Научная статья на тему 'O‘ZBEK VA INGLIZ ERTAKLARIDA MILLIY MENTALITETGA XOS XUSUSIYATLAR'

O‘ZBEK VA INGLIZ ERTAKLARIDA MILLIY MENTALITETGA XOS XUSUSIYATLAR Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
xalq og‘zaki ijodiyoti / ertak janri / badiiy to‘qima / real hayot / syujet / badiiy olam / insoniy xususiyatlar / tahlil

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Eliboyeva Zarnigor Normuminovna

Mazkur maqolada o‘zbek va ingliz xalq ertaklarida milliy mentalitet masalasi haqida ma’lumot berilgan. Har bir xalqning urf-odatlari, orzu va intilishlari ertak janrida o‘z ifodasini topganligi tahliliy munosabatga tortilgan

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK VA INGLIZ ERTAKLARIDA MILLIY MENTALITETGA XOS XUSUSIYATLAR»

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

O'ZBEK VA INGLIZ ERTAKLARIDA MILLIY MENTALITETGA XOS

XUSUSIYATLAR

Eliboyeva Zarnigor Normuminovna

SamDChTI tayanch doktoranti

Annotatsiya: Mazkur maqolada o'zbek va ingliz xalq ertaklarida milliy mentalitet masalasi haqida ma'lumot berilgan. Har bir xalqning urf-odatlari, orzu va intilishlari ertak janrida o'z ifodasini topganligi tahliliy munosabatga tortilgan

Kalit so 'zlar: xalq og'zaki ijodiyoti, ertakjanri, badiiy to'qima, real hayot, syujet, badiiy olam, insoniy xususiyatlar, tahlil, baho.

https://doi.org/10.5281/zenodo.13387606

Аннотация: В данной статье представлена информация о проблеме национального менталитета в узбекских и английских народных сказках. Учитывается тот факт, что традиции, мечты и стремления каждого народа нашли выражение в жанре сказки.

Abstract. This article provides information about the issue of national mentality in Uzbek and English folk tales. The fact that the traditions, dreams and aspirations of every nation have found expression in the genre of fairy tales is taken into account.

Ключевые слова: народное творчество, сказочный жанр, художественная ткань, реальная жизнь, сюжет, художественный мир, человеческие особенности, анализ, оценка.

Key words: folk art, fairy tale genre, artistic fabric, real life, plot, artistic world, human characteristics, analysis, evaluation.

Folklor asarlarning muhim manbasi xalqning hayoti, tarixi, ijtimoiy munosabatlari, an'ana udumlari, estetik dunyoqarashi, yashash muhiti, atrofdagi tabiat ekanligi ma'lum. Shu jihatdan ertak janrida millatning o'ziga xos urf-odatlari, mentaliteti, dunyoqarshi o'zifodasini topadi. Bilamizki, ertak janrida ramziy belgilar ham muhim vazifa bajaradi. Bu belgilar orqali ertakdagi obrazlardagi ramziylik hayotda uchrovchi ayrim xususiyatlar bilan solishtiriladi, balki ularning mohiyatini ifodalaydi.

O'zbek xalq ertaklari, topishmoqlari, maqol va matallari hamda og'zaki teatr namunalarini to'plash va nashr etishda N.P.Ostroumovning faoliyati salmoqlidir. Xalq og'zaki ijodi namunalarini to'plash va tadqiq qilish ishlari asosan, XX asrning 20-yillaridan boshlab jonlandi. Professor B.Sarimsoqovning fikricha, adabiyotdagi uch turni folklor asarlariga ham qo'llash mumkin, lekin bu uch adabiy tur doirasiga sig'maydigan, faqat folklorga xos maqol, topishmoq, turli xildagi aytimlar, olqish va qarg'ishlar alohida tur sifatida ajratib o'rganilmog'i lozim [1, 64].

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

Ertaklar xalq og'zaki ijodida keng tarqalgan janrlardan biri bo'lib, to'qima voqealarni tasvirlaydi va ba'zan fantastik xarakterga ega bo'ladi. Ertak barcha xalqlar og'zaki ijodida eng qadimgi va eng keng tarqalgan bir janr bo'lib, u xalq hayoti, urf-odati, intilishi, kurashini, orzu-armonlarini aks ettiradi [6,256].

Ertak atamasi M.Qoshg'ariyning "Devoni lug'atit turk" asarida "etuk" tarzida qo'llanilgan [3, 98]. Xalqimiz orasida hozirgi paytda ham cho'pchak, utuk, matal, varsaqa kabi so'zlar ertak ma'nosini anglatadi. O'zbek tilining izohli lug'atida ertak so'ziga quyidagicha ta'rif berilgan: xalq og'zaki poetik ijodining asosiy janrlaridan biri; to'qima va uydirmaga asoslangan, sehrli-sarguzasht va maishiy mazmundagi epik badiiy asar; cho'pchak [4, 51].

