é
Ws,
LINGUISTIC FEATURES OF THE CONCEPT PROVERBS "HOSPITALITY" IN UZBEK Eshankulova Shohista Xayitmuratovna
Tash.University of Uzbek language and literature 1-course doktarate student [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11316245
ARTICLE INFO__ABSTRACT
Received: 18th May 2024 This article is a linguistic analysis of units of the Uzbek concept
Accepted: 24th May 2024 of "hospitality" and presents linguistic features.
Online: 25th May 2024
KEYWORDS Concept of hospitality, proverb, etymology,
phraseology.
O'ZBEK TILIDAGI "MEHMONDO'STLIK" KONSEPTLI MAQOLLARNING LINGVOKULTUROLOGIK XUSUSIYATLARI
Eshankulova Shohista Xayitmuratovna
Tosh.DO'TAU. 1-bosqich doktaranti [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.11316245 ARTICLE INFO__ABSTRACT
Received: 18th May 2024 Ushbu maqolada o'zbek tilidagi "mehmondo'stlik" tushunchasi
Accepted: 24th May 2024 birliklarini lingvomadaniy tahlil qilingan va
Online: 25th May 2024 lingvokulturologikxususiyatlari keltirilgan.
KEYWORDS Mehmondo'stlik tushunchasi, maqol,
etimologiya, frazeologiya.
KIRISH
Xalqning ijtimoiy-tarixiy, hayotiy tajribasidan kelib chiqqan hikmatli so'zlar o'zbek tilida "maqol", tojiklarda "zarbulmasal", arablarda "naql", turklarda "ataso'zu" deb nomlanadi. Hajman qisqa, ammo mazmunan keng tushunchani anglatuvchi hikmatli so'zlar turli mavzularni qamrab oladi.
O'zbek tilidagi maqollar xalq falsafiy va badiiy ijodining o'ziga xos hodisasi sifatida yuzaga kelgan ixcham shaklli, ammo teran mazmunga ega bo'lgan alohida janrdir.
Lingvokulturologiya bu- "til va madaniyat"ning uzviy aloqadorligini, uning shakllanishi va rivojlanishini o'zida aks ettirgan hodisalar ,til madaniyatni birgalikda o'rganadigan alohida ilmiy sohadir.
Bugungi kunda, maqollar ustida qizg'in izlanishlar olib borilayotgan bir paytda, maqollarning har taraflama jihatlarini o'rganish paremiologiya sohasining asosiy vazifalaridan
é
ш
UIF = 8.1 | SJIF = 7.899
www.in-academy.uz
biridir. Maqollarni qiyosiy jihatlarini o'rganish asnosida ularning lingvokulturologik jihatlariga to'xtalmay ilojimiz yo'q. Bu orqali tadqiq etayotgan tillarimizdagi maqollarning bir-biriga o'xshash va farqli tomonlarini, shu til egasi bo'lmish xalqning o'ziga yarasha madaniyati va o'ziga xos mentalitetini ko'rsatishga harakat qilamiz.
ADABIYOTLAR TAHLILI VA METODOLOGIYASI
Har biri til ko'rkini, nutq nafosatini, aql-farosat va tafakkur mantig'ini hayratomuz bir qudrat bilan namoyish etgan va eta oladigan bunday badiiyat qatralari o'zbek xalqining ko'p asrlik hayotiy tajribalari va maishiy turmush tarzining bamisoli bir oynasidir.1
O'zbek tilidagi maqollar yashovchanligi, asrlar davomida shakllanib, sayqal topganligi, tarbiyaviy ahamiyatga egaligi bilan ajralib turadi. Turli ifoda usullariga ko'ra maqollarni ikki toifaga bo'lish mumkin: bir turida maqolning asl ma'nosi "gap" bo'lib, "ijtimoiy bilimni to'g'ridan-to'g'ri beruvchi, ijtimoiy tajribani umumlashtiruvchi, nasihat va undash ma'nolariga ega bo'lgan falsafiy qofiya"ni anglatadi.2
O'zbek olimasi B.Jo'rayeva "O'zbek xalq maqollarining qisqacha sinonimik lug'ati" ning Kirish qismida shunday deydi: "Xalq tafakkuri durdonasi hisoblanmish maqollar nafaqat xalq hayoti, qarashini ifodalashi bilan qadrli, balki kundalik turmushimizda nutqimizni boyituvchi vositalardan biri hamdir".3
O'zbek tilidagi maqollar mazmuniga ko'ra yaxlit ma'noni ifodalaydi. Grammatik tarkibi jihatidan turg'un bo'lib, foydalanilayotganda ularning tarkibiy qismi xohishga ko'ra o'zgartirilishi mumkin emas.
