INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
O'ZBEK VA KOREYS MAQOLLARIDA GENDERLIK MASALASI
Bazarova Shaxlo Shuxratovna
Samarqand davlat chet tillar instituti katta-o'qituvchisi
Annotatsiya. Maqolada o'zbek va koreys xalq og 'zaki ijodi janrlaridan biri - maqoljanri haqida ma'lumot beriladi. Maqollarda genderlik masalasi tahlil qilinadi. Ma'lumki, xalq og'zaki ijodida ham ayollar va erkaklar tomonidan aytiladigan qo'shiqlar, topishmoqlar, maqollar mavjud bo'lib, maqolada aynan maqol janri xususiyatlariga munosabat bildiriladi.
Kalit so'zlar: janr, poetika, gender, konsepsiya, maqol, his-tuyg'u, folklor, xarakter, millat, mentalitet, qalb talqini.
https://doi.ore/10.5281/zenodo.14173926
Аннотация. В данной статье представлены сведения об одном из жанров узбекского и корейского народного творчества - в жанре пословицы. В пословицах анализируются проблемы пола. Известно, что в фольклоре существуют песни, загадки и пословицы, произносимые женщинами и мужчинами, и в статье рассматриваются особенности жанра пословиц.
Ключевые слова: жанр, поэтика, род, понятие, пословица, чувство, фольклор, характер, нация, менталитет, душевная интерпретация.
Abstract. This article provides information about one of the genres of Uzbek and Korean folk art - the genre of proverbs. Proverbs analyze gender issues. It is known that in folklore there are songs, riddles and proverbs pronounced by women and men, and the article discusses the features of the genre of proverbs.
Key words: genre, poetics, gender, concept, proverb, feeling, folklore, character, nation, mentality, spiritual interpretation.
KIRISH. Janubiy Koreya adabiyotida xotin-qizlar nasri alohida o'rin tutadi, uning o'z tarixi bo'lib, taraqqiyoti uzoq davrlarni qamrab oladi. Afsuski, o'zbek koreysshunosligida mavzuga haligacha e'tibor yetarlicha berilmagan. Masalaning mohiyatiga teranroq razm soladigan bo'lsak, koreys xalq og'zaki ijodiyoti janrlarida ham ayol qalb kechinmasini, his-tuyg'ularini ifodalaydigan janrlar ham anchagina. Hattoki, o'zbek va koreys xalq og'zaki ijodi janrlaridan, jumladan, maqol, topishmoq, to'rtlik, qo'shiq kabi janrlar mohiyatiga teranroq razm soladigan bo'lsak, bu janrlarda genderlik masalasining yorqin namunasini uchratishimiz mumkin. Ayol va erkak jinsi tomonidan aytiladigan bu janrlarda ularda ifodalanayotgan detallar, tasvirlar orqali ayollar olami va erkaklar olami aks etayotganini ko'rish mumkin. Maqollarning lingvokulturologik xususiyatlariga to'xtalar ekanmiz, millatlarning o'ziga xos milliy xarakteri va mentaliteti haqida so'z ochmay ilojimiz yo'q, albatta. Chunki xalqning o'ziga xos madaniyati, tarixi va urf odatlarini ixcham holatda yetkazib beruvchi xalq maqollari xalqning mentalitetini ifodalashda yetakchi o'rinda turadi. Maqollar xalq ijodiyotining bebaho namunasi bo'lib, o'sha xalqning milliy - madaniy xususiyatlarini, dunyoqarashi va millatning ruhiyatini ifodalaydi. Mashhur tilshunos Dal aytganidek, "maqollar to'plami - bu xalq tilidan, tajribadan olingan hikmatlar majmuasi, sog'lom aql sarasi, xalqning hayotda orttirgan
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 j ISI: 0.539 j VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
haqiqati"1. Koreys va o'zbek maqollarini qiyosiga to'xtalar ekanmiz, ular o'sha til egasi bo'lmish xalqning tarixiy, ma'naviy va moddiy madaniyati ko'zgusi ekaniga guvoh bo'lamiz. Shu sababli, turli til maqollarini qiyosiy o'rganish millatning o'ziga xos madaniy va milliy qirralarini ochishga yordam beradi, boshqacha qilib aytganda, o'sha xalqning mentalitetini ko'rsatadi. Hattoki, xalq og'zaki ijodi janrlarida ham genderlik masalasi alohida ahamiyatga ega. Jumladan, o'zbek folklorida ayollar tomonidan aytiladigan, ayollarning turmush darajasini o'zida aks ettirgan maqollar mavjud bo'lib, bu maqollarda aynan ayol kishining tarbiyasi, xulqi, kamchiliklari o'z ifodasini topadi:
Ayol shaxsi tomonidan aytiladigan maqollar Erkak shaxsi tomonidan aytiladigan maqollar
Limcha mulla - dinning sho'ri, Yomon xotin - unningsho'ri. Yigit kishiga qirq hunar oz.
