Научная статья на тему 'BOSHLANG’ICH SINF DARSLIKLARIDA QO’LLANGAN HARAKAT SEMALI FE’LLARNING SEMANTIKASI'

BOSHLANG’ICH SINF DARSLIKLARIDA QO’LLANGAN HARAKAT SEMALI FE’LLARNING SEMANTIKASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
173
27
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Harakatni bildirgan leksemalar / fe’l / leksema / sema / lingvistik xususiyatlar / fe’l zamonlari / leksik ma’no. / Lexemas denoting action / verb / lexeme / sema / linguistic features / lexical meaning.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Teshaboyev, Dilmurod, Ne’matova, Mahfuza Ma’rufjon Qizi

Ushbu maqolada harakat semali leksemalarning boshlang’ich sinflarda o’rganilishi, ularning ahamiyati hamda fe’l mavzusini o’rganishda yengillik yaratish uchun bir necha metodlardan foydalanish mumkinligi yoritilgan. Shuningdek, fe’l so’z turkumi o’quvchining asosiy lug’at boyligini qamrab olganligi va nutqimizda eng ko’p ishlatiladigan so’zlar aynan harakatga oid so’zlar ekanligi haqida fikr yuritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SEMANTICS OF ACTION VERBS USED IN PRIMARY CLASS TEXTBOOKS

This article discusses the study of action semantic lexemas in the primary grades, their importance, and the use of serval methods to facilitate the study of the subject of the verb. It has also been suggested that the verb phrase covers the reader’s basic vocabulary, and that the most commonly used words in our speech are action words.

Текст научной работы на тему «BOSHLANG’ICH SINF DARSLIKLARIDA QO’LLANGAN HARAKAT SEMALI FE’LLARNING SEMANTIKASI»

Oriental Renaissance: Innovative, (E)ISSN:2181-1784

educational, natural and social sciences www.oriens.uz

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7 3(3), March, 2023

BOSHLANG'ICH SINF DARSLIKLARIDA QO'LLANGAN HARAKAT SEMALI FE'LLARNING SEMANTIKASI

Teshaboyev Dilmurod

Farg'ona davlat universiteti filologiya fanlar doktori(PhD) Ne'matova Mahfuza Ma'rufjon qizi

Farg'ona davlat universiteti 2-bosqich magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada harakat semali leksemalarning boshlang'ich sinflarda o 'rganilishi, ularning ahamiyati hamda fe 'l mavzusini o 'rganishda yengillik yaratish uchun bir necha metodlardan foydalanish mumkinligi yoritilgan. Shuningdek, fe 'l so'z turkumi o'quvchining asosiy lug'at boyligini qamrab olganligi va nutqimizda eng ko'p ishlatiladigan so'zlar aynan harakatga oid so'zlar ekanligi haqida fikr yuritilgan.

Kalit so'zlar. Harakatni bildirgan leksemalar, fe'l, leksema, sema, lingvistik xususiyatlar, fe'l zamonlari, leksik ma 'no.

ABSTRACT

This article discusses the study of action semantic lexemas in the primary grades, their importance, and the use of serval methods to facilitate the study of the subject of the verb. It has also been suggested that the verb phrase covers the reader's basic vocabulary, and that the most commonly used words in our speech are action words.

Key words. Lexemas denoting action, verb, lexeme,sema, linguistic features, lexical meaning.

KIRISH

Boshlang'ich sinflarda qo'llangan harakat semali leksemalarni o'quvchi o'z nutqida doimiy qo'llab boradi, lekin ayrimlarining lug'aviy ya'ni semantik ma'nosiga to'laqonli tushunmaydi. Ularning lug'aviy ma'nosi, semantikasi bilan tanishtirish esa o'qituvchining zimmasiga yuklatilgan. Avvalo, bu vazifani ado qilish uchun o'qituvchi bolalarga ona tili daftaridan tashqari alohida lug'at daftari tutqizishi va har bir bola uchun yangi uchrayotgan harakat semali leksemalar semantikasini shu daftarga yozdirib borishi maqsadga muvofiqdir.

