Научная статья на тему 'FORS TILIDA POLISEMIYANING FE’LLAR ORQALI NAMOYON BOʻLISHI'

FORS TILIDA POLISEMIYANING FE’LLAR ORQALI NAMOYON BOʻLISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
84
12
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
polisemiya / koʻchma mano / ma’no koʻchishi / leksik ma’no / soda fe’l / uzual va okkozional ma’no / metonimiya / metafora / sinekdoxa / polysemy / mobile meaning / conveying meaning / lexical meaning / simple verb / usual and occasional meaning / metonymy / metaphor / synecdoche.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ahmedova, Dilfuza Rafukjanovna

Polisemiya tilning ham nazariy, ham amaliy jihatdan o‘rganilishi zarur bo‘lgan hodisasi hisoblanadi. Uning nazariy hal etilishi esa tilning mantiq bilan bog‘liq, u bilan aloqador tomonini aloqadorlik qonuniyatlarini hal qilib chiqish bo‘ladi. Uning amaliy tomoni esa tarjima, izohli lug‘at kabi lug‘atlar strukturasi demakdir. Polisemiya so‘zning semantik strukturasi nuqtai nazaridan olib o‘rganiladi. So‘zning semantik strukturasi esa uning obyektiv borliq bilan bog‘liq tomonidir. Ma’lum tildagi polisemiya o‘rganilar ekan, o‘sha xalqning tarixiy taraqqiyoti, fikrlash doirasi, nuqtai nazari kabilarga ham e’tibor berilgan bo‘lardi. Til boyligining mana shunday tarmog‘i esa, to‘laligi bilan olib qaralganda, tekshirish obyekti bo‘lmay kelmoqda. U ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo‘lishiga qaramay, mana shunday muammoli masala barcha xalqlar tilshunosligida hamon e’tibordan chetda turibdi. Eron tilshunoslari tomonidan ham fe’llarda koʻpma’nolilik, xususan soda fe’llar ma’nolari boʻyicha tadqiqotlar olib borilgan. So‘zning semantik tarkibidagi leksik ma’nolar dastlab ikkita katta guruhga hozirgi leksik ma’nolarga va avvalgi leksik ma’nolarga ajratiladi. Hozirgi leksik ma’no til taraqqiyotining hozirgi bosqichiga, avvalgi leksik ma’nolar esa til taraqqiyotining o‘tmishdagi bosqichlariga xosdir. Shuning uchun hozirgi leksik ma’no tavsifiy semasiologiyada, avvalgi leksik ma’nolar esa tarixiy (diaxron) semasiologiyada o‘rganiladi. Mavzuimiz obyekti bo‘lgan fors tilidagi sodda fe’llarda polisemiya masalasi ham shular jumlasidandir.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

POLYSEMY OF SIMPLE VERBS IN THE PERSIAN LANGUAGE

Polysemy is a language phenomenon that needs to be studied both theoretically and practically. Its theoretical solution is connected with the logic of language, it is connected with the solution of the laws of communication. Its practical side is the structure of dictionaries such as translation and explanatory dictionaries. Polysemy is studied from the point of view of the semantic structure of the word. The semantic structure of a word is its aspect associated with objective existence. When studying the polysemy of a language, attention will be paid to the historical development of this people, the scale of thinking and point of view. This network of linguistic richness, taken as a whole, is no longer the object of study. Despite its theoretical and practical significance, such a problematic issue still remains unattended in the linguistics of all nations. Iranian linguists have also conducted research on verb ambiguity, especially the meanings of simple verbs. Lexical meanings in the semantic structure of a word are initially divided into two large groups current lexical meanings and previous lexical meanings. The current lexical meaning is characteristic of the current stage of language development, and previous lexical meanings are characteristic of past stages of language development. Therefore, the current lexical meaning is studied in descriptive semasiology, and the previous lexical meanings are studied in historical (diachronic) semasiology. Among them is the question of polysemy of simple verbs in the Persian language, which is the subject of our topic.

Текст научной работы на тему «FORS TILIDA POLISEMIYANING FE’LLAR ORQALI NAMOYON BOʻLISHI»

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

UO'K (UDK, UDK): 811.22.1: 81.2-5-98

FORS TILIDA POLISEMIYANING FE'LLAR ORQALI NAMOYON

BO'LISHI

Ahmedova Dilfuza Rafukjanovna

f.f.d., dotsent

Toshkent davlat sharqshunoslik universiteti, Toshkent, O'zbekiston Tarjimashunoslik va xalqaro jurnalistika kafedrasi [email protected]

Polisemiya tilning ham nazariy, ham amaliy jihatdan o 'rganilishi zarur bo 'lgan hodisasi hisoblanadi. Uning nazariy hal etilishi esa tilning mantiq bilan bog'liq, u bilan aloqador tomonini aloqadorlik qonuniyatlarini hal qilib chiqish bo 'ladi. Uning amaliy tomoni esa tarjima, izohli lug'at kabi lug'atlar strukturasi demakdir. Polisemiya so 'zning semantik strukturasi nuqtai nazaridan olib o 'rganiladi. So 'zning semantik strukturasi esa uning obyektiv borliq bilan bog'liq tomonidir. Ma'lum tildagi polisemiya o'rganilar ekan, o 'sha xalqning tarixiy taraqqiyoti, fikrlash doirasi, nuqtai nazari kabilarga ham e'tibor berilgan bo 'lardi. Til boyligining mana shunday tarmog'i esa, to 'laligi bilan olib qaralganda, tekshirish obyekti bo 'lmay kelmoqda. U ham nazariy, ham amaliy ahamiyatga ega bo'lishiga qaramay, mana shunday muammoli masala barcha xalqlar tilshunosligida hamon e'tibordan chetda turibdi. Eron tilshunoslari tomonidan ham fe'llarda ko'pma'nolilik, xususan soda fe'llar ma 'nolari bo 'yicha tadqiqotlar olib borilgan. So 'zning semantik tarkibidagi leksik ma 'nolar dastlab ikkita katta guruhga - hozirgi leksik ma 'nolarga va avvalgi leksik ma 'nolarga ajratiladi. Hozirgi leksik ma 'no til taraqqiyotining hozirgi bosqichiga, avvalgi leksik ma'nolar esa til taraqqiyotining o'tmishdagi bosqichlariga xosdir. Shuning uchun hozirgi leksik ma'no tavsify semasiologiyada, avvalgi leksik ma'nolar esa tarixiy (diaxron) semasiologiyada o'rganiladi. Mavzuimiz obyekti bo 'lgan fors tilidagi sodda fe'llarda polisemiya masalasi ham shular jumlasidandir.

Kalit so'zlar: polisemiya, ko'chma mano, ma'no ko'chishi, leksik ma'no, soda fe'l, uzual va okkozional ma 'no, metonimiya, metafora, sinekdoxa

+99890 357 60 30 +99890 931 34 58

ANNOTATSIYA

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ПОЛИСЕМИЯ ПРОСТЫХ ГЛАГОЛОВ В ПЕРСИДСКОМ ЯЗЫКЕ

Ахмедова Дилфуза Рафукжановна

д.ф.н., доцент

Кафедра переводоведения и международной журналистики Ташкетский государственный университет востоковедения, Ташкент,

Узбекистан АННОТАЦИЯ

Полисемия - явление языка, которое необходимо изучать как теоретически, так и практически. Ее теоретическое решение связано с логикой языка, оно связано с решением законов связи. Его практической стороной является структура словарей типа переводного и толкового словаря. Многозначность изучается с точки зрения семантической структуры слова. Семантическая структура слова - это его аспект, связанный с предметным существованием. При изучении многозначности того или иного языка внимание будет обращено на историческое развитие этого народа, масштаб мышления и точку зрения. Такая сеть языкового богатства, взятая в целом, больше не является объектом изучения. Несмотря на свою теоретическую и практическую значимость, столь проблемный вопрос до сих пор остается без внимания в языкознании всех народов. Иранские лингвисты также провели исследования двусмысленности глаголов, особенно значений простых глаголов. Лексические значения в семантической структуре слова изначально делятся на две большие группы - текущие лексические значения и предшествующие лексические значения. Текущее лексическое значение характерно для текущего этапа развития языка, а предшествующие лексические значения характерны для прошлых этапов развития языка. Поэтому текущее лексическое значение изучается в описательной семасиологии, а прежние лексические значения изучаются в исторической (диахронической) семасиологии.Среди них - вопрос многозначности простых глаголов персидского языка, являющийся предметом нашей темы.

