Научная статья на тему 'IJOBIY MUNOSABAT IFODALOVCHI RUHIY JARAYON FE’LLARI (ABDULLA QODIRIY ROMANLARI ASOSIDA)'

IJOBIY MUNOSABAT IFODALOVCHI RUHIY JARAYON FE’LLARI (ABDULLA QODIRIY ROMANLARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
249
17
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fe’l / harakat va holat fe’llari / ruhiy jarayon / psixik holat fe’llari / konnotatsiya / ijobiy ma’no ifodalovchi fe’llar / verb / action and state verbs / mental process / mental state verbs / connotation / verbs expressing positive meaning.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — M. Abdullayeva

Maqolada fe’l, harakat va holat fe’llari, ruhiy jarayon fe’llari, ijobiy munosabat ifodalovchi ruhiy jarayon fe’llari haqida fikr yuritiladi. Psixik holat feʼllari inson ruhiy faoliyatini, ruhiy holatini ifodalaydi. Yoqimli va yoqimsiz tuygʼular, tinchlik, farogʼat, hayajonlanish va maʼyuslanish, dadillik va taraddudlanish, quvonish va gʼazablanish, qoʼrquv va shodlanish kabi ijobiy va salbiy hissiyotlar, psixik holatlarga kiradi . Demak, psixik holat feʼllari ana shu ruhiy jarayonlarning tashuvchisi, ifodalovchisi sifatida alohida leksik-semantik guruhni tashkil qiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

VERBS OF MENTAL PROCESS EXPRESSING A POSITIVE ATTITUDE (BASED ON ABDULLAH QADIRI'S NOVELS)

The article discusses verbs, action and state verbs, mental process verbs, and mental process verbs expressing a positive attitude. Verbs of mental state express the mental activity and mental state of a person. Positive and negative emotions, such as pleasant and unpleasant feelings, peace, relaxation, excitement and disappointment, boldness and hesitation, joy and anger, fear and joy, are included in mental states. Therefore, mental state verbs form a separate lexical-semantic group as carriers and representatives of these mental processes.

Текст научной работы на тему «IJOBIY MUNOSABAT IFODALOVCHI RUHIY JARAYON FE’LLARI (ABDULLA QODIRIY ROMANLARI ASOSIDA)»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

IJOBIY MUNOSABAT IFODALOVCHI RUHIY JARAYON FE'LLARI (ABDULLA QODIRIY ROMANLARI ASOSIDA) Abdullayeva Maftuna Odiljon qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti 2-kurs magistranti https://doi.org/10.5281/zenodo.7489318

Annotatsiya. Maqolada fe 'l, harakat va holat fe 'llari, ruhiy jarayon fe 'llari, ijobiy munosabat ifodalovchi ruhiy jarayon fe 'llari haqida fikr yuritiladi. Psixik holatfe 'llari inson ruhiy faoliyatini, ruhiy holatini ifodalaydi. Yoqimli va yoqimsiz tuyg'ular, tinchlik, farog'at, hayajonlanish va ma'yuslanish, dadillik va taraddudlanish, quvonish va g'azablanish, qo'rquv va shodlanish kabi ijobiy va salbiy hissiyotlar, psixik holatlarga kiradi. Demak, psixik holat fe 'llari ana shu ruhiy jarayonlarning tashuvchisi, ifodalovchisi sifatida alohida leksik-semantik guruhni tashkil qiladi.

Kalit so'zlar: fe'l, harakat va holat fe'llari, ruhiy jarayon, psixik holat fe'llari, konnotatsiya, ijobiy ma'no ifodalovchi fe 'llar

ГЛАГОЛЫ ПСИХИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА, ВЫРАЖАЮЩИЕ ПОЛОЖИТЕЛЬНОЕ НАСТРОЕНИЕ (ПО РОМАНАМ АБДУЛЛЫ КАДИРИ)

Аннотация. В статье обсуждаются глаголы, глаголы действия и состояния, глаголы умственного процесса и глаголы умственного процесса, выражающие положительное отношение. Глаголы психического состояния выражают психическую деятельность и психическое состояние человека. Положительные и отрицательные эмоции, такие как приятные и неприятные чувства, покой, расслабление, возбуждение и разочарование, смелость и колебание, радость и гнев, страх и радость, включаются в психические состояния. Поэтому глаголы психических состояний образуют отдельную лексико-семантическую группу как носители и представители этих психических процессов.

