Научная статья на тему 'ZAMONNI IFODALOVCHI GRAMMATIK SHAKLLAR ANNOTATSIYASIDA FE’L LEKSIK MA’NOSINING AHAMIYATI'

ZAMONNI IFODALOVCHI GRAMMATIK SHAKLLAR ANNOTATSIYASIDA FE’L LEKSIK MA’NOSINING AHAMIYATI Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
1341
129
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
korpus / fe’l / zamon / hozirgi zamon / kelasi zamon / davomli zamon / grammatik shakl / kontekst / annotatsiya / nutq momenti / leksik ma’no. / corps / verb / tense / present tense / future tense / continuous tense / grammatical form / context / annotation / the moment of speech / lexical meaning.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — Xonnazarov, Elyor G‘Ofurovich

Ushbu maqolada o‘zbek tili korpuslarida zamonni ifodalovchi grammatik shakllarni annotatsiyalash jarayonida fe’l leksik ma’nosining ahamiyati haqida ma’lumot berilgan. Jumladan, hozirgi davomli zamon grammatik shakllarining ayrim fe’l asoslari bilan qo‘llanila olmasligi fe’llarning semantikasi bilan aloqadorlikda tushuntirilgan. -a (-y) shaklining hozirgi yoki kelasi zamon ma’nosini anglatishida fe’l leksik ma’nosining ta’siri misollar asosida tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

THE SIGNIFICANCE OF THE LEXICAL MEANING OF THE VERB IN THE ANNOTATION OF GRAMMATICAL FORMS EXPRESSING TENSE

This article provides information on the importance of the lexical meaning of the verb in the process of annotation of grammatical forms representing the tense in the Corps of the Uzbek language. In particular, the fact that the grammatical forms of the present continuous tense cannot be used with some verb bases is explained in connection with the semantics of verbs. The effect of the lexical meaning of the verb on the meaning of the present or future tense of the form -a (-y) is analyzed based on examples.

Текст научной работы на тему «ZAMONNI IFODALOVCHI GRAMMATIK SHAKLLAR ANNOTATSIYASIDA FE’L LEKSIK MA’NOSINING AHAMIYATI»

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ZAMONNI IFODALOVCHI GRAMMATIK SHAKLLAR

ANNOTATSIYASIDA FE'L LEKSIK MA'NOSINING AHAMIYATI

Xonnazarov Elyor G'ofurovich

Alisher Navoiy nomidagi Toshkent davlat o'zbek tili va adabiyoti

universiteti doktoranti xonnazarov90@mail.ru

ANNOTATSIYA

Ushbu maqolada o'zbek tili korpuslarida zamonni ifodalovchi grammatik shakllarni annotatsiyalash jarayonida fe'l leksik ma'nosining ahamiyati haqida ma 'lumot berilgan. Jumladan, hozirgi davomli zamon grammatik shakllarining ayrim fe'l asoslari bilan qo 'llanila olmasligi fe 'llarning semantikasi bilan aloqadorlikda tushuntirilgan. -a (-y) shaklining hozirgi yoki kelasi zamon ma'nosini anglatishida fe'l leksik ma 'nosining ta 'siri misollar asosida tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: korpus, fe'l, zamon, hozirgi zamon, kelasi zamon, davomli zamon, grammatik shakl, kontekst, annotatsiya, nutq momenti, leksik ma 'no.

This article provides information on the importance of the lexical meaning of the verb in the process of annotation of grammatical forms representing the tense in the Corps of the Uzbek language. In particular, the fact that the grammatical forms of the present continuous tense cannot be used with some verb bases is explained in connection with the semantics of verbs. The effect of the lexical meaning of the verb on the meaning of the present or future tense of the form -a (-y) is analyzed based on examples.

Keywords: corps, verb, tense, present tense, future tense, continuous tense, grammatical form, context, annotation, the moment of speech, lexical meaning.

