashtirish) ni yechish jumlani ko'proq tushunarli shaklga solib qayta qurishni talab qiladi. Valixon so'fi xuddi muloyim supurgi kabi tabiatan egilib-bukuluvchan, harom-xarishdan hazar qilmaydigan kishi.

Tahlil qilish. Bu bosqichda ko'chim ostida nima turganligi jihatidan o'rganiladi. Masalan, Valixon so'fida quyidagi motivlar ajratiladi: 1-shaxs, 2-moslashuvchanlik, 3-yumshoq so'z, 4-laganbardor, 5-harom-xarishdan hazar qilmaydi.

Supurgi-narsa, yumshoq, harom-xarishni tozalaydi.

Valixon so'figa xos 3- va 5-semalar —supurgill so'ziga xos 2-3-semalar bilan mutanosib o'xshash. Demak, bu yerda tinglovchi (o'quvchi) metaforani uchratgan.

Bu uchala bosqichni hozirgi (balki boshqacharoq) holatda tiklash ochuvchi-tilshunos-tadqiqotchiga xos. Tushunuvchi ongida bu bosqichlar stixiyali ravishda kechadi.

Metafora nihoyatda murakkab hodisa bo'lib, uning tasnifi bir necha xil belgiga ko'ra, bir necha xil bosqichda olib boriladi.

Metafora unsurlarining o'zaro munosabatiga ko'ra turlari. Bizga ma'lumki, metafora uch unsur - tema, ifoda vositasi va qiyos uchun asosdan tuziladi. Masalan, ...Qishloqning bo'risi ham yuzboshi, tulkisi ham yuzboshi (A.Qahhor) gapida quyidagi metaforalar amal qiladi: —yuzboshi - bo'rill, —yuzboshi - tulki metaforasida bo'ri va tulki so'zlarida, —Bo'ri so'zi shavqatsiz, ochko'z, yulg'ich ma'nolarini ifodalaydi, —tulki - ifoda vositasi, ayyor, yulg'ich - tema. Shu o'rinda ta'kidlab o'tish lozimki, metaforada nom ko'chish odatda miqdoran tenglik asosiga qurilavermaydi. Faqat mazmuniy tenglik zaruriy hisoblanadi. Shuningdek, bu tenglik ham nisbiy aniqlanadi. Ya'ni metaforik qo'llangan bir so'z aynan bitta so'zning o'rnida kelgan deb bo'lmaydi. Yuqoridagi misolda qiyoslang: bo'ri - shavqatsiz, ochko'z...

Demak, bu yerda miqdoriy emas, mazmuniy tenglik nazarda tutiladi va bu tenglik ham nisbiydir. Chunki —bo'rill so'zida qiyoslash uchun asos bo'lgan semalar bilan mutanosib motivlar nutqiy sharoit talabiga ko'ra turlicha bo'la oladi: xarakter jihati, tabiiy jihatlar, tashqi ko'rinish va hokazo. Metaforaga xos bo'lgan ana shu xususiyat haqida fikr yuritib, Dj. Miller metafora yaratuvchi —...aniq so'zlarni nazarda tutgan ham, tutmagan ham bo'lishi mumkin, ular ishlatilmagani tufayli biz buni hech qachon aniqlay olmaymiz... deydi. Metafora unsurlarining bu xil munosabati yanada chuqurlashtirilishi mumkin. Ya'ni temagina emas, ifoda vositasi ham konkret so'zlar bilan ifodalanmaydi: ...—chiqdi - chiqdil degan gap o'rmaladi (A.Qahhor).

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

O'rmalash gapga xos xususiyat emas, demak, bu yerda metafora bor. Ammo gap nima deb tasavvur qilinayapti? Konkret javob yo'q. Shugina ma'lumki, u qandaydir o'rmalay oladigan jonzodga qiyoslanmoqda, ya'ni metafora yaratuvchi o'z ifoda vositasini konkret aytmaydi, balki metafora qabul qiluvchini —yo'llaydill. Metaforani oxirigacha yechish adresat ixtiyorida qoladi. Kelib chiqadiki, metafora unsurlari munosabatining mutanosiblik va konkterlik tabiatiga ko'ra ikki xil ekan:

1. Ifoda vositasi tema bilan mazmunan mutanosib va konkret ifodalangan (ya'ni metaforaning asosiy unsurlari mavjud) - asos metafora.

2. Ifoda vositasi konkret ifodalanmaganligi sababli mazmuniy mutanosiblik ham qisman noaniqlashgan. Biroq uni aniqlashtirish uchun yo'llanma komponent mavjud - yo'llovchi metafora. Bu o'rinda shunga e'tibor qaratish lozimki, yo'llovchi metaforaning murakkab lisoniy tabiati mutlaqo ularning keng tarqalishiga to'siq bo'lmaydi. Yo'llovchi metafora turlari bo'lmish jonlantirish yoki shaxslantirish haqida olib borilgan tadqiqotlar uning eng ko'p tarqalgan metafora turlaridan biri ekanligini ko'rsatadi.