Faylasuf I.A.Ilin ta'biri bilan aytganda, "ertak - bu odamlarning eng birinchi, din paydo bo'lgunga qadar mavjud bo'lgan ilk falsafasi, ularning erkin afsonaviy obrazlar orqali va badiiy shaklda bayon qilingan hayot falsafasidir" [5, 240]. Har bir davr o'ziga xos ertaklarni yaratdi. Inson munosabatlarining xilma-xilligi ularda muhrlangan.

Ingliz tilida ertakni ifodalash uchun "hikoya, umuman har qanday voqea" degan ma'noni anglatuvchi "tale" so'zi ishlatiladi, u qadimgi ingliz tilidagi "talu" so'zidan kelib chiqqan bo'lib, - series, calculation, shuningdek, - story, tale, statement, deposition, narrative, fable, accusation, action of telling ma'nolarini beradi. Longman nashriyoti lug'atida tale so'ziga "kimningdir boshidan kechirgan hayajonli voqealar haqida hikoya" sifatida ta'rif beriladi - a story about exciting imaginary events... that happened to someone.... "Fairy-tale-tale about fairies (fairy small imaginary being with supernatural powers, able to help or harm human beings)"

Shu ma'noda ertak janri avvalo yosh avlodni kamolot sari yetaklashi bilan birga, dunyoqarashini shakllantirishda ham muhim rol o'ynaydi. Mana shunday ertaklar sirasiga ingliz xalq ertaklari"Snow-white"-"Oppog'oy", "Rapunzel" bilan o'zbek xalq ertaklari "Zumrad va Qimmat", "Qorasoch pari" ertaklarini kiritishimiz mumkin. Bu ertaklar yosh avlod ongida mehnatkash bo'lish, kamtarin bo'lish va ota-onani e'zozlash kabi tushunchalarni shakllantiradi. Har ikki xalq ertagining farqli tomonlari bo'lishi bilan birga ularning mazmunan yaqin va o'xshash tomonlari ham mavjud. Jumladan, "Oppog'oy" ertagida mehnatkashlik ulug'lanadi. Malika Oppog'oy o'gay onasining dushmanligi sabab o'rmonga kelib qolganidan keyin ginomlar uyidan panoh topadi va ularning hurmatiga sazovor bo'ladi. Bu hurmatga va e'tiborga, albatta kamtarinligi va mehnatkashligi, mehribonligi sababli erishadi. Ertakda aynan Oppog'oyning kamtarligi tasvirlangan parcha quyidagicha ifodalangan: After Snow White cleaned up the living room, she went upstairs. On the second floor, there were seven little beds lined up in a row, as if for children. Tired from cleaning, Snow White yawned and lay across all seven of the beds. Soon she fell fast asleep. In the meantime, the Seven Dwarfs were heading home from a long day of working in the jewel mines. When they opened the door, you can imagine their surprise when they saw their cottage all cleaned up! [7] Oppog'oy o'ziga begona bo'lgan insonlardan yaxshilik ko'radi, ularning mehr-muhabbatiga sazovor bo'ladi. Albatta, bunga Oppog'oy o'zining go'zal qalbi, mehru-muhabbati va mehnatsevarligi bilan erishadi.

Aynan mana shunday mehnatsevarligi, mehribonligi orqasidan murodiga yetgan qiz taqdiri o'zbek xalq ertagi "Zumrad va Qimmat"da ham tasvirlangan. Darhaqiqat, ertaklarda hayot qonuniyatlari aks etadi. Ertak tarixiy hodisa bo'lib, sof poetik to'qimalar yetakchilikni

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

qo'lga olgan va odamzod mifologik tarzda fikrlashdan to'xtagan davrdayoq paydo bo'lgan. Xalq ertakning yaratuvchisi bo'lib, syujetlar uchun real hayotdan lahzalarni tanlaydi va ularni xayoliy olamida o'zgartiradi. Aynan Oppog'oy va Zumradlarning taqdiri hayotda uchrashi mumkin bo'lgan holat. Xalq og'zaki ijodi xalqning hayotiy tajribasidan, kuzatishlaridan dunyoga keladi. Uning mohiyatida inson taqdiri, xalq taqdiri mujassam. Bu kuzatishlar doimo ibratga ega, tarbiyaviy ahamiyatga molik. Mana shunday tasvirlar hayot materiallaridan olingan. Shu sababli ham ikki xalq ertagi bir-biriga nihoyatda yaqin.

