SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
INGLIZ VA O'ZBEK XALQ ERTAKLARINING O'XSHASH VA FARQLI
Ushbu maqolada O'zbek va ingliz xalq og 'zaki ijodiga mansub ertaklarining bir-biriga nisabatan farqli va o'xshash jihatlari aks etgan. Bundan tashqari bu farqlar to'grisida bir necha olimlarning fikrlari ham o'z namunasini topgan.
Kalit so'zlar: ertak, janr, folklor, farzand, jamiyat, falsafa, xalq, yaxshilik, yomonlik.
This article reflects the differences and similarities of Uzbek and English folktales. In addition, the opinions of several scientists about these differences have also found their example.
Key words: fairy tale, genre, folklore, child, society, philosophy, people, good,
evil.
Bilamizki, ertaklar o'z-o'zidan paydo bo'lgan janr emas. Ularni asrlar davomida xalq og'zaki ijodi sifatida bizga qolgan meros hisoblanadi. Ertakning paydo bo'lishida xalqlar orasidagi qadimiy urf-odat va an'analar muhim o'rin tutadi. Ertak -xalq og'zaki ijodining eng qadimiy namunalaridan biri hisobblanadi va bu janr og'izdan og'izga o'tish usuli orqali xalqlar o'rtasida ajdoddan avlodga o'tib kelgan. Xalq og'zaki ijodining o'rganuvchi olimlarning ta'kidlashlaricha, dunyodagi hamma xalqlar og'zaki ijodida bir-biriga yaqin turgan janr ertakdir.[1]
Hayot haqiqati bilan bog'liq bo'lib xayoliy va hayotiy uydirmalar asosiga qurilgan, tarbiyaviy ahamiyatga ega bo'lgan hikoyalarni ertak deb ataymiz.[1] O'zbeklarda ertak aytuvchilar "ertakchi", "matalchi" deb atalgan. E'tibor beradigan bo'lsak, ertaklarda ijobiy qahramon yovuzlik, adolatsizlikka qarshi kurashib g'alaba qozonadi. Chunki ertaklarning zamirida inson tarbiyasini shakllantirish va xalq orzu-umidlari, manfaatlari turgan bo'ladi. Har bir ertak mutolaasi insonga qanchadan-qancha zavq-shavq beradi, uni komilikka yetaklaydi, dunyoqarashi o'zgarishiga sababchii bo'ladi. Shu bois, mo'jizalar olamiga yo'l - ertaklar o'qishdan boshlanadi, desak mubolag'a bo'lmaydi. Va shubhasiz bu go'zal, g'aroyib, bepayon xayol va aql olamiga qadam ertaklar yordamida qo'yiladi.
JIHATLARI
Karomat Kulmatova
Farg'ona shahar 10-IDUM, ingliz tili o'qituvchisi, Nilufar O'rinboyeva Farg'ona davlat universiteti talabasi
ANNOTATSIYA
ABSTRACT
KIRISH
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
Ertaklarning tarbiyaviy jihatdan o'rni beqiyosdir. Chunki ular bolalarni sog'lom muhitda o'sib-unishlari uchun imkoniyat yaratib beradi va to'g'ri yo'lga boshlaydi.Shu o'rinda V.G.Gusev tomonidan fikrlarni eslatib o'tishimiz lozim deb o'ylayman. Uning fikricha, "Jamiyatda, umuman inson tabiatidagi illatlar real hayotda aksini topmagach, fantastik tarzda ertaklarda o'z yechimiga ega bo'ladi"[2] Binobarin biz o'z farzandlarimizga ertak aytib berish orqali ularni kelajakda barkamol avlod bo'lib yetishishiga o'z hissamizi qo'shgan bo'lamiz.
