Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
KOGNITIV METAFORA NAZARIYASI: YANGI YO'NALISHLAR
Bugun tilshunoslikda oilaviy bog'liqlik (o'xshashlik) tamoyiliga asoslangan konseptual metafora nazariyasining istiqbolli yo'nalishlari va yetakchi manbalari shuningdek, uning asosida tadqiqotga kognitiv yondashuvning murakkab ilmiy prototipi shakllandi.
Kalit so'zlar: kognitiv metafora nazariyasi, kontseptual metafora nazariyasi, metaforik modellashtirish, o'zgarmaslik gipotezasi, metaforik oqibatlar, kontseptual bog'lanish, metaforaning tanqidiy tahlili, metaforaning kognitiv matn tahlili.
Today in linguistics there are promising directions and leading sources of the theory of conceptual metaphor based on the principle of family connection (similarity), as well as on its basis formed a complex scientific prototype of a cognitive approach to research.
Keywords: cognitive theory of metaphor, theory of conceptual metaphor, metaphorical modeling, hypothesis of invariance, metaphorical some consequences, conceptual integration, critical analysis of metaphor, cognitive discursive analysis of metaphor.
KОГНИТИВНАЯ ТЕОРИЯ МЕТАФОРЫ: НОВЫЕ
ГОРИЗОНТЫ
Абдуолимова Мафтуна Нуруллохон кизи
Преподаватель Ферганского государственного университета
АННОТАЦИЯ
Bhideneuhi вeдyщиe ucmoHHUKU и nepcneKmrnHhie HanpaeneuuH дaльнeйшeгo pa3eumrn meopuu кoнцeптyaльнoй мemaфopы, Komophie o6bedurnHhi no npинциny «фaмжь-нoгocxoдcmвa», и Ha ezo ocHoee cфopмиpoвaн cлoжный HayHHhiu npomomun кoгниmивнoгo nodxoda к иccлeдoвaнию мemaфopы.
Abduolimova Maftuna Nurulloxon qizi
Farg'ona davlat universiteti o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
COGNITIVE THEORY OF METAPHOR: NEW DIRECTIONS
Abduolimova Maftuna Nurulloxon qizi
Teacher of Fergana State University
ABSTRACT
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
О
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ключ е вые с л о в а: когнитивная теория метафоры, теория концептуальной ме-тафоры, метафорическое моделирование, гипотеза инвариантности, метафоричес-киеследствия, концептуальная интеграция, критческий анализ метафоры, когнитивно-дискурсивный анализ метафоры.
Bugun tilshunoslikda metafora haqida yetarlicha bilim va ko'nikmalar mavjud bo'lishiga qaramay, unga bo'lgan qiziqish tobora ortib bormoqda. Bu esa, til va psixik hodisalarning o'zaro tasiridagi tadqiqotlarning dolzarblashuvi tufayli metaforologiyaning sifat jihatidan yangi bosqichga o'tishi bilan bog'liqdir. So'nggi paytlarda metafora hodisasiga faylasuflar, mantiqchilar, sotsiologlar, psixologlar, tilshunoslar, adabiyotshunoslar va gumanitar fan vakillari ham muntazam ravishda murojaat qilmoqdalar. Ushbu metaforologik bumga turtki bo'lib, metaforaning kognitiv nazariyasida o'z ifodasini topgan metafora mohiyati haqidagi yangi g'oyalar edi. O'tgan asr so'nggida E.S.Kubryakova "Kognitiv fan bu- dunyoni idrok etish, tasniflash, baholash va tushunish doirasida bilimlarni aks ettirish va saqlashni o'rganadigan fan"dir deb yozadi [5,34].
Kognitiv jarayondagi asosiy vazifa inson miyasining anologik qobiliyatlarining voqea hodisasi sifatida metaforalar tomonidan amalga oshiriladi. Kognitiv jarayonlarda inson ongining o'xshash imkoniyatlarining namoyon bo'lishi sifatida metafora muhim ro'l o'ynaydi.
