Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILINING PEDAGOGIK TERMINOLOGIYASIDA KO‘P MA’NOLILIK HODISASI'

O‘ZBEK TILINING PEDAGOGIK TERMINOLOGIYASIDA KO‘P MA’NOLILIK HODISASI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
2302
122
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
leksik tizim / so‘z / termin / terminologiya / pedagogika / leksik-semantik munosabat / tushuncha / ma’no / monosemiya / polisemiya / terminologik ma’no / polisemantik termin / leksikografik izoh / leksema-termin. / lexical system / word / term / terminology / pedagogy / lexical-semantic relationship / concept / meaning / monosemy / polysemy / terminological meaning / polysemantic term / lexicographic explanation / lexeme-term.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Yaxshiyeva, E’tibor Baxtiyorovna

Ushbu maqolada terminologik polisemiya hodisasi masalasi tadqiq qilingan. Xususan, terminologik birliklarda ham kuzatiladigan polisemiyaning o‘zbek tili pedagogik terminologiyasi misolidagi tahlili amalga oshirilgan. Ilmiy yondashuvlarga ko‘ra, soha tushunchasini aniq ifodalash uchun xizmat qiluvchi termin bir ma’noli bo‘lishi, muayyan sohaning aniq bir tushunchasini ifodalashi lozim. Tilshunoslik sohasi mutaxassislari, jumladan, terminologlar tomonidan terminning bir ma’noli va ko‘p ma’noli bo‘lishi masalasi to‘la hal etilmagan. Obyektiv holat ayrim terminlarning semantik tarkibi birdan ortiq ma’nodan tashkil topganligini, ya’ni terminologik polisemiyaning mavjudligini ko‘rsatib turadi. Terminologik polisemiya barcha soha terminologiyasida kuzatiladi. Bu holat umumlingvistik va maxsus lug‘atlarda ham keng aks etmoqda. Ayrim terminlarning semantik strukturasi umumleksik ma’no, terminologik ma’nodan tarkib topgan bo‘lsa, ba’zi terminologik birliklarda birdan ortiq tushuncha bilan bog‘liq ma’nolar mujassamlashgan. Ayni holat terminlarni semantik jihatdan leksema-termin hamda sof terminga ajratishni taqozo qilish bian birga ularning leksikografik talqini va tavsiflarini ham qayta ko‘rib chiqishni talab qiladi. Bu esa leksik-semantik munosabatlarning terminologiyadagi o‘rnini, terminologik polisemiyaning omonimiya va polifunksionimiya bilan munosabati masalasini alohida yondashuv asosida baholash va tavsiflash hamda terminologiyada yuzaga kelayotgan ko‘p ma’nolilikning oldini olish, tartibga solish bilan bog‘liq vazifalarning dolzarbligini ko‘rsatib turadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE PHENOMENON OF MULTIPLE MEANING IN THE PEDAGOGICAL TERMINOLOGY OF THE UZBEKI LANGUAGE

This article examines the issue of terminological polysemy phenomenon. In particular, the analysis of the polysemy, which is also observed in the terminological units, was carried out on the example of the pedagogical terminology of the Uzbek language. According to scientific approaches, the term that serves to clearly express the concept of the field should be unambiguous and express a specific concept of a specific field. Linguistic experts, including terminologists, have not fully resolved the issue of the term's single meaning and multiple meaning. The objective case shows that the semantic structure of some terms consists of more than one meaning, that is, the existence of terminological polysemy. Terminological polysemy is observed in the terminology of all fields. This situation is widely reflected in general linguistic and special dictionaries. The semantic structure of some terms consists of general lexical meaning and terminological meaning, while some terminological units contain meanings related to more than one concept. This situation calls for the semantic separation of terms into lexeme-term and pure term, as well as their lexicographic interpretation and description. This shows the relevance of tasks related to evaluating and describing the place of lexical-semantic relations in terminology, the relationship of terminological polysemy with homonymy and polyfunctionality based on a separate approach, as well as prevention and regulation of ambiguity arising in terminology. .

