Научная статья на тему 'MAQOLLARDA NUTQ ODOBI (O‘ZBEK VA TOJIK XALQ MAQOLLARI ASOSIDA)'

MAQOLLARDA NUTQ ODOBI (O‘ZBEK VA TOJIK XALQ MAQOLLARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
8224
285
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq og‘zaki ijodi / xalq maqollari / paremiologiya / paremiya / maqol / janr / folklore / folk proverbs / paremiology / paremia / proverb / genre.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — S. Rustamova, Q. Mo‘Ydinov

Maqolada o‘zbek va tojik xalq og‘zaki ijodidagi xalq maqollarining ma’no birligi nazariy va amaliy tahlil qilingan.Mavzu o‘zbek va tojik xalq maqollari tahlili asosida dalilangan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

SPEECH ETIQUETTE IN PROVERBS (BASED ON UZBEK AND TAJIK PROVERBS)

The article theoretically and practically analyzes the unity of the meaning of folk proverbs in Uzbek and Tajik folklore, substantiates the topic based on the analysis of Uzbek and Tajik folk proverbs.

Текст научной работы на тему «MAQOLLARDA NUTQ ODOBI (O‘ZBEK VA TOJIK XALQ MAQOLLARI ASOSIDA)»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

MAQOLLARDA NUTQ ODOBI (O'ZBEK VA TOJIK XALQ MAQOLLARI ASOSIDA) Rustamova Salomat Orifjonovna

Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti o'zbek tili va adabiyoti

yo'nalishi 2-bosqich magistranti Ilmiy rahbar: Q.A.Mo'ydinov f.f.f.d,dots.v.b https://doi.org/10.5281/zenodo.7408734

Annotatsiya. Maqolada o'zbek va tojik xalq og'zaki ijodidagi xalq maqollarining ma'no birligi nazariy va amaliy tahlil qilingan.Mavzu o'zbek va tojik xalq maqollari tahlili asosida dalilangan.

Kalit so'zlar: xalq og'zaki ijodi,xalq maqollari, paremiologiya, paremiya,maqol,janr ЭТИКЕТ РЕЧИ В ПОСЛОВИЦАХ (НА ОСНОВЕ УЗБЕКСКИХ И ТАДЖИКСКИХ ПОСЛОВИЦ)

Аннотация. В статье теоретически и практически анализируется единство значения народных пословиц в узбекском и таджикском фольклоре, обосновывается тема на основе анализа узбекских и таджикских народных пословиц.

Ключевые слова: фольклор, народные пословицы, паремиология, паремия, пословица, жанр.

SPEECH ETIQUETTE IN PROVERBS (BASED ON UZBEK AND TAJIK PROVERBS)

Abstract. The article theoretically and practically analyzes the unity of the meaning of folk proverbs in Uzbek and Tajik folklore, substantiates the topic based on the analysis of Uzbek and Tajik folk proverbs.

Keywords: folklore, folk proverbs, paremiology, paremia, proverb, genre.

KIRISH

Insoniyatning shu kungacha bosib o'tgan murakkab rivojlanish yo'li ezgu maqsadlarga faqat va faqat uzluksiz ma'naviy tarbiya bilangina erishish mumkinligini isbotlab kelgan . Yosh avlod qalbi, didi, tasavvur va tafakkurini tarbiyalashda milliy merosimiz xazinasi ,xususan ,badiiy adabiyot muhim vositadir.

O'zbek xalq og'zaki ijodida ham,tojik xalq og'zaki ijodida ham bu ikki xalq ma'naviyati , tarixi va qadriyatlarini o'zida mujassamlashtirgan namunalardan biri bu xalq maqollaridir.

Har birimiz bolaligimizdan maqollarni eshitib katta bo'lganmiz,ularga kundalik hayotimizda amal qilishga harakat qilganmiz.Maqollar har bir millat hayotida o'z o'rniga ega bo'lib ,xalqning turmush tarziga ko'ra o'ziga xoslik kasb etadi. Maqollar yillar davomida tildan tilga o'tib keluvchi komillik, odob, saxiylik, qobillik va jamiki yaxshi amallarga undovchi ezgu fikrlar majmuidir.