Zamonaviy kognitiv fanda metaforaga tushuntirish, baholash, qabul qilish va idrok etish kabi psixik jarayonlarning asosi sifatida qaraladi. Inson metafora yordamida o'z fikrini bayon etibgina qolmay, ularning estetik imkoniyatlaridan foydalanadi, shuningdek, metafora bilan fikr yuritadi, ular yordamida o'zi yashab turgan olamni o'rganadi. Metaforalar bizga qabul qiluvchining ongida mavjud bo'lgan dunyoning linguistik suratini o'zgartirishga, yaxshi tanish bo'lgan hodisalarni yangicha toifalar bilan tanishtirishga yordam beradi. Bunda metaforaning estetik salohiyati, borliqni emotsional baholash qobiliyati muhim ro'l o'ynaydi. Kognitiv metafora nazariyasining tobora yangi modifikatsiyalarining ortib borishi ushbu ilmiy yo'nalish tarixini, hozirgi holati va kelajakdagi rivojlantirish istiqbollarini har tomonlama tushunishni talab qiladi.
Malumki, kognitiv metaforani o'rganish nazariyasi va amaliyotiga oid zamonaviy nashrlar J.Lakoff va M.Johnson ning "Biz yashayotgan metaforalar" (Metaphors by which we live) klassik tadqiqotiga asoslanadi [17]. Ushbu nazariyaga
KIRISH
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
ko'ra, metaforizatsiya ikki bilim tuzilmasi (kontseptual sohalar: manba sohasi va maqsadli soha) o'rtasidagi o'zaro aloqadorlik jarayoniga asoslanadi. Insonning tevarak-atrofdagi olam bilan bir yo'nalishli metafora bo'lishi natijasida sfera-manba elementlari kognitiv qobiliyatning mohiyatini tashkil etuvchi kontseptual maqsad-manbani hosil qiladi. Metaforik barqarorlik nafaqat ikki bilim strukturasining alohida elementlari o'rtasida balki kontseptual sohalarning butun tuzilmalari o'rtasida ham sodir bo'ladi. Kontseptual metafora nazariyasining keyingi rivojlanishi bir necha yo'nalishlarda bo'lib, ularning har biri inson ongini o'ziga xos g'oyalar va metodlar bilan boyitdi. Maqsadli sohada metaforik proektsiya paytida manba sohasi tuzilmasi qisman saqlanib qoladi degan taxmin "o'zgarmaslik gipotezasi" deb nomlanadi [16,28]. Ushbu xususiyat tufayli metaforada aniq ifodalanmaydigan, lekin tashqi bilimlar natijasida kelib chiqadigan metaforik hodisalar bo'lishi mumkin.
Shunday qilib, manba sohasining kognitiv tipologiyasi malum darajada maqsadli sohani o'ylash usulini belgilaydi va qaror qabul qilish va harakat qilish uchun asos vazifasini o'taydi. Konseptual metafora asosidagi zamonaviy tadqiqotning xilma-xilligi J.Lakoff va M.Johnson nazariyasiga qiziqish ortib borayotganidan dalolatdir.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Konseptual metafora inson tajribasining butun sohasini qamrab oladi va muhim kognitiv imkoniyatlarga ega degan qarash hozirgi paytda konseptual metafora bo'yicha ko'plab tadqiqotlarda o'z ifodasini topgan. Xususan, V.Budayev, A.P.Chudinov kabilarning ilmiy nashrlarida konseptual metaforaga sharhlar berilgan. Hozirgi bosqichda oilaviy o'xshashlik tamoyili asosida birlashtirilgan metaforani o'rganishga kognitiv yondashuvning murakkab ilmiy prototipini tashkil etuvchi bir-biriga tasir qiluvchi, to'ldiruvchi va bir-birini inkor etuvchi bir nechta yo'nalishlarni farqlash mumkin.
