Научная статья на тему 'AHMAD LUTFIY QOZONCHINING “OʻGAY ONA” ASARIDA ONA OBRAZI TAKOMILI'

AHMAD LUTFIY QOZONCHINING “OʻGAY ONA” ASARIDA ONA OBRAZI TAKOMILI Текст научной статьи по специальности «СМИ (медиа) и массовые коммуникации»

CC BY
3350
159
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
ona / iymon / mehr / jabr-zulm / tarbiya / sabr-matonat / din / bilim / yetimlik. / mother / faith / kindness / oppression / education / patience / religion / knowledge / orphanhood.

Аннотация научной статьи по СМИ (медиа) и массовым коммуникациям, автор научной работы — Malika Hakim Qizi To‘rabekova, Nodira Djoxongirovna Xolikova

Ushbu maqolada Ahmad Lutfiy Qozonchining kitobxonlar mehrini qozongan “O‘gay ona” asarining bosh qahramoni 19 yoshli Fotima ismli qizning insofu diyonati, iymonu e’tiqodi, mehru muhabbati, farzandlariga bergan diniy va dunyoviy ilmi hamda yetim bolalarning baxtli taqdiri haqida fikr yuritilib, ijodkorning hayotiy-falsafiy qarashlari ochib berilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PERFECTION OF THE IMAGE OF THE MOTHER IN THE WORK “STEPMOTHER” BY AHMAD LUTFI KAZANCHI

This article is about honesty, faith, kindness, raising children with religious and secular knowledge of the main character of "Stepmother" Ahmad Lutfi Kazanchi, a 19-year-old girl named Fatima and the happy fate of orphans.

Текст научной работы на тему «AHMAD LUTFIY QOZONCHINING “OʻGAY ONA” ASARIDA ONA OBRAZI TAKOMILI»

CENTRAL ASIAN ACADEMIC JOURNAL ISSN: 2181-2489

OF SCIENTIFIC RESEARCH VOLUME 2 I ISSUE 1 I 2022

AHMAD LUTFIY QOZONCHINING "O'GAY ONA" ASARIDA ONA OBRAZI

TAKOMILI

Malika Hakim qizi To'rabekova

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti O'zbek tili va adabiyoti

yo'nalishi 3-kurs talabasi

Ilmiy rahbar: Nodira Djoxongirovna Xolikova

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada Ahmad Lutfiy Qozonchining kitobxonlar mehrini qozongan "O'gay ona" asarining bosh qahramoni 19 yoshli Fotima ismli qizning insofu diyonati, iymonu e'tiqodi, mehru muhabbati, farzandlariga bergan diniy va dunyoviy ilmi hamda yetim bolalarning baxtli taqdiri haqida fikr yuritilib, ijodkorning hayotiy-falsafiy qarashlari ochib berilgan.

Kalit so'zlar: ona, iymon, mehr, jabr-zulm, tarbiya, sabr-matonat, din, bilim, yetimlik.

PERFECTION OF THE IMAGE OF THE MOTHER IN THE WORK "STEPMOTHER" BY AHMAD LUTFI KAZANCHI

ABSTRACT

This article is about honesty, faith, kindness, raising children with religious and secular knowledge of the main character of "Stepmother" Ahmad Lutfi Kazanchi, a 19-year-old girl named Fatima and the happy fate of orphans.

Key words: mother, faith, kindness, oppression, education, patience, religion, knowledge, orphanhood.

Dunyoda hech qanday chegarani tan olmaydigan va quyosh kabi muttasil nur sochib turuvchi ilohiy bir kuch bor. Bu - ona mehri!

(O 'tkir Hoshimov)

KIRISH

Adabiyotda yozuvchilar tomonidan ko'p madh etilgan mavzulardan biri bu - Ona obrazi. Onalar haqida yozilgan barcha asarlarda onaning mehru shafqati, axloqi va uning tengsiz zot ekanligi haqida so'z yuritiladi. Ona farzand uchun eng bebaho boylikdir. Chunki ona farzandini mashaqqat bilan dunyoga keltirib, oq yuvib, oq taraydi va umrining so'ngiga qadar jonini fido qilishga tayyor bo'ladi. Ammo shunday onalar ham borki, o'zi dunyoga keltirmagan farzandni chin mehr bilan tarbiya qilib, kamolga

90

UZBEKISTAN | www.caajsr.uz

yetkazadi. Bu fikrlarning tasdig'ini Ahmad Lutfiy Qozonchining "O'gay ona" asari misolida ko'rish mumkin.