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILINING PEDAGOGIK TERMINOLOGIYASIDA KO‘P MA’NOLILIK HODISASI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(2), Feb., 2023

O'ZBEK TILINING PEDAGOGIK TERMINOLOGIYASIDA KO'P

MA'NOLILIK HODISASI

E'tibor Yaxshiyeva Baxtiyorovna

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti universiteti doktoranti [email protected]

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada terminologik polisemiya hodisasi masalasi tadqiq qilingan. Xususan, terminologik birliklarda ham kuzatiladigan polisemiyaning o'zbek tili pedagogik terminologiyasi misolidagi tahlili amalga oshirilgan. Ilmiy yondashuvlarga ko'ra, soha tushunchasini aniq ifodalash uchun xizmat qiluvchi termin bir ma'noli bo'lishi, muayyan sohaning aniq bir tushunchasini ifodalashi lozim. Tilshunoslik sohasi mutaxassislari, jumladan, terminologlar tomonidan terminning bir ma'noli va ko'p ma'noli bo'lishi masalasi to'la hal etilmagan. Obyektiv holat ayrim terminlarning semantik tarkibi birdan ortiq ma 'nodan tashkil topganligini, ya'ni terminologik polisemiyaning mavjudligini ko'rsatib turadi. Terminologik polisemiya barcha soha terminologiyasida kuzatiladi. Bu holat umumlingvistik va maxsus lug'atlarda ham keng aks etmoqda. Ayrim terminlarning semantik strukturasi umumleksik ma 'no, terminologik ma 'nodan tarkib topgan bo 'lsa, ba'zi terminologik birliklarda birdan ortiq tushuncha bilan bog'liq ma'nolar mujassamlashgan. Ayni holat terminlarni semantik jihatdan leksema-termin hamda sof terminga ajratishni taqozo qilish bian birga ularning leksikografik talqini va tavsiflarini ham qayta ko 'rib chiqishni talab qiladi. Bu esa leksik-semantik munosabatlarning terminologiyadagi o 'rnini, terminologik polisemiyaning omonimiya va polifunksionimiya bilan munosabati masalasini alohida yondashuv asosida baholash va tavsiflash hamda terminologiyada yuzaga kelayotgan ko'p ma'nolilikning oldini olish, tartibga solish bilan bog'liq vazifalarning dolzarbligini ko 'rsatib turadi.

Kalit so'zlar: leksik tizim, so'z, termin, terminologiya, pedagogika, leksik-semantik munosabat, tushuncha, ma'no, monosemiya, polisemiya, terminologik ma 'no, polisemantik termin, leksikografik izoh, leksema-termin.

KIRISH

Til leksikasining alohida mikrotizimi hisoblangan terminosistemaning semantik tabiatida o'ziga xos alohidaliklar bilan birga umumleksik semantik xususiyatlar ham kuzatiladi. Xususan, umumleksik qatlam birliklariga xos monosemiya va polisemiya kabi semantik hodisalar terminologiyada ham qayd qilinadi.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

Terminologik birliklarni semantik tarkibiga ko'ra bir ma'noli va ko'p ma'noli terminlar guruhiga ajratishning asoslari mavjud. Terminologiyaning katta miqdorini bir ma'noli terminlar tashkil qiladi. Muayyan soha tushunchasini ifodalashga xizmat qiluvchi maxsus so'z - terminning tabiati ham xuddi shu holatni talab qiladi. Biroq terminologik tamoyil talabiga zid ravishda birdan ortiq tushunchani ifodalashga xizmat qilayotgan ko'p ma'noli terminlar ham deyarli barcha soha terminologiyasida kuzatiladi. Sohaviy leksikani tashkil qiluvchi terminlogiya ham umumleksik tizim tarkibining mikrotizimi sifatida qayd qilinsa, leksik-semantik xususiyat va munosabatlar terminlar tizimida ham o'ziga xos tarzda aks etishini inkor etib bo'lmaydi. Terminlarda ko'p ma'nolilikning mavjudligi polisemiya hodisasining terminologik aspektdagi alohida tadqiqini taqozo qiladi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METOD