Zamonaviy metaforologik nazariyalar: J.Lakoff va M.Johnson [17] konseptual metaforaning klassik nazariyasi, M.Turner va J.Fokonie [29,30], J.Grady[12,13] asosiy metafora nazariyasi, B.Shpelmanaidr [26] metaforaning izchil modeli, L.Ritchi [22,23] metafora talqinining bog'lovchi nazariyasi, A.N.Baranov va Yu.X.Kapaylov [1,2], A.P.Chudinov [6,7] metaforik modellashtirish nazariyasi va boshqalar. Ushbu yo'nalishlarning har biri o'z tarafdorlariga ega, ularning aksariyati o'zlarining asl g'oyalarini boyitadi.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Yondashuvlarning xilma-xilligiga qaramay, tadqiqotchilar hali ham kontseptual metafora nazariyasining individual qoidalarini o'zgartirib, to'ldirishda davom etmoqdalar.
Shunday qilib, A.Musolf o'zining bir qator ishlarida manba sferasining tuzilishi maqsadli soha subektlarini tushunishni qafiy belgilaydigan metafora haqidagi o'sha nuqtayi nazarni qayta ko'rib chiqish zarurligini takidlaydi. [18,19]
Haqiqatan, metaforizatsiya jarayoni doimiy ravishda sfera-manba va sfera-maqsad o'rtasida o'zaro tasir qiladi, bu esa butunlay o'ziga xos hodisalarning paydo bo'lishiga olib keladi. Tadqiqotchilar bor e'tiborlarini "tana aqli" nazariyasi haqiqatlarini aniqlashtirish va tushunishga qaratmoqdalar.
J.Zinken [31,32] voqelikni metaforik idrok etishda shaxsning hissiy-harakat tajribasi muhimligini qayd etib, metaforalarni tahlil qilishda madaniy va milliy qarashlarni hisobga olish zarurligini aytib o'tadi.Matn ichidagi metaforalarni alohida guruh sifatida ajratib ko'rsatgan tadqiqotchi, siyosiy voqealarni tushunish uchun ularning g'oyaviy ahamiyatini ko'rsatdi.[32].
Bu yondashuv I.Hellstenning umumiy tuzilmaviy metafora va tarixiy metaforalarni farqlash zarurligi haqidagi g'oyasiga mos keladi, ularning avlodi tarixiy nomlar va hodisalar zamonaviy siyosiy vaziyatlarga prognoz qilingan [14]. Xuddi shunday pozitsiyani P.Paris [21] egallab, tarixiy metaforalarni alohida guruh sifatida ajratib ko'rsatadi. Shuni takidlash kerakki, tana ongining nazariyasi bilan chambarchas bog'liq bo'lgan metaforalar asosan dunyoning turli qismlarida yuzaga keladigan metaforik oqibatlarning parellelligini belgilaydi, ular juda farq qiladi. Shu bilan birga, milliy tarix va madaniyat xususiyatlari metaforalarning milliy o'ziga xosligini belgilab beradi. Boshqa bir guruh metaforalar esa, odamlarning din, madaniyat va tarix bilan bog'langan oddiy tushunchalarni o'z ichiga oladi. Ularning ko'pchiligi Bibliyaga asoslangan umumiy nasroniy metaforalar hisoblanadi. Keyinchalik metafora haqida boshqa qarashlarni D.Ritchi metaforik talqinning biriktiruvchi nazariyasida taklif qildi. Tana tajribasi orqali fikrlashning asoslari haqidagi tezisga tayanib, tadqiqotchi metaforalarni kognitiv va kommunikativ matnda tahlil qilish kerakligini, shu jumladan, og'zaki muloqotning batafsil taqdimoti va aloqa ishtirokchilarining oldingi tajribasini takidlaydi [22]. Metaforalarning talqin qilish bevosita muloqot ishtirokchilarining umumiy hususiyatlariga bog'liq bo'lib, shuning uchun, tadqiqotchi sfera-manba va sfera-maqsad, shuningdek, ular o'rtasidagi aloqadorlikni ko'rib chiqishda ushbu jihatga alohida e'tibor qaratishi muhimdir. Har bir metafora o'ziga xos, aloxida kommunikativ matnda talqin qilinadi va har bir talqin sezilarli darajada farqlanishi mumkin[23].
