Научная статья на тему 'O‘ZBEK TILIDAGI TOVUSH FE’LLARINING SEMANTIK GURUHLARI'

O‘ZBEK TILIDAGI TOVUSH FE’LLARINING SEMANTIK GURUHLARI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
3
3
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
tilshunoslik / semantik maydon nazariyasi / til birliklariaro munosabatlar / tovush fe’llari / leksik-semantik guruhlar.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Alijonova Durdona Farxodjon Qizi, Uluqov Nosirjon Muhammadaliyevich

Ushbu maqolada o’zbek tilidagi tovush fe’llarining leksik-semantik, leksikografik tadqiqi yoritib berilgan, nazariy ma’lumotlar insonlarga xos, hayvonlarga va tabiat hodisalariga xos tovushga oid fe’llar misollar asosida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O‘ZBEK TILIDAGI TOVUSH FE’LLARINING SEMANTIK GURUHLARI»

O'ZBEK TILIDAGI TOVUSH FE'LLARINING SEMANTIK GURUHLARI 1Alijonova Durdona Farxodjon qizi, 2Uluqov Nosirjon Muhammadaliyevich

1Namangan davlat universiteti tayanch doktoranti, 10.00.01 - Lingvistika: o'zbek tili.

2Ilmiy rahbar, fil.fan.dok. professor. https://doi.org/10.5281/zenodo.11082282

Annotatsiya. Ushbu maqolada o'zbek tilidagi tovush fe'llarining leksik-semantik, leksikografik tadqiqiyoritib berilgan, nazariy ma'lumotlar insonlargaxos, hayvonlarga va tabiat hodisalariga xos tovushga oid fe'llar misollar asosida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: tilshunoslik, semantik maydon nazariyasi, til birliklariaro munosabatlar, tovush fe 'llari, leksik-semantik guruhlar.

Abstract. In this article, linguistic and lexicographical research of sound verbs in the Uzbek language is highlighted, theoretical information is analyzed on the basis of examples of sound verbs characteristic of people, animals and natural phenomena.

Keywords: linguistics, semantic field theory, relations between language units, sound verbs, lexical-semantic groups.

Аннотация. B данной статье освещается лингвистическое и лексикографическое исследование звуковых глаголов узбекского языка, анализируются теоретические сведения на основе примеров звуковых глаголов, характерных для людей, животных и природных явлений.

Ключевые слова: лингвистика, теория семантического поля, отношения между единицами языка, звуковые глаголы, лексико-семантические группы.

O'zbek tili adabiy shakli hamda dialektlar, shevalarida 300 ga yaqin tovush bildiruvchi fe'llar mavjud. Bunday fe'llar jonli va jonsiz narsalarning: odamlar, hayvonlar, qushlar, tabiat hodisalarining fizik harakati natijasida vujudga keladi. Onomatopeik fe'llar o'zbek tilshunosligi nuqtai nazaridan tadqiq qilinishi lozim. Bugungi kunga qadar o'zbek tilshunosligida fe'lning semantikasiga oid bir qator tadqiqotlar amalga oshirilgan. O'tgan asrning 60-yillaridan keyin fe'l semantikasi, sintagmatikasiga oid tadqiqotlar ko'lami kengaydi. M.Sodiqova, R.Rasulov, P.Qochqortoyev, S. Muxammedov, K.Rahmonberdiyev kabilar tomonidan o'zbek tilidagi fe'l leksemalar semantikasiga doir muhim izlanishlar amalga oshirildi va mazkur tadqiqotlarda, "O'zbek tilining izohli lug'ati", "Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati" kabi ishlarda fe'llarning dastlabki semantik tasniflari yuzaga keldi. Keyingi yillarda A. Nurmonov, A. Sobirov, Sh.Iskandarova, H.Ne'matov kabilarning sistem-struktur tadqiqotlarida ham fe'lning semantik tasnifi va tahliliga doir fikrlar berildi. Lekin shunday bo'lsa-da, fe'l leksemalar tabiati, xususan, tovush fe'llari bor murakkabligi bilan to'la ochilgani yo'q. Shu nuqtai nazardan olganda tadqiqot ishimiz dolzarblik kasb etadi.