ASOSIY QISM

"O'gay ona" asari nomini ilk marta eshitganda inson ko'z o'ngiga yetim farzandlarga mehr berish o'rniga o'gaylik qiladigan ona timsoli gavdalanadi. Ammo asarni o'qib borish jarayonida bu fikrlar qanchalik o'z tasdig'ini topishi yoki buning aksi ekanini bilish mumkin. Asarning bosh qahramoni 19 yoshli Fotima ismli qiz barcha qizlar, qolaversa, barcha onalar uchun ibrat bo'luvchi inson qilib tasvirlangan. Ikki farzandli erkak kishidan sovchi kelishiga qaramay, unga rozilik bildirishi uning oila a'zolari, qarindoshlari va, tabiiyki, kitobxonni ham o'ylantirib qo'yadi. Buning sababi shuki, qo'shnisi Ismoil ismli bolaning 3 yoshida o'z onasidan ayrilib, o'gay ona qo'lida qiynalganligi, zulm ko'rganligi edi. Fotima xuddi shu bolaning zulm ko'rganligi kabi ikki go'dakning ham shunday o'gay ona qo'lida qolmasligi va zulm ko'rmasligini, o'zining ularga o'gay emas, haqiqiy onasi kabi bo'lishni chin ko'ngildan xohlaydi. "Zero, Rasuli akram nabiyi muhtaram sallollohu alayhi vasallam afandimiz: "Ey, bandalar! Allohdan qo'rqingiz, Allohning ismi ila ont ichamanki, bir mo'min bir mo'minga zulm qilsa, Alloh taolo qiyomat kunida ul odamdan o'ch olur", - deganlar" [1, 123]. Fotima Alloh roziligi uchun shu yo'lni tanlaydi, ikki go'dakka ona bo'lishdek ulkan va mas'uliyatli vazifani o'z xohishi bilan zimmasiga oladi, garchi bu oson bo'lmasa-da, u sabr-matonat bilan bunga erishadi.

Fotima boshqa qizlar kabi oddiy qiz emas, uning tili va dili go'zal, sof, samimiy va iymon-e'diqodi mustahkam qizdir. Uning iymoni mustahkam ekanini ushbu voqea orqali bilish mumkin: Bir kuni Fotima o'z dugonalari bilan birga o'tirgan vaqtda ular bu yerda faqat qizlar borligi va shu sababdan uni ham ro'molini yechib o'tirishlarini so'rashadi. Fotima rad javobini bersa-da, ular qayta so'rashadi. Shunda Fotima ularga: "Istaymanki, Alloh meni uyalishimga sabab bo'ladigan holda ko'rmasin. O'zi amr etgan, o'zi rozi bo'ladigan qiyofada ko'rsin", [4, 18] deb javob beradi. Shundan so'ng qizlar tarafidan Fotimaga nisbatan hech qanday e'tirozga o'rin qolmaydi. Fotima har qanday vaziyatda ham o'z aqliga suyangan holda hozirjavoblik qilishi, uning tilidan chiqayotgan ma'noli so'zlarining barchasi uning iymoni mustahkam ekanligidan darak beradi. Uning turmush o'rtog'i Odilbekka ham Qur'on o'qitishni o'rgatishi har qanday inson ko'nglida unga nisbatan mehr-muhabbat hissini uyg'otmay qo'ymaydi. U bu ishga vijdonan yondashar, chin ko'ngildan bajarar edi. Xuddi shunday farzandlariga ham sabr va matonat, chin ixlos bilan tarbiya beradi. Diniy va dunyoviy ilmlarni o'rgatadi. "Alloh taolo oyati karimasida ilm fazilati to'g'risida shunday deydi: "Alloh taolo sizlarning orangizdagi iymon keltirganlarni va ilmni yuksaltirganlarni bu dunyoda yarlaqab, martabasini ulug' qilg'aydir, oxiratda jannatga kirmoqlikni nasib etgusidir,