Terminolog D.S.Lottening ta'kidlashicha, muayyan bitta termin muayyan soha terminologiyasida bir ma'noli bo'lishi lozim [5]. Terminlar asosan monosemantik tabiatli bo'lishi O.S.Axmanova [1] tomonidan ham qayd qilinadi. O'zbek tilshunosligida ham terminga monosemantiklik xos xususiyat ekanligi qo'llab-quvvatlangan: "Termin hamma vaqt - gapda ham, gapdan tashqarida ham bir ma'noli bo'ladi. Uning bir ma'noli bo'lishi ma'lum fan yoki maxsus sohadagina qo'llanish xususiyati orqali yuzaga keladi"[10]. Akademik A.Hojiyev ta'kidlaganidek, "terminlar bir ma'noli bo'lishi, ekspressiv va emotsionalikka ega bo'lmasligi kabi belgilari bilan umumiste'moldagi so'zlardan farqlanadi"[12]. Rus tilshunosi V.A.Tatarinov terminologiyada monosemiyaga zid bo'lgan polisemiya hodisasi ham mavjudligini, terminologik birlik polisemiyasi salbiy xususiyat sifatida baholanmasligini ta'kidlaydi[9]. Terminlarda leksik-semantik munosabatlarning beqarorligi, terminlarga asosan bir ma'nolilik xosligi, terminologik ko'p ma'nolilik, sinonimiya salbiy holat deb qaralsa-da, terminologiyada ham ko'p ma'nolilik, terminlararo ma'nodoshlik kabilar mavjudligi tilshunos Y.Konovalova tomonidan ham qayd qilinadi[4]. A.V.Superanskaya esa "Termin - bu professional bilimlarning muayyan sohasi atamalar tizimiga kiruvchi tushuncha hisoblanib, u so'z bilan ifodalanadi. Termin - maxsus maqsadlar uchun mo'ljallangan tilning asosiy ma'noviy elementidir. Termin bir ma'noda qo'llaniladi. Turli maydonlarning bir xil aytiladigan terminlari - omonimlardir"[8], degan fikrni ilgari suradi.

Yuqoridagilardan ma'lum bo'ladiki, terminlarga asosan bir ma'nolilik xos degan yondashuvlar ustuvorlik kasb etadi. Biroq terminlardagi polisemiyani ham rad etib bo'lmaydi. O'zbek tilining pedagogik terminologiyasida ham omonimiya, polisemiya, polifunksionimiya kabi semantik hodisalar mavjudligini polisemantik terminlarning umumleksik va terminologik lug'atlardagi izohi orqali ham asoslash mumkin.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

"Polisemantik terminlar birdan ortiq sememaga ega, ular bu sememalari bilan bir sohada qo'llanadi. Ushbu sememalar orasidagi semik zanjirlar mustahkamligi bilan xarakterlanadi. Shu bilan birga, ayrim polisemantik umumiste'mol leksemalarning ba'zi sememalarigina terminologik mohiyatga ega bo'ladi"[3]. Bu fikrdan anglashiladiki, ko'p ma'noli umumleksik birliklar ham semantik tarkibidagi ayrim ma'nosi orqali terminologik birliklar tizimiga aloqadorlik kasb etadi.

MUHOKAMA

Terminlar tizimida ham kuzatiladigan polisemiya hodisasini o'zbek tilining pedagogik terminologiyasi asosida tahlil qilishga harakat qilamiz. Kuzatuvlarimiz natijasida quyidagi ko'p ma'noli umumleksik birliklarning ayrim ma'nolari terminologik ma'no kasb etishi va shu orqali pedagogik terminlar tizimiga kirishi aniqlandi: guruh, dars, bilim, ta'lim, didaktika kabilar. Ushbu birliklarning ko'p ma'nolilik xususiyatga egaligi, ma'nolarining umumleksik yoki terminologik xarakter kasb etishi masalasini tahlil qilish uchun umumfilologik va terminologik lug'atlarga murojaat qilamiz.

O'zbek tilining izohli lug'atida guruh so'zining besh xil ma'nosi izohlangan: "1 Bir to'p odam, to'da. 2 Maqsad, maslak, faoliyat va sh. k. lar umumiyligi asosida shakllangan rasmiy yoki norasmiy jamoa. 3 Umumiy belgi, xususiyatga ega bo'lgan bir turdagi narsa, hodisalar majmui, turkumi. 4 Dars, mashg'ulot o'tkazish maqsadida birlashtirilgan kishilar, talabalar bo'linmasi, to'pi. 5 Tabaqa, toifa; daraja"[11].

Ko'rinadiki, guruh so'zining qayd qilingan to'rtinchi ma'nosi ta'lim sohasi tushunchasi bilan bog'liq bo'lib, ana shu ma'no asosida pedagogik terminologiya tizimiga aloqadorlik kasb etadi. Guruh so'zi terminologik ma'no xarakter kasb etgan ushbu 4-ma'nosi asosida pedagogika sohasiga oid qator tushunchalarni ifodalovchi terminlarning yuzaga kelishida ham faol ishtirok etadi. Jumladan, kichik guruh, guruh a'zosi, guruh bahosi, guruh xatosi, kuni uzaytirilgan guruh, guruhlash, qayta guruhlash, talabalar guruhi, ishchi guruh, tashkiliy guruh, ekspertlar guruhi, gomogen guruh, guruhli faoliyat texnologiyasi, guruhli o'qitish, guruhlar bilan ishlash kabi pedagogik terminlar tarkibida muhim komponent hisoblanadi.