Ключевые слова: полисемия, мобильное значение, передача значения, лексическое значение, простой глагол, узуальное и окказиональное значение, метонимия, метафора, синекдоха.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

POLYSEMY OF SIMPLE VERBS IN THE PERSIAN LANGUAGE

Dilfuza Akhmedova

DSc, Lecturer at the Tashkent State University of Oriental Studies Tahshkent, Uzbekistan

ABSTRACT

Polysemy is a language phenomenon that needs to be studied both theoretically and practically. Its theoretical solution is connected with the logic of language, it is connected with the solution of the laws of communication. Its practical side is the structure of dictionaries such as translation and explanatory dictionaries. Polysemy is studied from the point of view of the semantic structure of the word. The semantic structure of a word is its aspect associated with objective existence. When studying the polysemy of a language, attention will be paid to the historical development of this people, the scale of thinking and point of view. This network of linguistic richness, taken as a whole, is no longer the object of study. Despite its theoretical and practical significance, such a problematic issue still remains unattended in the linguistics of all nations. Iranian linguists have also conducted research on verb ambiguity, especially the meanings of simple verbs. Lexical meanings in the semantic structure of a word are initially divided into two large groups - current lexical meanings and previous lexical meanings. The current lexical meaning is characteristic of the current stage of language development, and previous lexical meanings are characteristic of past stages of language development. Therefore, the current lexical meaning is studied in descriptive semasiology, and the previous lexical meanings are studied in historical (diachronic) semasiology. Among them is the question ofpolysemy of simple verbs in the Persian language, which is the subject of our topic.

Key words: polysemy, mobile meaning, conveying meaning, lexical meaning, simple verb, usual and occasional meaning, metonymy, metaphor, synecdoche.

Til ijtimoiy hodisa bo'lib, kishilarning o'zaro aloqasini yo'lga qo'yishga xizmat qiladi. Shuning uchun ham til jamiyatga bog'liq holda o'zgarib turadi, uning yangi-yangi qonuniyatlari vujudga keladi. Polisemiya har qanday tilda ham salmoqli o'rin tutadi. Til boyligi faqat so'zlar, iboralar bilangina emas, so'zlarning leksik ma'nolari

KIRISH

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

bilan ham o'ichanadi. Demak, so'zlaming ko'p ma'noliligi - polisemiya til boyligida o'z o'rniga ega (1,3).

Mavzuning maqsadi. Fors tilida sodda fe'llarda polisemiya hodisasini o'rganish, bu fe'llarga birlashuvchi ma'nolarning o'zaro munosabatini yoritishdan iborat.

Mavzuning o'rganilish darajasi. Polisemiya haqida lekikologiya, semasiologiya yoki tilshunoslikka kirishga bag'ishlangan darsliklarda berilgan ma'lumotlardan tashqari, ma'lum tomonlarini o'rganishga bag'ishlangan ba'zi ilmiy ish yoki maqolalar ham e'lon qilingan.

Polisemiya hodisasi bo'yicha o'zbek tilida 1966 yili T.Aliqulov "Ot so'z turkumida polisemiya hodisasi" mavzusi bo'yicha nomzodlik ishi qilgan. M.Mirtojiev 1995 yilda "Узбек тилида полисемия " nomli monografiyasini nashr ettirgan (1). Rus tilshunosligida ham polisemiyaga bag 'ishlangan ishlar ko'p. Fors tilida polisemiya hodisasi masalalari L.Peysikovning «Лексикология современного персидского языка» va A.Quronbekovning "Fors tili leksikologiyasi" (2) kitoblarida yoritilgan.

Eron tilshunosligida fe'llarda ko'p ma'nolilik hodisasiga bag'ishlangan qator ishlarni kuzatish mumkin. Bulardan ^ijj" o^j jl Jbij ^l v^j* J*il ^jIî** ^jjj ^J^U" ^Ai^U**" (5), ^JIJ* ^IJJI "^jli ÙJj JJ V^J* J*i ^jli** ^JJJ" (6), AUIJ ùljj J*îl jJ ^Jîb ^jli** AJJ^i* AJ ^wli" ^JJ&JJJ" (7), ^ji^ .

"^^ijli ùljj jJ '.^J" J*î ^jlÎJ J AÎA*j ^^AJijli**" (8), ^iûj" " AJ ^jkli" ^JJ^JJJ

^^jli J*i" (9), j^Î* JJ J^J* j^ii^ " (10), liî^ ù^^jl " ^i^î

^J^li" ^j^j :^jli ùljj jJ «ù^» J*i ojli**" (11) ishlarini sanab o'tish lozim.

Mavzuning vazifalari. - fors tilidagi jami sodda fe'llar ichidan polisemantik xususiyatga ega fe'llar ajratib olindi;

- polisemantik fe'llarda leksik ma'no taraqqiyoti natijalari o'rganildi;

- leksik ma'no taraqqiyoti natijasida fors tilidagi sodda fe'llar anglatgan ma'no miqdori jihatidan alohida guruhlarga bo'linadi;

- bir leksikaga birlashgan ma'nolarning o'zaro munosabati aniqlandi.

So'zning leksik ma'nosi qotib qolgan, o'zgarmas hodisa emas, u ancha barqaror bo'lsa-da, ma'lum omillar ta'sirida, uzoq yillar davomida o'zgarishi mumkin. Bunday o'zgarishlarga sabab bo'ladigan omillar ikki xildir: 1) ekstralingvistik (nolisoniy) omillar - ijtimoiy-iqtisodiy hayot, ong, tafakkur rivoji va b.lar. Masalan, oyoq so'zi dastlab inson a'zolaridan birini nomlagan, keyinchalik u xontaxta, kursi, stol, stul, karavot kabi mebellarning «oyog'i»ni ham atay boshlagan: xontaxtaning oyog'i, kursining oyog'i, stolning oyog'i, karavotning oyog'i kabi. Bunga inson

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

yashab turgan muhitda turli-tuman mebel-jihozlarning paydo bo'lganligi, shu bilan bog'liq ravishda inson ongida yangi tasavvurlarning yuzaga kelganligi, nihoyat, til bilan ijtimoiy hayot, ong va tafakkur o'rtasidagi murakkab aloqalar sabab bo'lgan; 2) lingvistik (lisoniy) omillar - til birliklarining til sistemasi ichidagi munosabatlari. Masalan, tilning lug'at boyligidagi aniq va ochiq leksemalari kontekstual sinonimiya munosabatida bo'lishi mumkin: aniq gapirmoqva ochiq gapirmoq kabi, ammo «ochiq eshik»ni «aniq eshik» deb bo'lmaydi, bunga aniq va ochiq leksemalarining ma'no xususiyatlaridagi o'ziga xoslik, ularning valentlik imkoniyatlari yo'l qo'ymaydi. Demak, leksemaning leksik ma'nosi yuqorida keltirilgan omillar ta'sirida o'zgarib turadi, leksik ma'no taraqqiyoti deyilganda shular nazarda tutiladi. Bunday taraqqiyotning yo'llari ham har xildir: ma'noning ko'chishi, kengayishi va torayishi, bundagi miqdor va hajm o'zgarishlari shular jumlasidandir.

Tillarning boy yoki kambag'al ekanligi nafaqat shu tildagi so'zlarning miqdoriga, balki so'zlar bildirayotgan ma'nolarning soniga ham bog'liq bo'ladi. Til birliklari monosemantik va polisemantik xususiyatlarga ega.

Leksik monosemiya (yunoncha: monos - «bir»+semia - «belgi») -leksemaning faqat bitta ma'noga ega bo'lishi. Masalan, o'zbek tilidagi guruch leksemasi »sholidan oqlab olinadigan oshlik don» ma'nosini, abadiy leksemasi «mangu, doimiy» ma'nosini, tun leksemasi «sutkaning kun botishdan kun chiqqungacha, oqshomdan tong otguncha bo'lgan qismi» ma'nosini ifodalaydi. Bu leksemalarning boshqa ma'nolari yo'q.

Atoqli otlar ham shartli ravishda monosemantik leksemalar qatoriga qo'shiladi.