Ключевые слова: глагол, глаголы действия и состояния, психический процесс, глаголы психического состояния, коннотация, глаголы, выражающие положительное значение..

VERBS OF MENTAL PROCESS EXPRESSING A POSITIVE ATTITUDE (BASED ON ABDULLAH QADIRI'S NOVELS)

Abstract. The article discusses verbs, action and state verbs, mental process verbs, and mental process verbs expressing a positive attitude. Verbs of mental state express the mental activity and mental state of a person. Positive and negative emotions, such as pleasant and unpleasant feelings, peace, relaxation, excitement and disappointment, boldness and hesitation, joy and anger, fear and joy, are included in mental states. Therefore, mental state verbs form a separate lexical-semantic group as carriers and representatives of these mental processes.

Key words: verb, action and state verbs, mental process, mental state verbs, connotation, verbs expressing positive meaning.

Fe'l — harakat bildiruvchi so'zlar turkumi va shu turkumga oid har bir so'z. Grammatikada "harakat" so'zi keng tushunchali bo'lib, nafaqat harakatni, balki holat yoki hodisani ham bildiradi, masalan: yugurmoq, sakramoq, yig'lamoq, uxlamoq, o'ylamoq, sevmoq, tinchimoq, qurimoq, ko'paymoq va boshqa.

2428

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

Fe'lning grammatik mohiyati haqida gapirganimizda shuni ta'kidlash mumkinki, fe'l asosiy so'z turkumlaridan biri bo'lib, o'z ma'nosi, grammatik shakllari va sintaktik vazifalari bilan boshqa so'z turkumlaridan ajralib turadi. Fe'l ish-harakatni, mavjudlikni, holatni va munosabatni zamon nuqtai nazaridan aniqlagan holda jarayon tarzida voqelik bilan bog'laydi. Aynan ana shu xususiyati bilan fe'l undan yasalgan otdan farq qiladi.

Yu.S.Maslov ta'kidlaganidek, fe'l vaqt davomida sodir bo'ladigan belgining, harakatning grammatik ahamiyatini ifodalaydigan so'z turkumi bo'lib hisoblanadi. Harakatning grammatik ahamiyatini keng ma'noda tushunish mumkin. U nafaqat harakat va tom ma'nodagi faoliyatni ifodalaydi, balki holatni va ma'lum bir predmet yoki shaxsning mavjudligini ko'rsatadi.

Fe'l faqat harakat, holatnigina emas, balki situatsiyani ham bir butun holda anglatadi, u shu harakat, holat - situatsiyaning barcha aktantlarini (qatnashuvchilarini) ham ifoda etish qobiliyatiga egadir. Fe'lning ana shu qobiliyati uning semantik valentligi sifatida belgilanadi.[3,68] Demak, semantik valentlikka ega fe'l harakat, holat, nutq, ko'rish, eshitish jarayonlarini ham shu jarayonlarning zaruriy aktantlari orasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Tilshunos S.N.Ivanov ta'biricha, "amalga oshishi mumkin bo'lgan aloqalarning miqdoriga ko'ra... fe'llar turli valentliklarga ega bo'ladi. Qiyoslang: o'qidim (kim, nimani, qaerda, qachon ), suhbatlashdim (kim, kim bilan, nima haqda, qaerda, qachon)" .[4,106]

