Научная статья на тему '“Avesto” asarida keltirilgan ayrim toponimlarning komponent tahlili'

“Avesto” asarida keltirilgan ayrim toponimlarning komponent tahlili Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
210
21
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
hind-yevropa tillari / sanskrit tili / ingliz tili / Avesto / haraiti / tog‘ / Elburs tog‘i / gairi

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Maloxatoy Kaxramonovna Matniyazova

Mazkur maqolada Avesto asaridagi ayrim toponimlarning bugungi kunda o‘zbek va ingliz tillaridagi shakli va ishlatilishi haqida fikr yuritiladi.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «“Avesto” asarida keltirilgan ayrim toponimlarning komponent tahlili»

"Avesto" asarida keltirilgan ayrim toponimlarning

komponent tahlili

Maloxatoy Kaxramonovna Matniyazova Urganch davlat universiteti

Annotatsiya: Mazkur maqolada Avesto asaridagi ayrim toponimlarning bugungi kunda o'zbek va ingliz tillaridagi shakli va ishlatilishi haqida fikr yuritiladi.

Kalit so'zlar: hind-yevropa tillari, sanskrit tili, ingliz tili, Avesto, haraiti, tog', Elburs tog'i, gairi

Component analysis of some toponyms given in "Avesta"

Malokhatoy Kakhramonovna Matniyazova Urganch State University

Abstract: This article discusses the form and usage of some toponyms of Avesta work in the Uzbek and English languages.

Keywords: Indo-European languages, Sanskrit, English, Avesta, Haraiti, mountain, mount Alborz, Gairi

Bugungi kunda nutqimizda ishlatilib kelinayotgan ayrim so'zlarning shakllanishida Avesto asarining ahamiyati katta. Ayniqsa hind - yevropa tillarida ko'pgina so'zlarning asosi ushbu asarda keltirilgan so'zlar negizida kelib chiqqanini tahlil qilish orqali aniqlash mumkin. Avesto asarida bugungi kunda ishlatilayotgan nafaqat atoqli otlar balki oddiy turdosh otlarga ham duch kelish mumkin. Quyida Avesto asaridagi toponimlarga oid bir nechta so'zlarning ingliz va o'zbek tillaridagi o'zgarishlarini ko'rib chiqamiz.

Iran/Eron. Bugungi kunda janubiy - g'arbiy Osiyodagi davlat. Ko'plab manbalarda zardushtiylik dini qadimgi Eron davlati va uning hududlarida oriylar/eroniylar tomonidan shakllantirilgan deb keltiriladi [7,31]. Eroniy tillar hind-yevropa tillar oilasining hind-eron tarmog'iga mansub tillarni o'z ichiga oladi. O'z navbatida bu tillarning shakllanishida bobo til sifatida Avesto asari yozilgan qadimgi xorazm tili va sanskrit tili asos bo'ladi. Bundan kelib chiqadiki, zardushtiylik dini qadimgi Movaraunnahr hududida paydo bo'lgan [20,53]. Avesto asarida arya/ariya/airyo/aria so'zlari keltirilib, ularning barchasi Eron so'zining shakllaridir. Shu bilan bir qatorda eronlik yoki oriy ma'nolarini ham anglatadi, aria - oliy tabaqadagi inson, arya - hukmdor, aria - eronlik [10,85] ma'nolarini anglatadi. Bu

so'zlarning kelib chiqishi bilan bog'liq 2 xil tahmin mavjud: 1) yuqoridagi so'zlarning o'zagi ari - begona, notanish, kelgindi degan ma'noni anglatadi [14,222] va bu qadimda Hindistonni birinchi bor istilo qilgan eronliklarga nisbatan ishlatilgan [21,216]. 2) arya - xo'jayin, mehmondo'st uy egasi, hukmdor, yuqori tabaqadagi [14,222] ma'nolarini anlatgan va joyga nisbatan ishlatilib, shu yerlik aholini ham bildirgan. Eron so'zi Avseto asaridagi art-aran/aran/airyana — Sanskrit tilida aryas

— qadimgi fors tilida aria — lotin tilida ariana — nemis tilida arisch — ingliz tilida Aryan/Iran — o'zbek tilida Eron [5,53] tarzida shakllangan.