Monosemiya xodisasi o'zbek tilshunosligida bir ma 'nolilik deb ham yuritiladi. Bir ma'nolilik ko'proq terminlarga, yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o'zlashtirilgan leksemalarning boshlang'ich ishlatilish davriga xosdir.

Yangi yaratilgan yoki boshqa tildan yangi o'zlashtirilgan leksemalar vaqt o'tishi bilan turli lisoniy va nolisoniy omillar ta'sirida ko'p ma'noli so'zlarga aylanib qolishi mumkin.

Leksik polisemiya (yunoncha: poli-«ko'p»+semia-«belgi») - leksemaning bir necha ma'noga ega bo'lishi. Masalan, tuzleksemasining semantik tarkibida quyidagi leksik ma'nolar bor: 1) «kislota tarkibidagi vodorod o'rnini biror metall egallashi natijasida xosil bo'ladigan kimyoviy birikmalar» (asosiy tuzlar, sulfat kislota tuzlari); 2) «kimyoviy birikmaning ovqat uchun ishlatiladigan bir turi» (osh tuzi); 3) ko'chma: «kimsaning boshqa odamga bergan, yedirgan-ichirgan ovqati» (tuz bermoq, tuzini yemoq); 4) ko'chma: mantiq, ma'no, mazmun.

Leksik polisemiya, odatda, bir leksemaning semantik tarkibidagi leksik ma'nolar orasida mazmuniy bog'lanish borligiga tayanadi, shu xususiyati bilan leksik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

omonimiyadan farqqiladi. Leksik polisemiyaning yuzaga kelishi ma'no taraqqiyoti qonuniyati bilan belgilanadi.

Prof.A.Quronbekovning ta'kidlashlaricha polisemiya tarkibidagi vujudga kelgan omonimlarni boshqa ma'no belgilaridan farqlash o'ta qiyin. Masalan: "parde" -"parda", "ekran", "san'at asari", "soz pardasi" Bu ma'nolar orasidagi iCderaza pardasi" bilan "soz pardasi"ni bir-biridan uzoq ma'noli omonimlar deyish mumkin. Ularning orasidagi bu farq faqat sintaktik va semantik valentlikda ma'lum bo'ladi. Parde-ye panjare - deraza pardasi; parde-ye 'aroq - Iroq ohangi orasida farq juda katta. Bularni bir so'zning bir-biriga yaqin ma'no belgilari debbo'lmaydi. Bu bir-biridan uzoq ma'no belgilari - omonimlardir. Lekin lug'atlarda so'zning bu ma'nosi omonim sifatida qaralmaydi. Ko'p ma'noli so'zlardagi ma'no yaqinligi bilan omonimlar o'rtasidagi farqlarni ajratishning aniq ko'rsatkichlari ishlab chiqilmagan. Bu mavzu fors tili leksikologiyasida o'z yechimini kutayotgan dolzarb muammolardan biridir (2,18).

Misollar tahlili natijasida huddi shunday muammoli holga lPjj^ fe'li misolida duch kelindi.úJJJ^ 1) yemoq; 2) ichmoq; 3) yutmoq; 4) og'z. tushunarsiz gapirmoq; 5) o 'zlashtirib olmoq; 6) sport. yutqazmoq; 7) mo 'Ijalga tushmoq; 8) urilib ketmoq; 9) tegmoq; 10) og'z. to'g'ri kelmoq kabi ma'nolarni anglatadi. Nazarimizda ushbu fe'lning 6, 7, 8, 9, 10 ma'nolari uning bosh ma'nosidan tubdan farq qilib, buni alohida omonim sifatida ajratish maqsadga muvofiq lekin bu masala alohida tadqiqotni talab etadi.

So'z ma'nolarini analiz qilish orqali shuni kuzatish mumkinki, barcha so'zlar dastlabki bosqichda monosemantik xarakterga ega bo'ladi. Ulardan muayyan narsa va hodisalarni ifodalash maqsadlarida foydalaniladi. Keyinchalik ular boshqa predmet va hodisalarni ifodalash maqsadlari uchun ham ishlatiladi. Natijada so'zlarning keyingi ma'nolari kelib chiqadi.

Polisemiya hodisasining yuzaga kelishida ko'chma ma'noning hosil bo'lishi muhim rol o'ynaydi.Ko'chma ma'nolar bir toifa voqelik atamasini boshqa toifadagi voqelikka ko'chirish jarayonida vujudga keladi. Masalan: ûPVjâ ^jSU. (caquye fuladin) - po'lat pichoq;CB^j* »^jl (eradeye fuladin) - po'lat irodali. Bu o'rinda birinchi birikmada "po'lat" tom ma'noda, ikkinchi birikmada ko'chma ma'noda, ya'ni "mustahkam", "bukilmas" ma'nosida qo'llanilmoqda (2,9).

Polisemiyani vujudga keltiruvchi faktorlarni olimlar ikkiga bo'ladilar.1. Lingvistik faktor. 2. Nolingvistik faktor. Ellipsis, so'z formasining fonetik o'zgarishi va semantik kalka hodisalarini lingvistik faktorlar yordamida hosil bo'ladi deb talqin qiladilar.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Aslida birikmaga teng bo'lgan til birligining tarkibidan biror komponent tushib qolsa-yu, qoldirilgan qism orqali butun ma'no ifodalanadigan bo'lsa, bu hodisaga ellipsis hodisasi deyiladi.

So'z formasining fonetik o'zgarishida shu so'zning tarkibidagi so'z yasovchi yoki shakl yasovchi qo'shimcha nutq jarayonida tushirib qoldiriladi, lekin shunga qaramasdan kutilgan ma'no yuzaga chiqaveradi.

Lingvistik faktor yordamida ma'no ko'chishning keyingi yo'li semantik kalka sanaladi. Semantik kalka usulida chet tillaridan o'zlashayotgan so'z aynan tarjima qilinadi. Bu tarjima tilida azaldan ishlatilib kelinayotgan so'zlar hisobiga amalga oshiriladi. O'z-o'zidan yangi paydo bo'lgan so'z avvalgisiga nisbatan ikkinchi ma'no bo'lib qolaveradi.

Shuningdek, so'zlarning sinonimik, antonimik, paronimik munosabatlari natijasida ham yangi ma'no hosil bo'lishi kuzatiladi.

Umuman olganda, ma'no ko'chish hodisasi uchun xilma-xil omillar asos vazifasini o'tashi mumkin.

Ma'noning ko'chishi - bir predmet (yoki hodisa) nomining keyinchalik boshqa predmet yoki hodisani anglatish xususiyatiga ega bo'lishi.Bunday ko'chish shu nom bilan atalayotgan ikki yoki undan ortiq predmet (hodisa) o'rtasidagi aloqadorlikka asoslanadi. Masalan, nafas leksemasining bosh (to'g'ri) ma'nosi «o'pkaga olinadigan va undan chiqariladigan havo»dir, ammo nafasingizni iliqqiling deganda nafasleksemasi «havo»ni emas, «gap»ni va «niyat»ni ifodalamoqda, chunki nafas olish va nafas chiqarishsiz gap shakllanmaydi, gapsiz esa fikr-niyat ifodalanmaydi: nafas,gap, fikr-niyat o'rtasidagi ana shu aloqa va bog'lanish nafas leksemasining mazmun mundarijasidagi ma'no ko'chishlariga sabab bo'lgan.

Yangi ma'noning nolingvistik usul bilan hosil qilinishi 4 xil yo'l bilan amalga oshiriladi.

1. Metafora, 2. Metonimiya, 3. Sinekdoxa. 4. Vazifadoshlik.

Polisemiya hodisasida shu narsaga alohida diqqat qilinadiki, ko'chma ma'noda biror predmet, voqea yoki hodisa nomi shunga o'xshagan boshqa predmet yoxud voqea-hodisalarga ko'chiriladi. Natijada tilda o'z nomiga ega bo'lmagan predmet, voqea-hodisa yangi nom oladi va oldingi nomga nomdosh bo'lib qoladi. Bularning birinchisi nomdoshlovchi, ikkinchisi nomdoshlanuvchidir.

Predmet yoki voqea- hodisalar o'rtasidagi o'xshashlik asosidagi ma'no ko'chishiga metafora deyiladi (lotincha metaphora -ko'chirish degan ma'noni bildiradi) .