Fe'l so'z turkumining semantik guruhlari. Fe'llar turli mazmuniy guruhlarga bo'linadi. Bunda harakatga xos yaratish, buzish, o'zgartirish, so'zlash, sezish, yo'naltirish, holatga xos ruhiy-psixologik, tafakkur bilan bog'liq fe'llar farqlanadi.

Harakat fe'li jonli va jonsiz predmetga xos harakatni ifodalaydi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Nutq fe'llari insonning gapirish faoliyati bilan bog'liq harakatlarni ifodalaydi. Holat fe'llari. Inson tabiatiga xos jismoniy va ruhiy holat turli xususiyatga ega. Natijali faoliyat fe'llari. Insonning harakati asosidagi natija ko'rsatkichini ifodalaydi.

Tafakkur fe'llari sirasiga insonning fikrlash qobiliyati bilan bog'liq. Munosabat fe'llari (R. Sayfullayeva va boshq., 2019, 244-245). Ko'rinadiki, fe'llar ma'no-mazmun jihatdan turli ma'no guruhlarga bo'linadi. Bunday bo'linishni farqlash, anglash va nutqda mos ravishda qo'llash uchun o'quvchidan kognitiv qobiliyat talab qiladi.

MUHOKAMA VA NATIJALAR

O'zbek tilidagi fe'llar leksik-grammatik xususiyatiga ko'ra ikki asosiy guruhga

ega:

a) mustaqil fe'l;

b) nomustaqil fe'l.

Mustaqil fe'lga quyidagi xususiyat xos:

1) lug'aviy ma'no asosidagi harakatni ifodalaydi va shu boisdan gapda biror bo'lak vazifasida keladi;

2) biror so'zni boshqarib (kitobni o'qidi) yoki biror so'z tomonidan boshqarilib (o'qilgan kitob) keladi;

3) harakatning obyektga munosabatiga ko'ra ikkiga bo'linadi (va boshqa xususiyatlar):

a) o'timli fe'l;

b) o'timsiz fe'l

Nomustaqil fe'l mohiyat e'tibori bilan uchga bo'linadi.

a) yordamchi fe'l;

b) ko'makchi fe'l;

d) to'liqsiz fe'l.

Harakat fe'llari turli tilshunosliklarda turlicha tasnif va tavsif qilinadi. Tadqiqotlarda harakat fe'llari, asosan, qo'zg'alish fe'llari (ya'ni bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga tomon harakatlanish) sifatida o'rganilgan bo'lib, biz bu ishlarni qoralash yoki ularni cheklangan xarakterga ega deb baholash da'vosidan uzoqdamiz. Biz harakat semali fe'llarni keng doirada, mukammal tadqiq qilish va buning natijasida qo'lga kiritilgan nazariy xulosalarni amaliyotga tatbiq etish g'oyasini ilgari surishimiz kerak. Zero, harakat tushunchasi kengdir. Chunki ular asosida ham aslida harakat tushunchasi yotadi. Yevropa tilshunosligida hamda turk tilshunosligida harakat fe'llari yuzasidan olib borilgan tadqiqotlar tahlili shuni ko'rsatadiki, barcha harakatlarni anglatuvchi fe'llarni bitta tadqiqot doirasida tekshirish mumkin emas.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

Chunki, ma'lumki, fe'llar bosh ma'nosiga ko'ra avvalo harakat, so'ngra holatni bildiradi. Shuning uchun borliqdagi barcha harakat bildiruvchi so'zlar aslida ikki xil talqin qilinishi kerak,ya'ni harakat semali va holat semali leksemalar deya atasak to'g'riroq bo'lar edi. Xususan, harakat fe'llari quyidagicha tadqiq qilindi:

1) harakat juda keng tushuncha bo'lib, borliqdagi jamiki narsalar-predmetlar to'xtovsiz harakatdadir.