Place/O'rin. Bugungi kunda ingliz tilida o'rin, joy ma'nolarini ifodalovchi place, space, room so'zlari mavjud. Avesto asaridagi asangh/asah so'zlari o'rin-joy, hudud [16,219] ma'nosini anglatgan. Ular Sanskrit tilida asa/oriy. acas -yemoq so'zlaridan hosil bo'lgan deb tahmin qilinadi [14,241], ammo keltirilgan so'zlar Avesto tilining o'zida ham mavjud bo'lgan va oziq-ovqat [1,117] degan ma'noni bildirgan. Boshqa tillarga o'zlashish jarayonida quyidagicha o'zgarishlarni qiyoslash mumkin: Avestoda asa/asah ^ qadimgi oriy tilida acas ^ Sanskrit tilida sta ^ qadimgi ingliz tilida spe(i)/spe ^ lotin tilida spes/spatium ^ ingliz tilida space [5,700]. O'zbek tilidagi o'rin-joy so'zlari asangh so'zidan emas, balki qadimgi turkiy tilidagi or -joyla so'ziga -(u)n qo'shimchasini qo'shish bilan yasalgan [18,487], eski turkiy tilida or/orun - uyg'ur tilida ordu/ortu - qoraqalpoq tilida orun/otra - o'zbek tilida orin/orda/orta [11,1062].

Mount Alvand/Alvand tog'i. Alvand tog'i Eronning g'arbida joylashgan Zagros tog'ining bir qismi. Bu nom Avesto asarida kelgan aurvaht so'zidan kelib chiqqan va aslida «tezkor, shiddatli [8,18]» ma'nolarni anglatgan. Bundan tashqari bu so'zning aurva/aurvant/aourvant kabi shakllari ham mavjud. Bu so'z qadimgi hind/sanskrit tilida arvan/arvant, oriy. aruant/aruat, qadimgi fors tilida arwand [14,194], o'zbek tilida Alvand tarzida shakllangan. Ammo ingliz tilida shakllanishini tahlil qilsak, bu so'zning ikki xil tarzda o'zgarishiga guvoh bo'lish mumkin. Birinchi shakli Avrand so'zidan alvand shaklining hosil bo'lishi va ikkinchi, qadimgi skandinaviya tilida grr

— fransuz tilida evre — fin tilida arvo/arva [6,931]—^ lotin tilida ariri — ingliz tlida orient/arrow [1,126] kabi.

Berg/Tog'. Avesto asarida tog' so'zining turli variantlari mavjud. Shulardan biri barezahi/barezangh/barezaya/bareza - balandlik, tog' shaklidir. Ingliz tilida ham tog' so'zini ifodalovchi berg/mountain/mount/hill/cliff so'zlari mavjud va ular tog', uning qismlarini bildiradi. Barezahi so'zi brz,barz,brza,brzat,bdrdz o'zaklaridan kelib chiqqan bo'lib, ular so'zning sifat (baland/ulkan) [16,228], bdwzant, bardzan/bardzah esa ot (balandlik) [6,384] shaklidir. Ingliz tilidagi berg so'zining shakllanishida barez/brza so'zlari qadimgi yevropa tillariga bheregh/ bhergho tarzida o'tgan va uels tilida bera/bry — irland tilida bri/brig — qadimgi ingliz tilida beorh/beorg — nemis tilida berg — ingliz tilida berg [6,385] bo'lib shakllangan.

Ammo o'zbek tilidagi tog' so'zi qadimgi turkiy tildan kirib kelgan. Qadimgi turkiy tilda ta:g/dag ^ uyg'ur tilida tay ^ qoraqalpoq tilida tay ^ o'zbek tilida toy ^ qoz. taw [11,1359] tarzida o'zgarishni ko'rish mumkin. Bugungi kunda Xorazm viloyatining Gurlan, Yangibozor tumanlarida tog' so'zini tav tarzida talaffuz qilish saqlanib qolgan [17,84].