Predmetlar o'rtasidagi o'xshashlik uchun ularning turli jihatlari asos qilib olinishi mumkin.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Masalan: odamning burni-geografik burun, ko 'ylakning etagi-daryoning etagi, osmondagi oy-bayroqdagi oy kabi. Bu o'rinda predmetlarning tashqi jihatdan o'xshashliklariga alohida ahamiyat berilgan. Shuningdek, ularning ichki o'xshashliklari, vazifaviy bir xilliklari asosida ham ma'no ko'chiriladi. Misol uchun toza ko'ylak-toza odam, to 'g'ri yo 'l-to 'g'ri gap, do 'stim keldi-suv keldi kabi.

Metafora usuli bilan ma'no ko'chish hodisasi ot, fe'l, sifat so'z turkumlarida ko'p uchraydi.

Misollarga e'tibor beraylik: oltin kuz, temir intizom, po 'lat iroda; shirin gap, achchiq haqiqat, uzun suhbat; suhbat qizidi, ko'ngli sovudi, gap cho'zildi. E'tibor berilsa, barcha o'rinlarda o'xshashlik birinchi planga chiqayotganini va metaforani vujudga keltirayotganini sezish mumkin.

Metonimiya so'zi yunoncha metomumia — qayta nomlash so'zidan olingan bo'lib, biror predmet, voqea—hodisani o'xshashlik asosida emas, balki o'zaro aloqadorlik asosida yangi nom bilan ataydi.

Metonimiyaning asosiy ko'rinishlari sifatida quyidagilarni ko'rsatish mumkin.

1. Biror predmet yoki hodisadagi nom shu qismga ko'chiriladi. Masalan: shahar- odamlar g'uj yashaydigan, madaniy markaz. Butun shahar ko'chib chiqdi gapida esa shaharda yashovchi odamlar nazarda tutilyapti. Bosh - odam gavdasining yelkadan yuqori qismi. Boshim qotib qoldi gapida esa miya ma'nosini beryapti. Demak, bunday holatlarda predmetlar o'rtasidagi ma'no ko'chirish uchun mezon qilib olinadi.

2. Biror narsaning nomi shu narsaga asoslangan o'lchov birligining nomi sifatida olinadi. Kun - quyosh, kun - 24 soatlik o 'Ichov birligi, soat-kun vaqtlarini aniq ko'rsatib beruvchi mexanizm, soat - aniq vaqt, oy - samodagi planeta nomi, oy-yil bo 'lagi.

3. Bir predmetning nomi shu predmetdan hosil qilingan narsaga ko'chiriladi. Masalan, choy - o 'simlik, choy - ichimlik, suv - tabiiysuyuqlik, suv - har xil sanoat mahsulotlari va hokazo.

4. Belgining nomi shunday belgisi bor narsaga ko'chiriladi; achchiq (maza, ta 'm) - achchiq (qalampir), chayon (zaharli hasharot) -chayon (serjahl, yomon odam), zahar (og 'u) - zahar (maraz odam) va shu kabilar.

5. Ayrim narsa- predmetlar nomi ma'lum bir xatti - harakatlar natijasida o'zaro aloqadorlik yo'li bilan hosil qilingan, lekin bu usul diaxron xarakterga ega bo'lib, tilimizning bugungi bosqichida uchramaydi. Qatlama — xamirni qat - qat qilib qo'yish natijasida, to 'y - to 'ymoq fe'lidan, qirindi - qirmoq so'zidan yasalgan.

6. Boburni yodladim, Amerikani uchratdim, Navoiyni varaqlab ko 'rdim kabi birliklarda ham aloqadorlik hodisasi mavjud deb qaraladi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Sinekdoxa qism orqali butunni, butun orqali esa qismini ifodalash sanaladi. Sinekdoxa usuli asosida ham predmetlar orasidagi aloqadorlik yotadi. Shu bois unga metonimiyaning bir ko'rinishi sifatida baho berish ham mumkin, lekin bu aloqadorlikda butun-bo'lak munosabati doimo yaqqol ko'rinib turadi. Misollarga e'tibor beraylik.

Tuyoq boqmoq (mol yoki qo 'y boqmoq), tirnoqqa zor (farzandga) kabi ko'rinishlarda qism orqali butun ifodalanyapti.

O 'zbekiston yutdi, Farg 'ona keldi iboralarida esa bir kishi yoki guruh nazarda tutiladi. Bunday o'rinlarda esa butun orqali qism ifodalanadi.

Ma'no ko'chishning yana bir usuliga funksional ko'chish deyiladi. Ba'zi bir adabiyotlarda unga vazifadoshlik asosidagi ma'no ko'chish deb ham baho beriladi. Bu usulning mohiyati shundan iboratki, ma'no ikki predmet o'rtasidagi vazifaviy o'xshashlik asosida ko'chiriladi.

Masalan: oyoq- insonning tik turishi uchun xizmat qiladigan anatomik organ. Stulning oyog 'i deb ataganimizda ham ana shu funksiyaga asoslaniladi.

Odamning ko 'zi - derazaning ko 'zi (har ikkalasi ko'rish uchun), qushning qanoti - samolyotning qanoti (hap ikkalasi uchish uchun) misollarida ham vazifadoshlik asosidagi ma'no ko'chishni kuzatishimiz mumkin.

Yana shuni ham alohida aytib o'tish joizki, ba'zi bir holatlarda bir vaqtning o'zida metaforik - funksional, metaforik- metonimik yoki metonimik - funksional, metoforik - sinekdoxa usullari namoyon bo'lib qoladi. Misol uchun ko'k - osmon, ko 'k - tepa, yuqori, bosh - kalla, bosh - bir juft holatlarida metaforadan tashqari metonimik holat ham mavjud. Umuman olganda, so'z ma'nosining ko'chishi murakkab va ko'p qirrali hodisa sanaladi.

So'zning semantik tarkibidagi leksik ma'nolar dastlab ikkita katta guruhga -hozirgi leksik ma'nolarga va avvalgi leksik ma'nolarga ajratiladi.

Hozirgi leksik ma'no til taraqqiyotining hozirgi bosqichiga, avvalgi leksik ma'nolar esa til taraqqiyotining o'tmishdagi bosqichlariga xosdir. Shuning uchun hozirgi leksik ma'no tavsifiy semasiologiyada, avvalgi leksik ma'nolar esa tarixiy (diaxron) semasiologiyada o'rganiladi.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

Hozirgi leksik ma'nolar o'z navbatida bosh ma'no va xosila ma'no kabi tiplarga bo'linadi, ular kontekst talabiga ko'ra to'g'ri ma'no va ko'chma ma'no, nominativ (nomlovchi) ma'no va majoziy ma'no, erkin ma'no va bog'li ma'no (yoki bog'langan ma 'no) nomlari bilan ham ataladi. Tildagi leksik polisemiya ana shu bosh va hosila ma'nolar tizimiga asoslanadi.

Hosila ma'no bosh ma'nodan taraqqiy etib chiqqan ma'nodir. Masalan, tulki so'zining hosila ma'nosi "O'taketgan ayyor, makkor odam"dir. Bu ma'no ayrim

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

kishilarning xatti-harakatini tulkining xiylakorligiga o'xshatish, nisbatlash orqali (metafora yo'li bilan) yuzaga keltirilgan: Xaqiqatda esa bu tulkilar uni laqillatadilar.

So'zning hosila ma'nosi kontekst talabidan kelib chiqib, ko'chma ma'no (so'zning to'g'ri ma'noda ifodalangan narsa-hodisalardan boshqa narsalarga nom bo'lib ko'chganligi uchun), majoziy ma'no (mavhum tushuncha yoki g'oyalarni konkret obraz orqali ifodalashga hizmat qilganligi uchun), bog'li ma'no (reallashuvi ma'lum kontekst, so'z qurshovi bilan cheklanganligi uchun) degan nomlar bilan ham ataladi.

Eski leksik ma'no leksemaning o'tmishda qo'llangan, hozir esa arxaiklashgan ma'nosidir.

Etimologik leksik ma'no - leksemaning kelib chiqishida uning mazmun planiga asos bo'lgan dastlabki ma'no. U ma'no etimoni deb ataladi.

