Научная статья на тему 'JISMONIY JARAYON FE’LLARI (ABDULLA QODIRIY ROMANLARI ASOSIDA)'

JISMONIY JARAYON FE’LLARI (ABDULLA QODIRIY ROMANLARI ASOSIDA) Текст научной статьи по специальности «Науки о Земле и смежные экологические науки»

CC BY
175
23
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
fe’l / fe’lning ma’no guruhlari / jismoniy jarayon fе’llari. / verb / semantic groups of verbs / verbs of physical process.

Аннотация научной статьи по наукам о Земле и смежным экологическим наукам, автор научной работы — F. Ergasheva, R. Rasulov

Ushbu maqola jismoniy jarayon fe’llari,uning ma’nosi , haqida ma’lumot beradi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

PHYSICAL PROCESS VERBS (BASED ON ABDULLAH QADIRI'S NOVELS)

This article provides information about the verbs of the physical process, their meaning.

Текст научной работы на тему «JISMONIY JARAYON FE’LLARI (ABDULLA QODIRIY ROMANLARI ASOSIDA)»

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

JISMONIY JARAYON FE'LLARI (ABDULLA QODIRIY ROMANLARI ASOSIDA) Ergasheva Feruzaxon Abdusalim qizi

Chirchiq davlat pedagogika universiteti gumanitar fanlar fakulteti o'zbek tili va adabiyoti yo'nalishi 2-kurs magistranti R.Rasulov Ilmiy rahbar: f.f.d.proff. https://doi.org/10.5281/zenodo.7352434

Annotatsiya. Ushbu maqola jismoniy jarayon fe'llari,uning ma'nosi , haqida ma'lumot

beradi.

Kalit so'zlar: fe'l, fe 'lning ma'no guruhlari, jismoniy jarayon fc 'llari.

ГЛАГОЛЫ ФИЗИЧЕСКОГО ПРОЦЕССА (ПО РОМАНАМ АБДУЛЛЫ КАДИРИ)

Аннотация. В этой статье представлена информация о глаголах физического процесса, их значении.

Ключевые слова: глагол, смысловые группы глаголов, глаголы физического процесса.

PHYSICAL PROCESS VERBS (BASED ON ABDULLAH QADIRI'S NOVELS)

Abstract. This article provides information about the verbs of the physical process, their meaning.

Keywords: verb, semantic groups of verbs, verbs of physical process.

KIRISH

Fe'l arabcha so'z bo'lib,shaxs yoki narsalarning harakat, holatini ifodalaydi.Masalan : tortmoq,o'qimoq, qizarmoq,ozmoq.Fe'l nima qilmoq? nima bo'lmoq? so'roqlariga javob bo'ladigan so'zlardir. Masalan: Bola qizardi (nima qildi?) fe'llardan anglashilgan harakat va holat ma'lum shaxs yoki narsa tomonidan bajariladi.Ana shu shaxs yoki narsa harakatning bajaruvchisi subyekti sanaladi. Ma'lum bo'ldiki fe'ldan ifodalangan subyektiga ega bo'ladi

Fe'lning gramatik manolarini o'rganish bilan bir qatorda ularni ma'noviy guruhlarga ajratish, ozaro qiyoslash, farqlash, ularga xos xususiyatlarni aniqlash muhimdir. Tilshunoslikda fe'lning manoviy guruhlari tortta katta guruhlarga ajratib o'rganiladi. 1. Harakat fe'llari. Qimirladi, siljidi, turdi, yurdi, chopdi. 2. Natijali faoliyat fellari. Tuzmoq, yasamoq, bunyod etmoq, buzmoq, 3. Nutq fellari. Shivirlamoq, aytmoq, demoq, sozlamoq. 4. Holat fellari. Uxlamoq, qizarmoq, oqarmoq, sezmoq, anglamoq

Ba'zi manbalarda fe'lning leksik- semantik turlari quydagi guruhlarga bo'linadi.

