SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
(E)ISSN:2181-1784 www.oriens.uz 3(11), November, 2023
INGLIZ VA O'ZBEK XALQ ERTAKLARIDA "STEPMOTHER/O'GAY ONA" KONSEPTINING FARQLI JIHATLARI
Kaipbergenova Dilbar Orakbaevna
I. Karimov nomidagi Toshkent davlat texnika universiteti Amaliy ingliz tili kafedrasi katta o'qituvchisi
ANNOTATSIYA
Ushbu maqolada Bugungi kunda ingliz va o 'zbek xalq ertaklarida "stepmother/o'gay ona" konseptining farqli jihatlari rivojlantirish kabi fazilatlarni shaklantirishning zamonaviy usullari haqida to'xtalib o'tganmiz. Ingliz va o'zbek ertaklarini chog'ishtirma tahlil qilish olamning lingvistik manzarasida turli xil etnik guruhlarning ertaklarni idrok etish va verballashtirish bilan bog'liq til birliklari inson ongida qanday shakllanishini aniqlashga imkon beradi. "O'gay ona" konseptining mazmuni o 'ziga xos xususiyatli inson fenomeni bo 'lganligi tufayli uning mazmunini chog'ishtirma tarzda lingvomadaniyatshunoslik doirasida ertaklar yordamida konseptual tahlil qilish madaniyatlararo nafaqat o'xshashliklarni, balki farqli jihatlarini ham aniqlashda samarali hisoblanadi.
Kalit so'zlar. Ingliz va o'zbek ertaklari, chog'ishtirma tahlil qilish, lingvomadaniyatshunoslik, ta'lim, tarbiya, inson fenomeni.
ABSTRACT
In this article, we have discussed the different aspects of the concept of "stepmother" in English and Uzbek folk tales today, as well as modern methods of developing such qualities. The cross-analysis of English and Uzbek fairy tales allows to determine how language units related to the perception and verbalization of fairy tales of different ethnic groups are formed in the human mind in the linguistic landscape of the world. Due to the fact that the content of the concept of "stepmother" is a human phenomenon with its own characteristics, the conceptual analysis of its content in the framework of linguistic and cultural studies using fairy tales is effective in identifying not only similarities, but also differences between cultures.
Key words. English and Uzbek fairy tales, cross-sectional analysis, linguistic and cultural studies, education, upbringing, human phenomenon.
KIRISH
Ingliz va o'zbek ertaklarini chog'ishtirma tahlil qilish olamning lingvistik manzarasida turli xil etnik guruhlarning ertaklarni idrok etish va verballashtirish bilan bog'liq til birliklari inson ongida qanday shakllanishini aniqlashga imkon beradi.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
"O'gay ona" konseptining mazmuni o'ziga xos xususiyatli inson fenomeni bo'lganligi tufayli uning mazmunini chog'ishtirma tarzda lingvomadaniyatshunoslik doirasida ertaklar yordamida konseptual tahlil qilish madaniyatlararo nafaqat o'xshashliklarni, balki farqli jihatlarini ham aniqlashda samarali hisoblanadi.
O'zbek xalq ertaklari matnlari bilan ishlash jarayonida olingan ma'lumotlarni tahlil qilish ijobiy va salbiy belgilar tavsiflarida farqlar mavjudligini ko'rsatdi, masalan, ijobiy va salbiy qahramonlar orasidagi farqlar tashqi yoki ichki belgilarning aniq ustunligida namoyon bo'ladi. Shaxsiy fazilatlar mehnatsevarlik, rostgo'ylik, vatanparvarlik, mardlik kabi belgilar uchun ahamiyatli bo'lib, bu holat har ikkala millat ertaklariga xos xususiyat sanaladi.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Ingliz xalq ertaklari matnlarini tahlil qilish shuni ko'rsatdiki, umuman olganda, qirol, keksa odam, kampir va o 'gay qizning xarakterlari ijobiydir; salbiy obrazlarga dev, o'gay ona, o'gay onaning o'z qizi kiradi. Xarakteristikalarning farqi malika, jodugar kabi qahramonlarni tasvirlashda namoyon bo'ladi. Tashqi ko'rinishini tavsiflashda malikaning go'zalligi, o'gay qizning mehnatsevarligi, ajdahoning yovuzligi kabi belgilar dominantlik qiladi. Eksperimental tadqiqotlarga ko'ra, o'zbek tilida so'zlashuvchilar belgilarni ijobiy va salbiy deb aniqroq tasniflaydilar, qahramonlarni ijobiy va salbiy, yoki "yaxshi" va "yomon" ga ajratadilar.