O'zbek tilining leksik birligi bo'lgan dars so'zi ham pedagogika sohasi termini sifatida xizmat qiladi. Dars so'zining umumfilologik lug'atda ikki xil ma'nosi izohlanganligi uning ko'p ma'noli birlik ekanligidan dalolat beradi: "1 Ta'lim muassasalarida ilm, ma'lumot berish maqsadida o'tkaziladigan o'quv mashg'ulotlari, saboq. 2 ko 'chma Hayotiy tajribadan kelajak uchun chiqarilgan foydali natija, ibrat, saboq"[11]. Izohdan ma'lum bo'ladiki, dars so'zining birinchi ma'nosi sof terminologik xarakter kasb etadi. Ikkinchi ma'no esa, lug'at maqolasida qayd qilinganidek, ko'chma ma'no bo'lib, umumleksikaga xos. Maxsus ensiklopedik

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

lug'atda ham dars polisemantik termin sifatida tavsiflangan. Biroq dars tushunchasi bilan bog'liq leksik birlikning umumleksikaga oid ko'p ma'noliligi bilan terminologik tizimga xos ko'p ma'noliligi o'rtasida jiddiy farq ko'zga tashlanadi, ya'ni umumlingvistik izohli lug'atda qayd qilingan dars so'zining birinchi ma'nosida soha tushunchasiga aloqadorlik mavjud, ikkinchi ma'nosi terminologik xususiyatga ega emas. Soha lug'atida esa dars terminining qayd qilingan har ikki ma'nosi ham terminologik mohiyatlidir: "DARS (arab. - saboq, ma'ruza) 1) uzluksiz ta'lim muassasalarida amalga oshiriladigan ta'limning asosiy shakli; 2) o'quv ishlarining asosiy tashkiliy shakli, mantiqiy tugallangan, yaxlit o'quv-tarbiyaviy jarayonning aniq vaqt bilan cheklangan qismi"[11]. Soha lug'atida qayd qilingan ikki xil ma'no o'rtasida jiddiy semik farqlilik sezilmaydi. Shunga asosan, ushbu ma'nolarni umumlashtirgan holda dars terminining terminologik ma'nosini "o'quv-tarbiyaviy jarayonning muayyan bilim hosil qilish, ko'nikma va malakani shakllantirishga qaratilgan, mantiqiy tugallangan, aniq vaqt bilan belgilangan asosiy tashkiliy shakli" tarzida tavsiflash lozim. Metodikaga oid termin va tushunchalar lug'atida dars termini monosemantik termin sifatida to'g'ri yondashuv asosida izohlangan: "DARS. Maktabdagi o'quv jarayonining asosiy tashkiliy shakli (oliy ta'limdagi amaliy mashg'ulot turi), uning maqsadi tugallangan natijaga erishishdir; talabalarning doimiy tarkibi bilan, qat'iy jadvalga muvofiq amalga oshiriladi") [11].

Yuqorida qayd qilinganlarga ko'ra, dars so'zi umumleksik birlik sifatida ko'p ma'noli bo'lishi mumkin, terminologik tizimda esa bir ma'noli termin sifatida qayd qilinishi maqsadga muvofiq bo'ladi. Shuningdek, dars so'zining umumfilologik izohli lug'atdagi birinchi ma'nosi oldidan pedagogikaga oid terminologik ma'no ekanligiga ishora qiluvchi ped. pometasi qo'yilishi lozim, shunda mazkur so'zning leksema-terminlik maqomi ta'minlanadi. Dars termini ta'lim-tarbiya jarayoni va faoliyati tushunchalari bilan bog'liq darslik, darsxona, dars tahlili, dars maqsadi, dars shakli, dars tipi, dars jadvali, dars turi kabi pedagogika sohasiga tegishli ko'plab terminlarning yasalishida ham faol ishtirok etadi.