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Tadqiqotchilarning aytishicha, yanada murakkab belgi bu konseptual sohalar o'rtasidagi munosabatlardir. Masalan, nizo haqida o'ylaganimizda "urush" asosiy tushuncha emas. Chunki nizo kelib chiqqan joyda bahs-munozara bo'lishi ham mumkin, lekin bu urush tushunchasi emas. Bu yerda bahs talqinining murakkab tuzilmasi mavjud (oddiy muhokamadan tortib, raqobat va urushgacha).
Metaforlarni matndan tashqarida tahlil qilganimizda ular ifodalayotgan manoni tushunish biroz mujmalroq bo'ladi. Masalan: agar "himoya", "pozitsiya" metaforalariga e'tibor qaratsak, ular urushga aloqador so'zlar ekanligini tushunish unchalik qiyin emas. Lekin "manevr", "taktika" so'zlari "urush" ni nazarda tutyaptimi yoki sport musobaqasi yoki shaxmat o'yini nazarda tutyaptimi aniqlash qiyindir. Buning uchun bizga albatta matn asosiy manba bo'lib xizmat qiladi. Matn ichida aynan metafora bog'langan birliklar yordamida o'sha metaforalar anglatayotgan mano aniqroq namoyon bo'ladi. Shuni aytib o'tish kerakki, g'oyalarning umumiy rivojlanishi kognitiv ravishda uning aloxida yo'nalishlarining rivojlanishiga, shuningdek, kognitiv metafora nazariyasining rivojlanishiga doimiy tasir qiladi. Konseptual metafora nazariyasining paydo bo'lish davrida metafora rivojlanishi bir yo'nalishli bo'lib, bunda sfera-manba maqsadli soha tarkibini belgilaydi deb faraz qilingan. Biroq, metaforik proektsiyani bir yo'nalishliligi haqidagi tezis haqida savollar ko'payib, metaforik o'zgarishlarning ko'p yo'nalishliligi to'g'risidagi faktlar tobora ko'proq muhokama qilinmoqda. Shunday qilib, S.Koulson [10] metafora bo'lishi mumkinligini aytib o'tdi, bunda maqsadli soha manba sferasini teskari tushunish uchun asos bo'lib xizmat qiladi, bu pozitsiyani " Birodarlar Menendez" komputer virusining metaforik nominatsiyasini tahlil qilish orqali tasvirlaydi. Malumki, jinoyatchi aka-ukalar o'z ota-onalarini o'ldirishgan, va meros huquqi bo'yicha katta boylikka ega bo'lishlari kerak edi. Ochiq sud jarayonida, aka-uka Menendezlar jinoyatni sababini uzoq vaqtdan buyon ota-onalari tomonidan zo'ravonlikka uchragani, va jinoyatni o'zi esa qasddan qotillik emas, balki o'z-o'zini himoya qilishdir deb izohlaydilar. Bu esa haqiqiy faktlarga tomomila zid edi, chunki qotillik paytida ota-ona qurolsiz bo'lishgan, va ikkala aka-uka ham 20 yoshdan katta bo'lishgan. "Birodarlar Menendez" komputer virusi, fayllarni buzish orqali, foydalanuvchining yo'q qilingan fayllar tufayli jismoniy zo'ravonlik qurboni bo'lganligini malum qilgan. Bir tomondan, virus metaforik proektsiya uchun nishon bo'lgan bo'lsa, boshqa tomondan aka-uka Menendezlar bilan sodir bo'lgan haqiqiy voqea-hodisani baholovchi xulosalarni o'z ichiga oladi. Kognitiv metaforaning tahliliga aloxida yondashuv konseptual bog'liqlik nazariyasi doirasida rivojlantirilgan.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
o
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Ushbu nazariya asoschilari M.Terner va J.Fokonier metaforalash maqsadli sferadan maqsadli sferaga proektsiya qilish bilan cheklanib qolmaydi, degan xulosaga kelishgan. Ushbu nazariya doirasida metaforaga kognitiv yondashuv J.Fokonier tomonidan psixik fazolar nazariyasi va konseptual metafora nazariyasi sintezi asosida ishlab chiqilgan bo'lib, uning ayrim qoidalari qayta ko'rib chiqilgan [10,28-30].