Jismoniy jarayon fe'llari. "Jismoniy" jarayon fe'llari shu fe'llar semantik maydonining eng katta qismini tashkil qiladi. Ular inson va hayvon organizmining (a'zolarining) jismoniy holatini ifodalaydi. Bu fe'llar ma'nosida jonli mavjudotlar organizmida, ularning muayyan a'zolarida yuzaga kelgan yaqqol jismoniy o'zgarishlar aks etadi. Bu "jismoniy" o'zgarishlar jonli mavjudotlarda:

1. Jismoniy o'zgarish natijasida: xurpaymoq, qutirmoq, qonsizlanmoq, so'lg'inlashmoq, charchamoq...

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

2. Jismoniy jarayon holatida: xansiramoq, suzilmoq, g'ilaylashmoq, jimirlamoq... yuz beradi. " Jismoniy jarayon" fe'llari quyidagilar: uxlamoq, charchamoq, shilpiqlanmoq, toliqmoq, ogrimoq, sulaymoq, oriqlamoq, ozmoq, isitmalamoq, bezraymoq, yeg'lamsiramoq, mizgimoq, sovqotmoq, namiqmoq, kasallanmoq, semirmoq, yog'onlashmoq, to'lishmoq, majolsizlanmoq, chiniqmoq, elimoq, xorimoq, darmonsizlash (yokilan) moq, seraymoq, shishinqiramoq, choqqaymoq, shumshaymoq, ( qovog'ini solmoq, to'rsaymoq ), tolmoq, zirqiramoq, shifolanmoq, xolsizlanmoq, qoraymoq ( qora tusga kirmoq ).

Demak jismoniy jarayon fe'llari jonli organizmlar a'zolarida yuz beradigan harakatlarning bajarishi ,yuz berishi bilan o'ziga xos bo'lib ,ajralib turadi.

Biz Abdulla Qodiriy romanlarida quydagi jismoniy jarayon fe'llarini aniqladik. Bular:qonsizlanmoq,bo'zarmoq,qizarmoq,ozmoq,ozg'inlanmoq,etini yo'qotmoq,ko'karmoq,kulimsiramoq,kulimsiragansimon,kulimsimoq,kulmoq,iljaymoq,kulib boqmoq, og'rimoq,dardmand,tobi qochmoq,ivishmoq ,muzlamoq isimoq. Jismoniy o'zgarish natijasida:

1 .Anvarda qonsizlanish va kiprik ostida harakat ko'rildi.(Mehrobdan chayon)2. Qovoq ostlari ko'kargan yonig'a kelgan Otabekka ham qaramoqqa majolsiz edi. 3. Kumush honimning ozg'ani sog'inchniki. 4. Kumushbibi yillab yotguchi og'riqlardek sarg'ayib ozg'an. 5. Burung'i to'lalig'i ketib ozg'inlangan va lekin bu ozg'inlik uning husniga kamchilik bermay bilaks yuqorilatgan. 6.Shaxidbek zakotchimiz ham shu bir necha kunning orasida bir chorak etini yo'qotayozdi. (O'tkan kunlar) Jismoniy jarayon holatida :

l.Mulla Abdurahmon Safar bo'zchini mehmonxonaning daxliziga kirishdayoq ko'rib qoldi va sariq tusi bo'zarib ketkan xolda ichkariga kirdi. ( Mehrobdan chayon) 2. Kumushbibi yig'idan qizarg'an katta ochib so'radi. (O'tkan kunlar) 3.Otabek qip —qizil qizarib gunohkorlardek yerg'a qarag'an edi. 4.Saodat qizarib -bo'zarib chetga burilib olg'an edi. 5.Odatdagidan ham rangi o'chgan Abdurahmon bularning imo-ishoratiga ishtrok etmadi.