TAHLIL VA NATIJALAR

Maqollar xalqning ijtimoiy-tarixiy,hayotiy-maishiy tajribasi umumlashgan badiiy, obrazli mulohazalardan iborat hikmatli so'zlar bo'lib, milliy tarkibida qoliplashgan holda namoyon bo'ladi.Dunyodagi hamma xalqlar og'zaki ijodida maqollarchalik shaklan va mazmunan o'zaro yaqin janr deyarli yo'q.

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Folklorshunos olimlar maqollar va matallarni o'rganuvchi sohani paremiologiya deb atashadi.Paremiya-yunoncha paroimia-masal,ramzli hikoya.Ma'lum bir tildagi avloddan avlodga og'zaki shaklda ko'chib yuruvchi,ixcham va sodda,qisqa va mazmundor,mantiqiy umumlashma sifatida paydo bo'lgan turg'un ibora;maqol,matal.1

Ma'naviyatimiz sarchashmalari bo'lmish o'zbek xalq og'zaki ijodi namunalari asrlar osha, avloddan-avlodga, tildan-tilga o'tib, kamol topib kelmoqda. Xalq og'zaki ijodi namunalari hisoblangan xalq qo'shiqlari dostonlari, ertaklari, cho'pchaklari, latifalari, xalq maqollari, matal va topishmoqlari ana shu xalq og'zaki tilida yaratilgan va og'izdan-og'izga o'tib, sayqallashgan. Maqol va matalllarda, naql va barqaror iboralarda xalqning hayotiy muammolari - mehnat-mashaqqati, g'am-anduhi, rohat-farog'ati, muvaffaqiyat va mag'lubiyati, rasm-rusumlari , hamma-hammasi aks etib turadi. Bu ko'hna xalq ijodi qachon va qanday vaziyatda, kim tomonidan yaratilganini aniq aytish qiyin. Har holda bu sodda va murakkab, turg'un va barqaror iboralarni, ixcham va lo'nda, chuqur mazmunli naqllarning yaratilishida oddiy ijodkor xalq bilan birga olimu ulamolarning, fozilu fuzalolarning, xassos shoirlarning hissalari ham katta bo'lganligi shubhasizdir.

Odobiylik va axloqiylik, ezgulik va insoniylik kabi ma'naviy qadriyatlar haqidagi xalq maqol va naqllari donishmandlar hikmatlaridan iborat majmualarni o'qir ekanmiz, durdona fikrlar, azaliy hikmatlar, ma'naviy qadriyatlarimizning sharqona lo'nda va yorqin ifoda etilgan bitiklarga nisbatan o'zgacha bir ishtiyoq uyg'onadi.

Inson nasli inson bo'lib, qo'li ishga, tili so'zga kelib, bir-biri bilan muomala qila boshlabdi-ki, bu ajib,chigal, borlig'i sirlardan iborat dunyoda yashash darsini o'qiydi va to shu kungacha bu dars tugamagan. Eng buyuk donishmandlar umrlarini ilmu fanga bag'ishlab, jahon kezib, dunyo-dunyo kitob o'qib, olamdan ketar chog'i, men hayotdan hech narsa bilmay ketmoqdaman, deganlar.Ne ajab, hayot ilmini tugal anglamoqqa nafaqat bir inson umri, balki insonlar umri etmaydi.

Yo'l yurib ketayotgan insofli odam bexosdan chuqurlikka toyib ketsa, o'rnidan turib, etak qoqib ketavermaydi.Men yiqildim, boshqalar yiqilmasin, deb chuqurni tekislab qo'yadi, yo bo'lmasa, birorta tayoqni suqib belgi qo'yib ketadi.Bu, ey yo'lovchi,ehtiyot bo'l, bu erda chuqur bor, ko'zingga qara, degan ishora bo'ladi. Bobolar hikmati ana shu tayoqdir.

