Научная статья на тему 'QORAQALPOQ FOLKLORIDA NAQL VA MAQOLLARNING O‘RNI'

QORAQALPOQ FOLKLORIDA NAQL VA MAQOLLARNING O‘RNI Текст научной статьи по специальности «Искусствоведение»

CC BY
828
218
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Журнал
Oriental Art and Culture
Область наук
Ключевые слова
folklor / naql / maqol

Аннотация научной статьи по искусствоведению, автор научной работы — Bibiaysha Bazarbayevna Kudaybergenova

Ushbu maqolada qoraqalpoq folklor san’atida maqol va naqllarning o‘rni va ahamiyati haqida taxliliy fikrlar kelirilgan. Shuningdek maqolada naql va maqollarning o‘xshash va farqli jihatlari, qoraqalpoq va o‘zbek maqol va naqllarining qiyosiy tahliliga oid fikrlar bayon etilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «QORAQALPOQ FOLKLORIDA NAQL VA MAQOLLARNING O‘RNI»

QORAQALPOQ FOLKLORIDA NAQL VA MAQOLLARNING O'RNI

Bibiaysha Bazarbayevna Kudaybergenova

O'zDSMI

Annotatsiya: Ushbu maqolada qoraqalpoq folklor san'atida maqol va naqllarning o'rni va ahamiyati haqida taxliliy fikrlar kelirilgan. Shuningdek maqolada naql va maqollarning o'xshash va farqli jihatlari, qoraqalpoq va o'zbek maqol va naqllarining qiyosiy tahliliga oid fikrlar bayon etilgan.

Kalit so'zlar: folklor, naql, maqol

THE ROLE OF SAYINGS AND PROVERBS IN KORAKALPOK

FOLKLORE

Bibiaysha Bazarbayevna Kudaybergenova

UzSIAC

Abstract: This article presents analytical thoughts about the role and importance of proverbs and sayings in Karakalpak folk art. Also, the article describes the similar and different aspects of proverbs and sayings, the comparative analysis of Karakalpak and Uzbek proverbs and sayings.

Keywords: folklore, saying, proverb

Qoraqalpoqlar faqatgina O'rta Osiyoda emas, dunyo xalqlari orasida o'zining miliy madaniyati, an'ana va marosimlari, urf- odat va irim- sirim, naql-maqollari bilan keskin ajralib turadigan, an'ana va qadriyatlarga ega xalq hisoblanadi. Shuningdek xalq durdonalarining ajralmas bir bo'lagi bo'lgan, xalq og'zaki ijodiyoti ming yillar davomida avloddan-avlodga, ota-bobolarimizdan meros bo'lib, eng qadrli xalq xazinasi hamda tarbiyaviy ahamiyatga ega ekanligi, jamiyatimizda rivojlangan amaliy-ilmiy imkoniyatlari bilan ajralib turadi. Qoraqalpoq xalq og'zaki ijodiyoti asl nusxalarini milliy merosini olim Qalli Ayimbetov tomonidan bir qator dostonlar, naql-maqollar yozib olingan edi. Qoraqalpoq xalq naql-maqollarida: yaxshilik va yomonlik, do'st va dushman, halol va harom, sodalik turmush detallari solishtiriladi va so'z aytiladi. Adolat or-nomusning tozaligi, inson pokligi va haqiqatgo'ylikni, kelajak avlodga nasihat qilib qoldirganlar. Naql-maqol terminlari qoraqalpoqlar orasida keng tarqalgan janr xisoblanadi. "Maqol" so'zining ma'nosi "o'rinli so'z" ya'ni tegishli o'rinda aytiladigan so'z, deyiladi. Bu janr barcha xalqlar orasida har turli terminlar bilan berilgan. Shulardan turkiy xalqlarning ko'pchiligida ayirim fonetik o'zgarishiga qaramasdan bir-biriga juda yaqin keladi.

I icclT^^^^H ^54 http://oac.dsmi-qf.uz

Masalan: O'zbeklarda "maqol" Turkmanlarda "naql" va "otalar so'zi" Qirg'izlarda "naqal-laqaplar" Qozoqlarda "maqal metel" deyiladi. Ota-bobolarimizdan meros bo'lib kelayotgan dono so'zlarning ko'pchiligi "Otalar so'zi -aqlning ko'zi" deyiladi. Bu bir tomonlama naql-maqollarning yana bir nomi bo'lsa, ikkinchi tomonlama xalqning bergan bahosi xisoblanadi.

Doston va ertaklarda "maqol" termini aytilmaydi.Ularda hamma joyda naql termini qo'llaniladi, sababi shu janrning atamasi sifatida ko'zga tushadi. Og'zaki xalq ijodiyotining qaysi janrida qanday voqeaga bog'lik bo'lsa, naql deb tasdiqlaydilar.