Ushbu misollarda jismoniy jarayon fe'llari "jonli", "harakatchan" ko'rinishga ega.Bu jarayon asosan insonlarning muayyan a'zosi-tana,yuz a'zosi bilan bog'liq

Jismoniy jarayon fe'llariga "O'zbek tilining izohli lug'ati"da quydagicha izoh beriladi. "Qonsizlanmoq" - qoni , rangi qochmoq, rangi o'chmoq , oqarmoq.Misol:Safar bo'zchining bu so'zidan imomning qonsiz rangi yana qonsizlangan,olamunchoq ko'zi allanechukholatga kirgan edi.(Abdulla Qodiriy.Mehrobdan chayon)

"Qizarmoq"- nojo'ya, nomaqbul xatti-xarakati, aybi,qilmishi kamchiligi va shu kabilar uchun kimsa oldida xijolat tortmoq,izza holatga tushmoq. Misol: Modomiki mendan gunoh sodir bo'lmadi,tershirsalar haqiqat oldida o'zlari qizarib qoladilar ,shunday emasmi?(Oybek .Nur qidirib)

"Bo'zarmoq " - rangi quv o'chib ,oqarib ketmoq.Misol:Sidiqjonning rangi bo'zarib ketdi.(Abdulla Qahhor.Qo'shchinor chiroqlari)

"Ko'karmoq" - qattiq zarb , sovuq yoki boshqa biror sabab ta'sirida ko'k-qoramtir tusga kirmoq (badan , yuz haqida).Misol: Bolaning qo'llari sovuqdan ko'karib ketibdi.Ko'karib ketgan oyoqni ko'rib,Polvonning rahmi keldi.(J.Sharipov.Xorazm)

"Rangi o'chmoq" - rangi oqarib, bo'zarib ketmoq.Misol:Haqorat qildi-dedi Iskaandarov anchadan keyin tilga kirib. .Nega meni haqorat qilding iflos.9O'tkir Hoshimov.Qalbinga quloq sol)

INTERNATIONAL SCIENTIFIC JOURNAL VOLUME 1 ISSUE 8 UIF-2022: 8.2 | ISSN: 2181-3337

"Ozmoq " - eti qochib ,ozg'in tortmoq, ozg'inlanmoq, oriqlanmoq.Misol:Bu orada u ozib shundog'am so'lg'in yuzlaribattar za'faron bo'lib ketdi.(Said Ahmad.Ufq)

"Ozg'inlamoq" - oriqlamoq,ozmoq.Misol:Burung'i to'laligi ketib,ozg'inlangan va lekin bu ozg'inlik uning husniga kamchilik bermay , bil'aks yuqorilatgan.(Abdulla Qodiriy.O'tkan kunlar)

"Etini yo'qotmoq" - Et oldirmoq .Ozmoq. Misol:Onajonisining ancha etini oldirganini ko'rgan o'g'li Hamidulla ham tunlari navbatchilik qilardi.(M.Qo'shoqov.Katta hirmon jilg'asi) XULOSA

Jismoniy jarayon fe'llari tirik organizmlarning ,inson va hayvon organizmining jismoniy holatini ifodalaydi. Bu fe'llar jonli mavjudodlarning tanasida , ularning muayyan a'zolarida sodir bo'lgan jismoniy holatni ifoda etadi.

Jonli mavjudod organizmida sodir bo'ladigan fiziologik o'zgarishlar orqli namoyon bo'ladigan fe'llarni jismoniy jarayon fe'llari deb ayta olamiz.

REFERENCES

1. A.Hojiyev. O'zbek tili sinonimlarining izohli lug'ati.Toshkent-1974

2. O'zbek tilining izohli lug'ati. 5 jildlik. Toshkent.

3. R.Rasulov . O'zbek tili nazariy grammatikasi muammolari.Toshkent - 2019

4. 4.Ibragimova N.Fe'l va uning ma'noviy guruhlarini o'rganish.Kusr ishi.Navoiy-2015

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.