NATIJALAR

O'zbek tilining pedagogika terminologiyasida quyidagi birliklarning ham polisemantik terminlar sifatida qayd qilinganligini kuzatishimiz mumkin: "Avtoritar texnologiya - 1) an'anaviy ta'lim jarayonining ifodasi bo'lib, o'qitish jarayonida o'quvchi obyekt, o'qituvchi subyekt sifatida faoliyat ko'rsatishiga asoslangan tizim; 2) o'quv-tarbiya jarayonida o'quvchini bo'ysundirish asosida boshqarish texnologiyasi. Adabiyot o'qitish metodikasi - 1) adabiyot ta'limi nazariyasi hamda metodikasi bo'yicha talabalarga muayyan bilim, ko'nikma, malakalar hosil qilishga yo'naltirilgan o'quv fani; 2) adabiyot o'qitish metodikasi xususiy pedagogikaning

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

asosiy sohasi. Kurs - 1) oliy va o'rta maxsus o'quv yurtlarida o'quv davri, bosqichi (masalan: birinchi kurs, ikkinchi kurs va h.k.); 2) biror fan va ilm sohasining muayyan doiradagi tugallangan bayoni (masalan: ta'limning kurs tizimi). Pedagogik ijodkorlik - 1) ta'lim beruvchi tomonidan o'quv-tarbiya vazifalarini yuksak sifat darajasida o'zgacha hal etilishi. 2) ta'lim-tarbiya amaliyoti va nazariyasining boyitilishi. Pedagogik innovatsiya - 1) pedagogik faoliyatga uning samaradorligini oshirish maqsadida yangiliklarning kiritilishi, ta'lim-tarbiyaning mazmun va texnologiyalaridagi o'zgarishlar; 2) ta'lim faoliyatida bola shaxsini rivojlantirish jarayoniga oid madaniy an'analarga asoslanib ta'lim jarayoniga yangicha qarash va yondashuvlar"[6]. Yuqorida qayd qilingan ayrim polisemantik termin ma'nolari o'rtasidagi alohidalik yaqqol ajralib tursa (kurs, pedagogik ijodkorlik), alohida ma'nolar tarzida izohlangan ayrim ma'nolar o'rtasida jiddiq farqlilik sezilmaydi (avtoritar texnologiya, adabiyot o'qitish metodikasi, pedagogik innovatsiya). Bu holat esa soha lug'atlarida ko'p ma'noli termin sifatida berilgan terminlarning ma'nolarini umumlashtirgan holda tavsiflashni taqozo qiladi.

Ayrim pedagogik terminlar umumfilologik izohli lug'atda bir ma'noli lug'aviy birlik tarzida izohlangan bo'lsa, sohaviy lug'atlarda ko'p ma'noli termin sifatida tavsiflanganligi ham kuzatiladi. Masalan, didaktika termini "O'zbek tilining izohli lug'ati"da bir ma'noli termin, pedagogika ensiklopedik lug'atida ko'p ma'noli termin tarzida tavsiflangan. Fikrimizni asoslash uchun ushbu terminlarning umumfilologik va maxsus lug'atlardagi izohlarini qiyoslaymiz: "DIDAKTIKA [yun. didaktikos -ibratli; o'rgatuvchi, ta'lim beruvchi] Pedagogikaning ta'lim va o'qitish nazariyasi (maqsadi, mazmuni, qonuniyatlari va tamoyillari), umumiy metod va shakllari haqidagi bo'limi"[11]. "DIDAKTIKA (yun. didaktikos - o'rgatuvchi, ta'lim beruvchi) - 1) ped.ning o'qitish nazariyasi b-n shug'ullanadigan tarmog'i; 2) ta'lim nazariyasi"[7].

Xuddi shu lug'atda domla terminining besh xil ma'nosi izohlangan: "1) oliy va o'rta maktab o'qituvchisi; ilmiy rahbar, ustoz; 2) diniy maktab muallimi; 3) har qanday ilmli kishiga hurmat bilan murojaat etish shakli; 4) din va shariat peshvosi; 5) duoxonlik, issiq-sovuq qilish bilan shug'ullanuvchi shaxs"[7]. E'tibor qilinsa, qayd qilingan ma'nolarning barchasi ham terminologik nuqtai nazardan o'zini oqlamaydi, xususan, terminnning birinchi va ikkinchi ma'nolargina sohaviy tushunchaga aloqadorlik kasb etadi. Boshqa, ya'ni uchinchi, to'rtinchi va beshinchi ma'noning ushbu o'rinda qayd qilinishi ortiqcha, chunki ushbu ma'nolar pedagogika sohasiga oid tushunchalar bilan bog'liq emas. Domla ko'p ma'noli so'z sifatida izohli lug'atda quyidagicha izohlangan: "DOMLA s.t. 1 Domulla. 2 Har qanday ilmli kishiga hurmat bilan murojaat etish shakli"[11]. "DOMULLA [f.+hind. ota, katta + a.