Uzual ma'no leksemaning mazmun mundarijasida bor bulgan leksik ma'nodir. U til egasi bo'lgan xalq tomonidan tan olingan, demak, ko'pchilikka tushunarli bo'lgan ma'no hisoblanadi. Masalan,

fe'lining mazmun mundarijasida quyidagi leksik (uzual) ma'nolar bor:1)yurmoq; ketmoq; yo'lgatushmoq; 2) yaqinlashmoq; 3) oqmoq; 4) botmoq; 5) tortmoq, o 'xshamoq (birorkimsaga); 6) o 'chmoq; 7) ahdqilmoq

Okkazional ma'no leksemaning tildagi ma'nosiga xos bo'lmagan, ayrim shaxsning (muallifning) nutqiy vaziyatidan kelib chiqib, shu leksema mazmuniga yangicha «tus» berishi natijasida yuzaga keltirilgan sun'iy ma'nodir. U individual xarakterda bo'ladi va faqat kontekstda anglashiladi.

W^j^J J^j ^J ÙJ^J^ ^ (3,262)

"Balki choyshabingiz kirlar orasiga kirib ketgandir".

Yuqoridagi jumlada ù^^j fe'lining «yo'qolmoq» ma'nosida kelganini anglash qiyin emas. Aslida bu ma'no fe'lining mazmun mundarijasida yo'q, u asar muallifining uslubiy maqsadda kashf etgan leksik qo'llashidir.

Demak: a) uzual ma'no til birligi (leksik ma'no), okkazional ma'no esa nutq birligi (leksik qo'llash) sanaladi; b) uzual ma'no (yoki ma'nolar) kontekstgacha shakllangan bo'ladi, okkazional ma'no esa kontekstning o'zida yuzaga keladi, shu kontekst doirasidagina leksemaga biriktiriladi; v) uzual ma'no leksemaning biror predmet yoki hodisani nomlashi bilan bog'langandir (unda obrazlilik ifodasi bo'lishi ham, bo'lmasligi ham mumkin), okkazional ma'no esa nomlamaydi, unda obrazlilik ifodalanadi, xolos; g) uzual ma'no tilning lug'at boyligidan o'rin oladi, okkazional ma'no esa vaqt o'tishi bilan lug'at boyligiga kirib qolishi mumkin bo'lgan (hozirgacha kirmagan) potensial imkoniyatdir. Bunday imkoniyat amalga oshishi ham, oshmay qolishi ham mumkin.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

Leksik ma'no taraqqiyoti natijalari ikki xil bo'ladi: 1) so'zning semantik tarkibidagi ma'nolar miqdori ko'payadi, demak, miqdor o'zgarishi yuz beradi, bu hol polisemiyaga (ko'p ma'nolilikka) va omonimiyaga olib keladi. 2) so'zning semantik tarkibida ma'no hajmi o'zgaradi. Bunda ma'nolar miqdori ortmaydi, bitta ma'noning hajm ko'lami kengayadi yoki torayadi, xolos. Ma'noning kengayishi - leksemaning ma'no hajmida tor ma'nodan keng ma'noga qarab siljishning yuz berishidir.

Fors tilida sodda fe'llar anglatgan ma'no miqdori jihatidan quyidagi guruhlarga bo'lindi:

Ikki ma'noli fe'llar;

Uch ma'noli fe'llar;

To'rt ma'noli fe'llar;

Besh va undan ortiq ma'noli fe'llar;

Bir leksemaga birlashgan ma'nolarning o'zaro munosabati ikki xil bo'ladi:

1) ma'no biri ikkinchisidan o'sib chiqqan bo'ladi.

2) ma'nolar biri ikkinchisidan o'sib chiqmagan bo'ladi

Manolari biri ikkinchisidan o'sib chiqqan fe'llarni bir nechta nuqtai nazardan o'rganish mumkin:

A) ma'nolari qay tarzda bog'lanishi jihatidan yondashib;

B) ma'nolari taraqqiy ettirish usullari jihatidan yondashib;

a) fe'l ma'nolari qay tarzda bog'lanishi jihatidan yondashuv

1. Ikki ma'noli fe'lar.

Biz tahlil qilgan sodda fe'llar orasida ikki ma'noli fe'llar eng kam qismni tash kil

etdi.

Bu fe'llarning tahminan asosiy qismida ikkinchi ma'no birinchisidan o'sib chiqqan bo'ladi.

¿Ijj \)chalmoq; 2) urmoq;

j^jx 1) o 'lmoq;2) o 'chmoq;

j^jjal 1) ko 'paymoq; 2) ko 'paytirmoq;

2. Uch ma'noli fe'llar.

Bunday fe'llarning ko'pida ma'nolar biri ikkinchisidan o'sib chiqqan bo'ladi.

Ma'nolarning miqdori ikkitadan ortganda, albatta, ularning bog'lanishi ham murakkab tus oladi. Shu jihatdan fe'l ma'nolarining bog'lanishi ikki turli bo'ladi:

1) Ma'nolaro'zaro birin ketin bog'lanadi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

Bunda ma'nolaring bog'lanishi shaklida bo'ladi.

1)tanimoq (kimnidir); —2) tanimoq (nimanidir); —3) anglab yetmoq, tushunmoq;

2) keyingi ikki ma'noning har biri o'zicha birinchi ma'noga bog'lanadi:

1 1

^2 ^3

1) so 'ramoq; |—2) ma 'lumot olmoq;

1) so 'ramoq; |—3) kasal holidan xabar olmoq;

1) yugurmoq; 1) yugurmoq;

—2) og 'z. shoshilmoq; 3) quvlamoq;

—>

3. To'rtma'nolife'llar.

Quyidagi to'rt ma'noli fe'llarda ma'nolar biri ikkinchisidan o'sib chiqqan. Bunda ma'nolarning bog'lanishi quyidagicha:

1)Keyingi uch ma'noning har biri o'zicha birinchi ma'noga bog'lanadi. Bu quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi:

1 1 1

^2 ^4

1) o 'ldirmoq —2) o 'chirmoq 1) o 'ldirmoq —3) bostirmoq 1) o 'ldirmoq |—4) so 'ndirmoq

2) ma'nolari ikki xil: ham birin ketin, ham o'zicha bog'lanadi: Bu fe'larning ikkinchi, uchinchi ma'nosi o'zicha birinchi ma'nosiga bog'lanadi, to'rtinchi ma'nosi esa uchinchi ma'nosiga bog'lanadi:

1 1

—2

—3 —4

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

l)qolmoq; | —2) to 'xtamoq;

l)qolmoq; |—3) tirikqolmoq;—4) saqlanmoq;

4. Besh va undan ortiq ma'noli fe'llar.

Sodda fe'llarning ma'no miqdori ortgan sari shu fe'l anglatayotgan ma'nolar munosabati murakkablashib boradi. Shunday holatni besh va undan ortiq ma'noli fe'llarda ham ko'rish mumkin. Bu fe'llarning ma'nolari bir biriga quyidagi usullar orqali bog'lanadi:

1) Fe'llarning barcha ma'nosi o'zicha birinchi ma'nosiga bog'lanib, quyidagi ko'rinishga ega bo'ladi: 1

1 ^3 1 ^ 4 1 ^ 5 va h.

X)uchmoq, qanot qoqmoq; X)uchmoq, qanot qoqmoq; \)uchmoq, qanot qoqmoq; \)uchmoq, qanot qoqmoq;

\)uchmoq, qanot qoqmoq;

—2) uchib ketmoq; —>3) sakramoq;

—4

4) sakrab turmoq; —5) _yo 'qolmoq, parlanib ketmoq (hid, suyuqlik); — 6) titramoq, uchmoq (ko 'zi uchmoq);

û^

) tortmoq; —2) cho 'zmoq;

) tortmoq; —3) chizmoq (chiziq, rasm);

) tortmoq; — 4) tortib o 'tmoq (sim);

) tortmoq; —5) chiqarmoq;

) tortmoq; — 6) uzib olmoq;

) tortmoq; —7) o 'ziga jalb etmoq;

) tortmoq; —8) o 'Ichamoq;

) tortmoq; —9) siqmoq;

) tortmoq; —10) solmoq(ovqatni);

) tortmoq; —11) chidamoq;

) tortmoq; —12) davom etmoq, cho 'zilmoq;

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

tortmoq; tortmoq; tortmoq;

qo ymoq; qo 'ymoq; qo 'ymoq; qo 'ymoq; qo 'ymoq; qo 'ymoq; qo 'ymoq;

—13) sixga termoq; —14) yetib bormoq; 15) chekmoq.

