Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA METAFORALAR LINGVOKULTUROLOGIYASI'

O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA METAFORALAR LINGVOKULTUROLOGIYASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
327
77
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metafora / lingvokulturologiya / lingvistik madanyat / metoforik birlik / metoforizatsiya / lingvokulturologik jihat / ko’chim. / metaphor / linguoculturalism / linguistic culture / metaphoric unit / metaphorization / linguocultural aspect / migration.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Umarova, Nargizaxon Rustamovna, Xojiyeva, Sevaraxon Dilshodjon Qizi

Ushbu maqola metaforaga asoslangan lingvokulturologiya (lingvistik madaniyat) haqida keng fikr yuritib, batafsil ma’lumot beradi. Maqola lingvokulturologiya so’zining izohli lug’ati bilan ham tanishtirib, o’zbek tilidagi bir nechta lingvokulturologiyaga asoslangan metoforik terminlarni tahlil qiladi. Shuningdek, “metafora”ning aynan bizning madaniyatdagi o’ziga xos xususiyatlarini va ma’nolarini yoritib o’tadi va bu bo’yicha turli namunalar keltiriladi. Nazariyalar misollar orqali yoritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

LINGUOCULTUROLOGY OF METAPHORS IN UZBEKI AND ENGLISH LANGUAGES

This article provides detailed information about metaphor-based linguoculturology (linguistic culture). The article introduces the explanatory dictionary of the word linguoculturalism and analyzes several metaphorical terms based on linguoculturalism in the Uzbek language. It also sheds light on the specific features and meanings of "metaphor" in our culture and provides various examples. Theories are illustrated through examples.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA METAFORALAR LINGVOKULTUROLOGIYASI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

O'ZBEK VA INGLIZ TILLARIDA METAFORALAR LINGVOKULTUROLOGIYASI

Umarova Nargizaxon Rustamovna

Farg'ona davlat universiteti nargizaxonumarova1971 @gmail .com Xojiyeva Sevaraxon Dilshodjon qizi

Lingvistika (Ingliz tili) mutaxassisligi magistranti

Ushbu maqola metaforaga asoslangan lingvokulturologiya (lingvistik madaniyat) haqida keng fikr yuritib, batafsil ma'lumot beradi. Maqola lingvokulturologiya so'zining izohli lug'ati bilan ham tanishtirib, o'zbek tilidagi bir nechta lingvokulturologiyaga asoslangan metoforik terminlarni tahlil qiladi. Shuningdek, "metafora"ning aynan bizning madaniyatdagi o'ziga xos xususiyatlarini va ma 'nolarini yoritib o 'tadi va bu bo 'yicha turli namunalar keltiriladi. Nazariyalar misollar orqali yoritiladi.

Kalit so'zlar: metafora, lingvokulturologiya, lingvistik madanyat, metoforik birlik, metoforizatsiya, lingvokulturologikjihat, ko'chim.

This article provides detailed information about metaphor-based linguoculturology (linguistic culture). The article introduces the explanatory dictionary of the word linguoculturalism and analyzes several metaphorical terms based on linguoculturalism in the Uzbek language. It also sheds light on the specific features and meanings of "metaphor" in our culture and provides various examples. Theories are illustrated through examples.

Keywords: metaphor, linguoculturalism, linguistic culture, metaphoric unit, metaphorization, linguocultural aspect, migration.

Lingvokulturologiya atamasining etimologiyasi ingiliz va lotin tillariga borib taqaladi. "Lingvo" so'zi til, tilga oid degani bo'lib, kultra madaniyat ma'nosini anglatadi. "Logos" so'zi esa yunoncha "ta'limot" demakdir. Demak lingvokutralogiya til va madaniyat aloqadorligining hosilasidir.