Zamonni ifodalovchi grammatik shakllarni qabul qilishda va muayyan zamon ma'nosini anglatishda fe'l leksik ma'nosining ham ahamiyatga ega ekanligi jahon tilshunosligida ham, o'zbek tilshunosligida ham qayd qilinadi. Jahon tilshunosligida bu masala fe'llami aspektual guruhlarga ajratish orqali hal qilinadi. Shu sababli zamon kategoriyasiga bag'ishlangan aksariyat ishlarda zamon aspekt bilan birgalikda o'rganiladi. Bunda grammatik aspekt deganda fe'l lug'aviy ma'nosidagi ma'lum bir semalarning uning zamonda qo'llanilishiga ta'siri tushuniladi. Davomiylik (progressive), tugallanganlik, natijaviylik (perfect) kabilar aspektual tasnif mezonlari sifatida qaraladi.

ABSTRACT

KIRISH

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODLAR

Zamonni aspektga bog'lab o'rgangan olimlardan biri Z. Vendler fe'llarning zamonga munosabat jihatdan o'ziga xos ma'noviy farqlarga ega ekanligini aniqladi va ularni tasnifladi [13]. Keyinroq E.Bach, D.Dovti, M.Moens va M.Stedman kabi olimlar tomonidan ham zamon ifodalashda o'ziga xosligiga ko'ra fe'llarning aspektual kategoriyalari ajratildi [1, 2, 8]. Ular umumiy tarzda fe'llarni holat fe'llari (states), faoliyat-jarayon fe'llari (processes), natijaga yo'naltiruvchi fe'llar (accomplishments) va jarayonning oxirgi natijasini ifodalovchi fe'llar (achievements)ga ajratadilar.

O'zbek tilshunosligida fe'l semantikasi va uning ma'noviy guruhlariga bag'ishlangan salmoqli tadqiqotlar amalga oshirilgan. I.Qo'chqortoyev, R.Rasulov, T.Musayev, M.Mirtojiyev, S.Muxamedova, Y.Hamrayeva kabi olimlarning ishlari bu borada alohida ahamiyatga ega. Fe'lning grammatik xususiyatlarini tadqiq qilgan olimlar tomonidan ham zamon ma'nosining ifodalanishida fe'l leksik ma'nosining ta'sirga ega ekanligi ta'kidlab kelinsa-da, aynan qaysi fe'llarning qanday ta'sirga ega ekanligi maxsus o'rganilmagan. Xususan, fe'l zamonlari yuzasidan olib borilgan tadqiqotlarda ham bu masalaga alohida e'tibor qaratilmagan. Faqat hozirgi zamon doirasida yotmoq, yurmoq, turmoq, o'tirmoq fe'llarining -(i)b shakli bilan o'ziga xos tarzda shaklan o'tgan zamon, mazmunan hozirgi zamonni ifodalashi masalasiga bir qator manbalarda to'xtalingan. Ayniqsa, A.Hojiyevning bu boradagi qarashlari alohida ahamiyatga molik [4]. J.Jo'rayeva kelasi zamon fe'llari doirasidagi tadqiqotida "Ba'zi hollarda fe'l zamonini aniqlash fe'lning leksik ma'nosiga ham bog'liq" [6] ekanligini aytib o'tadi. Shuningdek, G'.Zikrillayev tomonidan -a (-y) shakli orqali hozirgi va kelasi zamonning ifodalanishida kursiv va terminativ fe'llarning farqlanishi ham diqqatga sazovor. Olim: "Kursiv fe'lning lug'aviy mazmunida hozirgi zamon ma'nosi uchun qulaylik bo'ladi" [14], deya tabriklayman, bilaman kabi fe'llar ishtirokidagi gaplarni misol sifatida keltiradi. O'z navbatida "Terminativ fe'lning lug'aviy mazmunida kelasi zamon ma'nosi uchun qulaylik bo'ladi" [14], deydi va misol tariqasida ketaman, boraman fe'llarini keltirib o'tadi. Ta'kidlash joizki, olimning bu qarashlari fe'l lug'aviy ma'nosining zamon shakllarini qabul qilishga ta'sirini o'rganishda muhim ahamiyatga ega.