ûWiltt

2) tegmoq;

3) belgi qo 'ymoq;

4) qorovul qo 'ymoq;

5) bermoq (birorto 'garak);

6) tashlab ketmoq;

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

7) ruxsat bermoq;

8) soch, soqol o'stirmoq;

Û*J

yurmoq; ketmoq; yo 'lga tushmoq; yurmoq; ketmoq; yo 'lga tushmoq; yurmoq; ketmoq; yo 'lga tushmoq; yurmoq; ketmoq; yo 'lga tushmoq;

yurmoq; ketmoq; yo 'lga tushmoq; yurmoq; ketmoq; yo 'lga tushmoq;

—2) yaqinlashmoq; — 3) oqmoq; —4) botmoq; —5) tortmoq, o 'xshamoq (birorkimsaga); —6) o 'chmoq; —7) ahd qilmoq;

o 'tmoq (vaqt, voqea), o 'tib ketmoq; o 'tmoq (vaqt, voqea), o 'tib ketmoq; o 'tmoq (vaqt, voqea), o 'tib ketmoq; o 'tmoq (vaqt, voqea), o 'tib ketmoq; o 'tmoq (vaqt, voqea), o 'tib ketmoq;

2) kesib o 'tmoq; —3) o 'tmoq; —4) kechib o 'tmoq; —5) oqib ketmoq; —6) kimdandir o 'tib

ketmoq;

2) ma'nolari ikki xil: ham birin ketin, ham o'zicha bog'lanadi: Bu fe'llarning ikkinchi, uchinchi ma'nosi o'zicha birinchi ma'nosiga bog'lanadi, qolgan ma'nolari esa uchinchi yoki keyingi ma'nosiga bog'lanib, quyidagi ko'rinishlarga ega bo'ladi:

1 1

2 3-

yoki

►4—5 va h.

—2 — 3

1

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

1 ^ 4 1 ^5 ^ 6

û^tjÂ

1) uxlamoq; |—2) yotmoq;

1) uxlamoq; |—3) qaytmoq (shishning qaytishi); —4) to'xtamoq; —5) tinchlanmoq;

Lui

1) tayyorlamoq, ishlab chiqarmoq; |—2) qurmoq, yaratmoq; 1) tayyorlamoq, ishlab chiqarmoq; | —3) soxtalashtirmoq (hujjatlarni);—4) chiqishmoq (biror kimsa bilan);— 5) til biriktirmoq;

1) otmoq; ^2) daraxtlarni chopmoq; —3) o 'tinyormoq;

1 ) otmoq; ^4) yozmoq (dasturxon);

1) otmoq; ^5) po 'sttashlamoq; — 6) ag 'darmoq;

B) ma'noni taraqqiy ettirish usullari jihatidan yondashuv

Fe'l ma'nolarini o'zaro qiyoslab o'rganish ulaming taraqqiyotida quyidagi ikki asosiy usul mavjudligin ko'rsatadi: 1) Tadbiq usuli.

Fe'l ma'nosi mavjud ma'noga xos liniyaning tadrijiy davomi sifatida, uning taraqqiyoti natijasida yuzaga keladi. Ma'noning bunday taraqqiy etishini ma'no taraqqiyotiga olib keluvchi ko'chirishning (metafora metanomiya kabilarning) birortasiga tenglashtirib bo'lmaydi. Bu usul ko'chirishga emas, tadbiqqa asoslanadi. Bunday usul bilan taraqqiy etib chiqqan ma'nolar ko'pchilikni tashkil qiladi. Quyidagi fe'llar ma'nolari ko'chma ma'no emas, balki bosh ma'noga bog'liq ma'nolarga ega fe'llar qatoriga kiradi:

û^ 1)uchmoq, qanot qoqmoq; 2) uchib ketmoq; 3) sakramoq; 4) sakrab turmoq, 5) yo 'qolmoq, parlanib ketmoq (hid, suyuqlik); 6) titramoq, uchmoq (ko 'zi uchmoq).

Bu fe'lning bosh ma'nosi "uchmoq" Uning anglatadigan barcha ma'nolari uchmoq bilan bog'liq ma'nolar hisoblanadi. f^j j ÙJ*^ JJ ft^jj (3,261)

"Velosipedlarimizga sakrab o 'tirib, yo 'lga tushdik".

J ^JJJ Ajiul ^l^jlji (. U Ù (4,67)

"O 'sha tunda ertalabgacha yomon tushlar ko 'rib, cho 'chib uyg 'onib ketdim"

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

¿jj^l)tortmoq; 2) cho'zmoq; 3) chizmoq (chiziq, rasm); 4) tortib o'tmoq (sim); 5) chiqarmoq; 6) uzibolmoq; 7) o'ziga jalb etmoq; 8) o'lchamoq; 9) siqmoq; 10) solmoq(ovqatni); 11) chidamoq; 12) davom etmoq, cho'zilmoq; 13) sixga termoq; 14) yetib bormoq; 15)chekmoq.

Bu fe'l anglatuvchi barcha ma'nolar uning bosh ma'nosi "tortmoq" bilan bog'liq ma'nolardir. Quyidagi jumlalarda keltirilgan ùAjAS fe'li anglatgan ma'nolar barchasi bosh ma'noga bog'liq ekanligini ko'rsatadi. J13 jj AJAS Ij^L (4,263) "Baliqni gilam ustiga olib bordi";

^AjuS ^j'AJ^j '^JjS ^JJJ Jj Ùj^ 1j Ij ^J ^ ^ U^l (4,69) "Bu uch bolani katta qilguncha nimalarni ko 'rmadim";

Aj^ja ^ ji^ J j QAJUS AÜJ ^JJ OJJIA (3,254)

"Doskaga chizilgan doira ko'zim oldida aylana boshladi";

^HAJ j AJAS jJj ^jjk ^IJJ (3,270) "Tarelkaga o'zigapalovdan soldi";

AA^J* ùlji^ JjlJ J (jUl ^AjS (4,266) "Xona burchagida o'tirib qalyon chekyapti";

Bunday ma'no taraqqiy etish hollarini quyidagi fe'llar misolida ham ko'rish mumkin.

ü&j1)yurmoq; ketmoq; yo 'lga tushmoq;2) yaqinlashmoq; 3) oqmoq; 4)

botmoq; 5) tortmoq, o 'xshamoq (biror kimsaga); 6) o 'chmoq; 7) ahd qilmoq; jp ^ jj eJäJ (4,255) "Hovlida vodoprovodyoniga bordim";

Uuj^? Uj u^-J* (4,257) "Borib baliq yenglar deyishadi";

IjA ^äj eS (4,254)

"^sta sekin xurrak ota boshladim";

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

û*ûlj*1)uxlamoq; 2) yotmoq; 3) qaytmoq (shishning);4) to'xtamoq; 5) tinchlanmoq;

j>kiL> j ^Jûjljà. ^JJ (3,189)

"Kravatga yottim...";

Jjjlj^ <^JJS j jls j (3,254)

"Qornim to 'yib go 'Idirashi to 'xtadi";

^2^lJjl1)otmoq; 2) daraxtlarnichopmoq; 3) o'tinyormoq; 4) yozmoq (dasturxon); 5) yopmoq; 6) po 'sttashlamoq; 7) ag'darmoq; 8) og'z.tushirmoq (aldamoq); 9) og'z. tashlabketmoq;

^jj .Lb^ J jtiS VU (3,261) "Endi gilamni hovliga opchiqib tashladi";

lj aji^ ^jJ^ jj (3,269) "Og 'oye Haydarning ayoli dasturxon yozdi";

jjjjj Ailk jj jl j ^j^ ^niljil Ij^j^l^. (4,265) "Boshiga chodirini tashlab, uydan chiqib ketti";

^JOJIJ^ j fikhjl IJ^JIJ^J^J (3,266)

"Joyimni solib yottim";

ûJJJ^1) yemoq; 2) ichmoq; 3) yutmoq; 4) og'z. tushunarsizgapirmoq; 5) o'zlashtiribolmoq; 6) sport. yutqazmoq; 7) mo'ljalgatushmoq; 8) urilibketmoq;9) tegmoq; 10) og'z. to'g'rikelmoq

^JJ^J fA U A^i ^jjj (4,256) "Kuniga uchta nahang yesang ham hech narsa bo 'Imaydi";

fpjj^j fjjj^j AJLJJ U JJ JJ (3,255) "Ikki piyola achchiq choy ichish kerak edi, ichmadik";

M VS jj^ (4,255) "Bir ikki qultum suv ichdim";

^AL AJ JJJ^ j^ (4,270)

cSekin baliqni ushlab ko'rdim (barmoqlarim baliqqa tegdi)";

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

2) Ko'chirish usuli.