2) harakat fe'llarining semantik tasnifi, ularning sememalari asosida amalga oshiriladi. Masalan, fe'l ko'p ma'noli bo'lsa, uning har bir faol harakat ifodalovchi sememasi tegishli farqlovchi guruhga kiritiladi. Ta'kidlash zarurki, ishda fe'llarning faqat denotativ semalari asosidagi sememalari tahlil qilinadi.

3) aniq harakatlantiruvchi va harakatlanuvchi ob'yektlarga ega bo'lmagan leksemalar monografiyada tekshirilmaydi (masalan: ishlamoq, qilmoq, harakatlanmoq, bajarmoq, davolamoq, va h.k.). Tilning lug'at boyligi (leksikasi), shu jumladan, faol harakat semali fe'llar guruhi ham o'ziga xos tayyor lug'at desak adashmaymiz. Fe'l ma'nosi barcha guruhlar farqlovchi belgilari (semalari)ni o'zida mujassamlashtiradi. Shu tariqa har bir fe'l leksik sistemada quyidan yuqoriga qarab bir-biriga uzluksiz bog'langan tarzda joylashib boradi. Shuning uchun fe'l ma'nosining tarkibiga kiruvchi semalar o'z umumlashuviga ko'ra har xil hisoblanadi: har bir oldingi sema keyingi sema uchun birlashtiruvchi, har bir keyingi sema esa oldingi sema uchun farqlovchi sema bo'lib xizmat qiladi. Shunga ko'ra ham, ta'kidlanganidek, harakat fe'llarining semantik valentliklarini yoritishdan avval harakat fe'llarining ma'no tuzilishi ya'ni ma'noviy guruhlari haqida, ya'ni ularning ichki leksik-semantik guruhlari haqida fikr yuritish, bularni aniqlash tadqiqot maqsadiga muvofiqdir. Zero, lingvistikada hali hanuzgacha ushbu usulda harakat fe'llarining semantik maydoni ajratilib, o'z ichida mukammal tasnif qilingan emas. Boshlang'ich sinf darsliklarida qo'llangan harakat semali leksemlarning semantikasini yoritish uchun ularni quyidagicha ma'noviy guruhlarga ajratish maqsadga muvofiq.

Obyektsiz harakat Obyektli harakat

Gorizantal harakat fe'llari Natijali ijroni bildiruvchi fe'llar

Vertical harakat fe'llari Natijasi mavhum bo'lgan ijroni ko'rsatuvchi fe'llar

Aylanma harakat fe'llari Og'iz bo'shlig'idagi harakatlarni ifodalovchi fe'llar

Tebranma harakat fe'llari

Nafas va tovush chiqarishni ifodalovchi fe'llar

Predmetning bir holatdan boshqa holatga o'tishini ifodalovchi fe'llar

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Demak, yuqoridagi jadvalga asosan xulosa qiladigan bo'lsak dastlab harakat fe'llari 2 ga bo'linar ekan1:

1) statik fe'llar

2) dinamik fe'llar

Bular ichidan dinamik fe'llar obyekt ishtirok etish-etmasligiga ko'ra yana 2 ga bo'linadi:

1) obyektli harakat fe'llari

2) obyektsiz harakat fe'llari.

Obyektli va obyektsiz harakat fe'llari ham o'z ichida bir necha ma'no guruhlarini tashkil qilishiga guvoh bo'ldik.