O'zbek va ingliz ertaklaridagi farqlar asosan tashqi belgilar emas, balki shaxsiy fazilatlar qatorida kuzatiladi. Agar ingliz tilida tashqi va ichki xususiyatlar orasida o'xshashliklar teng ravishda mavjudligi kuzatilgan bo'lsa (masalan, old man va stepdaughter belgilari taqqoslanganda tashqi va ichki belgilarning soni bir xil; witch va widow personajlari orasida hech qanday o'xshash belgilar uchramadi), o'zbek tilida so'zlashuvchilar ongida o'zbek xalq ertaklarining ijobiy obrazlari, birinchi navbatda, yoshlik, go'zallik va aql bilan, salbiy - keksalik va tashqi jozibasizlik bilan tenglashtiriladi. Biroq, bu so'z ingliz xalq ertaklari belgilariga nisbatan qo'llanilganda, qismangina to'g'ri keladi: salbiy belgilar jirkanch ko'rinish bilan o'zaro bog'liq; shaxsiy fazilatlari jihatidan tashqi ko'rinishi jozibali deb ta'riflangan belgilar noaniq xarakterlanadi, bu esa, shunga ko'ra, yadro ichki xususiyatlarini ajratib ko'rsatishga imkon bermaydi, bu holat ushbu fikrni dalillaydi: ijobiy belgi jismoniy jozibadorlik (malika) bilan, salbiy belgi (o'gay ona) - jirkanch tashqi ko'rinish bilan; shu bilan birga, salbiy xarakter (o'gay ona) tashqi tomondan chiroyli sifatida ham tavsiflanishi mumkin. Shu o'rinda "Snow-white" - "Oppog'oy" ingliz xalq ertagidagi o'gay onaning dunyodagi eng go'zal sifatida tasvirlanganligini misol qilib keltirish mumkin.
Ikkala til madaniyatida mavjud o'gay ona belgilarining ichki va tashqi
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
xususiyatlarini taqqoslashda turli lingvistik madaniyat vakillari tomonidan xalq ertaklari personajlarini qabul qilishda ham farqlar mavjud. Xarakterni tavsiflashda ikki til madaniyati uchun umumiy bo'lgan o'gay ona - bu qahramonning tashqi ko'rinishini belgilovchi xususiyat; o'zbek va ingliz tillarida ushbu xususiyat konseptning yadrosiga tegishli. Xarakterni tavsiflashda o'gay ona ikki tilda ham qahramonga xos bo'lgan universal shaxsni tavsiflovchi - wicked and evil - yovuzlik belgisiga to'g'ri keladi, har ikkala til vakillari ertakdagi o'gay ona xarakterini salbiy deb qabul qilishadi, ammo bu yovuzlikning aks etishi turlicha ko'rinishga ega. O'gay ona haqidagi ingliz va o'zbek xalq ertaklarida o'gay qizdan qutulish usullari ham turlicha beriladi. Agar Zumradning o'gay onasi cholga qizini o'rmonga tashlab kelishni buyursa, Zolushkaning o'gay onasi - qirolicha sehr orqali o'ldirishga urinadi. O'zbek xalq ertaklarida o'gay onalar qari kampir, tashqi ko'rinishi nihoyatda qo'rqinchli, "qovog'idan qor yog'ar edi", janjalkash, ochko'z, rahmsiz sifatida tasvirlansa, ingliz xalq ertagidagi o'gay ona esa "go'zallikda yagona" bo'lishga da 'vogarlik qiladi: "o 'ta mag 'rur va o 'ziga ishongan, kimningdir undanda go 'zalroq bo'lishi mumkinligi haqidagi xayolni ham miyasiga keltira olmaydigan", "hasad va g'urur uningyuragida begona o't kabi shunchalik tez va balandroq o 'sa boshladiki, na kechasi va na kunduzi halovat topa olmas edi"1. Yovuz o'gay onalar haqidagi ertaklarda o'gay ona va o'gay qiz orasidagi ziddiyat shunchalik chuqurlashadiki, ertaklarning deyarli barchasida o'gay qizning o'limi rejalashtiriladi.
