Научная статья на тему 'O’ZBEK TILIDAGI BIR SOSTAVLI GAPLAR NEMIS TILIDA IFODALANISHI'

O’ZBEK TILIDAGI BIR SOSTAVLI GAPLAR NEMIS TILIDA IFODALANISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
0
0
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Og’zaki nutq / o’xshashlik / farqli tomon / ma’no / struktura / qiyosiy yondashuv.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Muhammadjonov Shohruhbek, Rahimov Nuriddin, Тиляходжаева Ф. М.

Mazkur maqolada nemis va o’zbek tillardagi bir sostavli gaplarning qo’llanishiningqiyosiy taxlili qilindi. Misollar orqali ba’zi turlari nemistilida ham bir sostavli gaplar va ba’zilari esa ikki sostavli gaplar orqali ifodalanishi ko’rsatilgan. Ikkila tilda so’zlashuv uslubida sodda, ixcham gaplar ko’p qo’llanilishi ta’kidlanadi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «O’ZBEK TILIDAGI BIR SOSTAVLI GAPLAR NEMIS TILIDA IFODALANISHI»

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

O'ZBEK TILIDAGI BIR SOSTAVLI GAPLAR NEMIS TILIDA

IFODALANISHI

Muhammadjonov Shohruhbek

Talaba (QDPI) Rahimov Nuriddin

Talaba (QDPI) TH^HXog^aeBa O. M.

Ilmiy rahbar: fakultetlararo tillar kafedrasi dosenti fazilya_t@rambler.ru https://orcid.org/0000-0002-4613-5213 https://www.doi.org/10.5281/zenodo.10457507

ABSTRACT

ARTICLE INFO

Received: 28th December 2023 Accepted: 03rd January 2024 Online: 04th January 2024

KEY WORDS Og'zaki nutq, o'xshashlik, farqli tomon, ma'no, struktura, qiyosiy yondashuv.

Mazkur maqolada nemis va o'zbek tillardagi bir sostavli gaplarning qo'llanishining qiyosiy taxlili qilindi. Misollar orqali ba'zi turlari nemis tilida ham bir sostavli gaplar va ba'zilari esa ikki sostavli gaplar orqali ifodalanishi ko'rsatilgan. Ikkila tilda so'zlashuv uslubida sodda, ixcham gaplar ko'p qo'llanilishi ta'kidlanadi.

ASOSIY QISM

Ma'lumki, hozirgi kunda madaniyatlararo muloqotni olib borish uchun o'zga tilning og'zaki nutqni o'rganishiga alohida e'tibor berilyapti. Chet tilini o'rganishning samarali usullaridan biri qiyosiy yondashuvdir.

KIRISH

Bir sostavli gaplarni ikkala tilda o'rganish sohasida erishilgan boy tajribadan tanqidiy foydalanib, tajriba shuni ko'rsatadiki nemis tilidan o'zbek tiliga gaplar o'girilganda gap tuzishda talabalar ko'p xato qiladi. Xatolardan biri nemis tilidagi ikki sostavli gaplarni bir sostavli gaplar orqali berishdir.

Masalan, o'zbek tilidagi: "Bahor" gapni talabalarimiz : "Frühling" deb tarjima qiladi.

Ikkinchi xato: talabalar berilgan savolga to'liq javob berishi:

"Wie alt sind Sie?'' savolga talabalar : "Ich bin 18 Jahre alt'' to'liq javob beradi.

Mana shuning uchun xam biz bu masalani maqolamizning maqsadi qilib oldik: nemis tili og'zaki nutqidagi bir sostavli gaplar xususiyatlari bilan o'zbek tilidagi bir sostavli gaplar bilan qiyoslashdir.

METODLAR

Mazkur maqolada gapning tuzilish strukturasiga, shu jumladan bir sostavli gaplarning xususiyatlari, ikkala tilda qo'llaniladigan gaplarning o'xshashliklari, farqli tomonlari alohida to'xtalib o'tiladi

Ma'lumki, nemis tilida asosan ikki sostavli gaplar qo'llaniladi. Bunday gaplarda ega va kesim bo'lishi zarurligini darslarda o'rgatilishi tabiiy. Lekin nemis adabiyot va izlanishlar bilan yaqindan tanishganimizda nemis tilida bir sostavli gaplar og'zaki nutqda keng qo'llanishi ma'lum bo'ldi.