V.V.Vorobyev "lingvokulturologiya - sintezlovchi toifadagi kompleks ilm sohasi bo'lib, u madaniyat va til o'rtasidagi o'zaro aloqalar va ta'sirlashuvlarni o'rganadi. Bu jarayonni yagona lisoniy va nolisoniy (madaniy) mazmunga ega birliklarning yaxlit tarkibi sifatida mazkur jarayonni zamonaviy nufuzli madaniy

sevara.xoj iyeva.95@mail .ru

ANNOTATSIYA

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

ustuvorliklarga (umuminsoniy me'yorlar va qadryatlar) qaratilgan tizimli metodlar yordamida aks ettiradi", - deb ko'rsatadi. Ushbu tushunchalarning o'zaro farqli jihatlarini professor O'. Yusupov quydagicha izohlaydi. "Lingvokulturema - o'z semantikasida (ma'nosida) madaniyatning biror bo'lagini aks ettiruvchi til yoki nutq birligi.

Lingvokulturemalarga madaniyatning biror bo'lagini aks ettiruvchi so'zlar, frazeologik birliklar, so'z birikmalari, gaplar, paremiyalar, murakkab sintaktik butunliklar, matnlar va hokazolar kiradi. Lingvokulturema mazmun va ifoda planiga ega, ifoda plani yuqorida ko'rsatilgan birliklar, mazmun planini esa o'sha birliklarning semantikasi tashkil qiladi. Demak, lingvokulturema kontseptdan o'zining mazmun va ifoda planiga ega bo'lishi bilan farq qiladi, lingvokulturologiya uchun xalq madaniyatini lisoniy ko'rinishda namoyon etish asosiy vazifa hisoblanadi. Uningcha, "lingvokulturema" tushunchasi qiyosiy tilshunoslik uchun foydali, "zero til - madaniy fakt, biz meros qilib oladigan madaniyatning tarkibiy qismi va ayni paytda qurol hamdir. Xalq madaniyati til orqali verballashadi, aynan til madaniyatining tayanch, asosiy tushunchalarini harakatga keltiradi va ularni belgilar ko'rinishida, ya'ni so'zlar vositasida ifoda etadi"1.

Agar madaniyatshunoslik insonning tabiat, jamiyat, san'at, tarix va boshqa ijtimoiy va madaniy borliq sohalarida o'z-o'zini anglash xususiyatini o'rgansa, tilshunoslik tilda dunyo lisoniy manzarasining mental modellari sifatida aks etuvchi dunyoqarashni o'rganadi. Lingvokulturologiyaning asosiy tadqiqot predmeti esa doimiy o'zaro ta'sirlashish holatida bo'lgan ham til, ham madaniyat hisoblanadi

MUHOKAMA VA NATIJALAR

XVIII asrdan boshlab "madaniyat" atamasi inson faoliyatining mahsuli bo'lgan barcha narsalarga nisbatan qo'llanila boshlagan. Bu ma'nolarning barchasi "madaniyat" so'zining qo'llanilishida saqlanib qolgan, ammo aslida bu so'z "insonning tabiatiga maqsadli ta'siri, tabiatning inson manfaatlari uchun o'zgartirilishi manosini anglatgan.

Mualliflarning madaniyatga bergan ta'riflari umumlashtirilsa, madaniyatga butun tarixiy taraqqiyot jarayonida insoniyat tomononidan yaratilgan va yaratilayotgan barcha moddiy va ma'naviy boyliklar yig'indisi" deb ta'rif berish mumkin. Shunga asosan madaniyatning ikki turi farqlanadi: 1) moddiy madaniyat; 2) ma'naviy madaniyat; Moddiy madaniyat inson faoliyati tufayli yaratilgan "ikkinchi tabiat", ya'ni ishlab chiqarilish vositalari, mehnat qurollari, mehnat ko'nikmalari, shuningdek, ishlab chiqarish jarayonida yaratilgan hayot uchun hizmat qiladigan