Ingliz tilidagi "O'gay ona" turkumli ertaklarning o'zbek tilidagi ertaklardan yana farqli jihatlari shundaki, ularning deyarli barchasi to'y marosimi bilan yakunlanadi: Their wedding was planned with great splendor and majesty (Snow white); Then, dressed in splendor, she was taken to the prince. He thought she was more beautiful than ever and married her a few days later (Cinderalla), undan tashqari oshkora sevgi bayonini ko'rishimiz mumkin: The prince said joyfully, "You are with me." "I love you more than anything else in the world. Come with me to my father's castle. You shall become my wife." (Snow white). Bunday xususiyatlar o'zbek tilidagi "O'gay ona" turkumli ertaklarda uchramadi.
O'gay qizni tahqirlash ham ingliz va o'zbek xalq ertaklarida turli xil tasvirlanadi. "Cinderella"da bu hol o'gay qizni og'ir ish bilan band qilib qo'yish bilan boshlansa: "They took her pretty clothes away from her, put an old grey bedgown on her, and gave her wooden shoes. There she had to do hard work from morning till night, get up before daybreak, carry water, light fires, cook and wash "2. "Zumrad va Qimmat"da esa uzoq manzillarga adashtirib kelish yoki haydab yuborish vositalari
1 http://nota.triwe.net/ English Fairy tales.
2 Andrew Lang. The blue fairy book. 5th ed. - London: Longmans, 1991. - P. 25-35.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
bilan aks ettiriladi: "Bir kuni kampir Zumradni yomonlab, cholga do'q uribdi: -Qizing beodob, ishyoqmas, uni haydab yubor, o'rmonga oborib adashtirib kel! Bo'lmasa sen bilan bir nafas ham birga turmayman"3. O'gay onaning qiyofasi o'gay qizning tasviri bilan chambarchas bog'liq, ikki tilda ham biri ikkinchisining antagonisti vazifasini bajaradi. Binobarin, bu xususiyat o'rganilayotgan etnik guruhlar uchun ham keng tarqalgan. Bundan tashqari, ikki lingvomadaniyatda ham o'gay onaning o'gay qizidan qutulish istagi qayd etilgan, o'gay qizidan qutulishni istash ta'rifini o'gay ona xarakterining universal xarakteristikasi deb atash mumkin. Ammo o'gay ona qanday qilib yovuz bo'lib qolgani haqida ertaklarda hikoya qilinmaydi. Ocharchilik dunyoning ko'p mamlakatlarini egallab olgan XV asrda qish chillasida yovvoyi hayvonlarga yem bo'lishi natijasida yosh bolalarning o'limi ommaviy tus olgan. Shu haqiqat zamirida yana bir obraz dunyoga keldi, o'rmondagi vahshiy hayvon roli yalmog'iz kampirga o'tdi, aynan u ertak qahramonlarini o'rmonning daraxtlar zich o'sgan eng qalin joyida kutib oladi, bunga esa o'gay ona faol yordam beradi. O'gay bolalardan qutulish uchun ularni qattiq sovuq kuni yupun va och holatda uydan chiqarib yuborish - ularni o'limga yuborish ekanligini biladi, chunki qishda o'rmonda och bo'rilar, vahshiy hayvonlar izg'iydi, ulardanda vahshiyroq o'gay ona ular uchun o'gay bolasini yemish sifatida chiqarib yuboradi.