Bu to'g'risida nemis tilshunoslar [1,2] atrofligicha ma'lumot berib, nemis tilidagi bir sostavli gaplarni ishtirok etgan gap bo'lagiga qarab quyidagi turlarga bo'ladi

1. Substantiv gaplar (ot gaplar).

2. Sifat va ravish gaplar.

3.Fel gaplar.

4.Sifatdosh gaplar.

5.Infinitiv gaplar.

O'zbek tilida ham bir sostavli gaplar badiiy publisistik so'zlashuv uslublarida kuchli vosita sifatida qo'llanilishi takidlanadi. Shu jumladan I.Rasulov bir sostavli gaplarning adabiy tilida qo'llanilishini haqida aytgan ayrim o'rinlarida nutq materiallarida fakt sifatida foydalanadi.

G.Abdurahmonov [3] o'zbek tilidagi bir sostavli gaplarni quyidagi turlarga bo'ladi:

Shaxsi noma'lum gaplar.

Shaxsi umumlashgan gaplar.

Shaxssiz gaplar.

Infinitiv gaplar.

Atov gaplar.

So'z gaplar.

Xis-hayajon gaplar.

A.Shomaqsudov [4] bir sostavli gaplarning stilistik xususiyatlariga to'xtalib, nutqda shaxsi aniq va noaniq gaplar keng qo'llanilishini aytib o'tadi.

Qiyosiy taxlil shuni ko'rsatadiki, o'zbek tilidagi bir sostavli gaplarning ba'zi turlari nemis tilida ham bir sostavli gaplar va ba'zilari esa ikki sostavli gaplar orqali ifodalanadi. Ikkila tilda so'zlashuv uslubida sodda, ixcham gaplar ko'p qo'llanilishi ta'kidlanadi.

Bu gaplarni xususoyatlari bilan yaqinroq tanishsak quyidagilar ma'lum bo'ladi:

l.Ma'no va strukturasi jihatidan ikkala tilda o'xshash gaplar bu o'zbek tilida so'z-gaplar va nemis tilida Substantivgaplardir. Bunday gaplar quyidagilarni bildiradi:

a)Tasdiq yoki inkorni:

Xa,durust,to'g'ri Ja,gut, stimmt

Ikkala tilda bunday gaplar so'zlovchini tasavvuridagi predmet yoki xodisani ifodalab maxsus ohang bilan talaffuz qilinadi.

Substantiv gaplarning bosh bo'lagi nafaqat bosh kelishikda, balki tushum, qaratqich yoki o'rin-payt kelishiklarda xam kelishi mumkin.

b)So'roqni:

Shunaqami,rostdanmi? v) rasm-odatni:

Xayr, Marhamat, salom, assalomu

Auf Wiedersehen! Bitte! Hallo!

Stimmt? Nicht wahr?

alaykum

g) xis, tuyg'uni: Qismat, taqdir. Uyat!

Schicksal. Schande!

DoStlarsiz? Obi-havo tufayli.

Ohne deine Freunde? Wegen des Wetters.

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

Nemis tilida bunday gaplarning xususiyati oldingi gaplarni ma'no jihatdan to'ldirib kelishdir. Substantiv gaplar ko'proq berilgan savolga javob tariqasida aytiladi: Was willst du kaufen ? -Milch.

O'zbek tilidagi shaxsi noma'lum gaplar nemis ikki sostavli gap orqali ifodalanadi: Buyerda chekilmaydi. Hier darf man nicht rauchen.

yoki

Hier raucht man nicht. Bu misolda o'zbek tilida ish-harakatni bajaruvchi shaxs grammatik jihatdan ifodalanmasa nemis tilida bajaruvchi shaxs vazifasini man gumon olmoshi bajaradi.

Yuqorida aytilgan misollar kabi o'zbek tilidagi bir sostavli atov gaplarning faqat bir bosh bo'lagi bosh kelishikdagi ot bo'lsa, nemis tilida bunday gaplar ikki sostavli es shaxssiz olmoshli va kesim vazifasida sein fe'li qo'llanadigan gaplarga mos keladi: Bahor. Es ist Frühling.