1Bopo6beB B.B. nHHrBOKy^bTyponorHH. Teopua h Merogbi. -M., 1997.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

barcha boyliklarni anglatadi. Ma'naviy madaniyatning qamrovi behad keng bo'lib, u ijtimoiy ongning barcha shakllari, ya'ni falsafiy, ilmiy, huquqiy, axloqiy, estetik, diniy qarashlar, maorif, ta'lim-tarbiya, maktab, o'rta va oliy ta'lim, fan, madaniyat muassasalari, ommaviy axborot vositalari, san'at, xalq ma'naviy ijodiyotning barcha turlarini qamrab oladi. Moddiy va ma'naviy madaniyat bir biri bilan uzviy bog'liq bo'lib, biri ikkinchisini to'ldiradi. Masalan, moddiy boylikning biror turini inson aql -zakovatisiz, tafakkurisiz, aqliy mehnatisiz yaratib va takomillashtirib bo'lmaydi. Demak, moddiy madaniyatni barpo etish zamirida ma'naviy madaniyat ham yotadi. Har qanday moddiy va ma'naviy madaniyat durdonalari inson aqliy va jismoniy mehnati sintezi asosida yuzaga keladi. Ma'naviy ma'daniyat voqealikni badiiy aks ettirish va o'zlashtirish vositasidir. Moddiy madaniyat dunyo va insonlarning moddiy hayot sharoitlari bilan, ma'naviy madaniyat esa urf-odat, rasm-rusm, an'ana, marosim va milliy qadriyatlar bilan chambarchars bog'liqdir.

Metafora ancha murakkab ma'no ko'chish hodisasi hisoblanib, ayni zamonda ham tilshunoslar, ham adabiyotshunoslar diqqatini o'ziga jalb etib keladi. Bu ma'no ko'chishga tilshunoslar ko'p ma'noli so'zlardagi semema va semalarning xarakterli xususiyatlarini ochish, ko'chma ma'no hosil qiluvchi hodisalar tahlili nuqtai nazaridan yondoshsalar, adabiyotshunoslar esa polisemantik so'zlardagi tasvirning turli vositalar (o'xshatish, sifatlash, majoz istiora)ni yuzaga keltiruvchi omillar deb biladilar. Har ikkala yo'nalishda ham maqsad bitta, u ham bo'lsa, so'zning ko'p ma'noligi va undagi uslubiy imkoniyatlarni o'rganishdir.

Metaforik va ko'p ma'noli so'z ikki farqli hodisa bo'lib, tur-jins munosabatida turmaydi. Nom ko'chishining alohida bir turi sifatida baholanuvchi funksiyadoshlik mohiyatiga nazar tashlash uni aslida metaforaning o'zi ekanligini ko'rsatadi. Bizga ma'lumki, metafora o'xshashlikni nazarda tutadi, o'xshashlik qay asosda (shaklan, tabiatan, vazifasiga ko'ra ...) bo'lishi ahamiyatsiz. Shuning uchun biz funksiyadoshlikni metafora ko'rinishlaridan biri sifatida baholadik.

Metonimiya (uning ko'rinishlaridan biri bo'lgan sindekdoxa) metaforaga ancha yaqin keladi. Farq shundaki, metafora o'xshashlikni, metonimiya bog'liqlikni nazarda tutadi. O'xshashlik va bog'liqlik farqi metafora va metonimiya yana bir farqni yuzaga keltiradi: bog'liqlik obyektiv ravishda haqiqatan mavjud, o'xshashlik esa obyektiv ham, subyektiv ham bo'la oladi. Demak, metonimiya metaforaga nisbatan obyektivroqdir. O'xshatish va metafora munosabati metafora nazariyasining eng munozarali masalalaridandir. Ular bir-biriga nihoyatda yaqin kelishi bilan birga, tubdan farq ham qilishi mumkin:

a) shaklan;

b) mazmunan;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

v) usluban;

So'zning ko'p ma'noliligini o'rganish, avvalo, leksik uslubiyat uchun muhim rol o'ynaydi. Chunki, bir so'zning o'zida turli xil ma'noning bo'lishi uchun og'zaki va yozma nutqda qo'llashda uslubiy bo'yog'iga, ma'nosiga e'tibor berishni talab qiladi. Shu boisdan ma'no ko'chish ham sinonimiya, omonimiya va boshqa leksik vositalar singari hazil, mutoyiba, kulgi va turli so'z o'yinlarini yuzaga keltiradi. Bunday paytlarda so'zning to'g'ri va ko'chma ma'nosi to'qnashtiriladi, natijada kutilmagan yangi ma'no hosil bo'ladi.