Odamlar boshqalarni o'ylab bekilgan buloq ko'zini ochadilar, daraxt ekadilar, masjid va madrasalar quradilar, yo'l solib, ko'priklar quradilarki mendan keyin dunyoga keluvchilar tashnalik azobini ko'rmasinlar, ochlikdan, oftob tig'idan qiynalmasinlar, imonli, ilm-ma'rifatli bo'lsinlar deb shunlay qiladilar. Bobolar hikmati ana o'sha buloq, ana o'sha daraxt, ana o'sha masjid va madrasalar, ana o'sha yo'l va ko'priklardir.

Hikmatli so'zlar, maqollar biz uchun asrlarning sadosi, uzoq o'tmish bilan hamnafaslik hissini uyg'otuvchi mangu chaqiriq, zamonlararo ko'prikdir.

Hikmatli so'zlar, maqollar - noma'lum shoirlarning yurak satrlari, xalq iste'dodining masofa bilmas shu'ladari,zulm, adovat, haqsizlik ko'ksiga sanchiluvchi adolat tig'idir.

Hikmatli so'zlar, maqollar - hech bir podsho e'lon qilmagan farmon, hech bir prezident muhrlamagan qonun, hech bir davlat tomonidan bitilmagan konstitusiyadir.

Shu paytgacha chop etilgan xalqimizning ezgu orzu-umidlari ifodalangan xalq maqollari, insonning ma'naviy dunyosini aks ettirgan hikmatlari o'zbek xalqining asrlar davomida tildan -tilga, dildan -dilga ko'chgan insoniy qadriyatlari qisqa satrlarda ifodalangan, hayotning turli -tuman tomonlarini o'z ichiga olgan kishilarni axloq-odobga,

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

sabr-qanoatga, insof va saxovatga, to'g'rilik va rostgo'ylikka chorlagan xalq donishmandligi durdonalarida yuksak insoniy g'oyalar targ'ib qilingan.

Xulosa qilib aytadigan bo'lsak, xalq og'zaki ijodini o'zbek xalqisiz o'zbek xalqini esa, xalq og'zaki ijodisiz tasavvur qilish qiyin. Chunki ular xalqimizning qon tomiridir.

Nutq odobi insonning umumiy axloqini belgilovchi asosiy mezondir. Kishining odobi, eng avvalo, uning nutqida ko'rinadi. Nutq odobi deganda aytilishi zarur bo'lgan xabarlarni, tinglovchini hurmat qilgan holda, uning ko'ngliga mos, adabiy normadagi ifodalar bilan yetkazish tushuniladi. Har qanday xunuk xabarni ham tinglovchiga beozor yetkazish mumkin. Buning uchun so'zlovchi tilni, adabiy til normalarini mukammal bilishi lozim. Muloyim, yoqimli, odobli so'zlash ham o'z-o'zidan paydo bo'lmaydi. Unga yoshlikdan ongli mashqlar qilish, tilning lug'at boyligini egallash, bu borada nutqi ibratli kishilarga taqlid qilish, ulardan o'rganish orqali erishiladi.

Nutqiy muomala salomlashishdan boshlanadi. Salomlashishdagi xushmuomalalik undan keyingi yaxshi kayfiyat paydo qiladi. Agar salomlashish quruq, iltifotsiz bo'lsa, keyingi suhbatga salbiy ta'sir etishi mumkin. Ko'p asrlik odatiy an'analarimizga ko'ra, "Assalomu alaykum"ning javobi "Vaalaykum assalom"dan iborat. Keyingi davrlarda yoshlar orasida salom ham, alik ham to'mtoqlashib ketdi, ya'ni salom berish uchun ham, uning javobi uchun ham birgina "Salom" ishlatiladigan bo'ldi. Bu tarixiy an'analarimizdan chetlashishdir.

