Научная статья на тему 'BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI'

BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
7304
304
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
badiiy adabiyot / inson ruhiyati / muallif / kitobxon / qalb kechinmalari / qahramon / fiction / human psyche / author / reader / heart experiences / hero

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Ozoda Abdullayeva

Ushbu maqolada badiiy asarlarning inson hayotidagi o’rni va ahamiyati, bugungi kunda yoshlarni kitobxonlikka keng targ’ib qilish masalalari, Ahmad Lutfi Qozonchining “O’gay ona” asaridagi ruhiyat chizgilari yoritilgan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE EFFECT OF WORKS ON THE HUMAN SPIRIT

This article discusses the role and importance of works of art in human life, the issues of popularization of reading among young people today, the spiritual lines in Ahmad Lutfi Kazanchi's "O’gay ona".

Текст научной работы на тему «BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA’SIRI»

BADIIY ASARLARNING INSON RUHIYATIGA TA'SIRI

Ozoda Abdullayeva

Toshkent viloyati Chirchiq davlat pedagogika instituti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada badiiy asarlarning inson hayotidagi o'mi va ahamiyati, bugungi kunda yoshlarni kitobxonlikka keng targ'ib qilish masalalari, Ahmad Lutfi Qozonchining "O'gay ona" asaridagi ruhiyat chizgilari yoritilgan.

Kalit so'zlar: badiiy adabiyot, inson ruhiyati, muallif, kitobxon, qalb kechinmalari, qahramon

THE EFFECT OF WORKS ON THE HUMAN SPIRIT

Ozoda Abdullaeva

Chirchik State Pedagogical Institute of Tashkent Region

ABSTRACT

This article discusses the role and importance of works of art in human life, the issues of popularization of reading among young people today, the spiritual lines in Ahmad Lutfi Kazanchi's "O'gay ona".

Keywords: fiction, human psyche, author, reader, heart experiences, hero

KIRISH

Hozirgi zamonaviy texnika va texnologiyalar asrida insonlarni ommaviy madaniyat qurshovidan asrab qoluvchi eng ma'naviy boylik bu badiiy adabiyotlar hisoblanadi. Hozirgi kunda Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlarni kitobxonlikka keng jalb qilish borasida juda katta ishlar amalga oshirilmoqda. Xususan, har bir oliy ta'lim muassasi balki mahallarda ham kitobxonlik tanlovlari o'tkazilib kelinmoqda. Bu bilan biz juda katta natijalarga erishishimiz balki ma'naviy dunyoimizni kengaytirishimiz mumkin. Bu hozirgi kunning eng dolzarb masalalaridan biri hisoblanadi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Badiiy adabiyot, badiiy asarlar insonlarga juda kuchli ta'sir ko'rsata oladigan ilohiy bir kuchdir. U inson his-tuyg'ularini va ongini tarbiyalashda ulkan ro'l o'ynaydi. Badiiy asarlarning mualliflari bilan birgalikda kitobxon hayotning turli tomonlari, xarakterlar va hodisalar mohiyatiga kirib boradi hamda o'zida ularga bo'lgan munosabatni shakllantiradi. Insonni o'ylashga, fikrlashga va kechayotgan voqealarni

www.scientificprogress.uz

tahlil qilishga chorlaydi. Badiiy adabiyot bitmas-tuganmas g'oyalar manbayi hisoblanadi. Unda turli zamonlardagi kishilarning fikrlari, o'y-mulohazalari, orzu-umidlari, jamiyatdagi siyosiy, mafkuraviy, axloqiy-ta'limiy, falsafiy, diniy va boshqa xildagi qarashlar o'z aksini topadi. Shu bilan birga, o'zi aks ettirgan g'oyalar bilan kishilar qalbiga, ruhiga kuchli ta'sir o'tkazib, ularda yangi-yangi qarashlar, fikrlar tug'ilishiga, ularning ma'naviy jihatdan boyishiga, ongining o'sishiga xizmat qiladi. Inson ruhiyati tasvirlanar ekan, uni shakllantiruvchi, yuzaga chiqaruvchi asosiy vosita jamiyat, ijtimoiy muhit ekanligi ma'lum. O'smir shaxsi ijtimoiy munosabatlar mahsulidir, buning sababi, u doimo inson davrasida, ular bilan o'zaro ta'sir doirasida bo'ladi. Shunday ekan, uning hissiy va aqliy rivojlanishida ijtimoiy muhit katta o'rin tutadi.