Yigit joni - bitta, Qiz joni - qirqta. Yigit moli yer ostida.
Ayolning husni pardozda emas, aqlida. Ota rozi - Xudo rozi.
Bola - yoshidan, Xotin - boshidan. Yigit g'ami elida, Elningg'ami dilida.
Ona suti bilan kirmagan tana suti bilan kirmas. El bor bo'lsa, er xor bo'lmas, Er bor bo'lsa, el xor bo 'lmas.
Terakka qarab, tol o 'sar, Onaga qarab, qiz o'sar. Ekin yer ida ko'karar, Er — elida.
Eshigi yomonning uyiga borma, Onasiyomonning qizini olma.2 El boshiga tushgani — Er boshiga tushgani.
"Mentalitet" tushunchasi tilshunoslik paradigmasiga kiritilganiga hali ko'p bo'lmagan bo'lsa-da, hozirda juda keng doirada qo'llanilmoqda. Tor ma'noda mentalitet "fikrlash doirasi, dunyoqarash" mazmunida foydalanilsa, keng ma'noda "xalqning axloqi, tarbiyasi va tasavvuri tushuniladi"3.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA. Tilshunos olim Boldirev dunyo madaniyatlarini o'tmishga, hozirgi kunga va kelajakka yo'nalishiga qarab uch turga bo'ladi. Birinchi guruh madaniyatlari "konservativ" madaniyatlar sifatida tasvirlanib, ularda an'analarga katta ahamiyat beriladi. Ingliz, rus, xitoy, yapon va fransuz madaniyatlari bunday madaniyat turiga misol bo'la oladi. Hozirgi kunga yo'nalgan madaniyat vakillari bugungi kun bilan yashashadi. Ular ta'sirchan bo'lib, qarorlarni "shu yerda, hozirning o'zida" qabul qilishadi. Ushbu madaniyatlarga Lotin Amerika mamlakatlari, filippinliklar, irlandiyaliklar kiradi. Bunday guruhga turklarni ham kiritish mumkin. Shimoliy amerikaliklar esa kelajakka yo'nalgan madaniyatlar sirasiga kiradi. Bunday madaniyatlarda rivojlanishga, kelajak uchun zaxira jamg'arishga katta ahamiyat qaratiladi4 Ishimizda ko'rib o'tayotganimiz koreys va o'zbek xalqlari madaniyatini "konservativ" madaniyatlar guruhiga kiritishimiz mumkin. Shu bois har ikki xalq maqollarida umuminsoniy qadriyatlar, fazilatlar va odatlar, falsafiy tushunchalar o'xshash. Ahamiyatli tomoni shundaki, har ikki tilda mavjud bo'lgan bir xil maqollar ba'zan ikki xalq tomonidan bir xil, ba'zan umuman boshqacha ifoda bilan o'zining xususiyatlarini ochib beradi.
1 Порудоминский В.И. Жизнь и слово: Даль. Повествование. - М.: Мол. Гвардия, 1985. - 171 С.
2 O'zbek xalq maqoПari. Toshkent: Sharq,2005.
3 Гачев Г.Д. Национальные образы мира. Космо-Психо-Логос. - Москва: 1995. - 59 С.