Bunday usul bilan taraqqiy etib chiqqan ma'nolar tadbiq usuli bilan taraqqiy etib chiqqan ma'nolarga nisbatan ozroq. Fe'l ma'nolarining taraqqiyotida ko'chirishning faqat bir yo'li - metafora mavjud. Bunda bir predmetga xos harakat boshqasiga ko'chiriladi.

Quyidagi fe'llarning ma'nolari orasida ko'chma ma'nolar ham mavjud. Buni keltirilgan misollar orqali ko'rishimiz mumkin.

ù-^ fe'li 1) o'idirmoq; 2) o'chirmoq; 3) bostirmoq; 4) so'ndirmoq kabi ma'nolarga ega. Lekin quyidagi jumlada o'idirmoq to'g'ri ma'noda emas, ko'chma ma'noda ishlatilganini ko'rish mumkin.

ji* aS J Î^ULl J (4,182) "Sabo sen shu yerdamisan? Meni o 'idirib qo 'yay dedingku".

JJ JJI^^J jl ojj AJ yl^. j US IJ^JJ^(3,274)

"Bir bo 'lak baliq go 'shtidan tatib ko 'rishi uchun yalinib yolvordim"

fe'li o 'lmoq va o 'chmoq ma'nolariga ega. Lekin ushbu misolda fiziologik o'lim emas, balki xavotir olmoq, qiynalmoq kabi ma'nolarni anglatib kelgan. ^.J^ ^j'j^j jl (3,183) "Xavotirdan o 'zimni qo 'yarga joy topa olmadim"

fe'lining 1) tayyorlamoq, ishlab chiqarmoq; 2) qurmoq, yaratmoq; 3) soxtalashtirmoq (hujjatlarni); 4) chiqishmoq (biror kimsa bilan); 5) kelishib olmoq kabi ma'nolari mavjud. Lekin quyidagi misollarda to'g'ri kelmoq ma'nosida ishlatilganini ko'rish mumkin. ojl^ij U AJ Ijj^ jjl (3,257) "Bunaqa narsalar bizga to 'g 'ri kelmaydi" fljl^J^j JA AJ ^j^ JA (3,271) "Har narsa har bir kishiga to 'g 'ri kelavermaydi"

¿¿jljâ. fe'li 1)o'qimoq; 2) o'rganmoq; 3) kuylamoq; 4) chaqirmoq; 5) og'z. moskelmoq; 6) nomlamoq; 7) o'ichamoq kabi ma'nolarga ega. Uning ko'chma ma'noda ishlatilgan javramoq ma'nosi quyidagi misolda ko'rinadi.

Ajlj^jx jjj (4,71 )

"Nasim ham tinmayjavrardi..."

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

ù«^ fe'lining 1)sindirmoq (sinmoq), buzmoq (buzilmoq); 2) qonunni buzmoq; 3) tinchlikni buzmoq; 4) harorat tushmoq kabi ma'nolari mavjud. Quyidagi jumlada uning to 'g'ridan to 'g'ri sindirmoq emas, balki ko'chma ma'nosi aks etadi. . j ijjj ^Ujj ^j'" yjl b (4,74) "Shu tarsaki bilan mening ma 'sum va go 'zal dunyoyimni vayron qildi"

ù^j fe'lining \)yurmoq; ketmoq; yo'lga tushmoq; 2) yaqinlashmoq; 3) oqmoq; 4) botmoq; 5) tortmoq, o'xshamoq (biror kimsaga); 6) o'chmoq; 7) ahd qilmoq kabi ma'nolari bilan bir qatorda, uning ko'chma ma'noda ishlatilishi ham sermahsulligini quyidagi jumlalar orqali ko'rish mumkin.

jjj^ ^S ^jjj! .UU A t^'l^ui jAjU aJjS IJ^J JIS AS ^^S (4,77)

"Yomon ishni qilgan sizning eringiz, siz emas. Kimning obro 'si to 'kiladi?" . ^Ikx J^l J' ^-Jj AS A^j C^jl a^J A^A AS VU (3,196) "Hammayig'ilganda, asl maqsadga o 'tishimizning ayni vaqti" IjA ^âj ^Uj^ ^«S -S (3,254) "Asta sekin hurrak ota boshladim" ^jK J jjjx j^j ^l^ijj ^¿Ijx (3,270) "Ehtiyot bo 'l qiltanog 'i tomog 'ingga ketib qolmasin" WJIJ^UJ j¿j AüL) ÙJ^UJJU (4,262) "Balki choyshabingiz kirlar orasiga kirib ketgandir"

Yuqoridagi jumlalarda ù^j fe'lining obro ' to 'kilmoq, biror masalaga o 'tmoq, biror ovozning chiqishi, biror narsaning qayergadir ketib qolishi, biror narsaning qayergadir kirib ketishi ma'nolarida qo'llanganini ko'ramiz.

¿ijât fe'li 1)yiqilmoq; 2) qulamoq; 3) tushmoq; 4) qo'ldan boy bermoq; 5) yo 'qotmoq ma'nolariga ega. Lekin quyidagi jumlalarda bu fe'lning ko'chma ma'noda qo'llanganini ko'ramiz.

^^S jU ¿U aj ^tiât IJ (4,252) "Nonekeshkni paqqos tushirdim"

AjlU ^JJ jbil (4,254)

"O 'qituvchi chap yelkamga tushirib qoldi"

ù2Â(ij(l)otmoq; 2) daraxtlarni chopmoq; 3) o'tin yormoq; 4) yozmoq (dasturxon); 5) yopmoq; 6) ^o'st tashlamoq; 7) ag'darmoq; 8) og'z.tushirmoq (aldamoq); 9) og'z. tashlab ketmoq ma'nolariga ega. Quyidagi misolda uning ko'chma ma'nosi ko'rinadi. fjK jJ ¿^hjl IjJ^ (3,252) "Baqirdim"

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

¿Jj^jj "o'pmoq" fe'lining ko'chma ma'nosini quyidagi misolda ko'rishimiz mumkin.

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

jj ^jj^ ^IJJ j ^¿mjj Ijoil^k (3,272)

"Asta sekin xijolatni chetga surib qo 'yib, o 'zimga palovdan soldim".

fe'li 1) o'tirmoq; 2) qoplamoq; 3) botmoq; 4) cho'kmoq; 5) qo'nmoq; 6) yashamoq; 7) kamaymoq; 8) tinchlanmoq kabi ma'nolarga ega. Quyidagi misol orqali uning ko'chma ma'nosini ko'rishimiz mumkin.

^»nîn ^jljj ^jj ^AL ^xL (3,272)

"Baliqning shirin ta 'mini sezdim".

¿ju^a "tatib ko 'rmoq" fe'li quyidagi jumlada ko'chma ma'noda ishlatilgan. f * * IJAÜI^I ojx (4,187) "Tinchlik nashidasini surardim".