Ob'yektsiz harakat fe'llari:

Mazkur fe'llar ob'yektga bevosita yo'naltirilmagan yoki ob'yektga o'tishi mumkin bo'lmagan harakatlarni bildiradi. Garchi ularning ayrimlari tushum kelishigiga ega otni boshqarib kelsa ham, ular orasida ob'yekt emas, o'rin munosabati bildiriladi: dalani kezmoq, shaharni aylanmoq (bu hodisa, asosan, semantik faktor bilan izohlanadi). Demak, tilshunoslikdagi ayrim harakat fe'llari semantik tasnifning dastlabki bosqichida umumiy paradigmatik belgi sifatida ob'yektsizligiga ko'ra «umumiy sema»ga birlashadi. Bu fe'llar tilshunoslikda o'timsiz fe'llar deb ham ataladi.

Gorizontal harakat fe'llarining ma'no tuzilishi:

O'zbek tilidagi harakat fe'llari - gorizontal harakatni ifodalovchi fe'llar o'ziga xos ma'no xususiyatlariga ega. Mazkur fe'llar gorizontal yo'nalishda amalga oshirilgan turlicha harakatlarni ifodalaydi. Yo'nalishni ifodalash, ko'rsatish harakat fe'llarining eng muhim, asosiy semantik xususiyati hisoblanadi.2

Shunga ko'ra ushbu birlashtiruvchi semali fe'llarning barchasida «yo'nalishni ifodalash» semasi mavjud . Tabiiyki, ushbu guruhga kiruvchi fe'llar ob'yektsiz hisoblanadi, Ular garchi - ni tushum kelishikli otlar bilan biriksalar ham, ularda ob'yekt valentligi kuzatilmaydi. Mazkur guruhga kiruvchi fe'llarni harakat yo'nalishini ifodalashiga ko'ra 3 guruhga

bo'lish mumkin3:

1. Yo'nalishi aniq bo'lgan gorizontal harakat fe'llari.

2. Yo'nalishi mavhum bo'lgan gorizontal harakat fe'llari.

3. Yo'nalishni o'zgartirish ma'noli harakat fe'llari.

Yo'nalishi aniq bo'lgan gorizontal harakat fe'llari:

1 Sobirov.A.O'zbek tilining leksik sathini sitemalar sistemasi asosida tadqiq etish. Toshkent."ma'naviyat" 2004. 9-bet

2 Gorizantal-ufq chizig'iga yo'nalgan, tik chiziqqa perpendicular bo'lgan (izohli lug'at) 193-bet

3 "O'zbek tilida harakat fe'llarining semantikasi va valentligi" Saodat Muhammedova Toshkent. 2013 11 -bet

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(3), March, 2023

«Yurish» semasiga ega fe'llar: odimlamoq, yo'nalmoq, yurmoq, zimbillamoq, dikanglamoq, dikillamoq, zing'illamoq, zipillamoq, ilgarilamoq, ildamlamoq, intilmoq , tezlamoq , jadallamoq, yo'rtmoq, yo'rg'alamoq, hakkalamoq, lo'killamoq .

Bunday fe'llar inson yoki biror jonzotning aniq yo'nalishdagi harakatini ko'rsatadi. Demak, mazkur farqlovchi sema quyidagi fe'llarda kuzatiladi:

Odimlamoq - «qadam tashlab yurmoq», «oldinga jilib bormoq».

Saman yo'rg'a hamon olg'a qarab odimlamoqda.

Yo'nalmoq - «biror tomonga qarab yo'l olmoq».

U sahnadan chaqqonlik bilan sakrab tushdi-da, eshikka qarab yo'naldi.

Yurmoq - «bir joydan boshqa bir joyga harakatlanmoq».

Bola onasining sumkasini olib,asta yurib ketdi.

Zimbillamoq - «tez yurmoq, shoshilib harakatlanmoq».

Robiya tog'arasini ko'targanicha zimbilladi.

Dikanglamoq- «dik-dik harakat qilmoq, tez-tez ketmoq».

Murodxo'janing samani uyi ko'rinishi bilanoq o'sha tomonga dikangladi.

Dikillamoq - «shoshib-pishib, o'ynoqlab yurmoq».

Jiyanim shu zahotiyoq oshxona tomonga dikkilladi (so'zlashuv uslubida ishlatiladi).