O'zbek tilidagi holat fe'llari moddiy asosiga ko'ra tabiat va jamiyatdagi, o'simliklar va hayvonot olamidagi, inson biologiyasi, fiziologiyasi va «psixik»asi bilan bog'liq muayyan jarayonlarni o'z ichiga oladi. Demak, holat fe'llari moddiy asosiga (ob'ektiga) ko'ra kengligi va murakkabligi, predmetga xos turlicha holatlarni o'ziga "joylashtirishi" bilan boshqa semantik maydonga kiruvchi fe'l leksemalardan ajralib turadi.[1,15]

Holat fe'llari ma'nosida reallashuvchi holat muayyan mantiqiy sub'ekt doirasidagina sodir bo'lishi, undan tashqariga chiqmasligi, unda qolishi bilan xarakterlanadi. Holat fe'llari holat ifodalaydi, kimdir (nimadir) muayyan holatda bo'ladi.

Psixik holat fe'llari inson ruhiy faoliyatini, ruhiy holatini ifodalaydi. Yoqimli va yoqimsiz tuyg'ular, tinchlik, farog'at, hayajonlanish va ma'yuslanish, dadillik va taraddudlanish, quvonish va g'azablanish, qo'rquv va shodlanish kabi ijobiy va salbiy hissiyotlar, psixik holatlarga kiradi . Demak, psixik holat fe'llari ana shu ruhiy j arayonlarning tashuvchisi, ifodalovchisi sifatid a alohida leksik-semantik guruhni tashkil qiladi.

Mushtarak semasi "holat birlashtiruvchi" semasi "psixik" bo'lgan holat fe'llari muayyan munosabatni ifodalashiga ko'ra ikki guruhga ajraladi:

a) ijobiy munosabat ifodalovchi holat fe'llari;

b) salbiy munosabat ifodalovchi holat fe'llari.[2,103-104]

Insonning ijobiy yoki salbiy munosabatini ifodalovchi holat fe'llari ta'sirchanlik (konnotatsiya) darajasi ortiqligi, kuchliligiga ko'ra alohida ahamiyatlidir. Bunday semantik guruhga kiruvchi so'zlar ham xabar (darak), ham ta'sirchanlik ifodalashi, ba'zi hollarda esa ta'sirchanlik darak (xabar) mantiqiy ifodasiga nisbatan ustunligi, ortiqligi bilan farqlanadi. Qiyoslang: dahshatlanmoq, telbalanmoq, shodlanmoq.[2,107]

Abdulla Qodiriy romanlarida biz quyidagi ijobiy jarayon ifodalovchi fe'llar semantikasiga, ularning o'ziga xosliklariga to'xtalamiz.

Abdulla Qodiriy romanlarida qo'llanilgan ijobiy ma'no ifodalovchi ruhiy jarayon fe'llari "ijobiy" ma'no belgisiga - semasiga egaligi bilan voqelanadi. Ijobiy munosabat ifodalovchi psixik holat fe'llari quyidagi semantik guruhlarga kiruvchi til birliklarida quyidagi mantiqiy ifoda bilan

2429

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

kuzatiladi: a)"xursandlik: quvonmoq, suyunmoq, sevinmoq, yayramoq, shodlanmoq, semirmoq. "Xursandlik" mantiqiy ifodali holat fe'llari, asosan, inson ruhiy holati, hissiyoti - yoqimli ichki kechinmasi, uning faoliyati va tashqi hodisalardan qattiq ta'sirlanishi, nihoyatda mamnun, shod kabi holatda bo'lishi kabilarni ifodalaydi. Bunday ifodaga ega holat fe'llari hissiy (emotsional) munosabatni tub, ba'zan yasama (sifat -lan) fe'l sifatida bildiradi. [2, 107] Ushbu farqlovchi semali holat fe'llari quyidagilar:

