Научная статья на тему 'INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA QO`SHMA GAPLAR HAJMI QIYOSIY TAHLILI'

INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA QO`SHMA GAPLAR HAJMI QIYOSIY TAHLILI Текст научной статьи по специальности «Языкознание и литературоведение»

CC BY
645
26
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
Ключевые слова
INGLIZ TILI / O'ZBEK TILI / QO'SHMA GAP / TARJIMA / BOG'LOVCHI / ERGASH GAP / BOG'LANGAN QO'SHMA GAP / TENG BOG'LOVCHI

Аннотация научной статьи по языкознанию и литературоведению, автор научной работы — Obidova A.B., Hakimova O.O.

Maqolada ingliz va o`zbek tillarida qo`shma gaplar hajmi qiyosiy tahlili haqida ma’lumot.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.
iНе можете найти то, что вам нужно? Попробуйте сервис подбора литературы.
i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.

Текст научной работы на тему «INGLIZ VA O`ZBEK TILLARIDA QO`SHMA GAPLAR HAJMI QIYOSIY TAHLILI»

INGLIZ VA O ZBEK TILLARIDA QO SHMA GAPLAR

HAJMI QIYOSIY TAHLILI

A.B. Obidova1, O.O. Hakimova2

Maqolada ingliz va o'zbek tillarida qo'shma gaplar hajmi qiyosiy tahlili haqida ma'lumot.

Kalit so'zlar: ingliz tili, o'zbek tili, qo'shma gap, tarjima, bog'lovchi, ergash gap, bog'langan qo'shma gap, teng bog'lovchi.

Qo'shma gaplar va ularga ta'riflar ko'plab olimlar tomonidan ancha yillardan beri talqin qilib kelinayotgan bo'lsada, hozirgi kunda ham bu masala muhokamali mavzulardan biri bo'lib qolmoqda.

Qo'shma gap komponentlari asosan bog'lovchilar, bog'lovchi vositasidagi so'zlar yordamida birikadi.

1. Bog'langan qo'shma gaplar quyidagi bog'lovchi vositalari yordamida bog'la-nadi: A) Coordinating conjunctions (and, or, else, but); B) Conjunctive adverbs (otherwise, yet, still, therefore);

2. Bog'lovchi vositalarsiz bog'langan qo'shma gaplar: The rain fell softly, the house was quit (Collins). The month was July, the morning fine, the glass-door stood ajar, through it played afresh breeze. (CH. Bronte)

Ingliz tilida komponentlarning bog'lanish xususiyatiga qarab gaplar quyidagi turlarga bo'linadi:

1. The Compound sentence (Bog'langan qo'shma gap)

2. The Complex sentence (Ergashgan qo'shma gap)

Ingliz tilidan tarjima qilingan qo'shma gaplar o'zbek tilida sodda yoyiq gaplarga ham aylanishi mumkin. Ya'ni ergash gap hususiyatini yo'qotishi mumkin ekan. Shuningdek, ingliz tilida kesim ergash gaplar vergul bilan ajratilmaydi, o'zbek tilida esa kesim ergash gap bosh gapdan albatta vergul bilan ajratiladi. Bu holat ularning o'zaro farqli jihati hisoblanadi. Quyda ingliz tilida mavjud qo'shma gaplarni o'zbek tiliga tarjima qilish usullarini ko'rib o'tamiz.

Compound sentences: My mother and I went to the village, but the people there did not want to help us. (subject, predicate, adverbial modifier of place, conjunction, subject2, attribute, predicate2, dir.object,indir.obj.) Oyim va men qishloqqa bordik, le-kin u yerdagi odamlar bizga yordam berishni xohlashmadi. (ega, o'rin holi, kesim, bog'lovchi, aniqlovchi, ega, to'ldiruvchi,to'ldiruvchi kesim)

Ushbu qo'shma gap komponentlari har ikkala tilda ham bir hil, o'zgarishsiz qolmoqda.