Zing'illamoq - «juda tez yurmoq, yelday uchmoq».

Chopib borayotgan kiyik orqasida zing'illab kelayotgan kiyikchaga qarab qo'yardi va yana olg'a intilardi.

Zipillamoq - «juda tez yurmoq, yelmoq».

Bola bir sakrab, hamshira ketidan zipilladi.

Vertikal harakat fe'llarining ma'no tuzilishi:

Vertikal (tik) harakat fe'llari pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga yo'nalgan harakatlarni bildiradi. Mushtarak semasi «faol harakat», birlashtiruvchi semasi «vertikal (tik) harakat» bo'lgan fe'llarning farqlovchi semalari nutqda aniq namoyon bo' ladi4.

Vertikal harakat fe'llari gorizontal yo'nalishdagi harakat fe'llariga nisbatan kam, aylanma harakat fe'llariga nisbatan esa ko'pdir. Ular tub va yasama bo'ladi. Vertikal harakat fe'llari harakatning namoyon bo'lishiga, mohiyatiga ko'ra 2 guruhga :

1) yuqoridan pastga yo'nalgan harakatni ifodalovchi;

2) pastdan yuqoriga yo'nalgan harakatni ifodalovchi turlarga

ajraladi.

4 Vertikal (ruscha vertikalntiy) pastdan yuqoriga yoki yuqoridan pastga yo'nalgan (O'zbek tilining izohli lug'ati. 117-b.).

iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Vertikal semali fe'llar: chakillamoq, tommoq, yog'moq, sho'ng'imoq, pastlamoq , tushmoq .

Chakillamoq - «chak-chak tommoq, tomib turmoq». Yomg'ir endi to'xtagan, faqat tarnovlardangina tomchilar chakillardi . Tommoq- «tomchi-tomchi bo'lib tushmoq». Tomlar bo'g'otidan tinmay suv tomib turardi. Yog'moq - «bir me'yorda to'xtovsiz osmondan tushib turmoq». Sharros yomg'ir yog'ib turgandi, biroz o'tgach, qor yog'a boshladi Sho'ng'imoq -«suv ichiga kirib, botib ketmoq».

O'rdak bu safar ham suvga sho'ng'igan ekan: «Endi qutulib bo'psan»,-deb u ham sho'ng'ibdi.

Pastlamoq - «pastga harakat qilmoq, tushmoq». Vertolyot cho'qqining yonbag'riga yetib, keyin pastlay boshladi. Tushmoq - «yuqoridan, narsa ustidan pastga tushmoq». Olatoy asta-sekin narvon shotilaridan pastga qarab tusha boshladi . Aylanma harakat fe'llarining ma'no tuzilishi:

Ushbu semantik guruhga kiruvchi fe'llarning barchasini «aylanma harakat» semasi bir semantik maydonga birlashtirib turadi5 . Aylanma harakat fe'llari sub'yektning aylana yo'nalishi yoki usulidagi harakatini ifodalaydi .

«Aylana yo'nalishidagi harakat» farqlovchi semali fe'llar: aylanmoq , g'ildiramoq, pildiramoq, pirillamoq (parillamoq), chirpiramoq. Aylanmoq - «narsa atrofida aylanib harakat qilmoq». Ikkovi ham davrani bosiq aylanadilar.

G'ildiramoq - «aylana yo'nalishida harakatlanib, yurib ketmoq». Tanga qo'limdan tushib g'ildirab ketdi (Yo.Akram). Pildiramoq - «ko'z ilg'amas darajada tez aylanmoq». Motorlar guldirab, g'ildiraklar pildirab, syexda yana ish boshlandi (A.Qahhor). Pirillamoq (parillamoq) - «tez qanot qoqib aylanib uchmoq». Yo'lda donlab yurgan so'fito'rg'aylar otlardan hurkib, nariroqqa borib tinmay prillashardi (S.Ahmad).

