Научная статья на тему 'TURLI TIZIMLI TILLAR (O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI)DA METAFORALARNING ASOSIY TURLARI VA O‘RGANILISH YO‘NALISHLARI'

TURLI TIZIMLI TILLAR (O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI)DA METAFORALARNING ASOSIY TURLARI VA O‘RGANILISH YO‘NALISHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
123
19
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
metafora / kognitiv tilshunoslik / visual metafora / sof metafora / nopok metafora / salbiy metafora / appozitsion metafora / prepoztsion metafora / Standard / Implied / Visual / Extended metaforalar. / metaphor / cognitive linguistics / visual metaphor / pure metaphor / impure metaphor / negative metaphor / appositional metaphor / prepositional metaphor / Standard / Implied / Visual / Extended metaphors.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abduolimova, Maftuna, Isaqova, Ozoda

Metafora – so‘zi yunon tilidan olingan bo’lib metafora “ko’chirish”, “ko’chirma” degan ma’nolarni anglatadi. Biror predmet, belgi yoki harakatning boshqasiga tashqi va ichki o’xshashlik asosida ma’no ko’chish turiga metafora deyiladi. Bunday holatlarda predmetning rangi, shakli, xususiyati jihatdan o’xshashlilik nazarda tutiladi. Nutq jarayonida metaforadan foydalanishdan maqsad, tilni bezash uchun unga ko’proq jonkuyarlik, dinamizm xususiyatlaridan qo’shishdir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE MAIN TYPES OF METAPHORS AND STUDY DIRECTIONS IN DIFFERENT SYSTEMIC LANGUAGES (UZBEKI AND ENGLISH)

The word metaphor is derived from the Greek language, and metaphor means "to move", "to copy". Metaphor is a type of transfer of meaning based on external and internal similarity of an object, sign or action to another. In such cases, similarity in terms of color, shape, and characteristics of the object is assumed. The purpose of using metaphor in the speech process is to add more vitality and dynamism to the language in order to decorate it.

Текст научной работы на тему «TURLI TIZIMLI TILLAR (O‘ZBEK VA INGLIZ TILLARI)DA METAFORALARNING ASOSIY TURLARI VA O‘RGANILISH YO‘NALISHLARI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

TURLI TIZIMLI TILLAR (O'ZBEK VA INGLIZ TILLARI)DA METAFORALARNING ASOSIY TURLARI VA O'RGANILISH

YO'NALISHLARI

Abduolimova Maftuna

Farg'ona davlat universiteti, Amaliy ingliz tili kafedrasi o'qituvchisi

Isaqova Ozoda

Farg'ona davlat universitet, Ingliz tili va adabiyoti fakulteti talabasi

ANNOTATSIYA

Metafora - so 'zi yunon tilidan olingan bo 'lib metafora "ko 'chirish ", "ko'chirma" degan ma'nolarni anglatadi. Biror predmet, belgi yoki harakatning boshqasiga tashqi va ichki o 'xshashlik asosida ma'no ko 'chish turiga metafora deyiladi. Bunday holatlarda predmetning rangi, shakli, xususiyati jihatdan o 'xshashlilik nazarda tutiladi. Nutq jarayonida metaforadan foydalanishdan maqsad, tilni bezash uchun unga ko 'proq jonkuyarlik, dinamizm xususiyatlaridan qo 'shishdir.

Kalit so'zlar: metafora, kognitiv tilshunoslik, visual metafora, sof metafora, nopok metafora, salbiy metafora, appozitsion metafora, prepoztsion metafora, Standard, Implied, Visual, Extended metaforalar.

The word metaphor is derived from the Greek language, and metaphor means "to move", "to copy". Metaphor is a type of transfer of meaning based on external and internal similarity of an object, sign or action to another. In such cases, similarity in terms of color, shape, and characteristics of the object is assumed. The purpose of using metaphor in the speech process is to add more vitality and dynamism to the language in order to decorate it.

Key words: metaphor, cognitive linguistics, visual metaphor, pure metaphor, impure metaphor, negative metaphor, appositional metaphor, prepositional metaphor, Standard, Implied, Visual, Extended metaphors.