Ingliz va o'zbek tillaridagi fe'llarning leksik-grammatik bog'liqlikka asoslangan tasniflarini qiyosiy o'rgangan Sh.Jalolova "Harakatning vaqtda chegaralanganligiga ko'ra fe'l turlari (har ikkala tilda mavjud): terminativ va noterminativ fe'llar. Fe'lning bu turlari har ikki tilda mavjud, lekin ingliz tili uchun u ko'proq grammatik ahamiyatga ega" [5] ekanligini aytib o'tadi. Haqiqatan ham, ingliz tili

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

grammatikasida davomiylikni ifodalovchi -ing shaklini olmaydigan fe'llar masalasiga alohida e'tibor qaratiladi. O'zbek tilida esa bu fe'llar kontekstga ko'ra davomiylikni ham ifodalab kela olganligi sababli tadqiqotchi tasnifning bu tildagi ahamiyatini pastroq baholaydi.

NATIJALAR

-a (y) shaklining annotatsiyasida uning hozirgi va kelasi zamon hosil qilishdagi omonimligini farqlashda ham fe'llarning leksik ma'nosi muhim ahamiyat kasb etadi. Holat, faoliyat ma'nosidagi fe'llar tarkibida bu shakl ko'pincha hozirgi zamonni anglatsa, harakat fe'llari tarkibida esa asosan kelasi zamonni hosil qiladi. Biroq -a (y) ning holat fe'llarida hozirgi zamonni anglatishini, harakat fe'llarida kelasi zamonni ifodalashini mutlaq qoida sifatida olish mumkin emas. Masalan, sevmoq, yoqmoq, bilmoq, tushunmoq, anglamoq, ifodalamoq, yaxshi ko'rmoq, yomon ko'rmoq, ishonmoq, nafratlanmoq holat fe'llari -a (-y) zamon shakli bilan umumiy hozirgi zamonni anglatadi. Biroq xursand bo'lmoq, xafa bo'lmoq, odatlanmoq, ko'nikmoq, to'xtamoq, pasaymoq kabi holat fe'llarida -a (-y) shakli fe'llarning xususiy ma'nolaridan kelib chiqqan holda ko'proq kelasi zamon ma'nosini anglatadi. O'zbek tilining ta'limiy korpusi (www.uzschoolcorpora.uz) matnlarida ushbu fe'llardan ayrimlarining -a (-y) shakli bilan zamon ma'nosini ifodalashining statistikasi 1-jadvalda aks etgan.

1-jadval

T/r -a (-y) shakli bilan -a (-y) shakli bilan

hozirgi zamon kelasi zamon

Holat fe'li ma'nosida ma'nosida

Soni Foiz hisobida Soni Foiz hisobida

1 Sevmoq 581 100% - 0%

2 Bilmoq 13473 99,6% 58 0,4%

3 Anglamoq 522 97,5% 13 2,5%

4 Ishonmoq 4259 99,8% 5 0,2%

5 Nafratlanmoq 71 100% - 0%

6 Zerikmoq 24 92% 2 8%

7 Xursand bo'lmoq 235 62% 146 38%

8 Odatlanmoq - 0% 24 100%

9 Xohlamoq 2491 100% - 0%

10 O'chmoq 158 90% 17 10%

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

O'zbek tilida hozirgi davomli zamon shakllarini qabul qilish-qilmasligiga ko'ra fe'llarning ma'lum bir ma'noviy guruhini ajratib ko'rsatish mumkin emas. Biroq ayrim fe'llar leksik xususiyatlaridan kelib chiqib bu shakllarni qabul qila olmasligi mumkin. Masalan, sevmoq fe'li hozirgi davomli zamon shakllarini qabul qilmaydi, ya'ni sevyapman, sevmoqdasan, sevayotibdi tarzida ishlatilmaydi. Ta'limiy korpus matnlarida ham biror o'rinda bu zamon shakllari bilan qo'llanmaydi.