Alloh taolo qilayotgan ishlaringizdan xabardordir", - deyilgan [2, 17]. U o'g'lini boshlang'ich maktabidan so'ng ilmli, olijanob va fazilatli inson bo'lishi uchun Imom Xatib maktabida o'qitishni xohlaydi. Bunga o'g'lining otasi va ustozi tomonidan bir qancha qarshiliklar bo'lsa-da, u bu masalada o'zining jiddiy niyatida turib, o'z maqsadiga yetadi. Chunki u farzandlar uchun o'z otasidan ham ko'proq qayg'urar edi. Bir kuni hatto o'z farzandi Odila ovqat to'kib yuborgan vaqtda uni jahl ustida urib yuborgan Odilbekni Fotima o'z so'zlari bilan uyaltiradi:

" - Nega bolani urdingiz? Bola shunday bo'lmaydimi, axir bu go'dak-ku. Men ursam, siz qaytarish o'rniga teskarisi bo'lyapti, bundan keyin siz o'gay ota bo'lasiz, men o'z onasi...

- Fotimaxon, kimga qiyin - sizga qiyin bo'ladi-ku. Uni artib yuvadigan siz emasmi?

- Albatta, men. Ammo menga emas, bolalarga achining. Yer yuzida bularga achinadigan birgina siz va men. Buni yolg'iz tashlab qo'yasizmi? Bunga Alloh rozi bo'ladimi? Modomiki, kirlarni men yuvar ekanman, sabrim tugaguncha siz ham sabr qilasiz. Yaxshi bo'lib ketadi. Tarbiyamizga Alloh yordam beradi. Men bunga ishonaman" [4, 69]. Shu so'zlardan so'ng Odilbek o'z qilgan ishidan juda uyaladi va o'zi uchun kerakli xulosalarni chiqaradi. Axir Fotima ularning onasi, qanday qilib tarbiya qilishni u yaxshi biladi. Abdulla Avloniy tarbiya borasida quyidagi so'zlarni aytib o'tgan: "Bolaning salomati va saodati uchun yaxshi tarbiya qilmak, tanini pok tutmak, yosh vaqtidan maslakini tuzatmak, yaxshi xulqlarni o'rgatmak, yomon xulqlardan saqlab o'sdurmakdir" [1, 43]. Fotimaning farzandlari uchun tutgan yo'li, bergan tarbiyasi maqtashga arzigulik, farzandlari uchun eng ma'qul yo'lni tanlab, ularni eng fazilatli inson bo'lishida ulkan hissasini qo'shadi. Fotima bu orada o'zi ham bir farzandli bo'lib, uchta farzandning onasi bo'ladi. Ammo u uchala farzandga ham birdek adolatli munosabatda bo'ladi va vijdonan ularga o'zining bor mehrini beradi. Chetdan qaragan inson ham bu farzandning ikkisi o'gay, birigina o'zining haqiqiy farzandi ekanini anglashi mushkul edi. Yana bir voqea misolida Fotimaning sabrli ona ekaniga yana bir karra ishonch hosil qilsa arziydi. Kunlarning birida |Fotimaning o'z qizi, bir necha oylik chaqaloq Samihaga katta qizi Odila qarab turardi. Yig'lab qolgan go'dakka Odila o'zi yeb o'tirgan no'xatni beradi va shu zahoti no'xat go'dakning tomog'iga tiqilib qoladi va o'limiga oz qolganda Fotima o'zini qo'yarga joy topolmay qoladi. Jahl ustida Odilaga bir tarsaki tushirmoqchi bo'ladi, ammo shu paytning o'zidayoq bu niyatidan qaytadi, Allohga yolvoradi: "Yo Rabbim, ko'ngli yarim yetimlar haqi, bag'rimdagi ikki yetim bolam haqqi zurriyodimni qutqar. Kichik yoshda yetim va o'ksik qolgan Habibing haqqi. Yetimlar boshini silagan, ularni o'z qaramog'iga olgan va mehr ko'rsatgan insonlar haqi..." [4, 72]. Oradan ma'lum vaqt o'tadi va go'dakning ahvoli yaxshilanadi. Bu vaziyatda Fotimaning sabri va aqli rasoligi tahsinga sazovordir. Axir bu vaziyatda har qanday inson o'zini tuta olishi va bunday munosabat qila olishi