Kognitiv tilshunoslik sohasida ko'plab yo'nalishlar rivojlanmoqda, ulardan biri kognitiv metafora nazariyasidir. Metafora qadim zamonlardan beri ko'plab mutafakkirlarning e'tiborini tortdi. Metaforani ilmiy tadqiq etish asoslarini Aristotel ("Poetika", "Ritorika", "Topeka") qo'ygan, u metaforani ismni ko'chirish usuli deb hisoblagan. Aristotel metaforaga klassik ta'rifni berdi va metaforik ko'chirishga xos bo'lgan 4 turni aniqladi (turdan turga, turdan turga, turdan turga va mutanosib

ABSTRACT

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

analogiya tamoyiliga ko'ra ko'chirish). Metafora hodisasiga qiziqishning ortishi falsafa, mantiq, adabiy tanqid, psixologiya, semiotika va tilshunoslikda metafora tadqiqotining ko'plab sohalari mavjudligini belgilaydi. Metaforani o'rganish uchun yo'nalishlarning aniq sonini nomlash deyarli mumkin emas. Zamonaviy fanda metaforani o'rganishga yondashuvlarni tavsiflovchi ko'plab tasniflar mavjud.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

Metaforani hosil qilishda ikki tushuncha o'rtasida ma'lum o'xshashliklar asosidagi ma'no ko'chish jarayoni kuzatiladi. Bunga quyidagilarni misol keltirish mumkin:

Ariqning labi - odamning labi, Qozonning qulog 'i- odamning qulog 'i.

Tog 'ning etagi - kiyim etagi, Yo 'lning yoqasi - kiyim yoqasi.

Bundan tashqari narsa va hodisalar o'rtasidagi o'xshashliklar bo'lishi mumkin:

1. Shakliy (tashqi) o'xshashlik: arrraning tishi, taroqning tishi, daraxtning

Tilda doim qo'llanadigan metaforalar vaqti o'tishi bilan turg'unlashib boradi. Agar metafora qanchalik yangi va tutilmagan bo'lsa, uning ifodalilik qiymati shunchalik baland bo'ladi. Mahoratli so'z ustalari tomonidan o'z asarlarida so'zlarni metaforik ma'noda qo'llash orqali obrazli nutqning go'zal namunalarini yaratadilar. Negaki, nutq jarayonida metaforadan o'rinli va maqsadli foydalanish natijasida so'zlovchining badiiy-estetik qobiliyati namoyon bo'ladi va nutqning ta'sirchan va jozibali chiqishini ta'minlaydi. Shuningdek, metaforadan qahramonning ruhiy holatini tasvirlab berish uchun ham foydalaniladi. Masalan: Manglayi tirishar zinapoyaning, Panjara kuylaydi misoli chiltor, Terlab ketganini ko'rsang oynaning Hamma narsa seni kutar intizor. (Iqbol Mirzo)

Olimlar tomonidan metaforalarga juda ko'plab ta'riflar berilgan va metaforaning turli xil turlari ajratilgan. Ulardan ayrimlari haqida fikr yuritamiz.

Vizual ( ko'rishga oid) - ushbu metafora turida turli xil fikrlarni tasvirlar yordamida ifodalash mumkin. Ya'ni fotosuratlar, har xil turdagi komikslar orqali.

Masalan: qo'l, pul va zanjir tasvirlangan suratni oladigan bo'lsak, "U pulga zanjirband", "U o'z ishining quli" degan ma'nolarni keltirib chiqarishimiz mumkin. Bu turdagi metaforani qo'llashdan maqsad shundan iboratki, nutq jarayonida

beli

2. Ma'noviy belgidagi o'xshashlik: issiq yuz, shirin hayol, tor ko'ngil

3. Harakatdagi o'xshashlik: ipni uzdi (o'z ma'no)-munosabatni uzdi (metafora)

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

so'zlashuv tlidan foydalanishga hojat qoldirmaslik, ya'ni suratlarni ko'rish bilanoq undagi ma'noni anglash.

Sof metafora - ushbu turdagi metaforada aytilishi kerak bo'lgan narsa uning o'xshashliligi bilan almashtirib qo'llaniladi.

Masalan: "U nur sochgan yulduzlari ila menga tabassum qildi". Bu yerda asl ma'no ko'zlar o'rnini o'xshashlikni taqazo etuvchi tabiat (yulduzlar) bilan almashtirildi. Bundan maqsad esa, nutqda jozibadorlik va ta'sirchanlikni oshirish.

