Научная статья на тему 'O’zbek va ingliz xalq ertaklarida o’xshatish'

O’zbek va ingliz xalq ertaklarida o’xshatish Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
62
10
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
o’xshatish / qiyoslash / xususiyat / tashqi ko‘rinish / xulq-atvor / qahramon

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Nurjahon Bahodirovna Nazarova

Ushbu maqolada o’zbek va ingliz xalq ertaklarida o’xshatish vositalarining faollashuvi haqida ma’lumot berilgan. Bundan tashqari, qiyoslash va o‘xshatish vositalarining ertaklar matnida tutgan o‘rni, ularning o‘ziga xos xususiyatlari haqida so‘z yuritiladi. Ertaklar matnida faollashgan o‘xshatishlarning xalq madaniyati, turmush tarzi, ong va tafakkuriga mutloq bog’liqligi ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’zbek va ingliz xalq ertaklarida o’xshatish»

O'zbek va ingliz xalq ertaklarida o'xshatish

Nurjahon Bahodirovna Nazarova nurj ahonn@gmail .ru Samarqand davlat chet tillar instituti

Annotatsiya: Ushbu maqolada o'zbek va ingliz xalq ertaklarida o'xshatish vositalarining faollashuvi haqida ma'lumot berilgan. Bundan tashqari, qiyoslash va o'xshatish vositalarining ertaklar matnida tutgan o'rni, ularning o'ziga xos xususiyatlari haqida so'z yuritiladi. Ertaklar matnida faollashgan o'xshatishlarning xalq madaniyati, turmush tarzi, ong va tafakkuriga mutloq bog'liqligi ochib berilgan.

Kalit so'zlar: o'xshatish, qiyoslash, xususiyat, tashqi ko'rinish, xulq-atvor, qahramon

Simile in Uzbek and English folk tales

Nurjahan Bahodirovna Nazarova nurj ahonn@gmail .ru Samarkand State Institute of Foreign Languages

Abstract: This article provides information about the activation of similes in Uzbek and English folk tales. In addition, the role of comparisons and similes in the text of fairy tales and their specific features are discussed. The absolute dependence of the similes activated in the text of the fairy tales on the people's culture, lifestyle, consciousness and thinking is revealed.

Keywords: simile, comparison, feature, appearance, behavior, character

Har turdagi folklor janrlari o'ziga xos tipik, vizual va ekspressiv vositalar, troplar va nutq figuralari bilan bir-biridan ajralib turadi. Janr turlari mazmuni, voqelikni badiiy aks ettirish usullari va tamoyillarining o'ziga xos xususiyatlari bilan bog'liq holda ifodalanadi. Badiiy vosita sifatida o'xshatish barcha folklor janrlariga xos bo'lgan xususiyatdir, biroq ularning har birida uning vazni, tarkibi va vazifalari turli xildir. Zero, "Ertaklarimiz o'xshatish, sifatlash va mubolag'alarga boy so'z san'ati namunasidir" [Madayev, Sobitova 2010:71].

Ilmiy adabiyotlarda o'xshatish tushunchasi ko'p qirrali hodisa ekanligi qayd etilib, uni olimlar turli nuqtai nazardan izohlagan. Z.I.Xovanskaya tasvir obyektining ma'lum xususiyatlarini boshqa obyekt yoki hodisa bilan taqqoslash orqali ajratib turadigan va tavsiflovchi qiyoslash turli darajadagi barqarorlik, o'zgarmaslikni ochib

beradigan bir qator lingvistik xususiyatlarga ega deb hisoblaydi [Хованская 1984: 300].

Qiyoslash - tilning eng kuchli va hissiy ekspressiv vositalaridan biridir. O.N.Chernousova va N.A.Tupikovaning fikriga ko'ra, dunyoni aks ettirishning hissiy vizual shaklini ifodalovchi turli xil taqqoslash usullari nutqqa baholash xarakterini beradi, uning hissiyligini oshiradi va individual tuzilmalarning xilma-xilligini qisqacha ifodalashga imkon beradi. [Черноусова; Тупикованинг 2012: 3].