Salomlashishning ahamiyati haqida hindlarda shunday naql bor: "Bitta salom bilan beshta narsaga - o'zini engil sezish, shon-shuhrat topish, qut-barakali, ilmli bo'lish va nihoyat uzoq umr "

Madaniyatli kishi o'z aybini bo'yniga ola bilishi, aybi uchun kechirim so'rashni ham bilishi lozim. O'z aybi uchun kechirim so'rash o'z g'ururini erga urish emas, balki odoblilik, xushmuomalalik alomatidir. "Kechirasiz, mendan o'tibdi" yoki "afv eting, bundan so'ng takrorlamaslikka harakat qilaman" deyish bilan kishi o'zining odobliligini namoyish etadi, xolos.Yetuk kishiga xos fazilatlardan yana biri xayrlashuv odobidir. Tilimizda xayrlashganda ishlatiladigan "xayr, sog' bo'ling", "xayr, ko'rishguncha", "xayr, omonlikda ko'rishaylik" kabi ta'sirchan iboralar mavjud.

Ko'pchilik "Elakka kirgan xotinning ellik og'iz gapi bor", degan maqolni faqat salbiy ma'noda - ya'ni, ayollarning sergapligi, ustidan kulish ma'nosida tushunadi. Biroq, qo'shnisinikiga elakka kirgan xotin nimani gaplashadi, nega shunday maqol to'qilgan? Bu savolga hamma ham javob bera olmasa kerak. Ammo o'tgan asrda yashab o'tgan rus olimlari bizning nazarimizga kirmagan mavzu - turmush-tarzimiz, muloqot va muomala madaniyatimiz bilan ham qiziqishgan, bu haqda , hatto, kitoblar yozishgan. Jumladan, V.Nalivkin va M,Nalivkinalar "Farg'ona erli o'troq aholisi ayollarining turmushi haqida ocherk" nomli kitoblarida yuqoridagi maqolga shunday izoh beradilar: "Sart ayollari, hatto, ish bilan band bo'lganlarida ham, bir joyda bir necha soat hech kim bilan gaplashmay, jim o'tira olmaydilar.Agar ayolning uyiga biror odam kelmasa, uning o'zi qo'shnisinikiga chiqib, birpasgina bo'lsa ham, u yoq- bu yoqdan gaplashib qaytadi... Ularning gapi maqollar, iboralar, qochiriqlar, ba'zan esa o'ynoqi, mazmunli ertak va latifalarga boy bo'ladi. Bularni gap orasiga yedirib yuborishga ularning hammasi usta bo'ladi. Gapni topib gapirish, berilgan savollarga yoki tashlangan luqmalarga o'rinli javob qaytarish va suhbatdoshini gapga solib qo'yishni ular o'zlari uchun faxr deb biladilar...

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Ha, aksariyat o'zbek ayollari ko'nglining ochiqligi, so'zga chechanligi, dilkash va dilbarligi bilan boshqa xalq ayollaridan ajralib turadi. Ayniqsa, inson ko'nglini asrash, unga muloyimlik bilan yo'l topish bobida o'zbek ayollarining oldiga tushadigani kam topiladi. Shunday xususiyati tufayli, hatto, qo'shnisidan biror narsa, masalan, elak so'rab chiqqan taqdirda ham gapni birdaniga "Elagingiz bormi?" yoki "Elagingizni berib turing", deb boshlamaydi - muddaoga o'tishdan avval uzoq daromad qiladi: hol-ahvol so'raydi, harbiydagi o'g'lidan xat-xabar borligi bilan qiziqadi... Xullas, qo'shnisining rayiga mos keladigan gaplar bilan uning ko'nglini ovlaydi. Chiqib ketishdan oldin esa: "Voy, esim qursin, men elakka chiqqan edim", - deb qo'yadi beparvogina. Qo'shnisining o'z sha'niga aytgan iliq gaplaridan iyib ketgan mezbon ayol esa, bunday paytlarda yo'qni yo'ndirishga, hatto, o'zi ishlatib turgan eng zarur ro'zg'or buyumini in'om etib yuborishga ham rozi bo'ladi. Xalqimiz hayotida bunday misollarni ko'plab uchratishimiz mumkin.

Maqola yzishdan asosiy maqsadi o'zbek xalq og'zaki ijodi janrlari: maqol, matal, ertak, latifa, topishmoq va boshqalarda nutq madaniyati masalalarining yoritilishini o'rganish va ularni tahlil qilish.