Chirpiramoq -«chir-chir aylanib, chirpirak bo'lib uchmoq». Qushcha tinmasdan chirpirardi. Tebranma harakat fe'llarining ma'no tuzilishi:

O'zbek tilida tebranma harakat fe'llari oz bo'lib, ular tub va yasama fe'llardan tashkil topadi. Mazkur semantik guruh fe'llari goh u tomonga, goh bu tomonga

5 "O'zbek tilida harakat fe'llarining semantikasi va valentligi" Saodat Muhammedova Toshkent. 2013 28-bet

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

bir tekis harakat qilish, ya'ni ikki yon tomonga bir xil harakatda bo'lish ma'nosini anglatadi6.

«Tebranma harakat» ni ifodalovchi semali fe'llar: qimirlamoq , liqillamoq, tebranmoq, chayqalmoq, pirpiramoq , hilpiramoq.

Qimirlamoq - «u yon-bu yon borib-kelib, silkinib turmoq, tebranmoq».

Shunday issiq paytda ham terakning bargi jimir-jimir qilib qimirlab, o'ynab turadi (P.Qodirov).

Liqillamoq - «qattiq o'rnashmay qimirlab turmoq». Yaxshi o'rnashmagan taxta liqillab turibdi.

Tebranmoq - «goh u, goh bu yoqqa bir me'yorda harakat qilmoq, chayqalmoq».

XULOSA

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, tebranma harakat fe'llari «harakat» mushtarak semali fe'llarning semantik maydonida, asosan, narsa-predmetlarning tebranma harakatini tub va yasama fe'l shaklida namoyon qiladi.

Nafas va tovush chiqarish harakatini ifodalovchi fe'llarning ma'no tuzilishi:

Borliqdagi turli harakatlar sirasiga nafas va tovush (ovoz) chiqarish, shu jumladan, nutqiy faoliyat ham kiradi. Mazkur harakatlar ham subyektning o'zida kechishi, ya'ni obyektsizligi (o'timsizligi) bilan xarakterlanadi7.

O'zbek tilidagi nafas va tovush chiqarish harakatini ifodalovchi fe'llarda subyekti asosiy hisoblanib, boshqalari muhim ahamiyat kasb etmaydi. Mazkur fe'llar quyidagi ma'no guruhlaridan tashkil topadi:

1. Nutq fe'llari.

2. Nafas chiqarish harakatini ifodalovchi fe'llar.

3. Tovush (ovoz) chiqarish harakatini ifodalovchi fe'llar.

Kuflamoq - «sovuqdan isitish uchun nafas urmoq».

Akam sovuqdan qotgan qo'llarini obdon kufladi.

Uflamoq - «uf tortmoq».

Oybek o'tgan kunlarini yana bir qayta xotirlagandek bo 'ldi va qattiq uflab yubordi.

Puflamoq - «kuchli bosim bilan havo chiqarmoq».

O'roz bilan Yo'lchi og'izlarini naq tutunga yetkazib galma-gal puflashardi Yo'talmoq - «o'qtin-o'qtin kuchli zarb bilan nafas chiqarmoq».

Tur, oyisi, qara o'g'limiz yo'talyapti ( asosan so'zlashuv uslubida ishlatiladi).

Kuylamoq - «qo'shiq yoki ashulani ijro qilmoq».

6 "O'zbek tilida harakat fe'llarining semantikasi va valentligi" Saodat Muhammedova Toshkent. 2013 36-bet

7 "O'zbek tilida harakat fe'llarining semantikasi va valentligi" Saodat Muhammedova Toshkent. 2013 38-b

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

Chol xasta ovoz bilan kuylaydi.

Tilshunoslikdagi harakat fe'Harming semantikasini tadqiq qilish quyidagi xulosalarga olib keldi:

1. Harakat fe'llari shu vaqtgacha keng qamrovli tasnif qilinib, mukammal tahlil qilinmagan. Ushbu fe'llar ayni ishda amalga oshirilgan tadqiq tarzida maxsus ilmiy o'rganish ob'yekti bo'lmagan.