4 Болдырев В.Е. Введение в теорию межкультурной коммуникации. Курс лекций. - М.: Русский язык, 2009. - 76 С.
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Jumladan, koreys maqollarida ham ayol ijodkorligi, yan'ni ayollar tomonidan aytiladigan maqollar mavjud bo'lib, bu maqollarda ayollar tomonidan ishlatiladigan detallar, kundalik maishiy hayotdagi holatlari aks etadi. Bu janrlarda koreyadagi tabaqalanish holatlarini ham kuzatishimiz mumkin. Quyi tabaqa vakillarining maqol, xalq ertaklari, xalq qo'shiqlarida qashshsoq insonlarning hayotdan umidsizligi, gina-quduratlar aks etadi. Buni tabiiy hodisa sifatida ko'rish kerak. Sababi ulardagi yo'qsillik, yuqori tabaqa vakillarining muntazam ular ustidan hukmronligi mana shunday tushkun holatga olib kelgan. Maqollar xalq hayotini aks ettirgani uchun ularda nafrat ham bo'lishi tabiiy. Maqollarda ifodalangan qayg'u,
Ayol shaxsi tomonidan aytiladigan maqollar
Koreys tilidagi maqol O'zbek tilidagi izohi
44 #^4 4 44 444 Ayolning noroziligi qo 'rqinchli
44 44^ 4444 344^, ^44 3444 Turmushga chiqqanimda 3 yil kar, 3 yil soqov bo'lib qoldim,
44^ 444^4 44^ 4444 4 44 Meni urgan qaynonamdan ko'ra meni to'xtatadigan qayn-opani yanada yomon ko'raman
444 444 4 4 444 444 Uchta bola bor uyda onaga yegani tikan ham tegmas.
444 4 44 444» ^4 Bolasini ko'rishdan oldin onasini ko'r
44 4—4 44 ^44 44—4 44 # 44 Ikkinchi kelinni olgandan keyin birinchisining yaxshiligini bilasan
NATIJALAR. Mana shunday ziddiyatlarning sababchisi sifatida ayollar qashshoqlik deb qarashadi. Aynan qashshoqlikni, yo'qsillikni ifodalovchi maqollar ham sermahsul: "44
44^ 444.", -^444 4444 4444.", 44 # 4 444
4444 4 bu kabi qashshoqlikni ifodalovchi maqollarning ko'pchiligi bilvosita xalq hayotining qanchalik qashshoq bo'lganidan dalolat beradi. O'zbek xalq maqollaridagi mentalitet tushunchasiga to'xtaladigan bo'lsak, xalqimiz qonidagi mehnatkashlik, sadoqat, ota-onaga hurmat, ayollarning jamiyatdagi vazifalari haqidagi maqollar o'zbek xalqining eng sevimli mavzularidan biridir. Aynan mana shu jihatlar koreys xalq maqollarida ham o'z ifodasini topgan. Chunki mehnatsevarlik, kattalarga hurmat, kichiklarga izzat, rostgo'ylik kabi fazilatlar o'zbek va koreys adabiyotini birlashtiruvchi muhim fazilatlar sirasiga kiradi.
Darhaqiqat, maqollar bu xalqning madaniy merosidir. Ularda o'sha xalqning barcha o'y-fikrlari, dunyoqarashi, turmush tarzi, fe'l-atvori va e'tiqodi aks etadi. Har bir millat o'ziga xos tavsiflarga ega ekan, bu ularning maqollariga ham ta'sir etmay qolmaydi. Hatto maqollardagi mavzular o'xshash bo'lsada, ulardagi obrazlar takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Aynan ana shu tasvirlar maqollardagi milliy bo'yoqdorlikni ta'minlaydi.
MUHOKAMA. Yuqorida biz xalq og'zaki ijodiyotida genderlik xususiyatlari mavjudligini, aynan koreys folklorida ham buning yorqin namunalari mavjuligini ta'kidladik.