Metaforaning sintagmatik qatordagi munosabat belgisiga ko'ra turlari. Metaforik qo'llangan so'z sintagmatik munosabatga kirishuvchi so'zni shartli ravishda metaforalanayotgan so'z deb ataymiz.

Masalan, ...Ular mardikorlikka yuborilgan yurt - sovuq do'zaxW deyishibdi... (A.Qahhor). Bu yerda metaforik so'z - sovuq do'zax (aniqrog'i, do'zax). Metaforalanayotgan so'z yurt. Metaforalanayotgan va metaforik so'z o'zaro sintagmatik munosabatda turadi. Ammo bu sintagmatik munosabat ikki xil bo'la oladi:

1. Tor - bir jumla doirasida: ...Valixon so'fi muloyim supurgi bo'lib ...(A.Qahhor).

2. Keng matn (kontekst) doirasida yoki sharoit (konsituatsiya) doirasida: Ayamning odam zavodida tuqqani og'izga tushib ketdi. (A.Qahhor). Odam zavodi (aniqrog'i, zavod) metafrik so'z bog'lanadigan so'z —tug'ruqxonal (ancha keng matndan ma'lum bo'ladi). Arslonim uyatga qolmasin deb, ikki savat uzum berib yuboruvdim (—Shu kunlar shiddati, 118-bet). —Arslonim sintagmatik bog'lanuvchi so'z —er situativ sintagma (agar shunday ta'bir mumkin bo'lsa, assotsiativ sintagma) da munosabatda turuvchi metaforalarni shu sintagmatik munosabatlarning aniqligi hisobiga —ochiqll, keng sintagmatik munosabatda turuvchi metaforalarni esa —yopiq deb ataymiz.

Metaforaning nomlash jarayoni tabiatiga ko'ra turlari.Metaforani asosan poetik figura deb qarovchi tadqiqotchilar ham unda ekspressivlik belgisining muntazam emasligini tan olib kelganlar. Shunga ko'ra metaforaning ikki turi:

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

1. Ekspressiya mavjud bo'lmagan (o'lik tilga xos, nopoetik) metafora.

2. Ekspressiya mavjud (tirik, nutqiy, badiiy, poetik) bo'lgan metafora.

Turli olimlarning qarashlari jamlanganda, ularning hammasi ham yuqorida qayd etilgan holatni metaforaning ekspressiv, noekspressiv bo'la olishini nazarda tutganini ko'rsatadi.

Ekspressiv metaforalar keng holda (istiqlol yo'li, Turkiston - umumiy uyimiz), noekspressiv metafora shaxsiy bo'lib qolishi ham mumkin. (Bola choynak jo'mragini —choynakning burnil deb atashi, xatto shu bola uchun ham bir martalik akt bo'lishi mumkin). Bu misollar bir martalik va ko'p martalilik belgisining ham muntazam emasligini ko'rsatadi. Ekspressivlik, metaforaning nome'yoriyligi haqidagi qarashlar esa har qanday metafora asosida lisoniy me'yorlar yotishini nazardan chetda qoldirish natijasidir. Quyidagi misollarga e'tibor qiling:

Ekspressiv metafora - hammaning nazarida hurriyatning chashmasi. Men qishloqqa ilm-ma'rifat urug'ini sochgani kelganman. (A.Qahhor).

Noekspressiv metafora - ...eshik og'zida qo'l bog'lab turgan ..., ayam o'choq boshida yig'lab o'tiribdi. (A.Qahhor).

Eshik og'zi yoki o'choq boshi noekspressiv metaforalarni hurriyatning chashmasi ilm-ma'rifat urug'i ekspressiv metaforalari bilan qiyoslasak, ular noekspressiv bo'lib qolgan emas, aslida ham hech qachon noekspressiv bo'lmagan.

Zamonaviy mualif —rux parvozi atamasini o'z nutqiga olib kirar ekan, maqsad ko'tarinki uslubni ta'minlash bo'ladi, diniy qarashlarni isbotlash emas. Noekspressivlikni isbotlash uchun tilga xos bo'lgan asos qidirish lozim. Bizningcha, bu asos juda sodda bo'lib, nomlash jarayonida yotadi. Noekspressiv metafora shunchaki nomlashni, ekspressiv metafora nomlash va baholashni nazarda tutadi. Shuning uchun ham metaforaning ekspressiv va noekspressiv turlarini biz metaforaning nomlash jarayoni tabiatiga ko'ra turlari deb atadik.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Арутюнова Н.Д. Языковая метафора (синт. и лексика). // Лингвистика и поэтика. - М., 1979. - С. 170.

2. Тохиров З. Метафора лексема-семемасининг прагматик семаси. // Узбек тили ва адабиети. - 1983. - № 1. - Б. 74-77.

3. Лапасов Ж. Бадиий матн ва лисоний тахлил. -Т.: Укитувчи,1995.

4. Усмонов С. Метафора // Узбек тили ва дабиети. - 1964. - № 4. - Б. 34-36.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.