MUHOKAMA VA NATIJALAR
Asrlar o'tishi bilan olimlar ertaklarni tuzilishi va ma'no-mazmuniga qarab turli xil guruhlarga ajratishdi.[1] Bunga misol qilib, hayvonlar haqidagi ertaklar, hayotiy-maishiy ertaklar, sehrli ertaklar va hajviy ertaklarni keltirishimiz mumkin.
Hayvonlar haqidagi ertaklarning mazmuni majoziy ya'ni ko'chma ma'noda bo'ladi. Misol uchun ertaklarda tulki obrazi orqali ayyorlikni, sher obrazi orqali jasurlik va qo'rmaslikni , bo'ri obrazi orqali esa qonxo'rlik va laqmalikni ifoda etiladi. Sehrli ertaklarda voqelar fantastik to'qimalar, sehr-u jodular asosiga qurilgan bo'ladi. Ertakda qahramonlar har narsa qo'lidan keladigan mojizakor kimlardan tashkil topadi. Hayotiy-maishiy ertaklar esa xalqlarning o'z urf-odatlari va qadriyatlari asosida yartilgan bo'ladi. Bunday ertaklarning aksariyati hayot kechinmalariga oid yoki hayot voqealaridan olingan bo'ladi. Bunga misol qilib o'zbeklarning "Zumrad va Qimmat", "Oygul bilan Baxtiyor" va "Ozodachehra" ertaklarini olishimiz mumkin.
Olimlar haqli ravishda, ilmiy tasavvurlarni rivojlanishida, falasafaning, adabiyotning, memorchilik, musiqa va teatr san'atlarining paydo bo'lishida miflar o'ziga xos manbaa bo'lib xizmat qilgan, deb ta'kidlashadi. Eng qadimgi ertaklarda xalqlarning ur-odatlari, an'analari va marosimlari aks etgan. Bunga misol qilib "Guliver" va "Gargantyua" kabi asarlarni olishimiz mumkin.[3]
Inglizlarda Angliya eng mashhur bolalar ertaklarining vatani bo'lgan. Folklor hikoyalarida boshqa Evropa mamlakatlariga o'xshab, ingliz ertak an'anasi Britaniya orollarida paydo bo'lgan deb hisoblangan. Bu folklor asrlar davomida hikoya qilish an'analari orqali rivojlangan va mamlakatning turli mintaqalarida o'ziga xosligi va o'ziga xos madaniyati bilan noyob hisoblanadi.Shunday qilib, Angliyaning ertak va folklor an'analari kelt, german va nasroniy manbalari bilan mustahkam aloqaga ega.[4]
Men ushbu maqolam orqali o'zbek xalqining mashhur ertaklaridan biri bo'lgan "Zumrad va Qimmat" ertagi bilan ingliz xalqining eng mashhur ertaklar qatoriga kirgan "Cinderella" ertagini bir-biriga qiyoslab bermoqchiman.
"Zumrad va Qimmat" ertagida Zumrad ismli qiz ijobiy qahroman sifatida qatnashadi. U juda ham sabr-toqatli, maftunkor va mehnatkash qiz sifatida o'zbek
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
xalqi orasida mashhur.Qimmat ismli o'g'ay opasi esa dangasa, ishyoqmas, yalqovlik bo'yicha ertak qahramoniga aylangan. Ming afsuski , unga har kuni o'g'ay onasi va o'g'ay opasi kun bermas, unga tinimsiz ish qildirar va uning ustidan mazah qilib kulishardi. Bir kuni o'g'ay ona eriga o'g'ay qizi bo'lmish Zumradni o'rmonga oborib adashtirib kelishini buyuradi. Bundan bosh tortolmagan ota qizini o'rmonga olib borib to'nka ustiga o'tirgizib o'zi esa o'tin to'plagani kettim deb uyga ravona bo'ladi. Zumrad otasini kun botgunga qadar kutib o'tiradi va kelmaganidan so'ng o'zi otasini qidirishga otlanadi. Otasini