Yomonlik belgisi ingliz va o'zbek tillarida ushbu tushunchaning asosiy ma'nosiga ishora qiladi; o'gay onaning xarakteri ikki til madaniyatida ham salbiy deb ta'riflanadi. O'zbek va ingliz xalq ertaklarini chog'ishtirma kuzatish asosida xulosa qilish mumkinki, o'zbek lisoniy madaniyatida tasvirning salbiy ko'rinishi kamroq, ingliz ertaklarida o'gay onaning xarakteri ko'proq ko'rinadi, ammo u doimo o'gay qiziga nisbatan shafqatsiz. Shunga qaramay, yovuzlik alomatini o'gay ona xarakterining universal shaxsiy xususiyati sifatida ajratish mumkin. Bundan tashqari, ikki lingvomadaniyatning yana bir farqli xususiyati - bu belgining yoshi: o'zbek xalq ertaklarida o'gay onaning yoshi o'tganligini ko'rsatish eski xususiyat, ammo ingliz ertaklarida u yosh bo'lishi ham mumkin; ammo ikkala holatda ham u konseptning yadrosiga tegishli. O'gay ona haqidagi ertaklar syujetining ibtidoiy matn ko'rinishidan oqsuyak zodagonlarning nazokatli matnlariga ko'chishi bu ertaklarda sehrgarlik, jodugarlik kabi qora kuchlarning zohirlanishiga olib keldi, shuning uchun jodugarlik o'gay ona xarakterining universal xususiyati bo'lib hisoblanadi. Sehr-jodu ostida doimo o'gay qizning yoshligi va go'zalligiga hasad qilish motivi yotadi. Navbatdagi motiv esa o'z qizining shaxsiy manfaatlarini himoya qilish instinktidir. O'gay qizining o'limini "buyurtma" qilish ko'proq o'rta asrlar Yevropa o'gay onalariga xos, buni "Zolushka" ertagining aka-uka Grimmlar variantida uchratish
3 Y3ÖeK xam эртак^арн. - TomKeHT, 2007. - E. 38.
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
mumkin. Zodagon o'gay onalar real hayotda o'gay qizlarining o'limini emas, balki tahqirlanishini buyurtma qilishgan, nomusiga tajovuz qilingan o'gay qiz ortiq oila mulkiga xavf solmagan, ularni, odatda, uzoqroq bo'lgan monastirlarga rohibalikka yuborishgan. Mana shu mulkka daxl qilish doimo o'gay onalarni tashvishga solgan va o'gay qiziga nisbatan turli yovuzliklarni amalga oshirishlarida asosiy motivatsiya bo'lib hisoblangan.
Shunga qaramay, ingliz va o'zbek xalq ertaklarining salbiy qahramoni - o'gay onalarni bir-biridan ajratib turadigan ko'pgina farqlar ham mavjud. O'gay ona personajini ertaklar matnlarida chog'ishtirma tahlil qilish turli etnik guruhlar o'rtasida an'anaviy ravishda shakllanib kelgan xususiyatlarning farqlarini aniqlashda yordam beradi. Demak, "Stepmother/o'gay ona" konseptining ingliz va o'zbek ertaklarida qo'llanilishidagi farqli jihatlar quyidagilarda namoyon bo'lishini aniqladik:
1) ingliz ertaklarida o'gay onalarning qizidan qutulishi uchun motiv hasad va rashk bo'lsa, o'zbek tilidagi ertaklarda esa bu ochko'zlik bilan izohlanadi: - This time, though, it was not for love; this time it was to a man who still mourned his own dead wife, and who preferred his daughter's company to hers. Desperation gave way to jealousy; then, when Cinderella's father died, hope gave way to hatred. "Why are you so cruel?" a baffled Cinderella, after years of abuse, asks her stepmother. "Because you are young, and innocent, and good"; - Mol shuncha ko 'p, shu qadar ajoyib emishki, Zumradning butun umriga yetib ortar emish. Bu narsa o 'gay onani og 'ir tashvishga solibdi.