E.A.Nefedovaning qaydicha, o'xshatishning tasviriy kuchi shundayki, ularsiz bizning bildirib, vaziyat nutqi, shaxsning hozirgi paytda sodir bo'layotgan voqealar haqidagi fikrlarini yaqqol namoyon etadi. [Нефедова 2001: 47].

D.E.Rozental, M.A.Telenkova kabi olimlarning fikricha, qiyoslash deganda umumiy xususiyat asosida bir predmetni ikkinchisiga o'xshatishdan iborat trop tushuniladi [Розентал., Теленкова 1976: 458].

V.M.Kojevnikova va A.P.Nikolaevaning qaydicha, o'xshatish stilistika va poyetika kategoriyasi, ya'ni tasvirlangan hodisa obyektidagi yangi muhim xususiyatlarni aniqlash ular uchun umumiy xususiyatiga ko'ra boshqasiga o'xshatilgan obrazli og'zaki ifodadir. [Кожевникова., Николаева 1987:548]. A.I.Yefimov taqqoslashni tasvirlangan shaxslar, personajlar, hodisalar, rasmlarni ko'p hollarda o'quvchiga yaxshi ma'lum bo'lgan tasvirlar bilan solishtirish deb tushunadi. Bunday qiyoslash natijasida tasvirlangan narsa go'yo konkretlashgandek, ravshanroq va ifodali bo'ladi [Ефимов 1961: 224]. N.P.Pototskaya tushunchalar, hodisalar, narsalar va shaxslarni birlashtiruvchi ma'lum bir umumiy xususiyat mavjudligini ta'kidlaydi. Shu bilan birga, o'xshash obyektlarni, hodisalarni birlashtiruvchi belgilar, metaforalarni yaratishda bo'lgani kabi, taqqoslanadigan obyektga o'tkazilmaydi, balki aniq farqlanadi.

Olima qiyoslashning quyidagi ta'rifini beradi: solishtirilayotgan predmet yoki shaxsni bildiruvchi so'z taqqoslash obyekti deyiladi; qiyosning ikkinchi komponenti qiyos termini sifatida aniqlanadi [Потоцкая 1974: 152].

O'xshatishning xalq og'zaki ijodida tutgan o'rni folklorshunos olimlar A.A.Potebnya, A.N.Veselovskiy, A.F.Gilferd(9,10,11)lar tomonidan o'rganilgan [9,10,11]. Ularning asarlarida asosan xalq og'zaki ijodi she'riy vositalarining umumiy tizimidagi qiyoslar o'rganilib, biroq qiyoslarning umumiy nazariy xususiyati, ularning har bir alohida janr yoki janr xilma-xilligida qo'llanishining o'ziga xosligi masalasi yoritilmagan.

"Stilistika va poetikada qiyoslash hodisani bilvosita tavsiflash usullaridan biri bo'lib, qiyoslash bir predmetni boshqasiga o'xshatishni o'z ichiga oladi, buning natijasida ma'lum bir umumiy xususiyat ochiladi va mustahkamlanadi " [Краткая литературная энциклопедия 1962:75]. O'xshatish adabiy nutqda obrazlilikka erishishning eng keng tarqalgan vositalaridan biri bo'lib, barcha janrlarda keng

qo'llaniladi. O'xshatish orqali nutq jonli ko'rinish olib, tilning muhim vizual va ifodali bo'lishiga xizmat qiladi. Stilistik vosita sifatida o'xshatish bo'yicha turli nuqtai nazarlarni tahlil qilish shuni ko'rsatadiki, zamonaviy tilshunoslikda uni tasniflash muammosiga bir nechta yondashuvlar mavjud. Buning sababi, yeng avvalo, qiyoslash ko'p qirrali nutq timsoli bo'lib, shu munosabat bilan tasniflashda turli belgilar asos bo'lishi mumkin.