mushkuldir. Shu o'rinda O'tkir Hoshimovning ona haqida bergan ushbu fikrlarini esga olish joizdir: "Ilgari bir haqiqatni bilardim. Ona uchun bolaning katta-kichigi bo'lmaydi. Endi yana bir haqiqatni angladim. Bola uchun ham onaning katta-kichigi bo'lmas ekan. Ona - ona ekan. Unga boshqa sifat kerak emas" [3, 9]. Shu so'zlardan anglash mumkinki, haqiqiy ona uchun o'z farzandi yoki uning o'gay ekanining ahamiyati yo'q. Muhimi u insonning yetimlarga bo'lgan mehri, sof vijdoni, iymon-e'tiqodining butunligida va Alloh rizosi uchun to'g'ri yo'l tanlay ola bilishida. Bunday insonni Alloh hamisha qo'llaydi, o'z panohida asraydi, unga hidoyat yo'lini ko'rsatadi. Buni "Al-jome as-sahih" asarida ham ko'rish mumkin. "Rasululloh sallalohu alayhi vasallam: "men va yetimning kafilini olgan odam ikkimiz jannatda yonma-yon yashaymiz", - deb ko'rsatkich va o'rta barmoqlarini juft qilib ko'rsatdilar" [5, 25].

Adibning mahorati shundan iboratki, u kitobxonga Fotima timsoli orqali onalik maqomining buyukligini, ona mehr-muhabbati dunyodagi barcha tuyg'ular ichida eng oliy tuyg'u ekanini ochib berdi. Bu bilan Ahmad Lutfiy Qozonchi inson hayotining falsafasini ona mehri bilan ochib berishga muvaffaq bo'ldi. U Fotima obrazi orqali garchi o'gay bo'lsa-da, chin ma'nodagi mehribon, farzand uchun borini baxshida etuvchi fidokor onani, har ishni o'ylab qiluvchi oqila umr yo'ldoshini tasvirlab ko'rsatadi, shuningdek, o'gay ona ham rahm-shafqatli bo'la olishini isbotlab berdi. Adib yaratgan obraz na zamon va makon, na millat va elat tanlamaydi. Ona timsolini o'gay ona obrazida mohirlik bilan tasvirlab berish va bunda mukammallikka erishish -yozuvchining ulkan yutug'idir.

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO'YXATI (REFERENCES)

1. Avloniy A. (2016). Turkiy guliston yoxud axloq. - T.: Yangi asr avlodi, 145 b.

2. Imom Ismoil al-Buxoriy. (1991). Sahihi Buxoriy. - T.: Qomuslar, 403 b

3. Hoshimov O'. (2015). Dunyoning ishlari. Qissa. - T.:Yangi asr avlodi, 336 b.

4. Qozonchi A.L. (2019). O'gay ona. - T.: Book media, 190 b.

5. Холикова, Н. (2020). Узбек мумтоз адабиётида хотин-кизлар образининг бадиий тадрижи (Ширин образи мисолида). Academic research in educational sciences, (3).

6. Kholikova, N. D. (2020). The genesis and poetic evolution of character Shirin. Alisher Navoi and the XXI centure.

7. Djokhongirovna, K. N. (2020). The period of national awakening in uzbek poetry echo of the treasure voice of the nation. International Journal of Psychosocial Rehabilitation, 24(6), 4045-4054.

8. Холикова, Н. (2020). 9-синф адабиёт дарсида ширин образини генезисига кура урганиш. Science and Education, ^(Special Issue 2).

XULOSA

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.