U cholga qizi Qimmatni ham tezda o'rmonga olib borib adashtirib kelishni buyuribdi. Mening aqlli qizim qimmatli mollar keltiradi, - debdi u. Qizining kelganini ko'rib kampir o'zida yo'q sevinibdi. Qo'ni-qo'shnilar yig'ilibdi, sandiqni ochmoqchi bo 'lishibdi. Shunda kampir bilan qizi ikkisi: "Yo 'q, ochmanglar!" deb o'zlarini sandiq ustiga tashlabdilar. Keyin ikki qulog'idan ko 'tarib uyga olib kiribdilar.
2) ingliz ertaklarida o'gay onaning xarakterida ayyorlik va mag'rurlik kuzatilsa, o'zbek tilida esa janjalkashlik, yolg'onchilik dominantlik qiladi: - but she was proud and arrogant, and she could not stand it if anyone might surpass her in beauty; - Bir kun kampir Zumradni yomonlab, cholga do 'q uribdi: - Qizing beodob, ishyoqmas, uni haydab yubor! Bo 'lmasa sen bilan bir nafas ham birga turmayman!
3) ingliz ertaklarida o'gay onaning tashqi qiyofasi "She was a beautiful woman", o'zbek ertaklarida esa "qo'rqinchli, qovog'idan qor yog'ar edi" kabi tasvirlanadi. Yovuzlik va go'zallik yonma-yon tasvirlangan ingliz ertagidan farqli o'laroq, o'zbek xalq ertaklaridagi yovuz, johil, berahm o'gay ona hech qachon go'zal tarzida tasvirlanmaydi. Xarakterni tasvirlashda o'gay ona faqat ingliz tilida go'zal ayol
o
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
sifatida gavdalanadi, bu esa qahramonning jismoniy jozibadorligini ko'rsatadi. Shu bilan birga, ingliz va o'zbek xalq ertaklari matnlarida personajning tashqi jozibadorligi tavsifi qo'shimcha tafsilotlarni o'z ichiga olmaydi, aksincha mavhum bo'lib, umumlashtiriladi. Biroq, ushbu ta'rif ikki til madaniyati uchun odatiy bo'lishiga qaramay, ingliz va o'zbek xalq ertaklarida uni universal deb hisoblash mumkin emas;
4) ingliz ertaklarida o'gay onaning sehr-jodudan foydalanishi aytilsa, o'zbek xalq ertaklarida bu yumush o'gay ona tomonidan bajarilmaydi, balki boshqa personajlarga murojaat etish orqali amalga oshiriladi: "It's only a poor old woman," came a squeaky voice, "selling apples." Yet it was the evil Queen, disguised as an old woman. "It's raining out here, my dear, " said her voice through the door. "Please let me in. " "Poor thing, " thought Snow White, "having to go door to door selling apples in the rain. " And so she opened the door. "Take a look at this big red apple, " said the old woman, who as you know by now was really the Queen in disguise. She held the red apple close to Snow White's face. "Lovely, my dear, isn't it?"; Chol nima qilarini bilmay qolibdi. Axiri kampir: - Qizingni o 'rmonga oborib adashtirib kel! U bilan birga turmayman! - debdi.
5) ingliz va o'zbek xalq ertaklaridagi o'gay onalarning o'gay qizdan qutulish usullarida ham farqlar kuzatiladi: "Kill her, and as proof that she is dead bring her lungs and her liver back to me"; "Qizingni o'rmonga oborib adashtirib kel!". Ingliz ertaklarida shavqatsizlik xususiyati dominantlik qiladi.