Maqollarning lingvokulturologik sifatlariga to'xtalgan holda olimlardan Nida maqollarni o'rganishda bevosita tilni va o'sha xalqning madaniyatini o'rganish bu tabiiy hol deb hisoblaydi. Tilda mavjud bo'lgan leksema 34 o'sha xalqning turmush tarzidan ya'ni xalq tilidan kelib chiqqan bo'lib, bu bevosita maqollarda ishtirok etadi va maqollar orqali xalqning madaniyati aks etadi.
O'zbek tilni etimologik jihatdan o'rganish jarayonida bu tilida boshqa tillarga qaraganda mehmondo'stlikni ifodalovchi frazeologik birliklarning ko'pligi bu sohaga alohida katta e'tibor berilib kelinganligidan dalolat beradi. Bunday birliklarni turli xil ma'nolarda ishlatish o'rniga qarab o'z navbatida turkumlarga ajratish mumkin. Masalan:
1)Mehmonning azizligini ifodalovchi maqollar:
a) Mehmon -aziz, mezbon -laziz;
b) Mehmon izzatda, mezbon xizmatda;
c) Mehmon kelgan uyning chirog'i ravshan;
d) Mehmon -uy ziynati va b.
2) Mehmonni siylash kerakligini ifodalovchi maqollar:
a) Osh -mehmon bilan aziz;
b)Qo'noqqa osh ber, otiga -yem;
c)Mehmonga osh qo'y, ikki qo'lingni bo'sh qo'y;
1 Мирзаев Т.М. Суздан сузнинг фарк,и бор // Узбек халк, мак,оллари. https://kh davron.uz/kutubxona/uzbek/ozbekxalq-maqollari.html
2 Мирзаев Т.М. Ko'rsatilgan manba
3 Мирзаев Т.М. Ko'rsatilgan manba.
EURASIAN JOURNAL OF ACADEMIC RESEARCH
Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 7.899 www.in-academy.uz
d)Mehmon kelsa pastga tush, palov bermoq ahdga tush.
3)Mehmon har qancha ulug'lansa ham, buning chegarasi borligini, mehmon o'z hurmatini, izzatini bilishi kerakligini ifodalashiga ko'ra:
a)Oyda kelganga -oyoq, kunda kelganga -tayoq;
b)Chaqirilmagan mehmon -sariq itdan yomon;
c)Chaqirilmagan qo'noq -yo'nilmagan tayoq
d)Betamiz mehmon mezbonni qistar.
O'zbek tilidagi maqollar xalqning hayotiy tajribasi va bilimlarining timsoli bo'lib, tasviriy ifodalarga boy.
Karim Mahmudov (1926-1990) o'tgan asr 80-yillarida chop etilgan "Mehmonnoma" nomli asarida shunday yozadi: "Mo'tabar keksalar bilan suhbatda aniqlandiki, qadim zamonlardan buyon samarqandliklar mehmonni xuddi non-nasiba kabi hurmat qilar ekanlar. Mehmonga atab ataylab maxsus patirlar pishirilgan, nonni tayyorlaganlarida yuzini xamirdan naqshinli kungirador qilib bezatganlar. Hatto ba'zan nonning yuziga she'riy misralar va aziz mehmonlarning nomlari bitilgan. Mehmonlar ketar paytida bayot bitilgan, chiroyli bezatilgan nonlarni ularning qo'liga tutqazishgan. Ushbu nonlarni mehmonlar e'zozlab san'at asari kabi o'z uylari devorlariga osib qo'yganlar. Yaxshi mehmondorchilikdan esdalik bo'lgan non yana bezak vazifasini bajarib turgan"
Maqollar o'zbek xalqining og'zaki nutqida keng tarqalgan bo'lib, ular o'zida odamlarning ko'p yillik hayotiy tajribasini mujassamlashtiradi. Ularni xulosa chiqarish, nasihat berish va ogohlantirish ma'nolariga ega bo'lgan turg'un gaplar, deb ham hisoblash mumkin.