Country/Davlat. Dahyu/dainghu/dahyav so'zlari davlat, mamlakat, vatan [8,31] ma'nolarini ifodalab keladi. Bular davlat so'ziga aloqador boshqa so'zlarning yasalishida asos bo'lib xizmat qiladi. Masalan, dainghu-frâdhana, dainghu-paiti, dâh'yuma kabilar. Qadimgi fors/pahlaviy tili Avesto asari va uning tilining keng yoyilishida katta ahamiyatga ega, chunki asarda keltirilgan so'zlar va pahlaviy tilidagi so'zlar solishtirilganda ularning katta ko'pchiligi deyarli bir xil ekanligini va bugungi kunda kam o'zgarishga uchraganini payqash mumkin [12,1151]. Sanskrit tilida dasyu ^ oriy tilida dásiu ^ so'g'd tilida dyx'w, dyxw/ôixâu (qishloq) ^ eski fors tilida dahyu/dahyav ^ pahlaviy tilida dahyü, dih/deh ^ fors tilida dih [14,287]. Ammo bugungi o'zbek tilidagi davlat so'zi arabcha davlat(un) shakliga ega va so'z yasalishida bog'liqlik yo'qolgan. Avestoda dahyu ^ pahlaviy tilida deh ^ fors tilida deh/dihkan ^ tojik tilida deh/dehqon ^ fors tilida dehyan/dehgan [14,287-288] ^ o'zbek tilida dehqon shakllarida esa bog'liqlik mavjud. Ingliz tilida davlat so'zi lotin tilida contra/contrata ^ fransuz tilida cuntree/contree ^ qadimgi ingliz tilida contree ^ ingliz tilida country so'zlaridan hosil bo'lgan. Bu orqali davlat so'zining paydo bo'lishida yevropa tillari va sharq tillari o'rtasida bog'lanish yo'qligini ko'rish mumkin. Dâh'yuma/dahyuma - dahyu (davlat)ga tegishli yoki yana bir manbada yerlar/davlatlar xudosi nomi, Dahyuma xudosiga tegishli.

Dainghu-frâdhana esa davlat rivoji/rivojlanishi [8,31] degan ma'nolarni bildiradi deb keltiriladi. Dainghu-paiti - davlat boshlig'i/rahbari birikmasining Avestoda dahyu pati, daiqhupaite, dahiu-pati, daiqhu-patay, qadimgi fors tilida dahyupati, dahyupat/dahyüpat, dahibed [14,235;16,287] kabi shakllari mavjud bo'lgan. Birikma tarkibidagi paiti so'zining kelib chiqishiga to'xtaladigan bo'lsak, u Avestoda pa - himoya qilmoq o'zagidan hosil bo'lgan va patiy, pavan, pâna -xo'jayin, boshliq, rahbar, er [1,349] shakllari mavjud. Qiziq tomoni, pa - himoya qilmoq ma'nosidan Avestodagi pathra-himoya, himoya qiluvchi ma'nosida pitar-ota, forscha-pedar/padar va inglizcha-father [1,349] so'zlari kelib chiqqan.

House/Uy. Dâman Avesto asarida uy ma'nosini ifodalaydi va shu bilan birga bu so'zning turli variantlari va tarjimalari uchraydi. Jumladan, dm/dam/dami/dmana/nmana [14,324] shakllarining barchasi uy ma'nosini anglatgan. Bu so'zning tarqalish jarayonida yevropa tillarida o'zgarish kam bo'lib, asos saqlanib qolganini ko'rish mumkin. Avestoda dam ^ Sanskrit tilida dám/dáma ^ grek tilida ôó^oç/dmöu ^ lotin tilida domus ^ fransuz tilid dome ^ ingliz tilida dome [9,128] tarzida shakllanib bugungi ingliz tilida paydo bo'lgan. Ammo aslida dome so'zi

