AHMAD LUTFI QOZONCHINING "O'GAY ONA" ASARIDA O'GAY ONA
OBRAZI TALQINI
Turk adabiyotining taniqli adibi Ahmad Lutf Qozonchining "O'gay ona" asarida ifoda etilgan "o'gay ona"lari tahlilga tortilgan. Bunda Ahmad Lutf Qozonchining mazkur obrazga o'ziga xos yondashuvi bayon qilingan.
Kalit so'zlar: Ahmad Lutfi Qozonchi, turk adabiyoti, psixologizm, obraz, tahlil
INTERPRETATION OF IMAGE OF STEPMOTHER IN WORK OF "O'GAY
ONA" BY AHMAD LUTFI KAZANCHI'S
The "stepmother" described in the book "Stepmother" by Ahmad Lut Kazanci, a well-known writer of Turkish literature, is analyzed.
Keywords: Ahmad Lutfi Kazanchi, Turkish literature, psychology, image, analysis
Ahmad Lutfi Qozonchi turk adabiyotining taniqli vakili, hassos ijodkor. Uning ma'naviy merosi umumisoniy tuyg'ularning suvratini o'quvchi ko'z ongida yorqin ganvdalantirishi bilan alohida o'rin tutadi. Ijodkor o'zbek kitobxonlariga "Saodat asri qissalari", "So'nggi to'fon", "Qaynona" va "O'gay ona" asarlari bilan tanish. Uning tuyg'ularining nozik torlarini titratguvchi? Chuqur mushohadaga chorlovchi asarlaridan biri "O'gay ona"sidir.
ASOSIY QISM
Insoniy hislarini qo'zg'atish, tuyg'ularimizdagi to'lqinlarini uyg'otmoq orqali hayajonlantirish-estetik ta'sirchanlik adabiyotning vazifasi ekan, demak, badiiy obraz mag'zi to'q, hayotiy, umrboqiy bo'lgandagina badiiy qiymatga ega bo'ladi, obraz yaratishga o'tadi: undan hayajonlanib o'rnak olamiz yoki nafratlanamiz, his-tuyg'ularimizning oziqlantiramiz. Qalbning samimiy tasviridan ta'sirlanib ba'zan yig'laymiz, yengillashamiz, tozalanamiz. Bu hislarning barchasi "O'gay ona"da mujassam.
Nodira Omon qizi Quldosheva
Chirchiq davlat pedagogika instituti
Ilmiy rahbar: Laylo Firdavsiyevna Xasanova
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
Badiiy asarlarda ham, hayotiy misollarda ham ko'p o'rinlarda o'gay ona obrazi johil, zolim, qahri qattiq va bag'ritosh ko'rinishda tasvirlanadi. Uning bu tasviri bilan bir O'gay og'a deganimizda, darrov xayolimizga mehr-muhabbat tuyg'usi mutlaqo begona bo'lgan salbiy inson qiyofasi gavdalanadi. Ammo buni qarangki, Qozonchi ijodi bu tushunchalarni biroz kengaytiradi. Dunyoda mavjud bo'lganinsoniy tuyg'ulari inson qaysi rolni bajarishidan qat'i nazar amalda mavjud eaknligini isbotlashga harakat qiladi. Alisher Navoiyning "Hayrat ul abror" asarining avvalgi maqolatida iymon haqida so'z yuritiladi:
Hazrat Navoiyning ushbu hikmatlarini amaliy ifodasi sifatida o'gay ona, ya'ni Fotimaxonim obrazini ko'rishimiz mumkin. Bu obraz butkul o'zgacha uslubda tasvirlanadi. Inchunun,o'gay ona emas balki mehr-muhabbatini hech narsa bilan o'lchab bo'lmaydigan, yosh go'daklarga butun bir borlig'ini,yoshligini fido qilgan, bir narsa so'rasang, butun borlig'ini yulib berguvchi zot tasvirlangan. Zeroki, uning ichki dunyosiga nazar tashlasak: "Otasidan yetarlicha diniy ma'lumot oldi. Alloh har narsani ko'rguvchi,eshitguvchi,bilguvchi ekanini, yaxshi-yomon qilgan ishlari xususida uning huzurida bir kun hisob berajagi,bu ishlarni chap va o'ng yelkasidagi ikki kotib farishta yozib borajagini bilishi bilan ko'zlari yoshlangan."- shunday ayolni ko'rishimiz mumkin bo'ladi. Tabiiyki, o'gay ona degan nomni olishga, ikki yetim go'dakni bag'riga olishiga nima sabab bo'ldi? degan savol tug'iladi. "Ularni o'z farzandimday ko'rib,savob olish bor. O'z bolasini parvarish qilish hayvonning ham qo'lidan keladi. Inson bir pog'ona ustun bo'lishi kerak emasmi? Insonning hayvondan ustunligi bechora yetimlarni bag'riga bosa olishda emasmi? Zulmning har qanday turi ham yomon, ammo yetimga zulm qilgan zolim hayvondan ham pastdir".-degan edi. Bunday chuqur ma'nodor so'zlarning boshi-uning olgan tarbiyasidandir. Asliyatda ham Fotimaxonim qanday tarbiya ko'rgan edi? Quyidagi jumlalar savolimizning tasdig'idir:"Qur'on o'qimoqni otasidan,namoz o'qimoqni onasidan,tarbiya va odobni har ikkisidan va o'z vijdonidan o'rgandi".Bu esa yozuvchining o'ziga xos uslubi edi.