Quvonmoq - xursand (sevingan) holatda bo'lmoq [2,107], Xursand bo'lmoq ; sevinmoq[5, 362]: Tunlar uzoq, tongni otdirib, Otabekni quvondirishg'acha sabr chidamas, ko'z yumishg'a haligidek xayollar mone' bo'lar edilar. [11, 56], Endigina «Bekni uylantirdim, suyganiga qo'shib quvontirdim», deb bu uylantirishning husni va qubhini tuzukrakkina o'ylay olmag'an Hasanali uchun ham bu voqi'a kichkina gap, ozg'ina qayg'u emas edi. [10, 89], Shu yo'sin maxdum o'zini bosib oldi, ko'kdan tushgandek bu sovchilikni o'z istiqbolining xayrli foli, fayzi ilohiy, deb quvondi, hanuz ko'nglini g'ash qilib turgan Anvar masalasini xotiriga keltirmaslikka, "hayoli fosid"dan qochishga qaror berdi. [12, 184-185]

Yayramoq - 1 O'zini erkin his qilgan, o'ynab-kulgan holatda bo'lmoq; yozilmoq , maza qilmoq . 2 Biror narsadan g'oyat mamnun bo'lmoq , xursand bo'lmoq; sevinmoq [9,100]: Shungacha men ham davlatingiz soyasida ikki darboza oralarig'a merganlarni yayratqan edim.[11, 100] — Sen hasratda o'l, kundashing yayrab-yashnasin, shumi maqsadingiz? [11, 435] — Hozir hasratda emasmisan, kundashing yayramaydimi? [11, 435]

Shodlanmoq - shod bo'lmoq, xursand bo'lmoq, sevinmoq, quvonmoq [8, 591]: Men bularni siz qora chopon fuqarom tomonidan o'ch uchun o'ldirdim, siz qora chopon og'aynilarning qipchoq qo'lida shahid bo'lg'an qarindoshlaringizning ruhlarini shodlandirmoq uchun o'ldirdim! [11, 41] Bu gapni eshitgach, haftalab hujra ichidan chiqmay yotqan bekni ko'chalarda, bozorlarda, qutidor uylarida shodlanib, ruhlanib yurganini ko'rar edi. [11, 55], Kumush bu gapka ajablanar, to'g'risi, shodlanar edi. [11, 170].

Quvonmoq, suyunmoq, sevinmoq, yayramoq, shodlanmoq kabilar umumiy, birlashtiruvchi ma'nosiga ko'ra sinonimik qatorni hosil qilsa, bir tomondan, ikkinchi tomondan, ular qo'shimcha ma'no "ohangi"ga, ma'no nozikligiga ko'ra o'zaro farqlanadi. O'zbek tilining sinonim va izohli lug'atlarida bu so'z ma'nolari deyarli bir xil izohlanadi. [10,118] Ularning ma'no nozikligi, farqi stilistik imkoniyati hisobga olinmaydi. Bizningcha, suyunmoq, sevinmoq fe'l ma'nolarida ta'sirchanlik, qo'shimcha belgi darajasi quvonmoq, yayramoq, shodlanmoq so'zi ma'nolaridagi qo'shimcha bo'yoqqa nisbatan ortiqroq . Ayni vaqtda suyunmoq so'zida qo'shimcha buyoq sevinmoq fe'lidagiga nisbatan bir oz ortiqroq tuyuladi. Suyunmoq so'zida hissiyot ta'sir kuchiga, yoqimli his - tuyg'u uyg'otishiga ko'ra xarakterlanadi. Aniqrog'i, suyunmoq so'zi ma'nosiga, talaffuziga tinglovchida yoqimli kechinma hosil qilishiga ko'ra farqlanadi. Suyunmoq, sevinmoq, quvonmoq, yayramoq so'zlari ko'proq jonli nutqqa, shuningdek, poetik uslubga xos, nutqda ko'p qo'llanadi. Shodlanmoq, asosan, kitobiy bo'lib, nutqda nisbatan kam qo'llanadi. [10,174]