2. Tilshunoslikdagi ko'plab tadqiqotlarda «harakat fe'llari» tushunchasi ostida keng ma'nodagi predmetlarning bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga bo 'lgan harakati tushunilgan .bizga shunisi aniqki, harakat fe'llarini bunday tavsiflash nisbatan cheklangan xarakterga ega. Negaki, bunda borliqdagi boshqa harakatlar o'z aksini topmaydnamoyon qilmaydi, harakatning xususiy ko'rinishlari umumiylikka birlashmaydi. Shunga ko'ra, «harakat fe'llari» maydoniga dastavval borliqdagi faol harakatlarni ifodalovchi fe'llarni kiritish zarur.

Demak, harakat fe'llari borliqdagi jamiki jonli mavjudotlarning turli yo'nalishlarda va usullarda amalga oshirgan harakatlarini ifodalaydi. Ular nafaqat bir nuqtadan ikkinchi nuqtaga bo'lgan siljish, ko'chishni, balki hayotiy zaruriyat bo'lgan barcha harakatlarni- ob'yektlarni qurish, kesish, qirqish, ulash, shaklini o'zgartirish, yaratish, buzish, jismoniy ta'sir etish kabi «cheksiz» ko'rinishlar va mohiyatlarga ega bo'lgan harakatlarni ham anglatadi8.

REFERENCES

1. Sh.M.Mirziyoyev "Qonun ustuvorligi va inson manfaatlarini ta'minlash yurt taraqqiyoti va xalq farovonligining garovi" - Toshkent 2017. "O'zbekiston"

2. http://hozir.org/nutq-kamchiliklarini-aniqlash-va-tekshirish metodikasi. html.uz

3. Ikromova R., G'ulomova X., Yo'ldosheva Sh., Shodmonqulova D., 4-sinf Ona tili. Darslik - Toshkent, 2017.

4. Valijonovna, K. I., & Askaraliyevna, U. M. (2021). Use of Modern Information Technologies in Literacy Classes. International Journal of Culture and Modernity, 11,

5. ХОЛДАРОВА, И. В. (2021). ХАЛ^ ТОПИШМО^ЛАРИ ВА ГЕНЕРАТИВ ЛЕКСЕМАЛАР. МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА, 4(2).

6. Valijonovna, K. I., & Askaraliyevna, U. M. (2021). Use of Modern Information Technologies in Literacy Classes. International Journal of Culture and Modernity, 11, 268-273.

7. Zokirov, M. T., & Zokirova, S. M. (2020). Contrastic analysis at the phonetic level. Academic Leadership (Online Journal), 21(05), 163-169.

8 "O'zbek tilida harakat fe'llarining semantikasi va valentligi" Saodat Muhammedova Toshkent. 2013 189-b

268-273.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(3), March, 2023

8. Zokirova, S. M. (2021). FORMATION OF CREATIVE LITERACY IN MODERN YOUTH AND THE VALUE OF MNEMONIC TECHNOLOGY. Theoretical & Applied Science, (4), 240-243.

9. Zokirova, S. M., & Axmedova, D. O. (2021). WORKING WITH BORROWINGS GIVEN IN DICTIONARIES OF PRIMARY SCHOOL TEXTBOOKS. Theoretical & Applied Science, (3), 275-278.

10. Zokirova, S. M., & Topvoldiyeva, Z. R. (2020). ABOUT BORROWINGS IN THE UZBEK LEXICON. Theoretical & Applied Science, (4), 701-705.

11. Бахтихон, К. (2017). MAKON MA" NOSINI IFODALOVCHI LEKSEMALARINING LINGVISTIK MAYDON SIFATIDA O" RGANILISHI. Актуальные научные исследования в современном мире, (4-2), 53-

58.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.