Ushbu maqsaddan kelib chiqqan holda quyidagi vazifalar belgilandi:

- nutq madaniyati va uning xalq og'zaki ijodida ifodalanishini o'rganildi;

- maqollardan nutq madaniyatiga oid misollar to'plash va ularning tahlilini yoritildi;

- ertak va rivoyatlardan nutq madaniyatiga oid misollar to'plash va ularning tahlili yoritildi;

- latifalardan nutq madaniyatiga oid misollar to'plash va ularning tahlili yoritildi;

- topishmoqlardan nutq madaniyatiga oid misollar to'plash va ularning tahlili yoritildi.

O'zbek va tojik tilidagi xalq og'zaki ijodida nutq madaniyati masalalariga oid manbani

to'plashda qiyosiy tahlil va tavsifiy metodlardan foydalanildi.O'zbek vo tojik tilidagi xalq og'zaki ijodida nutq madaniyati masalalariga oid manbalar (bular: maqol,matal, ertak, doston, latifa, topishmoq va hikmatli so'zlar).

O'zR birinchi Prezidentining ma'naviy meros, milliy til va milliy madaniyatning rivojlanishi, taraqqiy etish yo'llari haqidagi nazariy qarashlari tashkil etadi. Zero, "Yuksak ma'naviyat - engilmas kuch" asarlarida ta'kidlaganlaridek: "Biz ajdodlardan avlodlarga o'tib kelayotgan bebaho boylikning vorislari sifatida ona tilimizni asrab-avaylashimiz, uni boyitish, nufuzini yanada oshirish ustida doimiy izlanishimiz zarur. Ayniqsa, fundamental fanlar, zamonaviy kommunikasiya va axborot texnologiyalari, bank-moliya tizimi kabi o'ta muhim sohalarda ona tilimizning qo'llanilish doirasini kengaytirish, etimologik va qiyosiy lug'atlar nashr etish, zarur atama va iboralar, tushuncha va kategoriyalarni ishlab chiqish, bir so'z bilan aytganda, o'zbek tilini ilmiy asosda har tomonlama rivojlantirish milliy o'zlikni, Vatan tuyg'usini anglashdek ezgu maqsadlarga xizmat qilishi shubhasiz".

Ushbu maqolada quyidagi amaliy yangiliklar berildi:

- har ikki tilda nutq madaniyati masalalarining xalq og'zaki ijodida ifodalanishi o'rganildi;

- har ikki tilda maqollarga misollar topildi va ularning tahlili berildi;

Badiiy tarjimada maqol,matal va idiomatik birliklarning o „rni va ahamiyati xususida talaygina tadqiqotlar mavjud.Shu o'rinda O „zbekiston Respublikasida xizmat ko'rsatgan fan arbobi,filologiya fanlari doktori,professor,O'zbekiston tarjimashunoslik fanining asoschisi

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

G'aybulloh as-Salom, tarjimashunoslardan R.Fayzullayeva, E.Normurodov, G'.Mahmudov, N.Namozov, S.Jabborov va boshqalarning nomini alohida ta'kidlash mumkin.

Bu tadqiqotchilar "rus -o'zbek", "o'zbek- nemis" , "ingliz-o'zbek", "nemis-o'zbek" tillari misolida tadqiqot ishlarini olib borgan.Lekin "o'zbek - tojik" tillari misolida aytarli bir tadqiqot ishlari olib borilmagan.

9

Maqollar ulkan ma'noning lo'nda gap bilan ifodalangan shaklidir, chunki birgina maqolda pand-nasihat,odob,o'y-qarash kabi fikrlar majmui jamlangan.Shunday hikmatli so'zlar yoki maqollar borki ,ularni hamma biladi va foydalanadi.Agar bunday hikmatli so'zlarga barcha kishilar ishonishmaganda edi,ular asrlardan-asrlarga o'tib kelmasdi.