Sczlarning ana shu nozik ma'no ottenkalari badiiy adabiyotda muhim tasviriy vosita sifatida keng qo'llanadi

Madaniyat qanchalik chuqur va tafsilotlari bilan o'rganilsa, uning inson fikrlashi bilan bog'liq ekanligi yakdil seziladi. Shunday ekan, inson ko'z o'ngida aks etgan voqea-hodisalarni madaniyati orqali ongiga singdirishga hamisha intiladi. Ma'lumki, insonlar ma'lum bir ijtimoiy-iqtisodiy tuzumda yashaydilar, u yoki bu milliy tilda so'zlashadilar va ular muayyan milliy ma'naviyat va madaniyatga ega. Milliy ma'naviyat, uni ro'yobga chiqishida muhim o'rin tutadigan til madaniyati va nutq ma'naviyatining o'ziga xos xususiyatlari insonlarning lisoniy kognitiv faoliyatida o'z aksini topadi. Buni metoforik misollarda ko'rib chiqamiz.

Umri chinor kabi uzun Chinor daraxti kabi umriz uzun bo'lib tanasi kabi baquvvat bo'lib yurishizi tilakdoshiman(Amirxon Umarov) Qo'li gul Kitob qurti Qishning qahri Nondek aziz Charos ko'z

Qoshlari qaldirg'ochning qanotidek Suv quygandek jim jit

Yuqoridagi iboralarni metaforik jihatlarini tahlil qilb ko'ramiz. Misol uchun: buxoroda qo'li gul ustalar qurgan memori obidalar bor. bu gapda "qo'li gul" iborasi ustalar mahoratini ifodalash va ular yaratga tarixiy oidalar qanchalar go'zaligini ifodalab kelmoqda.

"kitob qurti" iborasi inglizlar orasida keg tarqalgan iboralardan. Bu ibora kitobsevarlarga nisbatan qo'llaniladi.

Misol uchun: "bu yil qish judda sovuq keldi. Qishning qahridan qishlog 'imiz chetidagi ko'l oynadek muz bilan qoplandi". Bu gaplarimizda qishning qattiq sovug'i, "qishning qahri"ga, muzlagan ko'l esa, "oynaga"o'xshatilgan.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4/2), April, 2023

"nondek aziz bo'l" iborasi xalqimiz orasida keng qo'llaniladi. Non xalqimiz orasda aziz nemat, rizq hisoblanadi. Bu iborani ko'pincha duolar orasida qo'llaniladi.

"charos ko'z", ko'rganda ko'zni quvnatib turuvchi charos uzum donasidan ilhomlanib olingan bu ibora chiroyli ko'zlarga nisbatan ishlatiladi. Bunday jumlalar so'zamon xalqimiz orasida juda ko'p va keng qo'laniladi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR (REFERENCES)

1. Filip Chesterfild. Hikmatlar. Ziyouz.uz

2. Маслова В. А. Лингвокультурология: Учеб. Пособие. - М.: Академия, 2001-

3. Mahmudov N. - Tilning mukammal tadqiqi yo'llarini izlab...// O'zbek tili va adabiyoti.-Toshkent, 2012.-№5.-B. 3-16.

4. Телия В.Н. Русская фразеология: семантический, прагматический и лингвокультурологический аспекты. - М.: Школа «Язики русской культуры», 1196- С.222.

5. Воробьев В.В. Лингвокультурология. Теория и методы. -М., 1997.

208с.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.