Inson ruhiyati va ma'naviyatiga ta'sir etuvchi asarlar juda ko'p. Masalan, Said Ahmadning "Ufq", Isojon Sultonning "Boqiy darbadar", O'lmas Umarbekovning "Odam bo'lish qiyin", Ahmad Lutfi Qozonchining "O'gay ona" kabi. Har bir insonni bosayotgan qadamini o'ylantirib qo'yishga chorlaydigan asarlardan biri - Ahmad Lutfi Qozonchining "O'gay ona" asari hisoblanadi. Asardagi qahramonlarning holatiga diqqat qaratadigan bo'lsak, qalbimizda bir tug'yon jo'sh uradi, qalbimiz larzaga keladi, ana shu qahramonlar holatida o'zimizni bir zum his qila olamiz: "Ota ko'ngli bir ayol bilan to'lishi mumkin. Faqat bola ko'nglini oladigan, ko'nglini to'ldiradigan ayol endi dunyoda yo'q.

MUHOKAMA

Ota sevgisi bir insonga bo'lgan sevgidan iborat, bolaning mehr-muhabbati esa faqat onaga bog'liqdir. Ona yer yuzida bir donadir, yagonadir. Uning onasi o'lgach, uyga yangi bir ona keladi. Otaning aytishicha, bu onaning avvalgisidan kamchilik tarafi yo'q. Faqat bolaning fikricha, bu ona bilan avvalgi onani qiyoslash inson bilan uning soyasini tenglashtirishdek gap. Biri butun borlig'i bilan shafqat va marhamatdan iborat bo'lsa, boshqasi faqat moddiy va shakliy jihatdangina onaga o'xshaydi. Biri sevsa, ikkinchisi uradi, biri bag'riga bossa, o'zgasi ko'ksidan itaradi. Birinchisi - ona, ikkinchisi - o'gay ona". [1] Kitobxon mana shu satrlardan ham qahramonning ichki dunyosini, qahramon tilini, ruhiy holatini anglab olsa va o'ziga zarur xulosalarni chiqarsa ajab emas.

NATIJA

Badiiy adabiyotning ko'p asrlik taraqqiyoti, uning kishilar dunyosiga, ularni qurshab turgan tashqi borliq bilan aloqalariga va o'zaro munosabatlariga tobora chuqur kirib borganligidan dalolat beradi. Bundan ko'rinib turbdiki, badiiy adabiyotning bosh mavzusi insondir. Insonning badiiy asarlarda markaziy o'rinni egallashi dunyoni badiiy

«SCIENTIFIC PROGRESS» Scientific Journal ISSN: 2181-1601 ///// \\\\\ Volume: 1, ISSUE: 5

ravishda anglash va ijod sohasida kishilik tomonidan bosib o'tilgan katta yo'lning natijasi hisoblanadi. Ushbu asarning yana bir holati insonning ruhiyatiga, insoniyligiga bevosita ta'sir etmasdan qolmaydi: "Tush, Quyosh harorati kuchayganida qabristondan naqdar gunohkor va bemehrligini anglagan ota hamda uning ota mehridan mahrum bo'lgani uchun ona xokini yuzga surtib, ona tuprog'iga bosh urishdan boshqa chorasi qolmagan tolesiz o'g'li chiqishmoqda..." [1] Parchaga diqqatimizni qaratadigan bo'lsak, otaning o'z zuryodi hisoblanmish farzandi arjumandiga qanchalik e'tiborsizligini balki farzandi oldida gunohkor ekanligini ko'rishimiz mumkin. O'z otasidan balki butun hayotning shafqatlisizligidan charchagan, ayni yoshlik chog'ida mehr olishi kerak bo'lgan davrida hech kimdan najot topa olmagan bola oxiri najotni ona qabridan topishi bu anchagina kitobxonni tashvishga soladi. Asardan kitobxon o'ziga nima oladi?! Eng avvalo, hayotga bo'lgan qarashi o'zgaradi. Muhabbat, mag'lubiyat, qat'iyat, ishonch, g'alaba, mehnat, hissiyot, harakat, tajriba kabi tushunchalarni qaytadan kashf qiladi. Bevosita asardagi qahramon bilan qalban yaqinlashadi, ruhan eziladi, bir zum o'zini qahramon holatiga solib ko'radi.