bugungi kunda gumbaz, qubba ma'nosini anglatadi. Ammo dastlab uy, bino, cherkov ma'nolarini anglatib, house so'zi ham shu ma'nolarda ishlatilgan va house uchun dome so'zi asos bo'lgan [5,225]. Demak Avestodagi dam va ingliz tilidagi house/dome so'zlarida o'zaro bog'liqlik saqlanib qolgan. Ammo o'zbek tilidagi uy so'zining shakllanishida bunday deya olmaymiz. Qadimgi turkiy tilda ham shunday ma'noni anglatgan uy so'zi oy tarzida talaffuz qilingan, o'sha davrlardayoq uy tarzida ham talaffuz qilingan, o'zbek tilida u unlisining yumshoqlik belgisi yo'qolgan [18,282]. Bugungi kunda turk tilida ev va Xorazm viloyatining Xiva, Urganch, Xonqa va Xazorasp tumanlarida, deyarli barcha jaylarida bu so'zning oy tarzida talaffuz qilinishi saqlanib qolgan [17,72].

Gairi. Avesto asarida keltirilgan tog' ma'nosini bildiruvchi yana bir so'z. Umuman olganda, Avesto asarini o'rganib undagi so'zlar tahlil qilinganda bir xil ma'noli ammo turli shakllardagi ko'plab so'zlarga duch kelish mumkin. Yuqorida tog' so'zining boshqa bir shakli keltirildi va gairi ham tog' ma'nosini bildiruvchi navbatdagi so'zdir. Gari/garai/garay/giri so'zlari gairi so'zining turlicha shakllari hisoblanadi va ular Avestoning o'zida va boshqa tillarda ham shu shakllarda uchraydi. Garay va gairi Avesto asarida kelgan, Sanskrit tilida giri, qadimgi fors tilida gar, gari, gri shakllarida uchraydi. Garai so'zining ko'plik shakli garayô - tog'lar va garôish - tog'ga oid, tog' ya'ni so'zning sifat shaklidir. Bu so'z yevropa tillariga gwer/gwor shaklida o'tib, rus tilida gora (ropa) so'zi mavjud. Bu so'z qadimgi slavyan tilida Curvatinu, fransuzcha chorwat va ingliz tilida Croatia [1,181] so'zining yasalishida asos bo'lgan, gairi so'zi bilan bog'liq boshqa so'z yasalmagan. O'zbek tilida ham gairi so'zi asosida yasalgan so'z mabjud emas, ammo turkcha kir, turkman tilida gir, qoraqalpoq tilida qir, uyg'ur tilida qir, o'zbek tilida qir shu so'z asosida yasalgan degan tahmin mavjud. Qir so'zi aslida "yassi tog', baland tekislik" ma'nolarini anglatadi, dastlab qïr shalida talaffuz qilingan bo'lsa keyinchalik ï unlisi o'zining qattiqlik belgisini yo'qotib i tarzida tallafuz qilina boshlangan.

Hill/Ko'h. Tog' ma'nosini bildiruvchi so'zlardan yana biri, Avesto asarida keltirilgan kaofa - tog', tepalik, tog' tizmasi so'zidir. Avesto asarida kaofa shaklida, qadimgi fors tilida kaufa shaklida bo'lgan. O'rta asrlar fors tilida kof shaklida bo'lib, f tovushi h tovushiga almashishi natijasida koh/kuh tarzida iste'molda bo'lgan [15,371]. Boshqa tillarda ham deyarli shu shaklda qo'llanilgan, masalan tojik tilida kuh tarzida bo'lgan. Eski o'zbek adabiy tili matnlarida ko'h/kuh shaklidagi Ko'hi Qof birikmasi uchraydi. Bu ham Avesto asosida paydo bo'lib fors tili orqali bizning tilimizga kirib kelganini anglatadi. Kaofa so'zi tuya o'rkachi ma'nosini ham bildirgan, tepalik kabi ajralib chiqib turgani sababli shu sifati asosida ma'no ko'chishi sodir bo'lgan deb tahmin qilinadi. Ammo so'zning bu ma'nosida shakl o'zgarishi sodir bo'lgan, ya'ni kaufa/kaofa dan pushtu tilida kaupa, kupây, kopan, fors tilida koha, kohan, kohab [15,372] shakllari kelib chiqqan. Bir so'z asosida ikki xil

