Научная статья на тему 'NEMIS TILIDAGI AKKUZATIV KELISHIGINING QORAQALPOQ TILIDA QO‘LLANILISHI'

NEMIS TILIDAGI AKKUZATIV KELISHIGINING QORAQALPOQ TILIDA QO‘LLANILISHI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
4
2
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
Qiyosiy tipologiya / nemis tili / qoraqalpoq tili / kelishik / akkuzativ / tabıs kelishigi.

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Abishova Gulxan Matjanovna

Kelib chiqishi turli guruhlarga mansub tillarni qiyosiy tipologik tarzda o‘rganish muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada nemis tilidagi akkuzativ kelishigi bilan qoraqalpoq tilidagi tabıs (to’shim) kelishigining uqshash va o‘ziga xos jihatlari o‘rganilgan. Bu kelishiklarning qo‘shimchalar bilan ifodalanish xususiyatlari ikki til misolida qiyosiy tahlil qilingan.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «NEMIS TILIDAGI AKKUZATIV KELISHIGINING QORAQALPOQ TILIDA QO‘LLANILISHI»

NEMIS TILIDAGI AKKUZATIV KELISHIGINING QORAQALPOQ TILIDA

QO'LLANILISHI Abishova Gulxan Matjanovna

Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti Nemis tili va adabiyoti kafedrasi stajor

o'qituvchisi https://doi.org/10.5281/zenodo.10806493

Annotatsiya. Kelib chiqishi turli guruhlarga mansub tillarni qiyosiy tipologik tarzda o'rganish muhim ahamiyatga ega. Mazkur maqolada nemis tilidagi akkuzativ kelishigi bilan qoraqalpoq tilidagi tabis (to'shim) kelishigining uqshash va o'ziga xos jihatlari o'rganilgan. Bu kelishiklarning qo'shimchalar bilan ifodalanish xususiyatlari ikki til misolida qiyosiy tahlil qilingan.

Kalit so'zlar: Qiyosiy tipologiya, nemis tili, qoraqalpoq tili, kelishik, akkuzativ, tabis kelishigi.

Keyingi bir necha o'n yilliklar davomida biz tillararo xodisalardagi o'xshashlik va noo'xshashliklar, shuningdek, shu yoki boshqa sohadagi evolyutsiya protsesslari to'g'risidagi savollarga tez-tez duch kelamiz.

Xorijiy (bu yerda g'arb tillari nazarda tutilmoqda) tillarni o'zbek, keyinchalik qoraqalpoq tillari bilan qiyosiy o'rganishga o'tgan asrning ikkinchi yarmidan boshlab ko'proq e'tibor berildi, ilmiy va ilmiy-metodik tadqiqotlar yuzaga keldi. E'tiborga loyiq tamoni shundaki, o'zbek tili german va roman tillari bilan qiyosiy tipologik tadqiqot qilingan bo'lsa, qoraqolpoq tili faqatgina german tillari - ingliz va nemis tillari bilan qiyosiy o'rganildi va shunday bo'lib qolmoqda.

Turli guruhlarga mansub tillarni qiyosiy o'rganishning ahamiyati to'g'risida akademik L.V.Sherba: "Qiyoslashlar asosidagi bir tilning ikkinchi til bilan taqqoslanishi har hil tillardagi bir hil fikrning har xil qilib ifodalanishi o'zi boshqa bir tilda tafakkur yuritadigan insonni o'ziga jalb qiladi, qiziqtiradi"- deb aytgan edi [3].

Akademik V.V.Vinogradov tillarni qiyosiy o'rganishning ahamiyatli ekanligini alohida ta'kidlab: "Qardosh, bir-biriga yaqin tillarni qiyosiy-tarixiy tarzda o'rganish bilan birga, turli sistemadagi tillarni qiyosiy yoki solishtirmali turda o'rganishga bo'ladi hamda ularni shu tarzda o'rganish kerak" - degan edi [2].

Nemis va qoraqalpoq tillaridagi kelishiklar barcha tillardagi kabi asosiy grammatik kategoriyalardan hisoblanadi. Shu bois, biz ushbu maqolada nemis tilidagi akkuzativ kelishigining qoraqalpoq tilida ifodalanishini tahlil qilamiz.

Olmoshlar tabis kelishigida asosan affiksli ishlatiladi.

