Научная статья на тему 'IRSIY JARAYON FE’LLARI HAQIDA'

IRSIY JARAYON FE’LLARI HAQIDA Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

120
16
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fe’l / irsiy jarayon fe’llari

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Munojot Jo‘Rabekovna Xoliqova

Ushbu maqola irsiy jarayon fe’llari haqida ma’lumot beradi. Irsiy jarayon fe’llarini Abdulla Qodiriy romanlari asosida ko‘rib chiqamiz.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «IRSIY JARAYON FE’LLARI HAQIDA»

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 10 | 2022

IRSIY JARAYON FE'LLARI HAQIDA

Munojot Jo'rabekovna Xoliqova

Chirchiq davlat pedagogika universiteti magistranti

ANNOTATSIYA

Ushbu maqola irsiy jarayon fe'llari haqida ma'lumot beradi. Irsiy jarayon fe'llarini Abdulla Qodiriy romanlari asosida ko'rib chiqamiz. Kalit so'zlar: fe'l, irsiy jarayon fe'llari.

KIRISH

Fe'l arabcha so'z bo'lib,"harakat" degan ma'noni anglatadi. Fe'l asosiy so'z turkumlaridan biri bo'lib, o'z ma'nosi, grammatik shakllari va sintaktik vazifalari bilan boshqa so'z turkumlaridan ajralib turadi. Fe'llar harakat, holat, nutq , ko'rish, eshitish, fikrlash va boshqa jarayonlarni anglatadi. Fe'llar qanday jarayonni ifodalashiga ko'ra quydagi ma'noviy guruhlarga bo'linadi:

a) nutqiy faoliyat fe'llari: gapirdi, so'zladi, bayon qildi, ming'irladi, do'ng'illadi.

b) aqliy faoliyat fe'llari : o'ylamoq, fikrlamoq, tafakkur qilmoq,xayol surmoq, tasavvur qilmoq.

d) jismoniy faoliyat fe'llari :chizmoq , yozmoq, yemoq , artmoq , bino qilmoq.

d) holat fe'llari : titramoq , jovdiramoq, xursand bo'lmoq kabi ma'noviy guruhlarga

ajralgan.

Akademik litsey darsligida esa fe'llarning quydagi ma'noviy guruhlari farqlangan:

a) yumush fe'llari : ishladi, mehnat qildi, ter to'kdi,

b) tafakkur fe'llari : o'yladi, kashf qildi, o'qidi,

d) sezgi fe'llari : sezdi , his qildi,

e) ruhiy holat fe'llari : qayg'urdi , iztirob chekdi, xursand bo'ldi,

f) tabiiy holat fe'llari : eridi, muzladi, yetdi,

g) ishora fe'llari : imo qildi, labini burdi, ko'zini qisdi,

h) ko'rish fe'llari : qaradi , ko'rdi, boqdi , termuldi ,

i) nutq fe'llari : gapirdi , so'zladi , bayon qildi ,

j) jismoniy holat fe'llari : og'ridi , isitma qildi, xastalandi.

ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYA

Yu.S.Maslov ta'kidlaganidek, fe'l vaqt davomida sodir bo'ladigan belgining, harakatning grammatik ahamiyatini

October, 2022

837

Academic Research in Educational Sciences Volume 3 | Issue 10 | 2022 ISSN: 2181-1385_Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

ifodalaydigan so'z turkumi bo'lib hisoblanadi. Harakatning grammatik ahamiyatini keng ma'noda tushunish mumkin. U nafaqat harakat va tom ma'nodagi faoliyatni ifodalaydi, balki holatni va ma'lum bir predmet yoki shaxsning mavjudligini ko'rsatadi.

Fe'lning ma'noviy guruhlari tarkibida yana irsiy jarayon fe'llari ham mavjud. Bunday fe'llarni proff R.R.Rasulov biologik holat fe'llari deb nomladi. Biz biologik holat fe'llarini irsiy jarayon fe'llari deb atashni lozim topdik. Chunki biologik holat ham jarayon hisoblanadi.