topmoq, yo'qotmoq, payqamoq, qoqilmoq (o'zlik nisbatda), chertmoq, uyg'onmoq, tanimoq, chaqmoq, sinmoq kabi fe'llar davomiylikka ega bo'lmagan, zamon o'qida muayyan bir nuqtani ko'rsatuvchi, qisqa lahzalik harakat-holatlarni ifodalaganda mantiqan hozirgi davomli zamonni anglatmaydi va davomli zamon shakllari bilan qo'llanmaydi. Biroq ko'p ma'noli fe'llar bir ma'nosi bilan hozirgi davomli zamon shaklini qabul qilmagani holda boshqa ma'nosi bilan bu shakllarni olaverishi mumkin. Alohida qayd etish joizki, yuqorida keltirilgan fe'llar bo'lishsizlik shaklida qo'llanganda qisqa lahzalik, oniy harakat ma'nosi yo'qoladi va davomiylikka ega bo'ladi. Shu bois ular bo'lishsizlik shakli bilan hozirgi davomli zamon shakllarini qabul qilishi mumkin. Masalan: O'zimizda ham savodli mutaxassislar juda ko 'p, ularni hech kim payqamayapti. (kun.uz)

MUHOKAMA

Topmoq fe'li "O'zbek tilining izohli lug'ati"dagi "1 Yo'qotgan, umuman, qidirilayotgan (qidiruvda bo'lgan) narsa yoki shaxsni duch keltirmoq, ko'zga ilintirmoq, uchratmoq. 2 Nogahon ko'zi tushib qo'lga kiritmoq, topib olmoq" [17] ma'nolari bilan davomli zamonda ishlatilmaydi. Lekin lug'atdagi "3 Qidirish, kuzatish, izlanish natijasida kashf etmoq, ochmoq. 4 Noma'lum bo'lgan narsani aniqlamoq, nima ekanini belgilamoq, tayin etmoq. 5 Umuman, ish-mehnat, biror sabab va sh.k. bilan ega bo'lmoq, erishmoq" [17] ma'nolari bilan davomli zamon shakllarini qabul qilaveradi. Jumladan, Ta'limiy korpus matnlarida topmoq fe'li hozirgi davomli zamon shakllari bilan 839 o'rinda qo'llangan va ularning barchasida izohli lug'atdagi 3-, 4-, 5-ma'nolardan birini ifodalagan. Masalan: Ijtimoiy tarmoqlar orqali hokimlik va boshqaruv idoralariga yo 'llanayotgan murojaatlari o 'z yechimini topyaptimi? (xs.uz).

Yo'qotmoq fe'li izohli lug'atdagi "1 Yo'q qilmoq. 2 Muayyan maqsadga monelik qiladigan to'siqni olib tashlamoq; barham bermoq" [15] ma'nolari bilan davomli zamon shakllarini qabul qilaveradi, biroq "3 Ixtiyorsiz holda tegishli narsasini yo'q qilmoq, nazar-e'tiboridan qochirmoq" [15] ma'nosi bilan davomli zamonda qo'llana olmaydi.

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

O

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

Chertmoq fe'li "1 Barmoq bilan keskin zarb bermoq, barmoq bilan urib, past, keskin ovoz chiqarmoq, taqillatmoq. 2 Chertmak bilan itqitmoq, uloqtirmoq. 3 Barmoq yoki barmoqlar bilan zarb berib chalmoq" [17] ma'nolaridan 2-sida hozirgi davomli zamonda deyarli qo'llanmaydi. 1-, 3-ma'nolarda -yap, -moqda shakllari bilan qo'llanganda davomiylik emas, balki harakatning takroriyligi ma'nosi anglashiladi. Bu chertishning oniy harakat ekanligi bilan bog'liq. Bu, ayniqsa, 3-ma'noda yaqqol ko'zga tashlanadi: tor chertyapti.

Uyg'onmoq fe'li "1 Uyqusini tark etmoq, uyqudan turmoq" [17] denotativ ma'nosida mantiqan hozirgi davomli zamonni anglatmaydi, ba'zida -yap shaklini olganda o'tgan zamon ma'nosini beradi, ammo "2 Hayot, faoliyatga qo'zg'almoq, harakatga kelmoq; amalga kirmoq. 3 Paydo bo'lmoq, hosil bo'lmoq, qo'zg'almoq (his, tuyg'u va sh.k. haqida)" [17] ma'nolarida hozirgi davomli zamonda ham qo'llanaveradi. Bunda bevosita nutq momentidagi hodisani emas, balki umuman hozirgi kunlarda yuz berayotgan jarayonni ifodalaydi. Masalan: Bu orqali boshqa o 'quvchilarda musiqa san 'atiga qiziqish uyg'onmoqda. (marifat.uz)