Nopok metafora - ushbu turdagi metaforada taqqoslash muhim ahamiyatga ega. Ya'ni asl tushunchani xayoloti bilan taqqoslaydi. Yuqoridagi misoldan foydalanadigan bo'lsak: "Uning ko'zlari menga tabassum qiladigan yulduzlardir!" Bu yerda so'zlarni almashtirish emas, balki taqqoslash mavjud. Uning kulib turgan ko'zlarini osmondagi chaqnab turgan yulduzarga qiyoslamoqda.

Appozitsion - haqiqiy va xayoliy tushunchalar o'rtasidagi o'xshashlikni vergul bilan ajratish orqali metaforaning bu turi yasaladi.

Masalan: "Sizning gaplaringiz yuragimga o'qday tegdi". Bu yerda asl va xayolotidagi tushunchalarni bir o'rinda qo'llash, ya'ni mos ravishda.

Prepoztsion - ushbu turda appozitsion metaforadan farqli ravishda, haqiqiy yoki xayoliy tushunchalar bir-biriga predlog yordamida bog'lanadi. Asosan (ning) yordamida.

Masalan: "Tishlaring dur kabidir!"

Salbiy metafora - bu metafora turidan haqiqiy yoi xayoliy atamalarni inkor shaklda qo'llash orqali foydalanish mumkin.

Masalan: "Bu bazm emas, aza!" Bu yerda bazmning ahamiyatini tushuntirish uchun azaga o'xshashlik yaratish orqali haqiqiy kontseptsiya ta'kidlashga harakat qilinadi.

Metaforaga misol sifatida o'zbek adabiyotining yorqin vakillaridan biri Erkin Vohidovning she'rlarini olishimiz mumkin. Masalan, uning "Tong lavhasi" deb nomlangan she'rida buning yaqqol isbotini ko'rishimiz mumkin.

Tog'ortidan ko'tardi-da bosh,

Pastga boqdi cho'qqidan asta,

Oltin qalam tutgan bir naqqosh. (Erkin Vohiodv)

Bu yerdagi "quyosh" obrazi oltin qalam tutgan bir naqqosh sifatida jonlantirilmoqda. Ya'ni tong bo'lishi bilanoq quyosh o'zining oltin nurlarini butun borliqqa sochadi va zamin uning zarrin nurlari ostida qolgan chamanga aylanadi.

Azizu oshino tutib,

Sahar cho 'lponidek jozib,

Sochibdirsan ziyo menga. (Erkin Vohidov)

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Shoir o'zining bu she'rida "sahar cho'lponi" bu "tong yulduzi" ekanligi haqidagi metaforani qo'llaydi. Ya'ni, tongi yulduzim bo'lib menga ziyo sochasan degan mazmun bu yerda metafora usulida qo'llangan va she'rning ta'sirchanligi va jozibadorligini yanada oshirgan.

Metafora turli tizimli tillar tilshunosligida tadqiq ostiga olingan mavzu bo'lib, ingliz tilida ham metaforani o'rganish bo'yicha bir qator izlanishlar olib borilgan. Metaforaga olimlar tomonidan turlicha ta'riflar berilgan. Dastlab lug'atlarda berilgan ma'nosiga e'tabor beradigan bo'lsak u quyidagichadir:

"Metaphor - is an implied comparison in which one element is described in terms of another to create a connection ".

Ingliz tilida ko'chim turlaridan biri hiosblangan metafora asosan asl va hayoliy tushunchalar o'rtasidagi bog'lanishni yaratish uchun bir element boshqasi nuqtai nazaridan tasvirlangan taqqoslash. Ba'zi bir hollarda metaforani kinoya (simile) bilan uyg'unlashgan holda Ingliz asarlarida uchratishimiz mumkin. Bu ko'chim turidan foydalanishdan maqsad nuqtning jozibadorligi va ta'sirchanligini oshirishdan iborat. Ingliz tilida metaforaning 12 dan ortiq turlari mavjud bo'lib, bularda eng asosiylari 4 tani tashkil etadi.

1. Standard

2. Implied

3. Visual

4. Extended

Standart - metaforaning bu turidan ikkita farqli narsalarni solishtirganda qo'llash mumkin. Masalan, Shekspirning "As You Like It" asaridagi "All the world's a stage" barchasini misol keltirishimiz mumkin. Bu yerda (Barcha dunyo bir sahna) satri asosida ikkita farqli narsa "dunyo" va "sahna" ni bir-biriga solishtirmoqda.