Irsiy jarayon fe'llari keng ma'nodagi tirik, jonli organizmning hayoti, o'sishi, rivojlanishini kabilar bilan bog'lanadi. Ular tirik organizmda tabiiy, zaruriy sodir bo'luvchi "biologik" jarayonlarni tildagi ( nutqdagi) ifodasi bo'lib keladi. Irsiy jarayon fe'llarining mazmun jihatida aks etuvchi irsiy hodisa - holatlar shaxs, hayvon va o'simliklarning xolat belgisi bo'ladi. "Biologik" holat fe'llari quyidagilar: keksaymoq, qarimoq, o'lmoq, suvsamoq, suvsiramoq, chanqamoq, ochiqmoq, yosharmoq, cho'llamoq, ulg'aymoq, qurimoq (so'lib o'sishdan to'xtamoq), sarg'aymoq ( o'sha ma'noda ), yetilmoq (pishmoq), qizarmoq ( o'sha ma'noda ), bo'rtmoq (ko'kara boshlamoq ), ko'karmoq ( o'sha ma'noda), pishmoq ( yetilmoq ), gullamoq ( gul ochmoq ), chirimoq, ko'klamoq, so'linqiramoq, qovjiramoq (qurib bujmaymoq), so'lmoq ( doimiy o'sib turgan xolatini yo'qotmoq va suvi qochib qurishga boshlamoq).

O'zbek tilining izohli lug'atida, "irsiyat'' va "jarayon" so'zlariga quydagicha ta'rif keltirilgan.

"Jarayon" - (arabcha oqim, borish, sodir bo'lish) harakat, voqea - hodisaning borishi , rivoji , oqimi.

Irsiyat" -tirik organizmlarning jismoniy va ruhiy xususiyatlarini saqlash va nasldan naslga o'tkazish, o'ziga o'xshash nasllarni bunyod etish qobilyati ,shunday xususiyat.

Biz Abdulla Qodiriy romanlarida quyidagi irsiy jarayon fe'llari mavjudligini aniqladik: dunyo bilan vidolashmoq, o'lib bermoq,vafot etmoq, yashay boshladi, ko'kargan, yashar edi, o'sdi, ulg'aymoq, qizil tusga kirdi, qizartirgan, suvsamoq, qovjiramoq, chirimoq va hokazo.

O'zbek tili izohli lug'atida irsiy jarayon fe'llari quyidagicha izohlangan. Ko'karmoq- O't-o'simlik yoki barglar bilan qoplanib, ko'k, yashil tusga kirmoq. Giyoh unmagan cho'llar mehnatkashlar qoni baravariga yam-yashil ko'kargan edi. A. Qodiriy. '' Mehrobdan chayon' '

O'lmoq- Hayoti tugamoq, yashashdan to'xtamoq, qazo qilmoq. Jonkeldi o'lib turgan ekan, quloq qoqmay, xo'p, dedi.

October, 2022

838

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 10 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

A.Qodiriy.''O'tkan kunlar'' O'g'rilar teshib, oldimga chiqqanlarida, men nima qilar edim Oh, otajon! Men ajalimdan besh kun burun o'lardim. A.Qodiriy '' O'tkan kunlar''

Vafot etmoq- o'lim, ajal o'lim. Solih maxdum otasining vafotida yigirma yoshli talaba edi. A.Qodiriy ''Mehrobdan chayon''. Vafot etmoq- o'lmoq, olamdan o'tmoq. Dunyoda o'z o'g'lining xasisligiga chidalmagan ona bo'ladimi, holbuki maxdumning onasi- Mohlar oyim o'g'lining bu qadar ixna va siqiqlig'ig'a toqat qilolmay noroziliq yuzasidan Marg'ilondag'I o'g'lining yoniga ko'chib ketib o'sha yerda vafot etdi.

A. Qodiriy ''Mehrobdan chayon'' Ulg'aymoq- 1 Balog'atga, voyaga yetmoq, katta bo'lmoq. Oftob oyimning haligi shubhasi ulg'aya bordi. A. Qodiriy ''O'tkan kunlar" Chirimoq- Tabiiy tasir tufayli parchalanmoq; aynimoq, ishdan chiqmoq, yaroqsiz holga kelmoq. Chinor chirimas, archa qurimas. Maqol.

Tirik- O'lmagan, hali yashab turgan; hayot, barhayot. Menim qanday fotiham bo'lsin, men hali tirikman. A,Qodiriy ''Mehrobdan chayon''

O'smoq- Rivojlanib bo'yiga yoki uzunasiga o'zini qo'ymoq, cho'zilmoq, rivojlanmoq. Yosh chog'ida otasi o'lib qattiqchiliqda o'sdi. A. Qodiriy ''Mehrobdan chayon''.