O'zbek xalqini qay daraja mehmondo'st ekani, u tabiatan shunday yaralgani parcha oxiridagi jumlada keltirilgan. Shuning uchun ham o'zbek xalq maqollaridagi mentalitet tushunchasiga to'xtaladigan bo'lsak, xalqimiz qonidagi mehmondo'stlik to'g'risida eslamay ilojimiz yo'q. Maqollarimizda mehmonga bo'lgan hurmat, bag'rikenglik yaqqol ko'rinib turadi. Misol uchun:
• Mehmon - atoyi xudo.
• Mehmon kelsa eshikdan, rizqi kelar teshikdan.
"Bor tovog'im, kel tovog'im, bormasang, kelmasang o'rta yerda sin tavog'im" - bu maqolni qishloq momolari kelinlari va qizlariga bot-bot qaytarib turadi, bu maqol qo'shnilar orasida mehr-oqibatni mustahkamlaydi. Bugungacha qishloqlarda bog'larida pishgan mevalardan, sabzavotlardan, poliz ekinlaridan qo'shnilarga ulashiladi, ya'ni "hamsoya tovoq" qilinadi (4)
Turli tillarning maqollariga to'xtalar ekanmiz, ular o'sha til egasi bo'lmish xalqning tarixiy, ma'naviy va moddiy madaniyati ko'zgusi ekaniga guvoh bo'lamiz. Shu sababli, turli til maqollarini qiyosiy o'rganish millatning o'ziga xos madaniy va milliy qirralarini ochishga yordam beradi, boshqacha qilib aytganda, o'sha xalqning mentalitetini ko'rsatadi.
Maqollarning lingvokulturologik xususiyatlariga to'xtalar ekanmiz, millatlarning o'ziga xos milliy xarakteri va mentaliteti haqida so'z ochmay ilojimiz yo'q,albatta. Chunki xalqning o'ziga xos madaniyati, tarixi va urf- odatlarini ixcham holatda yetkazib beruvchi xalq maqollari xalqning mentalitetini ifodalashda yetakchi o'rinda turadi.Ushbu maqolada o'zbek tilidagi "mehmondo'stlik" maqollarning lingvokulturologik xususiyatlarini tahlil qilgan holda,
é
Ws,
xalqning o'ziga xos milliy urf-odatlari, kundalik turmush tarzidagi o'ziga xos milliy xarakterning ifodalanishi ko'rsatib o'tamiz. XULOSA
Xulosa qilib shuni aytishimiz mumkinki, ma'lum bir mavzudagi tilning etimologik jihatiga, xalqning kundalik turmush tarziga, dunyoqarashiga, urf odatlariga, tarixiy rivojlanishiga bog'liq holda vujudga kelgan mantiqiy xulosalarning ifodasi bo'lmish paremalarning ifodalanishi va mazmuni jihatidan milliy xususiyatlarni o'zida namoyon etadi. Yuqoridagi misollar ham madaniy sharoitda vujudga frazeologik qatlamni boyitgan.
Maqollar bu xalqning madaniy merosidir. Ularda o'sha xalqning barcha o'y - fikrlari, dunyoqarashi, turmush tarzi, fe'l - atvori va e'tiqodi aks etadi. Har bir millat o'ziga xos tavsiflarga ega ekan, bu ularning maqollariga ham ta'sir etmay qolmaydi. Hatto maqollardagi mavzular o'xshash bo'lsa-da, ulardagi obrazlar takrorlanmasligi bilan ajralib turadi. Aynan ana shu tasvirlar maqollardagi milliy bo'yoqdorlikni ta'minlaydi.
References:
1. Мирзaев Т.М. Сyздaн сузнинг фaрк;и бор // Узбек хaлк; мaк;оллaри. https://kh davron.uz/kutubxona/uzbek/ozbekxalq-maqollari.html
2. Mirzayev T. "O'zbek xalq maqollari". -Toshkent: 2003.
3. Mahmudov K. Mehmonnoma. -T., "Yosh gvardiya", 1989. -B. 8.
4. 4 Jabborov I. O'zbeklar: turmush tarzi va madaniyati. -T.: "O'qituvchi", 2003. -B. 60.