o'rmondan izlab yurgan paytda yo'lidan bir sehrgar ayolga duch kelib qoladi. U ayol Zumradni uyiga taklif qiladi va birga uyi tomon yo'l olishadi. Zumrad mehnatsevar qiz bo'lganligi sababli bu ayolni uyida ham jim o'tirolmaydi. Sehrgar ayolni uyini yig'ishtirib, mazali taomlar tayyorlaydi. Buni ko'rgan ayol Zumraddan juda ham xursand bo'ladi. Bir necha kun o'tgach Zumrad uylarini va otasini sog'inganini aytib uyga ketmoqchi bo'ladi. Shunda ayol unga sandiq berib uni faqat uyga borganida ochishini tayinlaydi. Zumrad aqlli va sabrli qiz bo'lganligi sababli sandiqni uyga kelgandan so'ng ochadi va uni ichida turli qimmatbaho narsalar chiqqani ko'rgan o'g'ay ona eriga o'z qizini ham o'rmonga oborib adashtirib kelishini buyuradi.Otasi Qimmatni ham o'rmonga oborib adashtirib qaytadi. Va Qimmatga ham o'sha sehrgar ayol uchraydi. Uni ham uyiga taklif qiladi. Uyiga borgach Qimmat dangasa, yalqovligi sababli hech qanday ish qilmay yotaveradi. Bundan ayolni achchig'i chiqadi. Bir necha kun o'tgach Qimmat ham uyga ketmoqchiligini aytib unga sandig'ini berishni so'raydi. Sehrgar ayol unga ham sandiq beradi va Zumradga aytgan gaplarini tayinlaydi. Uni yo'lda onasi kutib turgan bo'ladi. Onasi va Qimatning sabrsizligi natijasida ular sandiqni ochib ko'rishadi va ichida tilla uzuk borligini ko'rib uni olishga harakat qilib sandiqni ichiga tushishadi. Bu vaqtda sandiqni og'zi berkilib ularni uzoq-uzoqlarga olib ketadi. Shunday qilib, Zumrad va uning otasi baxtli hayot kechirishadi.
Zolushka ertagi haqida gapiradigan bo'lsak, Zolushka har kuni ertalab turib og'ay onasi va o'g'ay opalari uchun ovqat pishiradi. Hamma yerni yig'ishtirib saromjon -sarishtalaydi. O'rmonga borib o'tin to'plab keladi. Uning deyarli har kuni shu tarzda davom eta boshladi. Zuloshkaning hayotida hayvonlardan boshqa do'stlari yo'q edi. Uy ishlarini qilishda shu do'stlari unga yordam berishardi. Kunlarning birida Zolushka hayotida unutilmas bir voqea sodir bo'ldi. Saroy ayonlari ko'chalar bo'ylab aylanib har bir uyga Qirol saroyida bo'layotgan balga taklifnoma tarqatishayotgandi. Va bu ball orqali shahzoda o'ziga rafiqa tanlab u bilan turmush qurmoqchi ekanligi e'lon qilingandi. Zolushka ballga borishni juda ham istardi. U hayoti davomida hech ham bunaqa kechalarda ishtirok etmagandi. Zolushkani sodddaligi tufayli unga shahzodani rafiqasi bo'lish emas ballga borib raqsga tushib
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
ball qanday bo'lishini ko'rish muhim edi. Ammo Zolushkaning o'gay onasi va opalari unga shafqatsiz munosabatda bo'lishdi, ballga borishiga ruxsat berishmadi, chunki ular Zolushkaning jozibali ko'rinishiga hasad qilishardi. Bu javobni eshitgan Zolushka o'rmondagi daraxt tagida yig'lab o'tirgan paytida bir sehrgar ayol paydo bo'ladi va unga ballga borishiga yordam berishini aytadi. Bu gaplarni eshitgan Zolushka ballga kiyishga mos ko'ylagi va ballga kech qolganini aytib yana yig'lashda davom