b) "qoniqmoq (qanoat qilmoq)": qonmoq, to'ymoq, miriqmoq, qoniqmoq, qanoatlanmoq, lazzatlanmoq, huzurlanmoq, rohatlanmoq. "Qoniqmoq (qanoat qilmoq)" mantiqiy , ifodali holat fe'llari shaxs holatini ifodalaydi. Ular insonning maqsad, xohish, istagi-ularni amalga oshirishi, shunga bo'lgan harakati, intilishi, muayyan predmet haqida ijobiy fikrga ega bo'lib, ishonch, qanoat hosil qilishi, mamnunligi-o'zidan qoniqishi yoki predmet bilan muayyan munosabatga kirishib, ta'sirlanishi natijasida yuz bergan qoniqish (qanoat qilish) hissi bilan bog'liq ichki kechinmalarni aks ettiradi. Ushbu holat fe'llari ichki kechinmani tub va yasama fe'l shaklida

2430

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

ifodalaydi. Yasama fe'l quyidagicha tuziladn: fe'l -iq, ot -lan. Shunisi o'ziga xoski, yasama holat fe'llarida bildiriluvchi xabar (darak)ga nisbatan qo'shimcha xabar, qo'shimcha ma'no (buyoq) ortiq darajada bo'ladi. Shuningdek, yasama fe'ldagi ta'sirchanlik hatto tub fe'llardagi ta'sirchanlikdan ham ortiqligi, kuchliligi bilan farqlanadi. Qiyoslang: qoniq moq, lazzatlanmoq, rohatlanmoq. [2, 108-109]

"Qoniqmoq (qanoat qilmoq)" farqlovchi semali holat fe'llari quyidagilar: Qonmoq -1. Qanoat (ishonch) hosil qilgan, ko'ngli to'lgan holatda bo'lmoq. 2. Bemalol, to'ygan, miriqqan holatda bo'lmoq [2,109], talab darajasida yeb, ichib to'ymoq, nafsi orom olar darajada yemoq, ichmoq va sh.k. 2 Ko'ngli to'lmoq, mamnun, xursand bo'lmoq, qanoat qilmoq. 3. kam qo'll. Qanoat , ishonch hosil qilmoq ishonmoq [9,330]: [Sodiq.] Mutalboy sizni obdan yaxshi biladur, Homid aka! Sizning qanday xizmatingiz borligiga ham qongan.. Ammo uning sizdan bir iltimosi bor ekan [11,286] Zanbilning ostig'a yashirinish juda ham xavfli edi esa-da, ammo o'lturishning maqsadig'a qonmay ketish undan ham xatarlik edi [11,288]

Qoniqmoq - 1. Ko'ngli to'lgan (qanoatlangan) holatda bo'lmoq. 2. Huzurlangan, rohatlanganholatda bo'lmoq [2,109], 1. Ayn. Qonmoq 2. Qanoat hosil qilmoq, qanoatlanmoq [9,330] Biroq ular shuning o'zigagina qoniqmay, Marg'ilonni ham buzish fikriga tushkanlar va shu maqsadda bu yerga odam ham ko'ndirganlar [11,82], : O'zbek oyim ikkita ro'moliga ham qoniqmay, o'zining kelinligidan qolgan ... sallachasini qo'shgan edi [11,371]

Qanoatlanmoq - kifoyalanish, qoniqish holatida bo'lmoq [2,109], 1. Ozga , boriga qanoat qilmoq , bori bilan kifoyalanmoq, qoniqmoq. 2 Qanoat hosil qilmoq , mamnun bo'lmoq, qoniqmoq. 3 Cheklanmoq, kifoyalanmoq [9,238-239] Ammo bu mulohazalarining bittasiga ham o'zi qanoatlanmadi [11,25], Hasanali Otabekning yolg'iz «yo'q» bilan to'xtashiga qanoatlanmadi va bu to'g'rida o'z tomonidan izohlar berishni lozim ko'rdi. (11, 10), O'rinni solib bitirgandan keyin Zaynab qanoatlanib, uydan chiqmoqchi bo'lgan edi, uni Kumush to'xtatdi. [11,397].