Bir necha irsiy jarayon fe'llari sinonimik qatorni hosil qiladi. Masalan: o'lmoq, vafot etmoq, o'lib bermoq, dunyo bilan vidolashmoq va hokazo. Bu sinonimlar orasida dunyo bilan vidolashmoq fe'li so'z birikmasi holida kelgan. Bunday fe'lli birikmalar faqat Abdulla Qodiriy romanlarida uchraydi va adibning so'z qo'llashda naqadar mahoratli ekanini ko'rsatadi.

REFERENCES

1. R.Rasulov . O'zbek tili nazariy grammatikasi muammolari.Toshkent - 2019.

2. Murodova, F. (2021). Adabiyot darslarida kichik epik janrlarni xalqaro tadqiqot talablari asosida o'tish texnologiyasi (8-sinf darsligidagi Sh. Xolmirzayevning "ot egasi" hikoyasi asosida). Academic research in educational sciences, 2(4), 683-687.

3. Murodova, F. (2021). ABDULLA QODIRIY ASARLARINI O'RGANISHDA INTERFAOL METODLARDAN FOYDALANISH. Scientific progress, 2(5), 120125.

4. Murodova, F. J. (2022). EPOS JANRIGA BIR NAZAR. ОБРАЗОВАНИЕ И НАУКА В XXI ВЕКЕ, 5(24), 284-286.

XULOSA

October, 2022

Academic Research in Educational Sciences ISSN: 2181-1385

Volume 3 | Issue 10 | 2022 Cite-Factor: 0,89 | SIS: 1,12 | SJIF: 5,7 | UIF: 6,1

5. Murodova, F. J. (2022). Maktab adabiyot darslarida hikoya janridan foydalanish. Til va adaboyit ta'limi, 2(5), 7-8.

6. ШОФКОРОВ, A. M.; МУРОДОВА, Ф. Ж. (2021). МАСТЕРСТВО ОЙБЕКА В ИСПОЛЬЗОВАНИИ СЛОВ. Экономика и социум, 12(91), 1169-1173.

7. Shofqorov, A. M., & Murodova, F. J. (2021). So'zning tarkibiy qismlari mavzusini o 'qitishda interfaol usullardan foydalanish. Academic research in educational sciences, 2(CSPI conference 1), 1003-1005.

8. Shofqorov, A. M., & Murodova, F. J. (2021). OYBEKNING SO 'Z QO 'LLASH MAHORATI. Academic research in educational sciences, 2(12), 76-80.

9. Komilova, G. T. (2021). NAZARIY TILSHUNOSLIKDA SISTEMA VA STRUKTURA TUSHUNCHALARINING AHAMIYATI. Scientific progress, 2(5), 234-239.

10. Musayevich, S. A., & Temirovna, K. G. (2021). Linguoculturology in linguistics features of lingvokulturemas in the creativity of rauf parfi. Asian Journal of Multidimensional Research, 10(9), 39-42.

11. Komilova, G. (2021). ANTONIM SO'ZLAR VOSITASIDA QADRIYAT VA BAHONING IFODALANISHI. Academic research in educational sciences, 2(3), 412.

12. Temirovna, K. G. (2021). TIL VA LINGVOKULTUROLOGIYA. Oriental renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences, 1(4), 527-535.

13. Komilova, G. T. (2021). LINGVOKULTUROLOGIYA YANGI SOHA SIFATIDA. Экономика и социум, 12(91), 155-159.

14. Muxtarova, S., & Umaraliyev, H. (2022). Pedagogik texnologiya-barkamol insonni shakllantirish faoliyati. Involta Scientific Journal, 1(7), 222-226.

15. Muxtarova, S. M. (2022). O'quvchilarning yozma nutqini o'stirishda yozma ishlarning ahamiyati. Academic research in educational sciences, 3(5), 1167-1175.

16. Muxtarova, S., & O'G'Li, H. U. A. (2022). Til ta'limida o 'quvchilarning matn yaratish ko 'nikmasini o 'stirish. Science and innovation, 1(B3), 533-538.

October, 2022

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.