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

o'qituvchi; ruhoniy olim] 1 Diniy maktab muallimi. 2 Madrasani bitirgan mulla kishi. 3 etn. Duoxonlik, issiq-sovuq qilish bilan shug'ullanuvchi shaxs. 4 s.t. O'rta va oliy maktab o'qituvchisi; ilmiy rahbar, ustoz"[11]. Nazarimizda, domla terminining terminologik izohini berishda "O'zbek tilining izohli lug'ati"dagi lug'at maqolasiga tayanilganligi uchun, terminning soha lug'atiga tegishli leksikografik talqini umumfilologik lug'atdagi izohidan deyarli farq qilmaydi. Bu holat terminologik lug'at tavsifining terminologiya tamoyillaridan chetga chiqishdan dalolat beradi.

Boshqa soha terminologiyasida kuzatilganidek, o'zbek tilining pedagogik tushunchalarni ifodalashga xizmat qiluvchi terminlari tizimida ham polisemiya hodisasi mavjud. Pedagogika oid polisemantik terminlarni ma'nolarining tabiatiga ko'ra ikki guruhga ajratish maqsadga muvofiq: 1) polisemantik leksema-termin va 2) polisemantik sof termin.

Pedagogikaga oid polisemantik terminlarning yuqorida kuzatilgan semantik tabiati va ularning leksikografik talqin hamda tavsiflari polisemantik terminlarning mavjudligini tasdiqlash bilan birga ko'p ma'noli terminologik birliklarning ma'nolarini ajratish va izohlarini berishda terminologiya tamoyillaridan chetga chiqish holatlarini ham ko'rsatmoqda. Bu holat esa terminologik tizimda polisemiyaning keng yoyilishiga olib keladi.

Polisemiya hodisasining terminologiyada ham kuzatilishini, polisemiya terminologik birliklar orasida ham mavjudligini inkor etib bo'lmaydi. Terminlar polisemiyasi ham umumleksik hodisaning barcha leksik birliklarga xosligining o'ziga xos ifodasidir. Terminologik polisemiya terminologiya aspektida salbiy hodisa sifatida baholansa-da, uning terminologiyada ham mavjudligini real voqelik ko'rsatib turibdi. Terminologik polisemiyaning oldini olish, bartaraf etish, tartibga solish kabi masalalar ushbu holatga nisbatan alohida ilmiy yondashuv va tadqiqotlarni taqozo qiladi. Ushbu masalalarning yechimi terminlarning umumlingvistik va maxsus lug'atlardagi talqin va tavsiflarining terminografik asoslarda hal qilinishida namoyon bo'ladi.

REFERENCES

1. Ахманова О.С. Словарь лингвистических терминов. - Москва: Советская энциклопедия, 1966. - 605 c.

2. Азимов Э.Г., Щукин А.Н. Новый словарь методических терминов и понятий. - М., 2009. - С. 326.

XULOSA

SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7

3(2), Feb., 2023

3. Исломов И. Узбек тилининг географик терминологияси: тизими, генезиси, семантик структураси ва лексикографик талкини: Филол. фан. докт. ... дисс. -Карши, 2021. - Б. 125. - 216 б.

4. Коновалова Е.А. Деривационный потенциал и парадигматические отношения современной русской терминологии: Дисс. ... канд. филол. наук. -Москва, 1998. - 184 с. - С. 116.

5. Лотте Д.С. Вопросы заимствования и упорядочивания иноязычных терминов и терминоэлементов / Д.С. Лотте. - Москва, 1982. - 149 с.

6. Педагогик атамалар лугати / тузувчилар: Жамоа. - Тошкент, 2008. - 136 б.

7. Педагогика: энциклопедия / тузувчилар: Жамоа. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2015. - 320 б. - Б. 250.

8. Суперанская А.В. Общая терминология. - М.: УРСС, 2009. - С. 5.

9. Татаринов В.А. Теория терминоведения: в 3 т. / В.А. Татаринов. - М.: Московский Лицей, 1996. - Т.1: Теория термина: история и современное состояние. - 311 с.

10. Усмонов С. Узбек терминологиясининг баъзи масалалари. - Тошкент: Укитувчи, 1968. - 114 б. - Б. 7.

11. Узбек тилининг изошли лугати. 5 жилдли. I жилд. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2006. - 680 б. - Б. 528-529; 569; 607; 641; 642.

12. Х,ожиев А. Тилшунослик терминларининг изохли лугати. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси, 2002. - 168 б. - Б. 104.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.