Shu qatorda qoraqalpoq xalqining madaniy tarixida til va so'z san'ati-adabiyot xalq qalbining ifodachisi, haqiqat va adolat jarchisi bo'lib kelgan desak mubolag'a bo'lmaydi. Qoraqalpoq xalq og'zaki adabiyotining eng katta qismini qoraqalpoq xalq naql-maqollari egallaydi. Bu naql-maqollar xalqning asrlar davomida otadan-bolaga, avloddan-avlodga saqlanib kelayotgan xazinasidir. Uni o'zlarining mehnat tajribalaridan va mulohazalaridan, dono so'zlaridan, turmush tarzidan kelib chiqqan so'z marjoni desak to'g'ri bo'ladi. Chunki xalqning asrlar bo'yi kundalik turmush tarizidan, tarixiy tajribalaridan kelib chiqqan so'z durdonalarini o'z ichiga oladi. "Naql" termini o'zbek bilan qozoqlarda ham bor, biroq Turkman bilan Qoraqalpoqlarda "naql" terminining vazifasi boshqa xalqlarga qaraganda har tamonlama keng qo'llaniladi.

Qoraqalpoq xalq naql-maqolalari o'zaro mazmun mohiyati va o'zgachaligi bilan naqldagi so'zlar to'g'ri va aniq ma'noga ega ekanligini bildiradi.Undagi so'zlarni tinglovchi aql-nasixat so'zlarni eshitadi,qisqa qilib aytganda, turmushda bo'ladigan voqealarga asoslanib, naqma-naqt aytilgan so'zlarni naql so'zlar deb ataladi.

Qoraqalpoq xalqining og'zaki adabiyoti uning madaniyati bilan uzviy bog'liq. Barcha xalqlar qatori qoraqalpoq millatida ham xalqning ijodiyoti insonparvarligi adolatligi kelajak avlodga meros qoldirishda xalq turmush tarzi, kasb egalari, keksalarning hayotiy tajribasi asos bo'lib xizmat qiladi. Shu jihatdan ularni yetti guruhga bo'lishimiz mumkin.

1. Mehnat haqida. "Mehnatning ko'zini topgan baxtning o'zin topadi ", "Mehnat bilan el ko'karadi, yomg'ir bilan yer ko'karadi," Mehnat tubi roxat, harakatga barakat",

2. Pand-nasihat haqida. "Oltin ham tosh, toshta-tosh, Oltindek bo'la olmas,boshqa tosh, Odam oltin topadi,Oltin odam topilmas." Qazondan qora narsa yo'q ichsang tamoq to'ydiradi, Qordan da oq narsa yo'q ushlasang qo'lini tungdiradi.

3. Vatan el xalqini sevish, og'izbirchilik, do'stlik haqida. Yer jigit yeli menen tuo'biladbi.Eli ushtin oledi.(Er yigit eli bilan tug'iladi, eli uchun o'ladi), O'atan kunnen sultiu alttinnan qtimbat (Vatan kundan chiroyli, oltindan qimmat). Qus qanatti menen adam elatt menen.( Qush qanoti bilan odam el oti bilan)

755

http://oac.dsmi-qf.uz

4. Dehonchilik kasbi haqida, Bu maqollarda dehqonchilik, baliqchilik va boshqa kasbga oid maqollar dehqonlarning tajribalarini yanada rivojlantirishda turli usullarda qo'llanilgan

Masalan; Jer sursen guz sur. Guz surmesen juz sur ( Yer haydasan kuz hayda, Kuz haydamasang yuz hayda).

5. Yil mavsimlari va tabiyat haqida. Aydbin on besi jartiq on besi qarang'b, (Oyning o'n beshi yorug', o'n beshi qorong'u). Ush ay sao'binbim, (Uch oy sovinim) Ush ay qao'binbim,(Uch oy qovunim), Ush ay shabag'bim,(Uch oy chabag'im) Ush ay qabag'bim.Uch oy qobog'im)

6. Shoyr yoshuvchilar haqida; Yegin yeldin sani, (Ekin eldin sani)bilim yerdin sani, (Bilim yerdin sani)Egin yeksen ilim menen, (Ekin eksang ilim bilan) Molbig'arsan yelin menen. Mo'l -ko'l bo'lar eling bilan. Oylbi jigit jaqsti bilimpaz keler, Ongli yigit, yaxshi ilimpoz kelar) Aytgan gaplerine tusinpaz keler. Aytgan gapinga tushunpoz kelar) Ata-ananbi qadirle, (Ota-onagni qadrla) Olgeninshe jaqsti soyle.(O'lganingcha yaxshi so'zla).

7. Ota-ona, qarindosh urug' urtasidagi bordi keldi haqida. Atana ne qtilsan aldbina sol keledi. (Otanga nima qilsang oldinga shu keladi)Ananbin keo'li balada, (Onaning ko'ngli bolada) Balantin keo'li dalada.(Bolaning ko'ngli dalada) Ag'asti bardbin birtisti bar, (Akasi borning risi bor) Inisi bardbin tanbisbi bar. (Ukasi borning tonishi bor) Atadan altao' tuo'sanda (Otadan oltov tug'ilsang ham) O'atantina jalg'bzsan. (Vataninga yolg'izsan).