¿jüjj fe'li 1) yugurmoq; 2) og'z. shoshilmoq; 3) quvlamoq ma'nolariga ega. Quyidagi jumlada uning ko'chma ma'nosi qo'llangan. fij» jU* Üjj (4,252) "Gapimni bo 'ldf\

¿Jjjlfe'lining 1) yemoq; 2) ichmoq; 3) yutmoq; 4) og'z. tushunarsiz gapirmoq; 5) o 'zlashtirib olmoq; 6) sport. yutqazmoq; 7) mo 'Ijalga tushmoq; 8) urilib ketmoq;9) tegmoq; 10) og'z. to'g'ri kelmoq kabi ma'nolarga ega. Quyidagi jumlada uning ko'chma ma'nosi ifodalangan:

Abjji. IjjlA ojdi. jjj o^i^. jjj ^jjj (4,272)

"Kulib yubordilar, ammo tezda o'zlarini bosdilaf;

fe'li 1)tortmoq; 2) cho'zmoq; 3) chizmoq (chiziq, rasm); 4) tortib o'tmoq (sim); 5) chiqarmoq; 6) uzib olmoq; 7) o'zigajalb etmoq; 8) o'lchamoq; 9) siqmoq; 10) solmoq(ovqatni); 11) chidamoq;12) davom etmoq, cho'zilmoq; 13) sixga termoq; 14) yetib bormoq; 15)chekmoq ma'nolari bilan birqatorda quyidagi ko'chma ma'noda ham qo'llanadi:

jjjj^ lie aj jjj IjJ^ ^j^j^ (4,255) "Og'oye Haydari gapni ovqatga burvorgandi";

^jjAS ^jj jjj ^JAJ^ ^jl^bj jj^j IJ^^JJ^ (4,113)

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(11), November, 2023

"Kasalni erining roziligisiz tig' tagiga olib kirding";

^AA ^ AJ jj Ajj^ (3,259)

"Butun uyni hidlatvording";

A^J^X jj ^AA jjÉjjjjjl^ j ^jjjî jj (jjb Ji ^¿iA (3,268)

"Bir axmoqlik qilib, buvingni ham maktabgacha yetaklab kelganingni eshittim";

Ma'nolari biri ikkinchisidan o'sib chiqmagan sodda fe'llar juda oz. Bir ma'noga birlashuvchi fe'llarning bunday murakkab munosabatda bo'lishi, o'z-o'zidan asosan uch va undan ortiq ma'noli fe'llar orasida uchraydi. Lekin ikki ma'noli u^sA^j fe'lida ham shunday munosabat kuzatiladi.

¿Jj'foj fe'li 1) sovg'a qilmoq, baxsh etmoq; 2) kechirmoq ma'nolarini anglatadi. Bu fe'lning ma'no munosabatini quyidagicha ifodalash mumkin: 1 2

^jf ^AIJ^ Cljû*f JA b j ^jjj ^jAjA (3^1(3,67)

"Turmush o'rtog'imni juda sevardim va har gal kechirim so'raganda uni kechirardim".

fe'li anglatgan ma'nolar munosabatini quyidagicha ifodalash mumkin:

1 4

— 2 — 3

1) sindirmoq (sinmoq), buzmoq (buzilmoq); | —2) qonunni buzmoq; —3) tinchlikni buzmoq;

4) harorat tushmoq;\

Bunda birinchi ma'no asosida ikkinchi va uchinchi ma'nolar kelib chiqqan. Lekin bu fe'l anglatayotgan to'rtinchi ma'no yuqoridagi hech bir ma'nolar bilan bog'liqligi kuzatilmaydi.

¿i2â( fe'li anglatgan ma'nolar munosabati quyidagicha ifodalanadi: 1 — 2 — 3 4 — 5

1) yiqilmoq; | —2) qulamoq;—3) tushmoq;

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

4) qo 'ldan boybermoq; 5) yo 'qotmoq;

XULOSA

Polisemiya nafaqat ot va sifat so'z turkumlarida balki fe'llarda, jumladan sodda fe'llarda ham keng tarmoq yoygan.

Fors tilida sodda fe'llar ikkitadan tortib o'ntagacha ma'no anglatib keladi. Bular ichida eng ko'pi besh va undan ortiq ma'noli fe'llardir.

Bir ma'noga birlashuvchi fe'llarning munosabati ikki xil: a) biri ikkinchisidan o'sib chiqqan bo'ladi, b) biri ikkinchisidan o'sib chiqmagan bo'ladi. Polisemantik fe'llarning ko'pida birinchi xil ma'no munosabati uchraydi. Ba'zan polisemantik fe'llarning ma'nolari o'zaro har ikki munosabatni aks ettiradi.

Ma'nolari biri ikkinchisidan o'sib chiqqan fellarda keyingi ma'nolar birinchi ma'noga birin ketin bog'lanadi yoki har biri o'zicha bog'lanadi.

Fe'l polisemiyasida ma'no taraqqiyoti ikki usul, tadbiq usuli va ko'chirish usuli bilan boradi. Bu ikki usul deyarli teng holatda (ba'zan tadbiq usuli ustunlik qiladi). Uch va undan ortiq ma'noli fe'llarda har ikki usul bilan taraqqiy etish ham o'z aksini topgan.

Fe'l polisemiyasida ham bosh ma'no va yasama ma'no farqlanadi. Uch va undan ortiq ma'nolarning birin ketin bog'lanishida to'ng'ich bosh ma'no va nisbiy bosh ma'no (yasama bosh ma'no) haqida gapirish mumkin.

Ikki ma'noli fe'llarda bosh ma'no va yasama ma'no masalasi juda oson hal qilinadi.

Agar polisemantik fe'l omonimiklik hosil etmasa, bosh ma'noni belgilashda tortishuvga o'rin qolmaydi. Polisemantik fe'l omonimiklik hosil qilsa, bosh ma'noni belgilashda har xil fikr tug'ilishi mumkin.

Omonimiklik hosil etish etmasligidan qat'iy nazar, fe'lning bosh ma'nosi (yoki ma'nolari) uchun asos bo'lgan ma'noni bosh ma'no deb ataymiz. Bosh ma'noning taraqqiyoti bilan tug'ilgan ma'noni yasama ma'no deb yuritamiz.

Uch va undan ortiq ma'noli fe'llarda bosh ma'no va yasama ma'no boshqacharoq belgilanadi. Fe'lning birlamchi ma'nosi bosh ma'no bo'ladi. Qolgan ma'nolari shu ma'noga nisbatan yasama ma'nodir. Lekin keyingi ma'nolar birinchi ma'nodan o'sib chiqqan bo'lsagina, ma'no munosabati ikki bosqichli bo'ladi (bosh ma'no - yasama ma'nolar).

Agar ma'nolar birin ketin bog'lansa, o'rtada joylashgan ma'no oldingi ma'noga nisbatan yasama ma'no, keyingi ma'noga nisbatan esa bosh ma'no bo'ladi. Demak, ma'noni o'zi boshqa bir ma'nodan o'sib chiqqan va ayni paytda o'zidan yangi bir

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(11), November, 2023

ma'noning taraqqiy etishi uchun zamin bo'lgan. Bundan bosh ma'no mutlaq vaziyatda va nisbiy vaziyatda bo'lishi ko'rinadi.

Sodda fe'llarda bosh ma'no odatda to'g'ri ma'no hisoblanadi. Ma'nolari biri ikkinchisidan o'sib chiqqan fe'lning ma'nosi ikki xil: 1) ko'chirish usuli bilan o'sib chiqqan bo'lsa, ko'chma ma'no deb, 2) tatbiq usuli bilan ko'chib chiqqan bo'lsa, tadrijiy (evolyusion) ma'no deb baholanadi.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Миртожиев М. Узбек тилида полисемия. - Т.: Фан. 1984.

2. A.Quronbekov. Fors tili Leksikologiyasi.-T.,2009

3. Ï W ) 'Ù'J&J - ùj^l .j 4 ÏW

5. Cl^l^. A^ j^^ // ^ milûil'lT. jl ^l^jl ^Sjx Jl*il ^jlj*. ^^ijjJ .^ijj^i U1

^^ .1390 ^l^j^ — ùlj^jjl. ol^^jl^ .»o^jli ^Uj^l J Ùjj ^Jjj j^T'l« ÙJ ^¿l^A yJ^Ji^i

.2990 - 3000

7. ^Ajjj // ^^jli ÙJj Jl*il jj ^Jib ^jlj*^ ^A AJÂ^X AJ ^Ikli^ ^Jj^jjj .jl^üS AI^IJ

115-125 ^ .1390 Ù^j j jjjlj '2 sjU^ C^JJ OJJJ ^bj <^IA

10. j ''"'JJ °JjJ .o^jli ^I^JJI j Ùjj (^jj^ A^lJ // <J*i JJJÄJ jJ jjjx J' ^Ijr- AlAl,

48-50 ^ '1388 jb'xj c2 OJU^i c^j^

11. j Ùjj ^AjjJ // ^J^j Ùjj jJ «Ù^» J«i ^l^î .fUÉ JI .

.1390 ùIJ'O '4 ajl^^i '2 °jjJ ^IJJJI

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.