ma'noni bildiruvchi ikkita so'z hosil bo'lgan. Kaofa so'zining yevropa tillariga o'zlashish jarayonida o'zgarishlar sodir bo'lgan. Bunda keup/kolhn shaklida o'zlashib, keyinchalik qadimgi litva tilida kâlnas, lotin tilida collis, qadimgi gotlar tilida hallus va qadimgi ingliz tilida hyll shakliga kelgan [9,124]. Bugungi kunda ingliz tilida hill tarzida ishlatiladi. Demak Avesto asaridagi kaofa so'zi bugungi kunda ingliz tilida ham o'zbek tilida ham asos sifatida xizmat qiladi va butunlay yo'qolib ketmagan.

Alborz/Elburs tog'i. Avesto asarida bu tog' haqida keltirilgan bo'lib, u Aryan yurtining janubida joyashgan tog' yoki tog' tizmasi deya tasvirlanadi [7,538]. Bugungi kunda u haqda Eronning janubida joylashgan tog' tizmasi deya ma'lumot keltiriladi. Bu tog' bir nechta nom bilan keltiriladi. Avesto asarida haraiti, haratï, harayä, hara, Hara-berezaiti kabi nomlar bilan atalgan va ushbu tog'ning nomi ulug'lanib unga sig'inishlari haqida, u barcha tog'larning asosi bo'lganligi haqida alqov keltiriladi. Bu nomlarning hammasi hrz, har - qo'riqlamoq, g'amxo'rlik qilmoq, himoya qilmoq o'zagidan yasalgan. Hara-berezaiti so'zidan o'rta asr fors tilida harburz, yangi fors tilida alburz, ingliz tilida alborz tarzida shakllangan va o'zbek tilida ham bugungi kunda shu shaklda yoki Elburs tarzida iste'molda bo'lib kelmoqda [16,255]. Bundan tashqari har - himoya qilmoq o'zagi yevropa tillariga ser tarzida o'tgan va boshqa bir so'zning yasalishiga ham xizmat qilgan. Haraiti so'zining haurva - himoya qilish shakli ham bo'lib undan lotin tilida servâre, grek tilida servö/servüre, grek tilida heros, heracles va ingliz tilida hero, Hercules [1,416] so'zlari yasalgan. Birinchi so'z oddiy turdosh ot va ikkinchi so'z esa atoqli ot turkumiga kiradi. Mening fikrimcha, bu yerda tog'ning butun bir o'lkani. xalqni himoya qilishiga ishonilib shu sifat ilohga ko'chirilgan bo'lishi mumkin. Hara so'zi ham hrz, har - qo'riqlamoq, g'amxo'rlik qilmoq, himoya qilmoq o'zagidan yasalgan ammo munchoqlar ipi/shodasi degan ma'noni bildiradi. Bu ham Elburs tog'iga berilgan sifatlardan biri. Bu tog' tizmasi nomini anglatgani uchun yevropa tillariga lotin tilida serere, fransuz tilida seri, ingliz tilida series - bir qator, ketma-ketlik [1,416] ma'nosi bilan ko'chgan. Demakki, Haraiti so'zi bugungi kunda boshqa shaklda mavjud va yo'qolib ketmagan, undan tashqari boshqa so'zlarning asosini ham tashkil qiladi.