Adib yaxshi o'gay ona obrazini tasvirlashda pafosdan ustalik bilan foydalanadi va shu orqali o'quvchi ruhiyatiga ta'sir o'tkaza oladi nainki, qalbidan ham chuqur joy oladi. Chunonchi, Fotimaxonim, uning ota-onasi, Odilbek(namozxon,xushfe'l, xushbichim, fayzli bir inson), Husayn, Ismoil kabi asar qahramonlarining o'ylari, xatti-harakatlar, so'zlari, qilgan ishlari kuchli pafos orqali tasvirlanadi. Natijada, kitobxonda asar qahramonlari tarafdori bo'lish hissi paydo bo'ladi. Lekin,Sanihaxonimchi? U qanday o'gay ona edi? Uning quyidagi jumlalarini keltirish orqali savolimizga javob olishimiz
Kimki jahon ahlida inson erur Balki nishoni anga imon erur
mumkin:" Aslida bu ikki bola qarindoshdir. Yeb-ichishlari, kiyinishlari va ularga bo'lgan muomalalardagi tafovut ularning qarindosh emasliklariga dalolat bo'la oladi. Birini "yagonam,dilbandim"deb suyishar, ikkinchisini "yo'qol,beting qursin" deya quvishar,biriga har soatda "asalim, ko'ngling ne tusaydi"deb so'rashsa, boshqasi qorni ochganini aytsa,"ovqat yemay,zahar yutgur" deb turtkilashar,birini bag'riga bosib erkalashar,boshqasini ko'kragidan itarishar edi.Qisqa qilib aytganda,biri olam-olam sevgida, ikkinchisi cheksiz nafrat ichida yashaydigan qarindoshlar edi". Yuqoridagi Sanihaxonimning so'zlari shunday jo'shqinlik bilan inkor etilganki, uni o'qigan o'quvchi kuchli pafosni ilg'aydi va unga nisbatan nafrat tuyg'usini tuyishi mumkin.
Yana shuni nazardan qochirmaslik kerakki, muallif Fotimaxonim va Sanihaxonim obrazlarini bir-biriga qarama-qarshi qo'ydi va bundan asosiy maqsad, ikkisi o'rtasidagi farqni ko'rsatish, shu orqali kitobxonga yengilroq va yaxshiroq yetkazib berish g'oyasi ilgari surildi. Bu usul badiiy adabiyotda kontrast deb nomlanadi. Ya'ni, kontrast usulining asosiy maqsadi, farqni vujudga keltirish va uni ajratib ko'rsatishdir. Shuningdek adabiyot nazariyasi mavjud bo'lgan kontarast degan tushuncha bo'lib, bunda ikka bir-biriga qarama-qarshi holatni parallel chilsh orqali o'quvchi ruhiyatiga ta'sir qilishini maqsad qiladi. Ayni shu holatni
FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)
1. Козончи А^мад Лутфи (2020) Энг сара асарлари/ Ахмад Лутфи Козончи. -Тошкент: "Book Media Nashr", 592 б.
2. Улугбек Хдмдам (2003). Бадиий тафаккур тадрижи. -Т.: «Янги аср авлоди».
3. Улугбек Хдмдам (2007). Янгиланиш эхтиёжи. -Т.: "Янги аср авлоди",.
4. Кахрамонов К. (2009). Адабий танкид: янгиланиш жараёнлари. Узбекистон Миллий кутубхонаси.
5. Норматов У. (2005). Тафаккур ёгдуси. -Т.: "Фикр-медиа"
6. Расулов А. (2006). Тахлил, талкин, бахо. -Т.: "Фан",.
7. Саримсоков Б. (2005). Бадиийлик асослари ва мезонлари. - Андижон. "Х,аёт".
8. Йулдошев К. Ёник суз (2006). -Т.: "Янги аср авлоди", -548 б.
9. Йулдошев К. Юсупов Ж. (2008). Бадиий тахлил асослари. -Урганч: УрДУ нашриёти.
10. Хасанова Лайло Фирдавсиевна (2021). Хоразмийнинг "Мухаббатнома"си бадияти / "Pedagogik ta'lim klasteri: muammo va yechimlar" xalqaro ilmiy-amaliy anjuman
11. Хасанова Лайло Фирдавсиевна (2021). Some comments on the etymology of the word "It" (dog) // Экономика и социум" №7(86) 2021, 574-576 бетлар
XULOSA
12. XacaHOBa .Hafi.ro OnpgaBcneBHa (2021). "OKnapnoK ^HBHHrcTOH" acapnga TapnKar Ma^OMnapH Tarawa // Academic research in educational sciences, Volume 2, Issue 3, 325-329-6eraap
13. XacaHOBa ^afino OnpgaBcneBHa (2021). Interpretation of dog image in Badoe'u-l-bidoya // Mental Enlightenment Scientific-Methodological Journal, Volume 2021, Issue 4, 8-1-2021
14. XacaHOBa ^afino OupgaBcueBHa (2021). The importance of art in depicting the image of a dog (on the example of navoi's lyrics) / "Thhhh y^HTurn Ba yprararnga XXI acp KyHMKManapn" xan^apo aH^yMaH