Misollarga murojaat qilamiz:
Erkak shaxsi tomonidan aytilgan maqollar
Koreys tilida O'zbek tilidagi izohi
44 444 4a 4^4 444 Kuyovni qaynona, kelinni qaynota xushlar
INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES
ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024
INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL
Cholimning puli mening pulim, o'glimning puli kelinimniki
л л Otasi qanday bo'lsa, o'g'li ham shunday bo'ladi
Koreys va o'zbek xalq maqollarini birlashtirib turadigan bir muhim jihat mavjud. Bu -tarbiya masalasidir. Har ikkala xalq maqollarida ham oila muqaddas ekanligi, unda ota-ona muhim ustun bo'lib hisoblanishi, farzand tarbiyasi eng ulug' qadriyat sifatida talqin qilinadi. Ota-onaning qandayligini ko'rib, ular tarbiya qilgan farzandlarga baho beriladi. Bunga sabab, farzand, odatda, ota-onasidan o'rnak oladi, ularga o'xshashga harakat qiladi. Ota-onaning qandayligi farzandda aks etadi. Tarbiyaga oid bunday maqollarni har ikkala xalq og'zaki ijodi namunalari orasida ko'plab uchratish mumkin. Boisi, tarbiya har qanday zamonda va makonda xoh u o'zbek, xoh u koreys bo'lsin, eng muhim masala sanaladi. Yana shuni ham e'tirof etish kerakki, "qaynona" va "kelin" obrazlari nafaqat o'zbek maqollarida, balki, koreys xalq maqollarida ham ko'p yoritiladi. Buning sababi koreys va o'zbek xalqida ota-onani ulug'lash, ular qariganda g'amxo'rlik qilish millatning qon-qoniga singib ketgan qadriyat, eng oliy burch hisoblanadi. Shu boisdan farzandlar oila qurgandan so'ng ham ota-onalari bilan birgalikda yashab kelishgan. Shu bois qaynona kelin mavzusi kundalik hayotning ajralmas qismi bo'lib, har ikki xalqda ham bu munosabatlarga jiddiy yondashiladi.
XULOSA. Xulosa sifatida shuni aytishimiz kerakki, xalq og'zaki ijodi janrlarida xalq ruhi, ma'naviyati, madaniyati, urf-odatlari mujassam. Biz yo'qorida xalq og'zaki ijodining birgina janri - maqol janri va unda genderlik masalasini tahlil qildik. O'zbek va koreys xalq maqollarida ayol jinsi va erkak jinsi tomonidan aytilgan maqollarning mavjudligi shuni ko'rsatadiki, kishilik jamiyati taraqqiyotining ilk bosqichlaridayoq ayollar ijodkorligi, ayollarning jamiyatdagi va oiladagi o'rni masalasi doimo yo'qori pog'onalarda bo'lganligi fikrlarimizga isbot bo'laoladi.
ADABIYOTLAR RO'YXATI
1. Болдырев В.Е. Введение в теорию межкультурной коммуникации. Курс лекций. - М.: Русский язык, 2009.
2. Гачев Г.Д. Национальные образы мира. Космо-Психо-Логос. - Москва:
1995.
3. Порудоминский В.И. Жизнь и слово: Даль. Повествование. - М.: Мол. Гвардия, 1985.
4. O'zbek xalq maqollari. Toshkent: Sharq, 2005.
5. Bazarova, S., & Raxmonova, M. T. (2023, December). KOREYS TILIGA FRANSUZ TILIDAN O'ZLASHTIRILGAN SO'ZLAR VA ULARNING LINGVISTIK-MADANIY TA'SIRI. In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 172174).
6. Bazarova, S. (2023, December). PAK VAN SO VA SAIDA ZUNNUNOVA IJODIDA "AYOL" KONSEPTI. In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 51-60).
7. Bazarova, S., & O'rinova, O. (2023, December). KOREYADA XX ASRNING 20-YILLARIDA NATURALIZMNING BADIIY ADABIYOTDA TUTGAN O'RNI. In Conference Proceedings: Fostering Your Research Spirit (pp. 125-128).