I was so angry, I left the house immediately. (subject, predicate, subject, predicate, object, adv.mod) Jahlim chiqdi, xonani darhol tark etdim. (kesim, to'ldiruvchi, hol, kesim)

Ushbu gapda gap komponentlari soni qisqargan, ingliz tilidagi ega o'zbek tilida tushib qolgan, lekin kesimdan anglashiladi, ya'ni "jahlim chiqdi", "tark etdim" kesim tar-kibidagi - im shaxs-son qo'shimchasi orqali egani aniqlab olishimiz mumkin.

He went, but immediately returned with a letter. (subject, predicate, conjunction, adv.mod., predicate, complement) U ketdi, lekin tez orada xat bilan qaytdi. (ega, kesim, bog'lovchi, hol, to'ldiruvchi, kesim)

Ushbu qo'shma gap tarkibi o'zgarishlarsiz, to'g'ridan to'g'ri tarjima qilinyapti. Gap komponentlari har ikkala tilda ham bir hil.

Ergash gapli qo'shma gaplar(Composite sentences).

1Obidova Adiba Bahodirovna - O'zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi Bux-oro akademik litseyi ingliz tili fani o'qituvchisi (Buxoro, O'zbekiston).

2Hakimova Oydin Olimovna - O'zbekiston respublikasi Ichki ishlar vazirligi Buxoro akademik litseyi ingliz tili fani o'qituvchisi (Buxoro, O'zbekiston).

One night, as soon as I finished my work on the ship, I went to get some fruit from the barrel. Bir kuni tunda kemadagi ishlarimni yakunlashim bilanoq bochkadan biroz meva olishga ketdi.

Payt ergash gapli qo'shma gap o'zbek tiliga kengaygan birikmali sodda gap tar-zida tarjima qilinyapti.

When I got on the coach, the driver had not taken his seat, and I saw him talking to the landlady. Avtobusga chiqqanimda haydovchining hali o'z joyini egallamaganini, mehmonxona egasi bilan gaplashayotganini ko'rdim.

Bu aralash turdagi qo'shma gap, ya'ni bir qismi ergash gapli qo'shma gap, bir qismi esa bog'langan qo'shma gap. O'zbek tiliga tarjima qilinganda esa, kengaygan biri-kmali sodda gapga aylanyapti.

He mumbled out that the money had been sent in a letter, and that was all he knew. U pullar xat bilan jo'natilganligini va boshqa hech narsa bilmasligini aytib ming'irladi

Bu qo'shma gap o'zbek tilida to'ldiruvchi uyushgan sodda gap shakliga ega.

Our demand is that taxes shouldn't be risen up and the government should do something about it. Talabimiz shuki, soliqlar ko'tarilmasin va hukumat bunga qarshi nimadir qilishi kerak.

The to be settled on now is whether anything can be done to save him or whether everything is up to him. Hozir hal qilishimiz kerak bo'lgan narsa shuki, uni qutqarish uchun biror narsa qilinadimi yo'qmi yoki hamma narsa uning o'ziga bog'liq.

The trouble was that he get mixed, and he never told truth. Muammo shunda ediki, u hamma ishga aralashaverardi va hech qachon haqiqatni gapirmas edi.

That was what he could neither write nor read, and he came to school rarely.

Muammo shunda ediki, u na yoza olardi na o'qiy olardi, va maktabga ham kam kelardi.

Ko'rib turganingizdek ingliz tilida uyushgan kesim ergash gaplar o'zbek tiliga uyushgan ergash gaplar yordamida, shuningdek, teng bog'lovchilar (ayruv, zidlov) yordamida tarjima qilinishi mumkin ekan.

Tarjima jarayonida ingliz tillaridagi uyushgan kesim ergash gaplarning strukturasi buzulmay, uyushgan kesim ergash shaklida o'zbek tiliga tarjima qilinishi mumkin ekan.

Foydalanilgan adabiyotlar ro^yxati

1. Hoshimov.G.M. Lectures on the Theory of Modern English Grammar(Syntax).

Andizhan, 2011.

© A.B. Obidova, O.O. Hakimova, 2022.

i Надоели баннеры? Вы всегда можете отключить рекламу.