Ingliz va o'zbek xalq og'zaki ijodiyotidagi barcha janrlar g'oyaviy mohiyatiga ko'ra o'zaro mushtarak bo'lib, ularning hammasida ham xalq hayoti, ruhiyati, orzu-umidlari, shodlik va kulfatlari ifodalangan; har ikki millat folklori xalq ruhiyatini tasvirlashni o'z oldiga maqsad qilib qo'ygan. Nafaqat ingliz va o'zbek, balki boshqa xalq ertaklarining o'xshash tomonlar mavjud, boshqa xalq ertaklarida ham mushtarak jihatlar bor. Masalan, birgina salbiy qahramon - o'gay ona obraziga e'tibor qaratadigan bo'lsak, boshqa xalq ertaklarida ham bu obraz asosiy obrazlardan biri sifatida tasvirlanadi. Ular doimo zolim, mehrsiz, o'gay qizlarini yo'q qilish payida bo'lishadi. Ingliz va o'zbek xalq ertaklaridagi o'gay onalarning jamiyatda tutgan o'rnini belgilash ham har ikkala xalqning milliy mentalitetidan kelib chiqadi. Ingliz xalq ertaklarida salbiy hisoblangan o'gay ona qirolicha tarzida ifodalanishi mumkin, ammo o'zbek xalq ertaklarida savodsiz, hech qanday martabaga ega emas shaxs sifatida ushbu obrazning salbiy qahramon ekanligi ochib beriladi, ularning turmush tarzlari ham bir-birinikidan farq qiladi. Zumrad ham Oppog'oy singari qizlar o'gay ona qo'lida xo'rlanadi, azob chekadi. Mana shu xo'rlanishlar oqibatida Zumrad o'rmonga adashtirib ketiladi. Chunki o'gay ona o'z qizi Qimmatnigina yaxshi ko'rar, aqlli va mehnatsevar Zumradga eng og'ir yumushlarni bajartirar edi. Bunga ham qanoat qilmasdan uydan ketishini xoxlaydi va o'rmonga tashlab kelishni buyuradi. Zumrad o'rmonga adashtirib tashlab kelinadi. O'rmonda yolg'iz qolgan Zumradning yoniga bir nuroniy onaxon keladi. Zumrad darhol unga salom berib, hurmat ko'rsatadi. Kampir esa Zumradni uyiga olib ketadi. Zumrad kampirning uyida ham o'zining mehnatsevarligini ko'rsatib, barcha yumushlarni bajaradi. Kampir Zumradning aqlliligiga, mehnatkashligiga qoyil qoladi. Ma'lum vaqtdan keyin Zumrad uyiga ketimoqchiligini aytganda kampir Zumradga sovg'a-salomlar ulashadi.

Aynan "Oppog'oy" va "Zumrad va Qimmat" ertagining birlashtirib turuvchi nuqtalari mana shu jihatlar va mezonlar asosida baholanadi. Har ikkala xalq ertagida ham ikki sohibjamol qiz o'gay ona qo'lida kamolga yetmoqda. Ularning o'gay onalari zolim. Ulardan qutilish yo'llarini qidirishadi. Lekin har ikkala ertakda ham o'gay onalar o'z maqsadlariga erisha olishmaydi. Balki, ularning qilgan ishlari fosh bo'lib, o'z jazolarini olishadi. O'gay onaning o'gay qiziga zulm o'tkazishi kabi kundalik elementlar ikki xalq ertaklarida ham adabiy ertaklarda mavjud. Ammo, o'gay qizlar mehnatsevarligi, kamtarinligi, mehribonligi uchun Oppog'oy ham Zumrad ham eng yaxshi hayotga munosib topiladi. Ezgulik yovuzlikning ustidan g'alaba qozonadi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Sarimsoqov B. O'zbek folklorining janrlar sostavi. //O'zbek folklori ocherklari. 3 tomlik, 1 -tom. Toshkent: "Fan", 1988. - B.64-85.

INNOVATION: THE JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND RESEARCHES

ISSN: 2181-3868 SJIF-2023: 3.812 | ISI: 0.539 | VOLUME 2, ISSUE 1, 2024

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL

2. Mirzaeva S. O'zbek realistik adabiyotida folklor an'analari. Folklorshunoslikdan o'quv-uslubiy qo'llanma. - Toshkent: "Istiqlol", 2005.-B.83.

3. ^ошгарий Махмуд. Девону луготит турк, биринчи том. - Тошкент: УзФА нашриёти, 1960. - C. 98.

4. УТИЛ. 5 Жилд. - Тошкент: Узбекистон миллий энциклопедияси ДИН, 2006. -

Б. 51

5. Ильин И.А. Одинокий художник / Сост. предисл. и примеч. В.И. Белов. -Москва: Искусство, 1993. - C. 240.

6. Х,.Х,омидий, Ш.Абдуллаева, С.Иброх,имова. Адабиётшунослик терминлари лугати. - Тошкент: Ук;итувчи, 1970. - Б. 256.

7. https://myfarzand.uz/ertak-oppogoy.html

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.