Lazzatlanmoq - ortiq darajada huzur(maza) qilgan (rohatlangan) holatda bo'lmoq [2,110], lazzat olmoq , lazzat hissini tuymoq [6,484]: Marg'ilondan natijasiz, tamoman bo'shka qaytib Toshkand kelgach, Kumushni unutkandek bo'lib uch-to'rt kun u-bu bilan ovinib yurar, so'ngra hafta, o'n kundan so'ng yana Marg'ilon to'g'risida o'ylab boshlar, o'ylab o'yining tegiga yeta olmag'ach, o'zini qayoqqa urishini bilmay qolar, shundan so'ng hamma alamini Chuqur qishloqqa havola qilib, o'n-o'n besh kun bosim ichkanidan so'ng ichkulukdan ham lazzatlanmay qolar va shuning yonida uning ko'ngli bir narsaning bo'yini olg'andek sezinar, go'yo Marg'ilon borsa bir gap bo'laturg'andek, bormay qolsa keyinchalikda o'zi o'kinaturg'andek...[11,260], Qish kechalari juda uzun, shuning uchun choyxonalar obod; xalq lazzatlanib bachchaning tabarruklangan choyini ichadir, husniga tamosho qilib xudoning qudratiga hayron qoladilar...[11,45]

Huzurlanmoq - juda xursand, zavqlangan holatda bo'lmoq [2,110], kam qo'll. ayn. huzur qilmoq q. huzur I.[9,558] : Qo'qon darvozasiga kirgan xalq Azizbekning ot oyoqlari ostida sudralib ketishiga huzurlanib tomosha qilar edi [11,133], Ul nasihat uchun og'iz ochsa vujudim erib ketkandek va bir turluk uxlab huzurlang'andek [11,439].

Rohatlanmoq - huzur qilgan (miriqqan) holatda bo'lmoq[2,110], rohat qilmoq, huzur, gasht qilmoq [7,395]: Qamchingdan qon tomsa, yuzta xotin orasida ham rohatlanib tiriklik qilasan.[11,12], Oy bulutlar ostig'a kirsa, ular rohatlang'an kabi chig'-chig'-chig', ki-ki-ki qilib sayrab ham yuboradirlar.[11,266], Men o'shal kuni kechasi dushmanlardan birini o'ldirdim-da,

2431

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

so'ng darajada zaiflandim, ikkinchi dushmandan yengilishimni va ko'yingizda jon berishimni aniq bilib rohatlanib ketdim...[11,317].

Miriqmoq, lazzatlanmoq, huzurlanmoq, rohatlanmoq fe'llari belgi darajasining ort iqligiga ko'ra ajralib turadi. To'ymoq, miriqmoq, rohatlanmoq, asosan, so'zlashuv nutqiga xos.

v) "zavq-shavq": zavqlanmoq, shavqlanmoq, maroqlanmoq. "Zavq-shavq" mantiqiy ifodali holat fe'llari inson ruhiy holati bilan ifodalanadi. Bunday holat fe'llari "zavq-shavq ishtiyoq (qiziqish)" semalariga ko'ra boshqa semantik guruhlardan ajralib, insonning ko'tarinki (ijobiy) kechinmasini, biror narsa-hodisadan ortiq darajada ta'sirlanib, juda mamnun, xursandligini bildiradi. "Zavq-shavq" ma'nosiga ega fe'llarga xos doimiy xususiyatlardan biri ruhiy holatni yasama (ot -lan) shaklida ifodalashdir: -lan yasovchisi bunday holat fe'llarida shaklan - la -n kabi qismlarga bo'linadi, ammo ma'no jihatdan shu holat fe'llari doirasida alohida qismlarga ajralmaydi, bir butun sanaladi[2,110]. Qiyoslang:

Zavqlanmoq -"huzurlangan", zavqli, maroqli holatda bo'lmoq [2,:110], Ruhlanib ketmoq , quvnamoq ; lazzat olmoq , huzur qilmoq [6,123]: Azizbek juda zavqlang'an edi, yana bir qayta barakalla o'qub, so'radi [11,100], — Bo'lmasa, uning qo'lansa so'zlariga xo'b zavqlang'andirsiz [11,271], Eshituvchi, bo'zchining soddagina qilib sir olishini kulib, zavqlanib tinglab turdi [12,171], Safar bo'zchi, zavqlanib, kayflanib kulib yubordi [12,169].

Zavqlanmoq, maroqlanmoq, shavqlanmoq sinonimlari tilda ham (leksema), nutqda ham (so'z formasi sifatida) ta'sirchanligi, qo'shimcha ma'nosi (bo'yog'i)ning kuchliligi, bo'rtib turishiga ko'ra qo'shimcha ta'sir kuchiga ega sinonimik munosabatdagi boshqa holat fe'llaridan farqlanadi. Zavqlanmoq og'zaki nutqqa oid bo'lib, ko'p ishlatiladi [2,111].

Bu kabi fe'llarni Abdulla Qodiriy romanlarida ko'plab uchratish mumkin. Abdulla Qodiriy romanlarida ruhiy jarayon ifodalovchi fe'llar faol bo'lib, ijobiy emotsiya anglatuvchi ruhiy jarayon fe'llari, asosan, inson psixikasida yuz beradigan ijobiy emotsional holatlar bilan bog'lanadi.[13,222]

REFERENCES

1. Rasulov R. O'zbek tili nazariy grammatikasi muammollari. Toshkent 2019.

2. Rasulov R. O'zbek tili fe'llarining ma'no tuzilishi. Toshkent 2005.

3. Долинина И.Б.Маркировка субъектно - объектных отношений у валентностных категорий английского глагола //Категория субъекта и объекта в языках различных типов, 68-бет.

4. Иванов С.Н. Категория залога в определительных сочетаниях с формой на-ган в узбекском языке// ВЯ.1957. №2 106-бет.

5. O'zbek tilining izohli lug'ati, I tom, 2006.

6. O'zbek tilining izohli lug'ati, II tom 2006.

7. O'zbek tilining izohli lug'ati, III tom, 2007.

8. O'zbek tilining izohli lug'ati, IV tom, 2007.

9. O'zbek tilining izohli lug'ati, V tom, 2007.

10. A.Hojiyev O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati. "O'qituvchi", T., 1974

11. Abdulla Qodiriy O'tkan kunlar. T. "Yangi asr avlodi", 2014.

12. Abdulla Qodiriy Mehrobdan chayon. T. "G'afur G'ulom", 1974.

2432

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

13. Abdullayeva Maftuna Ruhiy jarayon fe'llari haqida (Abdulla Qodiriy romanlari asosida). "Zamonaviy fan va ta'lim-tarbiya: muammo va yechimlar" mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjuman materiallari 2-qism, 2022.

14. Abdullayeva Ozoda Odiljon qizi. (2022) ADABIYOT FANINI O'QITISHDA SHARQ ALLOMALARINING METODIK QARASHLARI Science and Innovation 1(2)

15. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva.(2022) ANVAR OBIDJON IJODINI O'RGANISHDA SAMARALI USULLAR Science and Innovation 1(3)

16. Abdullayeva Ozoda Odiljon qizi. (2022) ADABIYOT FANINI O'QITISHDA XALQ OG'ZAKI IJODI NAMUNALARINING AHAMIYATI (MAQOLLAR MISOLIDA) Science and Innovation 1(2)

17. Ozoda Odiljon qizi Abdullayeva., Bobur Yangiboy o'gli Hakimov.(2022) "Halqa" asarida islom dini uchun kurash (Abdulloh obrazining tafsilotlari misolida). Science and Innovation 1(2)

2433

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.