Qiyoslash tuzilmasida "qiyos obyekti, tasviri va o'xshashlik belgisini ajratish odatiy holdir. Qiyos obyekti - tasvirlangan, taqqoslangan haqiqat yoki voqelik hodisasi; qiyos tasviri - boshqa faktlar va hodisalarni tushuntirish uchun yoki ko'rgazmali vosita sifatida qo'llaniladi; uchinchi element - o'xshashlik belgisi - bir narsa yoki hodisani boshqasiga o'xshatish, solishtirish uchun asos bo'lib xizmat qiladi" [Селиванов Ф.М 1975 : 107]. Masalan:

Sher g'or ichida o'qdek uchibdi. O'qtin-o'qtin na'ra tortibdi (Quyosh yerning pahlavoni).

Sher - bu yerda qiyoslash obyekti, o'q - qiyoslanayotgan obyekt tasviri. Xalq ertaklaridagi o'xshatishlarning tabiatini o'rganayotganda, avvalo, tasvirlanayotgan qiyoslarda ifodalanayotgan holatlar, hodisalar va narsalar; qiyoslash obrazi sifatida badiiy idrok etish sohasida ishtirok etuvchi tevarak-atrofdagi narsalar va hodisalar majmui, qolaversa, o'zbek va ingliz ertaklarida ifodalanayotgan o'xshatishlarni chog'ishtirish va ikkala lingvomadaniyatning o'xshash va noo'xshash jixatlariga diqqatni qaratish lozim.

O'zbek xalq ertaklarida qiyoslar o'xshatish-qiyoslash yuklamalari xuddi, go'yo (ki), naq misoli, bamisoli, bamisli kabi yordamchi so'zlar va grammatik vositalar -dek, -day qo'shimchalari orqali bayon etiladi. Ular quyidagilar:

1. Morfologik vositalar - dek(day), - namo, - simon, - larcha Masalan: Yorning lablari xayoli tufayli ilma teshik ko'nglim ari uyasidek bolga to'ldi.

2. Leksik vositalar: U xuddi gul singari chiroyli.

3. Sintaktik vositalar: izohlovchi-izohlanmish munosabatli qurilma: Ohu fig'on chekma deb, og'zimg'a jono, muhr qo'y, Chunki la'ling xotamu yoquti nobingdur nigin/G 'S

O'zbek ertaklari ingliz ertaklaridan qiyoslash va o'xshatishga nisabatan boy ekanligini guvohi bo'ldik. O'zbek xalq ertaklarida o'xshatishlarni guruhlarga ajratgan holda ko'rib chiqsak.

1. Ertak qahramonlarining tashqi qiyofasini tavsiflovchi o'xshatishlar.

Ba'zan qahramonning go'zalligi to'lin oyga, chirog'ga o'xshatiladi va ularning oydek yuzi olamni yoritgudek bo'ladi. Masalan:

Malikai Mohistara go 'zal, o 'zi misoli chiroqdek nur berib, butun uyni yoritar edi (Mohistara );

Uning oyday jamolini ko 'rib, yuragi dukullab urib ketdi( Orzijon bilan Qambarjon);

Ingichka, kichik lablar o'zbek xalqida eng chiroyli namuna sanalib, bunday lablar piyoz qobig'iga, tishlarining oq rangi durga, yuzining rangi momiq parga, ikki yanog'i anor va olmaga o'xshatiladi, ko'zlar rangi ingliz ertaklarida yashil bo'lsa, o'zbek ertaklarida ular qora rangda bo'lib va yulduzga qiyos etiladi, uzun sochlari ilonga qiyoslanadi. Masalan:

Undan yoshi o 'n oltiga borgan, ikki ko 'zi charosdek, ikki qalam qoshi qulog'iga yetgan, qop-qora sochlari buram-buram bo'lib orqasini tutib ketgan, xipcha bel, lablari piyozning qobig 'idek, ilon bo 'yin, labining ustida qop-qora xoli, oppoq yuzi anordek, baqbaqasi qoldi(Mohistara);

Bu xotinning yoshi yigirma besh-yigirma sakkiz o 'rtalarida, ikki yuzi naqsh olmadek, badani oppoq durday. O'zi to'ladan kelgan, ikki qoshi xuddi yoyday qayrilgan, qaragan kishiga go'yo o'q otadiganday, bo'yni ilon bo'yin, ikki ko'zi shahlo, ikki labi piyozningpo 'stiday yupqa va qip-qizil, labining bir chetida qop-qora xoli bor, baq-baqasi kumushday. Soch degan qop-qora, go'yo ikki ilondek qilib orqasiga tashlangan, uchi borib to 'pig'iga tegadi (Mohistara);

Xullas, o'xshatish vositalari ertaklar matnida alohida o'rin egallab, ertakni matnining ifodali bo'lishiga xizmat qiladi.Qolaversa, xalq mentaliteti, orzu-o'ylari o'xshatishlar orqali tasviriy ifodasi kengayapdi.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Madayev О., Sobitova Т, Xalq og'zaki poetik ijodi.-Т.: 2010. -71 b.

2. Хованская З.И. Стилистика французского языка - М.: Высшая школа, 1984.- 344 с.

3. Черноусова О.Н., Тупикова Н.А. Выразительные возможности образных сравнений в речи носителей донских говоров// Вестник Пермского Университета. Российская и зарубежная филология. Вып. 1 (21). 2012.- С. 3742.

4. Нефедова Е.А. Экспрессивный словарь диалектной личности.- М.: Изд-во МГУ, 2001.- 144 с.

5. Розенталь Д.Е., Теленкова М.А. Словарь-справочник лингвистических терминов.- М., 1976.- 399 с.

6. Кожевникова В.М., Николаева А.П. Литературный энциклопедический словарь.- М., 1987. - 752 с.

7. Ефимов А.И. Стилистика художественной речи.- М.: МГУ, 1961.- 508 с.

8. Потоцкая Н.П. Стилистика современного французского языка. - М.: Просвещение, 1974.- 356 с.

9. Потебня А.А. Из записок по русской грамматике. - Харьков, 1899. - T.II.-663 с.

10. Веселовский А.Н. Историческая поэтика. - Л.: Гослитиздат, 1940. -

648с.

11. Гильфердинг А.Ф. Онежские былины. - 4 изд., т.1.- М.-Л.: Изд-во Акад.наук СССР, 1949. - 736 с.

12. Краткая литературная энциклопедия. - М.:Советская энциклопедия, 8т. 1962.- C.75.

13. Селиванов Ф.М. Сравнение в былинах // Фольклор как искусство слова. - М., Вып.З. - 1975. - С.107-127.

14. Bahodirovna, N. N. . (2023). Linguistic Means of Describing Fairy-Tale Characters. Best Journal of Innovation in Science, Research and Development, 2(5), 254-256. Retrieved from http://www.bjisrd.com/index.php/bjisrd/article/view/224

12. Назарова Н. Б. ЭРТАКНИНГ ДИСКУРСИВ БЕЛГИЛАРИ //МЕЖДУНАРОДНЫЙ ЖУРНАЛ ИСКУССТВО СЛОВА. - 2022. - Т. 5. - №. 2.

13. Shahobiddinovna Z. A., Bahodirovna N. N. Applying Advanced Experiences in English Learning to the Learning Process //International Journal of Innovations in Engineering Research and Technology. - С. 1-4.

14. ШЖ Шомуродова, НБ Назарова, К Акрамова. Barriers of teaching foreign languages in junior classes// Евразийский научный, 2020. (https://scholar.google.com/scholar?oi=bibs&cluster=6559959912894190163&btnI= 1&hl=ru

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.