Maqollar milliy koloritni ifodalovchi muhim vositalardan hisoblanadi.Har qanday tildagi maqollarga aynan mos keladigan variantlar mavjud bo'lishi mumkin.Bu albatta,xalqlarning o'ziga xos universalligidan dalolat beradi.Masalan,o'zbek tilidagi "Til- aql bezagi"maqoliga tojik tilidagi "Забон ороиши акл аст" maqollari to'g'ri keladi.Yoki bo'lmasa o'zbek tilidagi "Til- aql tarozusi" maqoliga tojik tilida "Забон тарозуи акл аст" kabi o'xshash maqollar mavjud.Hattoki, ularning obrazli komponentlari ham aynan bir-biriga mos.O'zbek va tojik tillari turli oilalarga mansub bo'lsa-da , ularda bir-biriga mos bo'lgan ko'plab maqol,matallarni uchratishimiz mumkin.Asosan, ularning ichida til odobiga bag'ishlangan maqollar ahamiyatga molikdir .Masalan:

O'zbek tilida: Yaxshi gap bilan ilon inidan chiqar,

Yomon gap bilan pichoq qinidan chiqar.

Tojik tilida: Сухани хуб,морро аз хонааш берун кунад.

O'zbek tilida: Aytilgan so'z -otilgan o'q.

Tojik tilida: Сухани аз дахон баромада мисли тири аз камон часта.

O'zbek tilida: Ko'p gap- eshakka yuk.

Tojik tilida: Гапи бисёр як харро бор.

O'zbek tilida: Yomon so'zning qanoti bor.

Tojik tilida: Сухани бад бол дорад.

O'zbek tilida: Issiq kiyim tanni ilitar, Issiq so'z jonni ilitar.

Tojik tilida: Либоси гарм баданро гарм кунад,

Сухани нек чонро гарм кунад.

O'zbek tilida: Achchiq savol berib, Shirin javob kutma.

Tojik tilida: Бо пурсиши талх посухи ширинро интизор нашавед.

O'zbek tilida: Yolg'onning umri -qisqa.4

Tojik tilida: Умри дуруг кутох аст.

O'zbek tilida ham ,tojik tilida ham maqollar ma'no jihatidan mardlik, do'stlik, haqiqatgo'ylik kabi ezgu fazilatlarni rag'batlovchi turlarga bo'linadi.Lekin til odobi, nutq odobiga bag'ishlangan maqollarni o'qir ekanmiz,bu ikki mushtarak xalq ham so 'zlash odobiga naqadar mas'uliyat bilan yondashganligini guvohi bo'lamiz. XULOSA

O'zbek xalqi tomonidan asrlar davomida yaratilgan og'zaki ijod namunalari,ayniqsa ,o'zbek xalq maqollari boshqa tillarni o'rganishda katta ahamiyatga ega.Chunki boshqa tillarni o'rganishda biz nafaqat boshqa millat tilini,balki uning madaniyatini,san'ati va adabiyotini o'z

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

tilimiz, madanyatimiz,urf-odatlarimiz bilan qiyoslab o'rganamiz.Yaxshi va yomon ,adolat va zulm,minnatdorlik va noshukrlik,mehmondo'stlik,kamtarlik,ta'lim va tarbiya,xulq-atvor,muhabbat va sadoqat,mardlik va jasorat,mehnatsevarlik,inson va insonparvarlik hamda boshqa juda ko'p tushunchalarni aks ettiruvchi maqollarni qiyoslab o'rganish til o'rganuvchining boshqa tilga bo'lgan qiziqishini orttirishi bilan bir qatorda uning umuminsoniy fazilatlarini ham shakllantirishga xizmat qiladi.

Maqollar qay til yoki qay millatga tegishli bo'lmasin bari yaxshilikka chorlaydi.Maqolni o 'qish uchun soniyalar kifoya ,ammo amal qilish uchun yillar ozlik qiladi.

REFERENCES

1. O'zbek tilining izohli lug'ati. "O'zbekiston milliy ensiklopediyasi" Davlat ilmiy nashriyoti:Toshkent,2G2G.222-bet.

2. T.Fuller,Kvintilian,M.Gorkiy fikrlari www.ziyouz.com/aforizmlar/I-bet

3. O'zbek xalq maqollari.Toshkent:-Adabiyot uchqunlari,2GI4.I53-bet

4. O'zbek xalq maqollari.Toshkent:-Sharq,2GI9.259-bet

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.