1. Kishilik olmoshlari: Al, men sizdi üyinizge deyin shigarip salaman. Ol meni, men oni kôrdim. (O.Ayjanov «Aral qushaginda»)

2. O'zlik (ôz) olmoshiga kelishik affiksidan oldin egalik affiksi qo'shiladi: - Ozimdi misalga alganda, pütin kolxoz tuwrali aytpaqshi edim. (O.Ayjanov «Aral qushaginda»)

Toti qusqa ôzin tâkirarlatip, pütkil àlemdi hâreketke keltirip qoygan ulli küsh-adamnin ôzi. (T. Qayipbergenov «Qaraqalpaqnama»)

3. Gumon olmoshi: Sonliqtan ôtirik bolsa da bir nârseni siltawlatip sorap bariwi kerek. (O.Ayjanov «Aral qushaginda»).

Bu olmosh ba'zan belgisiz narsa ma'nosida ham ishlatiladi: Men bir nârse aytayin (O.Ayjanov «Aral qushaginda»)

4. Ko'rsatish olmoshlari: Siz minani aytpaqshi shigarsiz. Buni esaplagan shotinnan aynalayin, Narimbetjan, Soni nege aytpaysan? (O.Ayjanov «Aral qushaginda»)

5. Bo'lishsizlik olmoshlari: Ernazar bolsa esikten kirgen jerde ishtegi tastay tünek qarangidan közleri hesh närseni körmey qaldi (A.Bekimbetov)

Olmoshning bu turi ham ba'zi hollarda til uslubiga binoan belgisiz ishlatiladi: Ol hesh närse aytpay shigip ketti.

6. Belgilash olmoshlari, ular ham ba'zan belgisiz ishlatiladi. Qiyal alip qashadi, här närselerdi oylatadi. (N. Dawqaraev). Onnan här närseni kütiwge boladi. Här kimdi tilinen uslaydi.

7. Sifatning avval substantiv forma yasovchi - liq affiksini, egalik suffiksini, keyin kelishik affiksini olib ishlatilishi ham uchraydigan holat: Ol usi danaligin körsetiw maqsetinde hesh kimge söz bermey bir özi söylep otirdi, degen menen qäteliklerindi täkirarlaw aqildan emes. (T. Qayipbergenov «Qaraqalpaqnama»). Onin märtligin hämme biledi.

8. Son to'ldiruvchi, jumladan, vositasiz to'ldiruvchi vazifasida kelsa belgili ishlatiladi: Besten üshti alsaq qansha qaladi? Olardan ekewin alip qaliw kerek.

Nemis tilida akkuzativning o'ziga xos xususiyatlaridan biri shuki, u orqali o'rin ma'nosi ifodolanadi. U ham ozod akkuzativ turiga mansub bo'lib, asosan harakatni (olg'a qaray) anglatuvchi o'timsiz fe'llar bilan qo'llaniladi: steigen, gehen, laufen, springen, fahren. Bunday fe'llar bilan faqat o'rin ma'nosiga yaqin bo'lgan otlargina ishlatiladi: Straße, Weg, Strecke, Schritt va boshqalar.

Er ging die Straße entlang. Ol köshe boylap jürip ketti.

Marsel trat einen Schritt auf mich zu. (J. Petersen. Fahrt nach Paris).

Marsel magan qaray bir qädem tasladi.

Misollarning qoraqalpoq tiligagi tarjimasidan ko'rinib to'rganidek, nemis tilidagi akkuzativning o'rin ma'nosi ikkinchi tilda ham xuddi o'ziga o'xshash kelishikda (tabis) o'z ma'nosini topadi. Entlang predlogi nemis tilida akkuzativdagi otni boshqarib kelsa, boylap kumakchisi ham xuddi shu kelishikni tabis kelishigini boshqarib qo'llanadi. U boshqarib kelayotgan otning belgili yoki belgisiz ishlatilishi to'g'risida so'z yuritgan edik. Ikkinchi gapdagi qädem so'zi ma'no jihatdan tabis kelishigida turibdi, chunki taslaw (tashlamoq) fe'li o'zidan oldin turgan otning tabis kelishigida turishini talab qiladi: taslaw - neni? kimdi? Biroq bu so'zlar turg'un bog'lamaga aylanib ketgan. Agar qädem so'ziga egalik affiksi qo'shilsa, u tabis kelishigining affiksi bilan ishlatiladi: Qädemindi oylap bas (tasla)

Akkuzativ o'rin ma'nosidagi (das Jahr, die Nacht, der Tag, die Woche, der Monat u.a.) otlar orqali harakat yoki holatning sodir bo'lish vaqtini, davomiyligini ko'rsatadi, gapda o'rin holi vazifasida keladi:

Das Mädchen wohnte einen Monat bei dem Onkel.Qiz dayisinikinde bir ayjasadi. Gestern habe ich den ganzen Tag an den Artikel gearbeitet. Keshe men küni menen (kün boyi) maqala üstinde (tuwrali) jumis isledim.