Dastlab, M.Terner va J.Fokonier ikki bosqichli metafora modeliga va ko'p bosqichli metafora modeliga muqobil bo'lgan modelni taklif qilgan edi. Tadqiqotchilarning fikricha, sfera-manbadan sfera-maqsadgacha bir yo'nalishli metaforik proektsiya turli xil murakkab, dinamik maxsus vaziyat bo'lib, uni tushunishda kognitiv metafora nazariyasiga ikki o'rtadagi bo'shliqni kiritish kerak bo'ladi. Shunday qilib, J.Lakoff va M.Johnson nazariyasidagi ikki konseptual sohadan farqli o'laroq, to'rtta aqliy bo'shliqni ko'rib chiqishni taklif etadi: ikkita boshlang'ich bo'shliq (kirish fazosi), umumiy makon (umumiy fazo)va aralash makon (aralash fazo). Garchi manba maydonlarining miqdori ikkitadan oqrtiq bo'lsa ham, konseptual metafora nazariyasida manba maydonlari manba-sfera va maqsad-sferaga bog'liqdir.
Umumiy makon har bir asl makonga xos bo'lgan ro'llar, ramkalar va sxemalarni o'z ichiga oladi, yani eng mavhum darajada metaforizatsiyaning asosi bo'lib xizmat qiladi. Aralashmada, asl bo'shliqlarning elementlari aralashtiriladi va natijada sifat jihatidan yangi konseptual struktura xosil bo'ladi. Bu struktura avvalgisiga bog'liq bo'lmagan xolda keying rivojlanish uchun o'z imkoniyatlariga ega bo'ladi. Bunday yondashuvni,masalan, Vashingtonda mashxur bo'lgan siyosiy metafora bilan ko'rsatishimiz mumkin: " Agar Klinten Titanik bo'lganda edi, aysberg cho'kib ketgan bo'lardi" ( If Clinten were the Titanic, an iceberg would sink) [30]. Bunda asosan ikki dastlabki aqliy bo'shliq konseptual bog'liqligi inobatga olingan: yani prezident kema bilan aloqador, jang esa aysberg bilan aloqador.
Blend ramka tuzilishini Titanik ramkasidan (kema sayohati va suvda ulkan narsa bilan to'qnashuv bor) va sabab va hodisalar tuzilishini mashhur Klinten senariysidan (Klinten omon qolgan, halokatga uchramagan) oladi. Ushbu misolda umumiy makonga faoliyatga jalb qilingan va aniq maqsad bilan boshqariladigan, birinchi obektning faoliyati uchun katta xavf tug'diradigan boshqa obekt bilan to'qnashadigan bitta obekt kiradi.
Ko'rinib turibdiki, umumiy maydonda bu to'qnashuvning natijasi oldindan belgilanmagan. Ichki maydon proektsiyasida metaforik belgi mavjud, biroq, aralash maydonda manba ramkasidan olinmagan sabab-hodisa tuzilmasi mavjud.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
Chet tilshunosligida ham metaforaning tanqidiy tahlili nazarasiyasi keng tarqaldi, bu esa, kognitiv tuzilmalarni modellashtirishni tahlil qilinayotgan voqealarni gumanistik tushunish bilan birlashtirishga imkon beradi [8,9,15,20,25].