6) ingliz va o'zbek xalq ertaklaridagi o'gay onalarning jamiyatda tutgan o'rnini belgilash ham har ikkala xalqning milliy mentalitetidan kelib chiqadi. Ingliz xalq ertaklarida salbiy hisoblangan o'gay ona qirolicha tarzida ifodalanishi mumkin, ammo o'zbek xalq ertaklarida omi, savodsiz, hech qanday martabaga ega emas shaxs sifatida ushbu obrazning salbiy qahramon ekanligi ochib beriladi, ularning turmush tarzlari ham bir-birinikidan farq qiladi. Ingliz ertagidagi o'gay ona qirolicha bo'lib, katta, hashamatli saroyda yashasa, o'zbek xalq ertagida o'gay ona kamtarona turmush tarzini kechiradi: -Once upon a time, a princess named Snow White lived in a castle with her father, the King, and her stepmother, the Queen; - Bir zamonda katta bir soy bo 'yida kichkina bir uy bo 'lar ekan. Bu uyda chol, uning Zumrad degan qizi, o 'gay ona va uning Qimmat degan arzanda qizi turar ekanlar.
Nafaqat ingliz va o'zbek, balki boshqa xalqlar ertaklarining ham salbiy qahramoni - o'gay ona konseptining barchasi madaniy ahamiyatga ega, ma'lum pragmatik yukni ko'taradi va har bir xalq ertaklari matnlarida muntazam ravishda takrorlanadi. Binobarin, ushbu konseptni o'rganish olamning xalq folklori lisoniy manzarasi va unda aks etgan etnik guruh mentaliteti to'g'risida to'liq tushuncha olishga imkon beradi. Xalq mentaliteti, milliy xususiyatlari g'oyasi asosida
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(11), November, 2023
etnomadaniy tahlil qilish, lisoniy belgilarni madaniy talqin qilish usullaridan foydalanib, "ko'rib chiqilayotgan lingvistik birliklarning pragmatik, konnotativ va madaniy salohiyatini aniqlash mumkin"
Xulosa qilib Konseptlarni qiyoslab o'rganish ham xuddi tilshunoslikning o'zi kabi ong, tafakkur va til o'rtasidagi aloqa fiksatsiyasidir va shu bilan bir qatorda tilga alohida yondashuvni ifodalaydi, "Stepmother/o'gay ona" konseptini qiyoslab o'rganish - bu lingvomadaniy tahlil bo'lib, tarkibiy qismlarini chuqur o'rganish va olam lisoniy manzarasining shakllanish mexanizmini tasvirlash orqali amalga oshirildi.
Ingliz va o'zbek xalq ertaklarida "stepmother/o'gay ona" konseptining chog'ishtirma talqini - bir-biridan madaniy, mintaqaviy va hududiy uzoq bo'lgan ikki xalq ertaklaridagi o'xshashlikni ochib berish orqali millatlar orasida bu kabi o'xshashliklar uchrashi kuzatildi. Ingliz va o'zbek xalq ertaklarida sehrli predmetlarga keng murojaat qilinadi, keng tarqalgan o'xshash obraz - bu sehrli ko'zgu, dev obrazlaridir, shuningdek, bu ikki xalq ertaklarida bir xil syujetga ega o'xshash mavzular ko'plab uchrashi isbotlandi.
"Stepmother/o'gay ona" konseptini ingliz va o'zbek xalq ertaklarida chog'ishtirma tahlil qilish, belgilarining ichki va tashqi xususiyatlarini taqqoslash orqali turli etnik guruhlar o'rtasida an'anaviy ravishda shakllanib kelgan bir qator xususiyatlarning farqlari aniqlandi.
REFERENCES
1. Сепир Э. Избранные труды по языкознанию и культурологии. -Москва, 1993. - C. 37.
2. Гумбольдт В. фон. Избранные труды по языкознанию. - Москва: Прогресс, 1984. - C. 247.
3. Кубрякова Е. С. Язык и Знание: На пути получении знаний в языке: Части речи с когнитивной точки зрения. Роль языка в познании мира. -Москва: Языки славянской культуры, 2004. - C. 9; Попова З. Д., Стернин И. А.
4. Andrew Lang. The blue fairy book. 5th ed. - London: Longmans, 1991. - Р.
25-35.
5. Узбек халк эртаклари. - Тошкент, 2007. - Б. 38.