Shuningdek, akkuzativ harakatning biror, o'rin-joy ustida sodir bo'lishini ifodolasa, qoraqalpoq tiliga menen (benen, penen) ko'makchisi bilan birgalikda keladigan ataw kelishigidagi ot yoki shigis kelishigi orqali beriladi: ohne Hast trappten die Pferde den ansteigenden Weg (St. Zweig. Nowellen). Atlar joqariga shigatugin jol menen (joldan) ästen jürip ketti.

Ein Jahr studierte ich in Kiev. Men Kievte bir jil oqidim.

Nemis tilida akkuzativda ifodalanadigan o'rin ma'nosi qoraqalpoq tilida ataw kelishigidagi yoki menen (benen, penen), boyi ko'makchilari bilan qo'llanadigan otlar orqali beriladi.

Nemis tilida akkuzativ orqali javob olish, biror narsani so'rash ma'nolari anglashiladi. Akkuzativning bu ma'nosi qoraqalpoq tilida shigis kelishigi orqali ifodalanadi. Mana shu holat o'qish jaroyonida o'quvchilar tomonidan hatoga yo'l qo'yilishiga sabab bo'ladi: Der Lehrer fragt den Schüler. Mugallim oqrwshidan soraydi.

Nemis tilida ataw ma'nosini anglatadigan fe'llardan keyin ham vositasiz akkuzativ gapda qator kelgan holda qo'llaniladi. Bunday fe'llarga nennen, heißen, lehren kiradi. Qoraqalpoq tiliga akkuzativdagi birinchi ot tabis, ba'zi hollarda baris, ikkinchisi esa ataw kelishiklari orqali tarjima qilinadi: Er nannte den ersten Mann einen Lügner (B. Kellerman. Reisen in Asien). Ol birinshi adamdi ötirikshi deytug'm edi. Sie nannten ihn einen Künstler. Olar oni artist dep aytadi.

Akkuzativ lang, hoch, breit, weit, schwer, wert u.a. (sein) sifatlari bilan qo'llanilganda, ular predikativ yoki attributiv sifatida qo'llanilib, o'lchov ma'nosini ifoda etadi. Bunday hodisa qoraqalpoq tilida yo'q. Shu sababli akkuzativning bu ma'nosi turli kelishiklarda o'z ifodasini topishi mumkun: Das Kind ist 6 Monate alt. Bala alti ayliq. Unsere Straße ist einen Kilometer lang. Köshemizdin uzinligi bir kilometr. Der Baum ist 15 Meter hoch. Terektin biyikligi 15 metr.

Tilshunos I.Erben "Akkuzativ to'ldiruvshili gaplarni aktivdan passivga aylantirish haqida to'xtalib, haqiqiy akkuzativ ob'ekt passivga aylantirilganda ega vazifasida kelishini, idioma va frazeologik birikmalarda esa bu holat umuman sodir bo'lmasligini ko'rsatadi" [1]. Karl schreibt einen Brief. Ein Brief wird geschrieben. Man baut hier ein Haus. Ein Haus wird hier gebaut.

Lekin: Sei fassen hier immer mehr Fuß^- Er wird Fuß getaßt aber nicht: Der Fuß wird getaßt. Wer nehmen Abschied von unserem Freund. Es wird Abschied genommen. Jetzt wird Abschied genommen, aber nicht. Der Abschied wird genommen. Wir stehen Schlange ^ Es wird Schlange gestanden; Heute wird Schlange gestanden: aber nicht. Die Schlange wird gestanden.

Xuddi shu usul bilan haqiqiy akkuzativ obyektlarini turg'un birikmaga aylangan, ammo shaklan vositasiz to'ldiruvchiga o'xshash idioma va frazeologik birikmalardan farqlab olishga bo'lar ekan. Ularning qoraqalpoqcha ekvivalentlari esa ma'nolarga qarab o'z izohlarini topadi.

REFERENCES

1. Erben I. Abriß der deutschen Grammatik. - Berlin, 1965.

2. Виноградов В.В. Русский язык (грамматическое учение о слове). - Москва, 1947.

3. Щерба Л.В. Преподование иностранных языков в средней школе. - Москва, 1995.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.