О. А.Smetanina [5] ta'kidlagandek, zamonaviy nemis tilida infinitiv tuzilmalar mikrotizimining rivojlanish tendentsiyalaridan biri alohida infinitivlar va ularning guruhlari mustaqil strukturaviy birliklar sifatida faoliyat ko'rsatishidir. Shunday qilib Infinitiv gaplar nemis va o'zbek tillarida mavjud bo'lib, ularning bosh bo'lagi infinitiv shaklidagi kesimdir. "Ammo, bolalar coat tortga yetib kelish." O'zbek tilida bunday gaplar asosan; hayratlanish, ajablanish: Ajab.O'z uyini tashlab ketish! norozilik, g'azablanish: Voyagayetmagan qizni erga berish! v) shart:

Kim oldin yetib borish!

Ammo nemis tilida bir bo'lakli infinitiv gaplar ko'proq bajarilishi zaruriyatni yoki tavsiyani ifodalash uchun qo'llanadi. Bitte nicht anklopfen!

Ikkala tilda ham infinitiv turli so'z turkumlari bilan kengayib kelishi mumkin. Ammo, bolalar, soat 4gayetib kelishi! Darum, Kameraden, nicht die

Sache vernebeln und die Entscheidung verfalschen.

HULOSALAR

Nemis va o'zbek tillaridagi bir sostavli gaplarning doirasi haqida yuqorida qayd qilingan mulohazalaradan shunday xulosaga keldik: nemis tilini o'zbek auditoriyada o'rgatganda yoki darsliklar yaratganda nemis tilida o'zbek tili kabi bir sostavli gaplar mavjudligi va ularni o'rasida farqi borligini alohida aytib o'tish va maxsus mashqlar bajarilishi zarur.

References:

1. Jung W. Grammatik der deutschen Sprache. Leipzig, 1966

Innovative Academy Research Support Center UIF = 8.1 | SJIF = 5.685 www.in-academy.uz

2. Helbig/ Buscha. Deutsche Grammatik,- Leipzig/Berlin/Munchen/Wien/Zurich/ New York: Langenscheidt Verlag Enzyklopadie, 1998.-731 S.

3. G'.A.Ab durahmonov." O'zbek tili", 1993;

4. A.Shomaqsudov, I.Rasulov, R.Qo'ng'urov, H.Rustamov. O'zbek tili stilistikasi.2013

5. О. А. Сметанина. Односоставные инфинитивные предложения 6 современном немецком языке

6. Tilyakhodzhaeva, F. M. "Artistic Features in the Stories of Adalbert Stifter." CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY 4.1 (2023): 10-13.

7. Тиляходжаева Ф. М. ИСПОЛЬЗОВАНИЕ СИНОНИМОВ В АНГЛИЙСКОМ ЯЗЫКЕ И ПЕРЕДАЧА НА УЗБЕКСКИЙ ЯЗЫК //Miasto Przyszlosci. - 2023. - Т. 40. - С. 349-353.

8. Адмони В.Г Синтаксис современного немецкого языка. - М.: Наука, 1973. - 367 с

9. Тиляходжаева Ф. М. Развитие социолингвистической компетенции на занятиях иностранного языка //Молодой ученый. - 2017. - №. 4-2. - С. 47-48.

10. Tilyakhodzhaeva F. M. Some Problems of the Use of Authentic Texts in a Foreign Language Lessons in the Uzbek Audience //Miasto Przyszlosci. - 2022. - Т. 30. - С. 319-320.

11. Moskalskaja O. I. Grammatik der deutschen Gegenwartssprache. -M.: Akademia, 2004. - 352 S

12. Тиляходжаева Ф. М. Особенности Обучения Умлаутам В Начальной Школе //CENTRAL ASIAN JOURNAL OF SOCIAL SCIENCES AND HISTORY. - 2023. - Т. 4. - №. 11. - С. 1-5.

13. Шендельс Е.И. Грамматика немецкого языка. М., 1952. - 270 с

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.