Tanimoq fe'li "1 Tanish bo'lmoq, bilmoq" [16] ma'nosida hozirgi davomli zamon shaklini olganda konkret nutq momentidagi holatni emas, balki hozirgi kunlarda amalga oshayotgan umumiy jarayonni ifodalaydi. Masalan: Xalqaro Pressklub orqali xalq vazirlarni taniyapti. (kun.uz) Tanimoq "2 O'ziga tegishli yoki tanish kimsani, narsani ko'rinishidan yoki boshqa biror belgisidan bilmoq, ajratmoq" [16] ma'nosida -yap hozirgi davomli zamon shakli bilan qo'llanganda, fe'l semantikasiga bog'liq holda o'tgan zamon ma'nosi anglashiladi. Shu sababli bu o'rinlarda -yap shaklini -di bilan almashtirish mumkin. Masalan: -Men, Bibiman! Taniyapsizmi? — dedim titrab. (kun.uz)

Payqamoq fe'li har ikkala "1 Sezmoq, his qilmoq, bilmoq. 2 Ma'nosini anglamoq, uqmoq, tushunmoq; sezmoq" [16] ma'nolari bilan hozirgi davomli zamon shakllarini qabul qila olmaydi. Biroq ma'nodosh bo'lgani holda sezmoq fe'li bu zamon shakllarini qabul qilaveradi. Masalan: Darsimga barcha o'quvchi birdek quloq solib, mavzuni oson tushunib olayotganini sezyapman. (marifat.uz) Bizningcha, bu holat ikkala fe'l o'rtasidagi asosiy farqlardan biri sezmoqning payqamoqqa nisbatan davomiylikka ega ekanligi va payqamoq tasodifiy, lahzalik holatni ifodalashi bilan bog'liq.

Chaqmoq fe'li "3 Bir-biriga urib, surtib, olov chiqarmoq; yondirmoq" [17] ma'nosida o'zbek tilida asosan gugurt chaqmoq tarzida qo'llanadi va bu ham lahzalik harakat bo'lganligi bois hozirgi davomli zamonda qo'llanilish imkoniyati cheklangan. Chaqmoq chaqyapti gapida oniy holat ifodasi bo'lganligi bois -yap shakli o'tgan

Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences Scientific Journal Impact Factor Advanced Sciences Index Factor

o

R

VOLUME 2 | ISSUE 7 ISSN 2181-1784 SJIF 2022: 5.947 ASI Factor = 1.7

zamon ma'nosini anglatadi. Chunki nutq momentida so'zlovchi nazarda tutgan chaqmoq chaqishi tugallangan bo'ladi. Bu o'rinda -di o'rnida -yap shaklini qo'llash orqali hodisaning nutq momentiga juda yaqinligi, shuningdek, uning takrori borligi ham nazarda tutiladi.

Qoqilmoq fe'li o'zlik nisbat shaklida denotativ "lYurayotib, oyog'i uchini biror narsaga urib olmoq va shuning natijasida munkimoq" [18] ma'nosida nutq momentidagi harakat-holat ifodasi uchun hozirgi davomli zamon shakllari bilan qo'llanmaydi. Biroq "2 Yanglishmoq, xato qilmoq; shu tarzda pand yemoq, nochor holatga tushmoq. 3 Biror narsadan, jihatdan qiyinchilik, muhtojlik sezmoq" [18] ko'chma ma'nolarida bu zamon shakllarini qabul qilishi mumkin. Masalan: Har gal mavzuning shu joyiga kelganda qoqilyapsiz.

Sinmoq fe'li "1 Parchalanmoq, maydalanmoq, bo'laklarga ajralmoq, uzilmoq. 2 Zarb yeb shikastlanmoq, parchalanmoq" [16] ma'nolarida qisqa lahzalik harakat-holatni ifodalagani uchun -yap, -(a)yotib, -(a)yotir, -moqda kabi grammatik shakllarni qabul qilish imkoniyati cheklangan. Biroq "4 Konkurensiyada raqobatda yengilmoq, bankrotlashmoq, xonavayron bo'lmoq. 5 Ma'naviy zarba olmoq. 6 Yengilmoq, mahv bo'lmoq" [16] ko'chma ma'nolarida yuqoridagi shakllar bilan qo'llanaveradi. Masalan: Ko 'p san 'atkorlar "mast" bo 'lib qolyapti, ana shundan sinyapti. (kun.uz)

Umuman olganda, fe'llarning leksik ma'nosi ularning zamon shakllarini qabul qilishi va zamon ma'nosini anglatishida ikki jihatdan juda ahamiyatli hisoblanadi:

1) hozirgi davomli zamonda qo'llanish yoki qo'llanila olmaslik;

2) -a (y) shakli orqali hozirgi yoki kelasi zamonni ifodalash.