Fe'l so'z turkumining UGMsi ish-harakat hamda holatni jarayon tarzida ifodalashga xizmat qiladi. Holat va uning ifodalanishi ravish so'z turkumiga xos xususiyat, lekin fe'lda harakat vujudga keladi. Ayni shu xususiyatlari bilan fe'l leksemalari ikki guruhga: harakat fe'llari va holat fe'llariga taqsimlanadi. Turkumning leksik-grammatik tabiatiga ko'ra esa: mustaqil va nomustaqil fe'llar ajratiladi. Bizning tadqiqot ishimizning ob'yekti harakatni bildiruvchi mustaqil fe'llardir. Bu kabi fe'llar ham bir nechta semantik guruhlarga bo'linishi mumkin. Tilshunos K.Xoliqov «Hozirgi O'zbek adabiy tilida harakat fe'llari» nomli dissertatsiyasida harakat fe'llarini leksik-semantik jihatdan ikkita katta guruhga ajratadi:

1. Umumiy ma'noga ega bo'lgan fe'llar.

2. Ayrim xususiy ma'noli fe'llar.

Tadqiqodchi keyingi ilmiy ishlarida «hali ilmiy tadqiqotga mansub qator fe'l razryadlari mavjud, shuningdek, fe'llarning leksik-semantik tasnifi, ularning o'ziga xos grammatik xususiyatlari atroflicha o'rganilishi zarur ekanligini ta'kidlaydi. «O'zbek tilidagi semantikasiga doir" deb nomlangan maqolasida tub semantik belgilarga ko'ra fe'llarni 8 leksik-semantik guruhga ajratadi:

1. Yo'nalma harakat fe'llari.

2. Aylanma harakat fe'llari.

3. Tik harakat fe'llari.

4. Tebranma harakat fe'llari.

5. Faoliyat natijasi bo'lgan harakat fe'llari.

6. Jismoniy ta'sir harakat fe'llari.

7. Og'iz bo'shlig'ida amalga oshiriluvchi harakatlarni ifodalovchi fe'llar

8. Adressiv harakat fe'llari.

Fe'l leksemalarning sintagmatik aspektda tahliliga oid izlanishlar ham ham anchagina. Bu borada R.Rasulov, I.Qo'chkortoyev, O'.Sharipova kabilarning tadqiqotlari e'tiborga loyiq. Jumladan, R.Rasulov holat fe'llarining agens, lokalis va obyekt valentligini chuqur yoritib bergan. O'.Sharipova esa nomzodlik dissertatsiyasida yumush fe'llarining ma'no valentligini atroflicha tahlil qilgan.

Ovoz fe'llarining xususiyati: fonetik, leksik-semantik, grammatik jihatlari obyektiv o'rganishni talab qiladi. Umumiy tilshunoslikda tilning ishoraviy tabiati ikki tomondan: belgilovchi: fonetik - tovush tomoni, belgilanuvchi: mazmuniy - semantik tomoni o'rtasidagi munosabatlar bilan ajralib turadi. Andijon tilshunoslik maktabi asoschisi, tilshunos Abdulhamid Nurmonov asarlarida ham tushuncha va ma'no o'rtasida katta farq borligi haqida ma'lumotlar mavjud. Predmetning in'ikosi inson ongida tabiiy ravishda ro'y beradi. Predmet belgilarning umumlashmasi sifatida predmet obrazi gavdalanadi. Tovush kompleksi va reallikdagi predmet o'rtasida dastlab hech qanday aloqa mavjud bo'lmaydi. Bu yerda aks ettirish deb nomlanishi mumkin bo'lgan hodisa yo'q. O'zbek tilidagi tovush fe'llarining semantik tadqiqi jarayonida shuni aniqladikki, ovoz fe'llarida ham tushuncha, ham u ifodalaydigan ayni bir xillikka ega.