etadi. Sehrgar ayol sehrli tayoqchasi orqali Zolushkaga ballga kiyish uchun jozibakor ko'ylak va maftunkor arava hadya qiladi. Buni ko'rgan Zolushka sehrgar ayolni quchoqlab raxmat aytadi va ball tomon yo'l oladi. Ketayotgan paytda Sehrgar ayol Zolushkaga yarim tunda qaytib kelishini,agar qaytmasa sehr o'z kuchin yo'qotishini tayinlaydi. Zolushka ballga yetib boradi, ballga kirib kelishi bilan hamma uni go'zalligiga maftun bo'lib qoladi, hattoki shahzoda ham. Keyin shahzoda Zolushkani raqsga taklif qiladi zolushka rozi bo'ladi buni ko'rgan o'g'ay onasi va opalari hasaddan ichlari yonib ketadi. Yarim tun yaqinlashgaini sezgan Zolushka aava tomon yuguradi uni orqasidan chopadi. Zolushka behosdan zinalardan biriga qoqilib tuflisini bir poyini tushrib qo'yadi. Buni topib olgan shahzoda ertasi kuni har bir xonadondagi qizga tuflini bir poyini kiyidirib chiqishni buyuradi. Tufli kichkinaligi sababli hech bir qizni oyog'iga to'g'ri kelmaydi. Bundan xabar topgan o'g'ay ona Zolushkani omborga olib kirib berkitib qo'yadi.Va saroy ayonlari ularni xonadoniga kirgan payt Zolushkani ovozini qo'qqisdan ehtib qolishadi keyin Zolushkani topib tuflini oyog'iga kiydirib ko'rishsa loyiq keladi. Darhol u haqida shahzodaga xabar berishadi. Shundan so'ng shahzoda va Zolushka turmush qurishib, baxtli hayot kechirishadi.
E'tibor beradigan bo'lsak, ikkala ertakda ham bir-biriga o'xshash jarayonlar mavjud. Lekin bu ertaklar bir-biridan turli xalqlarga tegishliligi bilan farq qiladi. O'xshash jihatlari haqida gapiradigan bo'lsak, bu ikki qiz bir xil sharoitda ya'ni o'g'ay ona va o'g'ay opalar qo'lida azoblanganliklari bunga yaqqol misol bo'la oladi. Ikkala qiz ham bu qiyinchiliklarga sabr-toqat bilan chidaganliklari ularning yuksak matonatlaridan dalolatdir. Shu qiyinchiliklarga qaramay, bu ikki qizning o'g'ay onalari va o'g'ay opalariga bo'lgan munosabatlari samimiyligicha qolaverdi. Bunday holatlar har bir qiz farzandga o'rnak qilib ko'rsatish uchun arzirlidir. Bunga qo'shimcha qilib aytishimiz joizki, bu ikki ertakda ham sehrgar ayol obrazi mavjudligi va qizlarga qiyin vaziyatda yordam berganliklari ertakning jozibadorligini oshishiga sabab bo'lgan.
XULOSA
SJIF 2023 = 6.131 / ASI Factor = 1.7
3(4), April, 2023
Xulosa o'rnida shuni aytish kerakki, ertaklar har bir bolaning nafaqat dunyoqarashini yukslatirishga, balki mittigina murg'ak qalbini ezgulik bilan to'ldirishga ham xizmat qiluvchi yengilmas kuch hisoblanadi.
REFERENCES
1. O'zbek xalq ertaklari. 2-jild. -T.: O'zbekiston Davlat nashiryoti, 1963
2. Маслова В.А.Лингвокультурология:учебное пособие для студентос высших учебных заведений.М.:Академия,2001.208с.
3. Маслова В.А.Лингвокультурология:учебное пособие. 4-е изд.М.,2010.
4. Кургузенкова Ж.В. Концептуализация женской красоты в английской языковой культуре //Вестник Российского универститета дружбы народов. Серия:Русский и иностранные языки и методика их преподования.2016.№1.С.97-102.