Implied - metaforaning bu turida esa, bir-biriga o'xshamaydigan ikkita narsani taqqoslanadi. Masalan, "A woman barked a warning at her child"(Ayol o 'z bolasini ogohlantirdi). Bu yerda nazarda tutilgan metafora ayolni itga qiyoslayapti. Lekin aslida, bu yerda it haqida gap ketgani yo'q. Ya'ni bir-biriga o'xshamagan "ayol" va "it" taqqoslanmoqda.

Visual - bu metafora turi o'zbek tilidagi vizual metafora turi bilan bir xil hisoblanadi. Ya'ni fikrlar tasvirlar orqali ifodalanadi. Masalan, so'nngi rusmdagi telefonni reklama qilish uchun uni "chaqmoq" tasviri bilan tasvirlanishi, uning ishlashi chqmoqdek tez degan ma'noni anglatadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

Extended - bu metafora turidan asosan nasr yoki she'rlarda ko'p qo'llaniladi. Ya'ni turli xil tavsiflovchi vositalar orqali bir nechta satrlarni yoki baytlarni kengaytirishdir.

Bundan tashqari ba'zi bir hollarda "Dead"(o'lik) va "Mixed"(aralash) kabi metafora turlariga ham duch kelishimiz mumkin. O'lik metafora deganda, vaqt o'tishi bilan ko'p foydalanganligi sababli o'zining asl ma'nosini yo'qotib, ma'nosi o'zgargan metafora turi tushiniladi. Ba'zi hollarda esa, o'lik metaforalar endi umuman metafora emasligi ta'kidlanadi. Aralash metafora esa bir-biriga mos kelmaydigan ikki yoki undan ortiq metafora birikmasidir.

Ingliz adabiyoting yorqin vakili O.Henryning ko'plab asarlarida metaforadan foydalanganini ko'rishimiz mumkin. Masalan, uning "The last laef'(So'nngi yaproq) hikoyasida "Pneumonia" kasalligini ko'rinmas odamga qiyoslaydi va u butun Nyu York ko'chalari bo'ylab izg'ib yuradi va o'zining muz barmoqlari orqali odamlarni kasallaydi.

Xulosa qiladigan bo'lsak, metafora-so'zning ko'chma ma'nosi bo'lib, biror so'z leksik ma'nosi referenti bilan obyektiv borliqdagi narsa, voqelik, harakat, holat, belgi yoki sezgi kabilardan biri aloqador yoki munosabatda bo'lganligi uchun, uning nomida atalib ketishi orqali vujudga keladi. Ya'ni so'zning muayyan leksik ma'nosi ikkinchi bir leksik ma'noni yaratadi. Shu tufayli ham, keyingi leksik ma'no metafora deb nomlanadi. Metaforalarning o'rganilish tarixi qadimgi antik davralarga borib taqaladi va shu kunga qadar ko'plab tilshunos olimlar, tadqiqotchilarning asosiy o'rganish obyekti bo'lib kelmoqda. Metaforaga doir juda ko'plab izlanishlar olib borilgan bo'lsa ham, kognitiv tilshunoslikda metaforaning tahlil tortilishi kerak bo'lgan sohalari beqiyosdir. Bu esa o'z navbatida bu sohada qilinadigan ishlar hali ko'pligidan darak beradi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Dagut, M. (1987). More about the translatability of metaphor. Babel, 33(2), 7783.

2. Martin, J. H. (1994). A corpus-based analysis of context effects on metaphor comprehension.

3. Lakoff, G., & Johnson, M. (2008). Metaphors we live by. University of Chicago press.

4. Deignan, A. (2005). Metaphor and corpus linguistics (Vol. 6). John Benjamins Publishing.

5. Black, M. (1981). Metaphors we live by.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(4), April, 2023

6. Coney, J., & Lange, A. (2006). Automatic and attentional processes in the comprehension of unfamiliar metaphors. Current Psychology, 25(2), 93-119.

7. 11-sinf ona tili darsligi (79-80-betlar) "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti Toshkent-2018.

8. "O'zbek tilidan universial qo'llanma" (82-83-betlar) O'zbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi "Fan nashriyoti" Toshkent-2007.

9. Erkin Vohidovning so'z qo'llash mahorati to'plami (85-86-betlar)

10. www.masterclass.com

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.