Bunday maqollar mehnatni sevish, ilm va hunar o'rganish, bilimli bo'lish, har bir ishni o'z vaqtida bajarish, ota-ona va aka-uka opa-singillarni qadrlash odob-axloqli bo'lish, xalqqa sadoqatli bo'lish,yoshlarimizni jamiyatda o'z o'rnini egallash kabi naql-maqollar insonni vatanparvarlikka chorlaydi. Shuningdek, "Togning kattaligi yerga qaraydi,erning kattaligi esa elga qaraydi" har bir xalq naql-maqoli esa, kamtarlikka, saqiylikka undaydilar.

Qoraqalpoqston Respublikasida yer sharoitidan foydalanish, dehqonlar uchun eng og'ir yechim bu - suv bo'lib hisoblangan. Xalqning turmush ya'ni kun kechirish sharoitiga ko'ra "Ona yer suv bilan saqiy", Yer g'aziyna suv gavhar", "Suv keldi nur keldi", degan so'zlar bilan baholanganlar.

Qoraqalpoq maqollari asosan ikki gapdan iborat bo'lib,ikki qatordan tashkil topadilar." Mexnatning ko'zini topgan baxtning to'zini topadi" "Ilmni mehnatsiz izlab bo'lmas,ilmni mehnatsiz egallab bo'lmas". Cho'lda suvsizlikning azobin chekmagan uyda issiq nonning qadrini bilmas. Bir qo'lda ikki tarvuzni tutib bo'lmas. Gurichni moy keltiradi. Non pishkuncha kulcha kuyadi.

Qoraqalpoq xalq naql-maqollarida hazil javob aytishuv aytadigan, xalqning kundalik gaplashish so'z durdonalarini o'z ichiga oladi. Qoraqalpoq xalq orasida tarqalgan naql-maqollar ko'p asrlar davomida alohida janr sifatida shakillanib

I [ccñ^^BI 756 http://oac.dsmi-qf.uz

rivojlanib kelgan, naql-maqollar qaysi tilda yangramasin, bir maqsadga va inson kamoliga xizmat qiladilar.

Shuni alohida ta'kidlash kerakki, har qanday millat inson va jamiyatning ma'naviy dunyosiga aynan shunday ko'z bilan qarash, insonni ongli yashashga, yetuklikka chorlaydigan bunday beqiyos qudrat manbaning hayotimizdagi o'rni va ahamiyatini keng va chuqur va atroflicha tahlil qilish muhim bir haqiqatni anglatadi va tasdiqlaydi. Bu yo'lda ajdodlardan avlodlarga meros bo'lib kelayotgan naql-maqollarning o'rni beqiyosdir.

Qoraqalpoq naql-maqolli og'zaki adabiyotida xalqning so'z mazmuni va so'z boyligi qanchalik o'rin tutganligini ko'rsatadi. Bugungi istiqlol davriga kelib xalqimizning milliy merosi, shu jumladan donishmandlik sanalmish naql-maqollari insonlar turmush tarizida yanada chuqurroq ifodasini ko'rsatib bermoqda. Xalqning o'tgan davrda yaratgan naql-maqollari uning kelajagi bo'lmish yoshlarimizni ta'lim-tarbiyaga, odab-axloqli etib tarbiyalashda ahamiyati katta desak mubolag'a bo'lmaydi. Faylasuf V.Dal aytganlaridek, naql-maqollarni yaratishga yoki o'zgartirishga xech kimning haqqi yo'q. Sen gul terayotganing yo'qqu, yo'lingdan chiqqani uzib olsang.

Naql-maqollardan o'ylab tanlab olib foydalanish maqsadga muvofiq. Darhaqiqat, qoraqalpoq tilidagi naql-maqollardan bo'lajak san'at va madaniyat hodimlarini va talaba yoshlarni tarbiyalashda unumli foydalanish uchun ta'lim -tarbiyaning ta'sirini oshirishda muhim o'rin egallaydi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. O'zbekiston Prezidentining Madaniyat va san'at sohasini yanada rivojlantirish va takomillashtirishga doir chora-tadbirlar to'g'rsidagi qarori.

2. Vazirlar Mahkamasining 26.04.2018 yildagi 304-son qarori bilan tasdiqlangan "Baxshichilik va dostonchilik san'atini yanada rivojlantirish hamda takomillashtirish bo'yicha 2018-2022 yillarga mo'ljallangan yo'l xaritasi

3. Kudaybergenova B.B. "Yakkaxon qo'shiqchilik" o'quv qo'llanmasi Toshkent 2022 y

4. A.R. Beruniy "Qadimgi xalqlardan qolgan edgorliklar" -T.: Fan, 1979

5. Koshanov B.A. "Qoraqalpog'iston tarixi". Nukus-2006.

6. Abdurahmonov O'. Qoraqalpoq dunesi. 2011.B.110 8. Bartold

7. Q.Ayimbetov. Xalq donalig'i 1988y.

8. Qoraqalpoq folklori ko'p jildlik.1988y

757

http://oac.dsmi-qf.uz

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.