XULOSA

Xulosa o'rnida shuni ta'kidlash lozimki, badiiy adabiyotning inson hayotida ahamiyati juda yuqori. Inson ardoqlab keladigan eng noyob hislar insonparvarlik, adolat, shafqat, o'zaro hamjihatlik, do'stlik,mehr va muruvvat, sevgi-muhhabat singari o'lmas insoniy tuyg'ular kishi ongida, shuurida, ruhiyatida mujassamlashadi va bu hislar adabiyotga oshno insonlar qalbiga ko'chib o'tadi. Tuyg'ular esa faqat aql orqali emas, balki ko'ngil, yurak orqali seziladi, ta'sir o'tkazadi. Shunday ekan, badiiy asarlar badiiy adabiyotning muhim ajralmas tarkibiy qismidir.

REFERENCES

1. Samdu.uz

2. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili darslarida interfaol usullardan foydalanish. Prospects of Development of Science and Education, 1(2), 247-249.

3. Shayxislamov, N. (2020). Ona tili fanini o'qitishda zamonaviy pedagogik texnologiyalardan foydalanish. O 'zbekistonda ilm-fan va ta 'lim masalalari: muammo va yechimlar, (3), 71-73.

4. Шайхисламов, Н. (2021). ЗАМОНАВИЙ ТИЛШУНОСЛИК ЙУНАЛИШИ: КОНТАКТ ЛИНГВИСТИКАСИ. Scientific progress, 7(4).

5. Shayxislamov, N. (2021). Tilshunoslik nazariyasi va tushunchasi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (3), 174-176.

6. Shayxislamov, N. (2021). Lingvomadaniyatshunoslikning shakllanishi va vujudga kelishi. The 21st Century Skills for Professional Activity, (2), 274-276.

7. Kobilova, N., Shayxislamov, N., & Raimova, M. (2021). O 'ZBEK VA INGLIZ PAREMIOLOGIK BIRLIKLARINING QIYOSIY-SEMANTIK TAHLILI. Scientific progress, 7(4).

8. Шайхисламов, Н. (2020). Синтаксисни морфология билан интегратив ургатиш. Нутц маданияти ва узбек тилшунослигининг долзарб муаммолари, 383385.

9. Shayxislamov, N. Z. O. G. L., & Shofqorov, A. M. (2020). RASMIY HUJJATLAR MATNINING LEKSIK XUSISIYATLARI VA ULARNING TARJIMADA BERILISHI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

10. Shofqorov, A. M., Baykabilov, U. A., Bayzakov, J. A., & Shayxislamov, N. Z. O. G. L. (2020). TIL O 'QITISHDA KOMPYUTER TEXNOLOGIYALARI. Science and Education, 1(Special Issue 3).

11. Шайхисламов, Н. (2020). МАВКЕИ ЛИНГВОКУЛТУРОЛОГИЯ ДАР СИСТЕМАМ ФАНХ, О ВА ВОБАСТАГИИ ОН БО ЭТНОЛИНГВИСТИКА, СОТСИОЛИНГВИСТИКА ВА ЭТНОПСИХОЛИНГВИСТИКА. Academic research in educational sciences,(4).

12. Ахмедов, Б. А., Шайхисламов, Н., Мадалимов, Т., & Махмудов, К. (2021). SMART ТЕХНОЛОГИЯСИ ВА УНДАН ТАЪЛИМДА ТИЗИМИДА КЛАСТЕРЛИ ФОЙДАЛАНИШ ИМКОНИЯТЛАРИ. Scientific progress, 1(3).

13. Shayxislamov, N. (2021). ONA TILI DARSLARINI O 'QITISHDA ZAMONAVIY METOD-KAKOGRAFIYA USULIDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 1(3).

14. Shayxislamov, N. (2020). LINGVISTI^, UNING ZAMONAVIY TURLАRI HAMDA ULARNING O 'ZBEK TILSHUNOSLIGIDAGI TALQINI. Scientific progress, 1(2).

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.