Hukairya. Avestoda hukairya, pahlaviy tilida hukar, hugar tarzida keltirilgan yana bir tog' yoki cho'qqi nomi. Bundan tashqari bu cho'qqi pahlaviy tilida CAGÄD I DÄITl - qonun cho'qqisi (summit of the law) nomi bilan ham atalgan. Avesto asarida Hukairya tog'idan yoki Hara-berezaiti tog'ining cho'qqisi Hukairyadan Adervi sura daryosiga suvlar oqib tushadi deya keltiriladi. Hukairyaning aynan tog' emas, cho'qqi ekanligi to'g'risida bir nechta manbalarda keltiriladi va yuqorida keltirilgan fikr ham Irano Aryan faith and doctrine as contained in the Zend Avesta kitobida keltirilgan. Bu so'zning tarkibi ikkita o'zakdan tashkil topgan: hu va

kr/karaya. Hu - yaxshi va kr/karaya - qilmoq, bajarmoq bo'lib, birgalikda "ezgu amal/ish" [16,277] (of good activity) ma'nosini bildiradi. Ya'ni haybatli Hukar cho'qqisidan oqib tushgan suv butun yurtga suv ulashadi degan ma'no tushunilishi mumkin. O'zbek tilida bu nomning aniq tarjimasi ilmiy manbalarda uchramagani sababli bu so'zni pahlaviy tilidagi hukar tog'i shaklida ishlatilishi o'rinli deb o'ylayman.

Karshvare. Avestoda karsvard tarzida kelgan toponim so'zlardan yana biri, yer, iqlim, mintaqa, makon, yerning bir qismi degan ma'nolarni bildiradi va o'rta asrlar fors tilida kiswar, tojik tilida kisvar, zamonaviy fors tilida kesvar/kesvar [15,307] bo'lib ishlatilgan. Bu qiyoslash orqali shuni ko'rish mumkinki, karshvare so'zi eroniy tillarga o'zlashish jarayonida deyarli o'zgarishga uchramagan va shu holida iste'molda bo'lib kelmoqda. Kishvar so'zi Avestoda zardushtiylarning butun dunyo haqidagi tasavvurlarini ifodalaydi, ya'ni ular butun dunyo yoki Aryan yerlari yetti muqaddas makondan tashkil topgan deb hisoblaganlar va har bir makonga/kishvarga nom berganlar. Ushbu 7 kishvar turli ilohlar tomonidan boshqariladi deb ishonilgan. O'zbek tilida ham bu so'z mavjud bo'lib, ko'pincha eski o'zbek adabiy matnlarida uchraydi. Viloyat, o'lka, mamlakat ma'nolarini anglatib fors-tojik tillaridagi shakli orqali o'zbek tiliga o'zlashgan [22,379].

Yetishdi bu go'zal kishvarda Bobur

Bo'lib so'z ustasi, san'atli shoir (Habibiy)

Zantu. Bu so'z Avestoda qabila, irq, viloyat kabi ma'nolarni anglatgan. Uning o'zagi zan - tug'moq, tug'ilmoq so'zidan hosil bo'lgan, ya'ni bu yerda insonlarning bir ajdoddan tug'ilib tarqalishi orqali ular keyinchalik bir qabilaga aylanishi nazarda tutilgan bo'lishi mumkin. Zantu so'zining zantav shakli ham mavjud bo'lib, u tuman, viloyat, maydon ma'nolarini bildiradi va qabilaga nisbatan ishlatiladi. Bu tushuncha pahlaviy tilida zand shaklida, Sanskrit tilida jantu tarzida ishlatilgan va mavjudot, insoniyat, odamlar ma'nolarini bildirgan [10,338]. Hind-yevropa tillarida qabila, odamlar tushunchasi gen, gem, gne, gnô so'zlari bilan, ya'ni lotin tilida gens, qadimgi ingliz tilida gecynd tarzida ifodalangan [6,1178] va bundan ko'rish mumkinki zantu so'zi yevropa tillariga o'zlashmagan. Yevropa tillarida ham turkey tillarda ham zantu so'zi iste'molda chiqib ketgan va ularning ma'nolari turli tillarda boshqa so'zlar bilan ifodalangan. Zantu so'zining ma'nolarini va ularning shakllanishini tahlil qilsak, o'zbek tilida qabila va ingliz tilida tribe so'zlariga duch kelamiz. Qabila arabcha qabilat(un) so'zidagi t tovushini tashlab qabul qilingan va kishilarning sinfiy jamiyat yuzaga kelmasdan oldingi ijtimoiy birlashmasi deya ta'riflanadi [19,518]. Ingliz tilidagi tribe so'zini tahlil qilsak, lotin tilidan tribus, qadimgi ingliz tilida tribu bo'lgan.