Aniqroq aytganda, tovush fe'llarida shakl va mazmun muvofiqligi mavjud: arrillamoq -ar-ar tovush chiqarmoq. Bu fe'l yig'lash-baqirish holatini, ya'ni insonlarga xos, shuningdek, hayvonlarga xos ovoz chiqarish jarayonini ham ifodalashi mumkin. Tovush fe'llari - tovushga taqlidni bildiruvchi so'zlar orqali hosil qilingan birliklar. Ovozni ifodalovchi fe'llar ma'lum jarayonda yuzaga kelgan tovushga xos harakatni bildirishda namoyon bo'ladi. Ovozga taqlid fe'llarning ko'p sonda ekanligi insonning xatti-harakatlari bilan, hayvonlar, qushlar, ba'zi jonsiz narsalar bilan bog'liq. Ovozga taqlid qilishning ma'nosi tovushlarning akustik jihati bilan bog'liqdir. Shuning uchun ular uchun fonetik, sof tovush tomoni juda muhimdir. Shuni ham ta'kidlash lozimki, tovush fe'llarini etimologizatsiya jarayonlarini tadqiq qilish joiz hisoblanmaydi, chunki bu kabi fe'llarda tovush qobig'i bilan ifodalaydigan ma'nolari aynan bir xil: insonlar, hayvonlar, qushlar harakati natijasida hosil bo'lgan tovush fe'llari: arillamoq, akillamoq, arqiramoq, bag'illamoq, bizillamoq, big'illamoq, babalamoq, bobillamoq, guvranmoq, hiqillamoq maramoq, miyovlamoq, kakkulamoq, vishillamoq, vizillamoq, vovlamoq, vovvovlamoq, qoqolamoq, shang'illamoq, chapillamoq. Tabiat hodisalari, obyektlarning insonlar ta'siridagi harakati natijasida hosil bo'lgan tovush fe'llari Bilchillamoq, biqillamoq, biqirlamoq, big'irlamoq, bulduramoq, dang'illatmoq, darang'lamoq, daranglamoq,

ding'irlamoq, dirillamoq, dukullamoq, dukurlamoq, dupullamoq, dupurlamoq, dursullamoq, dutdutlamoq, duvullamoq, duvurlamoq, do'mbirlamoq.

"O'zbek tili sinonimlarining katta izohli lug'ati" 1-jildida aksirmoq, aksa urmoq, chuchkurmoq kabi fe'llar keltirilgan. Ushbu birliklar insonning dimog'I qichishi sababli istalmagan tarzda burun bo'shlig'idan havoning zarb bilan chiqarilish harakatidan vujudga keladi. Odatda, og'zaki nutqda chuchkurmoq leksemasi qo'llaniladi. "O'zbek tilining izohli lug'ati" da yuqoridagi aksirmoq, aksa urmoq, chuchkurmoq fe'llariga quyidagicha ta'rif keltirilgan: Organizmning himoya reaksiyalaridan biri. Bunda burun bo'shlig'idagi yot jismlar: chang, yig'ilib qolgan shilimshiq va b. chiqib ketadi hamda ularning nafas yo'liga tushishining oldi olinadi. Mavlono Shahobiddin aksirib, rutubatdan shikoyatlandi.

Xulosa qilish mumkinki, tovush fe'llari mavzusi hali o'rganilgani yo'q. Tovush fe'llari haqida so'z yuritilganda, tovush fe'llari o'zi qanday fe'llar? Tovush fe'llari insonlarning aloqa jarayonida qanday ahamiyatga ega? Lug'atlarda qay holatda beriladi? Shu kabi savollar bo'lishi tabiiy. "O'zbek tilining izohli lug'ati", "Hozirgi o'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati" hamda ayrim asarlar yordamida bu savollarga javob topishga harakat qilamiz. Darsliklar, monografiyalar, dissertatsiyalarda fe'lning ma'noviy guruhlarga ajratilishi turlicha. Lekin ularning ichida tovush fe'llari mavjud emas. Tovush fe'llari nomidan ham ma'lum tovushga taqlidni bildiruvchi so'zlardan hosil qilinadi va uni tinglovchiga yetkazish (ifodalash) uchun foydalaniladi. Tovush fe'llarining ahamiyatli jihati shundaki, uni barcha tovushga taqlid so'zlardan hosil qilish mumkin.

REFERENCES

1. O'zbek tili sinonimlarining katta izohli lug'ati. Ikki jildli. Birinchi jild. Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2022. B - 39.

2. O'zbek tilining izohli lug'ati. Olti jildli. Birinchi jild. Toshkent. G'afur G'ulom nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi. 2022. B - 75.

3. Нурмонов А. Танланган асарлар. 1-жилд. Тошкент. Akademnashr. 2012. - B. 93

4. Расулов Р. Узбек тилидаги х,олат феъллари ва уларнинг облигатор валентликлари. -Тошкент, 1989.

5. ^учкортоев И. Суз маъноси ва унинг валентлиги. - Тошкент, 1977.

6. Hojiyev, A. Nurmonov, S. Zaynobiddinov va boshq. Hozirgi о'zbek tili faol so'zlarining izohli lug'ati, —Т.: «Sharq», 2001.— 336 b.

7. Собиров A. Узбек тилининг лексик сатх,ини системалар системаси тамойили асосида тадки; этиш. - Тошкент, 2004

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.