Ayni shu paytda bazi tadqiqotchilar bu metodikaga tanqidiy baho berdilar. Jumladan, kognitiv metafora maydonidagi mashhur mutahassis P.Chilton aytib o'tadiki, metaforani tanqidiy tahlil qilish tarafdorlari "turli xildagi adolatsizlikka qarshi kurashishga harakat qilmoqdalar"[9,53]. Albatta, bu tezis yordamida muhokama qilish mumkin va zarurdir: liguistik-kognitiv tadqiqotning asosiy vazifasi adolatsizlikning barcha ko'rinishlariga qarshi tezkor kurashish emas, balki ijtimoiy adolatsizlikning barcha ko'rinishlariga jamoatchilik e'tiborini jalb qilishdir. Zamonaviy rus tadqiqotlarining o'ziga xos xususiyati-metafora tahliliga kognitivmunizarali yondashuvning nazariy va amaliy rivojlanishi bilan harakterlanadi. Siyosiy dunyoni turkumlashtirish va konseptuallashtirishda metafora rolining birlashtiruvchi tavsifini A.N.Baranov, Yu.X.Karaulov, E.S.Kubryakova, T.G.Skrebtsova, A.P.Chudinov, Z.V.Budayev lar asarlarida ko'proq uchratishimiz mumkin.
Bu yondashuv metaforaning kognitiv va diskursiv o'lchamlari o'rtasida katta farq mavjud emasligi to'g'risidagi tezisga asoslanadi. Shunga ko'ra, tadqiqotchilarning asosiy harakatlari metaforaning kognitiv va diskursiv xususiyatlarini aniqlashga qaratilgandir. Metafora bir vaqtning o'zida ham aqliy ham linguo-ijtimoiy hodisadir. Masalan, siyosiy matnlarni o'rganib shunga xulosa qilishimiz mumkinki, mahsus metaforaning yolg'iz kognitiv yoki yog'iz diskursiv tarafdan tasniflash metafora imkoniyatlarini to'laligicha ochib bera olmasligi mumkin [3,7]. Hozirgi tadqiqotlar shuni ko'rsatadiki, metafora tahliliga kognitiv yondashuv metaforologiyada muhim ro'l o'ynaydi, biroq kognitiv nazariyaning ko'p taraflari hali ham nomalumligicha qolmoqda. J.Lakoff va M.Johnson ilgari surgan g'oyalari butun dunyo bo'ylab keng tarqaldi va ko'plab amaliy natijalarga erishildi. Shu bilan birga, bu nazariya ko'plab ilmiy maktablar va yo'nalishlarda o'rganilib talqin qilinmoqda, keyingi rivojlanishlar uchun yangi usul va metodlar ishlab chiqilmoqda.
REFERENCES
1. Бapaнoв A. H. O титах coчeтaeмocти мeтaфopичecкиx мoдeлeй // Bonp. языкoзнaния. 2003. № 2. C. 73-94.
2. Баранов A. H., Караулов Ю.Н. Словарь русских политических метафор. M., 199G. 351 c.
XULOSA
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
о
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
3. Будаев Э.В., Чудинов А.П.Метафора в политической коммуникации. M., 2008. 248 с.
4. Кубрякова Е.С.Начальные этапы становления когнитивизма: лингвистика— психология—когнитивная наука // Вопр. языкознания. 1994. №4. C. 3-15.
5. Кубрякова E.C. Языкизнание: на пути получения знаний о языке: Части речи с когнтивной точки зрения. Роль языка в познании мира. M., 2004. 560 с.
6. Чудинов A. П. Россия в метафорическом зеркале: когнитивное исследование политической метафоры (1991-2000). Екатеринбург, 2001. 238 с.
7. Чудинов A. П. Метафорическая мозаика в современной политической коммуника-ции. Екатеринбург, 2003. 248 с.
8. Chilton P. A. Security Metaphors. Cold War Disburse from Containment to Соттоп Ноше. NewYork; Bern; Frankfurt а/М, 1996. 468 p.
9. Chilton P.,Lakoff G. Foreign РоНсу by Metaphor // Language and Реасе /ed. Ву Ch. S^fta, A. Wenden. L.; N. Y., 2004. P. 37-74.
10. Coulson S. The Menendez Brothers Virus: Analogical Mapping in Blended Spaces //
Conceptual Structure, Discourse, and Language /ed. by A. Goldberg. Palo Alto, 1996. P. 67-81.