Yuqoridagilardan xulosa qilishimiz mumkinki, bugungi kunda "Avesto" bilan bog'lanadigan ko'plab avestizmlar tilimizda mavjud. Ularning etimologik va

geniologik tahlilini amalga oshirish orqali noyob faktlarni aniqlash mumkin. Ular o'zbek tili tarixiy leksikasiga oid etimologik lug'atlarni tuzishda va ularni boyitishda qo'l kelishi shubhasiz.

Foydalanilgan adabiyotlar

1. Ali Nourai. An Etymological Dictionary of Persian, English and other Indo-European Languages.

2. A. V. Williams Jackson. Avesta reader first series easier texts, notes, and vocabulary. New York: Stuttgart W. Kohlhammer 1893.

3. C.T.Onions, G.W.S.Friedrichden, R.W.Burchfield. The Oxford dictionary of English etymology. - Oxford: Clarendon Press, 1982.

4. Christian Bartholomae. Altiranisches worterbuch. - Strassburg: verlag von Karl J. Trubner, 1904.

5. Dr. Ernest Klein. A Comprehensive Etymological Dictionary of the English Language Unabridged, One-Volume Edition. - Amsterdam, The Netherlands: Elsevier Science, 1971.

6. George Starostin, A. Lubotsky. A Revised Edition of Julius Pokorny's. Proto -Indo-European Etymological Dictionary. Dnghu Association, 2007.

7. Irano Aryan faith and doctrine as contained in the Zend Avesta.

8. Joseph H. Peterson. Dictionary of most common AVESTA words. Copyright 1995.

9. Michiel de Vaan. Etymological Dictionary of Latin and the other Italic Languages. - Boston, 2008.

10. Monier Williams, M.A. A Sanskrit-English Dictionary. - Oxford: The Clarendon Press.

11. S. A. Starostin, A. V. Dybo, O. A. Mudrak. An Etymological Dictionary of Altaic Languages.

12. Ula§ Tore Sivrioglu. Avesta Dilinin Tarihi Cografyasi./ Turkish Studies. Volume 8/8, 2013.

13. Vaclav Blazek, Michal Schwarz. The Early Indo-Europeans in Central Asia and China. - Innsbruck, 2016.

14. В.С.Расгоргуева, Д.И.Эдельман. Этимологический Словарь Иранских Языков, Том 1. - М: Издательская Фирма «Восточная Литература» Ран, 2000.

15. Д.И.Эдельман. Этимологический Словарь Иранских Языков, Том 4. -М: Издательская Фирма «Восточная Литература» Ран, 2011.

16. С. Н. Соколов. Язык Авесты. - Издательство Ленинградского Университета, 1964.

17. Ф.А.Абдуллаев. Узбек тилининг хоразм шевалари I луFат. II Хоразм шеваларининг таснифи. - Т.: Узбекистон фанлар академияси нашриёти, 1961.

18. Шавкат Рахматов. Узбек тилининг этимологик луFати I (туркий сузлар). - Т: "Университет", 2000.

19. Шавкат Рахматов. Узбек тилининг этимологик луFати II (араб сузлари ва улар билан хосилалар). - Т: "Университет", 2003.

20. Узбекистон Миллий Энциклопедияси З харфи. - T: Давлат илмий нашриёти.

21. Узбекистон Миллий Энциклопедияси O харфи. - T: Давлат илмий нашриёти.

22. Узбек тилининг изохли луFати 5 жилдли. II жилд. - Т: Узбекистон Миллий Энциклопедияси давлат илмий нашриёти, 2006.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.