Qolaversa, turli qo'llanishlarda fe'l semantikasining zamonga munosabatida, xususan, ko'p ma'noli fe'llarning ayrim ma'nolarining zamonga munosabatida o'ziga xosliklar mavjud. Biz bu maqolada ayrim fe'llarni semantik jihatdan zamonga munosabatini tahlil qildik. Biroq kelajakda fe'l semantikasining zamonga munosabatini monografik tarzda o'rganishga ehtiyoj bor va bu orqali har bir fe'l asosidagi harakat-holatning zamon o'qida o'rin egallashidagi o'ziga xosliklar aniqlanishi mumkin.

REFERENCES

1. Bach E. On time, tense and aspect. An essay in English metaphysics. - New York: Academic Press, 1981. - P. 63-81.

XULOSA

Oriental Renaissance: Innovative, p VOLUME 2 | ISSUE 7

educational, natural and social sciences ISSN 2181-1784

Scientific Journal Impact Factor Q SJIF 2022: 5.947

Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7

2. Dowty D. The Effects of Aspectual Class on the Temporal Structure of Discourse: Semantics or Pragmatics //Linguistics and Philosophy. - Swets and Zeitlinger, 1986. - P. 37-61.

3. Хдмроева Ё. Узбек тилининг идеографик лугатини тузиш тамойиллари (харакат ва холат тушунчасини ифадаловчи сузлар мисолида): Филол.фан.номз. ... дисс. - Тошкент: 2010. - B. 129

4. Х,ожиев А. Феъл. - Тошкент: Фан, 1973. - Б. 156-157.

5. Жалолова Ш. Феълларнинг лексик-грамматик богликликка асосланган киёсий таснифи//Тил ва адабиёт таълими, 2016. - №7. - Б.43

6. Жураева Ж. Келаси замон феъллари.//Феъл замонлари. - Тошкент: Фан, 1962. - Б. 117.

7. Миртожиев М. Узбек тилида феъл валентликлари. - Тошкент: Университет, 2007. - Б. 94.

8. Moens M. and Steedman M. Temporal Ontology and Temporal Reference // Computational Linguistics. - June, 1988. - P. 15-28.

9. Мусаев Т. Узбек тилида сезги феъллари: Филол.фан.номз....дисс. - Тошкент, 1992. - Б. 134.

10. Мухамедова С. Узбек тилида харакат феълларининг семантикаси ва валентлиги. - Тошкент: Фан, 2005. - Б. 52.

11. Кучкортоев И. Суз маъноси ва унинг валентлиги (узбек тилидаги нутк феъллари материали асосида). - Тошкент: Фан, 1977. - Б. 48.

12. Расулов Р. Узбек тили феълларининг маъно тузилиши. - Тошкент, 2001. - Б. 74.

13. Vendler Z. Linguistics in philosophy. (Verbs and times). - New-York: Cornell university press, 1967. -P. 97-121.

14. Зикриллаев F. Рух ва тил. -Тошкент: Фан, 2018. - Б. 138.

15. Узбек тилининг изохли лугати. II жилд. - Тошкент: УзМЭ Давлат илмий нашриёти, 2006. - Б.286.

16. Узбек тилининг изохли лугати. III жилд. - Тошкент: УзМЭ Давлат илмий нашриёти, 2006. - Б.663.

17. Узбек тилининг изохли лугати. IV жилд. - Тошкент: УзМЭ Давлат илмий нашриёти, 2008. - Б. 608

18. Узбек тилининг изохли лугати. V жилд. - Тошкент: УзМЭ Давлат илмий нашриёти, 2008. - Б.354.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.