11. Fauconnier G., Turner M. Conceptual Integration Networks // Cognitive Science. 1998. Vbl. 22 (2). P. 133-187.
12. Grady J., Taub S., Morgan S. Primitive and Compound Metaphors // Conceptual Structure, Discourse and Language / ed. by A. Goldberg. Stanford, CA, 1996. P.
13. Grady J. Theories are buildings revisited // Cognitive Linguistics. 1997. Vol. 8 (G). P. 267-290.
14. Hellsten I. Door to Europe or Outpost Towards Russia? Political metaphors in Finnish EU journalism //Journalism at the Crossroads: Perspectives on Research / ed. J. Koivisto, E. Lauk. Tartu, 1997. P. 121-141.
15. Kelly-Holmes H., O'Regan V. «The spoilt children of Europe». German press cover age of the Nice Treaty referenda in Ireland // Journal of Language and Politics. 2004. Vol. 3, №1. P. 81-116.
16. Lakoff G. The Invariance Hypothesis: Is Abstract Reason Based on Image Schemata? //
Cognitive Linguistics. 1990. Vol. 1,№1. P. 39-74.
17. Lakoff G., Johnson M. Metaphors We Live by. Chicago, 1980. 242 p.
18. Musolff A. Metaphor and Political Discourse. Analogical Reasoning in De-bates
177-187.
Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor
O
R
VOLUME 2 | ISSUE 3 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7
about Europe. Basingstoke, 2004. 224p.
19. Musolff A. Metaphor Scenarios in Public Discourse // Metaphor and Symbol. 2006. Vol. 21 (1). P. 23-38.
20. Oberhuber F., Barenreuter C., Krzyzanowski M. et al. Debating the European Constitution: On representations of Europe / the EU in the press // Journal of Language and Politics. 2005. Vol. 4 (2). P. 227-271.
21. Paris R. Kosovo and the Metaphor War // Political Science Quar-terly. 2002. Vol. 117, №3. P.423-450.
22. Ritchie L. D. «Argument is War» — Or is it a Game of Chess? Multiple Meanings in the Analysis of Implicit Metaphors // Metaphor and Symbol. 2003. Vol. 18 (2). P. 125-146.
23. Ritchie L. D. Common Ground in Metaphor Theory: Continuing the Conversation // Metaphor and Symbol. 2004.Vol. 19 (3). P. 233-244.
24. Santa Ana O. Brown Tide Rising: Metaphors of Latin osin Contemporary American Public Discourse. Austin, TX, 2002.402 p.
25. Santa Ana O. 'Like an animal I was treated': anti-immigrant metaphor in US public discourse // Discourse and Society. 1999. Vol. 10, № 2. P. 191-224.
26. Spellman B., Ullman J., Holyoak K. A Coherence Model of Cognitive Consistency: Dynamics of Attitude Change During the Persian Gulf War // Journal of Social Issues. 1993. Vol. 49 (4). P. 147-165.
27. Straehle C. et al. Struggleas Metaphor in European Union Discourses on Unemployment // Discourse and Society. 1999. Vol. 10, № 4. P. 67-100.
28. Turven M. Aspects of the Invariance Hypothesis // Cognitive Linguistics. 1990. Vol. 1, № 2. P. 247-255.
29. Turven M., Fauconnier G. Conceptual Integration and Formal Expression // Metaphor and Symbolic Activity. 1995. Vol. 10 (3).P. 183-204.
30. Turven M., Fauconnier G. Metaphor, Metonymy, and Binding // Metaphor and Metonymy at the Crossroads: A Cognitive Perspective / ed. A. Barcelona. Berlin; New York, 2000. P. 133-145.
31. Zinken J.Ideological Imagination: Intertextual and Correlational Metaphors in Political Discourse // Discourse and Society. 2003. Vol. 14(4). P. 507-523.
32. Zinken J. Imagination im Diskurs. Zur Modellierung metaphorischer Kommunikation und Kognition: Dissertation zur Erlangung der Wurde eines Doktors im Fach Linguistik. Bielefeld, 2002. 262 S.